Fitrat ijodida o‘zbek tili ichki taraqqiyot imkoniyatlarining nazariy va amaliy jihatdan asoslanishi

Annotasiya

Ushbu maqolada Fitratning o‘zbek tilini millat tili sifatida saqlab qolish, rivojlantirish, ichki imkoniyatlar asosida boyitishdagi xizmatlari yoritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Chiqarish:
30-36
189

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abdullayev, G. (2024). Fitrat ijodida o‘zbek tili ichki taraqqiyot imkoniyatlarining nazariy va amaliy jihatdan asoslanishi. Xorijiy Lingvistika Va Lingvodidaktika, 2(3), 30–36. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/67463
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Fitratning o‘zbek tilini millat tili sifatida saqlab qolish, rivojlantirish, ichki imkoniyatlar asosida boyitishdagi xizmatlari yoritilgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Theoretical and practical justification for the possibilities
of internal development of Uzbek language in the works of
Fitrat

Gulom ABDULLAYEV

1

University of Science and Technologies

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2024
Received in revised form

10 April 2024

Accepted 25 April 2024

Available online

25 July 2024

The article describes Fitrat

s merits in preserving,

developing, and enriching the Uzbek language as a national

language based on internal capabilities. Stating that each of the
Turkic languages has its characteristics, Fitrat expressed

opposing views on the generalization of languages and created

the Chigatoy Gurungi organization aimed at preserving and

developing the Uzbek language. Citing examples from Alisher

Navoi’s work “Mukhokamat ul

-

Lugatain”

, he put forward a

policy of Turkization of native words at the expense of dialect

units and word formation.

Fitrat justified the fact that the Uzbek language has wide

possibilities with examples of his scientific works and articles.

Skillfully using the semantic features of Turkish lexemes, he

created unique examples of conveying meaning. The role of

Fitrat in the development of the Uzbek language is based on the

merits of Alisher Navoi.

2181-3663

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3-pp30-36

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

language,

historical stage,

modern movement,

modern linguistics,
linguistics,

internal possibility,

language policy,

educational organization,
migration of meanings,

metaphor,

phrase.

Fitrat

ijodida

o‘zbek

tili

ichki

taraqqiyot

imkoniyatlarining nazariy va amaliy jihatdan asoslanishi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

til,

tarixiy bosqich,

jadidlar harakati,
tilshunoslik,

jadid tilshunosligi,

ichki imkoniyat,

Ushbu maqolada Fitratning o‘zbek tilini millat tili sifatida

saqlab qolish, rivojlantirish, ichki imkoniyatlar asosida
boyitishdagi xizmatlari yoritilgan.

1

Deputy Dean, Faculty of Pedagogy, University of Science and Technologies.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

3 (2024) / ISSN 2181-3701

31

til siyosati,

ma’rifiy tashkilot

,

ma’no ko‘chimlari

,

metafora,

ibora.

Теоретическое

и

практическое

обоснование

возможностей внутреннего развития узбекского языка
в творчестве Фитрата

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

язык

,

исторический этап

,

джадидское движение

,

Лингвистика

,

джадидская лингвистика

,

внутренняя возможность

,

языковая политика

,

образовательная

организация

,

смысловые переходы

,

метафора

,

фраза.

В данной статье освещаются заслуги Фитрата в

сохранении

,

развитии

,

обогащении узбекского языка как

языка нации на основе внутренних возможностей.


KIRISH

XIX asr oxiri XX asr boshlarida o‘zbek xalqi tarixida o‘ziga xos tarixiy bosqich

shakllandi. Bu davrning alohida belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

jadidchilik harakati vakillari xalqni ma’rifatli qilish

, ongini rivojlantirish,

dunyoviy ilmlarni targ‘ib qilish

,

millat tafakkurini o‘stirish masalalarini ilgari surdilar;

ma’rifatni targ‘ib qilish barobarida ma’rifatga erishish

yo‘llarini ko‘rsatdilar.

Maktablar tashkil etdilar,

darslik qo‘llanmalar yaratdilar. Ko‘rgazmalilikning

ma’rifat

ulashishdagi ta’sirini anglagan holda dramatik janrni shakllantirdilar;

gazeta,

jurnallar orqali ma’rifatga chorladilar

,

ma’rifatni

, bilimni millatni

zalolatdan qutultiruvchi asosiy vosita sifatida targ‘ib qildilar.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Bugungi kunda hech ikkilanmasdan hozirgi o‘zbek adabiy tili fanini o‘qitishda

asosiy bosqichlardan biri sifatida jadid tilshunosligini kiritish va ommalashtirish

mumkin. O‘zbek tili taraqqiyotida jadid tilshunosligi davrini ajratishning o‘ziga xos

omillari bor.

1.

Jadid adabiyoti vakillari tilning millat mavjudligini ko‘rsatadigan asosiy belgi

ekanligini chuqur anglagan edilar. Butun faoliyatlari davomida bu masalaga alohida

e’tibor qaratdilar. “Hifzi lison” –

til muhofazasi masalasini kun tartibiga olib chiqdilar.

2.

O‘zbek tili taraqqiyotining terminologiya

, onomastika, dialektologiya

masalalariga e’tibor qaratdilar

, morfologiya va sintaksis muammolarini ilmiy asosda

yoritdilar.

3.

Eski turkiy til manbalarini o‘rganishni targ‘ib qildilar va buning natijasida bir

qator turkiy so‘zlarni ommalashtirdilar

,

o‘z ijodlarida amalda qo‘lladilar.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

3 (2024) / ISSN 2181-3701

32

4. Eski turkiy til,

eski o‘zbek tili manbalarini o‘rganish va ommalashtirish

jarayonida lug‘atlar tuzdilar. Mazkur lug‘atlar bir qator turkiy so‘zlarning XX asr

boshlarida qayta tiklanishi, ommalashishi, keng yoyilishi, ayrim turkiy birliklarning

umumiste’mol doirasida qo‘llanishi uchun

omil sifatida xizmat qiladi.

O‘zbek madaniyati

, adabiyoti, tilshunosligi, pedagogikasi taraqqiyotida jadidchilik

harakati vakillarining alohida o‘rni bor. O‘zbek adabiyotida jadidchilik vakillari faoliyati

va ijodi negizida

jadid ma’rifati va jadid adabiyoti shakllandi. Shu o‘rinda bu davrda jadid

tilshunosligi yo‘nalishi ham shakllanganini ta’kidlash joiz. Jadidchilik harakati vakillari
tilni o‘z qatlam so‘zlari hisobiga boyitishni

,

tilni rivojlantirishda va targ‘ib qilishda

shevalar so‘zlariga tayanish lozimligini uqtirib o‘tdilar. Til masalalariga ham nazariy

, ham

amaliy jihatdan yondashdilar.

Jadid ma’rifatparvarlarining tilshunoslikka doir qarashlari tahlil qilingan

.

Jadidchilar

tomonidan tuzilgan lug‘atlar

, imlo masalalari, darsliklar, bu davrga oid til

masalalari,

jadid ma’rifatparvarlarining tilshunoslikka doir qarashlari

,

o‘zbek

tilshunosligining jadidlar davrida alohida taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilgani qayd etilgan
[Tog‘ayev

, 2001].

Fitrat

jadid ma’rifatchiligining yetakchilaridan biri sifatida o‘zbek

tilshunosligi

taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan.

Buyuk mutafakkirning o‘zbek tilshunosligi

taraqqiyotidagi xizmatlari tadqiqotlarda yoritilgan. Fitratning o‘zbek tili leksikologiyasi

,

morfologiyasi, sintaksisi, tarixiy leksikologiya taraqqiyotidagi xizmatlari nazariy jihatdan
asoslab berilgan.

[To‘ychiboyev

, 1992:1995].

Fitratning o‘zbek tili badiiy imkoniyatlarini

yoritishdagi faoliyati,

asarlarining til xususiyati o‘rganilgan [Sayidov

, 2001:5]. Fitratning

til masalalariga alohida e’tibor qaratgani

, darslik,

qo‘llanmalar yozgani

,

“Chig‘atoy

gurungi” nomli maxsus guruh tashkil qilgani

, tilni millatning or-nomusi, sharafi sifatida

himoya qilgani, uni asrab-avaylashga, taraqqiy qildirishga diqqat qaratgani, ona tilini chet

so‘zlar hisobiga emas

,

o‘z ichki imkoniyatlari hisobiga boyitish g‘oyasini ilgari surgani

dalillar asosida ko‘rsatib berilgan [Qosimov, 2002:356

-357]. Fitrat yashagan davr

ijtimoiy-madaniy muhiti, til masalalari,

o‘zbek alifbosi va imlo masalalari bir qator

tadqiqotlarda yoritilgan [Nurmonov, 2002; Bobomurodova, 2002].

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Jadid ma’rifatparvarlarining asarlari adabiyotshunoslik va tilshunoslik nuqtai

nazaridan o‘rganilgan. Tadqiqotlarda turkiyalik

, germaniyalik olimlarning izlanishlari

qayd etilgan. Jadidchilik

harakatining o‘zbek xalqi madaniy hayotida muhim hodisa

bo‘lgani

,

o‘zbek tili va o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotidagi alohida bosqich hisoblanishi

ta’kidlangan. Maqolada shu davr adabiy muhiti

,

til xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy

-

metodologik manbalardan foydalanildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
e’lon qilingan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirishga

qaratilgan farmonlar,

ajdodlar merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan

metodologik manbalar, ilmiy adabiyotlardagi ilmiy-nazariy yondashuv va tahlil usullari
tadqiqot metodologiyasini tashkil etadi.

Jadid ma’rifatchiligi davriga oid ilmiy adabiyotlardagi nazariy xulosalar

, Fitratning

tilshunoslikka oid qarashlari tahlil etilgan o‘rinlar

, ona tilini muhofaza qilish, ichki

imkoniyatlar asosida boyitish haqidagi g‘oyaviy yo‘nalish tadqiqot metodologiyasiga asos

qilib olingan.

Maqolada qiyosiy, qiyosiy-tarixiy, tavsiflash, komponent tahlil metodlaridan

foydalanildi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

3 (2024) / ISSN 2181-3701

33

TAHLIL VA NATIJALAR

Fitrat

tilga oid ilmiy va ijodiy faoliyatida o‘zbek tilining kelajagini o‘z davri muhiti

nuqtai nazaridan yorqin tasavvur qilgani holda, turkiy tillarni umumlashtirish,

birlashtirish haqidagi qarashlarga zid o‘laroq

, millatning muhim belgisi sifatida har bir

tilni asrash va taraqqiy toptirishning zarurat ekanligini asosladi: “...jonkuyar tilshunos

sifatida XX asrning 20-yillari til siyosati qozonida qaynadi va turkiy tillarni birlashtirish

siyosatining oqibatlarini sezgani holda har qaysi turkiy tilning umumiy jihatlari bo‘lishi

bilan birga xususiy,

o‘ziga xos jihatlari ko‘pligi

, shuning uchun har qaysi turkiy til

mustaqil ravishda rivojlanishi va o‘z xalqiga xizmat qilishi lozimligini angladi”

[Nurmonov, 2002:139].

Tillarni birlashtirish masalasining ijtimoiy-siyosiy tus olishi milliy til

muhofazasining xalq taqdiri,

kelajagi uchun alohida qiymatga ega bo‘lishi Fitrat

boshchiligidagi tilparvarlarning amaliy faoliyat yo‘nalishlarini belgilab berdi. Milliy tilni

asrash, rivojlantirishga xizmat qiladigan,

bu yo‘nalishdagi muammolarni yechishga

qaratilgan ijtimoiy tashkilot tuzildi. Fitrat “Chig‘atoy gurungi” maqolasida shunday deydi:
“Turkiy tillarni

,

turk adabiyotini birlashtirish shiori ostida ish ko‘rildi. Maktablarda

usmonli tili,

usmonli adabiyoti ona tili darslari o‘rnida qabul qilindi. Mana shu harakatga

qarshi “Chig‘atoy gurungi” tashkil etildi”[Fitrat

, 2000:17].

“...Avvalo

,

jadidlar xalqimizning ma’naviy merosi bo‘lgan til masalasiga e’tibor

berdilar...So‘l oqim tarafdorlari “chig‘atoy”gurungi nomi ostidagi to‘garakka birlashdilar.
Gurung qatnashchilari o‘zbek adabiy tilini me’yoridan ortib ketgan arab va fors so‘zlaridan
tozalashni o‘z oldilariga bosh vazifa qilib qo‘ydilar” [Nurmonov

, 2002:119].

Bu ma’rifiy

tashkilot o‘zbek tili taraqqiyotida muhim ijtimoiy

-siyosiy ahamiyatga kasb etadi.

XX asr boshlarida tilni chet so‘zlardan tozalash masalasi kun tartibiga qo‘yilgani

,

o‘z qatlam so‘zlarini keng yoyish g‘oyasi milliy til taraqqiyoti uchun nihoyatda zarur

yondashuvlardan biri hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida dunyo tajribasida ona

tilini chet so‘zlardan tozalash masalasi

Koreya, Xitoy kabi rivojlangan davlatlar

siyosatining ajralmas qismiga aylangani Fitrat yetakchiligidagi til siyosatining to‘g‘riligini

tasdiqlaydigan dalillardan biridir.

Fitrat ham ilmiy, ham ijodiy faoliyatida

o‘zbek tilining mavqeyini ko‘tarishga

,

badiiy jozibadorligini ko‘rsatishga intildi.

Tilshunoslikka doir talqinlarida bir necha

tillarni, avvalo,

o‘z ona tilini mukammal bilgan til jonkuyari sifatida namoyon bo‘ldi.

“Fitrat arab

, fors, rus, turk tillarini mukammal bilgani holda,

o‘zbek tilining o‘ziga xos

xususiyatlarini ochib berishga,

o‘zbek tilining turkiy tillar tizimidagi o‘rnini va bundan

keyingi istiqbolini belgilab berishga harakat qildi” [Nurmonov

, 2002:138].

Fitrat turkiy tilni

eng boy

va

eng baxtsiz

til sifatida ta’riflagan: “

Dunyoning eng boy,

eng baxtsiz bir tili qaysi tildir? Bilasizmi? Turkcha. ...Dunyoning eng boy tili turkchadir, eng
baxtsiz tili xud turkchadir

” deb yozgan edi [Fitrat

, IV,

2000:124]. Olim o‘zbek tili tarixiy

taraqqiyoti,

nomlanish tarixini e’tiborga olib

,

bu tilni “turkcha” deb nomlaydi. Tilning

boyligi qaysi jihatlari bilan ifodalanishi, xususan,

so‘zlarining ko‘pligi

,

so‘z yasash

ko‘rinishlarining turliligi

,

qoidasining mukammalligi bilan izohlaydi. “Bir tilning boylig‘i u

tildag‘i so‘zning ko‘bligi (kasrati kalimat)

,

undirik kengligi (vus’ati ishtiqoq)

, yusup

tugalligi (mukammalliyati qavoyid) bilan bo‘lur” [Fitrat

, IV, 2000:124].

Fitrat turkiy tilning boyligini Alisher Navoiy “Muhokamat ul

-

lug‘atayn” asarida

asoslagani,

misollar orqali ko‘rsatib berganini qayd etadi: “

Bu so‘z bukun emas

, necha yuz

yil burun orag‘a chiqmish deya Navoiyning “Muhokamat ul

-

lug‘atayn” kitobindan o‘z


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

3 (2024) / ISSN 2181-3701

34

javobini olmish. Navoyining kitobi turkchaning boylig‘ini ochibg‘ina bildira olmasa ham

,

turkchada so‘z ko‘bligini u yaxshi bildiradir. Navoiy yolg‘iz “yig‘lamoq”ning turlarini
ko‘rsaturgan turkcha so‘zlarning shunchasini yozadir: ingramak

, singramak, ingichkirmak,

yig‘lamoq

,

yig‘lamsnmoq

,

o‘kurmak

, siqtamoq... mana sizga bir hodisaning yetti turi uchun

otkim, oralarida ingizka ayirmalar bordir

” [Fitrat

, IV, 2000:124].

Fitrat tushunchalarni nomlashda turkiy muqobillarini topish, shuning barobarida

ichki imkoniyatlar asosida so‘z yasash haqidagi takliflarini o‘rtaga tashladi. Turkiy
tillarda muqobili bo‘lmagan forscha

-tojikcha,

arabcha so‘zlarni aynan qo‘llashni

ma’qulladi. Lekin mumkin qadar tilning ichki imkoniyatlaridan foydalanish

,

yangi so‘z

yasash o‘zbek tilini ichki imkoniyatlar asosida boyitishda muhimligini ta’kidladi. “

Hozirgi

so‘zlarimizdagi arabcha

, forschalardan bir nechasi uchun turkcha topilmaydir, desangiz

to‘g‘ridir. Biz ham ularni chiqarmoqchi emasmiz. Unlarni olurmiz

,

lekin o‘zimizniki

qilurmiz. Turkchalashtiramiz. “Qoida”ning turkchasi yo‘qdir. “Sarf”ning

-da turkchasini

topolmadik. Ikkisin daxi olurmiz. Lekin siz kabi “qavoidi sarfiya” demasdan

,

“sarf qoidalari”

dermiz

” [Fitrat

, 1996:240]. Fitrat turkchalashtirish,

o‘zbekchalashtirish siyosatini ilgari

surgan ilg‘or fikrli ziyoli sifatida o‘z davridagi tilshunoslar hamda ziyolilar qatlamiga
ta’sir o‘tkaza oldi.

Fitrat keng ma’no mundarijasiga ega turkiy so‘zlar ko‘p ekanligini qayd etgan:

...turkchada bu hol oz emas. Arabcha nufuz, murur,

ubur; u to‘g‘rusinda o‘tmoq

, kechmoq,

omoq, ortmoq bor. Arabcha kand, azm, amal qarshusinda turkcha tilak, istov,

o‘rxan bor.

Arabcha zarf yoninda turkcha idish bor, sovut bor. Arabcha kaf',

manfaat o‘rninda turkcha

tosix bor,

unum bor. Arabcha qalb o‘trusinda turkcha yurak bilan ko‘ngul bor. Arabcha

sadr,

turkcha ko‘ks va ko‘krak bor

[Fitrat, IV, 2000:124].

Fitrat turkiy tilda bitilgan “Qutadg‘u bilig”

,

“Devonu lug‘otit turk” kabi

nodir

namunalarni o‘rgandi

, ommalashtirdi,

targ‘ib qildi. Turkiy tilning keng imkoniyatlari aks

etgan va olam manzarasi til tasvirlari orqali yorqin aks ettirilgan bu asarlar bugungi

kunda dunyo ilm ahli tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda. Ilm ahli ularda aks etgan

hayot haqiqatlaridan,

turmush tarzi haqidagi xulosalardan bahramand bo‘lmoqdalar.

Turkiy tilning keng imkoniyatlarini nazariy jihatdan asoslashga harakat qilgan

Fitrat uning jozibadorligini,

ta’sirchanligini

, keng semantik imkoniyatlarga ega ekanligini

amalda namoyon qildi: o‘z ijodida turkiy tilning

beqiyos tasviriy imkoniyatlari,

ma’no

xususiyatlaridan foydalandi. Turkiy tilning ma’lumot berish

,

ta’sirchanlikni ta’minlash va

badiiy imkoniyatlari Fitratning ilmiy asarlarida, ilmiy va ilmiy ommabop maqolalarida,
hikoyalarida, dramalarida,

she’riyatida o‘z aksini topgan.

Fitrat she’riyatida turkiy so‘zlar keng badiiy bo‘yoqdorligi

bilan namoyon bo‘lgan.

Fitrat, avvalo,

badiiy uslubdagi muhim ifoda usullaridan bo‘lgan jonlantirish san’atidan

foydalanib,

yurtga shaxs sifatida murojaat qilgan hamda tashxisning go‘zal

namunasini

yaratgan:

Turon, yigiting, barchaga boq,

qalqdi oyoqg‘a

Yurtda qorovul qo‘yg‘ali arslonmi kerakdir?

[Fitrat, I, 2000:31].

Bu yondashuv ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qilgan.

Fitrat turkiy iboralardan mahorat bilan foydalangan. Yuqorida keltirilgan

misralardagi

oyoqqa qalqmoq

iborasidagi

qalqimoq

quyidagi ma’nolarda ishlatiladi:

1.

Suyuqlikning betida chayqalmoq, tebranmoq. 2.

Yuzada, biror narsa ustida

lapanglamoq; u yon-bu yon chayqalmoq, silkinmoq. 3.

Ixtiyorsiz,

qandaydir ta’sir bilan

biror tomonga siltanmoq. 4.

Ko‘chma ma’noda:

notinch holatda,

harakatda bo‘lmoq.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

3 (2024) / ISSN 2181-3701

35

5. Biror narsa ostidan, ortidan, tubidan sirtga (yuqoriga) chiqmoq. 6.

O‘tirgan

, yotgan

joydan o‘rnidan turmoq

,

qo‘pmoq.7.

Paydo bo‘lmoq

, chiqmoq, toshmoq. 8.

Ko‘chma

ma’noda:

n

amoyon bo‘lmoq

, aks etmoq. 9.

Ko‘chma ma’noda:

ikkilanmoq. 10.

O‘qchimoq.

So‘z

qalqmoq

shaklida ham ishlatiladi

(O‘TIL

, V, 232).

Oyoqqa qalqimoq

“o‘tirgan joyidan

tiklanmoq,

tik turmoq” ma’nolarini anglatadi;

yuragi qalqimoq

qalbida kuchli noxush his-

sezgi qo‘zg‘almoq

(O‘TIL

, V, 232).

Oyoqqa qalqmoq

iborasi

hozirda

oyoqqa turmoq

shaklida qo‘llanadi.

Oyoqqa

turmoq

“o‘rnidan turmoq” ma’nosida;

bosh ko‘tarmoq

,

qo‘zg‘almoq

, qarshi chiqmoq,

oyoqlanmoq”;

kasaldan sog‘ayib

, yurib ketmoq;

yo‘lga

, izga tushmoq,

yaxshilanmoq”

kabi

ko‘chma ma’nolarda qo‘llanadi (O‘TIL

, III, 90).

Oyoqqa qalqmoq

“qiyinchilik

,

mashaqqat,

xavotir bilan turmoq” ma’nolaridagi tushunchalarni aks ettiradi.

“Himoya qilmoq” tushunchasi

qanotlari ostiga olmoq

iborasi yordamida aks

ettirilgan: “

Dunyo xalqi bo‘ysundirmagan saltanatlaring nechun buzuldi? Insonlik olamini

qanotlari ositinda olgan hoqonlig‘ning nechun kuchi o‘ldi? Kuchingmi ketdi? Kimsasizmi

qoldi? Yo‘q...yo‘q...Tangri haqqi uchun yo‘q! Sen kuchsiz emassan

, sen kimsasiz emassan

[Fitrat, I, 2000:32].

Fitrat turkiy leksemalar orqali metaforaning yorqin namunalarini yaratgan:

Ey hoqonlar o‘chog‘i! Ey qahramonlar tug‘oyi! Qani u chaqmoq chaqishli botir

qahramonlaring? Qani avvalg‘i o‘q yurishli

, otli

beklaring? Nechun “urho”laring

eshitilmaydir?

[Fitrat, I, 2000:31].

“Shiddatli”

,

“shijoatli” ma’nolari

chaqmoq chaqishli

,

“tik

,

adil yurish” ma’nolari

o‘q

yurishli

ko‘chimlari orqali ifodalangan.

Eski

so‘zi quyidagi ma’nolarni anglatadi: 1.

Yangilik sifati ketgan, yaroqlilik

bo‘yog‘ini ma’lum darajada yo‘qotgan. 2. Ko‘xna

,

ko‘p vaqtlardan beri ma’lum bo‘lgan

,

ko‘p vaqtdan beri turgan (yangisiga nisbatan). 3.

O‘tgan vaqtga oid

,

avvaldan ma’lum;

o‘tgan. 4. Avval ham bo‘lgan

,

eskidan ma’lum. 5.Eski usuldagi; eskicha. 6.

Bundan

(hozirgidan) oldingi; avvalgi, sobiq. 7.

Iste’moldan chiqqan

, eskirgan yoki bekor qilingan.

8. Ko‘pni ko‘rgan

,

hayot tajribalariga ega bo‘lgan

,

ko‘pdan ma’lum (O‘TIL

, V, 55).

Eski so‘zining semantik xususiyatlari metafora ko‘rinishlari uchun asos bo‘lgan:

Qayg‘urma! Eski davlating

, eski saltanating, eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi

bor,

hech biri yo‘qolmishdir. Yolg‘iz... Oh yolg‘iz tarqalmishdir

[Fitrat, I, 2000:32].

Eski davlat, eski saltanat

birikuvlari hozirgi uslub talabiga mos keladi.

Eski yigit,

arslon

birikuvlari hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me’yor hisoblanmaydi. Bu esa

eski

so‘zining ma’no ko‘lami hozirga kelib torayganligini ko‘rsatadi.

Fitrat “vatan” tushunchasini

o‘choq

timsoli orqali

gavdalantirgan: “

Yovlaring seni

shu kungami soldilar?

Tilagim, istagim, saodatim!

Bolalaring seni shu holdami qo‘ydilar?

Suyunchim,

ovunchog‘im

,

o‘chog‘im

! [Fitrat, I, 2000:33].

Ayol qiyofasida ham tasvirlagan: “

Ey mungli xotun, sen kimsan?

Eyg‘amli ona

, nechuk mundan ayrilmaysan?Yonimda,

ko‘zimda

, miyamda,

yuragimda nima axtarasan,

nechuk ketmaysan? Qayg‘u tutunlari ichra yog‘dusi qolgan

ko‘zlaring

,

u yosh yomg‘irlarin nechun to‘kadir? Zulm zanjirlari bilan bog‘langan qo‘llaring

nechun haryonga uzatiladir, nima tilaysan? Oh... Bildim... bildim... Angladim! Sen mening

Vatanimsan, vatanimning mungli xayolisan

!” [Fitrat

, I, 2000:32].

Miyada, yurakda axtarmoq birikmalari, zulm zanjiri, mungli xayol

birikuvlari

asosida metafora hosil qilingan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

3 (2024) / ISSN 2181-3701

36

XULOSA VA TAKLIFLAR

Alisher Navoiy XV asrning ikkinchi yarmida turkiy tilning keng imkoniyatlarga ega

ekanligini nazariy jihatdan asoslab, amaliy jihatdan isbotlab bergan bo‘lsa, Abdurauf Fitrat

bevosita Navoiyga ergashib, uning fikr-mulohazalari, nazariy ma

lumotlaridan tayangan

holda XX asr boshlarida turkchaning keng imkoniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan

isbotlab, asarlari misolida ko‘rsatib berdi. Bu jihatdan Fitrat o‘zbek tilshunosligini alohida
taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. Turkiy so‘zlarning saqlanib qolishi, keng yoyilishiga o‘z
hissasini qo‘shdi. Ichki imkoniyatlar sifatida sheva so‘zlarining qo‘llanishi hamda so‘z
yasash tizimi mahsuldorligini oshirishda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Til masalalarini siyosat
darajasiga ko‘tarib, til muhofazasini ham jamoat arbobi, ham ziyoli, ham olim va eng
muhimi, shu til sohibi sifatida fidoyilarcha targ‘ib qildi.

TAVSIYALAR

1.

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish dolzarblik kasb

etgan bugungi kunda ona tilini ichki imkoniyatlar asosida boyitish g‘oyasi muhim
qiymatga ega. Ayrim sheva so‘zlarini

,

adabiy tilda muqobili bo‘lmagan leksik birliklarni

ommalashtirish,

chetdan kirib kelayotgan so‘zlarning turkiy muqobilini topish

,

o‘zbek

tilining ichki imkoniyatlari orqali yangi so‘z yasash amaliyotini qo‘llash lozim.

2. Fitratning davr tilini mumtoz asarlar tili bilan muvofiqlashtirishga qaratilgan

sa'y-harakatini bugungi kunga tatbiq etish,

mumtoz manbalar tiliga bag‘ishlangan izohli

lug‘atlarni nashr etish va

ommalashtirish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Абдурауф Фитрат. Чин севиш. –Тошкент, 1996.

2.

Абдурауф Фитрат. Чиғатой гурунги. Танланган асарлар.

I.

–Тошкент:

Маънавият, 2000.

3.

Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар.

I.

–Тошкент: Маънавият, 2000.

4.

Бобомуродова Ш. Ўзбек тилшунослиги ривожида Элбекнинг роли. Филол.

фан. номз... дисс. –Тошкент

, 2002.

5.

Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Тошкент: Ўзбекистон, 2002.

6.

Сайидов Ё. Фитрат бадиий асарлари лексикаси. Филол. фан. номз....дисс. –

Тошкент

, 2001.

7.

Тўйчибоев Б. Фитрат ва ҳозирги ўзбек адабий тили // анжуман

материаллари. –Бухоро, 1992.

8.

Тўйчибоев Б. Фитрат –

тилшунос.

–Тошкент,

1995.

9.

Тоғаев Т. Ашурали Зоҳирий ва унинг тилшунослик мероси.

–Тошкент, 2021.

10.

O

TIL

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. –Тошкент: Ўзбекистон Миллий

энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2006. I −680 б.; IV − Тошкент, 2008.

-

608 б.

11.

Қосимов

Б. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик.

-

Тошкент:

Маънавия, 2002.

-356-357/.

Bibliografik manbalar

Абдурауф Фитрат. Чин севиш. –Тошкент, 1996.

Абдурауф Фитрат. Чиғатой гурунги. Танланган асарлар. I. –Тошкент: Маънавият,2000.

Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. I. –Тошкент: Маънавият, 2000.

Бобомуродова Ш. Ўзбек тилшунослиги ривожида Элбекнинг роли. Филол. фан. номз....дисс. –Тошкент, 2002.

Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Тошкент: Ўзбекистон, 2002.

Сайидов Ё. Фитрат бадиий асарлари лексикаси. Филол. фан. номз....дисс. –Тошкент, 2001.

Тўйчибоев Б. Фитрат ва ҳозирги ўзбек адабий тили // анжуман материаллари. –Бухоро, 1992.

Тўйчибоев Б. Фитрат – тилшунос. –Тошкент, 1995.

Тоғаев Т. Ашурали Зоҳирий ва унинг тилшунослик мероси. –Тошкент, 2021.

O‘TIL − Ўзбек тилининг изоҳли луғати. –Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2006. I −680 б.; IV − Тошкент, 2008. -608 б.

Қосимов Б. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик.-Тошкент: Маънавия, 2002.-356-357/