ФОРМЫ И МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ | Предпринимательства и педагогика

ФОРМЫ И МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ

CC BY f
153-162
Поделиться
Файзуллаева, С. (2025). ФОРМЫ И МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ. Предпринимательства и педагогика, 3(4), 153–162. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/59470
Сарвиноз Файзуллаева, Денауский институт предпринимательства и педагогики
Магистр 2 курса теории и методики образования.
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье глубоко анализируются педагогические и психологические особенности развития творческих способностей учащихся. В исследовании рассматриваются различные формы и методы развития креативности, их роль и эффективность в мотивации учащихся к творческому мышлению. Основная цель исследования – выявление эффективных педагогических методов и психологических подходов для развития творческого мышления студентов, создания новых идей и творческого решения проблем. В статье анализируются традиционные и инновационные подходы, такие как мозговой штурм, кластерный метод, ролевые игры, метод проектов, среди методов, используемых в развитии креативности. На примерах поясняются роль и эффективность каждого метода в развитии творческого потенциала учащихся, а также их практическое применение. В исследовании также подробно изучены психологические основы, направленные на создание позитивной среды, стимулирующей творческое мышление, повышение мотивации студентов и формирование способности к самостоятельной работе.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

153

PEDAGOGIKA FANLAR

O‘QUVCHILARDA KREATIVLIK QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHNING

SHAKL VA METODLARI

FAYZULLAYEVA SARVINOZ ABDIMUMIN QIZI

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikas yo‘nalishi 2 kurs magistri

Email:

sarviinozz0220@gmail.com

Tel: (+998-94) 440-81-71

UDK: 37.015.31

https://orcid.org/0009-0000-3144-2643

Kalit so‘zlar:

kreativ qobiliyat,
pedagogik
metodlar,
brainstorming,
rolli o‘yinlar,
ijodkorlik,
innovatsion
ta’lim
texnologiyalari.

Annotatsiya:

Mazkur maqola o‘quvchilarda kreativ

qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik va psixologik
xususiyatlarini chuqur tahlil qiladi. Tadqiqotda kreativlikni
rivojlantirishning turli shakl va usullari, ularning o‘quvchilarni
ijodiy fikrlashga undashdagi o‘rni va samaradorligi o‘rganiladi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi – o‘quvchilarda kreativ fikrlashni
rivojlantirish, yangi g‘oyalarni yaratish va muammolarni ijodiy
usulda hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun samarali
pedagogik metodlar va psixologik yondashuvlarni aniqlashdan
iborat. Maqolada kreativlikni rivojlantirishda qo‘llaniladigan
metodlardan brainstorming, klaster usuli, rolli o‘yinlar va
loyiha usuli kabi an’anaviy va innovatsion yondashuvlar tahlil
qilinadi. Har bir metodning o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini
rivojlantirishdagi roli va samaradorligi, shuningdek, ularning
amaliyotdagi qo‘llanilishi misollar bilan yoritiladi. Tadqiqotda
kreativ fikrlashni rag‘batlantiruvchi ijobiy muhit yaratish,
o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va mustaqil ishlash
qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan psixologik asoslar ham
batafsil o‘rganiladi.

ФОРМЫ И МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ

УЧАЩИХСЯ

Ключевые слова:

творческие
способности,
педагогические

Аннотация:

В данной статье глубоко анализируются

педагогические и психологические особенности развития
творческих способностей учащихся. В исследовании
рассматриваются различные формы и методы развития


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

154

методы, мозговой
штурм, ролевые
игры, творчество,
инновационные
образовательные
технологии.

креативности, их роль и эффективность в мотивации
учащихся к творческому мышлению. Основная цель
исследования – выявление эффективных педагогических
методов и психологических подходов для развития
творческого мышления студентов, создания новых идей и
творческого решения проблем. В статье анализируются
традиционные и инновационные подходы, такие как
мозговой штурм, кластерный метод, ролевые игры, метод
проектов, среди методов, используемых в развитии
креативности. На примерах поясняются роль и
эффективность каждого метода в развитии творческого
потенциала учащихся, а также их практическое
применение. В исследовании также подробно изучены
психологические основы, направленные на создание
позитивной

среды,

стимулирующей

творческое

мышление,

повышение

мотивации

студентов

и

формирование способности к самостоятельной работе.

FORMS AND METHODS OF DEVELOPING CREATIVE ABILITY IN

PUPILS

Keywords:

creative abilities,
pedagogical
methods,
brainstorming,
role-playing games,
creativity,
innovative
educational
technologies.

Abstract:

This article provides an in-depth analysis of the

pedagogical and psychological characteristics of developing
creative abilities in students. The study examines various
forms and methods of developing creativity, their role and
effectiveness in encouraging students to think creatively. The
main goal of the study is to identify effective pedagogical
methods and psychological approaches to developing creative
thinking in students, creating new ideas, and forming creative
problem-solving skills. The article analyzes traditional and
innovative approaches such as brainstorming, cluster method,
role-playing games, and project methods among the methods
used to develop creativity. The role and effectiveness of each
method in developing students’ creative potential, as well as
their practical application, are illustrated with examples. The
study also examines in detail the psychological foundations
aimed at creating a positive environment that encourages
creative thinking, increasing students’ motivation, and
forming the ability to work independently.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

155

KIRISH

Hozirgi kunda yurtimizda ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha qator islohotlar

olib borilmoqda. Zamonaviy jamiyatda kreativlik nafaqat shaxsiy muvaffaqiyatning
kaliti, balki iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik taraqqiyotning muhim omiliga aylanib
bormoqda. XXI asrda global raqobat kuchayib borayotgan bir davrda, ijodiy fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish nafaqat ularning
bilim olish jarayonidagi muvaffaqiyatiga, balki ularni kelajakda ijtimoiy masalalarni
ijodiy hal qila oladigan shaxs sifatida shakllantirishga yordam beradi. Shu bois ushbu
mavzu nafaqat mahalliy ta’lim tizimida, balki xalqaro miqyosda ham dolzarb masala
hisoblanadi.

Mavzuning dolzarbligi shundaki, an’anaviy o‘qitish metodlari o‘quvchilarda

ijodkorlik va kreativ qobiliyatni yetarli darajada rivojlantira olmaydi [7]. Ular ko‘proq
standartlashtirilgan bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, muammolarni
noan’anaviy usullarda hal qilish imkoniyatini cheklaydi. Oqibatda, o‘quvchilarning
mustaqil fikrlash, yangi g‘oyalarni yaratish va o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilish
qobiliyatlari rivojlanishdan to‘xtab qoladi. Bu holat jamiyatda ijodiy kadrlarning
yetishmasligiga olib kelmoqda va bugungi kunda global muammo sifatida e’tirof
etilmoqda. Shu sababli, ta’lim tizimida kreativlikni rivojlantiruvchi pedagogik va
psixologik metodlarning joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Chet el tadqiqotchilarining ishlarida ham kreativlikni rivojlantirish masalasi keng

ko‘rib chiqilgan. Xususan, amerikalik psixolog E.P. Torrance ijodiy qobiliyatni
o‘lchash va rivojlantirish bo‘yicha muhim ilmiy izlanishlar olib borgan. Uning
tomonidan ishlab chiqilgan “Torrance Test of Creative Thinking” testi kreativ fikrlash
qobiliyatini aniqlashda jahon miqyosida keng qo‘llanilmoqda [1]. Shuningdek, J.P.
Guilford ijodkorlikni inson aqliy qobiliyatlarining muhim tarkibiy qismi sifatida ko‘rib,
kreativ fikrlash jarayonlarini chuqur o‘rgangan [2]. Yevropa mamlakatlarida
kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar bo‘yicha S. Craft [3] va
A. Robinsonning [4] ishlari alohida ahamiyatga ega. Ularning tadqiqotlarida ijodiy
qobiliyatni rivojlantirish uchun ijobiy muhit yaratish va o‘quvchilarga motivatsiya
berish alohida ta’kidlangan.

Shuningdek, Yaponiya va Janubiy Koreyada innovatsion ta’lim texnologiyalari

yordamida kreativlikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ushbu mamlakatlarda o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga undash uchun loyiha usuli, rolli
o‘yinlar va interfaol metodlardan samarali foydalanilmoqda.

O‘zbekistonda ham o‘quvchilarda kreativ qobiliyatni rivojlantirish masalasiga

alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada qator ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda.
Yurtimiz ta’lim tizimida interfaol metodlar ijodiy fikrlashni rivojlantirishning muhim
vositasi hisoblanadi. Ushbu usullar orqali o‘quvchilar o‘quv jarayonining faol


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

156

ishtirokchisiga aylanadi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bu borada
G‘.S. Xodjayev, Sh. Sharipov, A. Xasanboyeva, O.Q. Qosimov va boshqa olimlar ilmiy
tadqiqotlar olib bormoqdalar.

Bu borada G‘.S. Xodjayev o‘quvchilarning ijodkorligini rivojlantirishda interfaol

metodlardan foydalanish hamda o‘quvchilarni fikrlashga majbur qiladigan muammoli
vaziyatlarni yaratish samaradorligi haqida ta’kidlagan [5]. Muammoli vaziyatlar
yaratish – bu o‘quvchilar oldiga muammo yoki savol qo‘yilib, ulardan javob topish
uchun jamoaviy yoki individual yechim taklif qilish so‘raladigan metoddir.

O‘quvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirishda o‘yin texnologiyalarining

samaradorligi haqida O.Q. Qosimov keng tadqiqotlar olib borgan. U o‘yin jarayonlari
orqali darslarni qiziqarli va ijodiy qilish usullarini taklif etgan [6]. Simulyatsion va
teatrga asoslangan o‘yinlar dars jarayonida ijodiy fikrlashni rag‘batlantiradi hamda
o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi. S.E. Mirzayeva esa o‘quvchilarni fikrlashga
undash uchun tafakkur xaritasi (mind mapping) metodini qo‘llashni taklif qilgan [7].
Ushbu metod o‘quvchilarning fikrlarini tuzilmalashtirish va ijodiy ishlash
imkoniyatlarini kengaytiradi.

Mazkur tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, u nafaqat ta’lim

tizimidagi mavjud muammolarni aniqlashga, balki kreativlikni rivojlantirishning
samarali usullarini amaliyotga joriy etishga yordam beradi. Bu esa nafaqat
o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshiradi, balki jamiyat uchun ijodiy va
innovatsion fikrlash qobiliyatiga ega shaxslarni tayyorlash imkonini beradi.

METODLAR

O‘quvchilarda kreativ qobiliyatni rivojlantirish bugungi kun ta’lim tizimidagi

muhim masalalardan biridir. Kreativlik – bu yangicha fikrlash, yangi g‘oyalarni yaratish
va muammolarni original usullar bilan hal qilish qobiliyati bo‘lib, uni rivojlantirishda
o‘qituvchi foydalanadigan metodlarning o‘rni katta. To‘g‘ri tanlangan metodlar
o‘quvchilarning nafaqat kreativ qobiliyatini rivojlantiradi, balki ularning o‘ziga bo‘lgan
ishonchini oshirish, jamoa bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish va o‘quv jarayonida
faol ishtirokini ta’minlaydi.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini

rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda, ta’limda qo‘llaniladigan
turli zamonaviy interfaol metodlar ijodkorlikni oshirish va o‘quvchilarning mantiqiy
fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Brainstorming (yig‘ilish orqali g‘oyalar ishlab chiqish metodi):

Bu metod A.

Osborn tomonidan yaratilgan. Osbornning fikriga ko‘ra, brainstorming har qanday
muammoning ijodiy yechimini topish uchun g‘oyalarni to‘liq shaklda yig‘ishning eng
samarali usullaridan biridir. U bu metodning asosiy maqsadini shunday ta’riflaydi:
“G‘oyalarni qoralama shaklda yozing va erkin fikrlashni rag‘batlantiring” [8]. Bu metod
o‘quvchilarga muayyan muammo yoki mavzu bo‘yicha fikrlarini erkin aytishga va


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

157

yig‘ilgan fikrlarni tahlil qilishga imkon beradi. Ushbu metod sinfda darsni jonlantirish
va o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish uchun juda samarali hisoblanadi.

Klasterlash (fikrlar guruhini yaratish metodi):

Bu metod G.L. Ricco tomonidan

ishlab chiqilgan. Klasterlash ijodiy yozuv jarayonida fikrlarni tashkil qilish va ularga
tuzilma kiritish vositasidir. U klasterlashni inson miyasining qanday ishlashini
tushunish asosida ishlab chiqilgan “ijodiy xarita” deb ataydi [9]. Bu metod
o‘quvchilarning ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Torrance ijodiy fikrlash testi (Torrance Test of Creative Thinking – TTCT):

Bu

test Ellis Paul Torrance tomonidan ishlab chiqilgan. U o‘quvchilarning kreativ
qobiliyatini aniqlash va rivojlanishini baholash uchun ishlatiladi. Test o‘quvchilarning
muammolarni hal qilish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va fikrlashning
moslashuvchanligini o‘lchaydi [1]. Torrance testi o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini
aniqlash va ularga mos metodik yondashuvlarni tanlash imkonini beradi.

Design Thinking (dizayn fikrlash):

AQShning ta’lim tizimida ushbu metod

o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda keng qo‘llaniladi. Masalan,
Stanford universitetining d.school dasturi dizayn fikrlash orqali ijodiy muammolarni hal
qilishni o‘rgatadi [10]. Dizayn fikrlash metodikasi ta’limda yangi texnologiyalar va
g‘oyalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

STEAM-ta’lim:

AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya maktablarida fan va san’atni

integratsiyalash orqali o‘quvchilarning ijodkorligi rivojlantiriladi. Bu usul
muammolarga ko‘p yo‘nalishli yondashuvni shakllantiradi.

Gamification

(o‘yinlashtirish):

Janubiy

Koreyada

o‘quvchilarning

motivatsiyasini oshirish uchun o‘yin elementlari ta’lim jarayoniga kiritiladi. Masalan,
ijodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda ballar, darajalar va sovrinlar tizimi
qo‘llaniladi.

Tadqiqot davomida kreativlikni rivojlantirishning samarali metodlari aniqlanib,

milliy ta’lim tizimida amaliyotga tatbiq etilishi mumkinligi ko‘rsatildi. Shuningdek,
chet el tajribasi asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar mahalliy pedagogik jarayonlarni
yanada samarali qilishga xizmat qiladi. Ushbu metodlar ta’lim jarayonini ijodiy va
interfaol qilish orqali o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirishga keng
imkoniyat yaratadi. Bular o‘quvchilarga mavzuni chuqurroq o‘zlashtirish va o‘zlarining
ijodiy potentsialini ochish imkonini beradi.

NATIJALAR

O‘quvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish uchun qo‘llanilgan metodlar

samarali natijalar beradi. O‘zbekistonlik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va
amaliyotda sinovdan o‘tkazilgan metodlarning ijobiy natijalari quyidagicha. Interfaol
metodlar guruh ishlari va munozaralar orqali o‘quvchilar o‘rtasida erkin fikr almashish
va ijodiy yechimlar ishlab chiqishni faollashtirdi. Ayniqsa, klasterlash usuli va rolli
o‘yinlar o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini oshirishda eng samarali metodlardan biridir.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

158

Psixologik yondashuvlar motivatsiyani oshirish va ijodiy fikrlash guruhini yaratish
orqali o‘quvchilarda muammolarni yangicha yondashuv bilan hal qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirdi. Innovatsion texnologiyalar, ya’ni zamonaviy o‘quv texnologiyalari orqali
ijodkorlikni oshirishda loyiha asosidagi o‘qitishning ahamiyati yuqoridir.

Chet el olimlari tomonidan yaratilgan metodlar ham kreativlikni rivojlantirishda

juda samarali natijalar beradi. Brainstorming metodi guruh ishlarida o‘quvchilarni erkin
fikr yuritishga va noodatiy g‘oyalarni taklif qilishga undaydi. Brainstorming metodining
samaradorligi sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi va yangi g‘oyalar
yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Design Thinking metodi orqali o‘quvchilar ijodiy
loyihalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq qilishni o‘rganadilar. Bu metod,
ayniqsa, muammolarni yechishda aniq natijalarga erishishda foydali bo‘ladi. Torrance
Test of Creative Thinking testi yordamida o‘quvchilarning ijodiy rivojlanish darajalari
baholanadi.

Yuqorida keltirilgan metodlarning barchasi ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda

yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, o‘quvchilarni innovatsion fikrlash va ijodiy
yondashuvlarga tayyorlashda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu metodlarning
amaliyotga joriy qilinishi nafaqat o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini oshiradi, balki
ta’limning umumiy sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

MUHOKAMALAR

O‘quvchilarda kreativ qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan metodlar

innovatsion ta’lim yondashuvlari bilan uyg‘unlashdi. Ijodiy fikrlash jarayonlarining
tizimli rivojlanishida qo‘llanilgan metodlar (brainstorming, klaster usuli, loyiha usuli va
h.k.) o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishda yuqori natijalar
berdi. Psixologik asoslar: motivatsiya va ijobiy o‘quv muhiti kreativ qobiliyatning
rivojlanishida hal qiluvchi omil ekanligi kuzatildi. Rolli o‘yinlar va loyiha usuli
o‘quvchilarning faolligini oshirish hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchini shakllantirishga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sinovdan o‘tgan metodlarni ta’lim jarayoniga kiritish
o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini kuchaytirib, ularning umumiy o‘zlashtirish
darajasini ham yaxshilash imkonini beradi.

Natijalar boshqa tadqiqotlar bilan solishtirildi. Tadqiqot natijalari chet elda

amalga oshirilgan turli ilmiy ishlanmalar bilan taqqoslanib, o‘ziga xos yondashuvlar va
ularning o‘xshashliklari quyidagicha tahlil qilindi:

Design Thinking va loyiha usuli:

AQShda keng qo‘llaniladigan Design Thinking

metodi bilan tadqiqotimizda qo‘llanilgan loyiha usuli o‘xshashlikka ega. Ikkala metod
ham o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat
qiladi. Loyiha usuli faqat ijodiy qobiliyatni emas, balki jamoaviy ishlash va
rejalashtirish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.

Brainstorming va Gamification (o‘yinlashtirish):

Janubiy Koreyada amalga

oshirilgan izlanishlarda brainstorming o‘yin elementlari bilan birlashtirilgan. Bu


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

159

yondashuv o‘quvchilarning ishtiyoqini oshiradi va ular tomonidan yangi g‘oyalar ishlab
chiqilishiga yordam beradi. Brainstorming usuli o‘z-o‘zidan ham yuqori samaradorlik
ko‘rsatadi, lekin uning o‘yin elementlari bilan boyitilishi ijodiy jarayonni yanada
takomillashtirishi mumkin.

Torrance ijodiy fikrlash testi natijalari:

Torrance testi bo‘yicha olingan natijalar

xalqaro tadqiqotlarda kuzatilgan o‘zgarishlar bilan mos keladi. Masalan, AQSh va
Yaponiya o‘quvchilari ishtirokidagi tajribalar kreativ qobiliyatning o‘rtacha 20–30% ga
oshishini ko‘rsatgan.

Mazkur tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati quyidagi jihatlarda namoyon

bo‘ladi:

1. Ilmiy yondashuvlarning kengayishi:

Tadqiqot ijodiy qobiliyatni rivojlantirish

bo‘yicha mavjud nazariyalarga hissa qo‘shadi. Ayniqsa, o‘quvchilarning motivatsiyasi
va ijtimoiy muhitining kreativlikka ta’siri haqida yangi ma’lumotlar berildi. Bu
sohadagi boshqa tadqiqotlarga nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

2. Ta’lim tizimida innovatsiyalar:

Tadqiqotda qo‘llanilgan metodlar milliy ta’lim

tizimida joriy etilishi mumkin. Xususan:

Loyiha usuli:

STEM va STEAM yondashuvlarini ta’limga kiritish orqali o‘quv

dasturlarini boyitish.

Rolli o‘yinlar:

Chet tillari, tarix va tabiatshunoslik fanlarida qo‘llanilishi orqali

ijodkorlikni rag‘batlantirish.

Klasterlash:

O‘quv materiallarini tizimli ravishda o‘rganish uchun samarali

vosita sifatida foydalanish.

XULOSA VA TAKLIFLAR

O‘quvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish ta’lim tizimining dolzarb

vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki bugungi kun talablari ijodkorlik, tanqidiy fikrlash
va muammolarni yangicha yondashuvlar orqali hal qilish ko‘nikmalarini talab etmoqda.
Ushbu maqolada an’anaviy va innovatsion metodlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi orqali
kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi.

1. Pedagogik yondashuvlarning samaradorligi:

Kreativlikni rivojlantirish uchun

tanlangan metodlarning mosligi va ularni to‘g‘ri tatbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Brainstorming, klasterlash, rolli o‘yinlar va loyihaviy ta’lim kabi usullar
o‘quvchilarning ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini sezilarli darajada yaxshilaydi.

2. Zamonaviy texnologiyalarning integratsiyasi:

Masalan, STEAM yondashuvi

va gamifikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayoniga ijodiy fikrlash va yangi g‘oyalarni
shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Chet el tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki,
ushbu texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish ijodiy salohiyatni rivojlantirishda muhim
rol o‘ynaydi.

3. Motivatsiya va hamkorlikni kuchaytiruvchi muhit:

Kreativ qobiliyatlarni

rivojlantirish uchun o‘quv jarayonida ijobiy muhit yaratish zarur. O‘qituvchilar o‘z


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

160

yondashuvlarini muntazam yangilab borishi va xalqaro tajribalarni qo‘llashi lozim.
Milliy ta’lim tizimiga chet elning ilg‘or metodlarini integratsiya qilish orqali
o‘quvchilarning ijodiy salohiyati sezilarli darajada oshirilishi mumkin. Xususan, Design
Thinking, gamifikatsiya va loyiha asosidagi ta’lim usullarining joriy etilishi o‘quv
jarayonlarini mazmunan boyitadi va o‘quvchilarning real hayotdagi muammolarni hal
qilish qobiliyatini rivojlantiradi.

Shuningdek, kreativlikni baholash va rivojlantirish uchun xalqaro miqyosda

qo‘llaniladigan testlar, masalan, Torrance testi yoki Guilford modeli, milliy ta’lim
tizimiga moslashtirilishi va o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini aniq o‘lchash uchun
qo‘llanilishi kerak. Bu jarayon ta’limda kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan uzoq
muddatli strategik dasturlarni yaratishga imkon beradi. Ta’lim jarayonida kreativ
yondashuvlarni qo‘llash nafaqat o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini oshiradi, balki
jamiyatning umumiy innovatsion taraqqiyotiga hissa qo‘shadi. Shu bois, ushbu
yo‘nalishda tadqiqotlar va metodik ishlanmalarni davom ettirish muhim ahamiyat kasb
etadi.

Takliflar:

O‘quvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish maqsadida chet el

tajribalaridan foydalanishni taklif qilaman:

1. Design Thinking metodini joriy etish:

Design Thinking (dizayn o‘ylash) AQSh

va Yevropada ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun keng qo‘llanilmoqda.
Ushbu metod o‘quvchilarga real hayotdagi muammolarni aniqlash, ularga yechim
topish va yangi g‘oyalarni sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. Uni loyiha ishlari va
fanlararo mashg‘ulotlarga kiritish orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirish mumkin.

2. Gamifikatsiya (o‘yin elementlarini qo‘llash):

Janubiy Koreya va Singapur

ta’lim tizimlarida gamifikatsiya (gamification) keng qo‘llanilib, o‘quvchilarning
motivatsiyasi va ijodiy salohiyatini oshirishda muhim vosita sifatida e’tirof
etilmoqda.Ushbu metodni milliy ta’lim tizimida dars jarayonlariga qo‘llash taklif
etiladi, masalan, kreativ vazifalar uchun o‘yin shaklida topshiriqlar ishlab chiqish yoki
onlayn platformalar orqali interaktiv ta’lim materiallari yaratish.

3. STEAM ta’lim tizimiga o‘tish:

AQSh va Yevropada qo‘llanilayotgan STEAM

(Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) ta’lim yondashuvi
o‘quvchilarni ijodiy fikrlash va muammolarni innovatsion usullar bilan hal qilishga
yo‘naltiradi. STEAM yondashuvini amaliy fanlar, masalan, texnologiya va san’at bilan
birlashtirish orqali kreativ qobiliyatni rivojlantirish mumkin. Bu esa o‘quvchilarga
nazariy bilimlarni hayotda qo‘llashni o‘rgatadi.

4. Loyiha asosidagi ta’limni kuchaytirish:

Loyihaviy ta’limni tashkil qilishda

xalqaro tajriba asosida individual va jamoaviy loyihalar yaratish tizimini kengaytirish
lozim. Masalan, Yaponiyada keng qo‘llaniladigan “Problem-Based Learning” (PBL)
yondashuvi o‘quvchilarni murakkab vaziyatlarga ijodiy yechim topishga o‘rgatadi


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

161

[11,481-486]. Bu metodni turli fanlarga integratsiya qilish ijodiy fikrlashni
rivojlantiradi.

5. Onlayn platformalar va texnologiyalardan foydalanish:

O‘quvchilarning

kreativ qobiliyatini rivojlantirishda onlayn vositalar katta ahamiyatga ega. Masalan:
Padlet, Miro yoki Trello kabi vositalar yordamida brainstorming va klasterlash
jarayonlarini

interaktiv

ravishda

tashkil

etish.Virtual

laboratoriyalar

va

simulyatsiyalardan foydalanib, loyihaviy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish. Bu
texnologiyalar o‘quvchilarga o‘z g‘oyalarini vizualizatsiya qilish va ular ustida
hamkorlikda ishlash imkonini beradi.

6. O‘quvchilarni ijodiy fikrlashga yo‘naltiruvchi dasturlar ishlab chiqish:

Chet

elda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan dasturlarni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish:
“Creative Classrooms” loyihasi (Yevropa) – o‘quvchilarning kreativ qobiliyatini
rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashg‘ulotlar to‘plami [12,447-463]. “Idea Lab”
(AQSh) – ijodiy laboratoriyalarni tashkil etish orqali o‘quvchilarning amaliy
ko‘nikmalarini rivojlantirish.Milliy sharoitga mos dasturlar yaratish va ularni sinovdan
o‘tkazish taklif etiladi [13].

7. Kreativlikni baholashning xalqaro usullarini qo‘llash:

Torrance ijodiy fikrlash

testi (Torrance Tests of Creative Thinking) va Guilford ijodiy qobiliyat modellaridan
foydalanish. Bu testlar yordamida o‘quvchilarning kreativ salohiyatini aniq baholash va
rivojlantirish uchun individual strategiyalarni ishlab chiqish mumkin. Ushbu usullarni
o‘quv dasturlariga integratsiya qilish orqali ijodkorlikni rivojlantirish jarayonini tizimli
baholashga erishiladi.

8.

Chet eldan o‘qituvchi va mutaxassislar jalb qilish:

Ta’lim tizimiga chet ellik

mutaxassislarni jalb etish orqali xalqaro tajribalarni o‘rgatish va milliy ta’lim tizimiga
integratsiya qilish taklif etiladi. O‘qituvchilar uchun xalqaro seminar va treninglar
tashkil qilish, ularni zamonaviy yondashuvlar bilan tanishtirish ham muhim ahamiyatga
ega.

Ilmiy va amaliy ahamiyati: Ushbu takliflarning amalga oshirilishi ta’lim

jarayonida kreativ qobiliyatni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqadi. Xalqaro
metodlarni joriy etish orqali o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv va
jamoaviy ishlash ko‘nikmalari sezilarli darajada rivojlanadi. Milliy ta’lim tizimi uchun
yangi yondashuvlar ishlab chiqilib, ijodiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan
innovatsion dasturlar shakllanadi.







background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

162

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Torrance, E. P. Torrance Tests of Creative Thinking. Bensenville: Scholastic
Testing Service, 1974.

2.

Guilford, J. P. Creativity // American Psychologist, 1950. Vol. 5, No. 9. – P. 444-
454.

3.

Craft, A. Creativity in Schools: Tensions and Dilemmas. – London: Routledge,
2005. – P. 208.

4.

Robinson, K. Out of Our Minds: Learning to be Creative. – Oxford: Capstone
Publishing, 2001. – P. 288.

5.

Xodjayev, G. S. Faol ta’lim metodlari orqali o‘quv jarayonini tashkil etish. –
Toshkent, 2010.

6.

Qosimov O.Q. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish. –
Toshkent, 2018. – B. 123.

7.

Mirzayeva S.E. O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishning grafik usullari.
– Toshkent, 2020. –B. 89.

8.

Osborn, A. F. Applied Imagination: Principles and Procedures of Creative
Problem-Solving. – New York: Scribner, 1953. – P. 317.

9.

Rico, G. L. Writing the Natural Way: Using Right-Brain Techniques to Release
Your Expressive Powers. – Los Angeles: J. P. Tarcher, 1983. – P. 240.

10.

Brown, T. Change by Design: How Design Thinking Creates New Alternatives
for Business and Society. – Harper Business, 2009. – P. 264.

11.

Barrows, H. S. A Taxonomy of Problem-Based Learning Methods / H. S.
Barrows // Medical Education, 1986. – Vol. 20, №6. – P. 481–486.

12.

Beghetto, R. A., Kaufman, J. C. Nurturing Creativity in the Classroom / R. A.
Beghetto, J. C. Kaufman // Cambridge Handbook of Creativity. – Cambridge:
Cambridge University Press, 2009. – P. 447–463.

13.

Gross, B. Idea Lab: Building and Sustaining Innovation / B. Gross. – Pasadena,
CA: Idea Lab, 1996.








Библиографические ссылки

Torrance, E. P. Torrance Tests of Creative Thinking. Bensenville: Scholastic Testing Service, 1974.

Guilford, J. P. Creativity // American Psychologist, 1950. Vol. 5, No. 9. – P. 444-454.

Craft, A. Creativity in Schools: Tensions and Dilemmas. – London: Routledge, 2005. – P. 208.

Robinson, K. Out of Our Minds: Learning to be Creative. – Oxford: Capstone Publishing, 2001. – P. 288.

Xodjayev, G. S. Faol ta’lim metodlari orqali o‘quv jarayonini tashkil etish. – Toshkent, 2010.

Qosimov O.Q. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish. – Toshkent, 2018. – B. 123.

Mirzayeva S.E. O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishning grafik usullari. – Toshkent, 2020. –B. 89.

Osborn, A. F. Applied Imagination: Principles and Procedures of Creative Problem-Solving. – New York: Scribner, 1953. – P. 317.

Rico, G. L. Writing the Natural Way: Using Right-Brain Techniques to Release Your Expressive Powers. – Los Angeles: J. P. Tarcher, 1983. – P. 240.

Brown, T. Change by Design: How Design Thinking Creates New Alternatives for Business and Society. – Harper Business, 2009. – P. 264.

Barrows, H. S. A Taxonomy of Problem-Based Learning Methods / H. S. Barrows // Medical Education, 1986. – Vol. 20, №6. – P. 481–486.

Beghetto, R. A., Kaufman, J. C. Nurturing Creativity in the Classroom / R. A. Beghetto, J. C. Kaufman // Cambridge Handbook of Creativity. – Cambridge: Cambridge University Press, 2009. – P. 447–463.

Gross, B. Idea Lab: Building and Sustaining Innovation / B. Gross. – Pasadena, CA: Idea Lab, 1996.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов