ONA TILI VA ADABIYOT FANINI BOSHQA FANLAR BILAN INTEGRATSIYASI

Аннотация

Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog‘lash bosqichi bo‘lib, o‘zini yuqori ko‘rinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o‘tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
16-20
37

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
O’roqova , Z. . (2025). ONA TILI VA ADABIYOT FANINI BOSHQA FANLAR BILAN INTEGRATSIYASI. Развитие педагогических технологий в современных науках, 4(1), 16–20. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dptms/article/view/63340
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog‘lash bosqichi bo‘lib, o‘zini yuqori ko‘rinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o‘tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

16

ONA TILI VA ADABIYOT FANINI BOSHQA FANLAR BILAN

INTEGRATSIYASI

O’roqova Zilola Salomovna

Qashqadaryo viloyati Pedagoglik mahorat markazi

Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti

filologiya fanlari nomzodi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14625508

Annotatsiya:

Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori

sifatda bir-biriga bog‘lash bosqichi bo‘lib, o‘zini yuqori ko‘rinishda namoyon
etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq
o‘tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan.

Kalit so’z:

Integratsiya, differensiya, didaktika, intellektual, tafakkur,

taqvim, interfaol, ko’nikma.

Аннотация:

Процесс интеграции является этапом соединения

различных дисциплин в новом, более эффективном формате и
проявляется на более высоком уровне. Следует отметить, что в основе
интеграционного процесса лежат народная педагогика и научная
педагогика.

Ключевые слова:

Интеграция, дифференциация, дидактика,

интеллектуальное, мышление, календарь, интерактив, навык.

Abstract:

The process of integration is a stage of connecting the

communication between disciplines in a new, high quality, and manifests itself
in a high way. It should be noted that the foundations of the integration process
are based on long-ago folk pedagogy and scientific pedagogy.

Key word:

Integration, differentiation, didactics, intellectual, thinking,

calendar, interactive, skill.

Ta’lim sistemasiga integratsiyani kiritish maktab va jamoatchilik o‘rtasida

turgan ta’lim va tarbiyaga oid vazifalarni hal etishda asosiy vosita bo‘lishi
mumkin. Integratsiyalashtirilgan darslar bolalar dunyoqarashida bir butunlikni,
voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab yetishga o‘rgatadi. Shuni
alohida hisobga olish kerakki, maktablardagi boshlang‘ich sinflarda darslarning
integratsion bog‘lanishlari ilmiy jihatdan kam ishlab chiqilgan. Mavjud turli
fiklar va qarashlar esa bir-biriga zid va uzviy bo‘lmaganligi sababli integratsiya
muammosi hamon olimlarimiz o‘rtasida bahsli masalalardan biri bo‘lib
qolmoqda.

Hozirgi zamon ilm berish sistemasi yuqori darajada fan asoslarini

o‘rnatishga, tafakkurni rivojlangan, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

17

etishga, tevarak atrofda bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri anglashga, ularni
mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Maktablarda
o‘rgatiladigan fanlarning tarqoqligi maktab bitiruvchisida bir ko‘rinishli
(fragmentar) dunyoqarashni keltirib chiqaradi.

Hozirgi zamon ilm-fanida esa iqtisodiy, siyosiy va madaniy fanlari

integratsiyasiga moyillik yuqori turadi. Maktab umumta’lim fanlarining tarqoq
holda o‘rgatilishi, ularni bir-biriga uzviy bog‘liqlikda o‘rgatilmasligi o‘quvchilar
bilimini to‘la bo‘lishi va butun borliqni bir butun holda anglashlariga to‘sqinlik
qilib, o‘quvchilarda qiyinlik uyg‘otadi. Olimlarimizning fikricha, integratsiya
didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida yetakchi o‘rin egallaydi.
Bunday tushuncha ta’lim tizimida integratsiya masalasini, fanlararo uzviylik va
bog‘liqlik masalasini yana bir bor ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.

O‘qitish jarayonida integratsiyani qo‘llash nazariyasi taraqqiyoti ilmiy

pedagogik tushunchalar rivoji, asosiy va muhim ahamiyatga ega. Integratsiya
differensiya bilan uzviy bog‘liqdir. Bu uzviylik o‘quvchilarda olayotgan
bilimlarini anglashga bo‘lgan intilishlari sistemasini barpo qilishlarida yaqqol
namoyon bo‘ladi. Integratsiya – bu fanlarning differensial jarayon davomida
yaqinlashuvi va bog‘liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani
yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog‘lash bosqichi bo‘lib, o‘zini yuqori ko‘rinishda
namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari
uzoq o‘tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan.
Integratsiya fanlararo bog‘liqlikdir. Fanlararo bog‘liqlik asoslari tabiatni to‘la
holda o‘quv darsliklarda ko‘rsatish va tushuntirish zaruratidan paydo bo‘lgan.
Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quv jarayonini umumiy o‘quv predmetlari mazmuni
va maqsadlarini ma’lum uzviylikda va o‘zaro mantiqiy bog‘langan holda tashkil
qilish ta’limni sifat va samaradorligini oshirish bilan bir qatorda o‘quvchi
yoshlarni dunyoqarashini kengaytirib, ularni fikrlash olamini yorqin obrazlar
bilan boyitishga xizmat qiladi.

Ta’lim mazmuni va ko‘lamini optimallashtirish, o‘quv jarayonini zamonaviy

pedagogik texnologiyalar va axborot kommunikatsiya texnalogiyalari bilan
boyitish, ta’lim mazmunini o‘quvchi yoshlar ongi va tafakkurida hayotiy obrazlar
vositasida gavdalantirishda ham predmetlararo aloqaning imkoniyatlari cheksiz.
Ona tili darslarini har bir mavzu doirasida o‘zaro turdosh va boshqa fanlar bilan
bog‘langan holda tashkil etish, o‘quv jarayonining mazmunli bo‘lishini
ta’minlaydi.

Taqvim mavzu rejalar tuzish jarayonida har bir mavzu mazmunidan kelib

chiqib, bog‘lanish mumkin bo‘lgan fanlarni aniqlay olishi muhim ahamiyat kasb


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

18

etadi. Ona tili fanini o‘zaro a’loqadorlikda o‘rganishda o‘quvchilarning yoshi,
psixologik xususiyatlarini hisobga olib, yangi o‘quv-metodik majmualar
mazmuni va zaruriy bog‘lanishlarni o‘rgatish kabi bir qator tadbirlarni amalga
oshirish bu borada samarali natijalarga erishishni kafolatlaydi.

Integratsiya go‘yoki bilim berishda zarur emasga o‘xshaydi, biroq u

insonning dunyoni kengroq tushunishi uchun bir yo‘l bo‘lib, u orqali o‘quvchilar
dunyoqarashi kengayadi: til, san’at, tarix, musiqa, adabiyotning qonuniyatlarini
chuqur anglaydi, aloqadorlikni bilib oladi. O‘quvchilarni ijod qilishga o‘rgatish,
izlanishga yo‘naltirish, tasavvur, fantaziyani hosil qilish, o‘qitishning zamonaviy
usullariga kiradi. Jumladan, o‘qituvchi darsga kirib, o‘quvchilarni munozaraga
chorlaydi.

Adabiyot fanidan berilgan she’rlarni til o‘qitish darslarida modullashtirish

mumkin. Biz modul darslarini integratsiya asosida qanday olib borish kerakligi
yuzasidan fikr-mulohazalarimiz bilan o‘rtoqlashdik. Integratsiyali darslarni
tashkil qilish uchun o‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda o‘quvchilarda
faollikni oshirish yo‘llarini, mavzuni o‘tish modellarini, mashg‘ulot jarayonida
foydalanish lozim bo‘lgan vositalarni, usullarni aniqlab oladi. Bu ishlarni amalga
oshirishda mavzuga oid izchil talablar qo‘yilishi lozim. Buning uchun o‘qituvchi
darsning kengaytirilgan rejasini tuzib, shu reja asosida ish olib boradi.
O‘quvchilar mustaqil fikrlash orqali individual ravishda izlanadilar, natijada
tafakkur qobiliyatlari rivojlanadi.

Integratsiya tafakkur o‘stirish uchun imkoniyat, sharoit yaratib beradi.

Integratsiya-o‘quvchi bilan individual ishlash va uni faollashtirishning muhim
vositasi. Fanlararo aloqani darslarda tashkil qilish natijasida o‘quv fanlarining
soni kamayib, samarasi puxta bo‘ladi, tahsil oluvchilarni mustaqil ishlashga jalb
etish oson kechadi. Integrativ darslarni tashkil qilish orqali munozara qildirish,
fantaziya qila olishga o‘rgatish, guruhlararo musobaqa, savol-javoblar tashkil
qilish mumkin.

Bunday zamonaviy dars turlarini qo‘llashdan asosiy maqsad o‘quv

jarayonida

tinglovchilar

faoliyatini

faollashtirish,

o‘quv

materialini

o‘zlashtirishning yuqori darajasiga erishishdan iborat. Ana shunday texnologiya
o‘quvchilarda dunyoni o‘zgacha tasavvur qilishga o‘rgatadi, amaliyotni hayot
bilan bog‘lashga, nazariy qoidalarni so‘zma-so‘z yodlamaslikka, shaxs va jamiyat
uyg‘unligini anglashga, fikrlar rang-barangligiga erishishga, nostandart tafakkur
qilishga, shuningdek, o‘zo‘zini rivojlantirish yo‘llarini tushunishga imkon
yaratadi. Ta’lim samaradorligini oshirish uchun integratsiya holatidagi dastur va
darsliklar yaratilishi lozim.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

19

Integratsiyali darslarni tashkil qilish yuzasidan yuqorida bildirilgan

fikrmulohazalardan quyidagicha xulosalarga kelish mumkin:

1. O‘quv dasturlarida o‘zaro uyg‘unlashgan nuqtalarni vujudga keltirishga

asoslangan integratsiya, ya’ni mavzulararo uyg‘unlikni ta’minlash. Tarix va
adabiyot, milliy istiqlol g‘oyasi, botanika faniga oid mavzu va matnlarni ona tili
darslarida berilishi maqsadga muvofiqdir.

2. Modullashgan integratsiyada turdosh o‘quv fanlariga oid bilim va

tushunchalar bir tizimga solingan holda beriladi.

3. Mavzulararo integratsiya: bunda ayni bir kurs doirasida beriladigan

o‘quv materiallari boshqa bir kurs doirasidagi mohiyatan yaqin bo‘lgan o‘quv
materiallari bilan uyg‘unlashtiriladi.

Ta’lim integratsiyasi – fanlararo aloqaning yuqori darajasi, bir butun

integrallashgan bilimlarni yaratishga imkon beruvchi vosita. Integratsiya
tushunchasiga berilayotgan ta’riflar turlicha ushbu ta’riflarning umumiylik
tomoni - integratsiya bu atrofimizdagi borliqqa yaxlit qarashga erishishdan
iborat. Integratsiyaning asosini fanlararo aloqadorlik tashkil etadi va o‘zining
rivojini integratsiya g‘oyasida topadi. Integrativ mazmunga ega bo‘lgan
predmetlarni o‘rganish bo‘lajak mutaxassislar bilimi, ish uslublari, shaxsiy
fazilatlari yaxlit, bir butunligini ta’minlovchi omil sifatida qaraladi.

Ta’limdagi integratsiyani quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Butun borliq haqida yaxlit tasavvur hosil qilish (bu yerda integratsiya

ta’lim maqsadi sifatida qaraladi);

2. Turli fan bilimlarini yaqinlashtirish uchun umumiy platforma topish

(bunda integratsiya vosita sifatida ishlatiladi);

3. Rivojlantiruvchi ta’lim berish vositasi sifatida;
4. Umuminsoniy, milliy tarbiya vositasi sifatida.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

20


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Toshkent – 1995- yil “O‘qituvchi” nashriyoti.

2.

Abdurazzoqova D “Interfaol metodlar: nazariya, amaliyot, tajriba”

Pedagoglar uchun qo‘llanma. Toshkent – 2013 yil.
3.

https://kitobxon.com/oz/online-reader/5162

4.

Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish

(amaliy qo‘llanma). – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017. – 456
b.

Библиографические ссылки

O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Toshkent – 1995- yil “O‘qituvchi” nashriyoti.

Abdurazzoqova D “Interfaol metodlar: nazariya, amaliyot, tajriba” Pedagoglar uchun qo‘llanma. Toshkent – 2013 yil.

https://kitobxon.com/oz/online-reader/5162

Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish (amaliy qo‘llanma). – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017. – 456 b.