227
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
O‘ZBEKISTON FLORASIDA O‘SUVCHI
TRIPLEUROSPERMUM DISCIFORME
O‘SIMLIGINING FITOKIMYOVIY TARKIBI
Sh.R. Rahimberdiyeva
1
B.S. Oxundedayev
2
A.M. Nigmatullayev
2
S.Z. Nishanbayev
2
1
Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon shahri,
O‘zbekiston Respublikasi
2
O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
e-mail: shokhsanamoyrr@gmail.com;
https://doi.org/10.5281/zenodo.17333311
Dolzarbligi: Tripleurospermum
Sch. Bip. -
Uchkarraurug‘
turkumiga mansub oʻsimlik turlari
sharq tabobatida keng qoʻllaniladi va tarkibi biologik faol moddalarga boyligi bilan ajralib turadi.
Mazkur turkum
Asteraceae
oilasiga mansub va yer yuzida taxminan 40 ga yaqin turi tarqalgan.
Oʻzbekiston florasida mazkur turkumning ikki turi
Tripleurospermum inodorum
(L.) Sch. Bip.
(
hidsiz uchkarraurug‘
) va
Tripleurospermum disciforme
(CAM) Sch. Bip. (disksimon
uchkarraurug‘
) turlari oʻsadi. Farmakologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, mazkur o‘simlik
turlarining ekstraktlari kuchli antioksidant va
in vitro
sharoitda zambrug‘larning bir nechta
shtammlariga qarshi sezilarli faollik namoyon qilganligi aniqlangan.
Tadqiqotning maqsadi
O‘zbekiston florasida o‘suvchi
Tripleurospermum disciforme
o‘simlik
turi yer ustki qismini fitokimyoviy tadqiq qilishdan iborat.
Usul va uslublari
. Tadqiqot obyekti sifatida 2024 yil iyul oyining birinchi o‘n kunligida Jizzax
viloyati, Baxmal tumanidan yig‘ilgan va xona haroratida quritilgan
Tripleurospermum disciforme
o‘simligining yer usti qismi olingan.
Fitokimyoviy tadqiq
uchun 3 kg
Tripleurospermum disciforme
o‘simligi
yer ustki qismi
xona
haroratida 95%li etil spirti bilan perkolyatsiya usuli yordamida 5 marotaba ekstraksiya qilindi.
Olingangan spirtli ekstraktlar rotorli bug‘latgich yordamida vakuum ostida 1 litr hajmgacha
quyultirildi. Quyultirilgan ekstrakt distillangan suv bilan (1:1 nisbatda) suyultirildi va suyuqlik –
suyuqlik ekstraktsiya usuli yordamida organik erituvchilar ekstraksion benzin, xloroform, etilatsetat
va
n
-butanol erituvchilari yordamida fraksiyalarga ajratildi. Fraksiyalar yupqa qatlamli
xromatografiya (YuQX) usuli yordamida tahlil qilindi va o‘xshashlari birlashtirildi hamda fraksiyalar
tarkibidagi birikmalarni individual holda ajratish uchun kolonkali xromatografiya (KX) hamda gel-
xromatografiya (GX) usullaridan foydalanildi.
Natijalar.
O‘simlik spirtli ekstraktining xloroformli fraksiyasini (30 g) KX usulida dastlab
ekstraksion benzin, so‘ngra ekstraksion benzin-etilatsetat (e.b:et) sistemasida yuvildi. Bunda, e.b:et
sistemasining 9:1 nisbatida Tx-1, 8:2 nisbatida Tx-2 hamda 7:3 nisbatida Tx-3 subfraksiyalar olindi.
Olingan subfraksiyalarni GX usulida (sefadeks LH-20 adsorbentida) metanol erituvchisida yuvildi.
Natijada Tx-1 subfraktsiyadan gall kislota (
1
), ko‘rich kislota (
2
),
p
-kumar kislota (
3
), Tx-2
subfraktsiyadan xrizin (
4
), galangin (
5
), Tx-3 subfraktsiyadan diosmetin (
6
) flavonoidlari individual
holda ajratib olindi.
Spirtli ekstraktning etilatsetatli fraksiyasidan 16 g olib, 20 g silikagel bilan aralashtirildi va
kolonkaga joylandi. So‘ngra KX da, xloroform va xloroform-metanol sistemasining turli xil
nisbatlarida elyuatlanganida uchta subfraktsiya (Te-1 - Te-3) olindi. Oligan subfraksiyalar GX
usulida methanol-suv (8:2) sistemasida rexromatografiya qilindi. Dastlabki Te-1 subfraktsiyadan
xrizoeriol (
7
) va miritsetin (
8
) ajratib olingan bo‘lsa, Te-2 subfraktsiyadan izokversitrin (
9
) va Te-3
228
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
subfraksiyasidan izoramnetin-3-
O
-glyukopiranozid (
10
) birikmalari individual holda ajratib olindi.
Ekstraktning
n
-butanolli fraksiyasini kolonkaga solishdan oldin methanol bilan eritish natijasida
cho‘kma hosil bo‘ldi. Mazkur cho‘kmani tahlil qilinganda kversetin-3-
O
-rutinozid (
11
) flavonoidi
ekanligi aniqlandi. Ajratib olingan birikmalarning tuzilish formulalari UB, IQ,
1
H va
13
C YaMR
spektrlari hamda ularning fizik konstantalarini aniqlash yordamida isbotlandi.
Xulosalar
. O‘tkazilgan fitokimyoviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki,
Tripleurospermum
disciforme
o‘simligi yer ustki qismi biologik faol fenolkarbon kislotalar hamda flavonoidlarga boy
istiqbolli manbaa bo‘lib, kelajakda tibbiyot va farmatsevtika sohasi uchun zarur bo‘ladigan bioaktiv
qo‘shimchalar va dori vositalarini yaratish uchun zamin bo‘la oladi.
