ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
319
Samarkand State Institute of Foreign Languages
IJTIMOIY TADQIQOTLARDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI
Djabbarova Habiba Kuvandikovna
SamDCHTI, dosent(PhD)
Annotatsiya.
Zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti ijtimoiy tadqiqotlar jarayoniga ham
katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, raqamlashtirish – ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va
taqdim etish usullarini tubdan o‘zgartirib, ijtimoiy fanlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Ushbu maqolada ijtimoiy tadqiqotlarda raqamlashtirishning ahamiyati, afzalliklari va
imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Kalit so‘zlar. innovatsion
texnologiyalar, Coursera, Udemy, Khan academy, moodle,
sunʼiy intellekt, gamifikatsiya, Quizlet, Duolingo, robototexnika.
Kirish.
Ijtimoiy tadqiqotlar bugungi kunda jamiyatdagi o‘zgarishlarni, ijtimoiy
jarayonlarni va insonlarning o‘zaro munosabatlarini chuqurroq o‘rganishning muhim vositasiga
aylanmoqda. Ularning samaradorligini oshirish va natijalarni aniqroq tushunish uchun
raqamlashtirish, ya’ni ma’lumotlarni raqamli shaklda yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va talqin
qilish jarayonining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ijtimoiy tadqiqotlarda raqamlashtirish
zamonaviy ilmiy metodologiyaning muhim qismi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy hodisalarni
raqamlar va statistik maʼlumotlar orqali ifodalash, ularni tahlil qilish va talqin etish imkonini
beradi. Raqamli texnologiyalar va axborot tizimlarining rivojlanishi ijtimoiy tadqiqotlar
metodologiyasida yangi yondashuvlarni yaratdi, bu esa an’anaviy metodlar bilan taqqoslaganda
yanada tezkor va ishonchli tahlillarni amalga oshirish imkonini berdi. Raqamlashtirish ijtimoiy
fanlarda aniqroq va obyektiv natijalarga erishish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Ushbu
maqolada raqamlashtirishning ijtimoiy tadqiqotlardagi roli, uning afzalliklari va cheklovlari,
shuningdek, tahlil va talqin jarayonidagi ahamiyati koʻrib chiqiladi.
Tahlil va natijalar.
So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarni barcha sohalarga joriy etish
bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, oliy ta’limga masofadan turib murojaat
qilish, onlayin ma’lumot olish, yig‘ilishlarda videokonferensaloqa tizimidan foydalanib ishtirok
etish kabilar joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini
belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan
yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy
ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-
yildagi PF-5847-son Farmoniga asosan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” ishlab chiqilga[1]. Bu farmonning 2-paragrifi “Ta’lim
jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish” deb nomlanadi. Ta’lim
jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha ta’lim
jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini
rivojlantirish, vebinar, onlayn, “blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini
amaliyotga keng joriy etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim
dasturlarini tashkil etish, ta’lim jarayonlarida “bulutli texnologiyalar”dan foydalanish,
masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimini keng joriy etish,
xorijiy elektron ta’lim resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil etish, elektron o‘quv adabiyotlar
yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida kutubxonalarda QR-kod yordamida
elektron resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish ham ko‘rsatilgan.
Raqamli texnologiyalar orqali so‘rovnoma, intervyular statistik ma’lumotlarni yig‘ish
tezlashdi. Onlayn platformalar yordamida qisqa vaqt ichida keng auditoriyadan ma’lumot olish
imkoniyati yaratildi. Ularni avtomatlashtirishda Google Forms, SurveyMonkey, Qualtrics kabi
platformalar orqali katta hajmdagi respondentlardan onlayn so‘rovlar olish mumkin. Jtimoiy
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
320
Samarkand State Institute of Foreign Languages
media va internet ma’lumotlarini tahlil qilishda Twitter, Facebook, YouTube va boshqa
platformalar foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganish uchun katta ma’lumot manbai
bo‘lib xizmat qiladi. Bu usul siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni tahlil qilishda
qo‘llaniladi.
Sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalari yordamoda katta hajmdagi ijtimoiy
ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishda sun’iy intellekt algoritmlaridan foydalanish
zamonaviy tadqiqotlarning samaradorligini oshirmoqda. Sun’iy intellekt va katta hajmdagi
ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlash ijtimoiy jarayonlarni chuqurroq o‘rganish imkonini
beradi[2]. Masalan, turli sohalarda jamoatchilik fikrini real vaqtda kuzatish va tahlil qilish
mumkin.
Raqamlashtirish ijtimoiy tadqiqotlarda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Agar ilgari ijtimoiy
tadqiqotlar asosan sifatli usullar, masalan, intervyular, anketalar yoki kuzatishlarga asoslangan
bo‘lsa, bugungi kunda ma’lumotlar yig‘ish jarayoni ancha raqamli va avtomatlashtirilgan bo‘lib
bormoqda. Raqamli platformalar, onlayn so‘rovnomalar, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar va
boshqa raqamli vositalar orqali to‘plangan katta hajmdagi ma’lumotlar (“big data”) ijtimoiy
hodisalarni tahlil qilishda yangi imkoniyatlar yaratadi[3].
Raqamli ma’lumotlar faqat miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan cheklanmaydi, balki ulardan
ijtimoiy tizimlarni tushunish, odamlarning xulq-atvorini bashorat qilish va ijtimoiy
muammolarni aniqlash uchun foydalaniladi. Misol uchun, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va
izohlar orqali jamiyatning ruhiy holati, ijtimoiy fikrlar, siyosiy qarashlar va boshqalar haqida
muhim ma’lumotlar to‘planadi.
Raqamli ma’lumotlarni yig‘ishning bir nechta usullari mavjud. Eng keng tarqalgan
usullardan biri onlayn so‘rovnomalar va anketalardir. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlardan
(masalan, Twitter, Facebook, Instagram) ma’lumot to‘plash ham keng tarqalgan amaliyotdir.
Ushbu jarayonda “big data” tahlili uchun algoritmlar va maxsus dasturiy ta’minotlar (masalan,
sentiment tahlili, tarmoq tahlili) yordamida ma’lumotlar to‘planadi. Katta maʼlumotlar (big data)
va sunʼiy intellekt kabi texnologiyalar raqamlashtirishni yanada rivojlantirib, ijtimoiy hodisalarni
chuqurroq tushunish imkoniyatini beradi. Biroq, bu jarayonda metodologik aniqlik va etik
masalalar eʼtibordan chetda qolmasligi kerak.
Raqamli ma’lumotlarni tahlil qilishda bir nechta usullarni qo‘llash mumkin. Statistik tahlil,
regressiya tahlili, klasterlash, va ma’lumotlarni tasniflash kabi usullar ko‘pincha ishlatiladi.
Masalan, jamiyatdagi ayrim guruhlar o‘rtasidagi farqlarni aniqlash uchun ma’lumotlarni
klasterlash usuli, turli ijtimoiy guruhlarning xulq-atvorini tahlil qilishda esa sentiment tahlili
ishlatiladi. Ushbu usullar ma’lumotlarni boshqarish va tahlil qilish jarayonini ancha
soddalashtiradi va samarali qiladi[4].
Tahlil qilingan raqamli ma’lumotlar hamma uchun tushunarli bo‘lishi uchun ularni talqin
qilish kerak. Bu jarayonda statistika, grafikalar, vizualizatsiya va boshqa interaktiv vositalar
yordamida ma’lumotlar foydalanuvchilarga tushunarli va aniq tarzda taqdim etiladi. Talqin
qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omil shundaki, tahlil natijalari ijtimoiy hodisalar va
jarayonlar bilan bog‘lanib, ularni jamiyatda amaliy ravishda qo‘llash mumkin bo‘lishi kerak.
Raqamlashtirishning afzalliklaridan biri shundaki, u miqdoriy (kvantitativ) va sifatli
(kvalitativ) tahlil metodlarini birlashtirishga imkon beradi. Misol uchun, ijtimoiy tarmoqlarda
yuzaga keladigan muammolarni raqamli tahlil orqali aniqlash mumkin, keyin esa sifatli
tadqiqotlar, masalan, intervyular orqali bu muammolarni chuqurroq o‘rganish mumkin. Bunday
yondashuv, tadqiqotchilarga raqamli ma’lumotlarning statistik tahlilidan foydalanish bilan birga,
insonlarning haqiqiy fikr va his-tuyg‘ularini ham o‘rganishga imkon yaratadi.
Raqamlashtirishning ijtimoiy tadqiqotlardagi roli kengayib borayotgan bo‘lsa-da, bu
jarayonda bir qator muammolar ham mavjud. Birinchidan, ma’lumotlarning ishonchliligi va
aniqligi masalasi dolzarbdir. Raqamli ma’lumotlar odatda xatolarga, noto‘g‘ri talqinlarga yoki
manipulyatsiyalarga duchor bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda mavjud bo‘lgan
ma’lumotlar faqat muayyan guruhlarni yoki fikrlarni aks ettirishi mumkin, bu esa tahlilning keng
qamrovini cheklaydi.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
321
Samarkand State Institute of Foreign Languages
Shuningdek, maxfiylik va shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi masalalari ham muhim
ahamiyatga ega. Tadqiqotchilar ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilishda axborot xavfsizligini
ta’minlashlari zarur.
Xulosa.
Ijtimoiy tadqiqotlarda raqamlashtirish jamiyatdagi o‘zgarishlarni va ijtimoiy
jarayonlarni yaxshiroq tushunish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Raqamlashtirish ijtimoiy
tadqiqotlarda muhim metodologik vosita boʻlib, u tadqiqotchilarga ijtimoiy hodisalarni aniqroq
va obyektivroq tahlil qilish imkoniyatini beradi. Biroq, raqamlashtirishning afzalliklari bilan
birga cheklovlari ham eʼtiborga olinishi lozim. Bu jarayonda yuzaga keladigan muammolarni hal
qilish va ma’lumotlarni to‘g‘ri talqin qilish metodologiyasini mukammallashtirish zarur.
Raqamlashtirish ijtimoiy tadqiqotlarda yangi istiqbollarni ochsa-da, uning to‘g‘ri va samarali
ishlatilishi uchun izchil va ehtiyotkor yondashuv talab etiladi.
Ushbu texnologiyalar orqali tadqiqotchilar ma’lumotlarni real vaqt rejimida yig‘ish, tahlil
qilish va vizualizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kelajakda raqamlashtirish
jarayonlarini yanada rivojlantirish ijtimoiy fanlar va amaliy tadqiqotlar uchun muhim strategik
yo‘nalish bo‘lib qoladi.
Shuni aytishimiz mumkinki, yuqorida qayd etilgan imkoniyatlarning paydo bo‘lishi
ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi mamlakatimizdagi taʼlim sifatini oshirishga oʻziga xos
hissa boʻlib qoʻshiladi.
Adabiyotlar roʻyxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-
son
2.
Mirzahmedova N. D. Raqamli texnologiyalarining ta’lim sohasida qo‘llanilishi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE
5/2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor. https://cyberleninka.ru/article/n/raqamli-
texnologiyalarining-ta-lim-sohasida-qo-llanilishi/viewer
3.
Maxkamova S., Jabbarov R. (2022). Axborot – kommunikatsion
texnologiyalaridan foydalanib tasviriy san’at ta’limi samaradorligini oshirish metodikasi.
Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari:
yechimlar
va
istiqbollar,
1(1),
27–29.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5097
4.
Qizi, B. M. F., & Jabbarova, X. K. (2024). Ta’lim jarayonida innovatsion
texnologiyalar va yoshlar dunyoqarashi. Science and innovation, 3(Special Issue 19), 857-858.
5.
Jabbarova, X. (2024). Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning gender tenglikka
ta’siri. Innovation: The journal of Social Sciences and Researches, 2(2), 73-75.
6.
5. Jabbarova, H. (2024). Philosophical concepts of masculinity and femininity in
ancient philosophy. International Journal of Engineering Mathematics (Online), 6(1).
7.
Makhzuna Sh Ismatova. Specific characteristics of language coaching technology.
International
Journal
of
Pedagogics.
2023.
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=0mLmjKEAAAAJ&c
itation_for_view=0mLmjKEAAAAJ:0EnyYjriUFMC
8.
Pardaeva, I. M. (2014). ON THE EXAMPLE OF THE ARTISTIC AND
HISTORICAL PROSE OF NAVOI IN TURKISH. The Way of Science, 73.
9.
Mamayunusovna, P. I. (2021). BOBURNOMA. AS A HISTORICAL AND
LITERARY SOURCE. Thematics Journal of Social Sciences, 7(5).
10.
Pardaeva, I. M. (2022). NAVOI AND THE WISDOM OF HISTORY. Science
and innovation, 1(Special Issue 2), 1-83.
11.
Пардаева, И. М. (2024). ВЕЛИКИЕ ФИГУРЫ ДВУХ НАРОДОВ. THEORY
AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH, 3(26), 250-254.
12.
Pardayeva, I. (2025). THE ISSUE OF PROTOTYPES IN ALISHER NAVOI’S
EPIC “SADDI ISKANDARIY”. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 1164-1168.
