ERKIN A’ZAM HIKOYALRIDA XALQCHILLIK.

Abstract

Mazkur maqola Erkin A’zamning hikoyalarida xalqchillik motivlarini yoritadi. Asarlarida qishloq hayoti, oddiy insonlarning o‘ziga xos qiyofasi va ularning murakkab, lekin samimiy his-tuyg‘ulari yuksak badiiy mahorat bilan aks etgan. Hikoyalardagi xalqona uslubi, obrazlarning til va harakat orqali ochilishi asosiy tahlil obyekti bo‘ladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
84-88
26

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Toshev , A. . (2025). ERKIN A’ZAM HIKOYALRIDA XALQCHILLIK. Development of Pedagogical Technologies in Modern Sciences, 4(1), 84–88. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dptms/article/view/65066
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqola Erkin A’zamning hikoyalarida xalqchillik motivlarini yoritadi. Asarlarida qishloq hayoti, oddiy insonlarning o‘ziga xos qiyofasi va ularning murakkab, lekin samimiy his-tuyg‘ulari yuksak badiiy mahorat bilan aks etgan. Hikoyalardagi xalqona uslubi, obrazlarning til va harakat orqali ochilishi asosiy tahlil obyekti bo‘ladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

84

ERKIN A’ZAM HIKOYALRIDA XALQCHILLIK.

Toshev Asadbek Qudrat o‘g‘li

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Filologiya fakulteti 2- bosqich magistranti.

toshevasadbek0913@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14777103

Annotatsiya.

Mazkur maqola Erkin A’zamning hikoyalarida xalqchillik

motivlarini yoritadi. Asarlarida qishloq hayoti, oddiy insonlarning o‘ziga xos
qiyofasi va ularning murakkab, lekin samimiy his-tuyg‘ulari yuksak badiiy
mahorat bilan aks etgan. Hikoyalardagi xalqona uslubi, obrazlarning til va
harakat orqali ochilishi asosiy tahlil obyekti bo‘ladi.

Kalit so’zlar

Erkin A’zam, xalqchillik, qishloq hayoti, realistik obrazlar, yumor va xalqona

badiiyat.

Annotation: This article highlights the motifs of popular themes in Erkin

A’zam's short stories. In his works, rural life, the distinctive characteristics of
ordinary people, and their complex yet sincere emotions are depicted with high
artistic skill. The folk style in the stories and the way characters are revealed
through language and actions are the main subjects of analysis.

Keywords: Erkin A’zam, popular themes, rural life, realistic characters,

humor, and folk art.

Аннотация: В данной статье рассматриваются мотивы народности в

рассказах Эркина Азама. В его произведениях изображена сельская жизнь,
уникальные черты простых людей и их сложные, но искренние чувства,
отраженные высоким художественным мастерством. Народный стиль в
рассказах и раскрытие образов через язык и действия являются
основными объектами анализа.

Ключевые слова: Эркин Азам, народность, сельская жизнь,

реалистичные образы, юмор и народное искусство.

Mavzuning dolzarbligi
Adabiyotda xalqchillik — jamiyatning turli qatlamlariga xos bo‘lgan

umumiy muammolar va ular aks ettirilgan badiiy timsollarni o‘rganishda muhim
ahamiyatga ega. Erkin A’zamning hikoyalari bugungi o‘zbek adabiyoti rivojida
xalq ruhiyatini badiiy aks ettirish borasida noyob namunadir. Ushbu maqola
orqali adibning badiiy mahorati va uning asarlaridagi xalqona tamoyillarining
ahamiyati kengroq yoritiladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

85

Ma’lumki adabiyotning asosiy xususiyatlaridan biri insonshunoslikdir.

Shunday ekan, badiiy asarning qimmati va sifatini belgilashda yozuvchining
bosh tadqiq obyekti – insonga, inson obraziga munosabatini ochish maqsadga
muvofiq va g’oyat o’rinli vazifadir. Bundan tashqari, adabiyot har bir xalqning
o‘zligini anglash, uning ijtimoiy-ma‘naviy hayotini aks ettirishda o‘ta muhim
vosita hisoblanadi. Bu jarayonda yozuvchi yoki shoirning xalq ruhiyatiga kirib
borishi, uning tuyg‘u va kechinmalarini samimiy tarzda ifoda etishi muhim
ahamiyat kasb etadi. O‘zbek adabiyotida xalqchillik motivlari ko‘p asarlarda
namoyon bo‘lib, ular orqali milliy ong va qadriyatlar ifodalanadi. Xalq hayotini,
uning turmush tarzini teran badiiy obrazlar vositasida tasvirlash, kishilar
ruhiyatini o‘ta noziklik bilan aks ettirish orqali o‘zbek adabiyoti o‘ziga xos
mavqega ega bo‘lgan.

Erkin A‘zam o‘zbek adabiyotida ana shunday xalqona badiiyatning yorqin

vakillaridan biri sanaladi. Filologiya fanlari nomzodi Olim Toshboyev
aytganidek “Erkin A’zam so‘zni his qilgan, uning tarjimai holini biladigan
ijodkor! Uning asarlarini cho‘kirtikanak gaplar, istehzoyu kinoyalarsiz tasavvur
etib bo‘lmaydi.” . Darhaqiqat, ijodkor hikoyalari qishloq hayoti, oddiy
insonlarning o‘ziga xos qiyofasi va ularning murakkab, lekin samimiy his-
tuyg‘ularini mahorat bilan ochib beradi. U nafaqat qahramonlarning kundalik
hayotini yoritadi, balki ularning ichki dunyosidagi ziddiyatlar va orzu-umidlarini
ham tasvirlashga katta e‘tibor qaratadi. Adib asarlarida xalqchillikning yorqin
namunasi sifatida qaraladigan xalqona til, badiiy tafakkur va tasvir vositalari
alohida ajralib turadi.

Mazkur maqolada Erkin A‘zamning “Anoyining jaydari olmasi” va

“Abrorqulov Parijga boradi” kabi hikoyalari asosida uning ijodida xalqchillik
motivlarining qay tarzda namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Bu asarlardagi
obrazlar, ularning ichki ruhiy kechinmalari va oddiy qahramonlar timsolidagi
universallik jihatlari alohida o‘rganiladi.

“Anoyining jaydari olmasi” nomli hikoyasini mutolaa qilar ekanmiz

Ramazon orqali xalqchillikning yorqin ko‘rinishi tasvirlangan. Ramazonning
shaharda o‘zini noqulay his qilishi, uning oddiy va beg‘ubor tabiatidan kelib
chiqadi. Uning har bir harakati, so‘zlari va munosabatlari o‘zbek xalqining
samimiyligi va jo‘shqinligini aks ettiradi. Masalan, Ramazonning “Chantrimore”
kabi so‘zlarni ishlatishi, uning bolalik xotiralari bilan bog‘liq ifodalar mahalliy
madaniyatga xos unsurlarni yorqin ko‘rsatadi. Uning ismi ham o‘ziga monand
qo‘yilgan: Ramazon-Ro‘za oyi kabi pok .


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

86

Shuningdek, hikoyada Ramazonning qishloqdan olib kelgan “jaydari

olma”lari faqat bir meva emas, balki bolalik davrining qadrdon xotiralarini
ifodalaydi. Bu oddiy detallarda xalqning tabiat bilan yaqinligi, o‘tgan kunlarga
bo‘lgan sog‘inchi namoyon bo‘ladi. Erkin

Aʼzam

asarlarida

xalqchillikni

ko‘rsatishda oddiy qahramonlarning ichki kechinmalari alohida o‘rin tutadi.
Ramazonning qahramon sifatidagi o‘ziga xosligi – uning sodda, barchani o‘zi
kabi pok deb bilishi va ishonishi bilan ajralib turadi. Masalan, uning har safar
o‘qishga kirishga urinishlari yoki chayqovchilik ayblovi bilan qamalib, sudda
o‘zini himoya qilishga intilishi oddiy insonlarning hayotdagi to‘siqlarini aks
ettiradi.

Ramazonning shaharga kelib “Barnaulga ketib qolishni” orzu qilishi yoki

o‘zini begona his qilishi xalqning o‘zini atrofdagi jamiyatdan uzoqlashgan, ammo
ichki dunyosida boy va to‘laqonli bir shaxs sifatida ko‘rsatadi. Uning bu
murakkab kechinmalari xalqning hayotiy kurashlarini, ularning sodda, ammo
mazmunli hayotlarini anglatadi.

Erkin Aʼzam hikoyalarining xalqchilligi qahramonlar muloqotida yaqqol

namoyon bo‘ladi. Dialoglar xalqona ruhda, sodda, ammo mazmunli ifodalar bilan
boyitilgan. Masalan, Ramazonning “Boysunning olmasi Bog‘i Eramda ham
bitmaydi” kabi so‘zlari nafaqat uning oddiyligini, balki xalqning o‘ziga xos til
boyligini ham ochib beradi. Hikoya qahramonlarining nutqi orqali ularning
turmush tarzi, qadriyatlari va ruhiyati aniq va sodda tarzda tasvirlanadi.

Hikoyada Ramazonning chayqovchilik ayblovi bilan qamalishi va sud

jarayonidagi g‘alati holatlar jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni ochib beradi.
Oddiy insonlar duch keladigan muammolar – urbanizatsiya, iqtisodiy tengsizlik
va hayotda o‘z o‘rnini topishdagi qiyinchiliklar muallif tomonidan hayotiy
misollar orqali ko‘rsatib berilgan. Ramazon qamalgan paytda ham o‘z
samimiyligini yo‘qotmaydi, bu esa uning xalq vakili sifatida belgilovchi
xususiyatidir. Erkin Aʼzam hikoyalarida xalqchillik faqatgina qishloq hayotini
yoki xalqning sodda muhitini tasvirlash bilangina cheklanmaydi. U xalq
hayotining ichki mohiyatini, ularning maʼnaviy dunyosini ochib beradi.
Ramazonning o‘ziga xos va hayotga befarq bo‘lmagan falsafiy munosabati, uning
“Bari bir Xudoning buyurgani” deya qabul qilishi xalqning o‘ziga xos
dunyoqarashi va qadimiy falsafasini ko‘rsatadi.

Adibning Abrorqulov Parijga boradi hikoyasiga to’xtaladigan bo’lsak

hikoyada xalqchillikni o‘ziga xos uslubda aks ettirgan badiiy asarlardan biridir.
Hikoyada xalq hayoti, uning ichki dunyosi va turmush tarzi nozik hajv va
xalqona ohangda yoritilgan. Qahramonlarning tabiatidagi beg‘uborlik, mahalliy


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

87

koloritning boy tasviri va voqealar rivojidagi xalqona hayot falsafasi orqali
hikoya xalqchillikning yorqin namunasi sifatida o‘quvchida iliq taassurot
qoldiradi. Hikoya voqealari Jiydali qishlog‘ida kechadi. Jiydali o‘zining oddiy
hayoti bilan qishloq aholisi mentalitetini ochib beradigan ramzga aylangan.
Muallif qishloqning tarixini va uning o‘ziga xos atmosferasini quyidagicha
tasvirlaydi: “Shu tariqa bora-bora gavjumlashib, o‘tar yo‘l yoqasidagi bir to‘p
yovvoyi jiyda bahona Jiydali atalganicha bugun ko‘rk taratib turibdi.”

Jiydalining tabiiy go‘zalligi va tinch hayoti qishloq aholisi orasidagi

do‘stona va samimiy munosabatlarni o‘zida mujassam etadi. Bu tasvirlar orqali
qishloq hayoti va xalqning turmush tarzi muallif tomonidan xalqchillik ruhida
aks ettirilgan. Hikoyaning asosiy qahramoni Abrorqulov o‘zining oddiyligi,
yuvoshligi va qiziq qiyofasi bilan xalqning ichki dunyosini aks ettiradi. U oddiy
jug‘rofiya o‘qituvchisi bo‘lib, o‘ziga xos fazilatlari sababli Parijga borishga
munosib ko‘riladi. Muallif uning qiyofasini hazilomuz tasvirlaydi:
“Bo‘yinginasidan galstuk tushmaydi, guldoru endor galstuk, egnida mudom oq
ko‘ylagu qora kostyum-shim. Xullas, bari kinodagidek, yo‘q, kitoblarda
yozilgandek, ayni risolabop!”Abrorqulovning jamoat orasidagi mavqei va xalq
bilan munosabatlari orqali muallif o‘qituvchilarni xalq hayotining muhim bir
qismi sifatida tasvirlaydi. Uning Parijga ketishi haqidagi mish-mishlar Jiydali
qishlog‘ining quvnoq va o‘ziga xos hayotini ochib beradi.

Hikoya davomida hajviy uslub qishloq hayotining ichki tabiatini aks

ettiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Abrorqulovning Parijga borishi masalasidagi
gap-so‘zlar, qishloq ahlining o‘zgacha talqinlari xalqchillikni jonlantiradi.
Masalan, Jiydaliliklar uchun “chet el” iborasi nafaqat Parijni, balki u bilan bog‘liq
tasavvurlarni ham o‘z ichiga oladi:

“Avomning lahjasiga og‘irlik qildi chog‘i, jarangi-yu dovrug‘iga qarab Parij

degani tanlandi. Parij bo‘lsa Parij-da, nima farqi bor?”

Bu joyda muallif xalqning o‘ziga xos dunyoqarashini, ular uchun katta

voqealarning qanday talqin qilinishini kulgili va hayotiy tarzda ochib beradi.

Hikoyada Abrorqulovning Parijga ketishi Jiydali aholisining o‘z orzu-

intilishlarini aks ettiruvchi voqea sifatida tasvirlangan. Oddiy odamlarning o‘z
hayotlariga rang-baranglik kiritishga bo‘lgan intilishi Abrorqulovning “chet el”
safariga bo‘lgan munosabatlarida yaqqol ko‘rinadi. Hikoyadagi quyidagi jumla
qishloqning sodda va samimiy hayot falsafasini ko‘rsatadi: “Jiydalimizda
serjujuq xonadon mo‘l, ularni tug‘ib-bovlagan 'qahramon ona'lar mo‘l, albattaki,
tug‘dirgan sherimardlar ham shu sanoqda.” Bu tasvir orqali muallif xalqning


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

88

madaniy va ma’naviy boyligini, ularning turmushidagi oddiylik va
mazmuniylikni mahorat bilan ifodalaydi.

Xulosa
Erkin A’zam adabiyotga hikoyachi sifatida kirib kelgan. Uning hikoyalari

mayin yumorga yo`g`rilganligi, umuman, o`zbek tilining, xususan,
boysunliklar shevasining betakror jozibasi, pichingga boyligi va tasvir
imkoniyatlari cheksizligini ko`rsatishi bilan e’tiborni tortadi. Erkin Aʼzamning
“Anoyining jaydari olmasi” va “Abrorqulov Parijga boradi” hikoyalari xalqona
ruhni badiiy asarlarda aks ettirishning noyob namunalaridir. Ikkala hikoya ham
o‘zbek xalqining turmush tarzi, hayot falsafasi, ijtimoiy muammolari va ichki
ruhiyatini chuqur yoritib beradi. Muallif oddiy qishloq hayoti va uning odamlari
orqali xalqning asl tabiatini, ularning orzu-umidlarini, kulgu va qayg‘ularini
mahorat bilan ifodalaydi.

“Anoyining jaydari olmasi” hikoyasida esa Ramazon orqali xalqning sodda

va beg‘ubor qiyofasi, o‘ziga xos dunyoqarashi, mashaqqatli, ammo ma’noga boy
hayoti tasvirlansa, “Abrorqulov Parijga boradi” hikoyasida Abrorqulov obrazida
oddiy o‘qituvchining xalqning umumiy ma’naviy boyliklarini aks ettiruvchi
timsoli yaratilib, u hazilomuz ohangda ulug‘lanadi. Ushbu hikoyalarda
xalqchillikni boyituvchi vosita sifatida hajvni va xalqona tilni mohirona
qo‘llagan. Dialoglar, qahramonlarning gap-so‘zlari va harakatlari sodda, samimiy
va xalqona ohangga ega bo‘lib, o‘quvchini o‘ziga rom etadi. Hikoyalarda xalqning
orzu-umidlari va real hayotdagi muammolar o‘rtasidagi qarama-qarshilik nozik
ifoda qilingan. Ramazonning shahardagi qiyinchiliklari yoki Abrorqulovning
qishloqdagi o‘ziga xosliklari orqali muallif xalq hayotining murakkab, ammo
ma’noga boy qirralarini ochib beradi. Bu ijtimoiy masalalar nafaqat
hikoyalardagi qahramonlarning hayotini belgilaydi, balki xalqchillikning badiiy
ko‘rinishini ham boyitadi. Xulosa qilib aytganda, yozuvchi davr, muhit bilan
bog’liq o’zgarishlar vositasida qahramon ruhiyatini taftish qiladi. Kecha bilan
bugunni qiyoslaydi. Erkin A’zam asarlarida ana shunday turfa xarakterlar
o’zining butun bo’y-basti, murakkabliklari bilan tasvirlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Erkin A’zam “Yozuvchining bog’i” Yangi asr hikoyalari va eski asrdan

bir esdalik. Tosh.”MASHHUR-PRESS” 3 bet
2.

Erkin A’zam “ Anoyining jaydari olmasi” hikoyasi.

3.

Adabiyotshunoslikka kirish. Dilmurod Quronov.

References

Erkin A’zam “Yozuvchining bog’i” Yangi asr hikoyalari va eski asrdan bir esdalik. Tosh.”MASHHUR-PRESS” 3 bet

Erkin A’zam “ Anoyining jaydari olmasi” hikoyasi.

Adabiyotshunoslikka kirish. Dilmurod Quronov.