QISHLOQ XO‘JALIGI MOLIYALASHTIRISHDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Annotasiya

Maqolada qishloq xo‘jaligi moliyalashtirishdagi muammolar va yechimlar boʻyicha dunyoning yetakchi olimlari fikrlari oʻrganilgan, qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishdagi mavjud muammolar va yechimlari tavsiflangan, qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlar TOP 7 ligining qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda muammolari va ularning yechimlari tahlil qilingan hamda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi moliyalashtirishdagi muammolarni yechish bo‘yicha asoslantirilgan xulosa va takliflar berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Alikulov , M. (2025). QISHLOQ XO‘JALIGI MOLIYALASHTIRISHDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR . Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 3(1), 23–30. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/65469
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada qishloq xo‘jaligi moliyalashtirishdagi muammolar va yechimlar boʻyicha dunyoning yetakchi olimlari fikrlari oʻrganilgan, qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishdagi mavjud muammolar va yechimlari tavsiflangan, qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlar TOP 7 ligining qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda muammolari va ularning yechimlari tahlil qilingan hamda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi moliyalashtirishdagi muammolarni yechish bo‘yicha asoslantirilgan xulosa va takliflar berilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

23


QISHLOQ XO‘JALIGI MOLIYALASHTIRISHDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

PhD, dots.

Alikulov Mekhmonali Salakhiddin ugli

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0000-0001-5981-885X

mehmonali1992@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada qishloq xo‘jaligi moliyalashtirishdagi muammolar va yechimlar

boʻyicha dunyoning yetakchi olimlari fikrlari oʻrganilgan, qishloq xo‘jaligini

moliyalashtirishdagi

mavjud muammolar va yechimlari tavsiflangan, qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlar TOP 7

ligining qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda muammolari va ularning yechimlari tahlil qilingan

hamda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi moliy

alasht

irishdagi muammolarni yechish bo‘yicha

asoslantirilgan xulosa va takliflar berilgan.

Kalit soʻzlar:

qishloq xo‘jaligi, moliyalashtirish, kredit, investitsiya, moliyaviy barqarorlik,

subsidiya, moliyaviy savodxonlik, imtiyozli kreditlash, sug‘urta, innovatsion texnologiya, xalqaro

moliyaviy institutlar.

ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ В СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОМ ФИНАНСИРОВАНИИ

к.э.н., доц.

Аликулов Мехмонали Салахиддин yгли

Ташкентский

государственный экономический университет

Аннотация.

В статье рассматриваются взгляды ведущих ученых мира на

проблемы и пути их решения в сельскохозяйственном финансировании, описываются
существующие проблемы и пути их решения в сельскохозяйственном финансировании,

анализируются проблемы и пути их решения в сельскохозяйственном финансировании в

7 странах с развитым сельским хозяйством, а также обсуждается развитие

сельскохозяйственного финансирования в нашей стране. Даны обоснованные выводы и
предложения по решению проблем в сельскохозяйственном финансировании.

Ключевые слова:

сельское хозяйство, финансирование, кредит, инвестиции,

финансовая стабильность, субсидии, финансовая

грамотность, льготное кредитование,

страхование, инновационные технологии, международные финансовые институты.

PROBLEMS AND SOLUTIONS IN AGRICULTURAL FINANCING

PhD, assoc. prof.

Alikulov Mekhmonali Salakhiddin ugli

Tashkent State University of Economics

Abstract.

The article studies the views of leading world scientists on problems and solutions in

agricultural financing, describes existing problems and solutions in agricultural financing, analyzes
the problems and solutions in agricultural financing in the top 7 most developed agricultural

countries, and provides substantiated conclusions and proposals for solving problems in agricultural

financing in our country.

Keywords:

agriculture, financing, credit, investment, financial stability, subsidies, financial

literacy, preferential lending, insurance, innovative technology, international financial institutions.

UO

K: 336.02

I SON - YANVAR, 2025

23-30

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

24

Kirish.

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning asosiy

tarmoqlaridan biri sifatida nafaqat oziq-ovqat

xavfsizligini ta’minlash, balki millionlab odamlar bandligini ta’minlash va eksport salohiyatini

oshirishda ham muhim ahamiyatga ega. Bu sohaning barqaror rivojlanishi nafaqat mamlakat

iqtisodiyoti, balki uning ijtimoiy-iqtisodiy holati uchun ham strategik ahamiyat kasb etadi. Shu

sababli, qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish masalasi har doim dolzarb hisoblanib, uning to‘g‘ri

yo‘lga qo‘yilishi ushbu sektorda yuqori samaradorlikka erishishning asosiy shartlarid

an biri

bo‘lib kelmoqda.

Moliyalashtirishdagi bunday muammolar qishloq xo‘jaligining raqobatba

rdoshligi va

samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Xususan, kreditlarning yuqori foiz stavkalari, uzoq muddatli

investitsiyalarning kamligi, zamonaviy

texnologiyalarni xarid qilish uchun mablag‘ yetishmovchiligi

fermer xo‘jaliklarining mahsuldorligini pa

saytiradi va bozor talablari bilan raqobatlashuvini cheklaydi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligidagi kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun moliyaviy resur

slarga

yetishish imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, bu ularning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

. Bu

masala ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar va qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoqlardan biri bo‘lgan

mamlakatlar uchun dolzarbdir.

Qishloq xo‘jaligini

samarali moliyalashtirish masalasini hal qilish uchun mavjud muammolarga

kompleks yondashuv talab etila

di. Bu, bir tomondan, davlat tomonidan fermerlarni qo‘llab

-quvvatlash

mexanizmlarini kuchaytirishni, ikkinchi tomondan esa xususiy sektorni jalb qilish orqali
moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutadi. Bunda subsidiyalar, grantlar, imtiyozli

kreditlar, sug‘urta tizimlarini joriy etish va rivojlantirish, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlar bilan

hamkorlikni kuchaytirish kabi chora

larga alohida e’tibor qaratish lozim.

Ushbu mavzu bo‘yicha tahlil qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish tizimidagi mavjud to‘siqlarni

aniqlash va samarali yechimlar ishlab chiqish orqali bu sohaning barqaror rivojlanishiga hissa

qo‘shishga

qaratilgan. Shuningdek, ushbu masala nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham keng

ko‘lamli ahamiyatga ega bo‘lib,

qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash va jamiyatda oziq-

ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Adabiyotlar sharhi.

Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil etish jarayonida

qishloq xo‘jaligi moliyalashtirishdagi

muammolar va yechimlar bo’yic

ha dunyoning bir qancha yetakchi iqtisodchi olim va

mutaxassislar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan bo’lib. Ulardan,

Qosimov (2020)

tomonidan “Qishloq xo‘jaligida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun davlat

subsidiyalarining adolatli taqsimlanishi, fermerlarning moliyaviy savodxonligini oshirish va

imtiyozli kreditlash tizimini rivojlantirish zarurligi” takidlangan.

Xoliqov (2018)

o’z darsligida “Qishloq xo‘jaligidagi asosiy muammolardan biri –

resurslarning notekis taqsimlanishi va kichik ferm

er xo‘jaliklarining moliyalashtirish

imkoniyatlaridan chetda qolishidir. Buning uchun davlat tomonidan kichik xo‘jaliklar uchun

maxsus m

oliyalashtirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish taklif etiladi” takidlagan.

Karimov (2019)

o’z ilmiy ishlarida “Sug‘urta tiz

imining rivojlanmaganligi va moliyaviy

vositalarning chegaralanganligi qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda.

Sug‘urta tizimini modernizatsiya qilish va fermerlarga moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish

kerakligini

takidlagan.

Pingali (2007)

, (FAO eksperti) o’z ilmiy ishlarida “Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda

uzoq muddatli kreditlashning rivojla

nmaganligi va iqlim o‘zgarishiga moslashgan moliyaviy

mexanizmlarning cheklanganligi asosiy muammolar hisoblanadi” kabi fikrlarni bi

ldirgan.

Morduch (1999)

, tomonidan “Kichik fermer xo‘jaliklarining barqarorligini oshirish uchun

mikro-moliyalashtirish dasturlarini rivojlantirish zarur. Ushbu dasturlar kichik fermerlarga

garov talab qilmasdan moliyaviy yordam berish imkonini yaratadi” t

akidlagan.

Binswanger and Deininger (1997)

o’zining tadqiqotlarida “Qishloq xo‘jaligida yer va

kredit bozorlarini isloh qilish orqali moliyalashtirish mexanizmlarini yaxshilash mumkin. Yer


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

25

egalik huquqlarining mustahkamlanishi fermerlarning moliyaviy barqarorligini oshirishga

xizmat qiladi” deb takidlaydilar.

Zander va Drucker (2008)

o’zining tadqiqotlarida “Ekologik qishloq xo‘jaligini

moliyalashtirish muhim bo‘lib, uglerod chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan dasturlarni

moliyaviy rag‘batlantirish lozim” deb takidlaydilar.

Jabborov (2021)

qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda moliyaviy resurslarni samarali

taqsimlash va mo

liyaviy yordamlardan foydalanishga urg‘u beradi. Uning fikricha, qishloq

xo‘jaligi tarmoqlaridagi muammolarni hal qilish uchun ferme

rlarga nisbatan moliyaviy

yordamlarning samarali taqsimlanishi muhim ahamiyatga ega. Jabborov moliyaviy
yordamlarning maqsad

li va shaklli joylashuvini ta’minlash zarurligini ta’kidlaydi.

Sokolova (2022)

“qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishdagi davlatning o‘zgarib boradigan

o‘rni va xususiy sektor bilan hamkorlikdagi imkoniyatlarga e’tibor qaratmoqda. Uning fikricha,

moliyalashtirish usullarini rivojlantirish uchun xususiy investisiyalar va kreditlar muhim

ahamiyatga ega, chunki davlatning o‘z yordami faqat

bir vaqtning o‘zida faoliyat ko‘rsatadi,

ammo yangi muammolarni hal qilish uchun xususiy sektorning qatnashishini samarali shaklda

tashkil qilish zarur”.

Albatta yuqoridagi olimlarning qarshlari zamon va makondan kelib chiqqan holda

berilgan va o’z davrida dolzarblik kasb etgan. Lekin, ba’zi qarashlar bugungi kunga kelib ham

o’z yechimini topmaganini ko’rishimiz mumkin.

Tаdqi

qot metodologiyasi.

Qishloq xo‘jaligi moliyalashtirishdagi muammolar va yechimlar

bo’yicha dunyo olimlari

tomonidan olib borilayotga

n tadqiqodlarni tahlil qilish, mavzu yuzasidan barcha maʼlumotlarni

to’plash, solishtirish, mantiqiy fikrlash kabi

iqtisodiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Qishloq xo‘jaligi har qanday mamlakat iqtisodiyotining eng muhi

m va strategik

tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu tarmoq nafaqat aholining oziq-

ovqat mahsulotlariga bo‘lgan

ehtiyojlarini qondirish, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, jumladan, sanoat va xizmat

ko‘rsatish sohalarini xomashyo bilan ta’minlash, yangi

ish o‘rinlarini yaratish va eksport

salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli qishloq xo‘jal

igini rivojlantirish

masalasi mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga

ega bo‘lgan yo‘nalishlardan biridi

r.

Bugungi global sharoitda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi jahon hamjamiyati uchun tobora

dolzarb bo‘lib bormoqda. Aholi sonining tez o‘sishi, iqlim o‘zgarishi va cheklangan tabiiy

resurslar mavjud sharoitda oziq-

ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib b

ormoqda. Shu bilan

birga, qishloq xo‘jaligi yuqori xavf darajasi bilan ajralib turadi. Tabiiy ofatlar, global

iqlim

o‘zgarishi, qurg‘oqchilik, toshqinlar va zararkunandalarning ko‘payishi kabi xavflar ushbu

sektorning iqtisodiy samaradorligini pasaytirishi va moliyaviy barqarorligini buzishi mumkin.

Bu esa qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishni yanada dolzarb mas

alaga aylantiradi.

Qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlarda ham davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar,

imtiyozli kreditlar va boshqa moliyaviy

qo‘llab

-

quvvatlash mexanizmlari keng qo‘llaniladi.

Ammo rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi subyektlari, ayniqsa kichik va o‘rta
fermer xo‘jaliklari, moliyaviy resurslarga yetarli darajada ega emasligi sababli ushbu soha

to‘laqonli rivojlanmay

apti. Bundan tashqari, bank va moliyaviy institutlarning qishloq

xo‘jaligiga bo‘lgan e’tibori pastligi, uzoq

muddatli investitsiyalarning yetishmasligi,

moliyalashtirishning yuqori xavf darajasi va moliyaviy bilimlarning yetarli emasligi ushbu
masalani yanada murakkablashtiradi.

Mamlakatlararo raqobat sharoitida qishloq xo‘jaligining raqobatbardoshligini ta’minla

sh,

yuqori hosildorlikka erishish va yangi texnologiyalarni joriy etish uchun zamonaviy

moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirish zarur. Xususan, moliyaviy resurslarning


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

26

yetishmasligi yoki ularni samarali taqsimlashning qiyinchiliklari nafaqat hosildorlikni
pasaytiradi, balki oziq-

ovqat narxining oshishi va aholining ijtimoiy holatiga salbiy ta’sir

ko‘rsatishi mumkin.

Yana bir dolzarb masala

q

ishloq xo‘jaligida sug‘urta tizimining rivojlanmaganligi.

Sug‘urta tizimi zaif bo‘lgani sababli, ko‘pchilik f

ermerlar tabiiy ofatlar va boshqa xavflarga

qarshi himoyasiz bo‘lib qolmoqda. Bu esa ularning moliyaviy barqarorligiga jiddiy xavf

tug‘diradi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi.

Bundan tashqari, qishloq

xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun zarur

bo‘lgan mablag‘larning yetishmovchiligi sohaning zamonaviy talablar bilan moslashishiga
to‘sqinlik qilmoqda. Masalan, zamonaviy sug‘orish tizimlari, yuqori mahsuldor urug‘lar,

kimyoviy moddal

ar va texnikalarni joriy etish uchun katta mablag‘ talab etiladi. Bu

mablag‘larning yetishmovchiligi esa hosildorlikni oshirish imkoniyatlarini cheklaydi.

Yuqorid

agi mahalliy hamda xorijiy olimlarning ilmiy ishlarini va qarashlarni o’rgangan

holda qishloq

xo‘jaligini moliyalashtirishda bir qator muammolar borligini aniqladik va

muammolarga yechimlar taklif qildik.

1-jadval

Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishdagi

mavjud mauammolar va yechimlari

MUAMMO

SABABLARI

YECHIMLAR

Moliyaviy resurslarning

yetishmasligi

Fermer

xo‘jaliklarining

kapitali

cheklangan,

kredit

olish

imkoniyatlari past

Davlat

subsidiyalari

va

imtiyozli

kreditlash dasturlarini kengaytirish

Kredit olishdagi

qiyinchiliklar

Kredit stavkalarining yuqoriligi,

kafolat ta'minotining murakkabligi

Kichik va o‘rta fermerlar uchun imtiyozli

kreditlar, davlat tomonidan kafolat
sxemalarini ishlab chiqish

Sug‘urta tizimining

rivojlanmaganligi

Qishloq xo‘jaligi ma

hsulotlarining

tabiiy ofatlar va boshqa xavflarga

yuqori

darajada ta’sirchanligi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun
samarali sug‘urta tizimini yo‘lga qo‘yish

Investitsiyalarni jalb

qilishdagi qiyinchiliklar

Investorlar uchun xavf darajasining
yuqoriligi va foyda olishning uzoq
muddatliligi

Xorijiy va mahalliy investorlar uchun

soliq

imtiyozlari

va

qo‘shimcha

rag‘batlantiruvchi chora

-tadbirlar

Moliyaviy

savodxonlikning pastligi

Fermerlarning

moliyaviy

rejalashtirish

va

boshqaruv

ko‘nikmalarining yetarli

darajada

rivojlanmaganligi

Fermerlar uchun moliyaviy savodxonlik

bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etish

Innovatsion

texnologiyalarni joriy

etishdagi cheklovlar

Zamonaviy

texnika

va

texnologiyalarni sotib olish uchun

mablag‘ yetishmasligi

Innovatsiyalar

ni

qo‘llab

-quvvatlash

uchun

maxsus

moliyalashtirish

dasturlarini ishlab chiqish

Bozor infratuzilmasining

rivojlanmaganligi

Logistika va saqlash tizimlarining

yetarli darajada rivojlanmaganligi

Bozor infratuzilmasini rivojlantirishga

yo‘naltirilgan davlat

va xususiy sheriklik

loyihalarini amalga oshirish

Uzoq muddatli moliyaviy

manbalar yetishmasligi

Moliyalashtirishning

qisqa

muddatliligi,

uzoq

muddatli

resurslarning cheklanganligi

Uzoq muddatli investitsiya kreditlarini
joriy etish va banklarni qishloq

x

o‘jaligiga jalb qilish

Xalqaro moliyaviy

institutlar bilan

hamkorlikdagi

qiyinchiliklar

Xalqaro

donor

va

moliyaviy

tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik

tajribasining cheklanganligi

Xalqaro moliyaviy institutlar bilan
hamkorlikni kengaytirish va grantlarni
jalb qilish


Ushbu

jadval orqali qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishdagi asosiy muammolar va

ularning yechimlarini tizimli ravishda tahlil qilish va sektorni rivojlantirish yo‘nalishlarini

belgilash mumkin.

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i moliyalashtirish

muammolariga yechim topish faqat agrar

sektorning emas, balki butun iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu sababli

ushbu mavzuning dolzarbligi quyidagi omillar bilan belgilanishi mumkin:

Oziq-

ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalq

aro va milliy vazifalarning dolzarbligi;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

27

Aholining o‘sishi bilan oziq

-

ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortishi;

Qishloq hududlarida yashovchi aholi daromadlarini oshirish va bandlikni ta’minlash

zarurati;

Milliy eksport salohiyatini rivojlantirish va qi

shloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro

bozorlarda raqobatbardosh qilish;

Fermer xo‘jaliklarining moliyaviy resurslarga yetarli darajada ega emasligi;

Bank va moliyaviy institutlarning qishloq xo‘jaligi sohasiga kredit ajratishda sust

faolligi;

Sug‘urta

tizimining rivojlanmaganligi tufayli tabiiy ofatlar oqibatida katta zarar

ko‘rilishi;

Innovatsiyalarni joriy etish uchun mablag‘larning yetarli darajada ajratilmasligi;

Fermerlarning moliyaviy bilim va ko‘nikmalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi.

Iqli

m o‘zgarishi va tabiiy resurslar tanqisligi sharoitida tarmoqning barqaror

rivojlanishini ta’minlash ehtiyoji.

Shu sababli, qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishdagi mavjud muammolarni tahlil qilish,

ularni hal qilish yo‘llarini izlash va samarali moliya

lashtirish mexanizmlarini joriy etish

bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu esa milliy va xalqaro darajada
oziq-

ovqat xavfsizligini ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikni oshirishga xizmat qiladi.

2-jadval

Qishloq xo‘jaligi rivojlang

an mamlakatlar TOP 7 ligi

Mamlakat

Qishloq xo‘jaligining ahamiyati

Asosiy mahsulotlar

AQSH

Dunyoning eng yirik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi,

ilg‘or

texnologiyalar

va

ilmiy

-tadqiqotlar

orqali

rivojlanmoqda.

Don, soya, makkajo‘xori, paxta,
go‘sht, su

t mahsulotlari

Germaniya

Yevropada qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va ekologik
qishloq xo‘jaligiga e’tibor qaratilmoqda, barqaror

rivojlanish tamoyillari qo‘llaniladi.

Soya, makkajo‘xori, kartoshka,

guruch, go‘sht, sut mahsulotlari

Fransiya

Yevropada q

ishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportida

yetakchi, ekologik qishloq xo‘jaligi rivojlanmoqda.

Sharob,

bug‘doy,

guruch,

kartoshka,

sut,

go‘sht

mahsulotlari

Yaponiya

Kichik yer maydonlari bilan samarali qishloq xo‘jaligi,

innovatsion texnologiyalar va aqlli

qishloq xo‘jaligi

tizimlarini qo‘llash.

Guruch, sabzavotlar, baliq, sut va

go‘sht mahsulotlari

Kanada

Yirik yer maydonlari, intensiv qishloq xo‘jaligi va

innovatsiyalar orqali samaradorlikni oshirayotgan
mamlakat.

Bug‘doy,

arpabodiyon, soya,

jujuba, karto

shka, go‘sht, sut

mahsulotlari

Avstraliya

Keng yer maydonlari va iqlim sharoitlari bilan qishloq

xo‘jaligini rivojlantirgan, ekologik qishloq xo‘jaligi sanoati

rivojlanmoqda.

Bug‘doy, arpa, paxta, go‘sht, sut

mahsulotlari, mevalar

Niderlandiya

Kichik hud

udga ega bo‘lsa

-

da, samarali qishloq xo‘jaligi

ishlab chiqarish va yuqori texnologiyalarni qo‘llash orqali

dunyoda yetakchi.

Sabzavotlar, gullar, sut, go‘sht

Qishloq xo‘jaligi moliyalashtirishdagi muammolar va yechimlar mavzusidagi

tadqiqotimizni xalqaro darajadagi tahlilar bilan kengroq ochib beramiz. Shuningdek, biz

tadqiqotimizni olib borish davomida bir qator omillarni chetga surishga qaror qoldik. Sababi
q

ishloq xo’jaligi bu bugun paydo bo’lgan yangicha soha yoki mexanizm emas. Shu sababli biz

imkon

qadar mamlakatimizda qishloq xo’jaligini har tomonlama taraqqiy etishini bosh maqsad

qilib olgan holda rivojlantirishga asosiy urg’uni bermoqdamiz. Asosiy maqsa

dimiz ushbu

sohani taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ham moliyaviy, ham boshqaruv qarorlarini hamda

islohatlarni yoki mexanizmlarni ishlab chiqishdan iboratdi. Shu maqsadda biz qishloq xo’jaligi

taraqqiy etgan mamlakatlardagi mavjud amaliyotlarni tahlil qilishdan boshladik. Albatta,


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

28

muakkammal tizim mavjud emas, lekin yaxshi natijalar ko’rsatayotgan va o’zini oqlayotgan bir
qator iqtisodiy strategiyalar mavjud ekanligini guvohi bo’ldik. Quyida bir qator o’zining ijobiy

natijalariga ega bo’lgan davlatlarning taj

ribalarni ulardagi mavjud muammolarni keltiramiz:

Qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlar qato

rida AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiya,

Kanada, Avstraliya va Niderlandiya kabi mamlakatlar yetakchilik qiladi. Ushbu mamlakatlarda

qishloq xo‘jaligini moliya

lashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ekologik

barqarorlikni ta’minlash va bozor

tizimlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Ularning tajribasi rivojlanayotgan mamlakatlarga ham foydali bo‘lishi mumkin, chunki ular

samarali qis

hloq xo‘jaligi tizimlarini yaratish bo‘yicha o‘z tajribalarini baham ko‘rishmoqda.

Jadvalda rivo

jlangan mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi sektori haqida qisqacha ma'lumot,

asosiy mahsulotlar va ularning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati ko‘rsatilgan. Bu maml

akatlar

innovatsiyalarni joriy etish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, va texnologiyalardan sa

marali

foydalanish borasida yuqori natijalarga erishgan.

Shuningdek, ushbu

rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda

muammolar mavjuddir.

Bu mamlakatlar sanab o’tilgan muammolarga tizimli ravishda bir qator

islohatlar hamda dasturlar ishlab chiqishganlar:

3-jadval

Rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda muammolar va

ularning yechimlari

Mamlakat

Qishloq

xo‘jaligini moliyalashtirishdagi

muammolar

Yechimlar

AQSH

- Fermerlarning kredit olishdagi qiyinchiliklari.

-

Kichik va o‘rta fermalarga kamroq yordam

berilishi.
-

Ekstremal

iqlim

o‘zgarishlari.

-

Bozor narxlari o‘zgarishi.

- Davlat

subsidiyalari va qo‘llab

-quvvatlash.

- Kichik fermalarni moliyalashtirish uchun
maxsus

dasturlar.

-

Iqlim o‘zgarishlariga qarshi i

nnovatsion

yechimlar.

Germaniya

-

Qishloq

xo‘jaligiga

subsidiyalar

va

investitsiyalarni o‘rnatishdagi byurokratik
to‘siqlar.

-

Ekologik talablarning ko‘payishi.

-

Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga

qaratilgan

dasturlar.

-

Ekologik qishloq xo‘ja

ligiga subsidiyalar.

- Innovatsion moliyalashtirish vositalari.

Fransiya

-

Qishloq xo‘jaligi

kreditlariga yuqori foiz

stavkalari.

- Fermerlarning raqobatbardoshligini oshirish

uchun yetarli moliyaviy resurslar yo‘qligi.

- Davlat tomonidan subsidiyalar va imtiyozlar.

- Rivojlangan moliyaviy infrastrukturani
yaratish.

- Eko-fermerlik va barqaror qis

hloq xo‘jaligi

dasturlari.

Yaponiya

- Fermerlarning kreditga kirishdagi cheklovlar.

- Kichik fermalarning banklardan moliyaviy
yordam

ololmasligi.

- Iqlim sharoitlari va tabiiy ofatlar.

- Yuqori texnologiyalarni joriy etish orqali

samaradorlikni

oshirish.

- Fermerlarga kredit taqdim etishda davlat

ko‘magining

kuchayishi.

- Xalqaro moliyaviy resurslar.

Kanada

-

Qishloq xo‘jaligi investitsiyalarining ko‘pligi va

yuqori

risklar.

-

Iqlim o‘zgarishlari va ekologik tahdidlar.

- Iqlimga

moslashuvchan qishloq xo‘jaligini

rivojlantirish.
-

Rivojlangan

sug‘urta

tizimlari.

-

Mahalliy

fermerlar

uchun

kredit

imkoniyatlarini kengaytirish.

Avstraliya

-

Qishloq xo‘jaligiga yo‘na

ltirilgan moliyaviy

resurslarning

yetishmasligi.

-

Iqlim o‘zgarishlar

i va tabiiy ofatlar.

-

Davlatning

qishloq

xo‘jaligini

moliyalashtirishdagi

qat’iy

siyosati.

- Ekstremal iqlim sharoitlariga qarshi

strategiyalar.
-

Sug‘urta va moliyaviy xavfsizlik.

Niderlandiya

- Kichik fermerlar uchun cheklangan moliyaviy

imkoniyatlar.

-

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bozor

narxlari o‘zgarishlari.

-

Kichik

fermalarni

moliyalashtirishga

qaratilgan

davlat

dasturlari.

- Innovatsion texnologiyalar va barqaror
qishloq xo

‘jaligi uchun moliyaviy yordam.

Jadval

ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki:

Subsidiyalar va moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash:

Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

29

qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda davlat subsidiyalari va imtiyozlar asosiy yechim

hisoblanadi. Shu bilan birga, kichik va

o‘rta fermalarga yordam berish, iqlim o‘zgarishlariga

qarshi strategiyalarni ishlab chiqish masalalari keng muhokama qilinmoqda.

Innovatsion yechimlar: Yangi texnologiyalarni joriy etish va barqaror rivojlanishga

yo‘naltirilg

an moliyalashtirish modellarini

ng qo‘llanilishi qishloq xo‘jaligini samarali

rivojlantirishda yordam beradi.

Iqlimga moslashuvchanlik:

Iqlim o‘zgarishlari va tabiiy ofatlar rivojlangan mamlakatlar

uchun katta muammo tug‘diradi. Bu muammoni hal qilish uchun

sug‘urta tizimlari, ekologik

q

ishloq xo‘jaligi va boshqa innovatsion yechimlar ishlab chiqilmoqda.

Bu mamlakatlarning tajribasi boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham foydali bo‘lishi

mumkin.

Xulosa va takliflar

Shu o’rinda mavzuni yakunlar ekanmiz

mamlakatimizda ham qishloq xo'jaligini

moliyalashtirish tizimida bir qator muammolar mavjud bo'lib, ularga samarali yechimlar ishlab
chiqish zarur. Quyida mavjud muammolar va ularni yechish bo'yicha rivojlangan
mamlakatlarning tajribalaridan kelib chiqqan holda tavsiyalar beramiz:

Muammolar:

Qishloq xo'jaligi sektorida ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun zarur moliyaviy

resurslar mavjud emas. Fermerlar ko'pincha banklardan kredit olishda qiyinchiliklarga duch
keladilar, chunki ular uchun moliyaviy imkoniyatlar cheklangan va kreditlarning foiz stavkalari
yuqori;

O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, asosan, arzon xarajatlar asosida ishlab

chiqariladi. Shu bilan birga, fermerlar uchun yuqori darajadagi texnologik va ilmiy yordam
yetishmaydi, bu esa mahsulotlarning raqobatbardoshligini past darajada saqlaydi;

Fermerlar va ishlab chiqaruvchilar bozor sharoitlarini tahlil qilishda qiynaladi. Bozor

narxlari, talab va taklif tahlili, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun prognozlar yetarli dar

ajada

ishlab chiqilmagan;

Qishloq xo‘jaligida suv resurslari samarali ishlatilmayapti, bu esa sug‘orish tizimlari va

suvdan foydalanishda isrofni keltirib chiqaradi. Bu muammo, ayniqsa, sug‘oriladigan yer
maydonlarida o‘sishda yuzaga kelmoqda;

Qishloq xo‘j

aligiga katta invest

itsiyalar jalb qilishdagi qiyinchiliklar mavjud. Ko‘p

hollarda, investitsiyalar risklar bilan bog‘liq va tez natija bermaydi.

Yechimlar:

Kredit shartlarini yengillashtirish: Banklar tomonidan qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan

kreditlar uchun foiz stavkalarini pasaytirish va uzoq muddatli kreditlar taklif qilish. Maxsus

davlat dasturlari orqali qishloq xo‘jaligi kreditlarini subsidiyalash;

Mikro kreditlash tizimlarini rivojlantirish: Kichik va o‘rta fermerlar uchun maxsus mikro

kreditlash tizimlarini joriy etish. Ular uchun oson kredit olish imkoniyatlari yaratish;

Xalqaro moliyaviy resurslar jalb etish: Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni

kuchaytirish va qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirish uchun grantlar va uzoq muddatli

kreditlar olish;

In

novatsion texnologiyalarni joriy etish: Qishloq xo‘jaligiga yuqori texnologiyalarni joriy

etish, aqlli fermerlik tizimlarini va avtomatlashtirilgan qishloq xo‘jaligi jarayonlarini

rivojlantirish;

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion markazlar yaratish:

Fermerlarni o‘qitish va yangi

texnologiyalarni joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot institutlarini rivojlantirish va ilmiy markazlar
ochish;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

30

Boshqaruv tizimini yaxshilash: Qishloq xo‘jaligi sektorining boshqaruv tizimini yaxshilash

va fermerlarga raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zarur bilim va resurslarni
taqdim etish;

Bozor monitoringini yaxshilash: Bozor sharoitlarini tahlil qilish uchun milliy va mahalliy

darajadagi bozor tahlil markazlarini tashkil etish. Yangi texnologiyalar yordamida bozor
prognozlarini yaratish;

Ma'lumot almashish tizimlarini joriy etish: Fermerlar va qishloq xo‘jaligi ishqibozlari

uchun bozor, texnologiyalar va moliyaviy imkoniyatlar haqida tezkor va aniq ma’lumotlar

taqdim etadigan platformalarni yaratish;

Raqamli tiz

imlarni rivojlantirish: Qishloq xo‘jaligida raqamli tizimlar va axborot

texnologiyalarini joriy etish, bu orqali fermerlar va ishlab chiqaruvchilar uchun real vaqt
rejimida bozor ma'lumotlarini olish imkonini yaratish;

Suvni tejash va boshqarish dasturlari

: Suv resurslarini boshqarish va tejash bo‘yicha

davlat dasturlari ishlab chiqish. Suvni tejash bo‘yicha fermerlarni o‘qitish;

Suvning raqamli monitoring tizimlarini joriy etish: Sug‘orish tizimlarini nazorat qilish va

samaradorligini oshirish uchun raqamli va avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish;

Investitsiya muhiti yaratish: Qishloq xo‘jaligiga investitsiya kiritishni rag‘batlantirish

uchun soliq imtiyozlari va boshqa qo‘llab

-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish;

Jamoaviy investitsiya dasturlari: Fermerlar va ishlab chiqaruvchilarni investitsiyalarni

birlashtirib amalga oshirishga rag‘batlantirish, ya’ni qishloq xo‘jaligi sektori uchun

kooperatsiyalarni rivojlantirish;

Xalqaro investitsiyalarni jalb qilish: Xalqaro moliya institutlari va investorla

rdan mablag‘

jalb qilish, xalqaro grantlar va kreditlarni olish orqali sektorga investitsiya oqimlarini

yo‘naltirish.

O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sektorini moliyalashtirishni takomillashtirishda

yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun davlat va xususiy sektorning hamkorligi, innovatsion
yechimlar va samarali boshqaruv tizimlarini joriy etish zarur. Bu nafaqat fermerlar va ishlab

chiqaruvchilar uchun, balki butun iqtisodiyot uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Adabiyotlar

/Литература/Ref

erence:

Binswanger, H.P., & Deininger, K. (1997). “Explaining Agricultural and Agrarian Policies in

Developing Countries”. Journal of Economic Perspectives, 11(3), 195–

206.

Jabborov S.Sh. (2021) "Qishloq xo‘jaligini

moliyalashtirish va moliyaviy yordamlar"

Toshkent.

Karimov R.A. (2019) “Qishloq xo‘jaligi sektorida moliyaviy risklarni boshqarish”. Toshkent:

Fan va texnologiyalar,.

Morduch, J. (1999). “The Microfinance Promise”. Journal of Economic Literature, 37(4),

1569

1614.

Pingali, P.L. (2007). “Agricultural Finance: Issues and Challenges in Developing Countries”.

FAO.

Qosimov O.T. (2020) “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini rivojlantirishda moliyalashtirish

mexanizmlarining roli”. Toshkent: Iqtisodiyot va ta’lim nas

hriyoti.

Xoliqov N.R. (2018) “Fermer xo‘jaliklarini moliyalashtirishning iqtisodiy asoslari”.

Samarqand: Samarqand davlat universiteti.

Zander, K., & Drucker, A.G. (2008). “Regional Policies and Their Impact on Agricultural

Development”. Agricultural Econo

mics Review, 10(2), 45

62.

Соколова И.А.

(2022) «Финансирование сельского хозяйства: взаимоотношения

государства и частного сектора»

-

Санкт

-

Петербург.

Bibliografik manbalar

Binswanger, H.P., & Deininger, K. (1997). “Explaining Agricultural and Agrarian Policies in Developing Countries”. Journal of Economic Perspectives, 11(3), 195–206.

Jabborov S.Sh. (2021) "Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va moliyaviy yordamlar" – Toshkent.

Karimov R.A. (2019) “Qishloq xo‘jaligi sektorida moliyaviy risklarni boshqarish”. Toshkent: Fan va texnologiyalar,.

Morduch, J. (1999). “The Microfinance Promise”. Journal of Economic Literature, 37(4), 1569–1614.

Pingali, P.L. (2007). “Agricultural Finance: Issues and Challenges in Developing Countries”. FAO.

Qosimov O.T. (2020) “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini rivojlantirishda moliyalashtirish mexanizmlarining roli”. Toshkent: Iqtisodiyot va ta’lim nashriyoti.

Xoliqov N.R. (2018) “Fermer xo‘jaliklarini moliyalashtirishning iqtisodiy asoslari”. Samarqand: Samarqand davlat universiteti.

Zander, K., & Drucker, A.G. (2008). “Regional Policies and Their Impact on Agricultural Development”. Agricultural Economics Review, 10(2), 45–62.

Соколова И.А. (2022) «Финансирование сельского хозяйства: взаимоотношения государства и частного сектора» - Санкт-Петербург.