Nutq uslublari” mavzusini o‘tish orqali talabalarda to‘g‘ri nutq tuzish ko‘nikmalarini rivojlantirish

Поделиться
Атиязов, С. (2022). Nutq uslublari” mavzusini o‘tish orqali talabalarda to‘g‘ri nutq tuzish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 307–308. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5614
Сапарбай Атиязов, InScience

O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma’rifiy rivojida ona tilining o‘rni favqulodda muhimdir. Til milliy ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko‘zgusidir. Hadisi shariflarda “Kishining zeb-u ziynati, go‘zalligi uning tilidadir” deyiladi. Qadim-qadim zamonlardan beri har bir millat, har bir qavm o‘z tiliga buyuk hurmat bilan qaraydi. Chunki til millat degan birlikning tamal toshi, u boy berilsa, millat ham boy beriladi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning quyidagi so‘zlarida ulkan ma’no bor: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi... Ona tili – bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar.” Demakki, millatning borligi va birligining bosh belgisi tildir


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

307

“NUTQ USLUBLARI” MAVZUSINI O

TISH ORQALI TALABALARDA

TO

G‘RI NUTQ TUZISH KO

NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Atiyazov Saparbay Jumamuratovich –

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI O‘zbek tili

kafedrasi o‘qituvchisi

Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma’rifiy

rivojida ona tilining o‘rni favqulodda muhimdir. Til milliy ma’naviyat, ma’rifat va
madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko‘zgusidir. Hadisi shariflarda “Kishining
zeb-u ziynati, go‘zalligi uning tilidadir” deyiladi. Qadim-qadim zamonlardan beri har
bir millat, har bir qavm o‘z tiliga buyuk hurmat bilan qaraydi. Chunki til millat degan
birlikning tamal toshi, u boy berilsa, millat ham boy beriladi. Birinchi Prezidentimiz
I.Karimovning quyidagi so‘zlarida ulkan ma’no bor: “Jamiki ezgu fazilatlar inson
qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi... Ona tili – bu
millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi
muqarrar.” Demakki, millatning borligi va birligining bosh belgisi tildir.

Mamlakatimizda ma’naviyat jabhasida olib borilayotgan benihoya keng

qamrovli islohotlarda til muammolari, xususan, davlat tiliga e’tibor masalalariga
alohida diqqat qilinayotganligi bejiz emas. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi,
“Ta’lim to‘g‘risda”gi Qonunlari, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur” va
boshqa juda ko‘plab hujjatlarda bu yo‘nalishdagi ishlarning asosiy jihatlari ko‘rsatib
berilgan. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 1997- yilning iyunida Toshkentda bo‘lib
o‘tgan "Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturni tuzish" komissiyasining
yig‘ilishida har bir fuqaro uchun “o‘z davlat tilini bilish, uni o‘rganish yuksak
ma’naviyat, Vatani va xalqiga sadoqat belgisi” ekanligini asosli ravishda
ta’kidlaganlar.

Nutqning to‘g‘riligi, ya’ni uning adabiy til me’yorlari (talaffuz, so‘z yasalishi,

leksik, morfologik, sintaktik, uslubiy me’yorlar)ga qat’iy mosligi madaniy nutqning
asosiy, markaziy sifatidir. Ammo har qanday to‘g‘ri nutq madaniy bo‘lavermaydi, u
boshqa kommunikativ sifatlarga ham ega bo‘lgandagina chin ma’nodagi madaniy
nutq maqomini olishi mumkin. “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir
inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa,
berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim
o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir... O‘qituvchining bosh vazifasi
o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratligini
ko‘pincha yaxshi tushunamiz, lekin, afsuski, amalda tajribamizda unga rioya
qilmaymiz”, – deb ta’kidlaydi.

Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to‘g‘rilik va aniqlik bilan

chambarchas bog‘langandir. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq ham,
fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham mantiqning
buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va

o‘quvchiga ifodalanayotgan fikrning to‘liq borib etmasligiga, ba’zan umuman

anglashilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Nutqni shakllantirishdagi e’tiborsizlik

oqibatida ba’zan mantiqsizlik ham yuz beradi. Quyidagi misolda diqqat qilaylik:
Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajardilar


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

308

(Gazetadan). Gapda so‘zlarning tartibi to‘g‘ri bo‘lmaganligi, olti oylik birikmasining

davlatga so‘zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur etayapti, fikrni bayon
qilishda xatolik yuz berayapti.

Demak, mantiqiy nutq deganda yaxlit bir tizim asosida shakllangan, fikrlar rivoji

izchil bo‘lgan, har bir so‘z, ibora aniq, maqsadga muvofiq ravishda yuzaga keladigan
nutqni tushunamiz.

Mustaqil fikrlash muloqot madaniyatini, muomala odobini egallash zamirida

shakllansa, unda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatda o‘z o‘rinlarini topib

olishlari oson kechadi. Mazkur muammolarni hal etish, yechimlarini ta’lim
jarayoniga tadbiq etish uchun ona tili mashg‘ulotlarida har bir bo‘lim bo‘yicha

o‘rganiladigan mavzularning mazmuni chuqur va puxta bilim berishga qaratibgina

qolmay, balki u orqali o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, so‘z va gap ustida
ishlash malakasini shakllantirish, og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, har bir nazariy
qonun-qoida bo‘yicha o‘zining shaxsiy mulohazalarini bayon qila bilish malakasini

hosil qilishga erishish kerak. Chunonchi, o‘quvchilarning ona tilidan olgan bilim

darajalari tilning grammatik qurilishini qanchalik o‘zlashtirganliklari bilangina emas,

balki ularning o‘z fikrlarini adabiy tilning boy ifoda vositalarida o‘rinli va to‘g‘ri
foydalangan holda, og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri ifodalashlari hamda muloqot
madaniyati doirasida har bir nazariy qonun-qoida yuzasidan o‘z shaxsiy
mulohazalarini bayon qila olishlari bilan belgilanmog‘i lozim.

Qadimgi davrlarda ham nutqning bu jihatlariga alohida e’tibor berib kelishgan.

Masalan, rimliklar namunaviy nutqning sifatlarini o‘zida aks ettiruvchi qoidalar
ishlab chiqishgan mashhur notiq Sitseron fikricha, aniqlik va tozalik nutq uchun
shunchalik zarurki, ularni asoslab o‘tirishning ham hojati yo‘q. Ammo notiq

tinglovchilarni o‘ziga jalb qilishi uchun bu sifatlar hali yetarli emas. Buning uchun

nutq jozibador bo‘lishi ham kerak. Notiq Dionis Galikarnas esa nutqda maqsadga
muvofiqlikni muhim deb hisoblagan.

Agar nutq ma’lum vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirilishi nazarga

olinsa, bunda joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining maqsadi kabi omillar katta

ahamiyatga ega bo‘ladi.

Demak, nutq madaniyati jamiyatdagi madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining. millat

ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma’nodagi madaniy nutq shaxs
umummadaniy saviyasining favqulotda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun

ham mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor

yo‘nalishi deb e’lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati ko‘nikmalari va

malakalarini oshirish, ta’lim jarayonlarining barcha bosqichlarida madaniy nutq
muammolarini yetarli darajada nazarda tutish dolzarblik kasb etganligi bejiz emas.

Adabiyotlar:

1. O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq, 1997.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi // Barkamol avlod O‘zbekiston

taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq, 1997.

3. Ahmedova H. O‘qituvchi nutqi madaniyati. (ma’ruzalar matni). Qo‘qon, 2003.
4. Begmatov E. Notiqning nodir boyligi. – Toshkent, 1980.
5. Ibrahimov I. O‘zbek milliy tilining nutq madaniyati masalalari. – Toshkent, 1969.

6. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. – Toshkent: A.Navoiy nomidagi

O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq, 1997.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi // Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq, 1997.

Ahmedova H. O‘qituvchi nutqi madaniyati. (ma’ruzalar matni). Qo‘qon, 2003.

Begmatov E. Notiqning nodir boyligi. – Toshkent, 1980.

Ibrahimov I. O‘zbek milliy tilining nutq madaniyati masalalari. – Toshkent, 1969.

Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. – Toshkent: A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов