Mirativlik kategoriyasining lingvistik voqelanishi

Annotasiya

Mazkur maqolada mirativlik kategoriyasining lingvistik tarixi, tilshunoslikda o’rganilishi, evidensiallik kategoriyasi bilan o’xshash va farqli jihatlari yoritilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2025
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
84-85
191

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Aliyeva, Z. (2025). Mirativlik kategoriyasining lingvistik voqelanishi. Ilmiy Va Professional ta’lim Jarayonida Muloqot, Fan Va Madaniyatlar Integratsiyasi, 1(1), 84–85. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/discpspe/article/view/81234
Zebo Aliyeva, Samarqand davlat chet tillar instituti
basic doctoral student
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada mirativlik kategoriyasining lingvistik tarixi, tilshunoslikda o’rganilishi, evidensiallik kategoriyasi bilan o’xshash va farqli jihatlari yoritilgan.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

84

Samarkand State Institute of Foreign Languages

MIRATIVLIK KATEGORIYASINING LINGVISTIK VOQELANISHI

Aliyeva Zebo Akram qizi

Samarqand davlat chet tillar instituti tayanch doktoranti

Annotatsiya.

Mazkur maqolada mirativlik kategoriyasining lingvistik tarixi, tilshunoslikda

o’rganilishi, evidensiallik kategoriyasi bilan o’xshash va farqli jihatlari yoritilgan.

Kalit so’zlar:

kutilmagan xabar, “tayyor bo’lmagan ong”, admirativ, Scott Delancey,

evidensiallik.

Mirativlik atamasi ilk bor Jakobsen tomonidan 1964-yilda inferensial evidensiallik

kategoriyasi tarkibida ishlatilgan. Keyinchalik, Alban va Bolqon tillari lingvistikasida

“admirativ” atamasini mirativlik hodisasidan ko’ra kengroq hamda evidensial va modal

ma’nolarda uchratishimiz mumkin (Friedman 2003). Biroq Scott DeLancey 1997-yilda

“mirativlik” deb nomlangan alohida kategoriyani grammatik kategoriya sifatida tilshunoslikka

olib kirdi.

Mirativlik so’zlovchining “tayyor bo’lmagan ong” iga kutilmagan yangi ma’lumot

yetkazilishi natijasida paydo bo’ladigan nutqdagi ajablanish, hayratlanish holatlariga nisbatan

qo’llaniladi. DeLancey birinchilardan bo’lib mirativlik hodisasi, evidensiallik bilan bo’g’liq

bo’lishiga qaramasdan, uning semantik va grammatik tomondan o’ziga xos farqlari borligini

aniqlagan (DeLancey 1997). Keyinchalik, Lazard mirativlikni ko’p hollarda birinchi darajali

bo’lmagan voqeilikni qamrab oluvchi “mediativlik” kategoriyasining kengaytmasi sifatida ko’rib

chiqish mumkinligini taklif qiladi.

Til nuqtai nazaridan, mirativ ma’nolar har doim ham evidensiallik orqali ifodalanishi shart

emas ya’ni, mirativlik boshqa turkumning oddiy ifodasi emas, balki o’ziga xos alohida

grammatik kategoriya bo’lishi mumkin. Mirativ kategoriyalar ko’pincha birinchi shaxs

ishtirokida sodir bo’ladi. Mirativlikning kichik evidensial tizimlarga semantik jihatdan

o’xshashliklari mavjudligi sababli, evidensiallik strategiyalari mirativlikka aloqador bo’lishi

mumkin. Evidensiallik tizimlaridagi turli atamalarni qo’llanilishi mirativ ma’nolarni alohida

hodisa sifatida qaralishiga to’sqinlik qilib kelgan. Ko’pincha bunday ma’nolarni

evidensiallikning bir turi sifatida baholaydigan tilshunoslar ham uchraydi.

DeLanceyning fikricha mirativlik ma’lumot manbasi bilvosita yoki bevosita bo’lishidan

qat’iy nazar so’zlovchi uchun hayratlanarli yoki yangi ma’lumot bo’lishi kerak [1,33].

Ayhenvald mirativlikni insonning kognitiv ongi bilan bog’laydi hamda har qanday kutilmagan

xabarga so’zlovchining tayyor bo’lmagan ongi va hayratini ifodalaydi degan tasvirni beradi.

Mazkur ta’rif va tasvirlarga asoslangan holda mirativlikni ifodalovchi turli lisoniy vositalar

mavjudligiga guvohi bo’lishimiz mumkin.

Evidensiallik inferensial, mish-mish, reportativ kabi bir qancha ma’no va tushunchalarni

qamrab oladi. Ammo, mirativ ma’nolarda evidensiallikdan farqli o’laroq

hayratlanish,

ajablanish asosiy o’zakni tashkil qiladi ( cf. Aksu-Kov 2000, Johanson 2003).

Reportativ, kuotativ, mish-mish kabi hodisalarda hikoya qilingan ma’lumot boshqa shaxs

nomidan amalga oshiriladi. Bu ingliz tilida

reportedly, allegedly, as they say

va boshqa kirish

so’zlar bilan ifodalanadi.

Masalan: 'Ayla is/was reportedly staying with her friend.'

Inferensial: shaxsiy tajribalar yoki bilvosita dalillarga asoslanib so’zlovchining xulosasini

ifodalaydi. Bu ingliz tilida

as far as the speaker understands/understood

kirish so’zlari

yordamida ifodalanadi.

Perseptional/Mirativlik: biror bir voqea va hodisani kutilmaganlik darajasi yuqori bo’lishi va

unga nisbatan hayratlanish, ajablanishni ko’rsatadi (Aksu-Kov and Slobin 1986). So’zlovchi o’zi

so’zlayotgan voqea-hodisaning bevosita guvohi bo’ladi.

Masalan: 'Oh, the baby has drunk all the milk!'


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

85

Samarkand State Institute of Foreign Languages

Qayd etish joizki, har bir tilda “hayrat”, “yangi va tinglovchi uchun kutilmagan ma’lumot”

ma’nolari alohida kategoriyalarni hosil qilishi ham mumkin, o’zbek tilida mirativlikka xos gaplar

his-hayajon gaplar tarzida alohida kategoriya sifatida ham o’rganiladi. His-hayajon gaplardan

farqli o’laroq mirativlik ma’lum tuzilmalarni, modal munosabatlarni ham qamrab oladigan

kategoriya sifatida talqin etilmoqda. Ammo, DeLancey (1997, 2001) taklif qilgan “mirativlik”

atamasi ilk bor lingvistik kategoriya sifatida ko’rsatib o’tilgan.

DeLanceyning aytishicha, mirativ qurilmalarni bu davrgacha evidensiallikning bir qismi

sifatida baholangan. Hozir esa mirativlik va evidensiallik turlicha kategoriyalar sifatida lisoniy

jihatdan tadqiq etilmoqda. Ko’pgina tillarda mirativlik ifodasi evidensiallik tizimlari bilan

grammatik bog’liqlikka ega emas. Boshqa tillarda esa, ba’zan evidensiallik hodisasi kontekst

ichida mirativlik ma’nosini ko’rsatishi mumkin va shu sababdan “mirativ strategiyalar” deb

hisoblanishi mumkin (Ayhenvald 2004: 195-216).

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Delancey S. The semantics and pragmatics of mirativity: a constructional account. –

Mouton de Gruyter: 1997. – P 33-52.

2. Lazard G. Mirativity, Evidentiality, Mediativity and other. Linguistic typology. –

Mouton de Gruyter: 1999

3. Peterson T. Mirativity in Morphology. – Actrefore.com. 2020. – 113 p.

4. Maisak, Timur & Sergei Tatevosov. 2007. Beyond evidentiality and mirativity: Evidence

from Tsakhur. In Zlatka Guentchéva & Jon Landaburu (eds.), L’énonciation médiatisée II. Le

traitement épistémologique de l’information: Illustrations amérindiennes et caucasiennes, 377–

406. Leuven: Peeters.

5. Olbertz, Hella. 2009. Mirativity and exclamatives in functional discourse grammar:

Evidence from Spanish. In Evelien Keizer & Gerry Wanders (eds.), The London papers I (Web

Papers

in

Functional

Discourse

Grammar

82),

66–82.

http://home.hum.uva.nl/fdg/working_papers/WPFDG-82_Olbertz.pdf

6. Maslova, Elena. 2003a. Evidentiality in Yukaghir. In Aikhenvald & Dixon (eds.), 219–

236

7. Холиков, Б. (2018). Детектив романларда воқеликнинг бадиий талқинини тизимли

моделлаштириш (Марио Пьюзонинг «Чўқинтирган ота»(«The godfather») ва Тоҳир

Маликнинг «Шайтанат» асарлари мисолида). Фалсафа доктори илмий даражасини олиш

учун ёзилган докторлик (PhD) диссертацияси автореферати. Фалсафа доктори илмий

даражасини олиш учун ёзилган докторлик (PhD) диссертацияси автореферати. Фaл. фанл.

докт.(PhD) дисс.

8. Khayrullaev, K. Z. (2001). The relation of word, word composition and sentence to the

predicativeness. Abstract of candidate dissertation.–Tashkent.

9. Хайруллаев, Х. (2002). Предикативлик ҳодисаси ва унинг ифода объектлари.

10. Хайруллаев, Х. (2009). О лингвистической природе уровней языка и

речи. Вопросы филологических наук, (2), 78-79.

11. Турниёзов, Н., Турниёзова, К., & Хайруллаев, Х. (2009). Структур синтаксис

асослари.

12. Хайруллаев, Х. З. (2001). Сўз, сўз бирикмаси ва гапнинг предикативликка

муносабати. Номзод. дис автореферати. Тошкент.

Bibliografik manbalar

Dclancey S. The semantics and pragmatics of mirativity: a constructional account. -Mouton de Gruyter: 1997. - P 33-52.

Lazard G. Mirativity, Evidentiality, Mediativity and other. Linguistic typology. -Mouton de Gruyter: 1999

Peterson T. Mirativity in Morphology. - Actrefore.com. 2020. - 113 p.

Maisak, Timur & Sergei Tatevosov. 2007. Beyond evidentiality and mirativity: Evidence from Tsakhur. In Zlatka Guentcheva & Jon Landaburu (eds.), L’enonciation mediatisee IL Le traitement epistemologique de (’information: Illustrations amerindiennes et caucasiennes, 377-406. Leuven: Peeters.

Olbertz, Hella. 2009. Mirativity and exclamatives in functional discourse grammar: Evidence from Spanish. In Evelien Keizer & Gerry Wanders (eds.), The London papers 1 (Web Papers in Functional Discourse Grammar 82), 66-82. http://home.hum.uva.nl/fdg/working papers/WPFDG-82 01bertz.pdf

Maslova, Elena. 2003a. Evidentiality in Yukaghir. In Aikhcnvald & Dixon (eds.), 219— 236

Холиков, Б. (2018). Детектив романларда воқеликнинг бадиий талқинини тизимли моделлаштириш (Марио Пьюзонинг «Чўқинтирган ота»(«ТЬс godfather») ва Тохир Маликнинг «Шайтанат» асарлари мисолида). Фалсафа доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган докторлик (PhD) диссертацияси автореферати. Фалсафа доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган докторлик (PhD) диссертацияси автореферати. Фал. файл. докт.(Р11О) дисс.

Khayrullaev, К. Z. (2001). The relation of word, word composition and sentence to the predicativeness. Abstract of candidate dissertation.-Tashkcnt.

Хайруллаев, X. (2002). Прсдикативлик ходисаси ва унинг ифода объектлари.

Хайруллаев, X. (2009). О лингвистической природе уровней языка и речи. Вопросы филологических наук, (2), 78-79.

Турниёзов, Н., Турниёзова, К., & Хайруллаев, X. (2009). Структур синтаксис асосларн.

Хайруллаев, X. 3. (2001). Сўз, сўз бирикмаси ва гапнинг прсдикативликка муносабати. Номзод. дне автореферати. Тошкснт.