Melissa (L) turkumi birinchi marta 1753-yilda K. Linney tomonidan aniqlanib fanga kiritilgan [1]. Melissa officinalis L 2000-yildan ortiq vaqt davomida dunyoning koʻplab mamlakatlarida xalq va ilmiy tabobatda muvaffaqiyatli qoʻllanilgan. Birinchi marta dorivor limonoʻt buyuk olim Teofrastning “Historia plantarium” asarida tavsiflangan.
Andiz (Inula) – qoqidoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar turkumi haqida keltirilgan. O’zbekistonda va dunyoda dorivor o’simliklarni biologik faol moddalar tarkibini o’rganishga ham katta e’tibor berilmoqda, chunki inson tanasidagi gormonlar, vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar bilan bog’liq bo’lgan optimal miqdori va nisbati fiziologik jarayonlarning normal o’tishini ta’minlaydi va ularning yetishmasligi inson tanasida turli xil patologik jarayonlarning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin