O‘zek adiblarining “nutq” ma’noli frazemalarni qo‘llash mahorati

CC BY f
97-99
31
15
Поделиться
Алламбергенова, Н. (2022). O‘zek adiblarining “nutq” ma’noli frazemalarni qo‘llash mahorati. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 97–99. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5480
Нигора Алламбергенова, Ажиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти

mustaqil tadqiqotchisi 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

“Nutq – inson faoliyati turlaridan biri, – deb yozadi akademik I.Qo‘chqortoyev. – Faoliyat substantsiya, holat yoki xususiyat emas, balki protsessdir. Shu ma’noda nutq fe’llari ma’nosining asosiy komponentlaridan biri protsess tushunchasi hisoblanadi. Semema strukturasida bu komponent aniq sezilmasa, mazkur semema ifodasi fe’ldan ko‘ra qobiliyat yoki xususiyat nomiga yaqinlashadi”. 114 Bu fikrlar faqat nutq fe’llarigagina emas, balki “nutq” ma’noli frazemalarga ham xosdir. Mohir yozuvchi, shoirlar frazemalarni juda ko‘p foydalanadilar, ba’zan ularning ma’nolarini chuqurlashtirib, o‘quvchining alohida diqqatini tortadi, ularning badiiyligi orttiradi.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

97

O‘ZEK ADIBLARINING “NUTQ” MA’NOLI FRAZEMALARNI QO‘LLASH

MAHORATI

Allambergenova Nigora Gulmirzayevna –

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI mustaqil

tadqiqotchisi

“Nutq – inson faoliyati turlaridan biri, – deb yozadi akademik I.Qo‘chqortoyev.

– Faoliyat substantsiya, holat yoki xususiyat emas, balki protsessdir. Shu ma’noda
nutq fe’llari ma’nosining asosiy komponentlaridan biri protsess tushunchasi
hisoblanadi. Semema strukturasida bu komponent aniq sezilmasa, mazkur semema
ifodasi fe’ldan ko‘ra qobiliyat yoki xususiyat nomiga yaqinlashadi”.

114

Bu fikrlar

faqat nutq fe’llarigagina emas, balki “nutq” ma’noli frazemalarga ham xosdir.

Mohir yozuvchi, shoirlar frazemalarni juda ko‘p foydalanadilar, ba’zan ularning

ma’nolarini chuqurlashtirib, o‘quvchining alohida diqqatini tortadi, ularning
badiiyligi orttiradi.

Yozuvchi A.Qahhor o‘z asarlarida “nutq” ma’noli frazemalardan unumli

foydalanib, ba’zilarining strukturasiga, ayrimlarining ma’nolariga o‘zgarish kiritish
orqali frazemalarning jozibadorligini, uslubning o‘ziga xosligini ta’minlay olgan. Sof
gapiruv amalini bildiradigan

gapni aylantirmoq, gapni burmoq

frazemalarining

ma’nosi o‘zgarish, yangilanish arxisemasi bilan xarakterlanadi. Mazkur frazemalar
suhbat mavzusi, gap obyektining o‘zgarishini, yangi mavzu, yangi obyekt to‘g‘risida
gapirishga o‘tish amalini bildiradi. Ko‘rsatilgan frazemalar nutq obyekti, nutq
mavzusini ataylab, ongli ravishda o‘zgartirish ma’nosini anglatadi:

Saida aytmadi,

gapni chalg‘itdi

(

A.Qahhor).

Mirza Muhiddin xijolat bo‘lib,

gapni boshqa yoqqa burdi

(A.Qahhor).

Saida

gapni

harchand

aylantirsa

ham, Hurinisoni asl maqsadiga

yaqinlashtirolmadi

(A.Qahhor).

Frazemalar tilda tayyor holda mavjud bo‘lganligi, turg‘unligi sababli, bir

qarashda ularning struktural tarkibi o‘zgarmasdek tuyuladi. Ammo nutqda, ayniqsa
badiiy va publitsistik nutqda, she’riy matnlarda frazemalar ma’lum tashqi, ya’ni
struktural va ichki, ya’ni semantik o‘zgarishlarga uchraydi. Tilshunoslikda
frazemalarning struktural o‘zgarishlarini deformatsiya, ya’ni shakl buzilishi sifatida
qaralsa, ichki ma’no, semantik o‘zgarishi modifikatsiya sifatida o‘rganib
kelinmoqda

115

.

Prof. B.Yo‘ldoshev shoir Erkin Vohidovning frazemalardan foydalanish

mahorati haqida fikr yuritar ekan, quyidagicha yozadi: “ Shoir Erkin Vohidovning
tildan mohirona foydalanishi uning umumtil frazemalarini individual qo‘llashida
ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. U ba’zan frazemalarni mazmun tomonidan o‘zgartirib,
tasvirlanayotgan hodisalarga moslab qo‘llasa, ba’zan ularni uslubiy tomondan yangi,
odatdan tashqari matnlarda qo‘llashga intiladi.

114

Qo‘chqortoyev I. So‘z ma’nosi va uning valentligi. – Toshkent: Fan, 1977. – S. 78.

115

Bu haqda qarang: Abramovich I.M. Ob individual`no-avtorskix preobrazovaniyax frazeologizmov i otnoshenii k nim

frazeologicheskogo slovarya// Problemi frazeologii (issledovaniya i materiali). – M.-L.: Nauka, 1964. – S. 213-218;
Kuchkartaev I. Frazeologicheskoe novatorstvo Abdulli Kaxxara. Avtoref.diss… kand. filol. nauk. – Tashkent, 1965. –
S. 17-20.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

98

Frazema so‘z singari shakl va mazmunning dialektal birligi sifatida mavjud

bo‘ladi. Frazemaning shakli uning tashqi tomoni, ko‘rinishi bo‘lib, ifoda plani,
komponent tarkibi, struktural qurilishi yoki material asosi deb yuritiladi. Frazemaning
mazmuni esa uning ichki tuzilishi yoki semantikasidir. Masalan, “

tilga kirmoq

frazemasi “ma’lum fursat o‘tgandan so‘ng gapira boshlamoq” (O‘TFL, 256) degan
ma’noni ifodalasa, uning shakli – ifoda plani to‘ldiruvchili so‘z birikmasidir:

Shunda

chashma //

Tilga kirdiyu

// So‘ylay ketdi chuldirab biyron...

[1-tom, 316]. Yoki “

tili

chiqmoq

” frazemasi “nutqqa ega bo‘lmoq” ma’nosini bildiradi (O‘TFL, 260). Bu

frazemaning shakli – ifoda plani ikki bosh bo‘lakli yig‘iq sodda gapdir:

Endi bularga

ham har qalay og‘ir // Zamon shitobi tez, parvozi tikka // Kecha

tili

chiqqan

Nargiza

o‘qir // Birinchi sinfda matematika

[2-tom, 33].

Frazemaning yuqoridagi kabi odatdagi, umumtil qo‘llanishida uning shakli ham,

mazmuni ham o‘zgarmaydi. Lekin talantli shoirlar singari Erkin Vohidov ham
frazemalarni o‘z asarlarida ijodiy jihatdan qo‘llab, ularni “yoshartirish”ga, uslubiy
samaradorligini, ta’sirchanlik darajasini darajasini oshirishga harakat qilib
kelmoqda”.

116

Shoir Erkin Vohidov erkin birikmalarni ko‘chma ma’noda qo‘llab, ularning

metaforizatsiyasi asosida yangidan yangi frazemalar hosil qilishga alohida ahamiyat
bergan. Masalan, “so‘zlashni, gapirishni boshlamoq” ma’nosini ifodalovchi “

labdan

uchmoq

”frazemasini ana shu usul asosida shakllantirgan:

Ey do‘stlarim, bir zamonlar

kelib// Shunday so‘zlar

uchsa

labimdan

// Siz ishonmang soddalik qilib// Chiqqan

bo‘lmas bu so‘z qalbimdan

[Sadoqatnoma, 18].

“Frazeologizmlarning komponentlaridan birini almash qo‘llash, tilda ko‘plab

frazeologizmlarning leksik variantlarini yuzaga keltirsa, nutqda, badiiy asar tilida
keng qo‘llanilib ular ma’lum sintaktik vazifani bajaradi, – deb yozadilar prof.
A.Mamatov va B.Boltaevalar. – Masalan yozuvchi E.Usmon o‘zining “Tilla chanoq”
povestida quyidagi transformatsiyani amalga oshiradi. Gapga

ham qalpoq

kiydirvorasiz-da, mulla aka, – u cho‘ntagidan gugurt olib shaqirlatdi.

Hozirgi o‘zbek

adabiy tilida “

gapga to‘n kiygizmoq

” iborasi mavjudligi ma’lum. Ammo badiiy asar

tilida bu frazeologizm ma’lum struktural o‘zgarishga uchraganligini kuzatish
mumkin. Asos frazeologizmning “to‘n” komponenti “qalpoq” so‘ziga almashtirilishi
oqibatida bayon qilinayotgan voqea-hodisani konkret aniq tasvirlashga imkoniyat
yaratadi, stilistik mahsuldorlik oshiriladi”.

117

Ba’zi hollarda bir kontekst doirasida bir necha frazeologizm ishlatilishi asosida

matnning ifodalash qiymati oshadi. Bunda frazeologizmlar ma’lum grammatik
o‘zgarishlarga uchraydi. Buni shu misol bilan isbotlaymiz:

Hoy, menga qara,

seningcha yigiti bor qiz birov bilan gaplashmaydimi? Senga duch kelgan qizning
sho‘ri qursin.

Og‘ziga qulf, qo‘liga zanjir, oyog‘iga kishan solar ekansan

(Shuhrat).

Tilimizda mavjud bo‘lgan “og‘ziga qulf solmoq” frazeologizmi, quyidagi

“qo‘liga zanjir”, “oyog‘iga kishan” so‘z birikmalari bilan kengaytirilgan. Matndan
anglashiladiki, birinchi frazeologizmning ma’no ottenkasi keyingi so‘z birikmalari
bilan kengaygan.

116

Yo‘ldoshev B. O‘zbek frazeologiyasi va frazeografiyasi asoslari. – Toshkent: Muharrir, 2013. – S. 280.

117

Mamatov A.E., Boltaeva B. Frazeologik birliklarning lingvomadaniy va semantik-pragmatik tadqiqi.– Toshkent,

2018. – S. 61.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

99

Nutqda mualliflar umumtildagi ikki frazeologizmni bir kontekst doirasida

ishlatib, matn ma’nosini kuchaytiradi, frazeologizmlar ma’nolarini bir-biri bilan
to‘ldiradi:

Obidjon esa ko‘rinishidan chog‘, buning ustiga etsiz, yerga qaragancha

turibdi: rais bo‘lsa undan na ko‘z uzadi, na

so‘z qotadi

: g‘amgin ko‘zlarini unga

tikib o‘tiribdi

(Y.Shamsharov).

Nutqda frazeologizmlar ma’nosini kuchaytirish uchun mualliflar iboraning bir

komponentini qayta takrorlaydi:

Ancha yurilgach, Solijon charchadi shekilli,

o‘rnidan turib, o‘tirganlardan biriga “ma, bir oz ushlab tur arqonni”, demoqchi
bo‘lib, og‘iz juftladi-yu, lekin

og‘zidagi og‘zida, bo‘g‘zidagi bo‘g‘zida qoldi

(I.Rahim).

Adiblar tildagi frazeologizmlardan foydalanishda har xil usullarni qo‘llaydi.

Asarga badiiylik, obrazlilik, emotsional-ekspressivlik ma’no berish, uning
o‘quvchiga ta’sirini orttirish maqsadida frazeologizmlardan san’atkorona
foydalanganlar.

Adabiyotlar:

1.

Qo‘chqortoev I. So‘z ma’nosi va uning valentligi. – Toshkent: Fan, 1977. – S. 78.

2.

Abramovich

I.M.

Ob

individualno-avtorskix

preobrazovaniyax

frazeologizmov i otnoshenii k nim frazeologicheskogo slovarya// Problemы
frazeologii (issledovaniya i materiali). – M.-L.: Nauka, 1964. – S. 213-218;
Kuchkartaev I. Frazeologicheskoe novatorstvo Abdullы Kaxxara. Avtoref.diss…
kand. filol. nauk. – Tashkent, 1965. – S. 17-20.

3.

Yo‘ldoshev B. O‘zbek frazeologiyasi va frazeografiyasi asoslari. – Toshkent:

Muharrir, 2013. – S. 280.

4.

Mamatov A.E., Boltaeva B. Frazeologik birliklarning lingvomadaniy va

semantik-pragmatik tadqiqi.– Toshkent, 2018. – S. 61.

Библиографические ссылки

Qo‘chqortocv I. So‘z ma'nosi va uning valcntligi. — Toshkcnt: Fan, 1977. — S. 78.

Abramovich LM. Ob individualno-avtorskix prcobrazovaniyax frazcologizmov i otnoshcnii k nim frazcologicheskogo slovarya// Problemti frazcologii (isslcdovaniya i matcriali). - M.-L.: Nauka, 1964. - S. 213-218; Kuchkartaev I. Frazeologicheskoe novatorstvo Abdullti Kaxxara. Avtorefdiss... kand. filoL nauk. - Tashkcnt, 1965. - S. 17-20.

YoTdoshev B. O‘zbck frazcologiyasi va frazcografiyasi asoslari. - Toshkcnt: Muharrir, 2013.-S. 280.

Mamatov A.E., Boltaeva B. Frazcologik birliklaming lingvomadaniy va semantik-pragmatik tadqiqi- Toshkcnt, 2018. - S. 61.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов