ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ
ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ
73
2023 йил 6 декабрь
VOYAGA YETMAGANLARNI IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM
KO‘RSATISH MARKAZIGA JOYLASHTIRISH ASOSLARI
Kaldarbekov Abdurasul Arjan o‘g ‘li,
O‘zbekiston Respublikasi IIVAkademiyasi kunduzgi ta ’lim kursanti
O‘zbekiston qadim o‘tmishiga, shuningdek, shonli tarixiga ega diyor. Bu yurtda
ne-ne ulug‘ zotlar, faylasuf hamda mutafakkirlar yetishib chiqqan. Agar ularni
sanasak adog‘iga yetmaymiz. Ular o‘zlarining ma’nan yetukligi, yuksak axloqiy
fazilati bilan biz avlodlarga o‘rnak bo‘ladilar. Biroq hozirgi davrda jamiyatimizda
ayrim illatlar borki ular insonlar qalbini xira qiladi. Bular sirasiga o‘g‘rilik,
firibgarlik, haqoratdan tortib inson hayotiga tajovuz qlishgacha kelti- rishimiz
mumkin. Bu illatlarni jamlab huquqbuzarlik deb atasak mubolag‘a bo‘lmaydi
adashmasam. Bu yo‘lga qarshi chiqish uchun esa avvalo insonlarni yoshlikdan to‘g‘ri
tarbiya bera olish kerak.
Bolalik, bu insonning kamol topib yetishishida boshlang‘ich qism. O‘zbekiston
Respublkasida Bola huquqlari ularnng manfaatlari davlat tomonidan kafolatlangan
hamda jamiyat tomonidan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishgan kundan boshlab, nafaqat inson manfaatlari balki bola
huquqlarini himoya qilish yuzasidan qator ishlar olib bordi. Xususan 1992-yilda
“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyani ratifikatsiya qildi. 2008- yil 7-yanvarda
esa bola huquqlarining kafolati to‘g‘risidagi qonunini imzoladi. 2016-yilda esa
O‘zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunini qabul
qilindi. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida ham farzandlar voyaga
yetgunlariga qadar ota-onalar qaramog‘ida ekanligi belgilab qo‘yilgan. Davlatimiz
qonunchiligida bola huquqlari to‘la kafolatlangan. Endi bir savol tug‘iladi, avvalo
bola kim? bola bu “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaga muvofiq 18 yoshga
yetmagan har qanday shaxs bola hisoblanib uning hatti harakatlari kattalarnikidan
farq qilishi hamda davlat tomonidan muhofaza etilishi belgilab qo‘yilgan. Biroq
davlatda Inson huquqlari qanchalik himoya qilinmasin o‘zga shaxslar tomonidan
huquqning buzilish xollari ko‘zga tashlanmoqda. Ayrim xollarda bu huquqbuzar
shaxslarning voyaga yetmaganligi, bola ekanligi esa, ko‘ngilni xira qiladi.
Huquqbuzarlik bu jamiyat uchun xavfli bo‘lgan qilmish xisoblanib,
huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan yuridik javobgarlik yuklatiladi. Shu
o‘rinda ta’kidlash joizki, huquqbuzqrlikni 4 turga ajratish mumkin bular jinoiy
huquqbuzarlik, ma’muriy huquqbuzarlik, intizomiy huquqbuzarlik hamda fuqaro-
viy huquqbuzarlik. Voyaga yetmaganlar orasida asosan jinoiy hamda ma’muriy
huquqbuzarliklar sodir etilmoqda. O‘rganish natijasiga ko‘ra Respublikamiz hudu-
dida sodir etilgan huquqbuzarliklar mos ravishda 100% deb olsak, shuning 49% ni
kollej va litsey talabalari 25% ni maktab o‘quvchilari, 4,9% ni esa ish bilan
ta’minlanmaganlar sodir etgan. Bular asosan o‘grilik, haqorat, firibgarlik, o‘zgalar
shanini yerga urish kabi huquqbuzarliklardir. Nega aynan Huquqbuzarliklarning eng
katta foizi kollej talabalari o‘rtasida sodir etilmoqda? Bunga nima sabab bo‘lmoqda
degan savol kishini o‘ylantiradi. O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma
ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ
ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ
74
2023 йил 6 декабрь
hamda otaonalar fikrini o‘rganish davomida shunga amin bo‘ldikki, bu yosh toifasida
inson psixologiyasida o‘zgarishlar bo‘lib juda qiziquvchan hamda atrofdagilarga
ayrim xollarda agressiv munosabatda bo‘ladilar natijada jazava paydo bo‘lishi
so‘ngida esa huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keladi. Ayni paytda Respublika
aholisining 40 foizini voyaga yetmaganlar tashkil etadi. Bu esa bizdan bolalarga
jiddiy e’tibor qaratish kerak ekanligini talab etadi. Shunday ekan avvalo, ota onalar
o‘z farzandlariga alohida e’tibor qaratishlari lozim. So‘ngi uch yil ichida
respublikamizda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar bir
muncha kamaygan. Huquqbuzarliklarning bu yo‘sinda qisqarishi insonni quvon-
tiradi albatta. Bunga mahalla ta’lim muassasasi oila hamkorligida erishilmoqda.
Bir savol tug‘iladi voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan
huquqbuzarliklar uchun qanday jazo mavjud ularning bola ekanligi inobatga
olinadimi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda sud quyidagi holatlarni
hisobga olishi lozim:
1.
voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasini;
2.
voyaga yetmaganning turmush sharoiti va tarbiyasini;
3.
katta yoshdagilarning unga nisbatan ta’sirini;
4.
voyaga yetmaganning sog‘ligini;
5.
sodir etilgan jinoyatning sabablarini;
6.
jinoyat sodir etish motivini.
Bundan tashqari jinoyat protsessual kodeksi 548-moddasida ham voyaga
yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘l-gan
holatlarga yuqoridagilardan tashqari quyidagilar ham kiritilgan:
1)
voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni);
2)
voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar;
3)
uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari;
4)
katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligi.
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ham qasddan va
ehtiyotsizlikdan sodir etiladi. Voyaga yetmaganlar tomonidan qasddan sodir etilgan
jinoyatlarda ko‘pchilik hollarda voyaga yetganlardagidek qasd kuchli bo‘lmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki bu yoshdagi bolalar qiziqqonlik tufayli qasddan sodir etidhi
mumkin va bu qilmishining ijtimoiy havfliligini hamda uning oqibatini o‘ylamagan
bo‘lishi mumkin bu sud tomonidan inobatga olinadi. Jinoyat sodir qilgan voyaga
yetmagan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi,
ijtimoiy xavfliligini anglashi qiyin bo‘ladi, agar uni bilsa ham, o‘z-o‘ziga ishonish
orqali ijtimoiy xavfli oqibatni oldini olish mumkin deb o‘ylaydi, ammo uni bartaraf
eta olmaydi.
Voyaga yetmagan shaxs tomonidan ehtiyotsizlik orqasidan ji-noyat sodir
etilganda jinoyat tarkibi subektiv tomoni belgilari, shaxs-ning individual mezonlari
(intelektual jihatdan to‘liq rivojlanmaganlik, ruxiyatining o‘ziga xosligi, hayotiy
tajribaga ega emasligi) ijtimoiy xavfli oqibatni anglab yetishiga imkon bermaydi.
ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ
ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ
75
2023 йил 6 декабрь
Voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyatning xususiyati va
ijtimoiy xavflilik darajasini belgilashda jinoyatning maqsad va motivi katta
ahamiyatga ega. Voyaga yetmagan shaxsning his-hayajonga tez beriluvchanligi
yuzaga kelgan o‘zgarishlar, birinchi navbatda, ularning hodisani anglashi va
faoliyatida o‘z aksini topadi. V.A.Ribalskayaning fikricha voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligiga davlatdagi ijtimoiy, iqtisodiy o‘zgarishlar ham ta’sir etadi. Bu holat
boshqacha yashash sharoitining vujudga kelishi, mehnat qilishdagi, ta’lim olishdagi
o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Voyaga yetmaganlarga bir qancha jinoyatlar uchun jazo tayinlashda kattalarga
jazo tayinlashdan farqli ravishda javobgarlikka tortilayotgan shaxsning yoshi (14
yoshdan 16 yoshgacha, 16 yoshdan 18 yoshgacha), shuningdek, voyaga yetma-
ganlarga tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazoning yuqori chegarasi hisobga olinadi.
Voyaga yetmaganlarga jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlashda sud Jinoyat
kodeksining 59-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilish lozim. Ammo
jinoyat uchun oxirgi jazo chorasi Jinoyat kodeksi 86-moddasiga muvofiq tayinlanadi.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxsga
nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum
qilishning eng ko‘p muddati o‘n yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarning bittasi o‘ta
og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n ikki yilgacha tayinlanadi.
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vaqt ichida jinoyat sodir etgan
shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi -
o‘n ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarning bittasi o‘ta og‘ir jinoyat
bo‘lsa, o‘n besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin.
Jinoyat sodir etish vaqtida o‘n uch yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan
shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum
qilish jazosining muddati o‘n besh yildan oshmasligi kerak. Agar Jinoyat kodeksi 72-
moddasida belgilangan shartlar va asoslar mavjud bo‘lsa, sud voyaga yetmagan
shaxsga nisbatan shartli jazo belgilashi mumkin.
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam
ko‘rsatish markazlarining asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, ular faoli- yatini
tashkil etish hamda boshqarish tartibi, nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga
yetmaganlarni aniqlash, ularni markazga qabul qilish, ro‘yxatga olish va saqlash
tartibi, voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish
va ularni markazdan chiqarish tartibini nazarda tutuvchi Voyaga yetma- ganlarga
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari mavjud.
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga qabul
qilingan bolalar birinchi navbatda yuboriladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalari ro‘yxati belgilangan.
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga qabul
qilingan bolalarni oziq-ovqat, birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy ta’minot
buyumlari bilan ta’minlash me’yorlari ko‘rsatib o‘tilgan.
qarovsiz bolalarning shaxsini aniqlash, ularning o‘qishi va xulq-atvorini, oila-
sidagi muhitni hamda qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillarni to‘liq o‘rganish;
qarovsiz bolalarning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish va tibbiy
ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ
ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ
76
2023 йил 6 декабрь
tekshiruvdan o‘tkazish natijasiga ko‘ra ularni ota-onasiga (ota-ona o‘rnini bosuvchi
shaxslarga) topshirish yoki tegishli muassasalar (ixtisoslashtirilgan ta’lim, ixtisos-
lashtirilgan o‘quv-tarbiya, bolalar yoki sog‘liqni saqlash muassasalari)ga joylash-
tirilishini tashkil etish;
qarovsiz bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ularni
oziq-ovqat, birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy ta’minot buyumlari bilan
ta’minlash, vaqtincha saqlash va kasb-hunarga o‘rgatish tadbirlarini tashkil etish.
2021-yil 1-sentabrdan e’tiboran qarovsiz bolalar bilan ishlash tizimida
inspektor-psixologlar tomonidan ishlar tashkillashtirilishi va bu sohada hudud
profilaktika inspektori, mahallaning yoshlar ittifoqi xodimlari bilan birgalikda
ishlarni samarali taashkillashtirish qat’iy belgilangan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, voyaga yetmaganlar huqubuzarligi, ularning
sodir etilish sabablari, sodir etgan voyaga yetmaganlarni sog‘lom hayotga qaytarish
maqsadida ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga joylashtirish tartibi
haqida keltirib o‘tilgan va bu kabi holatlar hozirgi jamiyatimizning asosiy
muammolaridan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
O‘zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasi -T 2023
2.
O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi “Voyaga yetmaganlar
o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni.
3.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi. Rasmiy nashr. -
T.:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2021.
4.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi.
Rasmiy nashr. - T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2021.
5.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar
profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni.
6.
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi “Ichki ishlar organ-
lari to‘g‘risida”gi qonuni.
7.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 151-sonli “Ichki ishlar organlarining
huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017-yil 12-iyul buyrug‘i.
8.
Lex.uz (normative hujjatlarbazasi).
9.
Югай, Людмила. "Методика компьютерно-технической экспертизы по
преступлениям
в
сфере
цифровых
технологий." Противодействие
правонарушениям в сфере цифровых технологий и вопросы организационно-
правового обеспечения информационной безопасности 1.01 (2022): 68-76.
10.
Югай, Людмила Юрьевна. "БИОМЕТРИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ КАК
ИНСТРУМЕНТ В БОРЬБЕ С ТЕРРОРИЗМОМ И ЭКСТРЕМИЗМОМ
BIOMETRIC TECHNOLOGIES AS A TOOL IN THE FIGHT AGAINST
TERRORISM AND EXTREMISM." ЭКСТРЕМИЗМ–НОВЫЕ ВЫЗОВЫ
РЕГИОНАЛЬНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ (2022): 81.
11.
Югай, Людмила. "Биометрическая идентификация как инновация в
ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ
ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ
77
2023 йил 6 декабрь
криминалистике." Общество и инновации 3.7/S (2022): 238-248.
12.
Югай, Л. Ю. "Негосударственная судебно-экспертная деятельность в
Республике Узбекистан: становление и развитие." Актуальные проблемы
борьбы с преступлениями и иными правонарушениями 20-1 (2020): 74-76.
13.
Yugay, Lyudmila. "Biometric identification as an innovation in
criminalistics." Society and innovations, Special 7 (2022): 289.
14.
Югай, Людмила. "Судебно-экспертная деятельность в Республике
Узбекистан в эпоху цифровизации." Современные тенденции развития
цифровизации в сфере юстиции 1.1 (2022): 35-40.
