SURXONDARYO EKOLOGIK SHAROITIDA BO‘YOQ BERUVCHI O‘SIMLIKLARNI FIZIOLOGIK VA BIOKIMYOVIY XUSUSIYATLARINI BAHOLASH

Annotasiya

Ushbu maqolada Surxondaryo ekologik sharoitida bo‘yoq beruvchi o‘simliklarning tarqalish hududi, inson hayotidagi ahamiyati va ularning o‘rganilishi bo‘yicha muhim ilmiy dalillar yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida rang beruvchi o‘simliklarning biologik xususiyatlari va ekologik omillarga moslashuvchanligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, maqolada za’faron (Crocus sativus), indigofera (Indigofera tinctoria L.) kabi o‘simliklarning fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari, ularning sanoat va tibbiyotda qo‘llanilishi xususida fikr yuritilgan. Bu o‘simliklarning tabiiy bo‘yoq manbai sifatida ishlatilishi, atrof-muhitga ta’siri va iqtisodiy ahamiyati ham tahlil qilingan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2020
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
34-41
155

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Aslanova , X. . (2025). SURXONDARYO EKOLOGIK SHAROITIDA BO‘YOQ BERUVCHI O‘SIMLIKLARNI FIZIOLOGIK VA BIOKIMYOVIY XUSUSIYATLARINI BAHOLASH . Tadbirkorlik Va Pedagogika, 4(2), 34–41. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/80984
Xolida Aslanova , Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
“Biologiya va qishloq xo‘jaligi” kafedrasi tayanch doktoranti
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Surxondaryo ekologik sharoitida bo‘yoq beruvchi o‘simliklarning tarqalish hududi, inson hayotidagi ahamiyati va ularning o‘rganilishi bo‘yicha muhim ilmiy dalillar yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida rang beruvchi o‘simliklarning biologik xususiyatlari va ekologik omillarga moslashuvchanligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, maqolada za’faron (Crocus sativus), indigofera (Indigofera tinctoria L.) kabi o‘simliklarning fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari, ularning sanoat va tibbiyotda qo‘llanilishi xususida fikr yuritilgan. Bu o‘simliklarning tabiiy bo‘yoq manbai sifatida ishlatilishi, atrof-muhitga ta’siri va iqtisodiy ahamiyati ham tahlil qilingan.


background image



34

2025/№ 2

TABIIY FANLAR

SURXONDARYO EKOLOGIK SHAROITIDA BO‘YOQ BERUVCHI

O‘SIMLIKLARNI FIZIOLOGIK VA BIOKIMYOVIY XUSUSIYATLARINI

BAHOLASH

ASLANOVA XOLIDA GAFUROVNA

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Biologiya va qishloq xo‘jaligi” kafedrasi tayanch doktoranti

E-mail:

xolida.aslanova@mail.ru

UDK: 581.526.5

Kalit so‘zlar:

bo‘yoq beruvchi
o‘simliklar,
za’faron,
indigofera, tabiiy
bo‘yoqlar, ekologik
sharoit, biologik
xususiyatlar,
sanoat va
tibbiyotda
qo‘llanilishi.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Surxondaryo ekologik

sharoitida bo‘yoq beruvchi o‘simliklarning tarqalish hududi,
inson hayotidagi ahamiyati va ularning o‘rganilishi bo‘yicha
muhim ilmiy dalillar yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida rang
beruvchi o‘simliklarning biologik xususiyatlari va ekologik
omillarga moslashuvchanligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, maqolada za’faron (Crocus sativus), indigofera
(Indigofera tinctoria L.) kabi o‘simliklarning fiziologik va
biokimyoviy xususiyatlari, ularning sanoat va tibbiyotda
qo‘llanilishi xususida fikr yuritilgan. Bu o‘simliklarning tabiiy
bo‘yoq manbai sifatida ishlatilishi, atrof-muhitga ta’siri va
iqtisodiy ahamiyati ham tahlil qilingan.

ОЦЕНКА ФИЗИОЛОГО-БИОХИМИЧЕСКИХ СВОЙСТВ КРАСИЛЬНЫХ

РАСТЕНИЙ В ЭКОЛОГИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ СУРХАНДАРЬИ

Ключевые слова:

красящие растения,
шафран,
индигофера,
натуральные
красители,
экологические
условия,
биологические
свойства,

Аннотация:

В данной статье освещены важные научные

данные о распространении красящих растений в
экологических условиях Сурхандарьи, их значении в жизни
человека и их изучении. На основе результатов
исследований приведены сведения о биологических
особенностях окрашивающих растений и их адаптации к
экологическим факторам. Также в статье рассматриваются
физиологические и биохимические свойства таких
растений, как шафран (Crocus sativus), индигофера
(Indigofera tinctoria L.), и их применение в промышленности


background image



35

2025/№ 2

промышленное и
медицинское
применение.

и медицине. Также проанализировано использование этих
растений в качестве природного источника красителей, их
влияние на окружающую среду и экономическое значение.

EVALUATION OF THE PHYSIOLOGICAL AND BIOCHEMICAL

PROPERTIES OF DYE PLANTS IN THE ECOLOGICAL CONDITIONS OF

SURKHANDARYA

Keywords:

dyeing plants,
saffron, indigo,
natural dyes,
ecological
conditions,
biological
properties,
industrial and
medical
applications.

Abstract:

This article highlights important scientific evidence

on the distribution area of dye plants in the ecological
conditions of Surkhandarya, their importance in human life, and
their study. Based on the research results, data on the biological
characteristics of coloring plants and their adaptability to
environmental factors are presented. The article also discusses
the physiological and biochemical properties of plants such as
saffron (Crocus sativus), indigofera (Indigofera tinctoria L.),
and their use in industry and medicine. The use of these plants
as a natural dye source, their impact on the environment, and
economic significance were also analyzed.

KIRISH

Butun dunyoda tabiiy bo‘yoqlarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.

Bugungi kunda ular keng miqyosda ishlab chiqarilmoqda. Shu sababli O‘zbekistonda
o‘suvchi o‘simliklardan bo‘yoq ajratish va turli rang beruvchi mahsulotlar ishlab
chiqish dolzarb masalaga aylangan [1]. Bunga asosiy sabab – rang beruvchi
o‘simliklarning keng tarqalganligi va oson topilishi bo‘lib, bu esa ularning qadr-
qimmatini oshiradi.

Bunday o‘simliklar tarkibida har xil bo‘yoq, yelim, oshlovchi va dorivor

moddalar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati bo‘yovchi xossalarga ega.
O‘simliklardan olinadigan tabiiy bo‘yoqlar yorqinligi va to‘qligi jihatidan sun’iy
bo‘yoqlardan qolishmaydi. Tabiiy bo‘yoq pigmentlari, asosan, madaniy o‘simliklarda
ko‘proq uchraydi.

Hozirgi kunda bo‘yoq moddalari sanoatning turli tarmoqlarida, jumladan,

parfumeriya, farmatsevtika, oziq-ovqat, konditerlik, go‘sht-konserva, ip-gazlama
ishlab chiqarish va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Tabiiy bo‘yoqlarni
o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishning asosiy maqsadi – sun’iy bo‘yoqlar o‘rnini
bosa oladigan, inson ehtiyojlarini to‘laqonli qondiradigan va organizmga salbiy ta’sir


background image



36

2025/№ 2

ko‘rsatmaydigan muqobil variantlarni joriy etishdir.

Surxondaryoni Yaratganning o‘zi go‘zal tabiat bilan siylagan. Surxondaryo

viloyati relyefi tog‘ va tekisliklardan iborat bo‘lib, shimoldan janubga tomon
qiyalanib va kengayib boradi. Viloyatning o‘simliklar dunyosi ham tabiiy sharoit
bilan bog‘liq. O‘simliklarning areali, rangi, tuzilishi, rivojlanishi va yashovchanligi
turlicha bo‘ladi. Tashqi muhitning noqulay sharoiti o‘simliklarning tashqi qiyofasi va
ichki tuzilishiga ta’sir ko‘rsatib, ularning moslashishiga yoki nobud bo‘lishiga sabab
bo‘lishi mumkin.

Ayni vaqtda yer nafaqat ulkan boylik, balki mamlakat kelajagini belgilab

beradigan muhim omildir. Bu holat O‘zbekistonda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Quyoshli zaminimiz tuprog‘ida unib-o‘sayotgan turli dorivor hamda sanoat uchun
xomashyo sifatida yetishtirilayotgan o‘simliklar tabiatimiz boyligi sanaladi. Bunday
o‘simliklar qatoriga indigofera (Indigofera tinctoria L.) va shafran (Crocus sativus)
o‘simliklarini kiritish mumkin.

ASOSIY QISM

Za’faron (Crocus sativus – lotin.) – sapsarguldoshlar oilasiga mansub, ko‘p yillik

o‘tsimon, tuganak piyozli o‘simlik. Yovvoyi holda uchramaydi. Hindiston, Pokiston,
Xitoy, Janubiy Yevropa va Ozarbayjonda katta maydonlarda yetishtiriladi. Piyozining
diametri 1–2 santimetr. Barglari 5–15 ta bo‘lib, och sariq rangda, eni 2 mm, tuksiz.
Guli 1–4 ta, gultoji oqish, pastki qismi (tashqi tomondan) binafsha rang, uzunligi 2–4
sm. Changchilari gulqo‘rg‘ondan qisqa. Ko‘sagi cho‘ziq bo‘lib, eni 6–7 mm [7].

Fevral–iyul oylarida gullaydi, aprel–avgustda meva beradi. Tarkibida efir moyi

bo‘lgani uchun hidi juda o‘tkir va yoqimli. 90–100 ming dona za’faron gulidan atigi 1
kg quritilgan gul tumshuqchalari olinadi. Za’faronning quritilgan gul tumshuqchalari
murabbo va tortlarning rangi hamda ta’mini yaxshilash, oziq-ovqat (pishloq, sariyog‘,
likyor va boshqalar) hamda parfyumeriya (atir-upa) sanoatida qo‘llaniladi.
Shuningdek, u tabobatda dori-darmon sifatida ishlatiladi [7].

Za’faron o‘rta asrlardan beri bahosi va qadri tushmay kelayotgan yagona

ziravordir. O‘rta asrlarda bir qadoq (450 g) za’faronni zotli arab chopqir otiga
ayirboshlash mumkin bo‘lgan.

Za’faron haqida tarixiy manbalar

Bu ziravorning nomi deyarli barcha tillarda arabcha “sariq” ma’nosini

anglatuvchi “za’faron” so‘zidan olingan bo‘lib, qadimda ushbu noyob o‘simlikdan
bo‘yoqlash moddasi sifatida foydalanilganini anglatadi. Hozirgi davrda za’faron
o‘zining qadimiy ahamiyatini yo‘qotib, asosan pazandalikda ishlatiladi va oltin bilan
teng baholanadigan yagona ziravor sanaladi. Bugungi kunda yer yuzida yiliga atigi


background image



37

2025/№ 2

300 tonna za’faron yetishtiriladi (2017-yil holatiga ko‘ra) [6].

Ma’lumki, za’faron insoniyat tomonidan ziravor sifatida iste’mol qilinishi 4000

yillik tarixga ega bo‘lib, u bo‘yoq sifatida neolit davrida tog‘-qoyalarga rasm
chizishda ishlatilgan. Qadimgi Mesopotamiyada taom tayyorlashda undan
foydalanganlik izlari arxeologlar tomonidan aniqlangan. Yozma manbalarda za’faron
haqidagi dastlabki eslatmalar Shumer sivilizatsiyasi qoldiqlarida uchraydi.

Eron hududida eramizdan avvalgi X asrda za’faron tolalaridan qurbonlik

marosimlarida ishlatiladigan matolarni bo‘yashda foydalanganlar. Shuningdek, undan
kuchli tomizg‘i sifatida ham foydalanilib, attorlik mollari va lazzatli moylar
tayyorlangan. Iskandar Zulqarnayn armiyasida esa za’faron jarohatlarni davolash
uchun ishlatilgan.

Qadimgi Ahd (Tavrot) manbalarida za’faron qurbonlik qilish, bo‘yoqchilik va

attorlik sohalarida qo‘llanilgani haqida ma’lumotlar mavjud. Qadimgi Xitoy yozma
manbalarida esa u shifobaxsh dori vositasi sifatida eslatilgan. Sharqda esa buddist
monaxlar liboslarini bo‘yash uchun undan foydalangan. Yevropada esa za’faron
ishlatgan boylar jamiyatda yuksak mavqega ega tabaqaga mansub bo‘lgan. Rim
imperiyasi davrida za’faron dori vositasi, tabiiy bo‘yoq va attorlik mollari tayyorlash
uchun ishlatilgan [5].

Za’faron – eng mazali ziravor, sifatli tabiiy bo‘yoq va qimmatbaho attorlik

vositasi bo‘lish bilan birga, turli dardlarga shifo beruvchi noyob modda hisoblanadi.
Sharqda qadimda uni “qizil oltin” deb atashgan. Za’faronning qimmatbaho ekin
hisoblanishining ikki asosiy sababi bor:

1.

Uni yetishtirish nihoyatda mashaqqatli jarayon.

2.

Xushbo‘yligi, ta’mi va shifobaxsh xususiyatlari bo‘yicha u boshqa ziravorlar

orasida tengsizdir.

Za’faronning rivojlanishi va tarkibiy moddalari

Za’faron – yiliga bir marta, 10-15 kun davomida ommaviy gullaydigan, har bir

guli faqat 2-3 kun ochiq turadigan qirmizi “krokus” (lotincha nomi) onalik guli
tumshuqlarining quritilganidir. Za’faron gullari, xususan onalik gullarini qayta ishlash
faqat qo‘l mehnati bilan amalga oshiriladi. Onalik gullari tumshug‘i faqat gullarning
birinchi ochilgan kuni qirqib olinishi lozim. Uning sifati terim va uni quritishning
tezligi bilan bog‘liqdir. Bir kilogramm za’faron yig‘ish uchun tongda, quyosh hali
onalik gullarini quritib ulgurmasidan, 150 ming dona atrofidagi guli terib olinishi
lozim. Bir gektar yer maydonidan, terimchilarning mahorati va ob-havoning mos
sharoitiga qarab, 8-12 kilogramm za’faron yig‘ib olish mumkin.

Za’faronning kimyoviy tarkibi 10-12% suv, 5-7% mineral moddalar, 5-8% moy

va mo‘m, 12-13% oqsil va juda oz miqdordagi yog‘ ekstraktidan iborat bo‘lib, o‘ziga


background image



38

2025/№ 2

xos xushbo‘y moddalarga ega.

Za’faronning inson salomatligiga doir xususiyatlari

Qadimgi zamonlardan beri ma’lumki, u nodir va bemisl xususiyatlarga ega. U

og‘riqni qoldiruvchi, xushkayfiyat bag‘ishlovchi, tushkunlikdan chiqaruvchi,
shuningdek, quvonch gormoni – serotonin ishlab chiqarish xususiyatiga ega. Shu
sababli, za’faron insonda doimiy iste’mol qilishga odat hosil qilmaydigan, yengil
psixotrop modda hisoblanadi.

Hakim Ayurveda za’faronning hazm jarayonini yaxshilashga, sezgi va nafas

olish organlarini mustahkamlashga, jigar, buyrak va limfa bezlarini tozalashga,
titroqni bosishga, tomirlarda to‘xtagan qonni harakatga keltirishga, yuz rangini
tiniqlashtirishga hamda jinsiy faollikni oshirishga yordam berishini ta’kidlagan.
Qadimda kiborlar jamiyatiga mansub ayollar tug‘ish oldidan og‘riqni yengillashtirish
maqsadida za’faron eritilgan suvni ichishgan.

Zamonaviy tibbiyotda u ko‘zga tomiziladigan dorilar hamda umumiy

quvvatlantiruvchi turli dori-darmonlar tayyorlashda ishlatiladi. Za’faronning
antikanserogen va antimutagen xususiyatlarga egaligi isbotlangan. Uni qaynoq sut
bilan ichish bosh miya faoliyatini mustahkamlab, xotirani kuchaytiradi. Agar asal
bilan iste’mol qilinsa, buyrakdagi toshlarning maydalanishiga yordam beradi.
Za’faron guli tumshuqlari eritmasi inson organizmiga zarur bo‘lgan karotin, tiamin,
riboflavin, flavonoidlar, kalsiy, fosfor kabi moddalar va turli vitaminlarga boy. To‘rt
ming yillik ishlatish tarixida uning to‘qson xil kasallikni davolashda qo‘llanishi
aniqlangan.

Za’faronning xushbo‘y hidi nafas olish organlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib,

insonni tinchlantiradi hamda uyqusizlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Kuchli
bosh og‘rig‘i va quloq shamollaganida za’faron suvida paxta yoki yumshoq matoni
ho‘llab, og‘rigan joyga bosish tavsiya etiladi. Bu usul og‘riqni kamaytirishga yordam
beradi. Bundan tashqari, za’faron qorin ochish hissini ham pasaytiradi.

Indigofera tinctoria L

— o‘simligi ildizida rivojlanadigan tugunak bakteriyalar

yordamida atmosfera azotini o‘zlashtirib, tuproqdagi oziq moddalar miqdorini
oshiradi. Shuningdek, sho‘rlangan va unumdorligi pasaygan tuproqlarning
agroekologik xususiyatlarini yaxshilashda katta ahamiyatga ega.

Indigofera — dukkaklilar oilasiga mansub o‘simlik turi. Ular o‘t yoki buta

shaklida bo‘lib, ko‘pincha toq patli barglar bilan o‘ralgan. Gullari barg qo‘ltig‘idagi
popukchalarda joylashgan bo‘lib, pushti, to‘q qizil va oq rangda bo‘ladi. Mevasi —
loviya. Indigoferaning 700 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, asosan tropik va subtropik
mintaqalarda keng tarqalgan. MDH mamlakatlarida uch turi uchraydi: I. gerardiana, I.
potaninii, I. krilovii. Manzarali turlari Qrim, Janubiy Kavkaz va O‘rta Osiyoda


background image



39

2025/№ 2

yetishtiriladi.

Indigoferalar chiroyli gullaydigan o‘simlik bo‘lib, urug‘lari yordamida

ko‘payadi. Ko‘p turlari chumolilar yordamida tarqaladi. Bo‘yaladigan indigofera
(Indigofera tinctoria L) bir necha xil indigofera turlari singari ko‘k rangli indigo
bo‘yoq hosil qiladi. Bo‘yaladigan indigofera barglaridan basma (soch bo‘yaydigan
qora bo‘yoq) olinadi. Indigoferaning ko‘plab turlari tarkibida ko‘k indigo rangini
hosil qiluvchi glikozid indikan mavjud.

Indigoferaning barglari ellips shaklida, gullari pushti va binafsha rangda, mevasi

esa 4–6 urug‘li loviya shaklida bo‘ladi. U o‘sadigan hududning iqlim sharoitiga qarab
bir yillik, ikki yillik yoki ko‘p yillik o‘simlik bo‘lishi mumkin. Indigofera tuproqni
mustahkamlash uchun ekiladi, shuningdek, chiroyli gullari sababli manzarali o‘simlik
sifatida ham yetishtiriladi. U quyoshli hududlarni afzal ko‘radi. Barglarining
joylashuvi qarama-qarshi, toq panjasimon va oddiy bo‘lib, qisqa poyachalarga ega.

Ahamiyati va qo‘llanilishi

Indigofera barglarining kukunidan ikki xil bo‘yoq olinadi: matolar uchun

mustahkam to‘q ko‘k bo‘yoq — indigo va sochlar uchun tabiiy bo‘yoq basma. Ilk
jinsilar (jeans) ham indigofera barglari bo‘yoqlari bilan bo‘yalgan.

Bu o‘simlik tibbiyotda ham qo‘llaniladi. Tarkibida indirubin, ratenoidlar,

deguelin, rotenol kabi birikmalar mavjud. Dorivor o‘simliklardan oqilona foydalanish
Sharqning buyuk allomasi Abu Ali ibn Sino nomi bilan chambarchas bog‘liq. U “Tib
qonunlari” asarida o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlarini bayon etish bilan birga,
ulardan qanday foydalanish va qaysi kasalliklarni davolash mumkinligi haqida ham
batafsil ma’lumot bergan.

Bugungi kunda sintetik dori vositalariga bo‘lgan talab kamayib, dorivor

o‘simliklardan tayyorlanadigan tabiiy dori-darmonlarga ehtiyoj ortib bormoqda.
Sun’iy dorilar ba’zan allergiya chaqirishi yoki boshqa kasalliklarga sabab bo‘lishi
mumkin. O‘simliklardan tayyorlangan dori vositalari esa inson organizmi uchun
foydaliroq bo‘lib, bir qator afzalliklarga ega. Xususan, ularning murakkab tarkibi
(turli ingredientlar majmui) nafaqat shifobaxshlik xususiyatlarini yaxshilaydi, balki
ta’sir kuchi va sifati ham yuqori bo‘lishiga yordam beradi [4].

Tibbiyotda ishlatiladigan dorilarning 47 foizi, xususan yurak-qon tomir

kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladigan dorilarning 80 foizi o‘simlik
xomashyolaridan tayyorlanadi. Tabobatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan alkaloidlar,
glikozidlar, flavonoidlar, kumarinlar, saponinlar, efir moylari va boshqa foydali
moddalar ham aynan o‘simliklardan olinadi.

Indigoferaning davolash xususiyatlari quyidagicha qo‘llaniladi:

Teri kasalliklari (furunkul, ekzema);


background image



40

2025/№ 2

Yaralar va tiklanmaydigan shikastlanishlar;

Tomoq, hiqildoq, milklarning yallig‘lanishi (tonzillit);

Saraton kasalliklari;

Leykemiya (oq qon kasalligi);

It tishlashi va ilon chaqishining ta’sirini kamaytirish;

Jigar kasalliklari.

Indigofera kosmetologiyada quyidagilar tufayli qo‘llaniladi:

Indigofera kosmetologiyada quyidagi xususiyatlari uchun qo‘llaniladi:

Yallig‘lanishga qarshi – qichishish va yallig‘lanishni kamaytiradi, bosh terisini

tinchlantiradi;

Antiseptik – bosh terisiga himoya qatlami hosil qiladi, qazg‘oqni yo‘qotadi;

Yumshatuvchi – sochlarni yumshoq va mayin qiladi, xna va basma bilan soch

bo‘yash uchun eng tabiiy vositalardan biri hisoblanadi.

Indigofera kukuni asosidagi soch bo‘yoqlari ekologik toza hisoblanadi. U nafaqat

sochlarni bo‘yash, balki ularni sog‘lomlashtirish uchun ham foydalidir. Shuning
uchun bunday tabiiy bo‘yoqlardan tez-tez foydalanish tavsiya etiladi.

XULOSA

Tabiiy bo‘yoqlarga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgan hozirgi davrda ularning

kimyoviy bo‘yoqlarga muqobil sifatida qo‘llanilishi dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi. Za’faron (Crocus sativus) va indigofera (Indigofera tinctoria L.) kabi
o‘simliklardan olinadigan tabiiy bo‘yoqlar nafaqat estetik jihatdan jozibador, balki
inson salomatligi uchun ham xavfsizdir. Ushbu o‘simliklarning tarkibida inson
organizmiga foydali bo‘lgan turli moddalar mavjud bo‘lib, ular nafaqat bo‘yoq
sanoatida, balki farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatida ham keng qo‘llaniladi.

Za’faron qadimdan noyob ziravor, shifobaxsh vosita va tabiiy bo‘yoq sifatida

ishlatib kelingan bo‘lib, uning xushbo‘yligi, ta’mi va shifo beruvchi xususiyatlari uni
boshqa ziravorlardan ajratib turadi. Shuningdek, indigofera o‘simligidan olinadigan
tabiiy ko‘k bo‘yoq – indigo mato bo‘yash va boshqa sanoat sohalarida muhim
ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda sun’iy bo‘yoqlarning salomatlikka zararli ta’sirini hisobga olgan

holda, tabiiy bo‘yoqlarga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortib bormoqda. Shuning uchun ham
ushbu o‘simliklarni o‘rganish, ularni yetishtirish va sanoatga keng joriy etish muhim
vazifalardan biridir. Shu bilan birga, tabiiy bo‘yoqlarning ekologik xavfsizligi va
barqarorligi ularni kelajakda yanada ommalashtirish imkoniyatini yaratadi.


background image



41

2025/№ 2

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi. 22-dekabr, 2017 yil.

2.

Norbobayeva T. Janubiy O‘zbekiston o‘simlik qoplamining tasnifi // O‘zbek

biologiya jurnali. 2004. №1.

3.

Xo‘jayev J. O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: “Mehnat” nashiriyoti, 2004. –

B. 223.

4.

Xolmatov N.X., Qosimov U. Dorivor o‘simliklar lug‘ati. – Toshkent, 1992.

5.

www.ziyouz.uz

6.

www.darakchi.uz

7.

www.malhamuz.blogspot.com























Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 22-dekabr, 2017 yil.

Norbobayeva T. Janubiy O‘zbekiston o‘simlik qoplamining tasnifi // O‘zbek biologiya jurnali. 2004. №1.

Xo‘jayev J. O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: “Mehnat” nashiriyoti, 2004. – B. 223.

Xolmatov N.X., Qosimov U. Dorivor o‘simliklar lug‘ati. – Toshkent, 1992.

www.ziyouz.uz

www.darakchi.uz

www.malhamuz.blogspot.com