A.Oripovning “Sohibqiron” dramasida temur obrazi

CC BY f
244-247
6073
281
Поделиться
Андакулова, К. (2022). A.Oripovning “Sohibqiron” dramasida temur obrazi. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 244–247. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5568
Кимёхон Андакулова, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Ilmiy rahbar: K.Tashanov Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada Amir Temur timsolining badiiy adabiyotda yaratilish tarixiga nazar solinib, A.Oripov “Sohibqiron” she’riy dramasida buyuk hukmdor siymosining yoritilishi, uning ma’naviy-insoniy qiyofasining tasviri, oddiy insonlarga, farzand va nabiralariga mehri va g‘amxo‘rligi bilan birga qattiqqo‘lligi, adolatparvarligi aks etgan sahnalar misolida shoir mahorati tahlil etiladi.

Похожие статьи


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

244

A.ORIPOVNING “SOHIBQIRON” DRAMASIDA TEMUR OBRAZI

Andaqulova Kimyoxon Rashid qizi –

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika

instituti o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr

ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: K.Tashanov Nukus DPI O‘zbek adabiyoti

kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

Annotatsiya:

Maqolada Amir Temur timsolining badiiy adabiyotda yaratilish

tarixiga nazar solinib, A.Oripov “Sohibqiron” she’riy dramasida buyuk hukmdor
siymosining yoritilishi, uning ma’naviy-insoniy qiyofasining tasviri, oddiy
insonlarga, farzand va nabiralariga mehri va g‘amxo‘rligi bilan birga qattiqqo‘lligi,
adolatparvarligi aks etgan sahnalar misolida shoir mahorati tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

shaxs, obraz, tarixiy, adabiy, insoniy, diniy, voqea, tashbeh.


G‘arb tadqiqotchisi L.Keren Sohibqironning davlat siyosati haqida yozar ekan:

“Amir Temur adolatni nihoyatda yaxshi ko‘rardi, shu sababli ham uning saltanatida
birorta inson behuda ranjitilmagan, zulm ko‘rmagan. U ilm-fanni ham, ilm ahlini ham
hurmat qilar, eng ezgu maqsadi esa butun saltanatida madaniyat va san’atning gullab-
yashnashiga erishish edi. Uning oliyjanobligi bisyor va bisyor hollarda namoyon
bo‘lmishkim, alar haqinda so‘ylab o‘tirishning o‘rni emasdir”,- deb ta’kidlagan edi [2.5.].

Sharq mamlakatlari hayotida katta iz qoldirgan Amir Temur shaxsi oradan necha

asr o‘tgan bo‘lsa-da, beto‘xtov bahslarga sabab bo‘lgan. Shu boisdan bo‘lsa kerak,
Temur shaxsi va obrazi to‘g‘risida turli tarixiy va adabiy asarlar yaratilgan. L.Keren
“Amir Temur saltanati” asarida: “Bizga ma’lum bo‘lgan Sharafiddin Ali Yazdiy va Ibn
Arabshohning asarlari, Volterning “Tarix haqida esselar”idan biri Amir Temurga
bag‘ishlangan. Volterdan o‘rnak olgan italyan, ispan va ingliz dramaturglari pesalar
yaratganlar. Tabiiyki, ularning sifati ancha past edi. Vivaldi esa bugunga kelib butunlay
unut bo‘lib ketgan opera yaratgan. Gyote o‘zining “G‘arb-u Sharq devoni”ga kirgan
poemalarida Amir Temurni ko‘p tilga oladi, qiziqarli izohlarda hatto o‘zining
Sohibqiron haqida alohida asar yozish niyati borligini ham ma’lum qiladi. O‘zidan
oldingi tadqiqotchilarning aldamchi tahlillaridan ko‘ra qator ilk manbalardan
foydalangan Jan Oben aniq dalillarga asoslanib yozilgan ikki maqolasida
Sohibqironning kuchli va murakkab obrazini yaratdi, lekin Temur shaxsi va
faoliyatining sir-u asrorini ochib berilmaganiga amin bo‘lamiz”,- deb yozgan edi [2.13.].

Abdulla Oripovning “Sohibqiron” she’riy dramasida shavkatli Temur obrazi

katta iftixor bilan qalamga olingan. Dramada asosiy e’tibor jang-u jadallar,
qirg‘inbarot urushlar tasviriga emas, balki bosh qahramonning hayot va inson
haqidagi o‘y-xayollari, fikrlari, mushohadalari, sa’y-harakatlari, g‘azab-u mehriga
qaratilgan. To‘g‘ri, Amir Temur haqida juda ko‘plab badiiy asarlar yaratilgan. Ammo
Abdulla Oripov ana shu asarlarda ifodalangan mazmun, obraz va tashbihlarni
takrorlamagan. Amir Temurning dramada mehnat ahliga, askarlariga, san’at ahli,
farzand va nabiralariga mehri va g‘amxo‘rligi bilan birga qattiqqo‘lligi,
adolatparvarligi aks ettirilgan. Buning yorqin dalili drama boshlanishidagi Temur va
sartarosh suhbati. Abdulla Oripov bu sahnani shunchalar mohirlik bilan chizganki,
goho mehribon, goho qahri qattiq Amir Temur o‘z saltanatidagi oddiy lavozim


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

245

egasidan to eng yuqori lavozim sohibigacha samimiy suhbatdosh, hatto do‘stona
munosabatda bo‘lganligini nozik bo‘yoqlarda chizib bera olgan. Balki, shuning uchun
ham shoir o‘z dramasining boshlanishida Temurdek buyuk hukmdorni kazo-kazolar
davrasida emas, balki oddiy bir sartarosh suhbatida tasvirlaydi:

Temur:

“Har qandayin bandaga ham kerakdir sirdosh
Senga ko‘ngil ochsam bo‘lar …”

Sartarosh:

“Qulluq, Hazratim”.

[1.4.]

Dramada Amir Temur obrazi tilidan keltirilgan bu so‘zlardan anglash

mumkinki, u oddiy insonlar orasidan ham o‘ziga do‘st topa olgan.

Adabiyotshunos S.Mirzaev “XX asr o‘zbek adabiyoti” kitobida “Sohibqiron”

dramasi haqida fikr bildirar ekan: “Amir Temur Vatanga, xalqqa xiyonat qilgan
shaxslarni aslo ayamagan, gunohkorlarni qattiq jazolagan. Abdulla Oripov dramasida
Sohibqironning ana shu xislatlari, mamlakat va xalq oldidagi buyuk xizmatlari birin-
ketin ochila boradi. Natijada asarda Amir Temurning buyuk va salobatli, jonli va
tabiiy obrazi yaqqol namoyon bo‘ladi. U mohir sarkarda, adolatli podshoh, insoniy va
diniy qonun-qoidalarni yuksak qadrlovchi va ularga izchil amal qiluvchi hukmdor,
mehribon ota, adabiyot va san’atni teran anglovchi va yuksak qadrlovchi noyob did
sohibi sifatida gavdalanadi”, – deya A.Oripov asariga yuqori baho beradi [3.394].

Abdulla Oripov voqealar chizgisini shunchalik mohirlik bilan bir ipga tizadiki,

bu aynan Temurning psixologik tasvirini, ruhiy holatini yaratishda, uning ichki
dunyosini ochib berishda muhim rol o‘ynaydi. Sartarosh va Temur suhbatidan keyin
voqealar rivoji yana bir pog‘ona jiddiy tus oladi, yana bir pog‘ona jadallashadi. Unda
Amir Husaynning qabihliklari yorqin ochib berilib, Temurning oliyjanobligi va
kechirimliligi bilan zidlanadi. Drammada tasvirlanishicha, Husaynn Kalomullohni
o‘rtaga qo‘yib qasam ichadi, ammo va’dasida turmaydi. Shunday qaltis vaziyatlarda
ham Temur kechirimli bo‘ladi. Dramada Sirdaryo bo‘yidagi bo‘lib o‘tgan Jetega
qarshi jang yodga olinadi. Temur tilidan keltirilgan misralarda Husayn jang
mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan shaxs sifatida qoralanadi:

“Lashkarini siylamagan sen – xasis amir
Ust-boshi ho‘l holdan toygan sening lashkaring
Och-u nahor bo‘lgani-chun ortga chekindi”.

[1.9.]

Amir Temur bu jangda Husaynga tajriba va bilim yetishmaganini aytadi.

A.Oripov xuddi shu mazmunni Temur nutqiga shunday mohirlik bilan olib kiradiki,
bugungi kunda uni yoshlarga tarixiy o‘rnak va chaqiriq sifatida ko‘rsatsak arziydi. Bu
sahnada shoir kitob o‘qimaslikning, ilmsizlikning kasriga qolgan insonlar hayotini
ochib beradi:

Temur: (Amir Husaynga):

“Umringda hech kitob ko‘rmay ulg‘aygan eding,
Shu sababdan gaplaringda mantiq yo‘q, amir”,-

[1.7.]

deya xitob qiladi. Jangdagi mag‘lubiyatning asl sababi jang paytida Temurbek

va amir Husayn tarafdorlari o‘rtasida paydo bo‘lgan nifoqdir. Ammo, keyinchalik
jangdagi mag‘lubiyat to‘g‘risida o‘zgacha rivoyatlar tarqala boshladi. Bu jang haqida
L.Keren: “Yada nomli toshning sohibi bo‘lmish bir mo‘g‘ul afsungari tomonidan


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

246

chaqirilgan yomg‘ir va to‘fon haqidagi rivoyat paydo bo‘ldi. Bu sehrli toshning
xususiyatlaridan biriga ko‘ra, uning sohibi istagan vaqtda daxshatli yomg‘ir yog‘dira
olishi mumkin ekan. Bundan ogohlantirilgan Ilyosxo‘ja qo‘shini suv o‘tmas o‘tovlar
qurishgan, askarlari esa tunda o‘z borgohlarida xandaqlar qazishgan edi.
Movarounnahrlik jangchilar esa suyak-suyaklarigacha ivib ketishdi. Buning ustiga
tongni mijja qoqmay qarshilashdi. Tong saharda ular haddan tashqari holdan toygan,
ivib shalabbo va g‘azabnok holda saf tortishdi. Jangda nam tortib, iplari bo‘shashib
qolgan kamonlar hech qanday foyda bermadi. Mag‘lubiyat bilan tugagan bu jang
“Loy jangi” nomi bilan tarixda qoldi”,- deb yozgan edi. [2.25.]

A.Oripov Amir Temur obrazini yaratishda uning bunyodkorligi va go‘zallikga

oshno ekanligini ochib berish maqsadida, uni janglar qurshovida emas, ko‘proq
san’at ahli orasida, buyuk olim-u fuzalolar davrasida chizadi. A.Oripov she’riyat
sultoni – Hofiz Sheroziyni drama sahnasiga kiritadi. Bu suhbatda jang san’ati va
siyosatda dong taratgan Amir Temurning adabiyotga ham oshnoligini ham his etamiz.

Temur:

“Agar ko‘nglimni shod etsa o‘sha Sheroz jononi
Qaro xoliga baxsh etgum Samarqand-u Buxoroni.
Shundoqmi?
Samarqand-u Buxoro deb dunyoni oldim, bir xol uchun siz ulari hadiya

etmishsiz. Shunchalikmi?”

Hofiz:

“Bisotimni g‘azallarga ulasha berib
Shundoq holga tushib qoldim,
Nochor yupunman,
Oqibatda majbur bo‘lib bitta xol uchun
Dunyodagi eng betakror ikki shaharni
Samarqand-u Buxoroni hadya etganman”.

Temur (qah-qah urib):

“Bizning ulug‘ shaharlarni baholash uchun
Bundan ortiq tashbeh bo‘lmas, tasanno sizga”.

[1.56.]

Sheroz saltanatga qo‘shib olingandan so‘ng shaharning eng mohir

hunarmandlari Samarqandga keltirilib, bunyodkorlik ishlariga jalb etiladi. Kichik bir
rivoyatda aytilishicha, shoir Hofiz ham Sohibqiron bilan aynan o‘sha paytlarda
uchrashgan ekan. Ulug‘ amir undan nima uchun o‘z g‘azalida Samarqand-u Buxoroni
mahbubasining birgina xoliga baxsh etishga jur’at qilganligi haqida so‘raganda,
Hofiz egnidagi yupun kiyim-boshiga ishora qilib, o‘zining bu hotamtoyligi uchun
jazosini tortganligini aytib o‘tadi.

Dramada bir voqea tasviri kitobxon e’tiborini tortib, uni o‘ziga rom etadi. Bu

Amir Temurning ayollarga alohida hurmati va muhabbati. Bibixonim va Amir Temur
suhbat qurib turgan vaqtda Mironshohning rafiqasi Xonzodabegim kirishga ruxsat
so‘raydi va Mironshoh sarxush bo‘lgan paytlari bot-bot qo‘l ko‘targanini aytib arz
qiladi. Bu suhbatdan barchasini payqab olgan Temur o‘g‘lini yoniga chaqirib ko‘plab
nasihat beradi. Bu ishi uchun 40 kun zindonda yotishini aytib o‘z o‘g‘lini jazolaydi.

Temur (Mironshohga):

“Ayol zoti xonadonning shamchirog‘idir,


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

247

O‘sha chiroq o‘chmasin, deb jang qilamiz-ku!
Endi esa, zindonga bor!
Qirq kun yotgaysan”.

[1.38.]

Tarixiy manbalarda telba Mironshohning boshqa qilmishlarini haqida ham

ma’lumotlar uchraydi. Mironshohning bema’niliklaridan foydalangan sulton Ahmad
qoraqo‘yunli – turkmanlar yordamida Bog‘dodni qaytarib olgan, gurjilar bundan
foydalanib, isyon ko‘tara boshlagan. Mironshoh mashhur musulmonlar
maqbaralarini, jumladan, mashhur muarrix Rashiduddin

(Rashiduddin -taxminan

1247-1318 – eronlik tabib va muarrix, mo‘g‘ul xoni Halokuxonning o‘g‘li saroyida
bosh vazir lavozimida ishlagan. Juhud, eroniy, arab, turkey, mo‘g‘ul, hind va xitoy
xalqlari tarixlarini o‘z ichiga olgan “Solnomalar majmuasi” nomli kitob hamda arab
tilida bitilgan qator diniy-falsafiy risolalar muallifi)

maqbarasini buzdirib, mayitlarni

yahudiylar qabristoniga ko‘chirtirgan.

Bularni eshitib Amir Temurning tobora qahri ortib borayotganini sezgan qator

amirlar o‘zlarini uning oyog‘iga tashladilar va otdan qattiq yiqilishi natijasida miyasi
chayqalgan Mironshohga shafqat qilishni so‘radilar. Ammo, Temurning qahri
qanchalik qattiq bo‘lsa, mehri shunchalik mo‘l-ko‘l edi.

Xulosa qilib aytganda, A.Oripov “Sohibqiron” she’riy dramasida Temur

timsolini yaratar ekan, uni zamon va makon, tarixiy muhit va sharoit, inson va
insoniy fazilatlar qamrovidan uzib olib tasvirlamaydi, balki shaxs sifatida insoniy
fazilatlarga, qarashlarga ega, o‘z yashagan davrining asl farzandi sifatida
gavdalantirib, go‘zal chizgilar bilan qalamga oladi. Dramaning har bir sahnasida
betakror shoir Temur obrazini yaratishda unga yangidan–yangi chizgilar berib, yangi
tashbehlar, rangdor badiiy buyoqlar bilan boyitadi.

Adabiyotlar:

1. Oripov A. Sohibqiron. Drama. –Toshkent. Yangi nashr. 2019.
2. Keren L. Amir Temur saltanati. –Toshkent. Fan nashriyoti. 2018.
3. Mirzaev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. –Toshkent. Yangi asr avlodi. 2005.

Библиографические ссылки

Oripov A. Sohibqiron. Drama. –Toshkent. Yangi nashr. 2019.

Keren L. Amir Temur saltanati. –Toshkent. Fan nashriyoti. 2018.

Mirzaev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. –Toshkent. Yangi asr avlodi. 2005

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов