Shevalar leksikasining taraqqiy etishida kasb-hunar terminlarining o‘rni

CC BY f
282-284
101
29
Поделиться
Мусаева, Н. (2022). Shevalar leksikasining taraqqiy etishida kasb-hunar terminlarining o‘rni. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 282–284. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5607
Н Мусаева, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 1-kurs magistranti 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada shevalar leksikasining taraqqiyotida kulolchilik, kashtachilik, zargarlik, duradgorlik, temirchilik, ovchilik kabi kasb-hunar sohasiga tegishli leksikaning taraqqiyotidagi о ‘mi, ularning majoziy ma 'nolarni ifodalab kelishi, makon va zamonda so ‘z ma 'nolarining kengayishi, iste ’tnoldan chiqib qolish sabablari tavsif etiladi.

Похожие статьи


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

282

SHEVALAR LEKSIKASINING TARAQQIY ETISHIDA KASB-HUNAR

TERMINLARINING O‘RNI

N.E.Musayeva –

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va

adabiyoti mutaxassisligi 1-kurs magistranti

Ilmiy rahbar: Y.M.Ibragimov –

filologiya fanlari doktori, professor

Аннотация:

Maqolada shevalar leksikasining taraqqiyotida kulolchilik,

kashtachilik, zargarlik, duradgorlik, temirchilik, ovchilik kabi kasb-hunar sohasiga
tegishli leksikaning taraqqiyotidagi o‘rni, ularning majoziy ma’nolarni ifodalab
kelishi, makon va zamonda so‘z ma’nolarining kengayishi, iste’moldan chiqib qolish
sabablari tavsif etiladi.

Annotatsion:

This article describes the role of vocabulary connecting hunting,

pottery, embroidery, jewelry, blacksmithing in the society progress, the expression, of
the allegorical meanings, the expension in any positions and any moments, the
reasons of being no longer in use.

Tayanch so‘z va iboralar:

kasb-hunar, terminlar, majoziy ma’no, sohalar

leksikasi

Key words:

craft, term, figurative meaning, field lexicon


O‘zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shug‘ullanib keladi. Shuning

uchun O‘zbekistonning har bir viloyat, tumanlarida kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy
etgan. Masalan, kulolchilik, kashtachilik, duradgorlik, temirchilik, ovchilik,
chorvachilik, kosibchilik, zardo‘zchilik va hokazolar shulardan hisoblanadi. Kasb-
hunarning turli tarmoqlarida mehnat jarayonida xalqimiz tomonidan yaratilgan va
yaratilayotgan maxsus terminlar umumxalq tilining lug‘at tarkibida boy bir qatlamni
tashkil qiladi. Ba’zilari ishlatilishdan qolib, tarixiy terminlar qatoriga o‘tadi, ba’zilari
esa yangi vazifa va yangi ma’nolar kasb etib, iste’moldan qoladi. Kasb-hunar
terminlari umumiste’molga, vaqtlar o‘tib folklorga va yozma adabiyotga kiradi. Xalq
kasb-hunar terminlari umumadabiy tilimizning hamda shevalarimizning leksik
tarkibini boyituvchi muhim manbadir.

Masalan, hozirgi murakkab mashinalarning anchaginasi insoniyat tomonidan

eng qadimgi zamonlarda yaratilgan sodda texnikaning rivojlana borib, yuksak
darajaga erishuvining natijasidir. Kishilik jamiyatining ilk davridagi kichik, sodda
uylarning eshiklari ham, hozirgi zamonning yuksak texnikasi samarasi bo‘lmish
reaktiv samolyoti yoki so‘nggi rusumdagi avtomashinalarning, suvosti kemalarining
eshiklari ham hozirgi og‘zaki va adabiy tilimiz leksikasida eshik deb yuritiladi.
Quldorlik tuzimi davri ixtirosi bo‘lmish kulollik charxining yoki oddity suv
tegirmonining parra va o‘qlari hamda hozirgi zamon samolyot, vertolyot
kemalarining o‘sha xil qismlari shu nom bilan yuritiladi. Demak, eski texnika
elementlari va ularning nomlari har choq texnikaning keyingi taraqqiylashgan yangi
shakllariga ham o‘tadi.

Shuningdek, mehnat jarayonida yaratilgan so‘z-terminlar fanning qariyb hamma

tarmog‘iga oid leksikasini doimo to‘ldirib kelgan. Kasb-hunar ahllari tomonidan
ishlab chiqarilgan rang-barang mahsulot xalqning isre’moliga o‘tishi, uni jamiyatning


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

283

turli tabaqasi ishlatishi natijasida ularning nomini ifodalovchi maxsus terminlar ham
umumiste’mol so‘zga aylanib ketadi. Ular ishlatila-ishlatila majoziy ma’nolarga
kiradi, har xil o‘xshatishlar uchun asos bo‘ladi, maqol, matal, doimiy va frazeologik
iboralar tarkibida qo‘llanila boshlaydi, tug‘at tarkibini boyitadi. Masalan, tikuvchilik
asboblaridan birining nomini ifodalovchi

iyna

termini: “ipidan iynasigacha” – butun

tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha batafsil. “iyna minan quduq qazuv” – juda qiyin,
bajarilishi amrimahol bo‘lgan ish. “Iynaday gapni tuyaday qildi” – mubolag‘a qilib,
bo‘rttirib yubordi. Yana tesha so‘zi “tesha tiymagan so‘z” – hazil-mutoyiba yo‘li
bilan aytiladi, yangi fikr ma’nosida; bo‘zchi, moki so‘zlari – “bo‘zchining
mokisidek” – tez-tez qatnab sarson bo‘lish ma’nosida; o‘roq, ketmon so‘zlari
“o‘tkanning o‘rag‘in, ketkanning ketmanin aluv” – urushqoq, boshqalarni bezor
qiluvchi shaxslar haqida aytiladi, “ketmani uchdi” – omadi keldi” – omadi keldi
ma’nosida; narvon so‘zi “yuldizdi naq uruv” – juda olg‘ir, ishbilarmon kishi
ma’nosida; tegirmon so‘zi “degirmanga tushsa, putun chig‘adi” – har qanday qiyin
sharoitdan ham qutulish yo‘lini topa oladi ma’nosida; temir so‘zi “temirni qizig‘ida
bos” – biror ishni ayni vaqtida qil ma’nosida; temirchi so‘zi esa “ota-bobong temirchi
o‘tganmi” – sergap, gapni ortiqcha cho‘zuvchi kishiga aytiladi. Buning sababi shuki,
temirchi temirni qizdirib, bolg‘alab cho‘za-cho‘za buyum yasaydi, bunda gapni
cho‘zish temirni cho‘zishga o‘xshatiladi. Bu misollardagi, aslida, kasb-hunar
leksikasiga oid

igna, tesha, bo‘zchi, moki, temir, o‘roq, ketmon

terminlari

so‘zlashuvimizda majoziy ma’nolar va turlicha o‘xshatishlar uchun xoslashib
qolganini ko‘ramiz. Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, iste’moldagi so‘zlar biror kasb
ahllari tomonidan kasb-hunar hayotidagi ayrim voqea va hodisalar bilan bog‘lanib,
maxsus ma’nolarda ishlatiladi va o‘sha xos ma’nolarida yana umumiste’mol
leksikaga qaytadi.

Kasb-hunar terminlarining ko‘chma ma’nolarda ishlatiladiganlardan yana

zarshunos

terminini keltirish mumkin. Zarshunos, aslida, zar (oltin)ni (umuman nodir

metallni) sifat jihatdan ajrata oladigan mutaxassis ma’nosida bo‘lsa-da, so‘zlashuv
tilida yaxshi narsani yomondan ajrata biluvchi, biror ish va hodisaga nozik qaray
biluvchi kishi ma’nosida qo‘llanilib kelgan va shu ma’noda adabiy tilga ko‘chgan.
Umumiste’moldagi va asosiy lug‘at tarkibidagi ayrim so‘zlar kasb-hunar leksikasida
maxsus narsa va tushunchalarni ifodalovchi terminga aylanishi va shu ma’nosi bilan
tilga qaytishi mumkin. Bunga tanqidiy g‘arch so‘zi misol bo‘la oladi. Kosiblar oyoq
kiyimni kiyib, yerni bosganda g‘irchillagan ovoz chiqarishi uchun uning tovoniga
yoki tagcharm bilan patak orasiga qirqilgan mayda charmlar qo‘yib yuboradi. Shu
bo‘lakni g‘arch, oyoq kiyimni esa g‘arch etik deb yuritadilar. Bu nom kosiblar
leksikasidan so‘zlashuv tiliga, undan adabiy tilga ham kirib singib ketgan. Masalan,
shoir Zavqiy bu so‘zni shu ma’noda o‘z she’rida ishlatgan:

Davlat-u izzu sharaflar mardi bodunyoniki,
Bu zamonda g‘arch kavush kiygan silliq salloniki

236

.

Shoir bundagi “g‘arch kovush kiygan” iborasini

boy, boyvachcha, savdogar

ma’nosida ishlatgan va o‘z zamonasining sinfiy munosabatini ochish uchun bu
iboradan foydalangan. Bu so‘z Hamza Hakimzoda Niyoziy asarlarida ham uchraydi:

236

Zavqiy. Zamona kimniki?


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

284

“Poshnasi past amirkon etikcha, g‘arch qo‘yilgan qoshiqday kovushlar yer

yuzidagi bor kinnalarni o‘ziga chaqirib oladi, xolajon”.

Hozir g‘arch so‘zining shu ma’nosi asosiy lug‘at tarkibiga ham kirgan. Yana

egov so‘zi ham majoziy ma’noda uchraydi. Kishining joniga tegib, asabini
buzuvchiga qarata: “Sen buncha egov bo‘lding?!”, “U juda egov-da!” deyiladi.

Xalqning og‘zaki ijodi, shevalari singari yozma adabiyot ham har doim o‘z

lug‘at tarkibini turli-tuman kasb-hunarga oid so‘z va terminlar hisobiga boyitib
kelgan. O‘tmishda ham, hozirgi kunda ham yozuvchi va shoirlarning ijodida xalq
kasb-hunar terminlari ko‘plab ishlatilgan. Bu hol yozuvchi ijodida fikrlar, voqea va
hodisalarning ijtimoiy hayot va mehnat bilan bog‘lanishi, asarda ishlab chiqarish
manzarasini paydo etish va personajlarni so‘zlatish natijasida yuz beradi. Kasb-
hunarga oid so‘z-terminlarning ana shunday shevalar va og‘zaki adabiyotlarda
ishlatilishi va iste’moldagi leksikada keng qo‘lllanilishi natijasida ular tilning asosiy
lug‘at tarkibidan o‘rin oladi. Masalan, metallsozlikning qariyb hamma tarmog‘ida
ishlatiladigan sandon (temirchi, miskar va zargarlarning qizdirilgan metallga ishlov
berish (bolg‘alashda) uning ostiga qo‘yadigan asbobi, temir kunda) umumxalq tilida
juda keng qo‘llaniladi, folklorga, yozma adabiyotga kirgan, asosiy lug‘at tarkibidan
o‘rin olgan. O‘zbek xalq maqollari orasida ham uchraydi:

Ish yurishsa, shisha sandon sindiradi,
Ish yurishmasa, bulamiq dandon sindiradi.
Badiiy asarlarda ham bu so‘zni uchratamiz: “Qudrat yarim vayrona do‘konda

beligacha chuqurga tushib olib, uzun temir qisqichda qisilgan bir yumaloq temir
cho‘g‘ni sandonda bog‘lamoqda edi”

237

.

Yuqoridagi misollar kasb-hunar leksikasining umumxalq tili, adabiy til va asosiy

lug‘at tarkibi bilan o‘zaro munosabatda rivojlanishini yaqqol ko‘rsatadi.

Xullas, shevalar va adabiy til lug‘at boyligini boyitishda kulolchilik,

duradgorlik, temirchilik, zargarlik, kashtachilik, etikdo‘zlik, ovchilik kabi kasb-hunar
atamalarining o‘rni beqiyosdir.

Adabiyotlar:

1. Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. – T. 2013.
2. O‘zbek tili iboralarining o‘quv izohli lug‘ati. – T.: Yangi asr avlodi, 2007.
3. Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. –

T.: O‘zbekiston, 2021.

4. Zavqiy. Ajab zamona. Ziyouz.com kutubxonasi. 2019.
5. Ismoiliy M. Farg‘ona tong otguncha. – T.: Sharq, 2010.
6. Ибрагимов Ю.М. (2000). Исследование узбекских говоров южного

Приаралья.

7. Matkarimovich I.Y. (2020). Dialectic complex words with subordinate

relations in uzbek dialects of the republic karakalpakstan. anglisticum. Journal of the
Association-Institute for English Language and American Studies, 9(2), 82-86.

237

Ismoiliy M. Farg‘ona tong otguncha. – T.: Sharq, 2010.

Библиографические ссылки

Ashirboyev S. O‘zbck dialcktologiyasi. - T. 2013.

O‘zbck tili iboralarining o‘quv izohli lug‘ati. - T.: Yangi asr avlodi, 2007.

Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. O‘zbck tilining izohli lug‘ati. -T.: 0‘zbckiston, 2021.

Zavqiy. Ajab zamona. Ziyouz.com kutubxonasi. 2019.

Ismoiliy M. Farg‘ona tong otguncha. - T.: Sharq, 2010.

Ибрагимов Ю.М. (2000). Исследование узбекских говоров южного Приаралья.

Matkarimovich I.Y. (2020). Dialectic complex words with subordinate relations in uzbek dialects of the republic karakalpakstan. anglisticum. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 9(2), 82-86.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов