SURXON VOHASIDA NIKOH TUZISH MUNOSABATLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada Surxon vohasi aholisining nikoh tuzish shart-sharoitlari, nikoh tushunchasi va uning etnografik tahlili yoritilgan. Maqolaning asosiy maqsadi nikoh masalalari, unga aloqador urf-odatlar va marosimlarni o‘rganish, yoshlarni oila masalalariga jiddiyroq yondashishga undash hamda ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdan iborat. Surxon vohasi aholisi o‘rtasidagi urf-odat va an’analar boshqa hududlarnikidan tubdan farq qilgani bois ularni alohida yondashuv asosida tahlil qilish lozim. Nikoh faqat ikki yoshning birga yashashi emas, balki u oila deb ataluvchi mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olishdir. Xalqimizda turli urf-odat va marosimlar mavjud bo‘lib, ularning eng muhimlaridan biri nikoh masalasidir. Ushbu jarayonni kengroq yoritish yosh tadqiqotchilarning muhim vazifalaridan biridir. Oila o‘chog‘i nikoh munosabatlari natijasida shakllanadi. Nikoh – er va xotin o‘rtasidagi muayyan ittifoq bo‘lib, u jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi hamda ma’qullanadi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2020
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Buriyev , R. . (2025). SURXON VOHASIDA NIKOH TUZISH MUNOSABATLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI . Tadbirkorlik Va Pedagogika, 4(3), 30–36. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/106981
Ravshan Buriyev , Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
“Tarix va falsafa” kafedrasi tayanch doktoranti
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Surxon vohasi aholisining nikoh tuzish shart-sharoitlari, nikoh tushunchasi va uning etnografik tahlili yoritilgan. Maqolaning asosiy maqsadi nikoh masalalari, unga aloqador urf-odatlar va marosimlarni o‘rganish, yoshlarni oila masalalariga jiddiyroq yondashishga undash hamda ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdan iborat. Surxon vohasi aholisi o‘rtasidagi urf-odat va an’analar boshqa hududlarnikidan tubdan farq qilgani bois ularni alohida yondashuv asosida tahlil qilish lozim. Nikoh faqat ikki yoshning birga yashashi emas, balki u oila deb ataluvchi mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olishdir. Xalqimizda turli urf-odat va marosimlar mavjud bo‘lib, ularning eng muhimlaridan biri nikoh masalasidir. Ushbu jarayonni kengroq yoritish yosh tadqiqotchilarning muhim vazifalaridan biridir. Oila o‘chog‘i nikoh munosabatlari natijasida shakllanadi. Nikoh – er va xotin o‘rtasidagi muayyan ittifoq bo‘lib, u jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi hamda ma’qullanadi.


background image



30

2025/№ 3

IJTIMOIY FANLAR

SURXON VOHASIDA NIKOH TUZISH MUNOSABATLARI VA O‘ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI

BURIYEV RAVSHAN RUSTAMOVICH

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Tarix va falsafa” kafedrasi tayanch doktoranti

E-mail:

boriyevravshan43@gmail.com

UDK: 308

https://orcid.org/0009-0009-4937-7734

Kalit so‘zlar:

nikoh, oila,
er va xotin
munosabatlari,
farzand,
marosimlar,
ekzogamiya,
endogamiya,
monogam,
poligin, ibtidoiy
nikoh, to‘y.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Surxon vohasi aholisining

nikoh tuzish shart-sharoitlari, nikoh tushunchasi va uning
etnografik tahlili yoritilgan. Maqolaning asosiy maqsadi nikoh
masalalari, unga aloqador urf-odatlar va marosimlarni
o‘rganish, yoshlarni oila masalalariga jiddiyroq yondashishga
undash hamda ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdan iborat. Surxon
vohasi aholisi o‘rtasidagi urf-odat va an’analar boshqa
hududlarnikidan tubdan farq qilgani bois ularni alohida
yondashuv asosida tahlil qilish lozim. Nikoh faqat ikki
yoshning birga yashashi emas, balki u oila deb ataluvchi
mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olishdir. Xalqimizda turli urf-
odat va marosimlar mavjud bo‘lib, ularning eng muhimlaridan
biri nikoh masalasidir. Ushbu jarayonni kengroq yoritish yosh
tadqiqotchilarning muhim vazifalaridan biridir. Oila o‘chog‘i
nikoh munosabatlari natijasida shakllanadi. Nikoh – er va xotin
o‘rtasidagi muayyan ittifoq bo‘lib, u jamiyat va davlat
tomonidan tan olinadi hamda ma’qullanadi.

БРАЧНЫЕ ОТНОШЕНИЯ И ОСОБЕННОСТИ В СУРХАНСКОМ

ОАЗИСЕ

Ключевые слова:

брак, семья,
отношения
мужа и жены,
ребенок, обряды,
экзогамия,

Аннотация:

В данной статье освещены условия

заключения брака жителями Сурханского оазиса, понятие
брака и его этнографический анализ. Основная цель статьи
– изучить вопросы брака, связанные с ним обычаи и
обряды, побудить молодых людей более серьезно
относиться к семейным вопросам и показать им


background image



31

2025/№ 3

эндогамия,
моногамия,
полигиния,
первобытный
брак, свадьба.

правильный путь. Поскольку обычаи и традиции среди
населения Сурханского оазиса коренным образом
отличаются от обычаев и традиций других регионов, их
необходимо анализировать на основе особого подхода.
Брак - это не только совместное проживание двух молодых
людей, но и принятие на себя ответственности,
называемой семьей. В нашем народе существуют
различные обычаи и обряды, одним из самых важных из
которых является вопрос брака. Более широкое освещение
этого процесса является одной из важных задач молодых
исследователей. Семейный очаг формируется в результате
брачных отношений. Брак - это определенный союз между
мужем и женой, признаваемый и одобряемый обществом и
государством.

MARRIAGE RELATIONS AND CHARACTERISTICS IN THE

SURKHAN OASIS

Keywords:

marriage, family,
husband and wife
relations, child,
rituals, exogamy,
endogamy,
monogamy,
polygyny,
primitive
marriage,
wedding.

Abstract:

This article highlights the conditions for marriage

among the population of the Surkhan Oasis, the concept of
marriage, and its ethnographic analysis. The main purpose of
the article is to study marriage issues, related customs and
rituals, to encourage young people to take family matters
more seriously, and to show them the right path. Since the
customs and traditions of the population of the Surkhan oasis
differ significantly from those of other regions, they should be
analyzed on the basis of a special approach. Marriage is not
just about two young people living together, but also about
taking responsibility for what is called family. Our people
have various customs and rituals, one of the most important of
which is the matter of marriage. A broader coverage of this
process is one of the important tasks of young researchers.
The family hearth is formed as a result of marital relations.
Marriage is a specific union between a husband and wife,
recognized and approved by society and the state.


background image



32

2025/№ 3

KIRISH

“Nikoh” atamasi arab tilidan olingan bo‘lib, “uylanish”, “erga tegish”, “er-

xotinlilik”, “qo‘shilish” kabi ma’nolarga ega. Aniqroq aytganda, nikoh – er-xotinlik
munosabatlarini shariat tomonidan rasmiylashtiriladigan shartnoma hisoblanadi [1,
38].

Mamlakatimizda oilani mustahkamlash maqsadida qator tadbirlar amalga

oshirilmoqda. 1998-yil 2-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
“Respublika Oila ilmiy-amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni qabul
qildi. Ushbu qaror Prezidentimiz tomonidan 1998-yilning “Oila yili” deb e’lon
qilinishi munosabati bilan tasdiqlandi. Mazkur qarorda “oilaning jamiyatni
o‘zgartirishdagi o‘rni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy,
iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va izchil ta’minlash” ta’kidlanadi.

Oila manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar Davlat dasturi doirasida

kompleks tarzda olib borilib, u 150 dan ortiq tadbirni o‘z ichiga oladi. 1998-yilda
ushbu tadbirlarni bajarish uchun davlat byudjetidan 144,8 milliard so‘m mablag‘
ajratildi.

1999-yil “Ayollar yili” deb e’lon qilindi va ushbu yildagi Davlat dasturida ham

oilani himoya qilish, uning ustunlaridan biri bo‘lgan ayollarning manfaatlarini
himoya qilishga alohida e’tibor qaratildi.

2000-yil “Sog‘lom avlod yili”, 2001-yil esa “Ona va bola yili” sifatida tarixga

kirdi. Bu yillarda oilaning asosiy tayanchi bo‘lgan onalar va bolalar haqida katta
g‘amxo‘rlik qilindi. O‘nlab yangi sanatoriyalar, dam olish uylari va tibbiy
muassasalar qurildi.

2002-yil esa “Qariyalarni qadrlash yili” deb nomlandi. Ushbu yilda oilaning

ko‘rki, maslahatchisi va g‘amxo‘ri bo‘lgan ota-onalarga katta hurmat ko‘rsatildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Xalqimizning eng muhim qadriyatlaridan biri – oiladir. Oilalarning vujudga

kelishi esa nikoh rishtalari orqali, ya’ni bir erkakning bir ayol bilan ixtiyoriy ravishda
birga yashashlari orqali sodir bo‘ladi. Oila o‘chog‘i nikoh munosabatlari natijasida
tashkil topadi. Nikoh – er va xotin o‘rtasidagi muayyan ittifoq bo‘lib, u jamiyat va
davlat tomonidan tan olinadi hamda ma’qullanadi [2, 19].

Nikohning tarixiy shakllariga “ekzogamiya”, “endogamiya”, “monogamiya” va

“poliginiya” kabi turlar kiradi. 1865 yilda shotlandiyalik olim Jon Maklennan
o‘zining Ibtidoiy nikoh nomli asarida ilk bor “endogamiya” va “ekzogamiya”
atamalariga ta’rif bergan. Unga ko‘ra, “endogamiya” – nikohning muayyan etnik


background image



33

2025/№ 3

guruhlar, irqlar, sinflar, dinlar yoki tabaqalar doirasida tuzilishidir. “Ekzogamiya” esa
qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning taqiqlanishi va shaxs o‘z urug‘idan tashqarida
bo‘lgan kishilar bilan nikoh tuzishini anglatadi [3].

O‘zbek oilasi qadim zamonlardan boshlab shakllanib kelgan. Etnografik

tadqiqotlarga ko‘ra, eng qadimgi doston, ertak va rivoyatlarda oilaning matriarxat
davriga tegishli ekanligini kuzatish mumkin. M.O.Kosvenning yozishicha, matriarxat
munosabatlar davrida nikoh ko‘pincha erning emas, balki ayolning tashabbusi bilan
tuzilgan [4].

Bundan tashqari, O‘zbekiston hududida yashab ijod qilgan o‘zbek adiblaridan

biri Abdurauf Fitrat o‘zining Oila yoki oila boshqarish tartiblari kitobida oilaning
qanday shakllarda tuzilishi va uni boshqarish tartibi haqida o‘z fikrlarini bayon etgan.

ASOSIY QISM

Qadimgi turklarda ayol muqaddas sanalgan. Islomgacha bo‘lgan davrda turk

ayollari urug‘ning taniqli kishilari yig‘ini, ya’ni qurultoy yoki to‘ylarda qatnasha
olganlar, hoqonlar esa o‘z qarorlarini xotinlari bilan birga qabul qilganlar [4, 153].

Qadimgi turklarda oila nikoh to‘yi natijasida shakllangan. Turklarda yaqin

qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh taqiqlangan bo‘lib, nikoh yoshi uchun aniq chegara
belgilanmagan. Hozirgi zamonaviy dunyoda esa nikoh shartlari biroz boshqacha
bo‘lib, davlat tomonidan tartibga solinadi. Masalan, O‘zbekistonda nikoh yoshi
erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan. Hozirgi statistik ma’lumotlarga
ko‘ra, o‘g‘il bolalar uchun o‘rtacha turmush qurish yoshi 26-27 yosh, qizlar uchun esa
23-24 yoshdir.

Ilgari ota o‘z bolalari yoki otalig‘iga olgan bolalarni erta uylantirishi yoki erga

berishi mumkin edi. Biroq buning uchun bolalar voyaga yetishi va ulg‘ayishi talab
qilingan. Nikoh sharti sifatida ota-ona hamda bolalarning roziligi muhim sanalgan.
Otalar yoki otaliqlar o‘g‘illarining istaklariga e’tibor bergan, ularning sevikli
yorlariga uylanishlariga kamdan-kam hollardagina qarshilik qilganlar.

Nikohning yana bir sharti kuyov yoki uning ota-onasi tomonidan kelinning

otasiga qalin berilishi bo‘lgan. Qalin kelinning narxi hisoblanmagan, aksincha, qizni
bolaligidan o‘stirib, tarbiyalagan ota-onaga yetkazilgan xarajatlarni qoplash
maqsadida to‘lanadigan haq sifatida tushunilgan. Qalin miqdori bir necha bosh
qo‘ydan yuzlab otlargacha yoki otar-otar qo‘ylargacha yetgan [5, 110].

O‘zbekiston hududlariga arablar kirib kelishi bilan nikoh va oila munosabatlari

islomiy tus olgan. Islom dini hukmronligi sharoitida ota-bobolarimiz nikoh
masalasiga katta e’tibor qaratganlar. Zero, nikoh Islom dinidagi eng muqaddas
tushunchalardan biridir. Nikohning shariatga muvofiq bo‘lishi uchun quyidagi


background image



34

2025/№ 3

shartlarga amal qilish lozim bo‘lgan.

O‘zbek oilasida bir necha avlod vakillarining birga yashashi va ular o‘rtasidagi

bog‘liqlik boshqa yurtlarga nisbatan kuchliroq bo‘lib, bu uning ijtimoiy ahamiyatini
yanada oshirgan. O‘zbek oilasining o‘ziga xos jihatlaridan biri sadoqat, yetti pushtini
bilish, yaqin qarindosh-urug‘lar, ota-ona va qariyalarga hurmat bilan munosabatda
bo‘lish, shuningdek, bolalar kelajagi uchun qayg‘urish hisoblanadi. O‘zbek oilasi
odatda katta bo‘lib, unda odamlar jamoa bo‘lib yashab kelganlar.

XIX–XX asrlarda Surxon vohasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri aholining

katta oila bo‘lib yashashi hisoblanadi. Katta oila – bir otaning uch-to‘rt avlodidan
iborat bo‘lib, eng yaqin qarindoshlari, ularning xotin va bolalari, ba’zan kuyovlari
hamda oilaga qabul qilingan boshqa qarindoshlar hisobiga yuz va undan ortiq
kishilardan tashkil topgan xo‘jalik guruhi bo‘lgan.

Urug‘-qabilachilik an’analari ancha mustahkam saqlangan o‘zbeklarda, boshqa

xalqlardan farqli ravishda, ekzogam nikoh odati mavjud bo‘lmagan. Aksincha, XIX
asr oxiri – XX asr boshlariga kelib, kuzen nikoh, ya’ni urug‘doshlar (amakivachcha,
xolavachcha, ammavachcha) o‘rtasidagi endogam nikoh keng tarqalgan. Bu esa asli
urug‘-qabilaviy munosabatlarning yemirilganligini ko‘rsatadi. Ayrim etnik
guruhlarda esa urug‘-qabilachilik an’analari oilaviy nikoh munosabatlariga va
ijtimoiy-ma’naviy turmushga unchalik ta’sir ko‘rsatmagan.

Nikoh marosimlari nafaqat O‘rta Osiyo xalqlari orasida, balki o‘zbeklarning

ayrim etnografik guruhlari orasida ham biroz farq qilgan va o‘ziga xos xususiyatlarga
ega bo‘lgan. Ammo nikoh asli ibtidoiy jamiyatda paydo bo‘lgan umuminsoniy
qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan ajoyib marosimlardan biri bo‘lib, unda
barcha jamiyat a’zolari uchun zarur bo‘lgan qonun-qoidalar o‘z ifodasini topgan.

Surxon vohasi aholisining nikoh to‘yi marosimlari O‘zbekistonning boshqa

hududlaridagi nikoh to‘y marosimlari bilan o‘xshashliklarga ega bo‘lsa-da, o‘ziga xos
urf-odat va rasm-rusumlari bilan ajralib turgan. Voha aholisining nikoh to‘yi
marosimlari to‘y boshlanishidan to‘y yakunigacha bo‘lgan davr oralig‘ida bir qator
bosqichlardan iborat bo‘lib, ularni uch guruhga bo‘lish mumkin: nikoh to‘yigacha
o‘tkaziladigan marosimlar, nikoh to‘yi davomida o‘tkaziladigan marosimlar va nikoh
to‘yidan keyin o‘tkaziladigan marosimlar.

Surxon vohasida nikohning “bel quda”, “etak yirtish” kabi shakllari mavjud

bo‘lgan. “Bel quda” udumida qalin oshna-og‘aynilar xotinlarining homiladorlik
davrida dunyoga keladigan o‘g‘il va qizlarini bir-biriga atalab qo‘yishgan. Dunyoga
kelgan bu farzandlar ulg‘aygach, bir-birlari bilan turmush qurishgan. “Etak yirtish”
marosimi esa tug‘ilgan o‘g‘il va qizni ota-onalarining kelishuvi va roziligiga
asoslanib, chaqaloqlik davrida unashtirish odati bo‘lgan. O‘g‘il va qizning


background image



35

2025/№ 3

chaqaloqlik davrida bunday unashtirilishi Markaziy Osiyo xalqlari orasida ham keng
tarqalgan bo‘lib, “quloq tishlash”, “beshikdagi unashtirish”, “beshik kerti” deb
atalgan [6, 272].

Surxon vohasida levirat, sarorat, “qarshi quda”, “kuch kuyov”, “ich kuyov”,

“voy-voy nikoh” kabi nikoh turlari mavjud bo‘lgan. Levirat va sarorat nikoh turlari
oila qurishning eng qadimiy udumlaridan hisoblanadi.

1.Voha aholisida levirat udumiga ko‘ra,

vafot etgan kishining beva qolgan

xotini (vohaning Shaldiroq, Obodon, To‘la kabi qishloqlarida “jesir” deb atalgan)
“chechaning bir tupi halol” degan tamoyil asosida marhumning aka yoki ukalaridan
biriga turmushga berilgan. “Jesir” ega degan tushunchaga binoan, vafot etgan
kishining qarindoshlari beva ayolni begona urug‘ga bermaganlar. Agar aka-ukalardan
hech biri “jesir”ga uylanmasa, qarindosh-urug‘lar yig‘ilib, “yerda qolsa, jiyanniki”
degan odat bo‘yicha, marhumning jiyanini majburan uylantirganlar.

2.

Sarorat odati ham Surxon vohasida keng tarqalgan bo‘lib

, bunda xotini vafot

etgan er o‘lgan xotinining opasi yoki singlisiga uylangan. Levirat va sarorat nikohlari,
asosan, iqtisodiy hamda oilaviy hayot taqozosi bilan bog‘liq bo‘lib, ular amaliy
hayotda qo‘llanib kelingan.

3.

Surxon vohasi aholisi orasida “voy-voy nikoh” udumi ham mavjud bo‘lgan

.

O‘rganilayotgan davrda qizlarni majburan turmushga berish hollari uchrab turgan.
Ayrim hollarda qizlar mulla ijob qilayotganda “tan mahramlik”ka rozilik
bermaganlar. Bunday vaziyatlarda qizdan rozilik so‘ralayotganda, orqa tomondan
kimdir sezdirilmasdan qizning biqiniga qattiq turtib yuborgan. Shu paytda qiz “voy”
deb yuborgan va shu narsa qizning roziligi sifatida qabul qilinib, nikoh ijob qilingan.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, tadqiq etilayotgan davrda, agar nikohsiz homila

paydo bo‘lsa, kelin va kuyovning nikohi ijob qilingan. Bunday holatda kuyovning
orqasiga eshak to‘qimi bog‘lanib, ijob o‘qilgan. Agar kuyov eshak to‘qimini
qo‘ydirmasa, mulla tomonidan ijob o‘qilmagan. Bu bilan yoshlarni islomiy hamda
axloqiy qonun-qoidalarga bo‘ysundirish maqsad qilingan.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Surxon vohasida o‘g‘il bolalarni 15-17

yoshda, qizlarni esa 9-11-13 yoshda turmushga berganlar. Voha aholisi orasida
qizlarni turmushga berish bilan bog‘liq qo‘shiqlar ham mavjud bo‘lgan.

4.

Nikoh to‘yi marosimi Surxon vohasida “ijob to‘yi”, “katta yaloq qizartirar

to‘yi” kabi nomlar bilan atalgan

va bu marosim kelin-kuyov ota-onalarining jiddiy

tayyorgarligi asosida o‘tkazilgan.

Nikoh to‘yidan bir kun oldin kechqurun kuyov uyida “iliq taboq” marosimi

o‘tkazilgan. Ushbu marosimda qishloq aholisi kuyovnikiga chaqirilib, osh tortilgan.
Keyin dasturxon o‘rtasiga ro‘mol tashlanib, marosim ishtirokchilari imkoniyatlariga


background image



36

2025/№ 3

qarab pul tashlashgan. Ayollar esa ro‘mol va kiyim-kechak hadya qilgan. Ushbu
kiyim-kechaklar ertasi kuni kelinning uyiga yuborilgan [7, 42-43].

XULOSA

Surxon vohasi aholisining nikoh to‘y marosimlari O‘zbekistonning boshqa

hududlaridagi aholi nikoh to‘y marosimlari bilan o‘xshashlik tomonlari bo‘lsa-da,
lekin o‘zining urf-odat va rasm-rusumlarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib
turgan. Voha aholisi nikoh to‘y marosimlarida to‘y boshlanishidan to‘y tarqagunicha
bo‘lgan davr oralig‘ida to‘y bilan bog‘liq qator marosimlar bajarilgan bo‘lib, bu
marosimlarni uch guruhga: nikoh to‘yigacha o‘tkazilgan marosimlar, nikoh to‘yi
davrida o‘tkaziladigan marosimlar va nikoh to‘yidan keyin o‘tkazilgan marosimlarga
bo‘lib tadqiq qilinadi. Bugungu kunda yurtimizda o‘tkazilayotgan to‘y marosimlari
haddan tashqari dabdabali va ortiqcha isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yimoqda, bu esa
oilaning moddiy tomonlama qiynab qo‘ymoqda. Bu ortiqcha sarf xarajat yangi
qurilayotgan oilaning xam darz ketishiga bazi hollarda sabab bo‘lmoqda. Shunday
ekan,

xalqimizning

bunaqangi

kerek

emas

bo‘lgan

turli

urf-odatlarini

kamaytirmog`imiz lozimdir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Фан, 2007. Ж. 3. – Б. 38.

2.

Отахўжаев Ф. Никоҳ ва унинг ҳуқуқий тартибга солиниши. – Тошкент:

Ўзбекистон, 1995. – Б. 19.

3.

URL:

https://sunmag.me/svadby/ekzogamnye-i-endogamnye-braki.html

4.

Косвен О.М. Ибтидоий маданият тарихидан очерклар. – Тошкент: Фан,

1960. – Б. 153.

5.

Тишин В.В., Серегин Н.Н. Положение женщины в древнетюркском

обществе // Историческая психология и социология истории. – Тошкент,
2015. № 1. – С. 110.

6.

Садри Максуди Ареал. Тюркская история и право / Перевод с турецкого

языка Рафаэля Мухамметдинова. – Казань: Фэн, 2002. – C. 272.

7.

Холмонова Ф., Худойназаров О., Аҳмедова Г. Никоҳ тўйлари // Мозийдан

садо, 2013. № 2. – Б. 42-43.

Bibliografik manbalar

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Фан, 2007. Ж. 3. – Б. 38.

Отахўжаев Ф. Никоҳ ва унинг ҳуқуқий тартибга солиниши. – Тошкент: Ўзбекистон, 1995. – Б. 19.

URL: https://sunmag.me/svadby/ekzogamnye-i-endogamnye-braki.html

Косвен О.М. Ибтидоий маданият тарихидан очерклар. – Тошкент: Фан, 1960. – Б. 153.

Тишин В.В., Серегин Н.Н. Положение женщины в древнетюркском обществе // Историческая психология и социология истории. – Тошкент, 2015. № 1. – С. 110.

Садри Максуди Ареал. Тюркская история и право / Перевод с турецкого языка Рафаэля Мухамметдинова. – Казань: Фэн, 2002. – C. 272.

Холмонова Ф., Худойназаров О., Аҳмедова Г. Никоҳ тўйлари // Мозийдан садо, 2013. № 2. – Б. 42-43.