Rauf Parfi lirikasida yomg‘ir obrazi

CC BY f
241-243
171
95
Поделиться
Рахимбаева, М. (2022). Rauf Parfi lirikasida yomg‘ir obrazi. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 241–243. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5566
Махлиё Рахимбаева, Urganch davlat universiteti

 talabasi 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Rauf Parfi – o‘zbek she’riyatida o‘z nomi va mavqeyiga ega iste’dodli ijodkor. Shoir o‘zining poetik fikrini ifodalashda turli badiiy tasvir vositalari va timsollarga murojaat qiladi. Obrazlar o‘z va ko‘chma ma’nolarda qo‘llanilib, badiiylik va hayotiylikka asoslangan. Taniqli adabiyotshunos D.Quronov badiiy obraz haqida shunday yozadi: ”Badiiy obraz – adabiyot va san’atning fikrlash shakli, olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasi”190. Jumladan, ijodkor osmon jismi bo‘lmish oy timsolidan turli xil manzaralarni va turfa ma’nolarni shoirona tasvirlashda unumli va o‘rinli foydalanadi. Quyida biz shoir ijodida yomg‘ir obrazi masalasini tahlilga tortishga jazm qildik


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

241

RAUF PARFI LIRIKASIDA YOMG‘IR OBRAZI

Mahliyo Raximboyeva

Urganch davlat universiteti talabasi

Rauf Parfi – o‘zbek she’riyatida o‘z nomi va mavqeyiga ega iste’dodli ijodkor.

Shoir o‘zining poetik fikrini ifodalashda turli badiiy tasvir vositalari va timsollarga
murojaat qiladi. Obrazlar o‘z va ko‘chma ma’nolarda qo‘llanilib, badiiylik va
hayotiylikka asoslangan. Taniqli adabiyotshunos D.Quronov badiiy obraz haqida
shunday yozadi: ”Badiiy obraz – adabiyot va san’atning fikrlash shakli, olam va
odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasi”

190

. Jumladan,

ijodkor osmon jismi bo‘lmish oy timsolidan turli xil manzaralarni va turfa ma’nolarni
shoirona tasvirlashda unumli va o‘rinli foydalanadi. Quyida biz shoir ijodida yomg‘ir
obrazi masalasini tahlilga tortishga jazm qildik.

Yomg‘ir obrazi badiiy adabiyotda an’anaviy obraz bo‘lib, u ijodkorning ichki

his-tuyg‘ulari, davrning o‘ziga xos holati va tabiiy tabiat hodisasi singari turlicha
ma’nolarni anglatib keladi. Xususan, hadislarda ko‘p yog‘gan yomg‘ir ilmga
qiyoslansa, zamoniy adabiyotimizda esa orzular ro‘yobi, dardlarga davo bo‘luvchi
malham, lirik qahramonning doimiy hamrohi, tinchlik, sokinlik, poklik va boshqa
ma’nolarda keladi. Rauf Parfi lirikasida ham yomg‘ir timsoli rang-barang va turli xil
manzaralarda tasvirlangan:

1.

Yomg‘ir-bahor faslining sevimli yo‘ldoshi. Ba’zan ko‘klamda kun bo‘yi

yomg‘ir yog‘adi. Endigina uyg‘ongan novdalar va barglar yomg‘irning sharofati
bilan sinishi tabiiy hol. Ijodkor ushbu holatni shoirona misralarda gavdalantirgan.
Ushbu bandda Rauf Parfi yomg‘irni o‘z ma`nosida qo‘llab, betakror tabiat tasvirini
chizgan:

Yomg‘ir ham tinmadi uzun kun,
Ivishgan novdalar sindilar.
Yomg‘ir ham tinmadi uzun kun,
Barglari jon uzib tindilar.

191

2. Yomg‘ir-qorong‘ulik bilan sirdosh obraz. U qorong‘ulik tomon yog‘ib, o‘z

hukmronligini o‘tkazadi. Bog‘larning ham sovuqqina shovullashi (yomg`irning shitir-
shitir ovozi tufayli) lirik qahramonning ruhiyatini aks ettirgan. “Qorong‘ulik” va
“sovuqqina” jumlalari yomg‘ir obraziga ramziy ma’no yuklagan:

Yomg‘ir urar qorong‘ulikka,
Sovuqqina shovullar bog‘lar.

192

3. Yomg‘ir-ba’zan tinkalarni qurituvchi, ba’zan esa o‘zidan zeriktiruvchi obraz.

U butun sokin kechani alg‘ov-dalg‘ov, izg‘irin qilishga qodir. Lirik qahramon bu
safar yomg‘irdan tinka-madori quriganini bayon qiladi. Oddiygina yomg‘ir qattiq ona
yerning bag‘riga yog‘ib, uning yuzini yumshoq qiladi. Kichikinagina zarra bo‘lmish
yomg‘irning g‘ayrioddiy qudratidan dalolat beradi:

Og‘ir tun, qurir tinka…
Qanday izg‘irin kecha.

190

Quranov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M., Adabiyotshunoslik lug‘ati.-T.: Akademnashr, 2013.-B 43.

191

Parfi R.Sabr daraxti.-T.:G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashryoti, 1986. -B.39

192

Parfi R.Sabr daraxti.-T.:G`afur G`ulom nomidag i Adabiyot va san`at nashryoti, 1986. -B.42


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

242

Bu yomg‘ir tinar qachon?
Yerga botadi tovon,
Loy yopishar etikka.

193

4. Yoz yomg‘iri-iliqlik va sokinlik ramzi. U issiq yerning bag‘riga o‘ziga xos

namlik baxsh etadi. Shitir-shitir qo‘shig‘i va shirin hidi lirik qahramonga huzur
bag‘ishlaydi. Bu rohatlanish hissi shoirning yoz yomg‘iriga bo‘lgan samimiy
tuyg‘ularini aks ettirgan:

Yoz yomg‘iri iliqdir biram,
Shitir-shitir uning qo‘shig`i.
Bir shirin hid taralar yerdan
Va yurakka ketar qo‘shilib…

194

5. Yomg‘ir – shamol bilan hayrihohlik qiluvchi poetik timsol. Ushbu misralarda

ham yomg`ir va shamol birgalikda o‘z ma’nosida qo‘llanilib, tunning yorqin tavirini
yoritgan:

Tashqarida shovullar shamol,
Yomg‘ir qattiq yog‘ar bu kecha.

195

6. Yomg‘ir-osmoning dardlarini arituvchi vosita. Osmoning uyi va o‘ylari

buzilsa, u yerga qarab og‘ir yig‘lay boshlaydi. Ijodkor osmonning yig‘lashini
yomg‘irga qiyoslaydi. Bu qiyos yomg‘ir timsolining badiiy qirralarini yanada
kengaytirgan:

Yomg‘ir yog‘ib chiqdi tun bo‘yi,
Tong oqardi, tinmadi yomg‘ir.
Buzilgandek osmon uyi-
Yerga qarab yig‘laydi og‘ir.

196

7. Yomg‘ir-insonlarning dard-u quvonchiga guvoh bo‘lgan tabiat hodisasi.

Ushbu bandda lirik qahramon yomg‘irning shig‘alab (to‘xtovsiz, tez) yog‘ishini
ta’riflab, uning ham qayg‘usiga, ham quvonchiga shohid bo‘lganligini aytadi:

Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar,
Tomchilar tomchilar sochimga.
Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar,
Ham qayg‘umga, ham quvonchimga.

197

Laylo Sharipova o‘zining “Zamonaviy she’riyatda yomg‘ir obrazi” maqolasida

shunday yozadi: “Og‘zaki she’riyatimizda kamroq qo‘llangan holda yozma
she’riyatimizda rang-barang poetik qirralar kasb etgan obrazlardan biri-yomg‘ir.
Tabiatning bu go‘zal ne’mati suvning evrilish tizimida o‘z o‘rniga ega. Shu sababdan
asrlardirki, obrazga aylanib, badiiy badiiy adabiyotni bezab keladi. Yomg‘ir, jala, sel,
bahor yomg‘iri-abri nayson ko‘rinishlariga ega bo‘lgan va havo sovuqlik qilsa, do‘l
holatini kasb etgan hodisalar alohida-alohida poetik ma’no tashiydi”

198

. Shu kabi Rauf

Parfi ijodida ham yomg‘ir faqat tabiat hodisasi emas, balki turli xil qarashlar va
ma’no-mazmun ifodasi bo‘lib kelgan.

193

Parfi R. Sabr daraxti. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashryoti, 1986.-B.53

194

Parfi R. Qaytish. -T.: Adabiyot va san’at nashryoti, 1981.-B.15

195

Parfi R. Sabr daraxti. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashryoti, 1986.-B.54.

196

ParfiR. Qaytish. -T.: Adabiyot va san’at nashryoti, 1981.-B.121.

197

Parfi R. Sabr daraxti. -T.: G‘afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashryoti, 1986.-B.24.

198

Sharipova L. Zamonaviy she`riyatda yomg`ir obrazi// O`zbek tili va adabiyoti. 2021, 5-son.-B. 73-75.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

243

Rauf Parfi jo‘shqin va betakror tabiat hodisasi bo‘lmish yomg‘irni o‘z hamrohi

deb bilib, o‘z lirikasida mohirona tasvirlaydi. Shoirimizning tabiat farzandi ekanligi
yuqoridagi misralardan dalolat beradi. Rauf Parfi ijodida yomg‘ir obrazi turli xil
manzaralarda gavdalanadi: yomg‘ir obrazi ijodkor nuqtayi nazari bilan turlicha talqin
etiladi va bu obraz har safar o‘zining yangidan yangi qirralari bilan she’rning poetik
ruhiyati va badiiyatini ta’minlashga xizmat qilganligi kuzatiladi.

Adabiyotlar:

1. Parfi R. Sabr daraxti. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashryoti, 1986.

2. Parfi R. Qaytish. -T.: Adabiyot va san’at nashryoti, 1981.
3. Quranov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M., Adabiyotshunoslik lug‘ati.-T.:

Akademnashr, 2013.-B 43.

4. Sharipova L. Zamonaviy she’riyatda yomg‘ir obrazi// O‘zbek tili va

adabiyoti, 2021, 5-son, – B.73-75.

Библиографические ссылки

Parfi R. Sabr daraxti. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashryoti, 1986.

Parfi R. Qaytish. -T.: Adabiyot va san’at nashryoti, 1981.

Quranov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M., Adabiyotshunoslik lug‘ati.-T.: Akademnashr, 2013.-B 43.

Sharipova L. Zamonaviy she’riyatda yomg‘ir obrazi// O‘zbek tili va adabiyoti, 2021, 5-son, – B.73-75.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов