SURUNKALI VENOZ ETISHMOVCHILIGINI DAVOLASHDA QO’LLANILADIGAN DORI VOSITALARINING MARKETING TAHLILI

Аннотация

Venoz etishmovchiligi — qon tomir tizimining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biridir.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2021
inLibrary
Google Scholar
f
237
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Umarova, G. (2025). SURUNKALI VENOZ ETISHMOVCHILIGINI DAVOLASHDA QO’LLANILADIGAN DORI VOSITALARINING MARKETING TAHLILI . Евразийский журнал академических исследований, 5(10(MPHAPP), 237. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/ejar/article/view/138364
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Venoz etishmovchiligi — qon tomir tizimining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biridir.


background image

237

Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)

ISSN: 2181-2020

MPHAPP

THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE

MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL

PROBLEMS AND PROSPECTS

TASHKENT, OCTOBER 17, 2025

in-academy.uz

SURUNKALI VENOZ ETISHMOVCHILIGINI DAVOLASHDA

QO’LLANILADIGAN

DORI VOSITALARINING MARKETING TAHLILI

G.S. Umarova

Toshkent farmasevtika instituti, Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17333442

Mavzuning dolzarbligi

: Venoz etishmovchiligi — qon tomir tizimining eng keng tarqalgan

kasalliklaridan biridir. Oʻzbekistonda varikoz kengayishi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq, ammo butun
dunyo boʻylab umumiy epidemiologik maʼlumotlarga asoslanib, varikoz kengayishi ayollarning 67
foizida va mehnatga layoqatli yoshdagi erkaklarning 32 foizida uchraydi.Venoz etishmovchiligi
ko‘proq katta yoshdagi ya’ni 55 yosh va undan katta yoshdagi ayollarning 64 foizini tashkil etadi. 25
yoshgacha bo'lgan yosh ayollarda atigi 8 foizi varikoz tomirlaridan aziyat chekishi kuzatilgan.
Varikoz kasalligini oz vaqtida to‘g‘ri davolanmasa salbiy xolatlarga olib keladi. Jaroxlik
amaliyotidan ko‘ra bemorlarni to‘g‘ri dori darmonlar bilan davolash muhim vazifalardan biriga
kiradi. Xozirgi kunga kelib venoz etishmovchiligida ishlatiladigan dori darmonlar nomenklaturasi
o‘sib bormoqda, lekin xomilador ayollarga beriladigan dorilarni extiyotkorlik bilan tavsiya etilishi
kerak. Yangi bezarar, samarali dori vositalarni ishlab chiqish uchun ularni assortiment tahlilini olib
borish muhim vazifalardan biriga kiradi.

Tadqiqotning maqsadi:

2020-2024 yillardagi, O'zbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida

qo’llanilishga ruhsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat reestri
ma’lumotlari, “VIDAL” dori vositalari ma’lumotnomasi va DRUG AUDIT ma’lumotlari asosida
surunkali venoz etishmovchiligini davolashda qo’llaniladigan dori vositalarining marketing tahlili
o’tkazish.

Materiallar va tadqiqot usullari

: Tadqiqot surunkali venoz etishmovchiligida qo’llaniladigan

dori vositalari guruhini aniqlash bolib, bunda “VIDAL” dori vositalari ma’lumotnomasidan,
O'zbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qo’llanilishga ruhsat etilgan dori vositalari, tibbiy
buyumlar va tibbiy texnika Davlat reestridan va DRUG AUDIT ma'lumotlaridan foydalanildi.

Natijalar:

2024 yilda Davlat reestridan umumiy 24 nomda surunkali venoz etishmovchiligida

qo’llaniladigan dori vositalari ro’yhatdan o’tkazilgan bo’lib, 1 nomdagisi (4.4%) mahalliy ishlab
chiqarilgan, 8 nomdagisi (34,8 %) MDH davlatlarida ishlab chiqarilgan va 14 nomdagisi (60,8 %)
xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan va ro’yxatdan o’tkazilganligi aniqlandi. 2020-2024 yillardagi
Reestr ma’lumotlari taqqoslanganda, 2023 yilda Davlat reestridan umumiy 23 nomda, 2022 yilda
umumiy 25 nomda, 2021 yilda 28 nomda va 2020 yilda umumiy 27 nomda surunkali venoz
etishmovchiligida qo’llaniladigan dori vositalari ro’yhatdan o’tkazilgan.

Xulosa:

2020-2024 yillarda ro’yhatdan o’tgan surunkali venoz etishmovchiligida

qo’llaniladigan dori vositalarining asosiy qismini tabletka, kapsula va gel kabi dori shakllari tashkil
qilgan. Dorivor o’simliklar asosida suyuq dori shakllari va yumshoq dori shakllarining miqdori
kamligi kuzatildi. 2020-2024 yillar “DRUG AUDIT” ma’lumotlari asosida tahlili o’tkazilganda,
surunkali venoz etishmovchiligida qo’llaniladigan dori vositalarining bozorga chiqarilish qiymati
2022 va 2023 yilda eng past qiymatni tashkil qilgan holda, 2024 yilga kelib umumiy qiymati 2020
yildagiga nisbatan deyarli 2 barobar oshgan. Bu ularga nisbatan talab va extiyojni o’sganidan dalolat
beradi.