Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
8714
3554
in Citate: 0
Iqtibos: 91
h index: 0
Ulashish

Jurnal haqida

TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida “inScience” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2023-yil 5-aprel kuni “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiyada muhokama qilinadigan mavzular yo‘nalishlari:

1-seksiya. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida moliya bozorining dolzarb muammolari va uni tartibga solishning metodologik asoslari.

2-seksiya. Moliya-bank tizimini takomillashtirish orqali milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish imkoniyatlari.

3-seksiya. Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish – aholi turmush darajasini oshirish va hududlarni iqtisodiy rivojlantirish omili.

4-seksiya. Moliyaviy texnologiyalar sohalari moliya bozorining kelajak lokomotivi sifatida.

5-seksiya. Islom moliyasi, xulq-atvor moliyasi va moliya bozoriga oid boshqa yangi yondashuvlar.

Mazkur konferensiyada ishtirok etishni xohlagan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar 2023-yil 25-mart sanasiga qadar ilmiy maqola va tezislarni yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etishlari mumkin.

Ilmiy-amaliy konferensiya ishida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, respublikamiz OTM va ilmiy tadqiqot muassasalarining professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodimlari, izlanuvchilari hamda iqtidorli talabalari qatnashishlari mumkin.

Konferensiya to‘plamiga kiritilgan va nashr qilingan har bir tezis Google Scholar bazasida indekslanadi.

CiteScore
in Citate
0 =
0 uchun iqtiboslar 2022 - 2021 y.
0 uchun hujjatlar 2022 - 2021 y.
current in Citate
0.423 =
63 uchun iqtiboslar 2023 y.
149 uchun hujjatlar 2023 y.
 
Jurnal mazmuni
Oldingi nashrlar
  • 1