Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
166
O
‘
ZBEKISTONNING QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA SALOHIYATINI
OSHIRISH YO‘NALISHLARI
PhD
Toshboyev Bekzod Baxtiyorovich
Guliston davlat universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada energetika sohasidagi muammolar, yoritib berilgan. Hozirgi kunda
dunyodagi energetika tarmoqlaridagi texnologiyalar ularning yutuqlari va kamchiliklari, xalqaro
tashkilotlar tadqiqotlari asosida yoritilgan. O‘zbekistonda yashil energetika ma
nbalarini rivojlantirish
borasida taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
yasil iqtisodiyot, yashil texnologiyalar, yasil sertifikalash, yasil kreditlash, qayta
tiklanuvchi energiya, energetika subsidiyalari, energetika investitsiyalari.
НАПРАВЛЕНИЯ НАРАЩИВАНИЯ ПОТЕНЦИАЛА ВОЗОБНОВЛЯЕМЫХ
ИСТОЧНИКОВ ЭНЕРГИИ УЗБЕКИСТАНА
PhD
Ташбоев Бекзод Бахтиярович
Гулистанский государственный университет
Аннотация
.
В этой статье рассматриваются проблемы энергетического сектора.
Технологии в энергетических отраслях мира, их достижения и недостатки освещены на основе
исследований международных организаций. Даны предложения и рекомендации по развитию
зеленых источников энергии в Узбекистане.
Ключевые слова:
зеленая экономика, зеленые технологии, зеленая сертификация, зеленое
кредитование, возобновляемые источники энергии, энергетические субсидии, энергетические
инвестиции.
AREAS FOR ENHANCING THE POTENTIAL OF RENEWABLE ENERGY
SOURCES IN UZBEKISTAN
PhD
Tashbayev Bekzod Bakhtiyarovich
Gulistan State University
Abstract.
This article discusses the problems of the energy sector. Technologies in the energy sectors
of the world, their achievements and shortcomings are highlighted on the basis of research by international
organizations. The proposals and recommendations on the development of green energy sources in
Uzbekistan are given.
Keywords:
green economy, green technologies, green certification, green lending, renewable energy
sources, energy subsidies, energy investments.
Kirish.
Dunyo davlatlarida iqlim o‘zgarishlarini salbiy oqibatlari chuqurlashib borar ekan, jahon
hamjamiyati bu muammoning oqibatlari bilan emas balki sabablari bilan kurashish eng to‘g‘ri yo‘l
ekanligini anglab yetmoqda.
Qayta tiklanadigan energiya
–
bu tabiiy manbalardan olinadigan energiya, ular iste'mol
qilinganidan ko‘ra tezroq tiklanadi. Quyosh nurlari va shamol, masalan, doimiy ravishda to‘ldirilib
boriladigan shunday manbalardir. Qayta tiklanadigan energiya manbalari yetrli darajada xisoblanadi.
VII SON - NOYABR, 2023
UO‘K: 620.9
166-172
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
167
Qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish qazib olinadigan yoqilg'ilarni yoqishdan olinadigan
energiyaga qiyoslaganda tabiatga deyarli zarar yetkazmaydi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda
chiqindilarning asosiy ulushini tashkil etuvchi qazib olinadigan yoqilg'idan qayta tiklanadigan
energiyaga o‘tish iqlim inqirozini hal qilishning kalitidir.
Qayta tiklanadigan energiya hozirda aksariyat mamlakatlarda arzonroq va qazib olinadigan
yoqilg'iga qaraganda uch baravar ko‘p ish o‘rinlarini yaratadi
So‘nggi o‘n yillikda quyosh panellarini ishlab chiqarish narxi keskin tushish tendensiyasini
ko‘rsatmoqda, bu ularni nafaqat arzon, balki ko‘pincha elektr energiyasining eng arzon
shakliga
aylantirdi. Quyosh panellari taxminan 30 yil xizmat qiladi va ishlab chiqarishda ishlatiladigan material
turiga qarab turlicha bo‘ladi.
Shamol energiyasi esa, quruqlikda yoki dengizda joylashgan yirik shamol turbinalari yordamida
harakatlanuvchi havoning kinetik energiyasidan vujudga keladi. Shamol energiyasi ming yillar
davomida ishlatilgan, ammo so‘nggi bir necha yil ichida quruqlikdagi
va dengizdagi shamol energiyasi
texnologiyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini maksimal darajada oshirish uchun rivojlandi -
balandroq turbinalar va katta diametrli rotorlar bilan jihozlanmoqda. 2023-yilda energiyaga global
miqyosda 2,8 trillion do
llar sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 1,7 trillion dollar
(61%)dan ortig‘i toza texnologiyalarga, jumladan qayta tiklanadigan manbalar, elektr transport
vositalari, atom energetikasi, tarmoqlar, saqlash, kam emissiyali yoqilg‘ilar, sama
radorlikni oshirishga
yo‘naltirilishi kutilmoqda, qolgan 1 trillion dollardan sal ko‘proq qismi ko‘mir, gaz va neft asososida
energiya ichlab chiqaruvchi sohalarga ajratilmoqda
Adabiyotlar sharhi.
Umuman “Yashil”iqtisodiyotga o‘tish masalasining zarurligi global miqyosda 2012
-yil
Meksikaning Los-
Kabosda shaxrida “Katta yigirmatalik” (G20) samitida ko‘tarilib, keyinchalik bir qator
mamlakatlarning taraqqiyot strategiyalarida aks eta boshladi. O‘zbeki
stonda 2022-yil 2-dekabrda
Prezidentning PQ-
436 “2030
-
yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga
qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori
(Qaror,
2022). 16-fevral 2023-
yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023
-yilda qayta tiklanuvchi
energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ
-57-son qarorilari (Qaror, 2023)
qabul qilindi, bu qarorlar ijrosini ta’minlash uchun
amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mashhur ingliz iqtisodchi olimi Artur Pigu (1929)
“Sanoat tebranishlari” (Industrial Fluctuations,
1929) asarida tashqi tasirlarni neytrallashtirish nazariyasini asoslab uglevodorod chiqindilariga
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri soliq belgilashning axamiyatini tushuntirib bergan. Biroq ta’sirlarni implementatsiya
qil
ish o‘lchashning ratsionalligini idrok qilish hozirgacha qarama
-qarshi munozaralarni keltirib
chiqarmoqda. Tabiat insoniyat oldigan shunday muammolarni ko‘ndalang qo‘ymoqdaki, insoniyat
yashab qolishi uchun ekologik muammolarni tezroq bartaraf etishi, insoniyat oldidagi asosiy vazifaga
aylanib ulgurdi.
Tadqiqot metodoligiyasi.
Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslarini mahalliy va horijiy
olimlarning “Yashil” iqtisodiyot va
qayta tiklanuvchi energiya resurslariga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlari natijalari, Xalqaro energetika
agentligi (IEA) tadqiqotlari va ushbu sohada qabul qilingan Prezident qarorlari va hukumat dasturlari
tashkil qiladi. Tadqiqotda energetika sohasidagi tendensiyalar tizimli-
funksional va dialektik o‘zaro
bog‘liklikda tadqid qilingan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston Respublikasida 2017
-
yildan so‘ng olib borilayotgan pragmatik siyosan natijasida
iqtisodiyot o‘sib, aholining turmush darajasi oshmoqda bu esa elekter energiyasiga bo‘lgan talabning
muttasil oshib borishi kuzatilmoqda.
Mamlakatimiz 2030-yilgacha 25 gigavatt quvvatdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini
yaratishni va energiya balansida uning ulishini 40 foizga yetkazishni maqsad qilgan. 2023-yilda 2
gigavat quvvatdagi yirik shamol va quyosh elektr stansiyalarini ishga
tushirmoqda. Shuningdek “yashil
https://www.iea.org/reports/world-energy-outlook
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
168
vodorod” ishlab chiqarish sohasida ham ilk qadamlar qo‘yilmoqda
. Mutaxasislarning fikricha,
Mamlakatimizda bir yilda 300-
320 kun atrofida quyoshli kun bo‘lganligi sababli, bu sohaning
imkoniyatlari ulkan.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish, iste’molchilarni muqobil
energiyaga o‘tkazish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish orqali 2023
-
yilda qo‘shimcha 5
milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va 4.8 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod
qilish, ushbu maqsadlarga jami 15.4 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish, shu
jumladan 13.4 milliard AQSH dollari
–
davlat-
sheriklik loyihalari doirasida investorlar mablag‘lari, 1.1
milliard AQSH dollari
–
tijorat banklari kreditlari, 610 million AQSH dollari
–
korxonalarning o‘z
mablag‘lari, 150 million AQSH dollari –
xorijiy moliyaviy tashkilotlarning mablag‘lari va 100 million
AQSH dollari ekvivalentidagi Davlat byudjeti mablaglari yo‘naltirili
shi rejalashtirilgan (Qaror, 2023).
1-jadval
Muqobil energiya manbalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish, mln. kVt. Soat
Nomi
2015
2016
2017
2018
2019 2020 2021 2022**
Quyosh elektr stantsiyalari
tomonidan ishlab
chiqarilgan elektr
energiyasi *
0,003
0,3
0,7
0,2
0,1
0,03
49,0
435,8
Shamol elektr stantsiyalari
tomonidan ishlab
chiqarilgan elektr
energiyasi*
-
-
-
-
15,5
-
1,2
-
* Ma'lumotlar 2015-yildan yig'iladi,
** dastlabki ma
’
lumot
O
‘
zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya holatini tahlil qiladigan bo
‘
lsak, bu sohada
2015-yildan boshlab statistik ma
’
lumotlar shakillantirib kelenmoqda, 2015-yilda Quyosh elektr
stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan energiyasi 0.003 mln kVt.soat bo
‘
lgan bo
‘
lsa, 2021-yilda bu
ko
‘
rsatkich 49.0 mln kVt.soatni tashkil etib umumiy ishlab chiqarilgan elektr energiyasidagi ulushi
0.07% izni tashkil qilgan (2021-yilda Respublikamizda 71364,6 mln kVt.soat, 2022-yil dastlabki
ma
’
lumotlariga ko
‘
ra 74269,3 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan) 2022-yilgi daslabki
ma
’
lumotlariga taqqoslasak bu ko
‘
rsatkich 0.6%izni tashkil etadi. Bu ko
‘
rsatkichlar hozirgi zamon
talablariga, qo
‘
yilgan maqsadlarga erishish uchun juda kam dep xisoblaymiz (1-jadval).
Yashil energiya ishlab chiqarish sohasini Halqaro energiya agentligi (IEA-International Energy
Agency) ma
’
lumotlariga tayanib tahlil qiladigan bo
‘
lsak, shamol turbinalari, quyosh panellari, elektro
mobil bateriyalari, energiya saqlovchi bateriyalarni ishlab chiqarish va o
‘
rnatish narxlari tushush
tendensiyasida ekanligini ko
‘
rishimiz mumkin (1-rasm).
Qushosh panellari narxi 2014-yilda xar bir kVt soati uxhun 150-160 AQSH dollaridan 2022-yilda
70-80 AQSH dolariga, Shamol turbinalari narxi 2014-yilda xar bir kVt soati 1240-260 AQSH dollaridan
2022-yilda 170-180 AQSH dolariga, Elektro avtomabil akkumlyatorlari 2014-yilda xar bir kVt soati 500-
550 AQSH dollaridan 2022-yilda 140-150 AQSH dolariga, Energiya saqlovchi bateriyalar narxi 2014-
yilda xar bir kVt soati 350-360 AQSH dollaridan 2022-yilda 210-215 AQSH dolarigacha pasayganini
ko
‘
rishmiz mumkun. Bu ijobiy tendensiya keying yillarda ham davom etishi kutilmoqda.
Toza energiya uskunalarining narh indeksi umumiy holatda 2014-yil 230-240 million AQSH
dollari bir megavatt uchun talab qilingan bo
‘
lsa bu ko
‘
rsatkich 2022-yilga kelib 100-110 million AQSH
dollarigacha kamaydi (2-rasm). Bu dunyo mamlakatlari xukumatlari oldiga energetika sohasidagi
qarorlarini qabul qilishda bu ijobiy tendensiyalarni ham hisobga olishiga majburlamoqda.
83
https://president.uz/uz/lists/view/6846
84
https://stat.uz/uz/
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
169
1-rasm. Yashil texnologi narxlari AQSH dollari/kVt soat (nominal narxlar)
2-rasm. Toza energiya uskunalari narx indeksi Million
AQSH dollari/megavatt (nominal narxlar)
Umuman dunyo davlatlari “Yashil energetika” tizimiga investitsiya kiritish jarayoni ham yil sayin
jadallashib bormoqda, masalan, ohirgi uch yilda Energiya ishlab chiqarishga global yillik
investitsiyalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 2020 yilda Qushosh elekt
r stansiyalari sohasiga 215 milliard
AQSH dollariga yaqin, Shamol elektr stansiyalariga 180 milliard AQSH dollariga yaqin, ko‘mirda
ishlaydigan elektr stansiyalariga 60 milliard AQSH dollariga yaqin, tabiiy gazda ishlaydigan elektr
stansiyalariga 40 millia
rd AQSH dollariga yaqin investitsiyalar kiritilgan bo‘lsa, bu ko‘rsankich 2023
-yil
yakunlari bo‘yicha Qushosh elektr stansiyalari sohasiga 360 milliard AQSH dollaridan ortiq yoki 2020
-
yilga nisbatan 68% ga ko‘proq, Shamol elektr stansiyalariga 215 milliard
AQSH dollaridan ortiq yoki
2020-
yilga nisbatan 19% ga ko‘proq, ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalariga 40 milliard AQSH
85
halqaro energiya agentligi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
86
halqaro energiya agentligi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
0
100
200
300
400
500
600
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
Quyosh panellari
Shamol turbinalari
Elektr avtomobil akkumulyatori
Energiya saqlovchi batareyalar
Energiya
saqlovchi
Shamol turbinalari
Elektr avtomobil akkumulyatori
Quyosh panellari
0
50
100
150
200
250
300
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
Toza energiya uskunalari narx indeksi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
170
dollariga yaqin yoki 2020-
yilga nisbatan 34% ga kam investitsiya qilingan bo‘lsa, tabiiy gazda
ishlaydigan elektr stansiyalariga 50 milliard AQSH dollariga yaqin yoki 2020-
yilga nisbatan 25% ga ko‘p
investitsiyalar kiritilishi kutilmoqda. Yoqoridagi tahlil natijalaridan hulasa qilish mumkinki yashil
energetika sohasiga ko‘proq e’tibor bermoqda va bu ko‘rsatkichlar yil sayin jadallashmoqda (3
-rasm).
3-rasm. Energiya ishlab chiqarishga global yillik investitsiyalar. milliard AQSH dollari
O‘zbekiston Respublikasi ham oxirgi yillarda yirik shamol va qusosh elektr stansiyalarini qurish
jarayonlarini jadallashtirmoqda, aholi
tomonidan oshiqcha ishlab chiqarilgan “yashil” elektr
energiyasini “Yashil” tariflar asosida sotib olish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Qayta tiklanuvchi energiya
manbaalarini sotib olishda imtiyozlar subsidiyalar berilmoqda. Bu chora tadbirlar natijasida qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish darajasi oshmoqda lekin energetika sohasini bozor
tamoyillari asosida rivojlantirish, narx shakillanishini liberallashtirish darajasi bizning nazarimizda hali
yetarli emas. Hozirda aholi honadonlariga bir kVt el
ektr energiyasi 295 so‘m yoki 0.024 AQSH dollaari
(2.4 sent) atrofida bo‘lsa uning asl tannarxi 970 so‘m atrofida ekanligi Energetika vazirligi tomonidan
qayd etilgan
. Bir kubometr tabiiy gazning tannarxi esa 1890 so‘mni tashkil etib, aholiga yetkazib
berilayotgan tabiiy gaz narxi 380 so‘mni tashkil etmoqda. Axoliga elektr energiyasi va tabiiy gazni past
tariflarda yetkazib berish uchun Davlat byudjetidan yiliga 14 tri
llion so‘mdan ortiq yoki 1,15 milliard
AQSH dollaridadan ko‘proq subsidiya ajratilmoqda
.
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 68
-
moddasida “Yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik
va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish
zarur va ular davlat muhofazasidadir…”
, asosiy qomusimizda shunday ekan bu tartib-tamoilni
yuqoridagi savollar asosida mantiqiy tahlil qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston aholisining 100% ga yaqini
to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlangan, tabiiy gaz bilan taminlanish darajasi esa 50% atrofida,
O‘zbekistonda aholi jon boshiga tabiiy gaz iste’moli rivojlangan davlatlar va qo‘shni mamlakatlarga
qaraganda 3 baravar ko‘proq. Taqqoslash uchun, xorij davlatlarida bir kishi uchun 90 kub metr gaz
to‘g‘ri kelsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 400 kub metrda
n oshgan
. Bitta xonadon yil davomida 5000
kub metr gaz ishlatadi. Tahlillarni davom ettiradigan bo‘lsak, aholining 50 %ga yaqini tabiiy gaz va
elektr energiyasi uchun Davlat byudjetidan subsidiya olmoqda, qolgan 50% izi esa faqat elektr
energiyasi unun olmoqda. E
ndi elektr energiya iste’moliga e’tibor beragigan bo‘lsak (2
-jadval), aholining
sal kam 75 % izi 26% ga yaqin elektr energiyasini iste’mol qilsa 25% dan ortiq aholi 74% dan ortiqroq
elektr energiyasini iste’mol qiladi. Bu irrotsional ko‘rsatkichni hukumat
tabaqalashtirilgan tariflar bilan
bartaraf etmoqchi. Lekin bizning nazarimizda muammoning yechimi bu emas, chunki tabiiy gaz bilan
taminlanmagan honadonlar tabiiyki elektr energiyasini ko‘proq iste’mol qiladi albatta. Buning yagona
87
halqaro energiya agentligi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
88
https://www.gazeta.uz/uz/2023/09/22/subsidy/
89
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi
215
180
60
41
260
160
50
43
320
185
46
48
357
230
43
50
0
50
100
150
200
250
300
350
400
Quyosh panellari
Shamol turbinalari
Ko'mir
Tabiiy gaz
2020
2021
2022
2023 taxminiy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
171
adolatli yechimi, bizning fikrimizcha rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, bu bozorni
erkinlashtirish, bozor tamoyillariga o‘tkazish va aholining kam taminlangan qismini maqsadli va
manzilli energetika subsidiyalari bilan taminlash. Masalan Ger
maniyada energiya bilan ta’minlash to‘liq
bozor tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yilgan, kim qancha energiya iste’mol qilsa shunga mos haqqini
to‘laydi. Bu tizim aholidan energiya iste’molida tejamkor texnologiyalardan va muqobil energiya
manbalaridan foydala
nishni rag‘batlantiradi. Aholining kam ta’minlangan qismiga esa manzilli yordam
pullari evaziga ijtimoiy himoya qilinadi.
2-jadval
O‘zbekiston aholisining 2023
-
yil misolida o‘rtacha elektr energiyasi iste’moli
№
Iste'mol hajmi
Obonentlar
(ming dona)
ulushi, %
Iste'mol
(mln kVt-s
Umushi,
%
1
200 kVt-soatgacha
5684
74,91%
5163
25,72%
2
201-300 kVt-soat
737
9,71%
2258
11,25%
3
301-500 kVt-soat
628
8,28%
2932
14,61%
4
501-1000 kVt-soat
393
5,18%
3234
16,11%
5
1001-2000 kVt-soat
82
1,08%
2529
12,60%
6
2001-5000 kVt-soat
54
0,71%
1686
8,40%
7
5001-10000 kVt-soat
6
0,08%
778
3,88%
8
10000 kVt-soatdan yuqori
4
0,05%
1491
7,43%
Jami:
7588
1
20071
1
Respublikamizda energetika sohasini bozor tamoyillarini joriy qilish uchun barcha tashkiliy
infratuzlma etarli dep o‘ylaymiz, chunki deyarli barcha honadonlarga electron hisoblagichlar
o‘rnatilgan, tabiiy boyliklar halq Mulki ekanligi konstitutsiyamizda mustaxkamlab qo‘yilgan, faqat
isloxotlarni qilish uchun siyosiy iroda kerak.
Iqtisodiyot nazariyasidan ma’lumki biron bir mahsulot yoki xizmatning narxi arzon bo‘lsa uni
iqtisod qilishga va hisobini yuritishga e’tibor shuncha past bo‘ladi. A
holiga yetkazib berilayotgan elektr
energiyasi va tabiiy gazda ham shunday holat ko‘zga tashlanmoqda. Tabiiy boyliklardan foydalanish
O‘zbekiston fuqorolarining konstitutsion xuquqi ekan buni ratsional, adolatli va manzilli yetkazish
mumkin. Buning uchun hozirda ajratilayotgan 1,15 milliard AQSH dollaridada subsidiyani aholi soni(36
mln)ga bo‘lsak 32 AQSH dollari atrofida ya’ni Davlat buyudjetidan yiliga aholining har biriga 32 AQSH
dollari ikvivalentidagi subsidiyalar ajratilmoqda. lekin bu ajratilayotgan subsidiyalarning asosiy qismi
aksariyat daromadi yuqori oilalarga energetika subsidiyalari shaklida ketmoqda (2-jadval). Endi rasmiy
statistika ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, 2022
-
yilda O‘zbekiston aholisining 14.1 %ii (36
mln*0.141=5 mln) kambag‘allik darasida yashamoqda endi shu 5 mln aholiga belgilangan energiya
subsidiyalarini moddiy yor
dam ko‘rinishida beradigan bo‘lsa 5 mln*32 ASH dollari=160 mln (0.16
milliard) AQSH dollari, qolgan 1.15 milliard-0.16 milliard=0.99 milliard AQSH dollari davlat buyudjeti
ixtiyorida qoladi. Bundan tashqari energi resurslari narxining bozor tamoyillari asosida faoliyat
yuritishi natijasida aholida ushbu resurslardan tejab foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya
manbaladan foydalanish darajasini rag‘batlantiradi. Bundan tashqari O‘zbekiston energetika bozoriga
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri chet el investitsiyalari va i
nvestorlarining kirishini keskin oshiradi, yashil energetikani
muhimligi oshadi va aholiga etkazilayotgan energiya resurslarining uzilishlarsim doimiy va me’yorlarda
bo‘lishini ta’minlaydi. Chunki narxning bozor talablari asosida shakllanishi raqobatni osh
iradi,
raqobatning oshishi esa sifatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosa va takliflar
.
Amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va tahlillar asosida yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida
energetika bo‘yicha energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tish jarayonini
tezlatish uchun quyidagilarga etibor qaratish kerak dep hisoblaymiz:
Birinchidan,
global miqyosda yashil iqtisodiyotga o‘tish, ekologik innovatsiyalardan foydalanish
jarayonini rag‘batlantirish zamon talabi ekanligini anglab yetish, yashil iqtisodiyotning tezroq
rivojlanishiga turtki beradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
172
Ikkinchidan,
yashil iqtisodiyotga o‘tish maqsadlarini qo‘llab
-quvvatlovchi maqsadli va manzilli
yashil moliya instrumentlarini joriy qilish orqali energetika tariflarini bozor tamoyillari asosida
shakillanishiga yo‘l ochib berish zarur. Bu sohaning investitsiya jozib
adorligini, raqobatni va xizmatlar
sifatining oshishiga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishiga erishish mumkin.
Uchunchidan,
energetika sohasining bozor mexanizimlari asosida faoliyat yuritishi Davlat
byudjetining energetika subsidiyalari qismi keskin kamayadi, davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod
qilinishiga erishiladi.
To‘rtinchidan,
energetika bozorinig liberallashishi natijasida energiya tejamkor texnologiyalar
va qayta tiklanuvchi texnologiyalardan foydalanish darajasi ortadi.
Adabiyotlar /
Литература
/ Reference:
Artur Pigu (1929) Industrial Fluctuations, Macmillan Press Ltd.; 2nd Edition (January 1,)
Qaror (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2.12.2022
-yildagi PQ-
436 “2030
-yilgacha
“yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar, samaradorligini oshirish bo‘yicha chora
-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qarori.
Qaror (2023) O
‘
zbekiston Respublikasi Prezidentining
“2023
-yilda qayta tiklanuvchi energiya
manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari
to
‘
g
‘
risida
”
gi 16.02.2023 PQ-57-son qarori.
