Tadbirkorlik va pedagogika
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy

Pedagogika fanlari boʻyicha OAK nashrlari roʻyxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, quyidagi sohalar boʻyicha maqolalar qabul kilinadi: Iqtisodiyot, Aniq fanlar, Gumanitar fanlar, Filologiya, Biologiya, Texnika fanlari
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiru-RUTadbirkorlik va pedagogika2181-2659UMUMTA’LIM MAKTABI O‘QUVCHILARINING NUTQIDA FONETIK INTERFERENTSIYA VA UNING BARTARAF ETISH YO‘LLARI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/106921

Ma’lumki, ikkinchi xorijiy tilni o‘rganishning boshlang‘ich bosqichida eng katta qiyinchilik fonetik interferentsiyada namoyon bo‘ladi, chunki til o‘rganuvchi, avvalo, o‘zga tilning tovush tizimi bilan to‘qnashadi. Ushbu maqolada ingliz tili bilan o‘zbek tili tovushlarining mos kelmaydigan jihatlari ajratib ko‘rsatilgan. Ajratilgan fonetik indikatorlarga asoslanib, ingliz tilidagi tovushlarni o‘rgatish metodlari va texnikalari taklif etilgan. Fonetik interferentsiya aynan ta’limning boshlang‘ich bosqichida, ya’ni boshlang‘ich sinflar materiallarida ko‘proq kuzatilganligi sababli maqolada tavsiya etilgan mashq va topshiriqlar ingliz tili fanining “Guess What 3!” darsligi asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek, 3-sinflar bilan o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari tahlil etilgan. Darslikda mavjud bo‘lgan mashqlar o‘quvchilarning tovushlarni yetarli darajada egallashiga to‘laqonli yordam bermaganligi bois ularni takomillashtirish va qo‘shimcha mashqlarni ishlab chiqish bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirilgan.
Nozimaxon Mamadjanova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Nozimaxon Mamadjanova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143510HAKIM TERMIZIYNING ILMIY-FALSAFIY MEROSINING ZAMONAVIY FAN RIVOJIDAGI AHAMIYATI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/106938

Ushbu maqolada IX asrning yirik mutafakkiri, islomiy tasavvuf falsafasining mashhur namoyandasi Hakim Termiziyning ilmiy-falsafiy merosi zamonaviy gnoseologik va antropologik kontekstda chuqur tahlil qilinadi. Termiziyning asarlarida ruhiy poklanish, nafsni tarbiya qilish, ichki tajriba orqali haqiqatga yetishish g‘oyalari markaziy o‘rinda ko‘rib chiqilib, ular zamonaviy falsafaning asosiy yo‘nalishlari – bilish nazariyasi, psixologik antropologiya va axloqshunoslik bilan ilmiy asosda solishtiriladi. Tadqiqot davomida neytral falsafiy pozitsiya saqlangan holda, Termiziy ta’limotining zamonaviy insonshunoslik fanlariga integratsiyalash imkoniyatlari o‘rganiladi. Ayniqsa, uning tafakkurida ichki tajribaning bilishdagi o‘rni va inson tabiatini mukammallashtirishga doir g‘oyalari bugungi axloqiy tanazzul va ruhiy inqiroz sharoitida alohida dolzarblik kasb etadi. Maqola tarixiy-falsafiy merosni zamonaviy ilmiy va ma’naviy rivojlanish kontekstida baholaydi.
Erkin Rahmatov
Mualliflik huquqi (c) 2025 Erkin Rahmatov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-21431119TURKIY TILLАR: О‘TMISH VА BUGUN
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/106977

Hozirda dunyo xaritasida mavjud mustaqil davlatlar o‘z davlat tili va asl yozuviga ega. Mustamlaka bo‘lgan hududlar ajralib chiqib, mustaqillikka erishgach, ular ham avvaldan foydalanib kelgan til va yozuv hamda zamonaviy davlat tiliga ega bo‘lishga intilmoqda. Ushbu maqola turkiy tillarning shakllanishi, rivojlanishi va zamonaviy ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Unda qadimgi turkiy tillar, xususan, O‘rxun-Enasoy bitiklari kabi yozma yodgorliklarning tarixiy va madaniy ahamiyati ochib berilgan. Oltoy tillari nazariyasi asosida turkiy tillarning kelib chiqishi va boshqa tillar bilan ehtimoliy genetik aloqasi tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada turkiy tillarning asosiy guruhlari – qipchoq, o‘g‘uz va qarluq tillari o‘rtasidagi leksik, fonetik va grammatik farqlar hamda bu tillarning hududiy tarqalishi ko‘rib chiqilgan. Mazkur ish turkiy tillarning tarixiy ildizlarini o‘rganish bilan birga, ularning bugungi dunyodagi o‘rni va ahamiyatini tushunishga qaratilgan bo‘lib, lingvistika va tarixshunoslik sohalari uchun qimmatli ma’lumotlarni taqdim etadi.
Dilbаr Rаsulоvа Аhmаd Qаrshiyev
Mualliflik huquqi (c) 2025 Dilbаr Rаsulоvа , Аhmаd Qаrshiyev
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-21432029SURXON VOHASIDA NIKOH TUZISH MUNOSABATLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/106981

Ushbu maqolada Surxon vohasi aholisining nikoh tuzish shart-sharoitlari, nikoh tushunchasi va uning etnografik tahlili yoritilgan. Maqolaning asosiy maqsadi nikoh masalalari, unga aloqador urf-odatlar va marosimlarni o‘rganish, yoshlarni oila masalalariga jiddiyroq yondashishga undash hamda ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdan iborat. Surxon vohasi aholisi o‘rtasidagi urf-odat va an’analar boshqa hududlarnikidan tubdan farq qilgani bois ularni alohida yondashuv asosida tahlil qilish lozim. Nikoh faqat ikki yoshning birga yashashi emas, balki u oila deb ataluvchi mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olishdir. Xalqimizda turli urf-odat va marosimlar mavjud bo‘lib, ularning eng muhimlaridan biri nikoh masalasidir. Ushbu jarayonni kengroq yoritish yosh tadqiqotchilarning muhim vazifalaridan biridir. Oila o‘chog‘i nikoh munosabatlari natijasida shakllanadi. Nikoh – er va xotin o‘rtasidagi muayyan ittifoq bo‘lib, u jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi hamda ma’qullanadi.
Ravshan Buriyev
Mualliflik huquqi (c) 2025 Ravshan Buriyev
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-21433036IMOM AL-BUXORIY: IX ASR O‘RTA OSIYO TARIXIDA HADIS ILMINING TARIXIY POYDEVORI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/106985

Ushbu maqola IX asr O‘rta Osiyo tarixida Imom Al-Buxoriyning hadis ilmidagi o‘ziga xos o‘rnini yoritadi. Buxoroda tug‘ilgan Al-Buxoriy otasi Ismoil va o‘z davrining yetuk muhaddislaridan ta’lim olib, ilmiy faoliyatini boshlagan. 16 yoshida Makkaga safar qilib, keyin Madinada mashhur ulamolardan saboq olgan. Uning “Sahih al-Buxoriy” asari sahih hadislarni tizimga solib, hadis ilmining eng muhim manbayi sifatida e’tirof etilgan. “Al-adab al-mufrad” odob-axloqni, “At-tarix al-kabir” esa O‘rta Osiyo ilmiy muhitini aks ettiradi. Al-Buxoriyning rihlat safarlari va ilmiy metodologiyasi islom olamiga ulkan meros qoldirdi. Maqola uning faoliyatini tahlil qilib, hadis ilmining tarixiy poydevorlarini ochadi va “Al-jome as-sahih”ning keyingi avlodlarga ta’sirini ko‘rsatadi.
Dilnoza Xayrullayeva Manzura Ibragimova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Dilnoza Xayrullayeva , Manzura Ibragimova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-21433748ZIG‘IR URUG‘IDAN MOY OLISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/107485

Bugungi kunda texnika va texnologiyalar jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan bir davrda zamonaviy texnologik vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonini tasavvur qilish qiyinlashmoqda. Ayniqsa, yog‘-moy sanoati nafaqat dunyoda, balki mamlakatimizda ham iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Tarixan yog‘ mahsulotlarini olishda oddiy juvozlardan foydalanilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu jarayon zamonaviy, yuqori texnologiyali uskunalar yordamida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda zig‘ir moyi eng sifatli yog‘lar sirasiga kiradi va yog‘-moy sanoatida o‘zining tarkibiy afzalliklari bilan ajralib turadi. Shu bois zig‘ir moyi qadim zamonlardan buyon nafaqat oziq-ovqat sanoatida, balki xalq tabobatida ham keng qo‘llanib kelinmoqda. Zig‘ir moyining foydali xususiyatlari va uni sanoat miqyosida yetishtirish imkoniyatlari bu mahsulotga bo‘lgan talabni yildan-yilga oshirib bormoqda.
Sunnatullo IsmatovMaftuna Abdunazarova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Sunnatullo Ismatov, Maftuna Abdunazarova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-21434957DENOV TUMANI DARAXT VA BUTALARIDAGI SITOSPOROZ KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/107586

Tashqi omillar hamda patogen mikroorganizmlar ta’sirida manzarali daraxtlar va butalarda turli kasalliklarning rivojlanishi kuzatiladi. Bunday salbiy hodisalarning oldini olish uchun mikromitset biotasining tur tarkibini o‘rganish, ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish orqali atrof-muhit muhofazasiga hissa qo‘shish mumkin. Denov dendrariysidagi yuksak o‘simliklar mikromitsetlarini o‘rganish jarayonida ushbu hududda un-shudring, zang, sitosporoz, septorioz, filloksitoz, morsonioz kabi zamburug‘li kasalliklar keng tarqalganligi aniqlangan. Ushbu maqolada Denov tumani hududidagi daraxt va butalarda uchraydigan zamburug‘li kasalliklar, xususan sitosporoz kasalligi va unga qarshi kurash choralari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Dilfuza Sodiqova Gavhar TurdiyevaZuhra Mamurova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Dilfuza Sodiqova , Gavhar Turdiyeva, Zuhra Mamurova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-21435866C++ DASTURLASH TILI FUNKSIYALARINING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA DASTURIY MISOLLAR
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/107652

Ushbu maqolada C++ dasturlash tilida funksiyalarning asosiy tushunchalari va ularning qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Funksiyalar dastur yozishda muhim tarkibiy qismlardan biri bo‘lib, ular dasturni modullashtirish, qismlarga bo‘lish va takrorlanuvchi amallarni bajarishda katta yordam beradi. Maqolada funksiyalarning tuzilishi, ularning e’loni, aniqlanishi, prototiplari hamda turli misollar orqali tushuntirilgan. Shuningdek, void tipidagi funksiyalar, standart argumentlar va lokal o‘zgaruvchilar kabi muhim tushunchalar ham yoritilgan. Misollar orqali funksiyalarning qanday ishlashi va dastur yozishda qanday qo‘llanilishi ko‘rsatilgan.
Sevinch Hamidova Sadriddin Normurodov Durdona Safarova Sevinch Buvajonova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Sevinch Hamidova , Sadriddin Normurodov , Durdona Safarova , Sevinch Buvajonova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-21436776SHAFFOF-RANGSIZ SHISHALAR SINTEZI VA ULARNING DIFFERENSIAL TERMIK TAHLILI (DTT)
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/107679

PbO-SiO2 tizimi asosidagi shaffof shisha omuxtasining kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy va differentsial termik tahlil usullari yordamida tahlil qilingan. Fizik-kimyoviy xususiyatlarini tadqiq etish va ular asosida shaffof shisha olish imkoniyatlarini aniqlashda tajribaviy ishlar fizik-kimyoviy va shisha texnologiyasining an’anaviy usullari yordamida amalga oshirilgan. PbO-SiO2 sistemasi asosida shaffof shishalar olish uchun 70%PbO+30%SiO2 va 80%PbO+20%SiO2 maqbul tarkiblardan iborat ekanligi tajribada isbotlangan. Bunday maqbul tarkibdagi olingan shisha omuxtasi asosida past haroratda pishadigan shaffof shisha olish mumkin va tarkibida PbO ning 70-80% miqdorda bo‘lishi shisha nur sindirish ko‘rsatkichining yuqori ekanli aniqlangan.
Xidir AdinayevZiyodullo Otaqo‘ziyev
Mualliflik huquqi (c) 2025 Xidir Adinayev, Ziyodullo Otaqo‘ziyev
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-21437785MAKTABDA TABIIY FANLARIDA “OKSIDLANISH-QAYTARILISH JARAYONLARI” MAVZUSINI O‘QITISH
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/107689

Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari tabiatda uzluksiz sodir bo‘lib turadigan hodisalardir. Ushbu jarayonlar natijasida organik moddalar noorganik moddalarga aylanadi. Tirik organizmlarda energiya almashinuvi, fizikadagi issiqlik hodisalari va tabiatdagi elektr jarayonlari ham aynan oksidlanish–qaytarilish jarayonlari bilan bog‘liq. Bu jarayonlarning mohiyati shundan iboratki, moddani tashkil etuvchi zarrachalarning kimyoviy reaksiyalar davomida oksidlanish darajasi o‘zgaradi. Ushbu mavzu asosan kimyo fanida chuqur o‘rganiladi. Mazkur maqolada esa oksidlanish–qaytarilish jarayonlarini o‘qitish usullari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
Alisher Raximov Islom Boboxonov Anora Umbarova Sardor Elmurodov
Mualliflik huquqi (c) 2025 Alisher Raximov , Islom Boboxonov , Anora Umbarova , Sardor Elmurodov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-21438693INFORMATIKA DARSLARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHGA QARATILGAN DIDAKTIK JIHATLAR
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108048

Ushbu maqolada ta’limning turli bosqichlarida informatika darslarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan didaktik jihatlar tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiyaning jadalligi hamda raqamli kompetensiyalarning ortib borayotgan ahamiyati sharoitida, mazmunli va barqaror ta’lim natijalarini ta’minlaydigan samarali pedagogik strategiyalarni joriy etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda interaktiv o‘qitish usullarini integratsiyalash, o‘quv jarayonini shaxsga yo‘naltirish, raqamli vositalardan foydalanish va kompetensiyalarga asoslangan yondashuv kabi asosiy didaktik tamoyillar tahlil qilinadi. Informatika fanining o‘quv dasturlarini o‘quvchilarning kognitiv rivojlanish darajasiga moslashtirish, shuningdek, tanqidiy fikrlash, muammoni hal qilish va algoritmik tafakkurni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Tahlil milliy va xalqaro ilmiy adabiyotlarga asoslangan holda olib borilgan bo‘lib, informatika fanidan o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirishi va motivatsiyasini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion o‘qitish amaliyotlarini yoritadi.
Raxmatilla Mamajanov Munisa Bo‘ronova Muzrob Berdimuratov
Mualliflik huquqi (c) 2025 Raxmatilla Mamajanov , Munisa Bo‘ronova , Muzrob Berdimuratov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-214394103BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING KASBIY TAYYORGARLIGIDA ZAMONAVIY PEDAGOG IMIJINING AHAMIYATI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108226

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligida zamonaviy pedagog imijining tutgan o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Pedagog imiji nafaqat tashqi ko‘rinish, balki shaxsiy fazilatlar, kommunikativ madaniyat va kasbiy mahoratni o‘z ichiga oluvchi murakkab tushuncha sifatida tahlil etiladi. Maqolada zamonaviy jamiyat talablariga javob bera oladigan, yangilikka ochiq va o‘zini doimiy ravishda rivojlantiruvchi pedagog shaxsini shakllantirish zarurligi asoslab beriladi. Shuningdek, pedagogik faoliyatda ijobiy imijning o‘quvchilarga, ota-onalarga hamda kasbiy muhitga ta’siri va uning bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy muvaffaqiyatiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri ochib beriladi. Samarali o‘qituvchilik faoliyati uchun ijobiy pedagogik imijni shakllantirish ta’lim jarayonining muhim omillaridan biri ekani ta’kidlanadi. Maqolada AQSh, Finlyandiya va Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim tizimiga ega mamlakatlar tajribasi ham o‘rganilgan bo‘lib, ushbu xorijiy tajribalarda o‘qituvchining ijtimoiy mavqei, doimiy kasbiy rivojlanish dasturlari hamda jamoatchilik bilan samarali aloqasi pedagog imijining ajralmas tarkibiy qismlari sifatida ko‘rsatib berilgan.
Mahliyo Ko‘chkinova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Mahliyo Ko‘chkinova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143104117BOSHLANG‘ICH SINFLARDA YANGI DARSLIKLAR ASOSIDA O‘QITISH: MOSLASHUV, SAMARADORLIK VA TAJRIBA
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108280

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida joriy etilgan yangi o‘quv darsliklarining mazmun-mohiyati, ularning pedagogik va psixologik asoslari, shuningdek, o‘quvchilarning darsliklarga moslashish jarayoni keng yoritilgan. Yangi darslik majmualari 4K kompetensiyaviy yondashuv shaklida tuzilgan bo‘lib, bu metodologiya o‘quvchilarda kreativlik, tanqidiy fikrlash, hamkorlikda ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Izlanishlar va tadqiqotlar davomida o‘quvchilar va o‘qituvchilarning darsliklarga bo‘lgan munosabati, mazmunni o‘zlashtirish, o‘rganish darajasi hamda metodik yondashuvlarning samaradorligi o‘rganilib, amaliy kuzatuvlar va suhbatlar asosida tahlil qilingan. Maqolada hayotiy (real) to‘lim jarayonidan olingan ma’lumotlar asosida yangi darsliklarning afzalliklari, kamchiliklari va dolzarb muammolari aniqlangan. Jumladan, interfaollik, mantiqiy muloqot, vizual vositalardan foydalanish, asta-sekin bosqichma-bosqich o‘rganishga yo‘naltirilgan topshiriqlar o‘quvchilarda mustahkam bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilayotgani ta’kidlangan. Shu bilan bir qatorda, ba’zi mavzularning murakkabligi, til jihatidan qiyinchiliklar va metodik ko‘rsatmalar yetarli emasligi kabi kamchiliklar ham ko‘rib chiqilgan va qayd etilgan.
Azіza NormurotovaShoira Nimatulloyeva
Mualliflik huquqi (c) 2025 Azіza Normurotova, Shoira Nimatulloyeva
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143118125BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV VA SIMULYATIV TEXNOLOGIYALAR UYG‘UNLIGI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108285

Hozirgi davrda ta’lim sohasida yuz berayotgan tub islohotlar, pedagogik texnologiyalarning tezkor rivojlanishi, raqamli vositalarning keng tatbiqi o‘quv jarayonini tubdan yangilashni talab etmoqda. Ayniqsa, san’at va madaniyat bilan bog‘liq fanlarni, xususan, musiqa ta’limini o‘qitishda yangicha yondashuvlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini tayyorlashda faqatgina nazariy bilimlarni emas, balki ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish ham muhim o‘rin egallaydi. Chunki musiqa o‘qituvchisi – bu faqat bilim beruvchi emas, balki ijodiy shaxslarni tarbiyalovchi, estetik did va madaniyatni shakllantiruvchi murabbiydir. Mazkur maqolada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda integrativ yondashuv va simulyativ texnologiyalarning uyg‘un holda qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Integratsiya orqali musiqa ta’limini boshqa fanlar bilan uyg‘unlashtirish, simulyatsiya orqali esa o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash orqali ijodiy fikrlashni rivojlantirish usullari ko‘rsatib beriladi. Maqolada integrativ va simulyativ yondashuvlarning uyg‘unlashuvi orqali bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining ijodiy kompetensiyasini shakllantirish yo‘llari, amaliy misollar, metodik tavsiyalar va tadqiqot natijalari keng yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida musiqa ta’limi sohasida zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish, pedagogik jarayonni yanada interaktiv va samarali tashkil qilish borasida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Abdulaziz Kosimov
Mualliflik huquqi (c) 2025 Abdulaziz Kosimov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143126132MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MA’NAVIY- MA’RIFIY QIYOFASINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISH
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108300

Bugungi globallashuv, texnologik taraqqiyot va axborot oqimining tezlashuvi davrida yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini shakllantirish masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, shaxs kamolotining ilk bosqichi hisoblangan maktabgacha yosh davrida bolalarga milliy g‘oya, axloqiy fazilatlar, vatanparvarlik, hurmat, odob kabi qadriyatlarni singdirish orqali kelajak avlod tarbiyasiga mustahkam poydevor yaratiladi. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy-ma’rifiy qiyofasini shakllantirish jarayonining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Bolalarning ruhiy, axloqiy va ijtimoiy jihatdan kamol topishida oila, tarbiyachi va ta’lim muassasalarining o‘rni atroflicha yoritiladi. Pedagogik kuzatuv, suhbat, tahlil va eksperiment usullaridan foydalangan holda dolzarb muammolarni aniqlandi hamda samarali yechimlar taklif etildi. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi va milliy qadriyatlar asosida tarbiyaviy faoliyatni takomillashtirish zarurligi asoslab beriladi.
Maftuna Niyozova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Maftuna Niyozova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143133139OLIY TA’LIM PROFESSOR-O‘QITUVCHILARINING KASBIY KO‘RSATGICHLARINI TAKOMILLASHTIRISH
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108312

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimidagi professor-o‘qituvchilarning kasbiy ko‘rsatkichlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Unda zamonaviy ta’lim talablari asosida pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish, malaka oshirish tizimini takomillashtirish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini baholash mezonlari va ularni rivojlantirish strategiyalari haqida ilmiy asoslangan fikr-mulohazalar bildirilgan. Maqola oliy ta’lim sifatini oshirishda professor-o‘qituvchilarning roli va ular faoliyatining uzluksiz takomillashuvi muhim omil ekanligini asoslab beradi. Oliy ta’lim tizimida professor-o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikma va salohiyatini rivojlantirish ta’lim sifatini yuksaltirishda muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonlarining jadal rivojlanishi pedagogik mahorat, ilmiy-tadqiqot olib borish qobiliyati va innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida professor-o‘qituvchilarning kasbiy ko‘rsatkichlarini takomillashtirish yo‘nalishida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Orifjon Sultanov
Mualliflik huquqi (c) 2025 Orifjon Sultanov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143140147TAYYORLOV GURUHLARIDA ATROF-MUHITNI ASRAB-AVAYLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108322

Ushbu maqolada bog‘cha tarbiyalanuvchilarining atrof-muhitni asrash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida olib boriladigan qiziqarli didaktik o‘yinlar va ularning natijalari mazmuni keltirib o‘tilgan. Ta’limiy didaktik o‘yinlar eng muhim o‘quv resurslaridan biri hisoblanadi. Bunday o‘yinlar bolalarning kognitiv va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishida katta ro‘l o‘ynaydi. Bolalar uchun atrof-muhitning ifloslanishi, hayvon va o‘simlik turlarning yo‘qolishi kabi jamiyatga zarar olib kelishi mumkin bo‘lgan muammolar yuzasidan ushbu maqolamizda “Tabiiy zararlanish” deb nomlangan didaktik o‘yin ishlab chiqilgan va ishlatish usullari yoritib beriladi. O‘yin samaradorligini tekshirish maqsadida oldindan o‘yin, so‘rovnoma va o‘yindan keyingi natijalar uchun so‘rovnoma qo‘llanildi. Natijalar shuni isbotladiki, mazkur metod bolalarning statistik jihatdan sezilarli darajada tabiatni asrashi va muhofaza qilishiga yordam beradi.
Hafiza Amirova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Hafiza Amirova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143148155BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108327

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim metodikasini takomillashtirish jarayonida innovatsion yondashuvlarning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Metodikaning zamonaviy transformatsiyasi, ta’lim sifatini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya vositalari va interaktiv usullarning samaradorligi o‘rganiladi. Ilmiy-metodik tahlil natijasida o‘quvchilarning bilim olish faolligini oshirish, shuningdek, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik yechimlar taklif etiladi. Shuningdek, innovatsion yondashuvlarning milliy ta’lim tizimiga moslashuv darajasi, mavjud muammolar va imkoniyatlar ko‘rib chiqiladi. Umuman olganda, innovatsion yondashuvlar boshlang‘ich ta’limda samarali natijalarga erishish, pedagogning kasbiy faoliyatini takomillashtirish hamda ta’lim mazmunini boyitishda muhim omil sifatida baholanadi.
Onaxon Jabborova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Onaxon Jabborova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143156163STEAM YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARNING EKOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TPACK MODELINING ROLI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108485

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining ekologik kompetentligini rivojlantirishda STEAM yondashuvi asosida TPACK modeli orqali yangi pedagogik imkoniyatlar tahlil qilinadi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida aralash tadqiqot usuli (mixed-method) tanlandi. Ma’lumotlar diagnostik testlar, kuzatuv, yarim strukturaviy suhbatlar va amaliyot asosida to‘plandi. Shuningdek, tajriba-eksperiment natijalari asosida TPACK modelining amaliyotda qo‘llanish samaradorligi, uning ijobiy ta’siri va o‘quv jarayoniga ta’siri tahlil qilindi. TPACK modeli asosida tashkil etilgan STEAM faoliyatlari natijasida ekologik kompetentlik 27,4 foizga, tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmasi 31 foizga, ijodiy yondashuv esa 28,6 foizga oshdi. Barqaror rivojlanishga oid g‘oyalar soni 2,3 barobar, o‘zlashtirilgan raqamli texnologiyalar esa nazorat guruhiga nisbatan 45 foizga ko‘p bo‘lib, bu integratsiyalashgan yondashuvning yuqori samaradorligini isbotladi.Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining ekologik kompetentligini rivojlantirishda STEAM yondashuvi asosida TPACK modeli orqali yangi pedagogik imkoniyatlar tahlil qilinadi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida aralash tadqiqot usuli (mixed-method) tanlandi. Ma’lumotlar diagnostik testlar, kuzatuv, yarim strukturaviy suhbatlar va amaliyot asosida to‘plandi. Shuningdek, tajriba-eksperiment natijalari asosida TPACK modelining amaliyotda qo‘llanish samaradorligi, uning ijobiy ta’siri va o‘quv jarayoniga ta’siri tahlil qilindi. TPACK modeli asosida tashkil etilgan STEAM faoliyatlari natijasida ekologik kompetentlik 27,4 foizga, tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmasi 31 foizga, ijodiy yondashuv esa 28,6 foizga oshdi. Barqaror rivojlanishga oid g‘oyalar soni 2,3 barobar, o‘zlashtirilgan raqamli texnologiyalar esa nazorat guruhiga nisbatan 45 foizga ko‘p bo‘lib, bu integratsiyalashgan yondashuvning yuqori samaradorligini isbotladi.
Sayora Tilavova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Sayora Tilavova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143164171BOSHLANG‘ICH TA’LIM AMALIYOTIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH METODINING INNOVATSION USULLARI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108490

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishda haftalik malakaviy amaliyot davomida hamkorlik metodining samaradorligi o‘rganiladi. Tadqiqotda hamkorlik metodining pedagogik jarayondagi o‘rni, o‘qituvchilarning tayyorlik darajasiga ta’siri, shuningdek, amaliyot davomida kasbiy refleksiya va metodik yondashuvlarning rivojlanishi tahlil qilinadi. Hamkorlikka asoslangan metod o‘qituvchilarning dars o‘tish mahoratini, metodik yondashuvni va o‘quvchilarga individual yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishda ijobiy natijalar bergan. Tajriba sinfi ishtirokchilari pedagogik faoliyatni boshqarish va ta’lim metodlarining integratsiyasi borasida sezilarli darajada yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 78% o‘qituvchining kasbiy mahorati va pedagogik kommunikatsiya madaniyati yuqori darajada bo‘lib, samarali o‘qitish usullari amaliyotda yaqqol namoyon bo‘lgan. Xulosa qilib aytganda, hamkorlik metodi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy o‘sishi va metodik tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dilorom Tashpulatova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Dilorom Tashpulatova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143172178 “BILGA XOQON” ROMANIDA BIRLIK TUSHUNCHASINING TALQINI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108500

Ushbu maqolada O‘rxun-Enasoy epigrafik merosi, ayniqsa, “Bilga Xoqon” stelasida aks etgan etnomadaniy pedagogika va millatshunoslik konseptlari tahlil qilinadi. Manbalarda etnopedagogik qadriyatlar, ma’naviy-etnik transmissiya mexanizmlari va sotsiomadaniy identifikatsiya modellari ko‘rib chiqiladi. Bilga Xoqonning etnopedagogik liderlik funksiyasi uning milliy ongni shakllantirishda qo‘llangan arxetipik obrazlar va ritual-simvolik amaliyotlar orqali namoyon bo‘lgan faoliyati orqali ochib beriladi. Ishning pedagogik ahamiyati – etnopedagogik merosning tarixiy manbalarda aks etishi, milliy tarbiyaning qadimgi metodlarini aniqlash, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning translyatsiya mexanizmlarini tahlil qilish, tarbiyaviy jarayonda mifologik obrazlarning o‘rnini belgilash va qadimgi turkiy pedagogikaning nazariy asoslarini yoritish bilan izohlanadi. Yodgorliklarda epos elementlari va kollektiv xotiraning didaktik funksiyasi alohida o‘rganiladi. Ushbu manbalar etnopedagogikaning tarixiy namunalari sifatida turkiy xalqlarning ma’naviy-axloqiy tarbiya modellarini rekonstruksiya qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Abdumalik Kuchkinov Diyora Do‘stmurodova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Abdumalik Kuchkinov , Diyora Do‘stmurodova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143179186BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA STEAM YONDASHUVINING SAMARADORLIGI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108513

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirishda STEAM yondashuvining samaradorligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda ekologik kompetensiyani shakllantirish, fanlararo integratsiya va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish usullari o‘rganiladi. STEAM yondashuvi ekologik ta’limdagi ahamiyati, o‘quvchilarda ekologik ong, mas’uliyat va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishdagi muhim roli bilan ajralib turadi. Tajriba-sinov ishlarida 450 nafar tinglovchi ishtirok etdi. Tadqiqot natijalari pedagogik amaliyotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan innovatsion nazariy va amaliy yechimlarni taklif etadi. Bu esa ekologik tafakkurga ega avlodni tarbiyalash va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot metodologiyasi sifat va miqdoriy tahlil, eksperiment hamda pedagogik tajribalarga asoslanadi, bu esa ilmiy xulosalarning ishonchliligini ta’minlaydi.
Dildora Mustarova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Dildora Mustarova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143187196IV SINF O‘QUVCHILARINING EKOLOGIK TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108516

Ushbu maqola IV sinf o‘quvchilarining ekologik tafakkurini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda interfaol ta’lim metodlari va zamonaviy texnologiyalar (multimediyalar, interaktiv dasturlar, virtual ekskursiyalar) qo‘llanilishi orqali o‘quvchilarning ekologik muammolarni tushunish darajasi va ijtimoiy mas’uliyat hissi o‘rganildi. Metodologik asoslar negizida eksperimental tadqiqot olib borildi va uning natijalari asosida o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion texnologiyalardan foydalanish nafaqat o‘quvchilarning ekologik tafakkuri va ekologik tarbiyasini, balki ekologik madaniyatini oshirishda ham samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ekologik tafakkurini rivojlantirish masalasi – jamiyatimiz va, umuman, butun dunyo miqyosidagi global muammolardan biri sifatida e’tirof etilganligi bilan mazkur maqola muhim ahamiyat kasb etadi.
Sunatullo Dustov
Mualliflik huquqi (c) 2025 Sunatullo Dustov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143197204ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ORQALI YOSHLAR ONGIDA VATANPARVARLIK G‘OYALARINI MUSTAHKAMLASH
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108547

Ushbu maqola yoshlar ongida vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Unda axborot texnologiyalarining yoshlar ma’naviy tarbiyasiga ta’siri, innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda vatanparvarlikni targ‘ib etishda ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish usullari keng yoritiladi. Shuningdek, maqolada milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishda zamonaviy metodologiyalarning o‘rni hamda davlat siyosatining tarbiyaviy yo‘nalishlariga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil etiladi. Maqola yakunida esa ilmiy manbalar va amaliy tajribalarga tayangan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir samarali uslublar, innovatsion vosita va metodlar tizimli tarzda tavsiya etiladi.
Behruzjon IsmoilovGulzoda Qosimova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Behruzjon Ismoilov, Gulzoda Qosimova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143205212YOSHLAR ORASIDA OILAVIY MAS’ULIYATLI MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108647

Ushbu maqolada yoshlarda oila bilan mas’uliyatli munosabatlarni shakllantirishning psixologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha fikr va mulohazalar keltirilgan. Oilaviy munosabatlar jamiyatning asosi bo‘lib, hissiy yordam, yo‘l-yo‘riq va barqarorlikni ta’minlaydi. Yoshlar uchun mas’uliyatli oilaviy munosabatlarni rivojlantirishning psixologik asoslari juda muhim, chunki u ularning kelajakdagi o‘zaro munosabatlarini shakllantiradi va ularning umumiy farovonligiga ta’sir qiladi. Oilaviy hayot dinamikasi muttasil o‘zgarib borayotgan bugungi shiddatli sharoitda oilaning barqaror va mas’uliyatli tuzilishini ta’minlash uchun ushbu munosabatlarning psixologik jihatlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Tojiddin Yuldoshev
Mualliflik huquqi (c) 2025 Tojiddin Yuldoshev
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143213224BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108650

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Tanqidiy fikrlash – bu o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritish, tahlil qilish, baholash va qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan muhim jarayondir. Maqolada ma’lumotlar va savollar orqali o‘quvchilarga o‘z fikrlarini asoslash, mantiqiy xulosalar chiqarishga yordam beruvchi metodikalarning tahlili berilgan. Shuningdek, debatlarda ishtirok etish, holatlarni tahlil qilish, rasm va diagrammalar bilan ishlash kabi interaktiv uslublar misol sifatida keltirilgan. Ushbu metodik yondashuvlar o‘quvchilarga nafaqat bilimlarni o‘zlashtirish, balki ularni real hayotda yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilish va tanqidiy fikrlash asosida hal etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi tahlil qilingan.
Hafiza Allayeva
Mualliflik huquqi (c) 2025 Hafiza Allayeva
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143225234KLASTERLI YONDASHUV VA UNING ILMIY AHAMIYATI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108657

Klasterli yondashuv ta’lim jarayonida o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash, bilim hamda ko‘nikmalarni chuqurroq egallash, shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishda muhim metodik vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu yondashuv ta’limning turli bosqichlarida, xususan, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida axborot madaniyatini shakllantirishda keng qo‘llanilmoqda. Klasterli yondashuvning ilmiy ahamiyati, avvalo, uning ta’lim jarayonini tashkil etishdagi yangi paradigma sifatida qaralayotganida, shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rnida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu yondashuv yordamida katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish va tahlil qilish jarayonlari tezlashadi, shuningdek, yangi yondashuvlar hamda modellarning rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
Shuxrat MerganovSardor Noraliyev Gulshan Doniyorova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Shuxrat Merganov, Sardor Noraliyev , Gulshan Doniyorova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143235241OLIY TA’LIM O‘QITUVCHILARIDA KASBIY-PEDAGOGIK DEFORMATSIYANING PROFILAKTIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING MAVJUD HOLATI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108664

Ushbu maqolada oliy ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy-pedagogik deformatsiyaning oldini olish va uni kamaytirishga qaratilgan profilaktik tizimning mavjud holati tahlil qilingan. Kasbiy deformatsiya masalasi XX asrning 20-30-yillaridanoq o‘rganila boshlangan. Bu borada kasbiy intilish, mehnat ishonchliligini ta’minlash, mehnat qobiliyatini oshirish muammolari, shuningdek, kasbiy faoliyatdagi noqulay sharoit bilan bog‘liq vaziyatlar tadqiq etilgan ilmiy izlanishlarni ko‘rish mumkin. Kasbiy deformatsiya – bu kasbiy faoliyatda tashqi va ichki omillar ta’siri natijasida mutaxassisning kognitiv, xulq-atvor va motivatsion sohasida yuzaga keladigan salbiy o‘zgarishlardir. Tadqiqot davomida kasbiy deformatsiyaning asosiy sabablari, uning o‘qituvchilarga ta’siri va mavjud profilaktik choralar o‘rganildi. Olingan natijalar asosida kasbiy deformatsiyani kamaytirishga yo‘naltirilgan samarali profilaktik chora-tadbirlarni taklif etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim tizimida pedagoglarning kasbiy farovonligini oshirish va samarali faoliyat yuritishlariga xizmat qiladi.
Parvina Saidova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Parvina Saidova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143242251O‘QITUVCHINING KASBIY FAOLIYATIGA DOIR ETIKET QOIDALARI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108683

Mazkur maqolada umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi etiket qoidalarining nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Unda axloqiy madaniyat, etikaning pedagogik faoliyatdagi o‘rni, shuningdek, o‘qituvchining kasbiy sifatlari hamda etik me’yorlarga rioya etish zarurati tahlil qilinadi. Maqolada o‘qituvchining kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutadigan etiket qoidalari va ularning axloqiy-estetik me’yorlar bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, etikaning nazariy asoslari, o‘qituvchining shaxsiy namunadorligi, yurish-turish madaniyati va pedagogik jarayonda etiketga amal qilish zarurati ilmiy jihatdan asoslanadi. Bundan tashqari, pedagogik kasb egalarining o‘zaro munosabatlarida, jamoatchilik bilan aloqalarida hamda o‘quvchilar bilan muloqotida etiket me’yorlariga rioya etishning kasbiy va ma’naviy ahamiyati keng yoritiladi.
Faxriddin O‘razovAxtamqul Azamqulov
Mualliflik huquqi (c) 2025 Faxriddin O‘razov, Axtamqul Azamqulov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143252258RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO‘LAJAK INFORMATIKA O‘QITUVCHISINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH KONSEPSIYASI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108685

Maqolada raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Raqamli kompetensiyalarni shakllantirish, innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiyalash, masofaviy va aralash ta’lim shakllarining afzalliklari tahlil qilingan. Shuningdek, pedagogik faoliyatda AKT vositalarini qo‘llash, metodik yondashuvlar va o‘quv dasturlarini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari informatika o‘qituvchilarini raqamli muhitda samarali ishlashga tayyorlashga xizmat qiladi. Pedagogik jarayonda raqamli vositalardan foydalanish, talabalarda axborot-kommunikatsiya kompetensiyalarini shakllantirish, interaktiv va innovatsion metodlar orqali dars samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim platformalari, onlayn resurslar va raqamli o‘qitish muhitida kasbiy tayyorgarlikni tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan va ilmiy-uslubiy tavsiyalar berilgan.
Anorgul Ashirova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Anorgul Ashirova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143259266FORTEPIANO IJROCHILIGIDA QO‘L TEXNIKASINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108704

Mazkur maqolada fortepiano ijrochiligida qo‘l texnikasini shakllantirish va rivojlantirishning metodik yo‘llari hamda uning nazariy asoslari yoritilgan. Asosan, bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari bilan ishlash jarayonida samarali mashqlar tizimi, texnik komplekslar, motorika va musiqiy ifoda uyg‘unligi asosida ishlov berish usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda qo‘l harakatlarining anatomik-fiziologik xususiyatlari, musiqiy texnikani bosqichma-bosqich rivojlantirish tamoyillari, shuningdek, pedagogik yondashuvlar asosida dars jarayonini samarali tashkil etish yo‘llari tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada fortepiano texnikasining shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar, motivatsiya, shaxsiy yondashuv va individual rivojlanish trayektoriyalarining o‘rni ham alohida e’tiborga olingan. Nazariy qismda ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalar tahlil qilingan, amaliy qismda esa mashg‘ulotlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan aniq usullar, topshiriq turlari va texnik vositalar ishlab chiqilgan
Go‘zal Davronova Farangiz Irisova
Mualliflik huquqi (c) 2025 Go‘zal Davronova , Farangiz Irisova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143267274O‘QUVCHILAR YOSH XUSUSIYATLARIGA MOS MUSIQA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING METODIK ASOSLARI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108710

Mazkur maqolada musiqa darslarini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda tashkil etish masalalari yoritilgan. Har bir yosh davrida bolalarning eshitish qobiliyati, musiqani idrok etish darajasi, emotsional holati va ijodiy fikrlashi turlicha bo‘ladi. Shu sababli dars mazmuni, mashg‘ulot shakllari hamda topshiriqlar o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda tanlanishi lozim. Maqolada yosh guruhlariga mos musiqiy asarlarni tanlash, bolalarda musiqaga qiziqish uyg‘otish, ularni faol dars jarayoniga jalb etish va ijodiy faoliyatga yo‘naltirish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan. Shuningdek, darslarda oddiy va tushunarli usullardan foydalanish, vizual hamda eshituv vositalaridan samarali foydalanish orqali natijadorlikka erishish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu ilmiy maqola amaliy faoliyatda foydalanish uchun foydali metodik asos bo‘lib xizmat qiladi va musiqa ta’limi sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Baxtigul Shodiyeva
Mualliflik huquqi (c) 2025 Baxtigul Shodiyeva
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143275282BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIIY FANLARNI STEAM YONDASHUV ASOSIDA O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/108714

Ushbu maqola STEAM yondashuvi asosida sun’iy intellekt bilan integratsiyalashgan tabiiy fan darslarini loyihalash hamda ularning samaradorligini o‘rganish metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan. Unda, avvalo, STEAM ta’limining nazariy asoslari va loyihaviy ishlarning zamonaviy ta’limdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, tabiiy fan darslariga sun’iy intellekt texnologiyalarini qanday tatbiq etish mumkinligi hamda bu integratsiyaning o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasi va o‘quv motivatsiyasiga ta’siri o‘rganiladi.Xususan, sun’iy intellekt asosida yaratilgan eksperimentlar, simulyatsiyalar va interaktiv materiallardan foydalanish orqali tabiiy fanlarni o‘rgatish jarayonining samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu vositalar o‘quvchilarning ilmiy tafakkurini rivojlantirish va chuqur bilim egallashiga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, maqolada o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini baholash metodikasi hamda STEAM asosidagi darslarning ta’sirchanligini aniqlashga doir uslublar ham yoritilgan.
Muattar Panjiyeva
Mualliflik huquqi (c) 2025 Muattar Panjiyeva
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2025-06-212025-06-2143283290