Проблемы и их решения в формировании профессионального мастерства будущих преподавателей технологических дисциплин | Предпринимательства и педагогика

Проблемы и их решения в формировании профессионального мастерства будущих преподавателей технологических дисциплин

CC BY f
181-187
0
Поделиться
Қодиров , Б. (2024). Проблемы и их решения в формировании профессионального мастерства будущих преподавателей технологических дисциплин. Предпринимательства и педагогика, 3(1), 181–187. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/43972
Бахтиёр Қодиров , Термезский государственный университет
Доцент Термезского государственного университета Доктор философии (PhD)по педагогическим наукам
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Данная статья посвящена проблемам и их решениям в подготовке будущих учителей технологических дисциплин в общеобразовательных школах и формировании их профессиональных навыков. Также при создании цифровой образовательной среды в процессе преподавания профильных дисциплин будущими преподавателями технологических дисциплин были проанализированы следующие проблемы: недостаточное обеспечение цифровой образовательной среды, недостаточность цифровых образовательных ресурсов в кредитно-модульной системе образования, недостаточность

знаний, умений и навыков учащихся для работы в образовательной среде цифровизации, программы обучения студентов работе в образовательной среде цифровизации,  отсутствие инструкций и информационных ресурсов, даны научно обоснованные рекомендации по рассмотрению таких проблем, как нехватка цифровых ресурсов по дисциплинам в образовательной среде.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].

181

PEDAGOGIKA FANLARI

Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy mahoratlarini

shakllantirishdagi muammolar va ularning yechimlari

Qodirov Baxtiyor Eshmurzayevich

Termiz davlat universiteti dotsenti,

pedagogika fanlari bo‘yicha

falsafa doktori (PhD).

b.e.qodirov@mail.ru

УДК 303.822.3

Kalit so‘zlar:

ta’lim,

ixtisoslik fanlari,
raqamli ta’lim muhiti,
shakllanish,
texnologiya,
o‘qituvchi, o‘quvchi,
ta’lim muassasalari,
maktab, fan, resurs,
elektron nusxa, hemis.

Annotsiya:

Mazkur maqola umumiy o‘rta ta’lim

maktablariga bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini
tayyorlash

va

ularning

kasbiy

mahoratlarini

shakllantirishdagi muammolar va ularning yechimlariga
bag‘ishlangan. Shuningdek, bo‘lajak texnologiya fani
o‘qituvchilarining ixtisoslik fanlarini o‘qitish jarayonida
raqamli ta’lim muhitini yaratishda quyidagi muammolar
tahlil qilingan bo‘lib ular raqamli ta’lim muhitining yetarli
darajada ta’minlanmaganligi, kredit-modul ta’lim tizimida
raqamli

ta’lim

resurlarining

yetarli

emasligi,

raqamlashtirish

ta’lim

muhitida

ishlash

uchun

talabalarning

bilim,

ko‘nikma

va

malakalarini

yetishmasligi, talabalarni raqamlashtirish ta’lim muhitida
ishlashga o‘rgatish uchun dasturlar, yo‘riqnomalar va
axborot manbalarini yetishmasligi, raqamlashtirish ta’lim
muhitida fanlardan raqamli resurslarning yetishmasligi
kabi muammolar ko‘rib chiqilib ilmiy asoslangan
tavsiyalar berilgan.

Проблемы и их решения в формировании профессионального

мастерства будущих преподавателей технологических дисциплин

Ключевые слова:

образование,
специализированные
дисциплины,
цифровая
образовательная
среда,
формирование,
технологии, учитель,
ученик, учебные
заведения, школа,
наука, ресурс.

Аннотация:

Данная статья посвящена проблемам и

их решениям в подготовке будущих учителей
технологических дисциплин в общеобразовательных
школах и формировании их профессиональных
навыков.

Также

при

создании

цифровой

образовательной среды в процессе преподавания
профильных дисциплин будущими преподавателями
технологических дисциплин были проанализированы
следующие проблемы: недостаточное обеспечение
цифровой образовательной среды, недостаточность
цифровых образовательных ресурсов в кредитно-
модульной системе образования, недостаточность


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].

182

знаний, умений и навыков учащихся для работы в
образовательной среде цифровизации, программы
обучения студентов работе в образовательной среде
цифровизации,

отсутствие

инструкций

и

информационных

ресурсов,

даны

научно

обоснованные рекомендации по рассмотрению таких
проблем, как нехватка цифровых ресурсов по
дисциплинам в образовательной среде.

Problems in the formation of professional skills of future teachers of

technology and their solutions

Keywords:

education, specialty
science, digital
education
environment,
formation,
technology, teacher,
student, educational
institutions, school,
science, resource.






Annotation:

This article is devoted to the problems and

their solutions in the training of future teachers of
technology and the formation of their professional skills in
general secondary education schools. Also, in the process
of teaching specialty subjects of future teachers of
technology, the following problems are posed in creating a
digital educational environment, insufficient provision of a
digital educational environment, insufficient digital
educational resources in a credit-modular education
system, lack of knowledge, skills and qualifications of
students for working in a digitization educational
environment, lack of programs, instructions and
information resources for, problems such as the lack of
digital resources from the sciences in the digitization
educational environment are considered and scientifically
based recommendations are given.

KIRISH

Mamlakatimizda bugungi globallashuv jarayonida intellekt kadrlarni tayyorlash

zarurati, demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va yangi O‘zbekiston
strategiyasini amalga oshirishda, kreativ fikrlovchi, innovatsion fan-texnika va
texnologiyalarni mukammal egallagan mutaxassis kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor
qaratilmoqda. Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchisining
kasbiy mahoratlarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan
dasturiy ta’lim vositalarining yangi avlodlarini yaratish, mutaxassislik fanlarini didaktik
qonuniyatlar asosida o‘qitishda kasbiy, metodik va integrativ bilimlar o‘rtasida o‘zaro
integratsiyasini ta’minlash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, innovatsion ta’lim
texnologiyalaridan samarali foydalanishni keng joriy etish tadqiqot ishining
dolzarbligini belgilaydi.




background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].

183

Material va

tadqiqot usullari (Materials and

methods)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079 sonli

“Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida “maktabgacha va umumta’lim maktablarini
raqamashtirishni yakunlash bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, axborot tizimlarini
joriy etish va mas’ul xodimlarni o‘qitish, barcha tuman va shaharlarda o‘quvchilarning
ijodiy rivojlanishi va kompyuter dasturlash asoslarini o‘rganishi uchun mavjud ta’lim
muassasalari negizida 200 dan ortiq informatika va axborot texnologiyalarini
chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etish
vazifalari yuklatilgan.

Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, oliy ta’limni transformatsiya qilishda,

umumta’lim maktablarida o‘qitish sifatini yuqoriga ko‘tarishda raqamli ta’lim muhitini
yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shaxsning qiziqishlari va jamiyatning talablari o‘zgarmoqda. Bunday

yondashuvdan maqsad-ta’lim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va iqtisodiyotining
barqaror rivojlanishini ta’minlashda maktab, jamoatchilikni jalb qilib, ilmiy savodxonlik
raqobatbardoshlikni targ‘ib qilishga qaratilgan. Bugungi kunda butun dunyo yoshlarini
robototexnika,

yangi

texnologiyalar,

programmalashtirish,

dasturlashtirish,

raqamlashtirish va boshqa ko‘plab yangiliklar qiziqtirmoqda.

Oliy ta’lim muassasalarining “Texnologik ta’lim” yo‘nalishining malaka

talablarida ham axborotni olish, saralash, saqlash va qayta ishlash metod, usul va
vositalaridan foydalanish, global kompyuter tarmoqlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega
bo‘lish, elektron axborot ta’lim muhitida ta’lim jarayonini pedagogik loyihalashtirish,
umumkasbiy vazifalarni hal etishda fan va ta’limning zamonaviy muammolariga doir
bilimlardan foydalanishga tayyorlashi hamda muvafaqqiyatli amalga oshirishga doir
axborot-didaktik ta’minotni yaratish va amalda qo‘llash ko‘nikmamalariga ega bo‘lish
kabi kompetensiyalar keltirilgan [1, 279-b.].

“Texnologik ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlovchi

pedadogika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda yangicha
yondashuvlarni tadbiq etish talab etiladi.

Tadqiqot

ishimizni

bajarish

mobaynida

bo‘lajak texnologiya fani

o‘qituvchilarining kasbiy mahoratlarini shakllantirishdagi quyidagi muammolar borligi
aniqlandi:

- oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitining yetarli darajada

ta’minlanmaganligi;

- bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchisining bugungi tayyorgarlik holati bilan

raqamli ta’lim muhitining ta’limiy o‘zgarishlar orasida farq yuzaga kelganligi;

- kredit-modul ta’lim tizimida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchisini raqamli

ta’lim muhitida ishlashlari uchun raqamli ta’lim resurlarining yetarli emasligi;

- raqamlashtirish ta’lim muhitida ishlash uchun talabalarning bilim, ko‘nikma va

malakalarini yetishmasligi;

- talabalarni raqamlashtirish ta’lim muhitida ishlashga o‘rgatish uchun dasturlar,

yo‘riqnomalar va axborot manbalarini yetishmasligi;

- raqamlashtirish ta’lim muhitida o‘qitish jarayonini tashkil qilish uchun

fanlardan raqamli resurslarning yetishmasligi.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].

184

Yuqorida qayd etilib o‘tilgan bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy

mahoratlarini shakllantirishdagi muammolarni bartaraf etishda quyidagi tavsiyalarni
taklif etamiz:

- pedagogika oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitini yaratish

maqsadida ovoz yozish, tasvirga olish va montaj qilishga moslashtirilgan studiolar
tashkil etish;

- ixtisoslik fanlaridan nazariy, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari olib boruvchi

professor-o‘qituvchilar bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchisining bugungi tayyorgarlik
holatini inobatga olgan holda raqamli ta’lim muhitining ta’limiy o‘zgarishlar bilan
seminar treninglar tashkil etish asosida o‘zaro integratsiyani tashkil etish;

- kredit-modul ta’lim tizimida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchisini raqamli

ta’lim muhitida ishlashlari uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarining ARMlarida
hamda HEMIS platformasida markazlashgan elektron bazani tashkil etish hamda boyitib
borish;

- texnologik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv rejasiga

raqamli texnologiyalardan foydalanish nomli tanlov fanini qo‘yish [2, 985-b.];

- talabalarni raqamlashtirish ta’lim muhitida raqamli texnologiyalar bilan samarali

ishlarni ta’minlash maqsadida uslubiy ko‘rsatma, o‘quv uslubiy qo‘llanmalarni ishlab
chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish;

- bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarning ixtisoslik fanlaridan raqamli fanlarni

yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan olib tarjima qilish va tanlov asosida ishlab
chiqish.

Innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha pedagog olim N.A.Muslimov ta’kidlashicha,

entomologiyada “innovatsiya” so‘zi asosan innovatsiyani yaratish va undan
foydalanishga asoslangan, barqaror holatda yangisi bilan almashtirilgan ma’noni
bildiradi. Innovatsion faoliyat - bu yangilikni yaratish va undan foydalanishni
bildiruvchi kengroq tushunchadir.

Pedagog samarali faoliyat olib borishi uchun innovatsion texnologiyalarni

amalda qo‘llashi va bu jarayonda tegishli qoidalarga amal qilishi zarur. U o‘qituvchining
aks ettirishga nisbatan kamsitmaydigan munosabati, turli vaziyatlarda oqilona vaziyatni
tan olish haqidagi oldindan o‘ylangan tushunchasini o‘z ichiga oladi. “Natijada
o‘qituvchi o‘zining bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlovchi keng qamrovli mavzuga
(motiv) ega bo‘ladi”. O‘z-o‘zini faollashtirish, o‘z-o‘zini bilish va ijodkorlik o‘qituvchi
faoliyatida muhim mavzulardir. Bu o‘qituvchi shaxsining ijodkorligini shakllantirish
imkoniyatini beradi.

Bugungi kun texnologiya fani o‘qituvchisidan ilg‘or pedagogik, axborot va

raqamli texnologiyalarni amalda qo‘llay olishi shuningdek, eng so‘ngi metodikalarni
yaratuvchisi, tadqiq qiluvchisi va pirovard natijada shularni keng ravishda
ommalashtirivchi sifatida faoliyat olib borishini davr talab etadi.

Hozirgi vaqtda texnologiya fani o‘qituvchisining raqamli texnologiyalarga

bo‘lgan ehtiyoji quyidagilar bilan o‘lchanadi: texnologiya fanini o‘qitish metodikasi
tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan o‘qituvchining kreativ
faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va ulardan foydalanishdan
iborat; umumta’lim maktablarida amaliy fanlar dasturi mazmunini boyitish,
o‘qitishning yangi tashkiliy shakllari va texnologiyalarini doimiy ravishda izlash,


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].

185

pedagogik texnikalarni ishlab chiqish va joriy etishga o‘qituvchining munosabati
xarakterini o‘zgartirishni taqozo etadi [3, 120-b.].

O‘qituvchining pedagogik faoliyatini tahlil qilish yangilik samaradorligini

belgilovchi ma’lum mezonlardan foydalanishni talab qiladi.

“Texnologiya” fani o‘qituvchisining pedagogik faoliyati strategik maqsadlari

shakllantirish, konsepsiyalarni ishlab chiqish, yangiliklarni tahlil qilish va ta’lim
jarayoni samaradorligini baholashlarni o‘z ichiga oladi.

Mazkur pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida bo‘lajak texnologiya

fani o‘qituvchilari tajriba to‘playdi, kelajakdagi harakatlarning maqsad va
konsepsiyalarini shakllantirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladi. Bu
esa, pedagoglarga ta’lim samaradorligini oshiruvchi zamonaviy usullarni o‘z faoliyatida
qo‘llash, ularning funksiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi.

“Texnologik ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash muammolariga

hamda raqamlashtirish muhitini yaratish, raqamli texnologiyalari va vositalarini
qo‘llashga oid ilmiy tadqiqot ishlari tahlil qilindi.

Natijalar va ularning muxokamasi (Results and its discussion)

Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash,

mutaxassislik fanlarini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng
foydalanish, ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimiz
olimlaridan N.A.Muslimov, O.A.Qo‘ysinov, F.S.To‘rabekov, M.M.Qodirov,
L.R.Zaripov, A.R.Jo‘rayev, N.I.Tayloqov, O‘.Q.Tolipov, Q.T.Olimov va boshqalar,
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borganlar.

L.R.Zaripov “Innovatsion yondashuv asosida 5-7-sinf o‘quvchilarida texnologik

kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi” deb nomlangan dissertatsiyasida
o‘quvchilar texnologik kompetensiyalarining asosiy komponentlari (bilish, grafik,
amaliy, ijodiy) o‘quv-texnologik faoliyat turlari (psixomotorik, funksional, amaliy)
vainterfaol ta’lim texnologiyalari (STEAM, “SMART texnology”) darajalariga mos
kompetensiyalar tizimi asosida takomillashtirilgan. Shuningdek, o‘quvchilarda
texnologik kompetensiyalarning shakllanganlik darajalari (bilish, amaliy-operatsional,
ijodiy) tashxislash komponentlari (tahlil, so‘rovnoma, topshiriq) va funksiyalarini
integrativ muvofiqlashtirish orqali aniqlangan [4, 123-b.].

A.R.Jo‘rayev

Dasturlashtirilgan

ta’lim

vositalari

asosida

bo‘lajak

o‘qituvchilarning

kasbiy

kompetensiyalarini

shakllantirish

metodikasi

takomillashtirilgan [3].

N.A.Muslimovning ilmiy tadqiqotlarida kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy

shakllanishi ilmiy muammo sifatida qaralib, uning nazariy-metodologik asoslari va
tarkibiy tuzilmasi asoslab berilgan. Tizimli yondashuv texnologiyasi bo‘lajak
o‘qituvchilarni kasbiy shakllanishi muammosini tadqiq qilishning umumilmiy asosi
sifatida tadqiq etilgan [5, 33-b.].

N.I.Taylaqovning ishlarida ta’lim muassasalarining yagona axborot makoniga

integratsiyalash konsepsiyasi, ta’lim bosqichlari uchun elektron darsliklar yaratish va
ulardan masofali ta’limda foydalanishning pedagogik asoslari ishlab chiqilgan.

O‘.Q.Tolipovning ishlarida esa oliy ta’lim tizimi bo‘lajak o‘qituvchilarida kasbiy

ko‘nikma hamda malakalarni rivojlantirish, pedagogik texnologiyalarni samarali
qo‘llashning mezonlari va nazariy asoslari yaratilgan. Kasbiy ko‘nikma hamda


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].

186

malakalarini rivojlantirish samaradorligi va sifatini nazorat qilishning pedagogik
texnologiyalari asosidagi ko‘rsatkich va mezonlari ishlab chiqilgan.

Q.T.Olimovning fundamental tadqiqotlarida elektron darsliklarni yaratish

texnologiyasi, ularga qo‘yiladigan ergonomik, metodik va didaktik talablar ishlab
chiqilgan, elektron ta’lim resurslarining ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari va avzalliklari
asoslangan [6, 27-b.].

O.A.Qoʻysinovning doktorlik dissertatsiyasida kompetentli yondashuv asosida

boʻlajak

oʻqituvchilarning

kasbiy–pedagogik

ijodkorligini

rivojlantirish

texnologiyalarini ishlab chiqib amaliyotga joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berib
o‘tkanlar [7, 86-b.].

F.S.Toʻrabekov nomzodlik ishida boʻlajak texnologiya taʼlimi oʻqituvchilarini

tayyorlash jarayonida axborot texnologiyalarini qoʻllash metodikasini ishlab chiqqan
[8, 75-b.].

Yuqoridagi tahlillardan kelib, oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash

jarayonini tashkil etish va takomillashtirish muammosi bo‘yicha ko‘plab ilmiy-tadqiqot
ishlari olib borilgan bo‘lsada, raqamalashtirish ta’lim muhitida bo‘lajak fani
o‘qituvchlarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid
tadqiqotlar yetarli darajada ochib borilmaganligi mazkur maqola mavzusining
dolzarbligini belgilaydi.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Xulosa qilib shuni a’lohida ta’kidlab o‘tish joyizki, bugungi raqamli

texnologiyalar jaddallikda rivojlanayotgan davrda fan, texnika va texnologiyalarning
yangiliklari ishlab chiqarishga tadbiq etish bilan bir qatorda ta’lim tizimiga ham tadbiq
etilishi lozm. Shuningdek, kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni so‘nggi bilimlar bilan
qurollantirish ertangi raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga zamin bo‘ladi.

Ta’lim tizimining asosiy bo‘g’inlaridan biri bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim

bosqichida yosh avlodni har tomonlama bilim bilan bir qatorda bir nechta hunarning sir-
sinoatlarini o‘rgatish talab etiladi. Hunarmanchilikning sir-sinoatlarini o‘quvchilar
texnologiya fani mashg’ulotlari jarayonida o‘rganadilar. Shuning uchun ham bo‘lajak
texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlash, ularning o‘quv jarayoniga raqamli
texnologiyalarni qo‘llash asosida kasbiy mahoratlarini shakllantirish va rivojlantirish
kerak bo‘ladi.

Adabiyotlar ro‘yxati; Библиографические ссылки; References:

1.

Abduraxmonov J.Sh., Talabalarga bilim berishda ktedit-modul

tizimining o‘rni. Ta’lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. 2024.

https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/download/9749/8903

.)

2.

Zaripova M.Q., Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatida yangi axborot

texnologiyalaridan foydalanish nazariyasi. Academic Research in Educational Sciences.
2021.

https://cyberleninka.ru/article/n/bo-lajak-o-qituvchilarning-kasbiy-faoliyatida-

yangi-axborot-texnologiyalaridan-foydalanish nazariyasi/viewer

3.

Joʻrayev A.R. Dasturlashtirilgan taʼlim vositalari asosida boʻlajak oʻqituvchilar

kasbiy

kompetensiyalarini

shakllantirish

metodikasini

takomillashtirish:

Diss…p.f.f.d.(PhD)–Toshkent, 2019.

https://www.dissercat.com


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].

187

4.

Kadyrov B. E. The content of the development of students'creative skills

regarding national craft in technology lessons //Science and Education in
Karakalpakstan,

2023.

https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/169/79/ed1001bf458b

169-full-

60eb02e2603bb.pdf

5.

Muslimov N.A. Boʻlajak kasb taʼlimi oʻqituvchilarini kasbiy shakllantirish.

Monografiya. – Toshkent: Fan, 2004. – 128 b.Taylaqov N.I. Uzluksiz taʼlim tizimi
uchun oʻquv adabiyotlari yangi avlodini yaratishning ilmiy pedagogik asoslari
(Informatika kursi misolida).: Ped. fan. dokt.… diss. avtoref. – Toshkent, 2006. – 48 b.

https://www.dissercat.com

6.

Olimov Q.T. Maxsus fanlardan oʻquv adabiyotlari yangi avlodini yaratishning

nazariy-uslubiy asoslari.: Ped. fan. dokt.… diss. avtoref. – Toshkent, 2005. – 44 b.

https://www.dissercat.com

7.

Tolipov Oʻ.Q. Oliy pedagogik taʼlim tizimida umummehnat va kasbiy

koʻnikma va malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari: Ped. fan. dokt.
…diss. – Toshkent, 2004. – 314 b.

https://www.dissercat.com

8.

Toʻrabekov F.S. Boʻlajak texnologiya taʼlimi oʻqituvchilarini tayyorlash

jarayonida axborot texnologiyalarini qoʻllash metodikasi: Ped.fan. nom. diss . –
Toshkent, 2011. – 175 b.

https://www.dissercat.com

Библиографические ссылки

Abduraxmonov J.Sh., Talabalarga bilim berishda ktedit-modul tizimining o‘rni. Ta’lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. 2024. https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/download/9749/8903.)

Zaripova M.Q., Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish nazariyasi. Academic Research in Educational Sciences. 2021. https://cyberleninka.ru/article/n/bo-lajak-o-qituvchilarning-kasbiy-faoliyatida-yangi-axborot-texnologiyalaridan-foydalanish nazariyasi/viewer

Joʻrayev A.R. Dasturlashtirilgan taʼlim vositalari asosida boʻlajak oʻqituvchilar kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish: Diss…p.f.f.d.(PhD)–Toshkent, 2019. https://www.dissercat.com

Kadyrov B. E. The content of the development of students'creative skills regarding national craft in technology lessons //Science and Education in Karakalpakstan, 2023. https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/169/79/ed1001bf458b 169-full-60eb02e2603bb.pdf

Muslimov N.A. Boʻlajak kasb taʼlimi oʻqituvchilarini kasbiy shakllantirish. Monografiya. – Toshkent: Fan, 2004. – 128 b.Taylaqov N.I. Uzluksiz taʼlim tizimi uchun oʻquv adabiyotlari yangi avlodini yaratishning ilmiy pedagogik asoslari (Informatika kursi misolida).: Ped. fan. dokt.… diss. avtoref. – Toshkent, 2006. – 48 b. https://www.dissercat.com

Olimov Q.T. Maxsus fanlardan oʻquv adabiyotlari yangi avlodini yaratishning nazariy-uslubiy asoslari.: Ped. fan. dokt.… diss. avtoref. – Toshkent, 2005. – 44 b. https://www.dissercat.com

Tolipov Oʻ.Q. Oliy pedagogik taʼlim tizimida umummehnat va kasbiy koʻnikma va malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari: Ped. fan. dokt. …diss. – Toshkent, 2004. – 314 b. https://www.dissercat.com

Toʻrabekov F.S. Boʻlajak texnologiya taʼlimi oʻqituvchilarini tayyorlash jarayonida axborot texnologiyalarini qoʻllash metodikasi: Ped.fan. nom. diss . – Toshkent, 2011. – 175 b. https://www.dissercat.com

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов