Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
169
NEFT VA GAZ SANOATI KORXONALARI RESURSLARIDAN FOYDALANISH
SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Sonayev Sanjar Nurmamatovich
Toshkent davlat texnika universiteti
ORCID: 0009-0002-1873-1007
Annotatsiya.
Neft va gaz sanoati korxonalarida resurslardan foydalanish samaradorligini
oshirish bugungi kunda iqtisodiy va ekologik barqarorlikni ta’minlashning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ilmiy tadqiqotda sanoat korxonalarida resurslarni tejash,
ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, energiya samaradorligini oshirish hamda
ekologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan ilg‘or texnologiyalar tahlil qilinadi. Dunyo
tajribasi asosida resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha strategik
yondashuvlar o‘rganili
b,
ularning iqtisodiy va texnologik jihatdan samaradorligi baholanadi. Shu bilan birga,
mamlakatimiz neft va gaz sanoati korxonalarida mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni
bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqil
adi.
Kalit so‘zlar:
neft, gaz, sanoat, korxona, ekologiya, barqarorlik, resurs, samara, zarar, atrof-
muhit, energiya, loyiha, havo, ifloslanish.
ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ РЕСУРСОВ ПРЕДПРИЯТИЙ
НЕФТЕГАЗОВОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ
Сонаев Санжар Нурмаматович
Ташкентский государственный технический университет
Аннотация.
Повышение эффективности использования ресурсов на предприятиях
нефтегазовой промышленности сегодня является одним из приоритетных направлений
обеспечения экономической и экологической устойчивости. В данном научном
исследовании
анализируются
передовые
технологии,
направленные
на
ресурсосбережение, автоматизацию
производственных
процессов, повышение
энергоэффективности и обеспечение экологической устойчивости промышленных
предприятий. На основе мирового опыта изучаются стратегические подходы к
эффективному использованию ресурсов и оценивается их экономическая и
технологическая эффективность. При этом будут проанализированы существующие
проблемы на предприятиях нефтяной
и газовой промышленности страны и выработаны
предложения и рекомендации по их устранению.
Ключевые слова:
нефть, газ, промышленность, предприятие, экология,
устойчивость, ресурс, эффект, ущерб, окружающая среда, энергия, проект, воздух,
загрязнение.
UO
‘
K: 553.9
I SON - YANVAR, 2025
169-178
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
170
IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE USE OF RESOURCES OF ENTERPRISES
OF THE OIL AND GAS INDUSTRY
Sonaev Sanjar Nurmamatovich
Tashkent State Technical University
Abstract.
Improving the efficiency of resource use in the enterprises of the oil and gas
industry is today one of the priorities for ensuring economic and environmental stability. This
scientific study analyzes advanced technologies aimed at saving resources, automating
production processes, improving energy efficiency and ensuring environmental sustainability in
industrial enterprises. On the basis of world experience, strategic approaches to the effective use
of resources are studied, the effectiveness of which is assessed economically and technologically.
At the same time, the existing problems at the enterprises of the oil and gas industry of our country
are analyzed and proposals and recommendations for their elimination are developed.
Keywords:
oil, gas, industry, enterprise, ecology, sustainability, resource, efficiency,
damage, environment, energy, project, air, pollution.
Kirish.
N
eft va gaz sanoati global energiya ishlab chiqarishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi, lekin u
muhim ekologik muammolar bilan ham
bog‘liq. Bunday muammolardan biri ishlab chiqarish
korxonalarida suv resurslarini mas’uliyatli boshqarish va atmosferaga chiqariladi
gn zaharli
moddalarni kamaytirishdan iboratdir. Atmosfera butun biogeotsenoz va aynan ekotopning
asosiy omilidan biri bo‘lib
hisoblanadi. Atmosfera havosini tarkibini o‘zgarishi insonning
xo‘jalik faoliyatiga holatiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Toza havo o‘s
imliklar va hayvonot dunyosi
uchun zarur, hattoki ayrim o‘tkazgich, aniq o‘lchaydigan uskunalar, yangi texnika va
texnologiy
a ham toza havoni talab qiladi. Ifloslangan atmosfera barcha xalq xo‘jalik
tarmoqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xomashyo resurslar
idan unumli foydalanish bo‘yicha hukumatimiz tomonidan ko‘plab
qaror va chora-
tadbirlar ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respub
likasi Prezidentining 12-
oktabrdagi “Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF
-169-sonli Farmoni (2023), 28-
yanvardagi “2022–
2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF
-60-sonli
Farmoni (2022) hamda 11-
sentyabrdagi “O‘zbekiston –
2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF
-
158-
sonli Farmon (2023) lariga asosan sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qator chora
-tadbirlarni
amalga oshirish, jumladan, hududlarning tabiiy xom ashyo resurslarini va ularning
imkoniyatlarini o‘rganish, sanoat korxonalarini rivojlantirish yo‘nalishlarini be
lgilash,
sanoatning neft va gaz, tog‘
-kon va ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, ishlab
chiqariladigan mahsulotlarni
diversifikatsiya qilish va resurslarni hududlar bo‘ylab teng
taqsimlash asosiy vazifalar sifatida belgilandi.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy omillar sanoat korxonalari, zavod va fabrikalar,
avtotransport vositalari bilan bog‘liqdir. Shuningdek, po‘lat erituvchi pechlar, domna
o‘choqlari, koks
-
kimyo sohasi, azotli o‘g‘itlar beruvchi zavodlar, ko‘mir va rangli metall konlari
,
temir yo‘l transporti vositalari ham atmosferaga uzluksiz zaharli moddalar tashlaydi. Eng ko‘p
zararli moddalarni havoga tashlaydigan yana bir soha neft-gaz sanoati hisoblanadi. U yiliga 225
ming tonna is gazini havoga chiqaradi, bir kecha-kunduzda 600 tonnadan ziyod moddani
atmosferaga tashlaydi. Neft-gazni qayta ishlayotganda uglevodorodlar, sulfat angidrid, azot va
karbonat angidridi, aldegit, ammiak zarralari atmosferani zaharlaydi. Bu sohaga sintetik
kauchuk ishlab chiqarish ham kiradi, bu tarmoq havoga yengil uchuvchan va erituvchi
moddalar tashlaydi. Neft zavodidan 25 kilometr masofada ham is gazi zarralari uchraydi.
In
sonning tabiatga ta’siri shu qadar kuchayib ketdiki, katta hududlar landshafti hamda ekologik
sharoiti o‘zgarmoqda. Ayniqsa, atmosfe
rani ifloslanishi va uni optimallashtirish aniq yechimi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
171
topilmayotgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun neft va gaz qazib
chiqarishda resurslardan samarali foydalanishni talab etadi.
Inson atrof-muhitining ifloslanishi muammosi bir necha asrlarga borib taqaladi. Sanoat
rivojlanishiga qadar atrof-muhitning ifloslanishi cheklangan edi, sanoat ishlab chiqarishi va
shahar aholisining o‘sishi tufayli vaziyat keskin o‘zgardi. Atrof
-muhitni ifloslantiruvchi
manbalar orasida qazib olinadigan uglevo
dorodlar birinchi o‘rinda turadi: ko‘mir, neft, gaz. Ular
yonib ketganda, katta miqdordagi chiqindilar hosil bo‘ladi (Uzakov
, 2024).
Adabiyotlar sharhi.
Erik Reynert (2011) ingliz iqtisodchi olimi “Qanday boy davlatlar boyidi va qashshoq
mamlakatlar qashs
hoqligicha qolmoqda” nomli asarida “xatto yirik resurslarga ega bo‘lgan
mamlakatlarda
qashshoqlikning
aksariyati
resurslarning
ishlab
chiqarishdagi
monopollashuvga asoslangan” degan fikrni keltirgan.
O‘zini qarashlarini David Rikardoning “Qiyosiy ustunlik nazariya”sidan mamlakatlar
suiste’mol qilishadi degan tanqidiy yondoshuv asosida bildirgan. David Rikardo mutlaq
afzalliklar nazariyasiga asoslanib, neft va gaz qazib chiqarishda eng muhim taraf atrof muhitga
zarar yetkazmasdan resurslardan samarali foydal
anish va iste’molga mos ishlab chiqarish
kerakligini ta’kidlagan. Bu esa o‘z navbatida alternativ xarajatalarni kamaytirishg
a xizmat
qiladi (Vahobov, 2021).
Strijakova (2016) tomonidan neft va gaz korxonalarining resurslardan foydalanish
samaradorligini aniqlashning mavjud yondashuvlari tahlil qilingan. Barcha turdagi resurslarni
taqsimlash samaradorligini baholash uchun parame
trlar toʻplami sifatida quyidagilar olingan:
resurs, mehnat, kapital, axborot, inson kapitali. Ushbu omillar asosida moslashuvchan va
sinergetik samaradorlikni baholash uchun koʻrsatkichlar taklif etilgan.
Tulkinova (2024) tabiiy resurslarni haddan tashqar
i ekspluatatsiya qilish, ya’ni atrof
-
muhitdan juda ko‘p resurslarni olish, haddan tashqari ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish,
uning boshqa tovarlar va xizmatlarni taqdim etish qobiliyatini pasaytiradi. Iqtisodiyot orqali
resurslar oqimi o‘zining maksimal barqaror chegarasiga yetganidan so‘ng, uzoq muddatda
iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishning yagona yo‘li resurslardan samaraliroq foydalanishdir deb
keltirgan.
Ruziyevaning (2022) fikricha, ijtimoiy ishlab chiqarish va uning asosiy bo‘g‘inlari bo‘lgan
korxona faoliyatining samaradorligini oshirishda moddiy resurslardan oqilona foydalanish
alohida ahamiyat kasb etadi. Moddiy resurslardan foydalanishning samarali turlari sifatida
ulardan kompleks (har taraflama) foydalanish hamda chiqindilardan yoki ikkilamchi xomashyo
va materiallardan foydalanish nazarda tutilgan.
Iqtisodchi olimlar Shadieva, Sharipov (2023) fikriga ko‘ra, tabiiy resurslardan foydalanish
fan-texnika yutuqlarini hisobga olgan holda reja asosida olib borilishi zarur. Fan va texnika
taraqqiyot
i, tabiat boyliklaridan xalq manfaatlari yo‘lida samarali foydalanish, energiyaning
yangi turlarini ochish va yangi materiallar yaratish, iqlim sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish
metodlarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotda
nazariy va empirik usullar qo‘llaniladi. Nazariy tahlil orqali ilmiy adabiyotlar,
xalqaro tajribalar va me’yoriy hujjatlar o‘rganiladi. Qiyosiy tahlil dunyo tajribasini
solishtirishga yordam beradi. Empirik tadqiqot doirasida statistik tahlil orqali neft va gaz
sanoati korxonalarining resurslar sarfi va samaradorligi baholanadi. Ekspert baholash usuli
yordamida soha mutaxassislari fikrlari o‘rganilib, takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari
sanoat korxonalarida resurslardan foydalanish samaradorlig
ini oshirish bo‘yicha ilmiy
-amaliy
tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
172
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Resurs samaradorligi - bu shaxs yoki tashkilot samarali faoliyat yuritish uchun jalb
qilinishi mumkin bo‘lgan pul, materiallar, xodimlar va
boshqa aktivlarni minimal isrof qilingan
(tabiiy) resurslar xarajatlarini maksimal darajada oshirishdir. Bu Yerning cheklangan
resurslaridan barqaror foydalanish va atrof-
muhitga ta’sirni minimallashtirishni anglatadi.
Sanoat muhitida samaradorlik haqida gapirganda, samaradorlik va ishlab chiqarish uchun
mavjud resurslar va xomashyolardan samarali va sifatli foydalanishni nazarda tutamiz. Shu
sababli, yuqori darajada samaradorlikni ta’minlash uchun oqilona rejalashtirish amalga
oshirilishi kerak.
Neft va gaz sa
noati og‘ir va murakkab ish jarayonlarning ketma
-ketligidan iborat sanaladi.
Xususan neft va gaz sanoati deganda quyidagi ishlar majmui tushuniladi: qidiruv ishlari,
quduqning qurilish ishlari, qazib olish ishlari, transport orqali tashish faoliyati, neftni qayta
ishlash, neftni realizatsiya qilish, gazni qayta ishlash va uning mahsulotlarini qayta ishlash
singari ish jarayonlarini bir-
biridan ajratib bo‘lmaydi. Ushbu zanjir o‘z ichiga neft va gaz
sanoatida amalga oshiriladigan ishlarning xomashyo bazasidan mustaqil foydalana olish
imkoniyatini taqdim etish bilan birga, investitsion faoliyatda va tavakkalchilik darajasi bo‘yicha
yuqori baholangan kapitalning intensivligini tashkil etadi.
Neft va gaz sanoatining qazib olingan resurslarning qayta tiklanmasligi hamda neft-gaz
quduqdarining mahsuldorligi bo‘yicha chegaraviy joylashganligi tarmoqning asosiy
xususiyatlaridan sanaladi. Neft va gaz sanoatining ahamiyati har bir mamlakatning iqtisodiy
erkinligini ta’minlashda bosh o‘rinni egallaydi. Neft va gaz s
anoatining xomashyo bazasi sifatida
neft, gaz, uglevodorod, ko‘mir singari foydali qazilmalar sanaladi. Neft va gaz sanoati xomashyo
bazasi boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda ko‘proq daromad keltiradi. Neft va gaz
sanoatining xomashyo bazasining tarkibi jaho
n iqtisodiyotida doimiy talab yuqori bo‘lgan
resurslar sanaladi. Tabiiy resurslarning katta zahiralariga ega bo‘lgan davlatalar iqtisodiyot
nazariyasida resurs mo‘lligi paradoksi deb ataladi. Uning bu nomni olganiga sabab quyidagilar
sanaladi:
−
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarining raqobatbardoshliligi pasayishi real ayirboshlash
kursining ortishi resurs tushumlarini bilan bog‘liqligi;
−
resurslarni jahon bozorida sotishdan tushgan daromadning yuqori darajadagi
o‘zgaruvchanligi;
−
sanoat ishlab chiqaris
h tarmog‘ini rivojlantirish uchun real rag‘batlantirishning va real
ehtiyojning yo‘qligi, chunki xomashyo daromadlari hozirgi davlat tizimi va iqtisodiyotning
tuzilishi sharoitida ma’lum turg‘un turmush darajasini saqlab turishi mumkin;
−
tog‘
-kon va qish
loq xo‘jaligi xom ashyosi sotilgan holda
- kamayib boruvchi daromad va
kichik multiplikator bilan ishlab chiqarish.
Mamlakatimizda neft qazib chiqarishni 2014-2023-yillar kesimidagi statiktik
ma’lumotlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, eng past qazib ch
iqar
ish ko‘rsakichi 2019
-
yilga to‘g‘ri
kelyapti va u 698,7 ming tonnani tashkil etgan (1-rasm).
1-
rasm ma’lumotlari asosida ko‘rish mumkinki, 2014
-2019-yillarda neft qazib chiqarish
miqdori kamayib boorish tendensiyasi kuzatilgan. Bu resurslardan samarali foydalanish va
atrof muhitga neft qazib chiqarishning salbiy oqibatlarini kamaytirish bilan bog‘liq jarayon
bo‘lishi mumkin. Keyingi yillarda 2019
-2022-
yillargacha neft qazib chiqarish salmog‘i oshgan,
ko‘rsatkichlar o‘zgarmasligi yoki pasayishi kuzatilsa,
bu ehtimol bozor sharoitlari, mavjud
rezervuarlarning kamayishi, texnologik cheklovlar yoki tashqi iqtisodiy-siyosiy omillar bilan
izohlanishi mumkin. 2023-yilga kelib bu jarayon 9,6 ming tonnaga kamaygan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
173
1-rasm. Neft qazib chiqarish hajmi
(ming tonna)
Manba:
O‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif
tomonidan tayyorlandi.
Shu bilan birga aholining jon boshiga tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi ham kamayish
tendensiyasini ko‘rsatyapti. Buning
asosiy sababi yashil iqtisodiyotni joriy etish va atrof
mihitga minimal zarar yetkazish, qayt tiklanadigan energiya manbalardan keng foydalanish
natijasida bo‘lishi mumkin. Neft va gaz qazib chiqarish hajmini kamayishi bu korxonalarda
aholining iste’moli
uchun yetarli qazib olishni joriy etish va korxonalarda resurslardan samarali
foydalanish bilan bevosita bog‘liqdir (2
-rasm).
2-rasm. Aholi jon boshiga tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi
(tonna neft ekvivalenti)
Manba:
O‘zbekiston
respublikasi Prezidenti huzuridag
i Statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif
tomonidan tayyorlandi.
Aholi jon boshiga tabiiy gaz ishlab chiqairhs hajmi 2018-yilda eng yuqori 1.52 tonna neft
ekvivalenti miqdorida ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020
-yilda Covid-
19 sabali bu ko‘rsatkich
-0,34
tonna neft ekvivalenti yoki 24 %ga kamaygan. 2023-yilda 2020-yilga nisbatan 0,01 tonna neft
ekvivalenti kam qazib chiqarilgan.
Ishlab chiqarish quvvatlarining hududiy jihatdan bir maromda rivojlanishini ta’minlash,
iqtisodiyotning mutanosiblik kategoriyasini ishlab chiqarishni joylashtirish nazariyasi ishlab
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
174
chiqarish obyektlarini demografik, geografik hamda iqtisodiy omillar asosida amalga oshiriladi.
Neft va gaz sanoati mamlakatimizda asosan Qashqadaryo viloyatida
rivojlangan bo‘lib, uning
eng ma
hsuldor qazib olish maydoni Ko‘kdumalok maydoniga to‘g‘ri keladi.
Respiblikamizda neft va gazni qazib chiqarish bilan birgalikda tabiiy gazni qayta ishlash
sohasiga ham katta e’tibor berildi. 1971
-yil dekabrda Muborak gazni qayta ishlash zavodi
birinchi na
vbati ishga tushirildi. Zavod asosan xalq xo‘jaligi uchun eng arzon yoqilg‘i, tabiiy gaz
yetishtirib beradi. Zavodning dastlabki quvvati yiliga 5 mlrd. m3 gazni qayta ishlashdan
boshlangan. 1978
–
80 yillarda zavodning ikkinchi va uchinchi navbatlari ishga tushirilib,
umumiy quvvat yiliga 10 mlrd. m3ni tashkil etdi. 1984-
yil to‘rtinchi navbati ishga tushirildi va
umumiy quvvat yiliga 25 mlrd. m3ni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda umumiy quvvati yiliga 30 mlrd.
m3ni tashkil etadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi xom ashyo manbalari asosan yuqori
oltingugurtli (4,5
–5,0 %) O‘rtabuloq, Dengizko‘l–
Xauzak, Somontepa konlari va kam
oltingugurtli (0,08
–
0,3 %) Kultak, Zevarda, Pomuq, Alan gaz konlaridir. Zavodning asosiy
mahsulotlari tabiiy gaz, texnik oltingugurt, barqarorlashtirilgan kondensat va suyultirilgan gaz
hisoblanadi (Kurbanova, 2023).
Shu bilan birga quvurlar ham atrof-
muhit uchun katta xavf tug‘diradi. Neft, gaz,
kondensat, chiqindi suv, metanol va boshqa ifloslantiruvchi moddalarning dengizlar, daryolar
va
kanallarning tashish yo‘llari ostida joylashgan quvurlari bo‘ylab oqishi, ular
yuvilish,
ko‘chkilar, langarning sudralishi, chuqurlash va boshqalar natijasida mexanik shikastlanishga
eng moyil bo‘ladi. Ko‘pincha ularning namoyon bo‘lishi boshlanganidan ke
yin 12 soat yoki
undan ko‘proq vaqt o‘tgach aniqlanadi. Ifloslantiruvchi moddala
rning xavfli oqib chiqishi
ba’zan uzoq vaqt davomida sezilmay qoladi va barcha ekologik ahamiyatga ega atrof
-muhit
obyektlariga katta zarar yetkazadi.
Hozirgi vaqtda neft va neft mahsulotlarning 1,0 dan 16,5% gacha qazib olish jarayonida
uni qayta ishlash
da yo‘qoladi. Ifloslantiruvchi moddalarning 65% atmosferaga, 20% suvga,
15% esa tuproqqa kiradi. Havodagi neft organik moddalarining qariyb yarmi ishlab chiqarish
maydonlarida
joylashadi va tuproq va suv orqali tabiiy muhitga ta’sir qiladi (Yelenksiy, 2020
).
Havoning ifloslanishi inson salomatligi uchun eng jiddiy ekologik tahdidlardan biridir.
Havoning ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha chora
-
tadbirlar ko‘rish orqali mamlakatl
ar insult,
yurak kasalliklari, o‘pka saratoni va surunkali yoki o‘tkir respirato
r kasalliklar, jumladan, astma
kabi kasalliklarning yukini kamaytirishi mumkin. 2019-yilda dunyo aholisining 99 foizi
havoning ifloslanish darajasi JSST havo sifati ko‘rsatmala
ridan oshib ketgan hududlarda
yashagan. Har yili dunyo bo‘ylab 4 milliard tonnad
an ortiq xom neft qazib olinsa, neftni qazib
olish, saqlash, tashish va qayta ishlash jarayonida 50 million tonnaga yaqin neft va neft
mahsulotlari yer ostiga tushib, katta yer maydonlarining, shuningdek dengiz va okean
hududlarining floslanishiga olib keladi. Bu resurslardan samarasiz foydalanish natijasida yuz
beradi.
Neft ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini amalga oshirishda, asosiy atrof-
muhitni ifloslantiruvchi moddalar quyidagilar: neft va neft mahsulotlari, oltingugurt va
vodorod sulfidi bo
‘lgan gazlar, minerallashgan qatlamlar va neft konlari va quduqlarni
burg‘ulashning oqova suvlari, burg‘ulash loylari, neft qazib olish jarayonlarini faollashtirish
uchun ishlatiladigan kimyoviy reagentlar ishtirok etadi.
Neft konlarida havoning xavfli ifl
oslantiruvchisi birinchi navbatda mash’alada yoqilgan,
tasodifan chiqarilgan gaz bo‘lib qolmoqda. Biroq, yaqinda uning qo‘llanilishi sezilarli darajada
oshdi va hozir 80-90% ga yetadi. Gaz havoda yondirilganda uzoq vaqt tarqalmaydigan zararli
kimyoviy modd
alar hosil bo‘ladi: karbonat angidrid, azot oksidi va uglerod oksidi. Vodorod
sulfidi bo‘lgan gazning yonishi natijasida havoda zaharli birikmalar to‘planadi, ular yomg‘ir
bila
n yog‘ib, tabiiy muhitni zaharlaydi. Shuning uchun ham neft va gaz qazib chiqari
shda
resurslar samaradorligini ta’minlash va iste’moldan orticha mahsulotlarni ishlab chiqarmaslik
lozim (3-rasm).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
175
3-
rasm. Tabiiy gaz qazib chiqarish va iste’mol qilish ko‘rs
atkichi
(million m3)
Manba:
O‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif
tomonidan tayyorlandi.
3-
rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki 2011
-yildagi gaz qazib chiqarish va uning
iste’mol darajasi 2023
-
yilgiga qaraganda sezilarli darajada farq qilib kelgan ya’ni iste’mol kam
qazib chiqarish ko‘pligi sababli resurslardan samarali foydalanilmagan. 2023
-yilga kelib tabiiy
gaz qazib chiqarish va uning iste’moli deyarli bir biriga yaqin bo‘lib resurlar samara
dorligini
ta’minlash va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish orqali tabiatga zararni
kamaytirish jarayoni boshlangan.
Atmosferaga chiqarilayotgan turli zaharli moddalarning 48% dan ortigʻi, 30% qattiq
maishiy chiqindilar, 27% ifloslangan suv chi
qindilari va 70% dan ortigʻi issiqxona gazlari
umumiy hajmining
ulushiga toʻgʻri keladi. Neft mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarida
qo‘llanadigan texnologiyaga bog‘langan holatda neftdan 60 % dan 85
-90% gacha benzin olish
mumkin. Ifloslantiruvchi muhi
t, yoqilgʻi
-energetika kompleksi korxonalari katta moliyaviy
zar
ar koʻrmoqda. Mutaxassislarning fikricha, hozirgi vaqtda megapolislar suv havzalarida neft
mahsulotlari miqdori ruxsat etilgan kontsentratsiya darajasidan 9-15 baravar oshib ketgan,
qishloq jo
ylarda har yili minglab gektar yerlar toʻliq yoki eng yaxshi hol
atda qisman chiqarib
yuborilmoqda.
Emissiya va chang muammosi ham dolzarb hisoblanadi, chunki bu hodisaning natijasi gaz
va changning ko‘payishi shaklida atrof
-muhitning ifloslanishidir. Misol tariqasida, zamonaviy
voqelikda neftni qayta ishlash zavodlari faoliyati orqali atmosferaga 1050 ming tonnadan ortiq
zararli ifloslantiruvchi moddalar chiqariladi, bunda maxsus filtrlarda tutilish ulushi umumiy
hajmning 47 foizidan oshmaydi. Yoqilg‘i
-energetika korxonalarining atmosferaga
chiqindilarining asosiy tarkibi: uglevodorodlar 23%, uglerod 7,3%, oltingugurt 16,6%, azot 2%
bo‘lib atmosferaga sezilarli zarar yetkazmoqda.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Rossiya neftni qayta ishlash sanoati o‘z fao
liyati
jarayonida atmosferaga qayta ishlangan xom ashyoning 0,45
% dan ko‘prog‘ini chiqaradi, shu
bilan birga dunyoning rivojlangan va iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarida neft va gaz
qazib chiqarish shu tendensiyada amalga oshiriladi ya’ni minimal
zarar va iste’molga yetarli
mahsulot ishlab chiqairshga qat’iy
rioya qiladi. Bundan tashqari, atrof-muhitga deyarli tuzatib
bo‘lmaydigan zararni neftni qayta ishlash zavodlarining olovli qurilmalari keltirib chiqaradi,
0
10000 20000 30000 40000 50000 60000 70000
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
Tabiiy gaz iste'mol qilish
Tabiiy gaz qazib chiqarish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
176
chunki olovli pechlarda yoqilg‘ining
yonishi paytida uglerod va benzopirenning
kondensatsiyasi mahsu
loti bo‘lgan aerozol zarralari hosil bo‘ladi, buham kanserogen
uglevodorod hisoblanadi.
Mamlakatimizda sohada resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda tabiiy gaz
qazib chiqarish tizimini raqamlashtirish
–
“E
-
kon” loyihasini amalga tadbiq etish o
rqali
konlardagi yer usti tizimlari raqamlashtirilib, yer osti bilan integratsiya qilinmoqda. Ushbu
loyihani amalga oshirish orqali zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni jalb qilgan holda ishlab
chiqarish jarayonini optimallashtirish bilan tezkor qarorlarni qabul qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” AJ konlarida gaz qazib olish jarayonlarini nazorat qilish
darajasini oshiradi.
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ESG tamoyillarini amalga oshirish maqsadida ESG bo‘limi
tomonidan “Vema SA”, “Carbon Limits”, “Topsoe” va “Yokogawa” kabi xorijiy kompaniyalar
bilan birgalikda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan va
imkoniyatlar o‘rganildi. Jumladan: “Vema SA” (
Shveysariya) kompaniyasi bilan birgalikda
O‘zbekiston Respublikasi hududida metan chiqindilarini qisqartirish loyihasi bo‘yicha
shartnoma imzolandi. Loyiha doirasida Muborak NGQChBda 246 ta quduq va gazni tayyorlash
qurilmasida, 17 ta gaz yoqish mash’alala
rida va 9 ta rezervuarlarda metan emissiyalari
aniqlandi. Ushbu emissiyalarni bartaraf etib, 225 ming tonna C
O₂ ekvivalentida “Uglerod
birliklari” monetizatsiyasi imkoniyati rejalashtirildi. Har bir tonna CO₂ ekvivalent emissiya
qisqarishi 50 yevroga baholandi.
“VEMA SA” kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ama
lga oshirilayotgan loyiha
doirasida Muborak b
oshqarmasi tasarrufidagi “Ko‘kdumaloq”, “Zevarda”, “Alan” va “Pomuq”
konlarida metan emissiyalarini aniqlash bo‘yicha qurilmalarda uzoq yillardan buyon ishlatib
kelinayotgan asbob-uskunalarda tadqiqot-kuzatuvlar
ishlari o‘tkazildi va loyiha doirasida
Germa
niya emissiya savdo organi “DEHSt” standartlari asosida loyihalar amalga oshirilmoqda
4
.
Neftni qayta ishlashning ekologik muammolariga gidrosferaning neft va neft mahsulotlari
bilan ifloslanishi muammosi ham kiradi, bu esa sayyoramiz suv havzasining kichik daryolar va
suv omborlaridan Jahon okeanigacha to‘liq ifloslanish xavfini anglatadi. Xuddi shu ro‘yxatda yer
osti suvlarining neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi muammosi mavjud, chunki neftni
qayta ishlash zavodlarining oqava suvlari suv havzalariga katta miqdordagi zararli moddalarni
-
xloridlar, sulfitlar, fenollar, to‘xtatilgan qattiq moddalar, og‘ir moddalar shaklida neft
mahsulotlarini olib keladi. Metall tuzlari, azot birikmalari va boshqalar atrof-muhitga, xususan,
inson salomatligiga ta’si
r qiladi.
Ta’kidlash joizki, ulkan sunami to‘lqinlari, zilzilalar va shunga o‘xshash ko‘rinishdagi
tabiiy ofatlar tankerlarni neft mahsulotlari bilan to‘ldirishi, shuningdek, port neft omborlari va
neft bazala
rining vayron bo‘lishi bilan birga kechadi. Ha
r yili neft-
gaz majmuasida ko‘plab yirik
avariyalar ro‘y beradi, bu esa keyinchalik neftning suv havzalariga tushishi bilan katta
miqdorda to‘kilishiga, neftni qayta ishlash zavodlari ishchilarining sog‘ligiga
zarar yetkazishi,
moddiy xarajatlarni keltirib chiqaradi.
Kelajakda quyosh radiatsiyasini quyosh energiyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri aylantirishning
nisbatan arzon usullari yaratilsa bir qator mamlakatlarning isitish tizimlari uchun sarf
etiladigan energiyaning 50 foizini qoplashnishi mumkin. Neft va gaz qazib chiqarishda qayta
ishlash texnologiyalarini keng qo‘llash va chiqindilarni boshqa ishlab chiqarishlarda xom ashyo
shaklida ishlatish imkonini beradi. AQSh tajribasi shuni ko‘rsatdiki, konserva bankalarni
qayta
ishlash jarayonida alyuminiy olish boksitlardan (tabiiy konlardan) ajratib olishga nisbatan 10
barobar arzonroq ekan. Shishalarni ham qayta ishlash jarayoni uni tabiiy resurslardan ajratib
va qayta ishlash jarayoniga nisbatan ancha arzon ekan. Bundan tashqari, yuqorida misol qilib
keltirilgan jarayonlarda suv sarfi tejaladi, atrof muhitga, ayniqsa atmosfera havosiga salbiy
ta’siri kamayadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
177
Makalaturadan qog‘oz ishlab chiqarish jarayonida daraxtlardan olish jarayoniga nisbatan
atmosfera havosining ifloslanishi 73%, suvning ifloslanishi 25%, qattiq chiqindilarning hajmi
39% ga kamayadi. Bundan tashqari, makalaturadan 1 tonna qog‘ozni ishlab chiqarilishida 4.7
-
5,6 m3 hajmdagi daraxtlar va 165-200 m3 suv saqlab qolinadi yoki tejaladi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda neft va gaz sanoati korxonalari resurslaridan foydalanish
samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar o‘z
ichiga quyidagilarni oladi:
-
qazib olish, qayta ishlash va
transport jarayonlarida ilg‘or texnologiyalar (IoT, sun’iy
intellekt, avtomatlashtirish) yordamida samaradorlikni oshirish, texnik nosozliklar va energiya
sarfini kamaytirish mumkin;
-
resurslardan foydalanish jarayonlarini real vaqt rejimida monitoring qilish va
ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish orqali ishlab
chiqarish samaradorligini
maksimal darajaga yetkazish;
-
qudug‘, nasos va boshqa inshootlarning energiya samaradorligini oshirish, ishlab
chiqarish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqish orqali c
hiqindilar va isrofni kamaytirish;
-
qayta tiklanadigan energiya man
balarini qo‘llash, chiqindilarni kamaytirish va ekologik
xavfsizlikni ta’minlash orqali energiya samaradorligini oshirish;
-
resurslardan unumli foydalanishni ta’minlash uchun zamonaviy texnol
ogiyalarga va
infratuzilmaga sarmoya kiritish, strategik rejalashtirish va uzoq muddatli rivojlanish
yo‘nalishlarini belgilash;
-
ishlab chiqarish jarayonlarida atrof-
muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, chiqindilarni
boshqarish va ekologik standartlarga rio
ya qilish orqali barqaror rivojlanishni ta’minlash.
Adabiyotlar/
Литература/ Reference:
Farmon (2022). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28
-yanvardagi PF-60-son Farmoni
va uning 1-
ilovasi asosida tasdiqlangan “2022‒2026
-
yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”
Farmon (2023). O‘zbekisto
n Respublikasi Prezidentining 11-sentabrdagi PF-158-son
Farmoni va uning 1-
ilovasi asosida tasdiqlangan “O‘zbekiston –
2030” strategiyasi.
Farmon (2023). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12
-oktabrdagi PF-169-son. Manba:
https://lex.uz/docs/6633676.10
Kurbonova, U. S., Qarshiev, B. E., & Ismatov, S. S. U. (2023). O‘zbekistonda neft va tab
iiy gazni
qayta ishlash texnologiyasini vujudga kelishi va rivojlanish tarixi. Golden brain, 1(32), 108
–
114.
Retrieved from https://researchedu.org/index.php/goldenbrain/article/view/5384
Ruzieva D. (2022). “Korxona iqtisodiyoti”. O‘quv qo‘llanma, “Innovat
sion rivojlantirish
nashriyot-
matbaa uyi” nashriyoti. 166
-bet
Shadieva G.M., Sharipov T.S.va b. (2023). “Mintaqaviy iqtisodiyot”. Darslik. Toshkent, “Fan
bulog‘i” nashriyoti, 97
-bet.
Tulkinova Maftuna Anvarbek Qizi (2024) Sanoat korxonalarida resurslardan foydalanish
samaradorligini oshirish // Ejlfas. №10. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/sanoat
-
korxonalarida-resurslardan-foydalanish-samaradorligini-oshirish.
Uzakov, Z. Z., & Jumayeva, M. D. (2024). Neft va gaz sanoati korxonalari chiqindilari
tahlili. Sanoatda
Raqamli
Texnologiyalar, 2(02).
Retrieved
from
https://ojs.qmii.uz/index.php/sr/article/view/801
Vahobov Sh. V. (2021) Neft va gaz sanoatida ishlab chiqarishni resurslardan foydalanish
usullarining ilmiy-nazariy asoslari // Ekonomika i sotsium.
№11
-1 (90). URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/neft-va-gaz-sanoatida-ishlab-chi-arishni-resurslardan-
foydalanish-usullarining-ilmiy-nazariy-asoslari.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
178
Валерий Иванович Елинский, Руслан Маратович Ахмедов, & Юлия Александровна
Иванова (2020). Проблема загрязнения окружающей среды при нефтедобыче: актуальные
вопросы. Вестник Московского университета МВД России, (7), 118
-122. doi:
10.24411/2073-0454-2020-10397
Райнерт Э. (2011). Как богатые страны стали богатыми, и почему бедные страны
остаются бедными, М.: Изд. дом Гос. Ун
-
т —
Высшая школа экономики
Стрижакова Ye. и др. (2016). Показатели оценки эффективности использования
ресурсов промышленных предприятий //Транспортное машиностроение. –
№. 2 (50). –
С
.
232-243
