TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].
24
IJTIMOIY FANLAR
XALQ QO‘SHIQLARINING MILLIY MADANIYATIMIZDAGI O‘RNI
NAIMOV MUZAFFAR O‘RINOVICH
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
UО‘K: 494.375.371.3
Kalit so‘zlar:
musiqiy til,
meros, janr,
an’ana, ijro
uslubi, kuy,
qo‘shiq, jumla,
silsila.
Annotatsiya.
Ushbu
maqolada
o‘zbek
xalq
qo‘shiqlarining milliy madaniyatimizdagi o‘rni, o‘ziga xosligi
hamda ahamiyati yoritilgan.
МЕСТО НАРОДНЫХ ПЕСЕН В НАШЕЙ НАЦИОНАЛЬНОЙ
КУЛЬТУРЕ
Ключевые слова:
музыкальный язык,
наследие,
жанр,
традиция,
стиль
исполнения,
мелодия,
песня,
предложение,
сериал.
Аннотация
:
В статье описывается место,
уникальность и важность узбекских народных песен в
нашей национальной культуре.
THE PLACE OF FOLK SONGS IN OUR NATIONAL CULTURE
Key words:
musical language,
heritage, genre,
tradition,
performance style,
tune, song,
sentence, series.
Abstract.
This article describes the place, uniqueness and
importance of Uzbek folk songs in our national culture.
Xalqimiz qalbining eng nafis va nozik hissiyotlarini to‘lqini bo‘lmish
qo‘shiqlar milliy madaniyatimizning bebaho xazinasi hisoblanadi. Misralarga
aylangan qanotli orzular hamda go‘zal tashbehlarga yo‘g‘rilgan xalq qo‘shiqlari-yor-
yor, o‘lan, lapar, kelin salom, alla va xilma xil taronalar hech qachon tarovatini
yuqotmaydi. Nafosat gulshanida ungan bunday badiiyat qatralari shaxs ma’naviy
komilligining ilk sarchashmasi bo‘libgina qolmay, o‘zida ajdodlarimizning
yaratuvchanlik, bunyodkorlik, ezgulik va muhabbat bilan bog‘liq ulug‘vor
qarashlarini aks ettirganligi uchun ham umrboqiy qadriyatlar tizimiga aylangan.
[1...,3bet]
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].
25
Ma’lumki, qo‘shiq insonning his-tuyg‘ularini ko‘rsatib beruvchi sadoqat,
quvonch, g‘am, sog‘inch, alam, umid kabi omillar orqali paydo bo‘ladi. Mana shu
omillar ohang, kuy va so‘z ta’sirida qo‘shiqqa aylanib insoniy tuyg‘ularni ifodalaydi.
Bebaho ma’naviy xazinamiz hisoblangan qo‘shiqlarimizning ko‘p qismini to‘y
marosim qo‘shiqlari tashkil etadi. Bu qo‘shiqlar “voqeabandligi, ijro etish o‘rni,
obrazlar silsilasi bilan boshqa tur qo‘shiqlardan keskin farq qiladi. To‘y bola, kelin,
kuyov, ona, ota, singil, yangalar, qizning dugonalari, kuyov jo‘ralari, qo‘shnilar,
qudalari obrazlari to‘y qo‘shiqlari asosini tashkil etadi”. [2..,6bet]
Xalqimizning kop asrlik e’tiqodiy qarashlari, urf-odat va an’analarini o‘zida
saqlab kelayotgan qo‘shiqlarning tasnifini belgilash, janrlar asoslari, kuy tuzilishi, ijro
uslublari ayniqsa, musiqiy tilini tadqiq etish shuni ko‘rsatdiki, bu janrlar tarkib
jihatidan ma’lum turkumlarga ajraladi. Bular orasida oilaviy marosimlar tarkibida
marosim qo‘shiq va aytimlari qadimgi ajdodlarimizning oila shart-sharoitlariga
aloqador e’tiqodiy qarashlari, turmush kechinmalari, urf-odatlari va rasm-rusumlari
bilan chambarchas holda yuzaga kelgan bo‘lib, ana shu bog‘liqlikda yashab keladilar.
Qo‘shiq xalqimiz hayotida katta o‘rin tutadi, chunki u yaxshi va yomon
kunlarida qo‘shiqqa murojaat qiladi, qo‘shiq bilan o‘z shodligini bildiradi, dard-
armonni kuylaydi. Mana shuning uchun ham qo‘shiq inson hayotida unitilmay,
avlodlardan-avlodlarga uzatilib, asrlar osha yashaydi. Qo‘shiq mazmun, ohang, so‘z,
vazn, qofiya, ritm-usul, lad jihatdan bir-biriga teng, uyg‘un ohang-jumlalarni qo‘shish
orqali kuylanadi. Qo‘shiq Alisher Navoiy qayd etganidek, “arg‘ushtak usulida” yani
raqsga tushib ijro etiladigan xalq lirik asariga mansub asardan iborat. [3...,76bet]
Darhaqiqat, xalq qo‘shiqlarining maftunkorligi, ulardagi mazmun, kuy, so‘z va
shaklning uyg‘unligi; g‘oya, ohang, ritm, obraz, tasvir hamda ifoda kabi qo‘shiqni
tashkil etuvchi komponentlarning joylashishi, yaxlit asar sifatida shakllanishi va ijro
etilishi bilan ajralib turadi. Xalq qo‘shiqlarining g‘oyaviy-badiiy vazifalari, qo‘shiq
butunligini tashkil etishda kuy-ohang, so‘z va ijro mutanosibligi va ularning o‘ziga
xosligi ancha vaqtlardan buyon ko‘plab ilmiy izlanishlarga ob’ekt bo‘lib kelmoqda.
Xullas, xalq qoshiqlari ichki qonuniyatlari uchun ijodkorning niqtayi nazari,
maqsadi, asarda so‘z va ohang tartibi, ularning o‘zaro muvofiqligi, tasvir va ifodada
me’yor va mezonni saqlash, obrazlar birligi kabi talablar hamma vaqt zaruriy shartlar
bo‘lib qoladi.
Xalq qo‘shiqlari kuy, ohanglari, shakli, mazmunan boyligi, sodda ijro uslubi
bilan o‘ziga rom etadi. Ular asrlar osha ijro etilib kelingan va shu bois har bir ijrochi
ularni oz dardi va quvonchi bilan bog’lab ijro etishi mumkin. Mana shunday ijrolar
jarayonida xalq qo‘shiqlari ham mazmunan, ham shakl nuqtayi nazaridan sayqal topib
boradi. Shu tufayli xalq qo‘shiqlarida turli tuman variantlar vujudga keladi. Har bir
musiqa asarining janr tabiati, mavzui, tanlangan voqea-hodisa, obrazlar va kechinma-
tuyg‘ular, hayotiy mantiq va badiiy mantiq muvofiqligi har qanday kishini ijro etishga
majbur qiladi. Xalq qo‘shiqlarida kuy jumlalari va ohanglarni joylashtirish tartibi,
ayniqsa, musiqiy tili kabi talablar ham hamma vaqt zaruriy shartlar bo‘lib qoladi.
Xalq qo‘shiqlari necha-necha asrlardan buyon bizning davrimizgacha turli
sharoitlarda o‘ziga yo‘l topib rivojlanib, sayqal topib etib kelgan. Hozirgi sharoitda,
o‘ta savodxonlik barqaror bo‘lgan davrda ham xalq qo‘shiqlari o‘ziga boshqa shaklda,
boshqacha sharoitda yo‘l topayapti. Shu narsani aytishimiz lozimki, xalq qo‘shiqlari
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].
26
- bebaho xazina. Ana shu xazinani to‘plash, o‘rganish, targ‘ib etish, ularni nota
chizig‘iga ko‘chirish, hamda ularni saqlash lozim. [4...,3-b]
Xalq qo‘shiqlari milliy madaniyatimizning eng qadimiy va umrboqiy badiiy
silsilalaridan biri bo‘lib, ajdodlarimizning turmush tarzi, an’analari, orzu-
intilishlarining o‘ziga xos qomusidir.Shuning uchun ham xalq qo‘shiqlarini keng
ommalashtirish milliy o‘zlikni anglashga muhim ahamiyat kasb etadi.
“Tengsiz ma’naviy boyligimiz bo‘lmish mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir
namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol etkazish
jahondagi ilg‘or fikrli olimlar va san’atkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha
madaniyat ahlining ezgu burchidir”. [5…,2-b]
Demak, xalq qo‘shiqlari ajdodlarimizdan bizgacha bobodan o‘g‘ilga,
momodan qizga, ustozdan shogirdga an’anaviy ya’ni og‘izdan-og‘izga o‘tib etib
kelgan.Respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etilgan folklor-etnigrafik
ansambllar ana shunday xayrli ishni xalq qo‘shiqlarini ommaviy tadbirlarda,
umumxalq bayramlarida, festivallarda, ko‘rik tanlovlarda zamonga moslashtirib,
sayqallashtirilib ijro etishmoqda. Xalq qo‘shiqlarini targ‘ib etish, o‘rganish, ijro etish
orqali urf-odatlar, udumlarimiz, mavsumiy, oilaviy, mehnat marosimlari bilan bog‘liq
qo‘shiqlarni hamda milliy qadriyatlarimizga nisbatan yoshlarimizni milliy
madaniyatimizni o‘rganishlariga zamin yaratgan bo‘lamiz.
Adabiyotlar ro‘yxati; Библиографические ссылки; References:
1.Naimov M.U. Qadim Surxon navolari. T..; ,,San’at,, 2006.3-bet.
2. Musaqulov A, Mirzayeva M. Ostonasi tillodan.-T.; Fan,1993.-6 b.
3. Razzoqov X., Mirzayev T., Sobirov O., Imomov K.Ozbek xalq og‘zaki ijodi.-T./
O‘qituvchi,1980,75b.
4. Surxon qo‘shiqlari 1-qism.Termiz./ Jauhun nashriyoti.1997y,3b.
5. Naimov.M.(2024). Musiqa mashg‘ulotlarida bolalarga folklor qo‘shiqlarni
o‘rgatish. Журнал универсальных научных исследований, 2(5), 1047–1051.
извлечено
от
https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-
6. Muzaffar, O. (2024). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg ‘ulotlarida
bolalarga folklor qo ‘shiqlarni o ‘rgatish. Oriental Art and Culture, 5(1), 204-207.
7.Naimov.M. (2024). SONG GENRE - ITS PLACE IN FOLKLORE ART. Журнал
универсальных научных исследований, 2(5), 1067–1072. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/33783
8.Naimov.M. (2024). FOLKLORE SONGS TO CHILDREN IN MUSIC CLASSES.
Журнал универсальных научных исследований, 2(5), 1063–1066. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/33782
9.Naimov, M. (2022). Surxondaryo folklor-etnografik. Xalq havaskorlik” jamoalari”.
Toshkent.
10.Urinovich, N. M. (2022). Uzbek traditional songs (the XX century is on the
example of the southern Uzbekistan oasis). Asian Journal of Research in Social
Sciences and Humanities, 12(1), 318-321.
