Temur tuzuklarining huquqbuzarliklar profilaktikasidagi ahamiyati

Annotasiya

Hozirgi kunda nafaqat mamlakatimizda balki, Markaziy Osiyo va boshqa horijiy mamlakatlarda olib borilayotgan huquqbuzarlik profilaktikasini amalga oshirishda Amir Temur tuzuklari ma'lum darajada katta ro‘l o‘ynamoqda. Chunki buyuk bobokalonimiz paytida olib borilgan huquqbuzarlikka qarshi kurash va jinoyatlami oldini olishga doir chora tadbirlar va amaliy faoliyatlardan foyda- lanilmoqda.

CC BY f
105-108
28

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Fayzullayev, H. (2024). Temur tuzuklarining huquqbuzarliklar profilaktikasidagi ahamiyati . Ўзбекистонда хотин-қизларнинг ҳуқуқларини таъминлаш ва оилавий зўравонликни олдини олишнинг долзарб масалалари, 1(1), 105–108. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ensuring-womens-rights/article/view/36703
Husan Fayzullayev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
kunduzgi ta ’lim kursanti
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Hozirgi kunda nafaqat mamlakatimizda balki, Markaziy Osiyo va boshqa horijiy mamlakatlarda olib borilayotgan huquqbuzarlik profilaktikasini amalga oshirishda Amir Temur tuzuklari ma'lum darajada katta ro‘l o‘ynamoqda. Chunki buyuk bobokalonimiz paytida olib borilgan huquqbuzarlikka qarshi kurash va jinoyatlami oldini olishga doir chora tadbirlar va amaliy faoliyatlardan foyda- lanilmoqda.


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

105

2023 йил 6 декабрь

TEMUR TUZUKLARINING HUQUQBUZARLIKLAR

PROFILAKTIKASIDAGI AHAMIYATI

Fayzullayev Husan Yoqubjon o‘g‘li,

O‘zbekiston Respublikasi IIVAkademiyasi kunduzgi ta ’lim kursanti

Hozirgi kunda nafaqat mamlakatimizda balki, Markaziy Osiyo va boshqa horijiy

mamlakatlarda olib borilayotgan huquqbuzarlik profilaktikasini amalga oshirishda
Amir Temur tuzuklari ma'lum darajada katta ro‘l o‘ynamoqda. Chunki buyuk
bobokalonimiz paytida olib borilgan huquqbuzarlikka qarshi kurash va jinoyatlarni
oldini olishga doir chora tadbirlar va amaliy faoliyatlardan foyda- lanilmoqda.

Amir Temur shaxsini idrok etish-tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni

anglash-o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash - tarix qa’riga
chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk
kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir.

Bu haqda gapirganda, Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy

mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san’at va me’morchilikka oid qarash- lari,
hayotning ma’no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan
fikrlari, dinu diyonat va adolatni joyiga qo‘yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir
asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish
tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlarini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Aynan mana
shunday masalalar Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo‘lgan "Temur tuzuklari"
asarida har tomonlama aniq, ishonarli va ta’sirchan tarzda yoritilgan, desak, haqiqatni
aytgan bo‘lamiz.

O‘zbekiston

Respublikasining

birinchi

Prezidenti

bo‘lmish

Islom

Abdug‘aniyevich Karimov bejizga Amir Temur hamda ul buyuk zotning tuzuklari
haqida quyidagi fikrlarni aytmaganlar: “Shaxsan men Sohibqiron bobomiz bizga
meros qilib qoldirgan "Tuzuklar"ni o‘qisam, xuddiki o‘zimga qandaydir katta ruhiy
kuch-quvvat topgandek bo‘laman. Har bir satri bir umr el-yurt, saltanat tashvishi bilan
yashagan fidoyi inson, ulkan davlat arbobining keng miqyosdagi o‘y-fikrlari, hayot
va kurash tajribasi, mushohadasi, ba’zan esa dardli va iztirobli kechinmalari bilan
sug‘orilgan bu asarda qanday teran ma’no mujassam ekanini ma’rifatli, zukko
kitobxon yaxshi anglaydi, albatta. Men o‘z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror
murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan hayot hikmatlarining qanchalik
to‘g‘ri ekaniga ko‘p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, "Tajribamda
ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta
tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshirokdir", degan fikrlar bugungi kunda ham naqadar
dolzarb ekani barchamizga ayon. Yoki u zotning: "Saltanat ishlarining to‘qqiz
ulushini mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo
keltirish zarur", degan ko‘rsatmalarida hozirgi notinch zamon uchun, XXI asr
siyosatdonlari uchun ham har jihatdan ibratli fikrlar borligini ta’kidlash joiz.

Bugungi murakkab va tahlikali davrda bu kitobni qayta-qayta mutolaa qilish,

uning mag‘zini chaqish birinchi galda rahbar, yetakchi bo‘lishdek mas’uliyatli
vazifani o‘z zimmasiga olgan odamlar uchun, qolaversa, har qaysi ziyoli inson uchun


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

106

2023 йил 6 декабрь

bag‘oyat foydali ekani haqida ortiqcha gapirib o‘tirishga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.

Ishonchim komilki, yoshlarimiz bu kitobni mehr qo‘yib, tushunib, chuqur

anglab o‘qisa, ularning qalbida milliy g‘urur tuyg‘usi yuksaladi, o‘zining qanday
buyuk zotlarning avlodi ekanini yanada chuqurroq his etib, hayotning har qanday
sinov va qiyinchiliklarini yengishga qodir insonlar bo‘lib voyaga yetadi.

Agarda biz hozirgi kundagi huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga

oshirishda Temur tuzuklariga yuzlansak:

Turli mamlakatlar aholisiga munosabat, ularning ahvolidan xabardor bo‘lish,

avliyolar va din peshvolarining mozorlarini tuzatish, vaqf hamda nazr ishlarini
tartibga keltirish tuzuki.

Amr etdimki, fath etilgan har bir mamlakatdagi sipohiylar (o‘z ixtiyorlari bilan)

panohimga kelsalar, ularni navkar qilib, (askarlarim safidan) joy bersinlar. U
diyorning raiyatini yomon hodisalardan, qatl va asiru band etilishdan, talanishdan
muhofaza qilsinlar. Ularning mol-mulkini, buyumlarini talon-torojdan saqlasinlar.
O‘sha mamlakatdan tushgan o‘lja mollar egalariga qaytarib berilishini tekshir- sinlar.

Sayyidlar, ulamo, mashoyix, fuzalo, akobir va ulug‘larni aziz tutsinlar. Beklar,

oqsoqollar, dehqonlar va ekin maydonlariga ishlov beruvchilar ko‘nglini xushnud
etib, o‘zlariga qaratsinlar. Raiyatni umid va qo‘rqinch orasida tutsinlar. Gunohlari va
qilmishlariga yarasha jazolasinlar. Menga bo‘ysungan mamlakat- larning sayyidlari,
olimlari, shayxlari, fozil kishilari, darvishlari, zohidlarini suyurg‘ol, vazifa va oylik
bilan siylasinlar. Faqiru miskin, nogironlarga nafaqa tayin qilsinlar. Mudarrislar va
shayxlarga kundalik maoshlar belgilasinlar.

Avliyolar, din peshvolarining mozorlari va maqbaralariga vaqfdan mablag‘

ajratsinlar. U yerlarni palos, taom va chiroq bilan ta’minlasinlar. Birinchi navbatda
amir al-mo‘minin, mard kishilar shohi Ali ibn Abu Tolibning, unga Ollohning karami
va ehsoni bo‘lsin, muqaddas qabrlarini yaxshi sakdash uchun Najaf bilan hillani vaqf
etib bersinlar. Imom Husaynning, Olloh undan rozi bo‘lsin, nurga cho‘mgan
muqaddas mozori, avliyolar ulug‘i shayx Abdulqodir Jiloniyning muqaddas qabri,
imomi a’zam Abu hanifaning, unga Ollohning rahmati bo‘lsin, maqbarasini,
Bag‘dodda nurga cho‘mgan boshqa mashoyixlar, din peshvolari, ulug‘larning
mozorlarini yaxshi saqlash uchun baholi qudrat Karbalo, Bag‘dod hamda ularning
atrofidagi qishloqlar va boshqa joylardan vaqf sifatida yer-suv ajratsinlar. Imom
Muso Kozim, imom Muhammad Naqiy, Salmon Forsiylarning nurli ravzalari uchun
esa Jazoir ekin maydonlaridan va Madoin daromadidan vaqf belgilasinlar. Imom Ali
ibn Musoning tabarruk ravzalari uchun Kutahbast va Tus shahri atrofidagi yerlardan
vaqf ajratsinlar va palos, chiroq hamda kundalik yemish-ichmishlar belgilasinlar.
Shuningdek, Eron va Turondagi shayxlarning mozorlari va qabrlari uchun har biriga
alohida, nomma-nom nazru vaqflar ajratsinlar.

Yana buyurdimki, har bir mamlakat fath etilgach, u yerning gadolarini to‘plab,

kundalik yemish-ichmishlar bilan ta’minlab, ularga biron ish bersinlar. Hamda
barchasi tamg‘alansinlar, toki boshqa gadolik qilmasinlar. Agar tamg‘adan keyin ham
gadolik qilgudek bo‘lsalar, ularni uzoq mamlakatlarga sotib yuborsinlar yoki
haydasinlar. Shundagina gado zoti mamlakatimdan yo‘qoladi.

Bundan kelib chiqdi agarda davlat organlariga nisbatan xalqda ishonch paydo


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

107

2023 йил 6 декабрь

bo‘lishini istasak va uni abadiy bo‘lishini istasak xalqning holidan muntazam
ravishda xabar olishimiz ayniqsa chet el fuqarolari va ahli ilmlarga nisbatan
o‘zgacha tarzda hurmat ehtirom ko‘rsatish zarur hisoblanadi.

Mening dargohimga iltijo qilib, panoh istab kelgan turku tojik, arabu ajam

toifalaridan bo‘lganlar haqidagi tuzuk:

Birinchi navbatda, mazkur toifa va tabaqalardan bo‘lgan sayyidlar bilan

ulamoni izzat-hurmat qilishni, har qanday istaklari bo‘lsa darhol muhayyo etib,
muqarrar ravishda ularning ahvolidan xabardor bo‘lib turishni buyurdim. Agar
sipohiylar toifasidan bo‘lsalar, xizmat o‘rinlarini belgilab, hol-ahvollariga yarasha
ehtiyojlari ta’minlansin. Agar kasbu hunar va ma’rifat axdlaridan bo‘lsalar,
bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush berilsin. Bulardan boshqa bilagida kuchi
bor faqir-miskinlar esa o‘z ahvoli va kasbu koriga qarab ish tutsinlar. Yana shunday
amr qildimki, sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarga o‘z sarmo- yasini qaytadan
tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin. Dehqonlar va raiyatdan
qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan bo‘lsa, unga ekin-tikin
uchun zarur urug‘, asbob (mehnat quroli) tayyorlab berilsin. Agar fuqarodan birining
uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, kerakli uskunalar bilan ta’minlansin va
yordam berilsin.

Har toifa va har sinfdan kimki o‘z ixtiyori bilan sipohiylik xizmatiga kirishni

istasa, uni harbiy (xizmat)ga olsinlar. Asil va shijoatli sipohiyzoda qaysi toifadan
bo‘lmasin, unga o‘rin berib, xizmatiga va ishiga yarasha tarbiyat qilsinlar.

Yana amr etdimki, uzoq-yaqindan biron kishi kelib, mening majlisimga kirar

ekan, qaysi toifadan bo‘lsa ham, davlatim dasturxoni ne’matidan uni mahrum
qilmasinlar.

Kimki huzurimga kiritilsa va ko‘zim unga tushsa, holiga yarasha hurmatlab,

sovg‘a-salomlar bilan kuzatsinlar. Har qanday odam mening adolat devonimdan
panoh topgan ekan, gunohi bo‘lsa ham, uni kechirsinlar. Ikkinchi, uchinchi marta
yana gunoh yo‘liga kirsa, u holda gunohiga yarasha jazolasinlar.

Xulosa:

Hozirgi kunda olib borilayotgan huquqbuzarliklarga hamda

jinoyatchilikka qarshi kurashda Amir Temur tuzuklarining ahamiyati bir necha asrlar
o‘tgan bo‘lsada o‘z ahamiyatini hali hanuz yo‘qotmagan hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘RQ 371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g'risida”gi qonuni

2.

https://temurtuzuklari.uz

3.

https: //uz.wikipedia. org/wiki/T emur_tuzuklari

4.

https://turkic.world/uz/articles

5.

https://society.uz/uz/facsimile-publication va boshqa adabiyotlar

6.

Yugay, L. Y. "Biometrics as a means of monitoring migration processes."

(2022).

7.

Югай, Людмила. "Методика компьютерно-технической экспертизы по

преступлениям

в

сфере

цифровых

технологий." Противодействие

правонарушениям в сфере цифровых технологий и вопросы организационно-


background image

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ

ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ

108

2023 йил 6 декабрь

правового обеспечения информационной безопасности 1.01 (2022): 68-76.

8.

Югай, Людмила. "Биометрическая идентификация как инновация в

криминалистике." Общество и инновации 3.7/S (2022): 238-248.

9.

Людмила, Ю. Г. А. Й., and Хагани ГАДЖИЕВ. "Использование

цифровой экспертизы при доказывании факта распространения ложной
информации в интернете." Юрист Ахборотномаси 2.1 (2021): 208-218.

10.

Югай, Л. Ю. "Биометрическая идентификация личности по

изображению лица человека: опыт Республики Узбекистан." (2023).

Bibliografik manbalar

O‘RQ 371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g'risida”gi qonuni

https://temurtuzuklari.uz

https: //uz.wikipedia. org/wiki/T emur tuzuklari

https://turkic.world/uz/articles

https://society.uz/uz/facsimile-publication va boshqa adabiyotlar

Yugay, L. Y. "Biometrics as a means of monitoring migration processes." (2022).

Югай, Людмила. "Методика компьютерно-технической экспертизы по преступлениям в сфере цифровых технологий." Противодействие правонарушениям в сфере цифровых технологий и вопросы организационно-правового обеспечения информационной безопасности 1.01 (2022): 68-76.

Югай, Людмила. "Биометрическая идентификация как инновация в криминалистике." Общество и инновации 3.7/S (2022): 238-248.

Людмила, Ю. Г. А. Й., and Хагани ГАДЖИЕВ. "Использование цифровой экспертизы при доказывании факта распространения ложной информации в интернете." Юрист Ахборотномаси 2.1 (2021): 208-218.

Югай, Л. Ю. "Биометрическая идентификация личности по изображению лица человека: опыт Республики Узбекистан." (2023).