ZULFIYAXONIM HAYOT VA IJOD YO’LIDAGI O’ZIGA XOSLIK.

Abstract

Ushbu maqolada o’zbek adabiyotining mashhur shoirasi Zulfiya hayoti, ijodi va uning adabiyotdagi faoliyati chuqur tahlil qilinib, adabiyotdagi o’rni va ahamiyati keng yoritilgan. Zulfiya she’riyati orqali insonparvarlik, muhabbat va sadoqat kabi ezgu tushunchalar aniq va ta’sirli tarzda ifodalangan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
56-58
27

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Raxmonova , G. (2025). ZULFIYAXONIM HAYOT VA IJOD YO’LIDAGI O’ZIGA XOSLIK. Development of Pedagogical Technologies in Modern Sciences, 4(1), 56–58. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dptms/article/view/63853
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada o’zbek adabiyotining mashhur shoirasi Zulfiya hayoti, ijodi va uning adabiyotdagi faoliyati chuqur tahlil qilinib, adabiyotdagi o’rni va ahamiyati keng yoritilgan. Zulfiya she’riyati orqali insonparvarlik, muhabbat va sadoqat kabi ezgu tushunchalar aniq va ta’sirli tarzda ifodalangan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

56

ZULFIYAXONIM HAYOT VA IJOD YO’LIDAGI O’ZIGA XOSLIK.

Raxmonova Gulzoda Ikromovna

Toshkent tibbiyot akademiyasi

2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14737064

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o’zbek adabiyotining mashhur shoirasi

Zulfiya hayoti, ijodi va uning adabiyotdagi faoliyati chuqur tahlil qilinib,
adabiyotdagi o’rni va ahamiyati keng yoritilgan. Zulfiya she’riyati orqali
insonparvarlik, muhabbat va sadoqat kabi ezgu tushunchalar aniq va ta’sirli
tarzda ifodalangan.

Abstract:

This article provides an in-depth analysis of the life, work, and

literary activity of the famous Uzbek poet Zulfiya, highlighting her place and
significance in Uzbek literature. Through her poetry, concepts such as
humanitarianism, love, and loyalty are expressed in a clear and impactful way.

Аннотация:

В этой статье глубоко анализируются жизнь, творчество

и литературная деятельность знаменитой узбекской поэтессы Зульфии, а
также подробно рассматривается её место и значение в узбекской
литературе. Через её поэзию ярко и воздействующе выражены такие
высокие понятия, как гуманизм, любовь и преданность.

Kalit so’zlar:

Zulfiya, Hamid Olimjon, she’r, she’riyat, adabiyot, muhabbat,

sevgi, sadoqat, sog’inch.

Keywords:

Zulfiya, Hamid Olimjon, poetry, poetry, literature, love,

affection, loyalty, longing.

Ключевые слова:

Зульфия, Хамид Олимджон, стихотворение, поэзия,

литература, любовь, привязанность, преданность, тоска.

Shoira she’rlarining keng ommaga tanilishi tasodifiy emas. U bolaligidan

olamga hayrat bilan boqib, uning boshqalar sezmaydigan nozik jihatlarini
anglaydigan, o'ziga xos idrokiga ega qizaloq sifatida ajralib turardi. Bundan
tashqari, oilasidagi iliq va badiiy muhit yosh Zulfiyada ijodiy izlanishlarga
bo'lgan qiziqishni yanada kuchaytirgan.

Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy

inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng
huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi –
bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi,
zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O’zbek
xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

57

kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi
hamda Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili
Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval
boshlang’ich maktabda, so’ng xotin – qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-
1938-yillarda O’zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti
aspiranturasida o’qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-
yildan 1980-yilgacha, qariyib o’ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan
“Saodat” nomli xotin – qizlar jurnalida bosh muharrir bo’lgan. Zulfiyaxonim
Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to’la hayot
kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o’rtog’idan
ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi. Shoira badiiy ijodga juda
erta kirishdi. O’n yetti yoshida “Hayot varaqalari” deb atalmish dastlabki she’riy
kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o’ttizga yaqin she’riy
to’plamlar, o’ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o’ylatadigan, barcha
kishilarga Jaxldor bo’lgan holatlarni she’rga soladi. Shuning uchun ham
yozganlari ko’pchilikka manzur bo’ladi. Zulfiyaning ulkan iste’dodi faqat
yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e’tirof etilgan. U – xalqaro
“Nilufar” mukofoti egasi.

– Onamning qanchadan-qancha qo‘shiq va afsonalarni bilishiga aqlimiz

bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va dostonlar bizga benihoya huzur bag‘ishlar,
o‘ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etar edi. Hozirgidek charog‘on
davrda yashasa, onam yo shoira, yo olima bo‘lardi. Shunga aminmanki,
mo‘’jizalar yaratishga qodir, jahonni ko‘zga keng ochuvchi, insonni go‘zallik sari
yetaklovchi so‘zga shaydolik hissini mening qalbimda maktab ko‘rmagan ana
shu onam uyg‘otgandi, – deb yozadi Zulfiya o‘zining tarjimai holida.

Zulfiya Isroilova she’riyatida ko’plab zafarlar qozonishida onasining ham

hissasi bor. Yuqoridagi satrda ham bunga yorqin namoyon bo’ladi.

Shoiraning “Ne baloga etding mubtalo” sheʼrida Hamid Olimjon nomi

toʻgʻridan-toʻgʻri tilga olinmaydi. Ammo shoiraning hayot yoʻli bilan birmuncha
tanish boʻlgan har bir oʻqirman sheʼrning u haqda ekanligini tuyishi tayin.
Sheʼrdagi alamli murojaat, javobsiz savollar kimga atalganini aniqlashga urinish
shunga olib keladi. Sheʼr 1945 yilda yozilgan. Fojia roʻy berganiga yil oʻtgan,
lekin uning alamlari eskirgan emas. “Oʻtdi oylar gʻam bilan oqib, Dil topmadi
zarra tasallo” misralarida shoiraning insoniy dardi koʻlami tasvir etiladi.
Oylarning gʻam bilan oqishi tasviri tuygʻuning miqyosi va shiddatini oʻqirman
tasavvurida gavdalantirishga xizmat qiladi. Ayriliq tufayli paydo boʻlgan gʻam
daryoday oqmoqda. Hijron oylari ana shu gʻam oʻzanida oqib bormoqda. Vaqt


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

58

tinimsiz oʻtib borayotir. U har qanday dardni unuttirishi kerak. Lekin vaqtning
oʻtishidan shoira dili zarra qadar tasalli topa olmayapti. Haqiqiy va ulkan
yoʻqotish oldida vaqt ham ojiz

Xulosa

qilib aytganda, Zulfiyaxonim o‘zbek she’riyatida nafaqat o‘ziga xos

shoira, balki inson sifatida ham o‘z xalqining barcha oliyjanob fazilatlarini o‘zida
mujassam etgan bir ayol bo‘lgan. Uning hayoti va ijodi xotin-qizlar uchun
nafaqat ibrat, balki har birimizga chinakam muhabbat, sadoqat, mehnatsevarlik
va izlanish orqali har qanday qiyinchilikni yengib o‘tish mumkinligini ko‘rsatadi.
Zulfiyaxonimning yutuqlari va erishgan marralari, uning barcha ayollarga o‘z
orzulariga yetishish yo‘lida ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sultonova M., Ijod sahifalari, Toshkent, 1975; Zulfiya [bibliografiya],

Toshkent,
2.

1977; Sultonova M., Zulfiya, Toshkent, 1985; Ibrohimov M., Quyoshli

sheʼriyat
3.

ijodkori, Toshkent, 1986; Ehtirom [nashrga tayyorlovchilar: Rahima

Shomansurova,
4.

Raʼno Rahmonova], Toshkent, 1995.

5.

Qayumov L. Shoira Zulfiya. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1965.

References

Sultonova M., Ijod sahifalari, Toshkent, 1975; Zulfiya [bibliografiya], Toshkent,

; Sultonova M., Zulfiya, Toshkent, 1985; Ibrohimov M., Quyoshli sheʼriyat

ijodkori, Toshkent, 1986; Ehtirom [nashrga tayyorlovchilar: Rahima Shomansurova,

Raʼno Rahmonova], Toshkent, 1995.

Qayumov L. Shoira Zulfiya. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1965.