Ona tili darsliklaridagi berilgan o‘quv topshiriqlarni takomillashtirish

CC BY f
352-354
48
30
Поделиться
Хожиязова, М. (2022). Ona tili darsliklaridagi berilgan o‘quv topshiriqlarni takomillashtirish. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 352–354. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5635
Манзура Хожиязова, Nukus davlat pedagogika instituti

1-kurs magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada ona tili darsliklaridagi berilgan o‘quv topshiriqlarining o‘quvchilarning mustaqil fikrlashdagi, kommunikativ savodxonligini oshirishdagi ahamiyati, o‘quvchilarning ijodkorlik salohiyatini oshirishdagi o‘rni haqida so‘z boradi.

Похожие статьи


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

352

ONA TILI DARSLIKLARIDAGI BERILGAN O‘QUV TOPSHIRIQLARNI

TAKOMILLASHTIRISH

Xojiyazova Manzura

Nukus DPI 1-kurs magistranti

Annotatsiya:

Maqolada ona tili darsliklaridagi berilgan o‘quv topshiriqlarining

o‘quvchilarning mustaqil fikrlashdagi, kommunikativ savodxonligini oshirishdagi
ahamiyati, o‘quvchilarning ijodkorlik salohiyatini oshirishdagi o‘rni haqida so‘z
boradi.

Kalit so‘zlar:

kommunikativ savodxonlik, mustaqil va ijodiy fikrlash, "Ta’lim

to‘g‘risida"gi qarori, ta’limiy metodlar, amaliy ko‘nikma.

Respublikamizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili ta’limi tizimida,

mustaqil fikrlash, fikr mahsulini og‘zaki va yozma ravishda to‘g‘ri ravon ifodalash,
o‘quvchilarda kommunikativ savodxonlikni ta’minlash "Ta’lim to‘g‘risida"gi hamda
Xalq ta’limi vazirligining yangi darsliklar avlodini yaratish to‘g‘risidagi qarori va
talablaridan kelib chiqib, boshlang‘ich va yuqori sinflar uchun mo‘ljallangan yangi
ona tili darsliklari nashr qilinmoqda. Ushbu darsliklar oldiga bir qator talablar
qo‘yilmoqda. Darsliklarning yangi avlodi, avvalo, unda berilgan o‘quv topshiriqlari
o‘quvchini faol ishlashga, shuningdek, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga o‘rgatadigan
shaklda tuzilmog‘i zarur. Hozirda amaldagi boshlang‘ich sinf ona tili darsliklari
zamon talablariga javob beradimi degan savolga javob izlash maqsadida mazkur
darsliklarni tahlil qilamiz. Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarini tahlil qilishda prof.
A.G‘ulomov va H.Ne’matovlar tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga tayanamiz.
Ushbu tasnifga ko‘ra darslikdagi mashqlar o'quvchilarni izlanishga o'rgatish jihatidan
quyidagi guruhlarga ajratiladi:

1. Qayta xotirlash tipidagi mashqlar.
2. Qisman izlanuvchanlik tipidagi mashqlar.
3. Ijodiy mashqlar.
Darsliklarida o‘quvchini mustaqil ishlash, fikrlashga undovchi ijodiy

xarakterdagi mashqlar nihoyatda oz miqdorni tashkil qiladi.

S.Fuzailov va M.Xudoyberganova, Sh.Yo‘ldoshevalarning 3-sinf 2019-yilgi

"Ona tili" darsligida ham o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatishga alohida e’tibor
qaratilgan. Buni 2-sinf "Ona tili" darsligida berilgan "Gap va so‘z", "Tovushlar va
harflar", "Unli tovushlar va harflar", "Undosh tovushlar va harflar", "Nutq. Matn.
Gap" kabi mavzulaming 3-sinf "Ona tili" darsligidagi "Nutq. Gap. So‘z", "Tovushlar
va harflar", "Jarangli va jarangsiz undoshlar" kabi mavzular bilan uzviy
bog‘liqligidagina emas, mashqlarning sharti va mazmunida, o‘quvchilarni mustaqil
faoliyatga chorlovchi mashqlar tizimida ham ko'rish mumkin. Jumladan, 1-8-
mashqlarda so‘z, gap va harflarning imlosi yuzasidan sodda mazmunli topshiriqlar
berilgan bo‘lsa, keyingi mashqlarda o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan
nisbatan murakkab topshiriqlar tavsiya etilgan.

Shuni unutmaslik kerakki, topshiriqlarda barcha o‘quvchilar oldiga qo‘yilgan

talab bir xil, ammo o'quvchilarning saviyasi bir xil emas. Tabiiyki, topshiriqlarni
hamma bir xilda to‘g‘ri bajara olmaydi. Bunday holda qo‘shimcha topshiriqlar berish


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

353

orqali mashq shartini soddalashtirish yo'li bilan o‘quvchilarni qiziqtirish mumkin.Stol
ustiga bir nechta predmetlar qo'yiladi. O‘qituvchi o'quvchilarga shu predmet haqida
fikrlarni bildiradi o'quvchilar bu predmet nomini topishlari kerak bo‘adi. Masalan: U
juda xushbo‘y, uni tug‘ilgan kun, bayramlarda sovg‘a qilishadi. (Gul) Ta’limiy
jihatdan bu metodlar nazariy bilim, amaliy ko‘nikmalarni mustaqil egallashga, ularni
takrorlash, mustahkamlash va chuqurlashtirishga yordam beradi. Tarbiyaviy ma’noda
ular shaxsning mustaqillik, mehnatsevarlik, mas'uliyatlilik kabi xislatlarini
tarbiyalaydi.

Umuman, o‘quvchilar predmet bildirgan so‘zlarni boshqa so‘zlar ichidan ajrata

olishlari uchun ularning diqqat-e’tibori tevarak-atrofga qaratiladi. Ko'z bilan ko'rib
turgan narsalarni aytish, ularga so'roq berish bilan predmet, narsa, shaxs
tushunchalarini bildiradigan so'zlarni bilib oladilar. Masalan, 8-mashq (5-bet) matni
ikki ustunga yozilgan bo‘'lib, chap va o‘ng tomondagi gaplarni solishtirish, qaysi
ustunda alohida gaplar, qaysi ustunda matn berilganini aniqlash va matnga sarlavha
topish topshirig‘i havola etiladi.

O‘quvchilar mashq bilan tanishtirilgach, "Chap tomondagi nima uchun matn

sanalmaydi?" (Chunki gaplar mazmunan bir-biri bilan bog‘lanmagan. Alohida-
alohida xabar bildiryapti), "Nima uchun o'ng tomondagi gaplarni matn deb
hisoblaysiz?" (Chunki gaplar mazmunan o‘zaro bog‘langan va ular bir hikoyachani
tashkil qiladi) kabi savollari bilan murojaat qilinsa, masalaning mohiyatiga teranroq
nazar tashlashga majbur bo'ladi. Xulosa chiqariladi: Matn – bu mazmun jihatdan
bog‘langan gaplardir.

Darslikdagi yana bir mashqda ham shunga o‘xshash berilgan so‘zlarni shaxslar,

narsa nomlari, tabiat hodisalari nomlari shaklida alohida-alohida qatorga yozish
so'ralgan. Unga qo'shimcha tarzda "O‘zingiz ham shaxs, narsa, tabiat hodisalari
nomlaridan topib qatorlarni davom ettiring" topshirig‘i berilsa, o'quvchilar "shaxs
nomlari" qatorini "ota-ona", "kosmonavt", "shofyor", "daftar", "ruchka", "parta",
"mashina"; "Tabiat hodisalari nomlari" qatorini "yong‘in", "zilzila", "vulqon",
"toshqin" kabi so‘zlar bilan davom ettirishi mumkin. Vaqt imkoniyatiga qarab
topshiriqni og‘zaki bajartirish ham yaxshi samara beradi.

O‘qituvchi ot so‘z turkumiga oid so‘zlarni guruhlashtirib yozish shartini "Kim ko‘p

so‘z topib yozadi?" topshirig‘i bilan davom ettirsa, o‘ziga xos musobaqa vaziyati yuzaga
keladi. Musobaqa esa ijodiy izlanishga, tashabbuskorlikka da’vat etadi.

Lekin darslikda keltirilgan barcha topshiriqlar ham o‘quvchilarning ijodiy

imkoniyatlari darajasida emas. Masalan, 12-mashqda "Matnni o‘qing va qaytadan
hikoya qiling. Hikoyaga sarlavha qo‘yib, tushunganlaringizni yozing" deyilganda edi
o‘quvchi o‘qib o‘zlashtirganlarini yozish orqali mustaqil faoliyatga o‘rganar edi.

Nazariy tushunchalarning shu xilda takrorlanishi o'quvchilarning ijodiy

izlanishini chegaralab qo‘yishini unutmasligimiz lozim.

Darslikda so‘z ma'nosini izohlashdan tashqari, so‘zlarni gapda o‘rinli qo‘llashga

doir berilgan topshiriqlar o‘quvchilar nutqini boyitadi hamda muammoni hal etish
orqali mastaqil fikrlashga ham o‘rgata boradi.

Lug‘at ustida ishlashning yana bir usuli o‘quvchidan qo‘shimcha adabiyotlarni

o‘qishni talab etadi. Masalan, 14-mashq (10-bet)da 6 turdagi qovun rasmi berilgan
bo‘lib, O‘zbekistonda qovunning necha xil turi bor? Javobingizni yozing deyilgan.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

354

O'quvchiga bu mashq sharti bir kun oldin aytib yuboriladi. U ota-onasi, bobo-
buvilaridan javob izlaydi. (O‘zbekistonda 15 dan ortiq qovun turi mavjud: qizilurug‘,
bosvoldi, doniyor, gurvak, qoraqosh va hokazo.)

Ona tilini o

qitishda o

qituvchi bilan o

quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil

etish shakllari, metodlari va usullari ta ’lim tizimining takomillashuvi bilan bog‘liq
holda rivojlanib, yangilanib bormoqda. Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha
metodlarning muvaffaqiyati o'qituvchining beradigan savol-topshiriqlariga bog‘liq.

Adabiyotlar:

1.

Fuzayilov S., Xudoyberganova M., Yo‘ldosheva Sh. 3-sinf uchun ona tili

darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. – 152 bet

2.

Xамроев А. Бошланғич синф она тили таълимида ўқувчиларнинг

ижодий фаолиятини лойиҳалаштириш методик муаммо сифатида //Центр
научных публикаций (buxdu. uz). – 2021. – Т., 1. – №. 1.

3.

Azimov, Yunus and Rustambek Qo‘ldoshev. Husnixatga o‘rgatishning amaliy

asoslari. GlobeEdit, 2020.

4.

Hamroev A. R. Modeling activities of teachers when designing creative

activities of students //European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences. – 2019. – Т., 2019.

5.

Kamroev A. Students'creative activities in designing mother tongue education

// Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2019. – Т. 1. – №. 7. – С. 285-
296.

6.

Norov, I. (2021). METHODS Of Teaching Phonetics In Other Language

Groups. Барқарорлик ва Етакчи Тадқиқотлар онлайн илмий журнали, 1(5), 306-
309.

7.

Ataxanovna, Y. G., Tajimuratovna, X. M., Menglibayevna, B. S., &

Zaripbaevna, S. A. (2021). O ‘zbek tilini nofilologik auditoriyasida o‘qitishning
ayrim masalalari. Бошқарув ва Этика Қоидалари онлайн илмий журнали, 1(5),
20-24.

Библиографические ссылки

Fuzayilov S., Xudoyberganova M., Yo‘ldosheva Sh. 3-sinf uchun ona tili darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. – 152 bet

Xамроев А. Бошланғич синф она тили таълимида ўқувчиларнинг ижодий фаолиятини лойиҳалаштириш методик муаммо сифатида //Центр научных публикаций (buxdu. uz). – 2021. – Т., 1. – №. 1.

Azimov, Yunus and Rustambek Qo‘ldoshev. Husnixatga o‘rgatishning amaliy asoslari. GlobeEdit, 2020.

Hamroev A. R. Modeling activities of teachers when designing creative activities of students //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. – 2019. – Т., 2019.

Kamroev A. Students'creative activities in designing mother tongue education // Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2019. – Т. 1. – №. 7. – С. 285- 296.

Norov, I. (2021). METHODS Of Teaching Phonetics In Other Language Groups. Барқарорлик ва Етакчи Тадқиқотлар онлайн илмий журнали, 1(5), 306- 309.

Ataxanovna, Y. G., Tajimuratovna, X. M., Menglibayevna, B. S., & Zaripbaevna, S. A. (2021). O ‘zbek tilini nofilologik auditoriyasida o‘qitishning ayrim masalalari. Бошқарув ва Этика Қоидалари онлайн илмий журнали, 1(5), 20-24

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов