32
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
SHIFOKOR VA BEMOR MUNOSABATLARINING ASOSIY MEZONLARI
A.Xolboyev
Toshkent tibbiyot universiteti, Toshkent shahri, O’zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.17312119
Ma’lumki, tibbiyot deontologiyasi - tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, dori-
darmon, umuman davoning taʼsirini oshirishga qaratilgan odob-axloq, madaniyat mezonlarining
biridir. Zero, har bir kasbning o‘z normalari, qoidalari va soha vakillarining kasbiy deontologiyasi
mavjud. Deontologiya, yaʼni kishining xulqi, odobi haqidagi tushuncha XVI asrning boshlarida ingliz
faylasufi va iqtisodchisi I.Bentam tomonidan ilgari surilgan va kasbga kiritilgan. Tibbiyot
deontologiyasiga oid maʼlumotlar uzoq tarixga ega. Aslida, tibbiyot deontologiyasi keng falsafiy
mazmunga ega boʻlib, bir qancha yoʻnalishlardan iborat:
- shifokor bilan bemor oʻrtasidagi;
- shifokor bilan bemorning yaqin kishilari oʻrtasidagi munosabat;
- shifokorning hamkasblari bilan munosabati va h.k.
Har bir kasbning o‘ziga xos tamoyillari va qonuniyatlari mavjud. Bular orasida shifokor kasbiga
qo‘yilgan talab va majmuriyatlar o‘zining jiddiyligi va mas’uliyati bilan ajralib turadi. Shifokor
nafaqat o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishi lozim balki u mohir psixolog, notiqlik san’atidan
ham xabardor bo‘lishi lozim. Shuningdek, har bir bemorning shaxsiga va kasalligiga oid
ma’lumotlarni sir saqlashi bilan ham xarakterlidir. Shifokor oldidagi yana bir mas’uliyatlardan biri
bemorni nafaqat hayotga qaytarish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish balki bemorlarni hayotga,
yashashga bo‘lgan umidini yanada rivojlantirishdir. Bemorning o‘ziga nisbatan ishonch, umid,
intilish, hayot ne’matlaridan bahrpamand bo‘lish istagini yanada oshirishda muhim ahmiyat kasb
etadi.
Shifokor va bemor o‘rtasida bir nechta aloqa modellari mavjud:
-
axborot (impassiv shifokor, butunlay mustaqil bemor);
-
izohlovchi (ishontiruvchi shifokor);
-
maslahat (ishonch va o'zaro kelishuv);
-
paternalistik (vasiy vrachi)
T.Parsons shifokor va bemor uchun ideal rol turlarini ishlab chiqdi. Garchi shifokor va bemor,
uning fikriga ko'ra, umumiy maqsad - ikkinchisining sog'lig'ini tiklash bilan bog'liq bo'lsa-da,
ularning vazifalari va imtiyozlari keskin farqlanadi. Bemor: 1) sizning ahvolingizni bemor sifatida
rag'batlantirish; 2) potentsial yordam so'rash; 3) shifokorga ishonish; 4) odatdagi vazifalardan va
ularning holati uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Shifokorning roli quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1) o‘z manfaati uchun emas, balki bemorning farovonligi uchun harakat qilish;
2) har qanday shaxsiy munosabatlar va guruhga bog‘liqlik bilan emas, balki kasbiy xulq-atvor
qoidalarini (universalizm) boshqarishi kerak;
3) kasallikni nazorat qilish maqsadida kasbiy bilimlaridan maksimal darajada foydalanish
(funktsional o‘ziga xoslik);
4) obyektiv va hissiy jihatdan uzilib qolish (samarali betaraflik). Albatta, bu yerda
sotsiologiyadan ko'ra ko'proq psixologiya mavjud;
5) bemorni sog‘lom turmush tarziga qaytarishda shifokordan psixologik jihatdan bilim va
malakani talab etadi;
33
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
6) har qanday vaziyatda ham bemor ruhiyatini ko‘tara olish, ishontirish ko‘nikmalarga ega
bo‘lishi lozim.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, shifokor nafaqat o‘z sohasining yetuk mutaxassisi
balki kasbiy deontologiyani ham o‘zlashtirmog‘i va bunga amal qilishi talab etiladi. Zero tibbiyot
mas’uliyatni, tartib-intizomni, xushyorlikni, bemor bilan o‘zaro munosabatda odob-axloq
normalariga rioya etishni talab qiladi.
