333
жамоалар миллий қадриятлар, унутилиб кетаётган урф-одатлар, кўп асрлик
миллий анъаналар ва миллий санъат каби маданий меросимизни қайта
тиклаш, тарғиб қилишда муҳим аҳамиятга эга бўлди. Бадиий жамоалар
нафақат миллий маданий меросимизни тиклаш, балки бой тарихий маданий
меросимизни кенг хорижий оммага танитишда ҳам муҳим аҳамият касб этди.
Адабиётлар:
1. Ирзаев Б.Ш. Мустақиллик йилларида Ўзбекистонда мусиқа
маданиятининг ривожланиши. – Т.: Янги аср авлоди. 2015, – 344 б.
2. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. Т.: Маънавият,
2008, 30-б.
3. Ўзбекистон Республикаси Маданият вазирлиги жорий архиви.
Республика маданият муассасалари фаолиятини ташкил этиш илмий-методик
маркази ҳисоботи. 2016 йил.
4. Хаваскорлик санъати – профессионал санъатнинг пойдевори.
(Республикадаги энг илғор бадиий жамоалар мисолида). –Т., 2008, 7-бет.
5. ЎзРМА. Фонд-М-7, рўйхат-1, 653-йиғма жилд, 72-варақ.
ILK OʼRTА АSR TERRАKOTАLАRINI TАDQIQ QILISHDА BА’ZI
MULOHАZАLАR
Аbdullayeva M.M.
oʼqituvchi
O‘zbekiston Milliy universiteti
Terrakotalar tahlili keng qamrovli boʼlib, ularni arxeologik nuqtai nazardan
tavsiflash, bu boradagi yangi yondashuvlarni tahlil qilish masalalari mavzuning
ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi.
Bugungi kunga qadar Oʼrta Osiyoning terrakotadan yasalgan haykallarini
tadqiq qilishda yuzdan ortiq tadqiqotchilarning 400 dan ortiq nashr etilgan asarlari
mavjud. Bu adabiyotlarning barcha hajmi ikki xronologik bosqichga boʼlingan.
Uning dastlabki bosqichi XIX asrda Oʼrta Osiyoda olib borilgan birinchi
arxeologik tadqiqotlar hisoblansa, ikkinchi bosqichi XX asr oʼrtalarida yaratilgan
arxeologik ekspeditsiyalar materiallari hisoblanadi. Birinchi bosqich Oʼrta Osiyoda
terrakota haykaltaroshligi muammolarini oʼrganish bilan ajralib tursa, ikkinchi
bosqich ilmiy tadqiqotlarni alohida hududlarda mahalliylashtirish xususiyatlari
bilan ajralib turadi.
Terrakotalar – bu mustaqil semantik va tasviriy tarkibga ega boʼlgan obʼektlar
boʼlib, ular xom loy massasidan turli xil usullarda qoʼlda tayyorlash va keyinchalik
pishirish bilan shakllantiriladi [5: s. 8]. Qadimgi Oʼrta Osiyoning terrakota
plastikasi sanʼatini oʼrganishning bugungi kundagi asosiy vazifalaridan biri bu
topilmalar toifasini toʼlaqonli arxeologik manba toifasiga kiritishdir [5: s. 7]. Baʼzi
madaniyatlar uchun terrakotalar mafkura va sanʼat masalalarini hal qilishda asosiy
manbalardan
biridir.
Terrakotalarning
ortib
borayotgan
ahamiyati
uni
oʼrganishning yangi usullariga boʼlgan ehtiyojni belgilaydi. Bu esa allaqachon
334
toʼplangan va koʼrib chiqilgan materiallardan koʼproq maʼlumot olish imkonini
beradi [4: s. 151]. Terrekotalarni oʼrganishda arxeologik usullarning yaratilgani va
qoʼllanilgani uchun 1940 yillardan boshlab, ular moddiy madaniyatni emas, balki
kishilarning ijtimoiy hayoti, diniy dunyoqarashi, maʼnaviy madaniyati va sanʼati
haqida berilgan maʼlumotlarning obʼekti sifatida ham qarala boshlangan [4: s.
152].
Sanʼat obʼektlari sifatida terrakota buyumlari P. Tolstoy va N.Kondakovlar
asarida koʼrib chiqilgan. Shuningdek, V.V.Bartold topilmalar tavsifini berishda
yozma manbalardan dalillarni izlash kerakligini taʼkidlaydi. Olim oʼz
hamkasblarini ossuariylarni oʼrganishda arxeologlarni asosiy yondashuvdan
chalgʼitmaydigan, moddiy madaniyat mavzusini oʼrganishga asoslangan maʼlum
bir yoʼnalishga qatʼiy rioya qilishga chaqirgan: "Alohida namunalarni taqqoslash,
tiplarni aniqlashtirish, ularning tabiiy-geografik, etnografik hamda boshqa
sharoitlarga bogʼliqligini tahlil qilish kerak” [5: s. 14-15].
Yozma manbalarda dalillarni izlash va ularni sharhlashda I.T.Poslavskiyning
tadqiqotlari muhim hisoblanib, u turli xil terrakota haykaltaroshlik turlarining
yaqinligini taʼkidlab, uni barcha tarkibiy qismlarning yigʼindisida koʼrib chiqish
zarurligini birinchilardan boʼlib tushuntirgan. Terrakotalarning yagona ishlab
chiqarish texnologiyasi bilan bogʼlanganligini va bir xil jihatlarni aks ettirishini
taʼkidlagan [5: s. 15].
K. Аbdullaev [1: s. 62-69] Baqtriya-Tohariston, Soʼgʼd hududidagi sosoniylar
davri tasvirlarining ahamiyati va oʼziga xosligiga toʼxtalgan boʼlib, bunda
terrakotalarda berilgan tasvirlar oʼsha davr numizmatika va devoriy tasvirlarining
koʼrinishlari bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Qiyosiy tahlil natijalariga koʼra: terrakota
boshida tasvirlangan tojlar hukmdorlik ramzi hisoblanib, ularning aksi asosan
zardushtiylikning ramziy belgilari (xudo axuramazda, anaxita, mitra, quyosh,
muqaddas qush qanotlari) bilan uygʼunlashgan. Bu davr terrakotalari buddaning
oldingi koʼrinishini siqib chiqargan. Аsosiy eʼtiborni hukmdor kuch qudrati
zardusht xudolari hamrohligida uygʼun koʼrsatilgan.
Dj. Y. Ilyasov [6: s. 155-158] oʼz maqolasida Toxaristonning asosiy
mulklaridan biri boʼlgan ilk oʼrta asrlar Chagʼoniyon terrakotalarida bugungi
kungacha toʼplangan materiallar tahlili asosida yangi maʼlumotlar va talqinlarni
taqdim etadi. Xususan, Chagʼoniyon terrakotasining buddist ikonografiyasi bilan
bogʼliqligi haqidagi taxmin maʼlum darajada oqlaydi. Bu esa terrakotalar bilan
bogʼliq oldingi taʼriflarni rad etadi (G. А .Pugachenkova - "ayol xudosining
byusti", "maʼbuda boshi", E. V. Rtveladze va А. S. Sagdullaev - "ayol oy xudosi",
L.I.Rempel - "shoxli maʼbuda", Y.Yakubova - "yovuzlik" ruh”). Chagʼoniyon
terrakotasini ayol xudo yoki bodxisattva emas, balki ideallashtirilgan yoki
ilohiylashtirilgan hukmdorning tasviri sifatida talqin qilish kerak deb hisoblaydi.
Ularni sanasini V-VII asrlar deb taxmin qiladi va terrakotalarni eftaliylar bilan
bogʼlaydi. Bu fikrini ushbu terakotalarning ikkita belgisi - uch yarim oyli toj va
uchburchak darvozaga alohida eʼtibor qaratish va tahlil qilish orqali isbotlashga
harakat qilgan.
335
N. D. Dvurechenskaya [4: s. 151-155] qadimgi va ilk oʼrta asrlarda Oʼrta
Osiyoda terrakota haykaltaroshligi muammolariga oid mavjud adabiyotlarning
butun hajmini tarixnavislik usuli bilan tadqiq qilgan. Qadimgi moddiy madaniyatni
arxeologik oʼrganish uslublarini sanʼat tarixi yoʼnalishidagi uslublar bilan
bogʼlanishi orqali turli madaniyatlarning, diniy va mafkuraviy gʼoyalarning oʼzaro
taʼsiri bilan bogʼliq muammolarni olib chiqishini taʼkidlagan. Shuningdek, olima
terrakota haykaltaroshligini yaxlit oʼrganishni tadqiq qilib, buning muhim sharti,
terrakota haykaltaroshlik buyumlarining barcha turlarini umumiy xususiyatga ega
boʼlgan hodisa sifatida koʼrib chiqqan. Shu bilan birga, har xil turdagi
mahsulotlarni yaxlitlik doirasida tabaqalashtirib oʼrganishni amalga oshirishni
muhim deb hisoblagan.
Demak, yuqoridagi tahlillardan xulosa qiladigan boʼlsak, terrakotalar haqidagi
adabiyotlar tahliliga koʼra, ular yagona ishlab chiqarish texnologiyasi bilan
bogʼlangan boʼlib, terrakota haykaltaroshlik buyumlarining barcha turlarini
umumiy xususiyati mavjud. Bu esa ularni nafaqat arxeologik balki, antropologik
(madaniy-antropologiya), etnologik (etnografiya) jihatdan tahlil qilish imkoniyatini
kengaytiradi va konkretlashtiradi.
Adabiyotlar:
1. Абдуллаев К. Сасанидские параллели в Согде и Бактрии-тохаристане
на примери некоторых памятников пластического исскусства//Культура
Среднего Востока (С древнейших времен до наших дней) . – Т.: “Фан”, 1990.
2. Ахраров И., Усманова З. И. Терракоты Бухары//Культура Среднего
Востока (С древнейших времен до наших дней) . – Т.: “Фан”, 1990. – С. 36-
44.
3. Грицина А. А. Терракотовая статуэтка из Уструшаны // Посвященной
50-летию
научной
деятельности
Г.
В.
Шишкиной:
Материалы
международной конференции. – Государственный музей Востока (Москва),
14-16 декабря 2000 года. – С. 148-150.
4. Двуреченская Н. Д. Изучение терракотовой пластики Средней Азии
(проблемы и перспективы их разрешения) // Посвященной 50-летию научной
деятельности Г.В. Шишкиной: Материалы международной конференции. –
Государственный музей Востока (Москва), 14-16 декабря 2000 г.
5. Двуреченская Н. Д. Терракотовая пластика древнейших государств
Средн ей Азии IV в. до н. э. — IV в. н. э. (археологический аспект). – Санкт-
Петербург, 2016. – С. 607.
6. Ильясов Дж. Я. Терракота раннесредневекового чаганиана //
Посвященной 50-летию научной деятельности Г.В. Шишкиной: Материалы
международной конференции. – Государственный музей Востока (Москва),
14-16 декабря 2000 года. – С. 155-158.
7. Кириллова О.В. Богиня в шлеме с городища Афрасиаб //
Посвященной 50-летию научной деятельности Г.В. Шишкиной: Материалы
международной конференции. – Государственный музей Востока (Москва),
14-16 декабря 2000 года. – С. 158-160.
336
8. Пугаченкова Г. А. На путях познания художественного наследия
средней Азии//Культура Среднего Востока (С древнейших времен до наших
дней) . – Т.: “Фан”, 1990. – С.7-17.
XIX АСР ЎРТАЛАРИДА МИРЗАЧЎЛ ҲУДУДИДА ЯШАГАН
АҲОЛИНИНГ ИЖТИМОИЙ ҲАЁТИ
Жўраев И.
ўқитувчи
Гулистон Давлат университети
XIX аср ўрталарида Мирзачўл ҳудудида яшаган аҳолининг ижтимоий
ҳаёти ва иқтисодий манбалари ҳақида маълумот манбаларда тўлиқ ва аниқ
берилмаган. Рус ҳарбий тарихчиси П.П.Шубинскийнинг ёзишича, қадимда
Мирзачўл ўзлаштирилиб, суғориш ишлари олиб борилган. У ўлканинг
бутунлай бўшаб қолишига Бухоро ва Қўқон ўртасидаги тортишувлар сабаб
бўлган, деб кўрсатади. Чўл атрофидаги адирларда қадимда яшаган аҳоли
маконларининг излари сақланган. Аҳоли бошига келган нотинчлик туфайли
ўтроқ аҳоли тоғ ораларига ва тинч воҳаларга кўчиб кетишга мажбур
бўлган[1].
Туркистон ҳудудига русларнинг келиши арафасида Сирдарё
соҳилларида ўзбек, қирғиз ва қозоқларнинг қишки овуллари мавжуд бўлган.
Қўнғирот уруғи қирғизларининг бу ҳудудларга келиб қолиши XVI-XVII
асрларга бориб тақалади. Мирзачўлдаги ўзбек уруғи бошлиқлари қаропчи ва
парчаюзлар ҳисобланган. Мирзачўлнинг ички қисмларида ва кўл
атрофларида кўчманчи қозоқлар ўтовлари мавжуд бўлган[2]. Аҳолининг
айнан дарё соҳилларида яшаганлиги сабаби бу ерда ёз ва қиш мавсумида ҳам
яшаш имкони бўлган. Аҳоли ёзда чайлаларда, қишда эса ертўлаларда
истиқомат қилишган. Улар чорвачилик ва қисман лалми деҳқончилик билан
шуғулланишган.
XIX асрнинг ўрталарига оид манбаларда Сирдарё соҳилларида яшаган
қирғиз, қозоқ кўчманчи аҳолисининг аниқ сони ва жойлашган овуллари
ҳақида батафсил маълумот йўқ. Улар доимий ҳолатда кўчиб юришгани учун,
уларнинг яшаш жойлари фақат чайлалардан иборат бўлган. Асосий
истиқомат маркази овуллар ҳисобланган.
Исломий қоидага кўра, аҳолининг исми шарифи ва аниқ сонини санаб
кўрсатиш анъанага айланмаган. Маҳаллий оқсоқоллар ва хон ҳукумати
вакиллари фақат аҳолининг мол-мулки, ҳосили ҳақида маълумот олишган.
Шу сабабли кўчманчи аҳолининг сони ва таркиби ҳақида аниқ маълумот
олиш мушкул бўлган.
1872 йили рус тадқиқотчиси А.И.Макшеевнинг Мирзачўлда яшаган
уруғларнинг жойлашган ўрни, овул ва қишлоқлар номи, улардаги ўтовлар
сони борасида тўплаган материаллари муҳим илмий қимматга эга. Бу
манбада Мирзачўлга рус аҳолисининг кириб келишидан илгари маҳаллий
