365
Адабиётлар:
1. Антонова E.B. Антропоморфная скульптура древних земледельцев
Передней и Средней Азии.
2. Aйслер Р. Чаша и клинок. М., 1993
3. Maccoн B.M. Земледельческий неолит юго-запада Средней Азии.
4. Массон В.М., Сарианиди В.И. Среднеазиатская терракота эпохи бронзы.
Опыт классификации и интерпретации. М., 1973.
5. Сарианиди В.И. Тайны исчезнувшего искусства Каракумов.
6. Хлопин И.Н. Энеолит юго-запада Средней Азии // Средняя Азия в эпоху
камня и бронзы. М.-Л., 1966.
FARG’ONA VODIYSINING TIRNAB SOLINGAN BEZAKLI SOPOL
BUYUMLARI TARIXSHUNOSLIGI
Pozilova X.O.
magistr
O‘zbekiston Milliy universiteti
Qadimgi Farg’ona vodiysi hududlarida olib borilgan qazishishlari natijasida
qizil angobli va tirnab bezak berilgan kulolchilik buyumlari topib o’rganildi.
B. A. Litvinskiy hunarmandchilikning kulolchilik tarmog’i bo’yicha bir
qator ilmiy izlanishlar olib borgan va qizil angobli tirnalgan bezakli spool
buyumlarga “Dovan bezaklari” deb nom bergan [1, B. 258]. Qadimgi Fargʻona
vodiysidagi aholi punktlari va qabristonlarni qazish vaqtida huddi shu turdagi
sopol buyumlar topilgan. Bunday turdagi bezakli idishlar Farg’ona vodiysidan
tashqarida, xususan Xorazm, Gang vodiysining markaziy qismi va Hindistondan
ham topib o’rganilgan. Biroq angobning yorqinligi va bezak berish texnikasi
bo’yicha Farg’onadan topilgan buyumlar bilan o’xshashlik yo’q. Shunday bo’lsada
Hindistondan olingan namunalar naqsh jihatidan Farg‘onaga yaqinroq bo‘lib
chiqdi [7, B. 53].
Odatda idishlarga “Dovan bezaklari” yoki oddiy bezak turlari qo’llanilgan.
Ba’zan esa har ikkalasini ham umumlashtirib yagona bir bezak qo’llanilgan. Ushbu
bezak ingichka chiziqlar bilan tirnab chizilgan bo’lib, uning chuqurligi 0,5-0,7 mm
ba`zan esa 1,1 mmgacha borgan. Idish bezaklari bir- birini takrorlamaydi.
Keyinchalik, XII asrning II- yarmida sirli spool idishlarda bunday usulda bezak
yana qayta paydo bo’ladi. Dovan bezagining tarixiy ahamiyati shundaki, unda
faqat sopol buyumlarning ajoyib bezaklarining yaratish uchun yangi imkoniyatlar
ochdi, balki, uni o'zlashtirib, takomillashtirib yangi bir usul ya’ni sirlangan idishlar
guruhini paydo bo’lishida kata ahamiyatga ega ekanligi haqidagi fikrlarini berib
o’tadi [1, B.160].
Bundan tashqari aynan B. A. Litvinskiy “tirnalgan bezakli spool idishlar bezak
berish jarayonida quruq bo’lganligi” ya’ni spool buyum xumdonda pishirilib,
undan so’ng esa tirnab naqsh solinganligi haqida fikrlarni bildirib o’tadi[1, B.160.
7, B. 54].
366
B. Abdulg’aziyeva ham vodiy arxeologiyasi bilan shug’ullanib,
Farg’onaning ellin davri keramikasiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Bunga
ko’ra, ilk antic davrda butun Markaziy Osiyoda ro’y bergan kulolchilik ishlab
chiqarishidagi keskin o'zgarishlarni faqat madaniy ta'sirlar bilan izohlab
bo’lmasligini ta’kidlaydi. Buni bevosita Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa
yurishlari bilan bog'laydi. Oʻrta Osiyo xalqlarining janubiy qo’shnilar bilan yaqin
madaniy aloqalari avvalroq mavjud boʻlgan. Markaziy Hindistonda, Taxila,
Charsada, Gang daryosining yuqori oqimida, Farg'ona kosalariga juda o'xshash
bo’lgan kosalar topilgan. Bundan tashqari, milodiy I asrda Farg'ona kulolchiligiga
xos bo'lgan, sirtida tirnalgan bezak xususiyatlari mavjud bo’lgan idishlar Markaziy
Hindistondagi Gang vodiysidan ham topib o’rganilgan. Aynan shu davrda
tirnalgan bezakli sopol idishlar Farg'onada o'zining yuksak cho'qqisiga chiqqan edi
[2, B. 27].
Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlar tarixi va madaniyatini o‘rganishda N.
G. Gorbunovaning alohida hissasini ta’kidlash kerak. Olimaning ta’kidicha, V-VI
asrlarda charxda yasalgan idishlar ulushi kamayadi, angob sifati pasayadi,
angobdan idish sirtiga bezak solish paydo bo‘ladi, qo‘shni Qovunchi madaniyati
ta’siri yaqqol seziladi va Sug‘d bilan aloqalar rivojlana boshlaydi. VII-VIII
asrlarda, N. G. Gorbunova fikricha, sirti qizil angob bilan qoplangan sopollar
ko‘paya boradi va bu o‘zgarishlarni u ko‘hna turklar hamda sug‘diylar ta’siri bilan
bog‘laydi.
Farg‘onada boshqa hududlarga nisbatan juda uzoq vaqt muqim turgan bezakli
sopollar X-XII asrlarga kelib yana qayta jonlanadi. Ammo bu davrda idishlarning
sirtiga avvalgidek yuqori qismiga emas, balki idishning sirtiga to‘liq naqsh
berilgan. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, asosan qo‘lda yasalgan sopollar sirtiga
bo‘yoq yordamida bezak berilgan bo‘lsa, tirnama naqshlar faqatgina charxda
yasalgan idishlarda qo‘llanilgan [3, B. 113].
Ayrim tadqiqotchilar, xususan, B. M. Abdullayev yuqoridagi fikrlarga
qo’shimcha qilgan holda kulolchilikda paydo bo’lgan qizil angobli, tirnab solingan
bezakli spool idishlarning paydo bo’lishi va rivojlanishida, O’rta Osiyoning janubi-
g’arbiy hududlari bilan madaniy aloqalarning mavjudligi kata ahamiyat kasb etishi
haqida fikr bildirgan. G’arb usul va uslublarining tarqalishi natijasida Farg’ona
vodiysi sharqiy hududlarida qo’lda yasalgan hamda bo’yab naqsh berilgan
kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarila boshlangan. Bundan tashqari,
farg’onaliklar yangi tehnologiyani o’zlashtirish bilan birga o’zlarining avvalgi
an’analariga sodiq qolgan holda kulolchilikda yangi – qizil angobli, sirtiga tirnab
naqsh solish uslubini yaratishgan. Ushbu uslub Chust madaniyati sopollaridagi
an’analarni saqlab qolgan holda yangi Sho’rabashat idishlaridagi naqsh uslublarini
ham ma’lum ma’noda uyg’unlashtirgan. Bundan tashqari idishlarni bezashda
hayvon va o’simlik tasvirlaridan ham foydalanila boshlanadi [4, B. 27].
B. Matboboyev esa Andijon shahrida amalga oshirilgan qazuv ishlari
natijasiga ko’ra, qizil angobli tirnalgan sopol idishlar vaqtini III-IV asrlar bilan
belgilaydi. Sopol idishlar oldingilaridan sifati va shakli bilan biroz farqlanadi.
Hatto, bu guruhda sopol idishlarni tayyorlashda yaxshi tomonga sifat o’zgarishlari
367
kuzatiladi.Ya’ni, idishlar nafisroq va yupqaroq qilib ishlangan, tirnab gul solingan
ayrim idishlardan foydalanish boshlanadi. Sopol buyumlarning ko‘za, kosa, xurma
va mayda idish turlari keng iste’molda bo‘lgan. Ko’zalarni aksariyati bo‘g’zi kalta,
gardishi tashqariga qayrilgan.
Balantepa va Munchoqtepadan topilgan kulolchilik idishlarida ham
yuqoridagi holatlarni ko’rishimiz mumkin. Masalan Munchoqtepadan milodiy I-IV
asrlarga tegishli bo’lgan tanasi uzunchoq, qalin va yaltirab turuvchi angob bilan
qoplangan yog’loqi, yoki dastasi qirra qilinib o'tkir asbob bilan kesib tekislangan,
o’rta qismida taram-taram aylana chiziqlari bo’lgan tirnalgan naqsh tushirilgan
ko’zani misol qilib keltirish mumkin [5, B. 31-32].
Qizlartepa yodgorligida ko’plab tadqiqotlar olib borgan F. A. Maqsudov
ham qizil angobli tirnalgan spool idishlarning kelib chiqishi, rivojlanishi va bezak
semantikasi bo’yicha o’z fikr va xulosalarini berib o’tgan.
Qizlartepada olib borilgan qazishmalar chog‘ida tirnalgan bezakli qizil angobli
sopol buyumlar topilgan. Bunday kulolchilik buyumlari Farg‘onaning hamma
joyida antik davrdagi aholi punktlari va qabristonlarida topilgan.
Dafn inshootlarida tirnalgan bezakli idish-tovoqlar ko‘pincha bo‘lishidan kelib
chiqib, ularning nisbatan ko‘p qismi Qizlartepa ibodatxonasi inshootini qazish
jarayonida topilganligi, idishlarning bunday bezaklar bilan ehtiyotkorlik bilan
bezatilganligi, oddiy aholi punktlarida kam uchraydiganligi va g‘ayrioddiyligiga
qarab ushbu idishlarning asosiy maqsadi “marosim-himoya” xususiyatidan dalolat
beradi, ya'ni idish-tovoqlar ma'lum darajada diniy xususiyatga ega bo'lgan deb
taxmin qilish mumkin[6, B.134]. Tirnalgan bezakli idish-tovoqlarning funktsional
maqsadi haqida ham to’xtalib o’tgan. Xususan, bunday idishlar oziq-ovqat saqlash
uchun ishlatilgan bo’lishi mumkin. Chunki, tirnalgan bezaklarning asosiy qismi
qozon parchalarida, ayrim hollarda esa teshikchalari bo’lgan buyumlarda-
tumorlarni bezashda foydalanilgan bo’lishi mumkin. Bu idishlarga buyurtma
berishgan, shuning uchun ham qimmatroq turgan [7, B. 53].
Yu. A. Zadneproviskiy ham tirnab bezak berilgan qizil angobli buyumlar
haqida fikr bildirib o‘tgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, miloddan avvalgi I
mingyillikning oxirida va milodiy asr boshlarida moddiy madaniyat sohalarida
keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi. U bo‘yalgan idishlarning yo‘qolib ketishi va
tirnalgan bezaklar bilan bezatilgan qizil angobli idishlarning ustunligida yaqqol
namoyon bo‘ladi. Bunga asosiy sabab, ehtimol, Farg‘ona vodiysida toxar-yuechji
birlashmasi qabilalarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Qadimgi
Xitoy yozma manbalarida bu qabilalarning keng ko‘lamli harakatlari aynan Davan
orqali o‘tganligi haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumotlar berilgan [8, B.113].
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, idishlarni tirnalgan bezak bilan
bezash usuli qariyb 5 asr davomida Farg’ona vodiysi hududlari aholisi tomonidan
foydalanilgan. Bunday turdagi idishlarni oddiy aholi yashash hududlaridan
kamroq, diniy inshootlarda esa ko’plab topilishi diniy harakterga ega ekanligini
ko’rsatadi. Idishlarni angob yordamida bo’yash rivojlana borishi bilan unga bezak
berish ham qiyinlashib borgan. Chunki angob yaltiroq va silliq bo’lganligi uchun
bo’yoq idish sirtiga surilganda ma’lum bir tasvir chizish murakkab bo’lib qolgan
368
va shuning uchun ham ushbu uslubni o’ylab topishgan bo’lishi mumkin. Ushbu
idishlarda qo’llanilgan tirnalgan bezak semantikasi juda qiziqarli va baxs
munozaraga boydir. Tirnalgan bezak tushirilgan idishlarning maqsadi va
vazifalarini yanada aniqlashtirish va semantikasi haqida ma’lumot berish uchun
yanada ko’proq arxeologik tadqiqot ishlari olib borish kerak.
Adabiyotlar:
1. Литвинский Б. А. Керамика из могилников Западной Ферганы.
Москва: Изд-во «НАУКА», 1973. 258 c.
2. Абдулгазиева Б. Эллинистическая керамика Ферганы // Античная
сивилизазатсия и варварский мир. Материалы III-го археологического
семинара // Новочеркасск. 1993. C. 20-28.
3. Горбунова Н. Г. Култура Ферганы в эпоху ранне железа// СА. № 4
Москва,- 1962. С. 91-122.
4. Abdullayev B. A. Farg’onaning qadimiy madaniyatlari shakllanishidagi
ayrim hususiyatlar. – B. 27
5. Матбобоев Б. Х. Қадимги Фарғонанинг илк ва ўрта асрлар даври
маданияти : avtoref, докт. … дисс. -Самарқанд, 2009. 60 Б.
6. Мақсудов Ф. А. Становление и этапы развития земледельческой
културы в южной Фергане (вторая половина И тысячелетия до нашей эры –
первая половина И тысячелетия нашей эры по материалам Маргилансайского
оазиса) : avtoref, дисс…канд. ист. наук.-Самарқанд, 2002. 179 c.
7. Максудов Ф. А. Некоторые вопросы семантики процарапанного
орнамента на керамике Маргилана (по материалам Кызлартепа) // ИМКУ.
Вып. 28. Самарканд, 1997. C. 53-59.
8. Заднепровский Ю. А. Древнеземледельческая культура Ферганы //
МИА, №.118, М.-Л., Изд-во АН СССР, 1962. 332 c.
Mukhamedov, Y. Q. (2022). Chach administrative center of the western
turkic khaganate. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research,
2(05), 46-52.
Ochildiyev, F. (2019). Trade relations between Bukhara and India in
the second half of the 19th century and at the beginning of the 20th century.
Actual
Problems of Applied Sciences Journal World
, (4), 13-19.
AНТРОПОЛОГИЧЕСКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ СРЕДНЕЙ АЗИИ ДО 80-
Х ГОДОВ XX В (на примере Ферганской долины)
Хомиджонова М.А.
магистрант
Национальный университет Узбекистана
В конце I тысячелетия до н. э. в предгорьях и горных долинах
Ферганского региона растет число погребальных памятников с подбойно-
катакомбными захоронениями, которые одни авторы связывают с
проникновением сюда других племен извне, другие - считают их
