O‘ZBEKISTON FLORASIDA O‘SUVCHI TRIPLEUROSPERMUM DISCIFORME O‘SIMLIGINING FITOKIMYOVIY TARKIBI

Аннотация

Tripleurospermum Sch. Bip. - Uchkarraurug‘ turkumiga mansub oʻsimlik turlari sharq tabobatida keng qoʻllaniladi va tarkibi biologik faol moddalarga boyligi bilan ajralib turadi. Mazkur turkum Asteraceae oilasiga mansub va yer yuzida taxminan 40 ga yaqin turi tarqalgan

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2021
inLibrary
Google Scholar
f
227-228
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Rahimberdiyeva, S., Oxundedayev, B., Nigmatullayev, A., & Nishanbayev, S. (2025). O‘ZBEKISTON FLORASIDA O‘SUVCHI TRIPLEUROSPERMUM DISCIFORME O‘SIMLIGINING FITOKIMYOVIY TARKIBI. Евразийский журнал академических исследований, 5(10(MPHAPP), 227–228. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/ejar/article/view/138359
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Tripleurospermum Sch. Bip. - Uchkarraurug‘ turkumiga mansub oʻsimlik turlari sharq tabobatida keng qoʻllaniladi va tarkibi biologik faol moddalarga boyligi bilan ajralib turadi. Mazkur turkum Asteraceae oilasiga mansub va yer yuzida taxminan 40 ga yaqin turi tarqalgan


background image

227

Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)

ISSN: 2181-2020

MPHAPP

THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE

MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL

PROBLEMS AND PROSPECTS

TASHKENT, OCTOBER 17, 2025

in-academy.uz

O‘ZBEKISTON FLORASIDA O‘SUVCHI

TRIPLEUROSPERMUM DISCIFORME

O‘SIMLIGINING FITOKIMYOVIY TARKIBI

Sh.R. Rahimberdiyeva

1

B.S. Oxundedayev

2

A.M. Nigmatullayev

2

S.Z. Nishanbayev

2

1

Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon shahri,

O‘zbekiston Respublikasi

2

O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi

e-mail: shokhsanamoyrr@gmail.com;

sabir78@rambler.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.17333311

Dolzarbligi: Tripleurospermum

Sch. Bip. -

Uchkarraurug‘

turkumiga mansub oʻsimlik turlari

sharq tabobatida keng qoʻllaniladi va tarkibi biologik faol moddalarga boyligi bilan ajralib turadi.
Mazkur turkum

Asteraceae

oilasiga mansub va yer yuzida taxminan 40 ga yaqin turi tarqalgan.

Oʻzbekiston florasida mazkur turkumning ikki turi

Tripleurospermum inodorum

(L.) Sch. Bip.

(

hidsiz uchkarraurug‘

) va

Tripleurospermum disciforme

(CAM) Sch. Bip. (disksimon

uchkarraurug‘

) turlari oʻsadi. Farmakologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, mazkur o‘simlik

turlarining ekstraktlari kuchli antioksidant va

in vitro

sharoitda zambrug‘larning bir nechta

shtammlariga qarshi sezilarli faollik namoyon qilganligi aniqlangan.

Tadqiqotning maqsadi

O‘zbekiston florasida o‘suvchi

Tripleurospermum disciforme

o‘simlik

turi yer ustki qismini fitokimyoviy tadqiq qilishdan iborat.

Usul va uslublari

. Tadqiqot obyekti sifatida 2024 yil iyul oyining birinchi o‘n kunligida Jizzax

viloyati, Baxmal tumanidan yig‘ilgan va xona haroratida quritilgan

Tripleurospermum disciforme

o‘simligining yer usti qismi olingan.

Fitokimyoviy tadqiq

uchun 3 kg

Tripleurospermum disciforme

o‘simligi

yer ustki qismi

xona

haroratida 95%li etil spirti bilan perkolyatsiya usuli yordamida 5 marotaba ekstraksiya qilindi.
Olingangan spirtli ekstraktlar rotorli bug‘latgich yordamida vakuum ostida 1 litr hajmgacha
quyultirildi. Quyultirilgan ekstrakt distillangan suv bilan (1:1 nisbatda) suyultirildi va suyuqlik –
suyuqlik ekstraktsiya usuli yordamida organik erituvchilar ekstraksion benzin, xloroform, etilatsetat
va

n

-butanol erituvchilari yordamida fraksiyalarga ajratildi. Fraksiyalar yupqa qatlamli

xromatografiya (YuQX) usuli yordamida tahlil qilindi va o‘xshashlari birlashtirildi hamda fraksiyalar
tarkibidagi birikmalarni individual holda ajratish uchun kolonkali xromatografiya (KX) hamda gel-
xromatografiya (GX) usullaridan foydalanildi.

Natijalar.

O‘simlik spirtli ekstraktining xloroformli fraksiyasini (30 g) KX usulida dastlab

ekstraksion benzin, so‘ngra ekstraksion benzin-etilatsetat (e.b:et) sistemasida yuvildi. Bunda, e.b:et
sistemasining 9:1 nisbatida Tx-1, 8:2 nisbatida Tx-2 hamda 7:3 nisbatida Tx-3 subfraksiyalar olindi.
Olingan subfraksiyalarni GX usulida (sefadeks LH-20 adsorbentida) metanol erituvchisida yuvildi.
Natijada Tx-1 subfraktsiyadan gall kislota (

1

), ko‘rich kislota (

2

),

p

-kumar kislota (

3

), Tx-2

subfraktsiyadan xrizin (

4

), galangin (

5

), Tx-3 subfraktsiyadan diosmetin (

6

) flavonoidlari individual

holda ajratib olindi.

Spirtli ekstraktning etilatsetatli fraksiyasidan 16 g olib, 20 g silikagel bilan aralashtirildi va

kolonkaga joylandi. So‘ngra KX da, xloroform va xloroform-metanol sistemasining turli xil
nisbatlarida elyuatlanganida uchta subfraktsiya (Te-1 - Te-3) olindi. Oligan subfraksiyalar GX
usulida methanol-suv (8:2) sistemasida rexromatografiya qilindi. Dastlabki Te-1 subfraktsiyadan
xrizoeriol (

7

) va miritsetin (

8

) ajratib olingan bo‘lsa, Te-2 subfraktsiyadan izokversitrin (

9

) va Te-3


background image

228

Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)

ISSN: 2181-2020

MPHAPP

THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE

MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL

PROBLEMS AND PROSPECTS

TASHKENT, OCTOBER 17, 2025

in-academy.uz

subfraksiyasidan izoramnetin-3-

O

-glyukopiranozid (

10

) birikmalari individual holda ajratib olindi.

Ekstraktning

n

-butanolli fraksiyasini kolonkaga solishdan oldin methanol bilan eritish natijasida

cho‘kma hosil bo‘ldi. Mazkur cho‘kmani tahlil qilinganda kversetin-3-

O

-rutinozid (

11

) flavonoidi

ekanligi aniqlandi. Ajratib olingan birikmalarning tuzilish formulalari UB, IQ,

1

H va

13

C YaMR

spektrlari hamda ularning fizik konstantalarini aniqlash yordamida isbotlandi.

Xulosalar

. O‘tkazilgan fitokimyoviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki,

Tripleurospermum

disciforme

o‘simligi yer ustki qismi biologik faol fenolkarbon kislotalar hamda flavonoidlarga boy

istiqbolli manbaa bo‘lib, kelajakda tibbiyot va farmatsevtika sohasi uchun zarur bo‘ladigan bioaktiv
qo‘shimchalar va dori vositalarini yaratish uchun zamin bo‘la oladi.