302
ABU ALI IBN SINONING JAHON TIBBIYOTIGA QO’SHGAN HISSASI
Narzullayeva N., 115 guruh, 1-Pediatriya fakulteti,
Ilmiy rahbar: Yoqubova Z.X.
ToshPTI, O'zbek tili va adabiyoti rus va lotin tillari kafedrasi
Mavzuning dolzarbligi:
Ibn Sinoning ilmiy ijod mahsuli va tabobat rivojiga qo’shgan hissasi.
IX-X asrlarda Buxoro davlatida ham ilm-fan va madaniyat tez sur’atlar bilan rivojlana boshlangan
paytda Buxoro hukmdorlari olimlar, faylasuflar, shoirlar, tabiblarni qo’llab quvvatlaganlar. Buxoroda
ayniqsa, tibbiyot ilmi yuksak darajaga ko’tarilgan. Ko’p ko’zga ko’ringan hakimlar yashab o’tgan.
Shulardan biri eng mashhuri Abu Ali ibn Sinodir. U o’zining mehnat sevarligi, o’tkir zehni, tug’ma
iste’dodi va mehnatsevarligi bilan darslarni tezda o’zlashtirar va hatto muallimlariga noma’lum
narsalarni ham kitobdan mustaqil o’qib-o’rganib olardi. Ayniqsa, tibbiyot ilmida u juda tez kamol
topa boshlaydi. ‘’Tib ilmi, - deb yozadi Ibn Sino o’z tarjimai holida, - qiyin ilmlardan emas, shu
sababli qisqa muddat ichida bu fandan juda ilg’orlab ketdim, endi hatto bilimdon tabiblar ham
huzurimga kelibti bilimidan dars oladigan bo’ldilar. Bemorlarni ham ko’rib turardim va shu yo’sinda
orttirgan tajribalarim natijasida muolaja menga shuqadar keng ochilib ketdiki, uni ta’riflab berish
qiyin”. Abu Ali ibn Sino jahon fani va madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan beqiyos siymo sanaladi.
Bobokalonimizning falsafga doirasarlari alohida e’tiborga ega. ‘’Kitob ush-shifo” eng yirik falsafiyasi
bo’lib, bu asarni o’z davrining ilmiy qomusidesa bo’ladi. Bundan tashqari, ‘’Kitob al-qonun fittib’’
asari tabobatga doir murakkab va ajoyib kitobi anatomiya, fiziologiya, etiologiya sohalarini o’z ichiga
oladi.
Maqsad:
Ibn Sinoning anatomiyaga bo’lgan qarashlari. Jahon xalqlarining bu borada fikrlari
Natijalar muhokamasi:
Ibn Sinoning tabobat sohasidagi ishlariga kelsak, bosh suyagining
tuzilishi, tishlarning tuzilishi to’g’risida u Galenga ergashgan holda to’g’ri fikrlagan. Uning ko’zning
anatomiyasi, ko’rish jarayonining qanday sodir bo’lishi va unda ko’z qorachig’ining roli, ko’z
muskullarining joylashishi xususida yozganlari zamonaviy oftalmologiyaga yaqindir. Asablar, qon
tomirlar, mushaklarning tuzilishi, va funksiyalari to’grisida yozganlari anatomiyaning amaliyot bilan
bog’liqligini ko’rsatadi. Bu esa amaliy anatomiyaning asoschisi deb tan olingan rus olimi
N.I.Pirogovning izdoshi deyishga asos beradi. Uning bir kasallik boshqa bir kasallikni chaqirish yo’li
bilan davolash usuli diqqatga sazovordir. Masalan, u tutqan oqni davolashda to’rt kunlik isitma bilan
og’rishni foydali deb biladi. Avstriyalik psixiatr bo’lmish YU. Vagner-Yaureg shunday usulni qo’llab,
zaxm kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun Nobel mukofotiga sazovor
bo’lgan.Yevropada allomaning asarlari 12-asrdan boshlab lotin tiliga tarjima qilinib, o’qitila
boshlandi.
Xulosa:
Avitsena jahonda tan olingan siymo. Abu Ali ibn Sino to’g’risida jahon olimlari
uning asarlari bilan, faoliyati bilan ko’pdan beri qiziqib, tadqiqot ishlarini olib borishadi. Masalan,
o’simliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan mashhur shved botanigi Karl Linney doimo yashil
bo’lib turuvchi bir tropik daraxtni ibn Sino sharafiga Avitsennia deb atadi. Hozirgi paytda jahonning
deyarli barcha yirik tillarida ibn Sino haqida asarlar yaratilgan. Buning isboti sifatida, asrimizning
50-60-yillarida Nobel mukofoti sohibi M.K.Yuri davati bilan YUNESKO tomonidan ibn Sino
asarlarini chop etilganligiga guvoh bo’ldik. Avisena shu darajada hurmatga sazovor bo’ladiki, uning
asarlari Yevropada darslik sifatida qo’llanilib kelmoqda.
А
dabiyotlar ro'yxati:
1.
Шойимова
,
Шохиста
,
Кахрамон Хаитов
, and
Акмал Рахматуллаев
. "
Вопросы эффективности
проектных технологий обучения в медвузах
."
Актуальные проблемы обучения социально
-
гуманитарных наук в медицинском образовании
1.1 (2023): 447-456.
2.
Хамдамов
,
Б
.
З
.,
Т
.
А
.
Аскаров
, and
И
.
Б
.
Хамдамов
. "
УСОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ
МЕТОДОВ КОМПЛЕКСНОГО ЛЕЧЕНИЯ ГНОЙНО-НЕКРОТИЧЕСКИХ ПОРАЖЕНИЙ
НИЖНИХ КОНЕЧНОСТЕЙ ПРИ САХАРНОМ ДИАБЕТЕ
."
Журнал теоретической и
клинической медицины
1 (2015): 74-77.
3. Mirzakhidovich, Jafarov Khasan, Tursumetov Abdusattar Abdumalikovich, and Akhmedov
Akhmat Ibrogimovich. "Prevention of Postoperative Wound Complications in Rappeded
Abdominal Hernia." Annals of the Romanian Society for Cell Biology (2021): 6473-6484.
303
4.
Агзамова
,
Махмуда Набиевна
. "
РАННЕЕ РАСПОЗНАВАНИЕ И ОПТИМИЗАЦИЯ
СЕПСИСА
." Medical sciences (2019): 10.
