341
Умуман, муқаммал заргарлик санъатини эгаллаган усталар нодир
металларга ишлов беришни яҳши билганлар. XIХ аср охири - XX аср
бошларида уста заргарлар томонидан бошқа юртлардан олиб келинган
нодир металлар ва маҳаллий қимматбаҳо тошларни уйғунлаштириб гўзал
санъат асарлари яратилган.
Адабиётлар:
1. Жайҳун: 2007. №1. – Б. 27.
2. Ремпель Л.И. Далёкое и близкое. Страницы жизны быта,
строительного дела, ремесла и искусство Старой Бухары. - Ташкент:
Адабиёт ва санъат, 1981. – С.242.
3. Розводовьский В. Опыть исследования...//Туркестанс-кое сельское
хозяйство. 1916. Вып.5. – С.443 — 444.
4. Сухарева О.А. Позднефеодальный город Бухара конце XIX - начале
XX века. - М.: Наука, 1966. – С.49.
5. Холиков З.Э. Термез и Чаганиян в позднем средневеко-вье. Афтореф.
дисс... канд. ист. наук. - Самарканд, 2001. – С.18.
6. ЧвырьЛ.А. Таджикские ювелирные украшения. - М.:Наука, 1977 –
С.17.
7. Ҳамиджонова М. Қашқадарё воҳаси ҳунармандчили тарихи.-
Тошкент;Ўзбекистон Миллий кутубхонаси. 2009.– Б . 80.
SURXON VOHASI TOQCHI QAVMLARI HUDUDIY JOYLASHUVINING
ILMIY TAHLILI
Rahmonov M.X.
oʻqituvchi
Termiz Davlat universiteti
Vatanimiz milliy mustaqillikni qo‘lga kiritganidankeyin tarixiy haqiqatni
mafkuraviy tazyiq va ta’sirlardan xoli tarzda, xolisona vahaqqoniy, adolat va
tarixiylik nuqtai nazaridan xalqimizga etkazish imkoniyatiyuzaga keldi.
Surxon
vohasidagi
etnik
guruhlarning
yuzaga
kelish
tarixi
etnik
shakllanishi uzoq davom etgan murakkab jarayondir. Tarixiy taraqqiyot
davomidavohada etnik birliklar tarkib topdi va ular o‘ziga xos turmush tarzi,
xo‘jalikmashg‘uloti va urf-odatlarni yuzaga keltirdi. Tilshunos X.Doniyorovning
monografiyasida Janubiy Surxon vohasida yashovchi qo‘ng‘irot, qatog‘on, tog‘chi
kabi o‘zbek qavmlari tarixiga oid ma’lumotlarmavjud[1,B.83].
Togʻchi, toqchi, toxchi
— Janubiy Oʻzbekistonning qadimiy tub (avtoxton) turkiy qavmlaridan biri.
Tog`chi soʻzi "togʻlik" maʼnosini anglatadi. Ular baʼzan oʻzlarini Dashti Qipchoq
oʻzbek qatagʻonlariga ham mansub deb biladilar. Lekin Toqchilarning ajdodlari
Janubiy Oʻzbekiston hududida Dashti Qipchoq oʻzbeklari kelishidan ham burun
yashashgan
[2,B.112].
B.X.Karmisheva Surxon vohasida olib borgan tadqiqotlari natijasida
vohaning o‘ziga xos etnikhamda ijtimoiy holati yoritilgan ko‘plab monografiya,
342
maqolalarni yaratdi.Olima butun O‘rta Osiyo hududini yayov kezib chiqqan va har
bir urug’, elat va xalqning etnogenezi va etnik tarixi bo‘yicha ma’lumotlar
to‘plagan, moddiy va ma’naviy madaniyati bo‘yicha chuqur ilmiy izlanishlar olib
borgan tadqiqotchi edi[3,B.22]. Muallif 32 ta o‘zbek urug‘i ro‘yxatini keltiradi va
ularning
joylashuv
xususiyatlariborasida
o‘zining
fikr-mulohazalarini
bildiradi.Jumladan, Toqchi qavmlari xususida o‘z asarlarida ko‘plab ma’lumotlar
keltirib o‘tgan[4,B.46].
Bu qavm togʻlarda istiqomat qilganliklari sababli Toqchilar deb atalgan.
Toqchilar, asosan, Surxondaryo vohasida yashab soni jihatidan chigʻatoylar va
qoʻngʻirotlardan keyin turishgan. O‘tgan asr boshlarida voha aholisi asosan
Surxondaryo, Sherobod daryo va uning irmoqlari bo‘yida joylashgan edi. Etnik
guruhlarning bunday hududiy joylashuvlari bugungi kungacha deyarli o‘zgargani yo‘q.
Sherobod daryoning yuqori qismida Qizilnavr, Kegdala, O‘rikli qishloqlarida
qatog‘on etnik guruhining tog‘chi urug‘i joylashgan.
Ushbu guruh vakillari ko‘pincha o‘zlarini qatagʻonlar deb atashgan. Bu nom
ostida Dashtiqipchoqning kata oʻzbek qabilasi maʼlum boʻlgan, biroq togʻchilar
oʻzlarini umuman oʻzbek deb bilishmagan, Ularning nomidan ko‘rinib turibdiki
(togʻchi - o‘zbekcha "togʻli") ular ko‘pincha baland togʻlarda yashagan. 1924-yilda
oʻtkazilgan soʻrovda togʻchilar alohida qayd etilmagan, balki oʻzbeklarning
qatagʻon qabilasiga mansub deb berilgan. Binobarin togʻchilar bu hududda 5605
kishini tashkil etgan bo‘lib, Koʻhitangtogʻlarining sharqiy yon bagʻirlarida 1190 ta,
Sherobod daryoning oʻrta oqimi havzasida 2695 ta, Sherobod daryoning yuqori
oqimi havzasida 665 ta, Surxon havzasining oʻng qirgʻog‘ida 1055 kishi yashagan.
Togʻchilar Ko‘hitang togʻlarining sharqiy yon bagʻirlarida Sherjand (tojiklar
bilan birga), Zarbogʻ (tojiklar va oʻzbeklar bilan birga Xoʻja), Xoʻjank, Bedakata,
Sherqishloq va Zarautsoy qishloqlarida yashagan. Sherobod daryoning oʻrta oqimi
havzasida ikkita yirik togʻchi qishlogʻi- Xatak va Tangiduval bo‘lgan. Xatakda 500
ta uy bor edi. Ular tili va turmush tarsi jihatdan chig‘atoylarga yaqin bo‘lgan.
Qishloqlarning bu guruhi aholisi
xataktsam-hataklar
deb atalgan. Ular oʻzlarini
saribosh-qatagʻon
urugʻiga taalluqli deb bilishgan va quyidagi guruhlarga
boʻlingan:
Sher, Baymak, Xidir, Kuchak
[5,B.83-85].
Sherobod daryoning yuqori oqimida yashagan togʻchilar
Chubash-qatagʻon
urugʻiga mansub bo‘lib Qizilnaur, Komurchi, Koʻksoy, Kentala qishloqlarini
egallagan. Chubash-qatagʻonlar orasida tog‘chilarga oid ikki guruh nomi qayd
etilgan-
xudoyberdi
va
almaxat
. Toqchilar Boysun shahri va Naulionda tojik-
chagʻatoylar, Sariosiyo qishlogʻida chigʻatoy, xo‘ja va qo‘ngirotlar, Regarda
barloslar bilan birgalikda yashagan. Surxon havzasida togʻchilar Qayroq, Gashnaz,
Qizilqishloq, Saroytosh, Bagchiq va Xo‘japarnavat qishloqlarida yashaganlar.
Sangardak darasida Changlak, Chakana va Baxchaning Tagchin qishloqlari
joylashgan. Ular orasida eng kata qishloq Changlakda, keksalarning guvohliklariga
ko‘ra, XX asr boshlarida 400 ta xonadon bor edi. XIX asrda bu uch qishloq
togʻchilarning yozgi oromgohlari boʻlib, qishda ularning koʻpchiligi Surxon
vodiysiga – Yurchi, Denov va Sariosiyo tumanlariga tushib ketgan.
343
Togʻchilar Toʻpalangning chap qirgʻogʻidagi Taxchi, Tutay va Tagitova
qishloqlarida joylashgan. Denov shahridan sharqda togʻchilar faqat bir nuqtada
Jatta urugʻiga mansub barloslar bilan birga qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, Togʻchi
toponimi mahalliy aholi tomomidan
to‘xchi
shaklida talaffuz qilinadi. Umuman
olganda tog‘chilar
qorapoycha, ajina, norkal, bo‘tashshig‘, xo‘yaki, ko‘mirchi
kabi
bo‘g‘inlarga bo‘linadi. Ular asosan, chorvachilik, bog‘dorchilik va qisman
dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelishadi[5, B.83].
B.X.Karmisheva ta’kidlaganidek Boysunda tog‘chilar chag‘atoylar tarkibiga
kirgan. Boysunda toqchilar aholining 20.3%ni tashkil etgan. Toqchida oʻz ota-
bobolarini Qunduz, Toshqoʻrgʻon va Balxdan kelgan deb hisoblaganlar. Poshxurd
vodiysida tog‘chilar Amudaryoning chap qirg‘og‘ida qolgan qarindoshlari bilan
aloqalarga egaligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Togʻchilarning ajdodlari bu yerga
kelgan davr haqidagi maʼlumotlar bir biridan 200-800 yillargacha katta farq qiladi.
XIX asrning 60-yillari oxirlarida A.D. Grebenkin Samarqand viloyati qatag‘on-
toqchilar orasida ularning ota-bobolarining Qunduzdan Abdulazizxon davrida
hijrat qilgani haqidagi rivoyat qayd etilgan.
Toqchilarning ayrimlari dashti qipchoqlardan boʻlgan yarim koʻchmanchi
oʻzbeklarga xos boʻlgan uylarda yashagan, ammo ular qarluq tipidagi kulbani
oʻzlarining yashash joyining asl shakli deb bilishgan. Toqchilar eroniy zabon
mahalliy aholining antropologik qiyofasini o‘ziga singdirgan, aborigen o‘troq aholi
madaniyati xususiyatlarini o‘zlashtirgan. B.L.Grombchevskiy qayd etishicha o‘sha
paytdagi toqchilar liboslari tojiklarning libosidan farq qilmagan.
«Surxon jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklari Qadimgi Baqtriya va
Kushon davlatlariga zamin bo‘lgani bilan olamga mashhur» [6, B.376]hisoblanadi.
Surxon vohasida toqchilarning o‘rni beqiyosdir. Olima B.X.Karmisheva tog‘chi
urug‘ini vohadagi qadimgi aholi toifasiga kiritadi. Ularning antropologik
xususiyatlaridan kelib chiqib, mongoloid irqiga yaqinroq deb ta’kidlaydi. Bundan
tashqari tog‘chilarning kata qismi Jarqo‘rg‘on tumani Surxon jamoa xo‘jaligida,
Denov tumanining Xazarbog‘ jamoa xo‘jaligida va Muzrobod tumanlarida
istiqomat qilishadi. XX asrning boshlarida sodir boʻlgan iqtisodiy va siyosiy
jarayonlar tufayli Toqchilarning koʻpchiligi oʻzbeklar, baʼzi guruhlari esa tojiklar
tarkibiga singib ketishgan. Yuqorida aytib o‘tilgan Toqchi qavmlarning xo‘jalik
faoliyatlari boshqa etnik guruhlari bilan deyarli farq qilmagan. Bu etnik guruh o‘ziga xos
urf-odat, etnomadaniyat, marosimlarni yuzaga keltirgan. Bir so‘z bilan aytganda bu
etnik guruh Surxon vohasi etnografiyasini yuzaga keltirgan.
Adabiyotlar:
1. Дониёров Х. Ўзбек халқининг шажара ва шевалари. Тошкент.,
Фан,1968.
2. Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных районов
Таджикистана и Узбекистана. Москва, 1976.196-197-бетлар
3. Турсунов С, Қобилов Э, Пардаев Т, Буртозоев Б. Сурхон дарѐ тарих
кўзгусида. Тошкент. 2008. 376-бет.
344
4. To‘rayev Sh. Surxondaryo etnografik tadqiqotlari B.X. Karmisheva misolida.
Surxondaryoda ilm va fan jurnal. №2, 2021-yil., B-30-34
5. To’rayev, M. Rahmonov. B.X. Karmisheva tadqiqotlarida Surxon vohasi
yuz urug’larining etnik tavsifi. Oriental Renaissance: Innovative,educational,
natural and social sciences journal. Termiz 2022. B 44-51
6. Shoniyozov K. Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, Tошкент., 2001.
РОССИЯ ИМПЕРИЯСИ ДАВРИДА ФАРҒОНА ВИЛОЯТИ
АҲОЛИСИНИНГ МИЛЛИЙ-ЭТНИК ТАРКИБИ
Равшанов Ш.Р.
докторант
Навоий Давлат педагогика институти
Тарихдан маълумки ватанимиз ҳудудида қадимдан турли миллат ва
элат вакиллари истиқомат қилиб келишган. Россия империяси ҳукмронлиги
даврида ҳам Туркистон минтақасининг Фарғона вилоятида кўп сонли этник
таркиб сақланган ҳолда русийзабон аҳоли вакилларини кўчириб келтириш
ҳисобига янада кенгайиб борган. Бу даврдаги Фарғона вилояти аҳолисининг
этник таркибини хусусиятига кўра уч гуруҳга бўлиб ўрганиш мақсадга
мувофиқ бўларди. Биринчи гуруҳга, Фарғона вилоятининг маҳаллий тубжой
аҳолиси, бунга сартлар[1, Б-1], ўзбеклар, тожиклар, қирғизлар, қоратегинлар,
қипчоқлар, қорақалпоқлар, қурамалар, тоғли турклар ва ҳ.к.; иккинчи
гуруҳга, Фарғона вилоятига маълум бир сабабларга кўра турли ҳудудлардан
кўчиб келганлар, бунга афғонлар, форслар, ҳиндлар, лўлилар, яҳудийлар,
арманлар ва бошқа кавказ халқлари, поляклар, немислар, французлар,
инглизлар, дунганлар, уйғурлар ва ҳ.к.; учинчи гуруҳга, Россия империяси
томонидан Туркистонга, жумладан, Фарғона вилоятига кўчирилганлар,
уларга русийзабон аҳоли (руслар, украинлар, белоруслар), урал казаклари,
чўқинтирилган татарлар, қалмоқлар, қисман тоғли кавказ халқлари
(арманлар, грузинлар ва бошқ.) кабилар киради.
Россия империяси даврида Фарғона вилояти аҳолисининг этник таркиби
хилма хил бўлиб, вилоят девонхонасининг 1882 йилги ҳисоботида аҳолининг
уезд ва шаҳарларда миллий таркиби, жинсига қараб тақсимоти қуйидаги
жадвалда ўз аксини топган[2,Б-2].
Андижон уездининг Андижон шаҳрида:
Миллати
Эркаклар
Аёллар
Жами
Руслар
76
35
111
Маҳаллий
аҳоли
Сартлар
11309
13507
24836
Тожиклар
293
310
603
Қирғизлар
13
18
31
Ҳиндлар
52
-
52
Яҳудийлар
84
75
159
Лўлилар
8
11
19
Жами:
11835
13976
25811
Андижон уездида:
Руслар (Қўшинлар бундан 117
131
248
