107
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
“ETIKOKS” YALLIG’LANISHGA QARSHI TABLETKANING TARKIBINI
TANLASHDA ASOSIY ME’ZONLAR
Maksudova F.X.
1
Raximova M.A.
2
Toshkent Farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston
e-mail: muxlisaraximova@gmail.uz
https://doi.org/10.5281/zenodo.17323946
Dolzarbligi:
Farmakoterapiyada yallig‘lanish jarayonini davolash uchun nosteroid
yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYaQV) hisoblanadi. Biroq, ularning shubhasiz klinik
samaradorligiga qaramay, NYaQV qo‘llanishining o‘ziga xos cheklovlari mavjud. Bu shunisi bilan
bog‘liqki, xatto qisqa muddatli qo‘llash ham nojo‘ya ta’sirlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin,
ular umumiy holatda taxminan 25% hollarda uchraydi, 5% bemorlarda esa hayot uchun jiddiy xavf
tug‘dirishi mumkin.
Ishning maqsadi.
Tadqiqot davomida yallig’lanish jarayonini oldini olish va davolashda
ishlatiladigan, ishlatishga qulay, yuqori biosamaradorlikka ega, turg‘un tabletka texnologiyasini
mukammallashtirishni va ishlab chiqishni, tavsiya etilayotgan tabletka tarkibini tanlashni oldimizga
maqsad qilib qo‘ydik.
Material va usullar.
Tadqiqotlar davomida etorikoksib substansiyasining fizik-kimyoviy va
texnologik xossalarini yaxshilash maqsadida tarkib ishlab chiqildi. Olingan natijalarga asosan
etorikoksib substantsiyasi tashqi koʼrinishi boʼyicha oʼziga xos hid va taʼmga ega oq yoki deyarli oq
kukun boʼlib, toʼzgʼuvchi moddalar guruhiga kiradi. Metanol, etanol va propilenglikolda oson eriydi,
suvda deyarli erimaydi. Tadqiqotlar O’zR DF 1-jild va DF XIV nashri (RF) da belgilangan usullar
bo’yicha amalga oshirildi.
Natija va muhokamalar.
Etorikoksib substansiyasi zarrachalarining shakli, o‘lchamlari
hamda texnologik xossalarini ijobiy bo‘lmaganligi sababli to‘g‘ridan-to‘g‘ri presslab tabletka dori
shaklini olish imkoni yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Maqsadga muvofiq deb yordamchi moddalar
majmuasidan foydalanib, presslanadigan massani nam donadorlash usulida tayyorlash lozimligi
belgilandi. Tabletka tarkibini tanlashda, bugungi kunda farmatsevtika sanoatida keng qo‘llanilib
kelayotgan
yordamchi
moddalardan:
to‘ldiruvchi
sifatida
makkajo‘xori
kraxmali,
mikrokristalliksellyulozaning 101,102,103 navlaridan, dekstroza, laktoza monogidrat, kalsiy
karbonat, natriy kraxmal glikolyat, kartoshka kraxmali; antifriksion moddalardan: talk, aerosil,
magniy stearat, kalsiy stearat; dezintegrant: kroskarmelloza natriy, gidroksipropilsellyuloza, natriy
alginat kabi yordamchi moddalar bilan birgalikda olib borildi. Farmakologlar tavsiyasi bilan
“Etikoks” tabletkasining terapevtik dozasi 60 mg, 90 mg va 120 mg deb belgilandi. Jami 10 ta
tarkiblar tayyorlandi, ammo tabletkani fizik-kimyoviy va texnologik xossalariga hamma tarkiblarda
ham ijobiy texnologik koʼrsatkichlar namoyon qilmadi. Ulardan 5 ta tarkib mo’tadil texnologik
xossalarga ega bo’ldi. “Etikoks” 60 mg, Dikalsiy fosfat 54 mg, Mikrokristalliksellyuloza 74 mg,
Kroskarmelloza natriy 10 mg, Magniy stearat 2 mg. Ushbu tarkibda sochiluvchanlik 0,115±0,187*10
-
3
kg/s, sochiluvchan zichlik 287,3±1,22
kg/m
3
, tabiiy og’ish burchagi 84,2±1,25 gradus, o’lchami
0,2-0,5 mmgacha bo’lgan fraksiyalar ulushi 55,9±1,62%, qoldiq namlik 3,86±0,43%, parchalanish
daqiqasi 8,55±1,82 tashkil etdi. “Etikoks” 90 mg, Dikalsiy fosfat 81 mg, Mikrokristalliksellyuloza
111 mg, Kroskarmelloza natriy 15 mg, Magniy stearat 3 mg. Ushbu tarkibda sochiluvchanlik
0,225±0,201*10
-3
kg/s, sochiluvchan zichlik 289,3±1,42
kg/m
3
, tabiiy og’ish burchagi 86,2±1,28
gradus, o’lchami 0,2-0,5 mmgacha bo’lgan fraksiyalar ulushi 60,9±1,78%, qoldiq namlik
108
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
3,95±0,43%, parchalanish daqiqasi 9,55±1,82 tashkil etdi. “Etikoks” 120 mg, Dikalsiy fosfat 108 mg,
Mikrokristalliksellyuloza 148 mg, Kroskarmelloza natriy 20 mg, Magniy stearat 4 mg. Ushbu
tarkibda sochiluvchanlik 0,135±0,187*10
-3
kg/s, sochiluvchan zichlik 301,3±1,22
kg/m
3
, tabiiy
og’ish burchagi 87,2±1,25 gradus, o’lchami 0,2-0,5 mmgacha bo’lgan fraksiyalar ulushi 65,9±1,62%,
qoldiq namlik 3,96±0,43%, parchalanish daqiqasi 9,55±1,82 tashkil etdi. Substansiya kislotali
muhida beqarorligi, ishqoriy muhitda terapevtik faolligi yuqoriligini inobatga olgan holda ichakda
eruvchi maxsus aralashmadan tarkib topgan Opadry White qobig’i bilan qoplandi.
Xulosa:
Etorikoksib substansiyasi yordamchi moddalar aralashmasidan so’ng ijobiy texnologik
xossalarni namoyon qildi. 60 mg, 90 mg va 120 mg ta’sir etuvchi modda saqlagan umumiy og’irligi
206 mg, 309 mg va 412 mg bo’lgan tabletkalar uchun optimal tarkib tuzildi.
