Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
72
AHOLI TURMUSH DARAJASI VA DINAMIKASINI STATISTIK
OʻRGANI
SH
PhD
Ilyosova Dilbar Ismoil qizi
O
‘
zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
ORCID: 0009-0006-2824-0585
ilyosovadilbar64@gmail.com
Annotatsiya
.
Ushbu maqolada aholi turmush darajasi va dinamikasini statistik
oʻrganilgan.
Mamlakatimizda aholi turmush darajasini baxolovchi asosiy yoʻnalishlarni belgilash va uning
hududlarida aholi pul d
aromadlari, ularni hosil boʻlish manbaalari statistik tahlil qilingan.
Kalit
soʻzlar:
aholi daromadlari, Djini koeffistenti,
transfert daromadlar, nafaqa,
tadbirkorlikdan olingan daromadlar, mehnat haqi,byudjet, indeksatsiya,
isteʼmol savati,
aholi
daromadlari, oziq-
ovqat isteʼmoli,
ijtimoiy toʻlovlar, modernizastiya, diversifikastiya.
СТАТИСТИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ УРОВНЯ ЖИЗНИ И
ДИНАМИКИ НАСЕЛЕНИЯ
PhD
Илёсова Дильбар Исмоил кызы
Агентство статистики при Президенте Республики Узбекистан
Институт повышения квалификации и статистических исследований
Аннотация.
В данной статье проведено статистическое исследование уровня и
динамики жизни населения. Для определения основных направлений оценки уровня жизни
населения в нашей стране и статистического анализа денежных доходов населения на ее
территориях, источников их формирования.
Ключевые слова:
доход населения, коэффициент Джини, трансфертный доход,
пособие, доход от предпринимательства,заработная плата, бюджет, индексация,
потребительская корзина, доход населения, потребление продуктов питания, социальные
выплаты,
модернизация, диверсификация.
STATISTICAL STUDY OF LIVING STANDARDS AND POPULATION DYNAMICS
Ilyosova Dilbar Ismoil kizi
Statistical Agency under the President of the Republic of Uzbekistan
Institute for Human Resource Development and Statistical Research
Abstract.
In this article, a statistical study of the level and dynamics of life of the population
is carried out. To determine the main directions for assessing the standard of living of the
population in our country and statistical analysis of the monetary incomes of the population in its
territories, the sources of their formation.
Keywords:
household income, Gini coefficient, transfer income, allowance, income from
entrepreneurship, wages, budget, indexation, consumer basket, household income, food
consumption, social benefits, modernization, diversification.
UO
‘
K: 312(575.1)
VI SON
—
IYUN, 2024
72-80
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
73
Kirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev
(2020)
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali maros
imiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining
qoʻshma majlisidagi nutqida taʼkidlaganidek: “Bizning yana bir muhim vazifamiz –
kichik biznes
va tadbirkorlik
sohasini qoʻllab
-quvvatla
sh va ragʻbatlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy
qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha
ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda,
tadbirkor nafaqat oʻzini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror boʻl
sa ham,
aytishdan hech qachon charchamayman, yaʼni «Xalq boy boʻlsa, davla
t ham boy va qudratli
boʻladi».
Prezidentimiz oʻz asarlarida mamlakatimizda mehnatni ragʻbatlantirish, ish haqin
i
koʻpaytirish va aholinig tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadla
ri
oʻsishini taʼminlashga
qaratilgan siyosatni amalga oshirish boʻyicha qoʻlga kiritilgan natijalar haqida alohida toʻxtalib
oʻtdilar.
Jamiyat aʼzolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim koʻrsatkichi
hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sogʻligʻini saqlashi, eng
zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi pul daromadlari ish haqi,
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul
tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli
qogʻozlar, koʻchmas mulk, qishloq xoʻjalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan
va har xil xizmatlar koʻrsatishidan kelib tushadigan daromadlarni oʻz ichiga oladi.
Shuning uchun bundan keyin tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilish –
davlat
siyosatiga, Prezident siyosatiga toʻsqinlik qilish, deb baholanadi. Prinstipial jihatdan
gʻoyat
muhim boʻlgan bu pozistiyamizni yana bir bor alohida taʼkidlab
o
ʻ
tishni muhim va zarur deb
hisoblayman”.
Mamlakatimizda aholini samarali muhofaza qilishga
yoʻ
naltirilgan maqsadli chora-
tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy oʻsish va bandlik sur’
atlari aholi farovonligini oshirishni
ta
’
minlamoqda.
Aholi real daromadlarinin
g oshishida asosiy omil boʻlib, makroiqtisodiy sharoitning
qulayligi, iqtisodiy oʻsishning tez surʼatlarda oshishi, inflyastiyaning sezilarli darajada
pasayganligi, iqtisodiyotd
agi tarkibiy oʻzgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning
kuchayganligi hisoblanadi.
Aholining tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlari asosan pul daromadlari va natural
shakldagi daromadlardan tashkil topadi. Bozor munosabatlari rivojlanib borgan sari aholi pul
daromadlarining salmogʻi sezilarli darajada oshib, uni
ng tarkibiy tuzilishi ham takomillashib
boradi.
Shuningdek, a
holi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal va real daromad
tushunchalaridan foydalaniladi (
Abdurahmonov, Toxirova, 2019)
.
Aholi turmush darajasiga uning pul sarf-
xarajatlari va jamgʻa
rmalari tarkibi hamda ular
oʻrtasidagi nisbat ham sezilarli darajada taʼsir koʻrsatadi. Umumiy holda aholi pul sarf
-xarajatlari
va jamgʻarmalari tarkibi tovar sotib olish va xizmatlarga toʻlovlar, majburiy toʻlov va badallar,
omonatlar, qimmatli qogʻozlar,
q
atʼiy valyuta xar
id qilish va boshqa sarf-xarajatlardan iborat
boʻladi. Yuqoridagilarni hisobga olib, bitiruv malakaviy ishi uchun dolzarb mavzu tanlangan deb
hisoblash mumkin
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida izchil olib borilgan iqtisodiy islohotlar, hususan,
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning natijasi oʻlaroq jamiyat
aʼzolarining maqomi oʻzgardi. Jumladan, tadbirkorlik, fermerlar va ijarachilarda
n iborat yangi
ijtimoiy guruh hamda, ilgari ham mavjud boʻlgan ishchi va xizma
tchilarni tashkil etmoqda.
Bunday ijtimoiy guruhlanish oilalar daromadining farqlanishiga olib keldi. Chunki, bu guruhga
mansub oilalarning daromad olish manbalari turlicha
(
Abdurahmonov, Toxirova, 2019).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
74
Masalan, ishchi va xizmatchilar oilasi daromadi asosan mehnat daromadlaridan tashkil
topsa, dehqon oilasi qishloq xoʻjalik maxsulotlarini etishtirib sotish va natura shaklidagi
daromadlardan, pensionerlar oilasi daromadi esa, pe
nsiya va ijtimoiy toʻlavlardan iborat boʻlib,
ularning turmush tarzi shu daromad
larning miqdoriga bogʻliq boʻlib qolmoqda va nihoyat
tadbirkorlar oilasining daromadlari tadbirkorlik faoliyatidan, mulkni ijaraga berish, qishloq
xoʻjalik maxsulotlarini sotis
hdan va turli hil xizmatlardan olinadi. Hozirgi kunda ham
Respublikamiz oilalarining ijtimoiy guruhlanishi izchil davom etmoqda. Mavjud ijtimoiy
guruhlar yangi guruhga tadbirkorlar toifasiga kirib, turli hil mulkdorlar qatlamlari
shakllanayotganligidan dalolat bermoqda.
Oʻtish davrining dastlabki yillarida aholi real daromadlarini
mamlakat miqyosida pasayib
ketishi barcha ijtimoiy guruhlarga xos edi. Keyingi yillarda
(
Abdurahmonov, Toxirova, 2019)
xususiy mulk asosida tadbirkorlikni rivojlantirish natijasi
da oila daromadlarining oʻsishi
kuzatilmoqda. Biroq bu oʻsish turli sohalarda
ba
nd boʻlganlarning daromadlari oʻrtasida
tengsizlikni keltirib chiqdi. Bugungi ku
nda kambagʻal, kam taʼminlangan, oʻrta taʼminlangan,
yuqori taʼminlangan va boy oilalar toifalar
i vujudga keldi
(Gʻoyibnazarov
, Matkarimova, 2016).
Bozor munosabatlariga oʻti
sh, boshqa mamlakatlar tajriba
si koʻrsatayotganidek, oson,
chigalsiz, iqtisodiy qiyinchiliklarsiz kechmas ekan. Bu borada, mustaqillik yillarida aholini
ijtimoiy himoyalash yaxsh
i yoʻlga qoʻyildi. Davlat muhtoj oilalarga mustaqillikning birinchi
yilidan boshlab faol yordam bermoqda. Avvalo jamiyat haddan tashqari boylarga va haddan
tash
qari kambagʻallarga ajralib ketishiga yoʻl qoʻyilmayapti. Aholining eng kam daromadli
tabaqalari
—
bolalar, nogironlar, nafaqaxoʻrlar, yolgʻiz qariyalar uchun zarur moddiy koʻ
mak va
ijtimoiy yordam koʻrsatib kelinmoqda. Manzilli ijtimoiy himoyaga kirishildi. Fuqarolarga oʻzini
-
oʻzi boshqarish organlari
-mahalla orqali moddiy madad berila boshlandi. Mahalla hozir xalq
ishonchini qozongan adolat maskani hamda aholini ijtimoiy qoʻ
llab-
quvvatlash mehanizmi boʻlib
qolmoqda.
Iqtisodiy rivojlanishi uchun avvalambor jamiyatni ijtimoiy barqarorligini taʼminlash zarur.
Ijtimoiy barqarorlik esa davlatning ijtimoiy siyosati orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy
barqarorlikni taʼminlashning tu
rl
i xil yoʻllari mavjud, ulardan:
Birinchisi, mehnat taqsimoti hisobiga olinadigan aholining shaxsiy daromadlarini
koʻpaytirish yoʻli bilan ijtimoiy rivojlanishini taʼminlash. Bu
ning uchun ishlab chiqarishga
qoʻshimcha kapital jalb etish orqali ishlab chiq
ar
ishni toʻla quvvat bilan ishlashini taʼminlash,
ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, qoʻshimcha ishchi oʻrinlarini kuchaytirish, mehnat
unumdorligini oshirishdir. Bu yoʻl bilan ijtimoiy barqarorlikni darxol tashkil qilib boʻlmaydi,
chunki bularni taʼmi
nlash uchun katta midorda investistiya talab etiladi va uning natijalarini
uzoq mu
ddat kutishga toʻgʻri keladi.
Ikkinchi yoʻli, ayrim tovar va xizmatlarni sotib olishga imtiyozl
ar berish, aholining ayrim
qatlamlarini ijtimoiy taʼminotini tashkil etish va
ij
timoiy sugʻurta hamda aholining ayrim
qatlamlariga soliq toʻlovlaridan imtiyozla
r berish orqali ijtimoiy barqarorlikni tashkil etishdir.
Uchinchi yoʻli esa, Birlashgaan Millatl
ar Tashkilotining mashhur hujatlarida qayd
etilishicha, qashshoqlikka qarshi kurashishda, kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda maqsadli
moliyaviy yordam berish katta ahamiyat kasb etadi. Bu yordam ijtimoiy ishlab chiqarish
chiqarish infratuzilmasiga, oil
aviy va kichik tadbirkorlikni qoʻllab
-
quvvatlashga yoʻnaltirilgan
boʻlishi loz
im
23
. Aynan kichik biznes kishilarni ish bilan band etadi, ularni kambagʻallikdan,
nochorlikdan chiqara oladi. Bizningcha, bu muammolarning echimi oʻtish davri amal qilib turgan
barcha mamlakatlar uchun ham dolzarb muammo xisoblanadi (Abdurahmonov, 2021).
Oʻ
zb
ekiston oʻzining rivojlanish yoʻlini belgilar ekan, taraqqiyotning besh tamoyilidan
birini-kuchli ijtimoiy himoya deb belgilandi. Chunki, busiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga
oʻtishda, jamiyatda fuqarolar orasida katta tafovut vujudga kelishi, mehn
at
ga layoqatsizlar, koʻp
bolali oilalar mushkul ahvolga tushib qolishi mumkin edi.
23
Материалы семинара по вопросом инновационной культуры. ЮНЕСКО. Париж, 28 феврал
-
1 март 2006 г.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
75
Aholi turmush darajasini aniqlash uchun BMT tomonidan tavsiya etilgan Inson Potenstial
Taraqqiy Indeksi (IPTI) oʻlchamini qoʻllash bizning statistikada ham ishlatilmoqda. I
PTI inson
hayoti mazmunini tashkil etadigan eng muhim va hal qiluvchi koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi.
Har bir koʻrsatkich ball bilan ifodalanadi. Bu koʻrsatkichlar quyidagilardan iborat: aholi jon
boshiga real yalpi ichki maxsulot indeksi; kutilayotgan um
r davomiyligi indeksi; taʼlim darajasi
indeksi. Shu koʻrsatkichlardan xulosa tariqasida inson potenstial taraqqiyoti indeksi belgilanadi.
YaIM darajasi indeksidan tashqari barcha boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha Oʻzbekiston rivojlangan
davlatlar qatoridan
oʻ
rin olgan (Soatov, Nabiyev, Ayubjonov, 2019).
Statistik amaliyotda aholini daromadlar boʻyicha tabaqalanishini ifodalavchi koʻrsatkich
sifatida Djini koeffistentidan foydalaniladi. Bunda aholining barcha pul mablagʻlari uning alohida
guruhlarida taqsimlan
adi. Uning ulushi 0 va 1 oraligʻida boʻladi. Daromadlar teng
taqsimlanganda koeffistent 0ga yaqinlashadi. Agar, aksincha 1ga yaqinlashsa, jamiyatda
daromadlarning teng taqsimlanmaganligini bildiradi.
Djini koeffistentining (
Суринов
, 2009) matematik ifodas
i quyidagi koʻrinishga ega.
2
(
)
2
n
n
i
j
i
j
G
n y
y
y
−
=
Bu erda, n-
uy xoʻjaliklari soni;
y
j
-
oʻrtacha daromad;
y
i
–
uy xoʻjaligi daromadi.
Bugungi kunda bozor qonuniyatlarini tez ilgʻab olgan oilalar tadbirkorlik faoliyati bilan
shugʻullanib oʻz
daromadla
rini keskin koʻpaytirishlari mumkin. Faqat mehnat haqi olish va turli
hil ijtimoiy toʻlovlar olish bilan cheklanib qolgan oilalarning yashash tarzi nisbatan past darajada
qolmoqda. Bu jarayon bevosita uy xoʻjaligi daromadlarining farqlanishiga oli
b keluvchi asosiy
omillarni biri xisoblanadi. Lekin shu bilan birga jamiyatimizda oʻta boylar ham, oʻta kambagʻallar
ham boʻlmasligi kerak. Bu muammo mamlakatimizning har bir hududi uchun ham oʻta muhimdir.
Zero, bozor munosabatlarini shakllantirish koʻp k
orxonalar
ning toʻxtab qolishiga yangi ish
oʻrinlarini ochishning imkoniyati chegaralanishiga, mablagʻlarining etishmasligiga olib keldi. Bu
esa oʻz navbatida oila daromadlariga ham maʼlum darajada taʼsir qilmasdan qolmaydi
(Ayubjonov, 2021).
Adabiyotlar sharhi.
Mamlakat aholisi turmush darajasini baholash va bu boradagi izlanishlar XX asrning 20-
yillarida boshlanib, bu borada V.I. Rutgayzer, V.N.Salin,, V.F. Mayer., N.I. Buzlyakov va boshqalar
ilmiy izlanishlar olib borgan. Ularning ilmiy izlanishlarida aholi turmu
sh darajasi oʻz
mamlakatlari aholisini turmush tarzi, ishlab chiqaruvchi kuchlarining joylashuvi hamda
rivojlanishini hisobga olib, ilmiy tadqiq etilgan. Bularning barchasi aholi turmush darajasini
oʻrganish sohasida boʻlayotgan izlanish suʼratlariga, koʻr
satkichlar tizimini ishlab chiqishga
ijobiy taʼsirini koʻrsatdi (
Rutgayzer, 2007; Salin, 2007).
Aholi turmush darajasini baholash muammolarini mahalliy olimlardan Soatov (2003),
Abdullaev (1998), Abdurahmonov (2016)
, Gʻoyibnazarov
(2016)
, va boshqalar oʻz
asarlarida
keng bayon etganlar.
Rutgayzer (2007)
Aholining pul daromadlarini tahlil qilish oʻz
-
oʻzidan ularning moddiy
neʼmatlar va xizmatlardan foydalanish darajasi, pul jamgʻarmalari koʻrsatkichlari bilan oʻzaro
aloqasini nazarda tutadi va bularga qila
digan xarajatlarini ham statistiq oʻrganishni talab etadi.
Bu tahlilni mukammallashtirish vazifasi aholi yoki oilaning turli maqsadlari uchun qilgan
xarajatlarini asosli ravishda ilmiy oʻrganishni talab etadi.
Salin, (2019)
“Aholi turmush darajasi”
- bu ah
olining isteʼmolini qondirilishining moddiy
imkoniyatlarini xarakterlaydi. U oʻz ichiga ijtimoiy hayotni turli ijtimoiy jihatlarini: mehnat
sharoiti, aholi daromadlari va xarajatlari darajasi va tuzilmasi, boʻsh vaq
tdan foydalanish,
sogʻliqni saqlash, madaniyat, sanʼat va boshqalarning rivojlanish darajasini oʻz ichiga oladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
76
Ijtimoiy hayotni bu ijtimoiy tomonlarini miqdoriy tavsiflash ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar
yordamida amalga oshiriladi hamda aholi turmush darajasi va ijtimoiy rivojlanishini statistik
oʻrganish predmeti hisoblanadi” deb taʼriflaydi.
Aholi turmush darajasini baholash muammolarini mahalliy olimlardan
Oʻzbek milliy statistikasini ham nazariy ham amaliy tomondan shakllanishida ilmiy
-uslubiy
manb
a boʻlib xizmat qilgan prof. Soatov (2003) tahriri ostida chop etilgan “Statistika
asoslari”
darsligida mualliflar “Aholi turmush darajasi –
bu sotsial-
iqtisodiy kategoriya boʻlib, u
kishilarning moddiy va madaniy maishiy ehtiyoji qondirilishi hamda sotsial turmush
sharoitining yaxshilanib borish
i kabi tushunchalarni oʻz ichiga oladi” deb taʼrif berishgan.
Abdullaev (1998)
taʼkidlaganlaridek,
Aholi daromadlari
—
bu oila aʼzolari tomonidan
muayyan davrda olingan pul va natural koʻrinishdagi mablagʻlar qiymati yigʻindisini ifodalaydi.
Har doim talabda-ehtiyojlar darajasi va tarkibi ortib, uning daromadlari miqdoriga bevosita
bogʻliq ravishda taʼsir koʻrsatadi.
Abdurahmonov (2016)
aholining turmush darajasiga quyidagicha taʼrif bergan: “Turmus
h
darajasi deganda, aholining zaruriy moddiy va nomoddi
y neʼmatlar va xizmatlar bilan
taʼminlanganlik darajasi, ularni isteʼmol qilish darajasi tushuniladi”.
Ushbu yoʻnalishdagi mavjud muammolarni aniqlash borasida respublikamizning turli
davlat organlari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari,
respublikamizda barqaror sarmoya koʻlamini yaratish maqsadida, xamda respublikamizaholisi
turmush darajasini yaxshilash boʻyicha xamkorlik doirasida turli xalqaro tashkilotlar
mutaxas
sislari tomonidan keng koʻlamda samarali ilmiy izlanish
lar va tadqiqotlar olib borilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot jarayonida ilmiy tahlilning umumiy uslublari, shuningdek, maxsus statistik
uslublar: tanlanma kuzatish, anketa orqali tekshirish, statistik guruhlash, iqtisodiy indekslar,
dinamika qatorlari, korrelyatsion-regretsion tahlil va boshqa usullardan keng foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Aholining umumiy daromadlari doimiy yoki takrorlanuvchi xususiyatga ega boʻlgan, yillik
yoki undan kam vaqt oraligʻidagi davrda, uy xoʻjaligi yoki uning alohida aʼzolariga tushadigan pul
va natura shaklidagi tushumlardan tashkil topadi.
1-jadval
Aholining umumiy daromadlari tarkibi
24
2023yil
trln. soʻm
Umumiy daromadlar
728,8
Aholining umumiy daromadlari nominal oʻsish surʼati
115,0 %
Ahol
ining umumiy daromadlari real oʻsish surʼati
104,6 %
Ushbu jadvalda dastlabki maʼlumotlar boʻyicha, 2023
-yilni
ng yanvardekabr holatiga koʻra,
aholining umumiy daromadla
ri 728,8 trln. soʻmni tashkil etdi. Aholi daromadlari boʻyicha real
oʻsish surʼatlarini hisoblashda narx omillari taʼsirini chiqa
rib tashlash maqsadida, inflyatsiya
koʻrsatkichlarining asosiy turla
ridan biri
–
isteʼmol narxlari indeksi (INI)dan foydalaniladi.
Isteʼmol narxlarining oʻzgarishi sababli oʻtgan yilning mos davriga nisbatan aho
li umumiy
daromadlarining real oʻsish surʼati
104,6 % ni tashkil etdi.
24
Davlat statistika agentligi rasmiy veb-sayti:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
77
2-jadval
Aholi jon boshiga umumiy daromadlar
25
2023yil
mln. soʻm
Aholi jon boshiga umumiy daromadlar
20,0 mln. soʻm
Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning nominal oʻsish surʼati
112,6 %
Aholi jon boshiga umumiy
daromadlarning real oʻsish surʼati
102,4 %
1-
rasm. Hududlar boʻyicha ahol
i jon boshiga umumiy daromadlar hajmi
26
Ushbu rasm maʼlumotlaga koʻra 2023
-yilning yanvar-dekabr oylarida, aholi jon boshiga
umumiy daromadlar hajmida Toshkent shahrida (44
427,9 ming soʻm) hamda Navoiy (31 445,6
ming soʻm), Buxoro (23 480,3 ming soʻm) va
Toshkent (20 730,2 ming soʻm) va Xorazm (20 076,6
ming soʻm) viloyatlarida oʻrtacha respublika darajasidan yuqori koʻrsatkichlar qayd etilganl
igi
kuzatildi
Aholi jon boshiga
umumiy daromadlar hajmining eng quyi koʻrsatkichlari Qoraqalpogʻiston
Respublikas
ida (14 570,7 ming soʻm), Namangan viloyati (15 070,6 ming soʻm) va Fargʻona (15
7
16,5 ming soʻm) viloyatlarida qayd etildi.
Aholining r
еа
l umumiy daromadlari
–
aholining nominal umumiy daromadlarini tegishli
davr uchun isteʼmol narxlari indeksiga boʻlish yoʻli bilan hisoblanadi.
2023-yilning yanvar-
dekabr holatiga koʻra aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real oʻsishi
102,4 %
ni tashkil
etdi
. Xuddi shu koʻrsatkich 2022
-yilning yanvar-dekabr holatiga
107,3 %
ni tashkil etgan.
Aholi jon boshiga umumiy da
romadlarning eng yuqori real oʻsishi Toshkent shahri (
7,6 %)
Navoiy (
5,7 %
), Sirdaryo (
4,4 %
)
,
А
ndijon (
4,4 %
) va Jizzax (
4,3 %
) viloyatlarida kuzatildi. Shu
bilan birga Xorazm (
-6,4 %
), Surxondaryo (
-0,8 %
), Samarqand (
-0,5 %
), Buxoro (
-0,4 %
),
Namangan (
-0,3 %
) viloyatlarida aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real oʻsish surʼatlari
pasayishi qayd etildi
25
Davlat statistika agentligi rasmiy veb-sayti:
26
Davlat statistika agentligi rasmiy veb-sayti:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
78
2-rasm. Aholining umumiy daromadlari tarkibi
27
(2023-yilning yanvar-
dekabr oylari boʻyicha)
Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli daraja
da oʻsishi asosan
umumiy
daromadlar tarkibida
29,7 %
ulushga ega boʻlgan yollanma ishchilarning
daromadlari va
34,3
%
ulushga ega mustaqil ravishda band
boʻlishdan olingan
daromadlar hamda
26,7 %
ni tashkil
etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning se
zilarli oʻzgarishi hisobiga yuzaga kelgan.
Hududlar boʻyicha aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan
olingan daromadlar
(yollanib ishlovchilarning ish haqi va mustaqil ravishda band
boʻlishdan olingan
daromadlar)ning eng yuqori ulushi Navoiy (
79,5 %
), Toshkent (
75,2 %
), Jizzax (
75,0 %
),
Sirdaryo (
67,3 %
) va Buxoro (
67,2 %
) viloyatlarida
kuzatildi. Aksincha, Samarqand, Fargʻona va
Xorazm vilo
yatlarida oʻrtacha respublika darajasidan past koʻrsatkichni tashkil etdi.
3-rasm. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar
28
Aholining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar
(yollanma ishchilar va mustaqil ravishda
band boʻlishdan olingan daromadlar) sezilarli ulushni
tashkil etdi.
2023-yilning yanvar-
dekabr oylari maʼlumotlariga koʻra, mehnat faoliyatidan olingan
daromadlarning umumiy daromadlar tarkibidagi ulushi
64,0 %
ni tashkil etdi.
27
Davlat statistika agentligi rasmiy veb-sayti:
28
Davlat statistika agentligi rasmiy veb-sayti:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
79
4-rasm. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning umumiy
daromadlar tarkibidagi ulushi
29
Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning
nominal oʻsish surʼati 2022
-yilning mos
davriga nisbatan
119,8 %
ni tashkil etdi hamda aholi umumiy daromadlari nominal hajmining
12,1 %
ga oʻ
sishi
ni taʼminladi.
5-rasm.
Yollanma ishchilar daromadlarining oʻsish surʼati
30
Joriy davrda yollanma ishchil
ar daromadlarining oʻsish surʼati
119,9 %
ni
tashkil etib, aholi umumiy daromadlari nominal hajmining
5,7 %
ga oʻsishini
taʼminladi.
6-rasm.
Mustaqil ravishda band boʻlishdan olingan daromadlarning oʻsish surʼati
31
29
Davlat statistika agentligi rasmiy veb-sayti:
30
Davlat statistika agentligi rasmiy veb-sayti:
31
Davlat statistika agentligi rasmiy veb-sayti:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
80
Joriy davrda mustaqil ravishda band b
oʻlishdan olingan daromadlarning oʻsish surʼati
119,7 %
ni tashkil etib, aholi umumiy daromadlari nominal hajmining
6,5 %
ga oʻsishini
taʼminla
di.
2023-yilning yanvar-dekabr oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida mustaqil
ravishda band boʻlishdan
olingan daromadlar
34,3 %
ni tashkil qildi.
Xulosa va takliflar.
Аholini turmush darajasini oʼrganish oila hayoti bilan bogʼliq boʼlgan barch
a
operatsiyal
arni oʼz ichiga oladi. Bundan koʼrinadiki, aholini turmush darajasini oʼrganish,
statistik baholash
murakkab boʼlib, maxsus statistik usullardan: uy xoʼjaligi byudjetini tekshirish,
aholini pul daromadlari va xarajatlari balansidan foydalanib olib boriladi.
Аholini ijtimoiy himoyalash aniq va maqsadli yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak. Аholining turli
qatlamlariga alohida-alohida yondashish-
yangi ijtimoiy himoyalash tizimining oʼziga xos
xususiyati boʼlib qolmogʼi lozim.
Аholiga ijtimoiy yordam koʼ
rsatishda mahalliy xokimiyat va boshqaruv organlarining
huquqlari ham kengaytirilishi lozim. Bu:
-odamlarning ku
ch va qobiliyatlari toʼla
-
toʼkis faolashuvini taʼminlashga qodir boʼlgan
kuchli mexanizmni vujudga keltirish (har bir kishining iqtisodiy erkinligini shakllantirish);
-
aholining daromadlariga va turmush darajasida asossiz farqlarga yoʼl qoʼymaslik,
jamiyat
da ijtimoiy barqarorlikni taʼminlaydigan qatlamlarni shakllantirish;
-qashshoqlikka qarshi kurash, eng muxtoj aholi qatlamining davlat tomonida
n qoʼllab
-
quvvatlanishni kuchaytirish, demakdir.
Oʻzbekistonda oʻziga xos mahalla instituti orqali amalga oshiril
ayotgan maqsadli ijtimoiy
taʼminot tizimi, garchi ayrim kamchiliklarga ega boʻlsada, boshqa har qanday tizim bilan
solishtirganda yuqori samara
dorlikni koʻrsatmoqda. Ushbu tizimning uzluksiz monitoringini
oʻtkazish va uning samaradorligini oshirish uchun mos keluvchi zarur oʻzgartirishlarni kiritish
zarur.
Oʻzbekiston uchun makrodarajada eng muhim strategik vazifa iqtisodiy oʻsish si
fatini
oshirishning texnologik modernizastiyalash, xalqaro raqobatbardoshlikning ortishi,
iqtisodiyotning diversifikastiyalanishi va mamlakatni eksport tovarlari va xizmatlari keng
doirasi texnologik rivojlangan ishlab chiqaruvchisiga aylantirish hisoblanadi. Bu samarali
bandlikni oshirish va shu tariqa aholi farovonligini yaxshilash uchun imkoniyatlarni
kengaytiradi.
Adabiyotla
r/ Литература/ Reference:
Abdullaev Yo.A., (1998) Makroiqtisodiy statistika. 100 savol va javob. 382 b.
Abdurahmonov A. (2021) Aholi statistikasi. Oʻquv qoʻllanma Darslik. –
T.: Iqtisodiyot, 299 b.
Abdurahmonov Q.X. (2016) Mehnat iqtisodiyoti (nazariya
va amaliyoti) Oliy oʻquv yurtlari
uchun darslik.
–
T.: Mehnat, -610 b.2016y.
Abdurahmonov Q.X., Toxirova X.T. (2019) Aholini ijtimoiy muhofaza qilish /Oʻquv. qoʻl. TDIU,
232 b.
Ayubjonov A.H. (2021) Statistika nazariyasi, Oʻquv qoʻllanma –
T: Iqtisodiyot, 340 b.
Gʻoyibnazarov B.K. Matkarimova I.A., (2016) Milliy hisoblar tizimidagi tarkibiy oʻzgarishlar
300 b.
Mirziyoyev Sh.M. (2020)
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Оliy
Majlisga Murijaatnomasi” Xalq soʻzi, 30 dekabr, №271
-272.
Rutgayzer V.A. (2007) “Оценка стоимости бизнеса”Учебное пособие4 48 b.
Salin V.N. (2019) “Статистика уровни жизни населения” (Bakalavriat, Magisratura)
Учебное пособие 189 b.
Soatov N.M. (2003
) “Statistika asoslari” darsli
k 743 b.
Soatov N.M.Nabiyev X.,Ayubjonov A., (2019) Statistika. Darslik.
–
T.:Iqtisodiyot,
–
543 b.
Суринов А. (2009) Доходы населения. М «Финансы и статистика» 247
-
б.
