Chog‘ishtirilayotgan tillarda “mouth\og‘iz” semantikali leksik birliklarning funksional-stilistik jihatlari

Annotasiya

Mazkur maqola ingliz va o‘zbek tillaridagi “mouth/og‘iz” semantikali leksik birliklarning funksional-stilistik xususiyatlarini chog‘ishtirishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ushbu birliklarning turli uslublardagi qo‘llanishi, denotativ va konnotativ ma’nolari o‘rganilgan. Kontekstual va kontrastiv tahlil metodlari yordamida ilmiy, badiiy, publitsistik va rasmiy-huquqiy uslublardagi o‘ziga xos jihatlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, har bir uslubda “mouth/og‘iz” birliklari turlicha ma’no yukiga ega bo‘lib, ularning qo‘llanilishi madaniy va ijtimoiy omillarga bog‘liq. Ushbu maqola lingvokulturologiya, semantika va pragmatika sohalarida nazariy bilimlarni boyitib, til o‘rganish va tarjima jarayonida interferensiya xavfini kamaytirishga ko‘maklashadi. Stilistik tahlillar orqali mazkur birliklarning turli tillar va uslublardagi o‘rni yanada batafsil yoritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Chiqarish:
133-139
32

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Botirbek, O. (2025). Chog‘ishtirilayotgan tillarda “mouth\og‘iz” semantikali leksik birliklarning funksional-stilistik jihatlari. Xorijiy Lingvistika Va Lingvodidaktika, 3(1), 133–139. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/68323
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqola ingliz va o‘zbek tillaridagi “mouth/og‘iz” semantikali leksik birliklarning funksional-stilistik xususiyatlarini chog‘ishtirishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ushbu birliklarning turli uslublardagi qo‘llanishi, denotativ va konnotativ ma’nolari o‘rganilgan. Kontekstual va kontrastiv tahlil metodlari yordamida ilmiy, badiiy, publitsistik va rasmiy-huquqiy uslublardagi o‘ziga xos jihatlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, har bir uslubda “mouth/og‘iz” birliklari turlicha ma’no yukiga ega bo‘lib, ularning qo‘llanilishi madaniy va ijtimoiy omillarga bog‘liq. Ushbu maqola lingvokulturologiya, semantika va pragmatika sohalarida nazariy bilimlarni boyitib, til o‘rganish va tarjima jarayonida interferensiya xavfini kamaytirishga ko‘maklashadi. Stilistik tahlillar orqali mazkur birliklarning turli tillar va uslublardagi o‘rni yanada batafsil yoritilgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Functional and stylistic aspects of lexical units with the
semantics "mouth/og‘iz" in the compared languages

Botirbek OTAJONOV

1

Andijan State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received November 2024

Received in revised form
10 December 2024
Accepted 25 December 2024

Available online
25 January 2024

This article is dedicated to the functional-stylistic

characteristics of lexical units with the semantics of
"mouth/og‘iz" in English and Uzbek. The study examines their

usage in different styles, as well as their denotative and

connotative meanings. Using contextual and contrastive

analysis methods, distinctive features in scientific, literary,

journalistic, and official-legal styles are identified. The results
show that in each style, the lexical units for "mouth/og‘iz" carry

different semantic loads, and their usage is influenced by

cultural and social factors. This article enriches theoretical

knowledge in the fields of linguoculturology, semantics, and
pragmatics, and helps reduce the risk of interference in

language learning and translation processes. Stylistic analyses

provide a more detailed understanding of the role of these units

in different languages and styles.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1

/S

-pp133-139

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

functional-stylistic,
semantics,

language styles,

contrastive analysis,

contextual analysis,
metaphor,

denotative and connotative

meanings,
linguoculturological
approach,

lexical units,

literary and scientific styles,
culture,

comparative analysis,

stylistic differences,
translation methodology.

Chog‘ishtirilayotgan tillarda “mouth/og‘iz” semantikali
leksik birliklarning funksional-stilistik jihatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

funksional-stilistik,
semantika,

til uslublari,

kontrastiv tahlil,

kontekstual tahlil,

Mazkur maqola ingliz va o‘zbek tillaridagi “mouth/og‘iz”

semantikali

leksik

birliklarning

funksional-stilistik

xususiyatlarini chog‘ishtirishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda

ushbu birliklarning turli uslublardagi qo‘llanishi, denotativ va

konnotativ ma’nolari o‘rganilgan. Kontekstual va kontrastiv

1

Teacher, Andijan State Institute of Foreign Languages.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

134

metafora,

denotativ va konnotativ

ma’no,

lingvokulturologik
yondashuv,

leksik birliklar,

badiiy va ilmiy uslub,
madaniy,

qiyosiy tahlil,

uslubiy farqlar,

tarjima metodologiyasi.

tahlil metodlari yordamida ilmiy, badiiy, publitsistik va rasmiy-

huquqiy uslublardagi o‘ziga xos jihatlar aniqlangan. Tadqiqot

natijalari shuni ko‘rsatadiki, har bir uslubda “mouth/og‘iz”
birliklari turlicha ma’no yukiga ega bo‘lib, ularning qo‘llanilishi

madaniy va ijtimoiy omillarga bog‘liq. Ushbu maqola

lingvokulturologiya, semantika va pragmatika sohalarida

nazariy bilimlarni boyitib, til o‘rganish va tarjima jarayonida
interferensiya xavfini kamaytirishga ko‘maklashadi. Stilistik

tahlillar orqali mazkur birliklarning turli tillar va uslublardagi

o‘rni yanada batafsil yoritilgan.

Функционально-стилистические аспекты лексических
единиц с семантикой «mouth/og‘iz» в сопоставляемых
языках

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

функционально-
стилистический,

семантика,

языковые стили,
контрастивный анализ,

контекстуальный анализ,
метафора,

денотативное и
коннотативное значение,

лингвокультуры,
лексические единицы,
художественный и

научный стиль,

культура,

сравнительный анализ,

стилистические различия,
методология перевода.

Настоящая

статья

посвящена

функционально-

стилистическим характеристикам лексических единиц с

семантикой «mouth/og‘iz» в английском и узбекском языках.

В исследовании рассматривается их использование в

различных стилях, а также денотативные и коннотативные

значения. С помощью методов контекстуального и
контрастивного анализа выявлены особенности научного,

художественного,

публицистического

и

официально-

правового стилей. Результаты исследования показывают, что

в каждом стиле лексические единицы «mouth/og‘iz» несут
различную семантическую нагрузку, и их использование

зависит от культурных и социальных факторов. Статья

способствует обогащению теоретических знаний в области

лингвокультуры, семантики и прагматики, а также помогает
уменьшить риск интерференции в процессе изучения языка

и перевода. Стилевые анализы более детально освещают

роль этих единиц в различных языках и стилях.


KIRISH

Tilning funksional-stilistik jihatlari tilning quyi tizimlari bo‘lib, har bir quyi tizim

leksik vositalar, sintaktik tuzilmalar va hatto fonetikaga tegishli bo‘lgan o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Tilda funksional-stilistik jihatlarning paydo bo‘lishi va mavjudligi
inson hayotining turli sohalarida muloqotning o‘ziga xos shartlari bilan bog‘liq.
Funksional-stilistik jihatlar nafaqat ayrim elementlardan foydalanish mumkin yoki
mumkin emasligi, balki ulardan qancha ko‘p yoki oz foydalanish bilan ham farqlanadi.

Mazkur mavzu dolzarb hisoblanadi, chunki “mouth/og‘iz” kabi asosiy semantikali

leksik birliklar tilning turli qatlamlarida keng ko‘lamda qo‘llaniladi va turli funksional
uslublarda turlicha ifodalanadi. Masalan, badiiy, ilmiy, publitsistik, rasmiy-huquqiy va
og‘zaki muloqot uslublarida ushbu birliklarning ma’nolari va qo‘llanishi o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘zaro chog‘ishtirilishi tilshunoslikdagi muhim
masalalardan biridir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

135

“Mouth/og‘iz” birliklarining funksional-stilistik tahlili orqali biz turli

madaniyatlarda leksik birliklarning ma’no chegaralari, konnotativ va denotativ ma’nolari,
shuningdek, ularning stilistik yukini aniqlashimiz mumkin. Ushbu masala zamonaviy
tilshunoslikning lingvokulturologiya, semantika, pragmatika kabi yo‘nalishlari uchun
muhim ahamiyatga ega. Bu kabi tadqiqotlar nafaqat tilning ichki tizimini chuqurroq
o‘rganish, balki turli tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarni yoritishda ham katta rol
o‘ynaydi.

Shuning uchun mazkur mavzuni o‘rganish tilda funksional-stilistik jihatlarning

nazariy asoslarini boyitish, qiyosiy tahlil metodologiyasini takomillashtirish va amaliyotda,
xususan, tarjimada qo‘llaniladigan usullarni aniqlashda katta ahamiyat kasb etadi.

METODLAR

Leksik birliklarning funksional-stilistik jihatlarini o‘rganish uchun bir nechta

asosiy metodlardan foydalanildi. Birinchidan, kontrastiv tahlil metodi qo‘llanilib,
“mouth/og‘iz” semantikali birliklarning turli tillardagi ma’no va uslubiy jihatlari
chog‘ishtirildi. Bu usul yordamida leksik birliklarning denotativ va konnotativ ma’nolari,
shuningdek, ularning turli kontekstlarda ishlatilishi tahlil qilindi. Ikkinchidan,
kontekstual tahlil usuli orqali ushbu birliklarning turli uslublardagi qo‘llanish
xususiyatlari o‘rganildi. Bunda ilmiy, badiiy, publitsistik va rasmiy matnlar korpusi tahlil
qilinib, har bir uslubga xos leksik birliklar ajratib olindi va ularning stilistik yuklari
belgilandi. Uchinchidan, statistik usuldan foydalanib, leksik birliklarning uslubiy
xususiyatlarini aniqlash uchun turli uslublardagi matnlardagi foydalanish chastotasi
o‘rganildi. Ushbu tahlil natijalari asosida “mouth/og‘iz” birliklarining eng ko‘p
qo‘llanilgan kontekstlari aniqlanib, ular orasidagi stilistik farqlar ajratib ko‘rsatildi.

Nihoyat, lingvokulturologik yondashuv asosida “mouth/og‘iz” semantikali

birliklarning ikki tilda aks etgan madaniy va ijtimoiy jihatlari o‘rganildi. Bu yondashuv
yordamida ushbu birliklarning ma’nosi va uslubi turli madaniy an’analar va ijtimoiy
kontekstlarda qanday o‘zgarishi aniqlashtirildi. Metodologiyaning har bir bosqichi
mazkur mavzuni chuqur tahlil qilish va turli tillardagi leksik birliklarning funksional-
stilistik jihatlarini batafsil yoritishga imkon berdi.

NATIJALAR

Til turli funksional-uslubiy qatlamlarga bo‘linadi va har bir qatlam maqsadga

yo‘naltirilgan alohida leksik va grammatik vositalarga ega. Uslublar orasidagi farqlar,
ularning muloqot sharoitlari va tilning funksional xususiyatlari orqali aniq namoyon bo‘ladi.
Masalan, ilmiy uslubda murakkab terminologiya va aniq grammatik konstruktsiyalar
ishlatiladi, bu esa axborotni mantiqan to‘liq va ravon yetkazishga yordam beradi. Rasmiy
uslubda esa, asosan, huquqiy va ishbilarmonlik kontekstida ishlatiladigan atamalar va
formulalar o‘z ifodasini topadi. Badiiy uslub esa tasviriy vositalar va emotsional ta’sirga
asoslanadi, bu esa yozuvchining ijodiy imkoniyatlarini kengaytiradi.

Tahlil qilingan leksik birliklar, xususan,

og‘iz

(

mouth

) so‘zining ma’nolaridagi

o‘zgarishlar har bir uslubda o‘ziga xos tarzda aks etadi. Ilmiy uslubda bu leksik birlik
axborotni aniq va noaniqlikdan holi tarzda yetkazishda xizmat qilsa, badiiy uslubda u
ko‘proq obrazli va tasviriy tarzda ishlatiladi. O‘zbek tilidagi

og‘iz

va ingliz tilidagi

mouth

semantikali birliklarning funksional-stilistik taqqoslanishi, ularning har bir uslubiy
vazifada qanday qo‘llanilishi, til o‘rganish va tarjima jarayonida o‘zaro interferensiya
xavflarini kamaytirishga yordam beradi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

136

Funksional-stilistik jihatlar har bir uslubning til vositalari va ularning kontekstda

qanday ishlashini ochib beradi. Ilmiy uslubda rasmiy, texnik va to‘liq ifodalar, badiiy

uslubda esa ko‘proq tasviriy va noaniq, emotsional ifodalar ustunlik qiladi. Bu farqlar

tilda moslashtirish, tarjima va tilni o‘rganishda muhim o‘rin tutadi, chunki har bir uslub

o‘zining maqsad va vazifalariga qarab til vositalarini tanlaydi.

MUHOKAMA

Ko‘p so‘zlar turli uslublarda turlicha ma’noda ishlatilishi mumkin. Masalan, rasmiy

uslubda foydalaniladigan so‘zlar ilmiy uslubda boshqa ma’noga ega bo‘lishi yoki umumiy

suhbat uslubida mutlaqo boshqacha talqin qilinishi mumkin. Shuningdek, ba’zi uslublar

ichida sinonimiya, antonimiya va omonimiya jarayonlari orqali bir ma’noli so‘zlar turli

kontekstlarda har xil mazmun kasb etishi mumkin. Funksional-stilistik jihatlar til

vositalarining aniq va har xil sharoitlarda qanday qo‘llanilishi bilan ajralib turadi.

Masalan, rasmiy uslubda qat’iy tartib va me’yorlarga amal qilinadi, lekin badiiy uslubda

yozuvchi o‘zining ijodiy erkinligini to‘liq namoyon etishi mumkin. Har bir funksional

uslub o‘ziga xos me’yorlarga ega. Rasmiy-huquqiy hujjatlarda standart iboralar va

qoliplar muhim ahamiyat kasb etsa, badiiy uslubda ko‘pincha tasviriylik va hissiy

ifodalarga urg‘u beriladi. Me’yorlarga amal qilish har bir uslubning kommunikativ

muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Funksional-stilistik jihatlar tilning qanday qo‘llanilishini,

qanday uslubiy vositalardan foydalanilishini va ma’lum bir vazifani bajarish uchun

qanday til birliklari tanlanishini belgilaydi. Bu jihatlar tilni inson faoliyatining turli

sohalarida samarali muloqot qilish imkonini beradi.

Ilmiy uslub:

oral cavity

yoki

buccal cavity

, o‘zbek tilida esa

og’iz bo‘shlig’i

kabi

rasmiy va tibbiy terminlar qo‘llaniladi.

Ingliz tilida:

The oral cavity, or mouth, is the first step of the digestive system but can

be used as a secondary source to bring air into the div. The oral cavity plays a crucial role

in the digestive system

.

O‘zbek tilida: Og‘iz bo‘shlig‘i yoki og‘iz ovqat hazm qilish tizimining birinchi

bosqichidir, ammo havoni tanaga kiritish uchun ikkinchi darajali manba sifatida ishlatilishi

mumkin. Og‘iz bo‘shlig‘i ovqat hazm qilish tizimida muhim rol o‘ynaydi. (tibbiyot).

Badiiy uslub:

ingliz tilida

bow-shaped lips, rosebud-shaped lips

, o‘zbek tilida esa

g’uncha lablar, dur tishlar,

kabi badiiy uslub so‘zlari ishlatiladi.

Ingliz tilida:

She caught her little red lip with her teeth and felt her first thrill of

power

. (Dreizer Theodore, 2009. 169)

O‘zbek tilida:

Kerri pastki aqiq labini tishlab, ko‘zguga qararkan, o‘zining husn

bobidagi qudratini sezganida yuragi dukillab ketdi

. (Drayzer Teodor, 2007, 176)

Bir narsa nomining ikkinchi narsaga shakl, rang va boshqa biror jihatdan

o‘xshashligi asosida ko‘chirilishi

metafora

(grekcha metaphora – ko‘chma nom,

ko‘chirish) deb atalib, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslashga murojaat qilmasdan, ular

o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki bog‘liqlikni yetkazish uchun boshqa so‘z yoki ibora o‘rniga

qo‘llaniladigan uslubdir. Metaforalar o‘quvchilar yoki tinglovchilar ongida tasavvur hosil

qilib, matnni yanada ifodali va obrazli qiladi. Ular adabiyotda, she’riyatda va kundalik

nutqda ma’noni kuchaytirish va hissiy munosabatni uyg‘otish uchun ishlatiladi.

At

the mouth of the mall

the two houses on either side were rented by family

retainers with their own families and star boarders, single men who lived in the

basement apartments. (

Savdo markazining og‘zida (kiraverish joyida) ikki tarafdagi ikkita

uyni o‘z oilalari bilan oila a’zolari va podvalda yashovchi yolg‘iz erkaklar ijaraga olishgan

)

(Mario Puzo, 1972, 243)


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

137

− Quebec is at the

mouth of the St Lawrence River

. (Kvebek Sent-Lorens

daryosining og'zida joylashgan.) −Three miles below town the ferryboat stopped at the

mouth of a woody hollow

and tied up. (

Shahardan uch chaqirim pastda parom o‘rmonli

chuqurning og‘zida to‘xtadi va bog‘landi

) (ABBYY Lingvo, 2000)

The mouth of the cave

was up the hillside – an opening shaped like a letter

A. (

G‘orning og‘zi tog‘ yonbag‘rida edi – A harfi shakliga o‘xshash teshik edi

) (Mark Twain,

1976, 134) −

Тo‘rt nemis minomyot og‘zini berigi qirg‘oqqa to‘g‘rilayotgani tepasidan

chiqib qolgan Holmatjon bir dam esankirab qoldi

. (Madvaliyev A., 2008, 185) Ushbu

gapdagi

og‘iz

so‘zi funksional-stilistik jihatdan ko‘chma ma’noda qo‘llanilgan. Gapda

minomyot og‘zi

iborasi o‘q otuvchi qurolning otiladigan joyini tasvirlash uchun

ishlatilmoqda. Bu yerda “og‘iz” so‘zi qurolning ochiq qismi, ya’ni o‘qlar chiqadigan joyni
anglatuvchi texnik yoki harbiy termin sifatida xizmat qilmoqda. Stilistik jihatdan, harbiy
uslubda foydalanilgan bo‘lib, bunda

og‘iz

so‘zi obyektning vazifasini ifodalaydi, inson

og‘izining haqiqiy funksiyasiga o‘xshatilib ishlatilgan. Quyida bunga o‘xshash misollar
keltiramiz: −O‘raning

og‘zi

. −G‘orning

og‘zi

. –

Таndir

og‘zidan

uchib chiqayotgan son-

sanoqsiz uchqunlar qorong‘ilik qa’riga kirib birin-ketin o‘chadi. – Аdham uning shamasini
fahmlab ko‘rpacha yonidagi hali

og‘zi

ochilmagan shishani etagiga yashirib ildamlik bilan

tol orqasiga o‘tdi.

Ko‘zaning og‘zi

. −Nazarida, xuddi shu darvoza og‘zida velosiped ustasi

borday bo‘ldi. (Madvaliyev A, 2008, 184)

Ariqning dahani

(ariqning daryodan yoki kata

anhordan shohobcha bo‘lib chiqqan joyi. (So‘zlashuvdan))

Leksemalar asli nomlar hisoblanib, ko‘chma ma’nolar leksemaning mana shu

ma’nosi negizida paydo bo‘ladi va bir xil narsa yoki hodisani ifodalayotgan leksema
boshqa xil narsa yoki hodisa ifodasi uchun qo‘llana boshlaydi. –

There was a strong wind

yesterday and the yachts in the bay carried bones in their mouths

. (Kecha kuchli shamol

esib, yaxtalar ko‘rfaz bo‘ylab, suvni ko‘pirtirib shiddat bilan suzib borar edilar) (Kunin
A.V. 1984, 152) “

Carry bones in their mouths

” iborasi dengizchilik jargonidan olingan

bo‘lib, bu ibora ko‘pincha kema yoki yaxtalarning tez va kuchli suzayotganini tasvirlash
uchun ishlatilgan. Dengizchilar va baliqchilar bu iborani kema suvni kesib o‘tayotganda
old qismida hosil bo‘ladigan oq ko‘piklarni tasvirlash uchun qo‘llaganlar. Ko‘pik suvning
“suyak”larga o‘xshash ko‘rinishiga ishora qiladi, go‘yoki kemalar suvda suyaklar ko‘tarib
suzayotgandek tuyuladi. Bu ibora metaforik tarzda suyaklarni suvning qattiq oqimi yoki
kemaning tez harakatlanishi natijasida hosil bo‘lgan ko‘pik bilan bog‘laydi. Shuningdek,
kuchli shamolda yaxtalar yoki kemalar shiddatli suzayotgani, ular old qismida
“suyak”larga o‘xshash ko‘piklar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Bu ibora badiiy uslubga
kirib, bu uslub tasviriy ifodalar, metaforalar va obrazli til orqali hissiyot va ta’sir
o‘tkazishga xizmat qiladi. Ushbu ibora konkret ma’nodan ko‘ra ko‘chma ma’noda
ishlatilgani sababli, badiiy uslubning tasviriylik, emotsionallik va obrazlilik kabi
xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. Badiiy uslub odatda adabiyotda, she’riyatda yoki ijodiy
matnlarda keng qo‘llaniladi va o‘quvchining tasavvurini kengaytirish, his-tuyg‘ularni
jonlantirish uchun ishlatiladi.

Yana misollar keltiramiz:

He's been acting as a mouthpiece for the government on

questions of foreign policy

. (U tashqi siyosat masalalari bo‘yicha hukumat uchun

og‘iz/rupor vazifasini bajarmoqda).

The company has hired an attorney as a mouthpiece to

answer its critics.

(Kompaniya o‘z tanqidchilariga javob berish uchun advokatni

og‘iz/javob beruvchi etib yollagan) (Merriam-Webster’s Online Dictionary)


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

138

Bir butun narsani uning biror qismi bilan atash yoki qism nomini butun uchun

qo‘llash keng tarqalgan. Bu hodisa

s

inekdoxa

(yun. synekdoche – birga nazarda tutmoq,

birga o‘ylamoq) – metonimiyaning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, unda ma’no ko‘chishi
o‘xshashlik, bog‘liklikka asoslansada, bu yerda ko‘chish obyektlari o‘rtasidagi miqdoriy
belgi yetakchilik qiladi; butun narsaning nomini uning qismi nomi bilan va, aksincha,
qism nomini butun narsaning nomi bilan atash, ko‘plik sondagi so‘z o‘rniga birlik sondagi
so‘zni qo‘llash yoki aksincha ishlatish, ba'zan jins-tur munosabatidagi so‘zlarning birbiri
o‘rnida qo‘llanishidir.

−By this time, the second child, Frederioo, had arrived and Vito

Corleone had four

mouths to feed.

(Bu vaqtga kelib, ikkinchi bola Frederio yetib keldi va

Vito Korleonening boqish uchun to‘rtta og‘zi bor edi)−

There were many more mouths to

feed now

. (Endi u yerda boqish uchun og‘izlar ko‘p edi) −

And I could think of nothing else,

except our being poor, and the number of mouths there were at home

. (Bizning

kambag'alligimiz haqida va uyda kutayotgan qator og‘izlardan boshqa hech narsani
o‘ylay olmasdim) (Puzo Mario, 1972, 157)

− U duv-duv yosh to‘kar, qo‘llarini osmonga ko‘tarib nola qilardi: -Xudovando!

Bu na ko‘rgilik? Endi netaman? To‘qqiz og‘izni qanday boqaman?

− Bazzoz pochchaning bekorchi og‘izga tobi yo‘q edi. (Madvaliyev A, 2008. 186)

Ko‘p og‘iz bir bo‘lsa, bir og‘iz yengiladi. Yegan og‘iz uyalar. Og‘iz yesa, ko‘z uyalar. Bol
yegan og‘izga baliq yarashmas. Maqol.

Onomatopeya

– bu soʻz yoki ibora boʻlib, u oʻzi tasvirlayotgan tovushni taqlid qiladi.

Masalan, “myau”, “gav”, “shish”, “taq” – bularning barchasi onomatopeyaga misol boʻladi.
Ular predmetlar, hodisalar yoki harakatlarning tovushlarini ifodalaydi va matnni yanada
rang-barang va tasviriy qiladi. Quyida ingliz va o‘zbek tillaridagi “mouth/og‘iz” konsepti
reprezantlarining onomatopeya hodisasini ifodalab kelishiga misollar keltiramiz:

Chomp

– qattiq tishlash yoki baland ovoz bilan ovqat chaynash tovushi;

Munc

h – narsa

xursandchilik bilan yoki qarsillab chaynash tovushi;

Slurp

– og‘iz bilan suyuqlikni baland

ovozda ichish tovushi;

Gulp

– suyuqlik yoki ovqatni tez va baland ovozda yutish tovushi;

Smack

– lablar bir-biriga tegib, ovoz chiqarishi, ko‘pincha mazali ovqatni ta’riflash uchun

ishlatiladi;

Burp

– oshqozondan chiqqan havoning og'iz orqali baland ovozda chiqishi

(tirsak);

Hiccup

– diafragma va tomoqning majburiy spazmlari tufayli chiqadigan ovoz

(hiqichoq);

Giggle

– yengil va mayin kulish ovozi;

Cough

– o‘pkadan havoni to‘satdan og‘iz

orqali chiqarib yuborish tovushi (yo‘tal);

Sigh

– chuqur nafas chiqarish tovushi, ko‘pincha

yengillik yoki qayg‘uni ifodalashda ishlatiladi;

O‘zbek tilida: Chap-chap

– og‘izni ochish-yopish yoki ovqatni chaynash jarayonidagi

tovush;

Qult-qult

– suyuqlikni yutish jarayonidagi tovush;

Qars

– narsa qattiq

chaynalganda yoki katta tishlash tovushi;

Puf

– og‘izdan nafasni kuch bilan chiqarib

yuborish ovozi;

Hoh-hoh –

kulish jarayonidagi ovoz.

XULOSA

Berilgan matnda “mouth/og‘iz” semantikasining funksional-stilistik jihatlari turli

uslublarda qanday ishlatilishi ko‘rsatilgan. Tahlil qilingan uslublar – ilmiy, badiiy, rasmiy-
huquqiy, harbiy va onomatopeya – har birining o‘ziga xos leksik va grammatik
xususiyatlari mavjud. Masalan, ilmiy va tibbiy uslubda “og‘iz bo‘shlig‘” (oral/buccal
cavity) kabi aniq va murakkab terminlar ishlatiladi, badiiy uslubda esa tasviriy va
metaforik ifodalar, masalan, “g‘uncha lablar” yoki “og‘iz” so‘zining ko‘chma ma’nosi bilan
ishlov beriladi. Rasmiy-huquqiy uslubda esa, odatda, me’yoriy va standart iboralar,
“og‘iz” so‘zining esa ko‘chma ma’noda qo‘llanilishi ko‘proq uchraydi, masalan, “og‘iz”ni


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

139

qurolning otish joyi sifatida ishlatish. Shuningdek, leksikal birikmalar, sinonimlar,
antonimlar, va omonimlar orqali bir ma’noli so‘zlar kontekstga qarab turlicha talqin
qilinishi mumkin.

Badiiy uslubda esa onomatopeyalar, ya’i tovushni taqlid qiluvchi so‘zlar (masalan,

“chomp”, “slurp”, “qars”) matnni yanada tasviriy va ifodali qiladi, bu esa o‘quvchilarning
tasavvurini boyitadi va his-tuyg‘ularni kuchaytiradi. Ushbu jarayonlar, umumiy tarzda,
tilning funksional va stilistik imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi, har bir
uslub o‘zining maxsus maqsadiga erishishga yordam beradi va muloqotning
samaradorligini oshiradi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

ABBYY Lingvo Electronic Dictionary. (2000).

Windows-based online dictionary

and translation tool

. Boston Language Institute.

2.

Кунин А.В. «Большой англо-русский фразеологический словарь» 4-е

издание, исправленное и дополненное. Москва. Русский язык 1984, 96, 152, 277,
307, 517, 518.

3.

Madvaliev, A.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati

. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar

Akademiyasi A. Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti. 2008. 185 b.

4.

Merriam-Webster’s Online Dictionary (MWOD). [Electronic Resource]. – Mode of

access: http://www.merriam-webster.com.

5.

Dreiser, Theodore.

Sister Carrie

. New York: Signet Classics, 2009.

6.

Puzo M, The Godfather,

March 24, 1972

(United States), p. 243

7.

Teodor Drayzer. Baxtiqaro Kerri. Roman. Ruschadan E.Nosirov tarjimasi.

«Sharq» Nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh taxririyati. Toshkent – 2007

8.

Twain, Mark.

The Adventures of Tom Sawyer

. American Publishing Company, 1876.

Bibliografik manbalar

ABBYY Lingvo Electronic Dictionary. (2000). Windows-based online dictionary and translation tool. Boston Language Institute.

Кунин А.В. «Большой англо-русский фразеологический словарь» 4-е издание, исправленное и дополненное. Москва. Русский язык 1984, 96, 152, 277, 307, 517, 518.

Madvaliev, A. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi A. Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti. 2008. 185 b.

Merriam-Webster’s Online Dictionary (MWOD). [Electronic Resource]. - Mode of access: http://www.merriam-webster.com.

Dreiser, Theodore. Sister Carrie. New York: Signet Classics, 2009.

Puzo M, The Godfather, March 24, 1972 (United States), p. 243

Teodor Drayzer. Baxtiqaro Kerri. Roman. Ruschadan E.Nosirov tarjimasi. «Sharq» Nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh taxririyati. Toshkent – 2007

Twain, Mark. The Adventures of Tom Sawyer. American Publishing Company, 1876.