О некоторых вопросах возникновения и развития городов Ферганской долины

Направления: История
Тип источника: Конференция
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
23-33
1
0
Поделиться
Алохунов A., & Якубжонов S. (2023). О некоторых вопросах возникновения и развития городов Ферганской долины. Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 23–33. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16471
А Алохунов, Ферганский государственный университет

Старший преподаватель кафедры всеобщей истории, кандидат исторических наук

С Якубжонов, Ферганский государственный университет

магистрант II ступени специальности история

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В результате проведенных исследований в Ферганской долине обнаружено и изучено несколько сотен археологических памятников с древнейших времен до средневековья. В данной статье на основе данных письменных источников и археологических раскопок даны некоторые рассуждения о возникновении древнейших, античных и средневековых городов, закономерностях и этапах возникновения и развития городов в результате процессов урбанизации в Ферганской долине


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

23

Ўрта Осиё балки Европадаги кенг аудиторияга этказа олган илм

фидойисидир.

Фойдаланилган манба ва адабиётлар:

1. Gorbunova N.G. The Culture of Ancient Ferghana. BAR International Series

281.1986

2. Анарбаев А. Ахсикент – столица древний Фергана. – Т.,Tafakkur, 2013.-

535 с.

3. Квинт Курций Руф. История Александра Македонского. Сохранившиеся

книги. Под ред. В.С.Соколова. М.: Наука.,1963.-477 с.

4. Горбунова Н.Г. Фергана по сведениям античных авторов. В кн.

«История и культура народов Средней Азии». М., 1976.-С. 27-28.

5. Горбунова Н.Г. Фергана по сведениям античных авторов. В кн. “История

и культура народов Средней Азии”. М.,1976.-С. 28-48.

6.

Горбунова Н.Г. Кўҳна Фарғонада. «Ўзбекистон» нашриёти,

Тошкент.,1972.-Б.20.

7. Pozilova X.O. THE ROLE OF WOMEN IN FERGANA VALLEY

POTTERY

https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.1213

8. Kuchkarova Z.R.Classification of ancient monuments of ancient Khorezm.

IEJRD ICIPPS-20 International E-Conference June2020.298-301p. E-ISSN:2349-

0721 imp.factor:SJIF:6.549 www.iejrd.com

9. Kuchkarova Z.R. Southeastern Farghana Valley Nomadic Pastoral Culture.

Index

Copernicus

internation.

aotumber

2022

4377-4328.

https://www.provinciajournal.com/index.php/telematique/article/view/618

10. Ҳошимов Фарғонашунос археологлар Ф.2020 Б.158

FARG‘ONA VODIYSIDA SHAHARLAR PAYDO BO‘LISHI VA

RIVOJLANISHINING AYRIM MASALALARIGA DOIR

Aloxunov A.

FDU, Jahon tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD

Yoqubjonov S.

FDU Tarix mutaxassisligi II bosqich magistranti


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

24

Annotatsiya: Farg‘ona vodiysida olib borilgan tadqiqotlar natijasida qadimdan to o‘rta

asrlargacha bo‘lgan davrlarga oid bir necha yuzlab arxeologik yodgorliklar topib o‘rganilgan.
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysida urbanizatsion jarayonlar natijasida eng qadimgi,
qadimgi va o‘rta asrlar shaharlarining vujudga kelishi, paydo bo‘lish shart-sharoitlari,
rivojlanishining qonuniyatlari va bosqichlari to‘g‘risida ayrim mulohazalar yozma manbalar va
arxeologik qazishmalarda qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar asosida bayon qilingan.

Kalit so‘z va iboralar: Farg‘ona vodiysi, urbanizatsiya jarayonlari, bronza va ilk temir

asri yodgorliklari, ilk shaharlar, o‘rta asr shaharlari, yozma manbalar va arxeologik,
qazishmalarshaharsozlik madaniyati, shahar me’moriy-rejaviy tuzilishi.

Аннотация: В результате проведенных исследований в Ферганской долине

обнаружено и изучено несколько сотен археологических памятников с древнейших времен
до средневековья. В данной статье на основе данных письменных источников и
археологических раскопок даны некоторые рассуждения о возникновении древнейших,
античных и средневековых городов, закономерностях и этапах возникновения и развития
городов в результате процессов урбанизации в Ферганской долине.

Ключевые слова и фразы: Ферганская долина, процессы урбанизации, памятники

эпохи бронзы и раннего железа, ранние города, средневековые города, письменные
источники и археологические раскопки, градостроительная культура, архитектурно-
планировочная структура города.

Annotation: As a result of the research carried out in the Fergana Valley, hundreds of

archaeological sites from ancient times to the Middle Ages were discovered and studied. In this
article, based on data from written sources and archaeological excavations, some considerations
are given about the emergence of ancient, ancient and medieval cities, the patterns and stages of
the emergence and development of cities as a result of urbanization processes in the Ferghana
Valley.

Key words and phrases: Ferghana Valley, urbanization processes, Bronze and Early

Iron Age monuments, early cities, medieval cities, written sources and archaeological
excavations, urban planning culture, architectural and planning structure of the city.

Vatanimiz o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan bugungi

kunda biz uchun qadimiy tariximiz va madaniyatimizga oid yangi ilmiy tadqiqotlar

har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega

[1: 37]

. Tarixiy jarayonlardagi asosiy

bosqichlardan hisoblangan urbanizatsiya masalalarini tadqiq etish hozirgi tarix

fanining muhim muammolaridan biridir. Zero, qadimgi shahar madaniyati

zaminida o‘zbek davlatchiligining asosiy omillari yotadi.

Urbanizatsiya (lotincha urbanus – shaharga mansub, shaharlashish) –

jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning

joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi

o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Urbanizatsiya – tarixiy rivojlanish asosida shakllangan


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

25

jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir bo‘lgan ko‘p

qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir

[20]

.

Urbanizatsiya jamiyat tariqqiyotining eng murakkab jarayonlaridan biri

hisoblanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumidan nisbatan yuqori rivojlangan ijtimoiy

tuzumga o‘tish davrida paydo bo‘lgan urbanizatsiya – jadal o‘sib borayotgan

taraqqiyotni o‘zida aks ettirish bilan birga iqtisodiy rivojlanishni taminlovchi

ishlab chiqarish tarmoqlari – qishloq xo‘jaligidan hunarmandchilikning ajralib

chiqishi, mahsulot almashinuvi, ixtisoslashgan savdo-sotiqning o‘sib borishi,

ijtimoiy tuzilmalar va boshqaruv organlarining shakllanishi, ishlab chiqarishni

nazorat qilish va qo‘riqlash, jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishni

ifodalaydi.

Urbanizatsiya – jamiyatdagi madaniy va ijtimoiy vazifalarning rivojlanish

jarayoni hamdir. Ushbu global masalalar bilan uzoq yillar shug‘ullangan taniqli

sharqshunos olim B.A.Litvinskiyning ta’kidlashicha, O‘rta Osiyo urbanistik

sivilizatsiya tartibiga kirgan bo‘lib, bu tartib Yevrosiyoning janubiy va g‘arbiy

qismlarini qamrab olgan edi[14:13].

XX asrning 20–30-yillariga kelib, O‘rta Osiyo urbanizatsiyasi tarixi

arxeologiyaning muhim masalalaridan biriga aylandi va ushbu yo‘nalishdagi

tadqiqotlar mintaqaning turli hududlarida yangicha metodikalarga asoslangan

holda amalga oshirildi. Xususan, V.L.Vyatkin, M.YE.Masson, A.Y.Yakubovskiy,

S.P.Tolstov, V.A.Shishkin kabi olimlarning izlanishlari natijasida o‘rganilayotgan

muammoning ko‘pgina jihatlariga aniqliklar kiritildi.

1945–1960-yillarda

B.A.Kuftin,

B.A.Litvinskiy,

A.F.Ganyalin,

D.D.Durdiyev, V.M.Masson singari olimlar tomonidan olib borilgan keng

qamrovli tadqiqotlar natijasida bronza va ilk temir asri yodgorliklari tizimli

ravishda o‘rganila boshlandi. O‘zbekiston hududidagi qadimgi shaharlarda qator

mualliflar

qazishma

ishlarini

olib

bordilar.

Jumladan,

A.I.Terenojkin,

M.YE.Masson va V.A.Shishkin Afrosiyobda, S.P.Tolstov Ko‘zaliqirda o‘z

tadqiqotlarini amalga oshirdilar.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

26

1970–1980-yillarda arxeologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda O‘rta

Osiyodagi ilk shaharlar shakllanishi o‘choqlari aniqlandi. Jumladan, bu davrda

V.M.Masson, Y.A.Zadneprovskiy, A.A.Asqarov, A.S.Sagdullayev, V.I.Sarianidi,

L.B.Kircho, T.Sh.Shirinov, R.H.Sulaymonov, M.H.Isomiddinov, A.Anorboyev,

B.X.Matboboyev kabi olimlar ilmiy tadqiqotlar olib bordilar. Izlanishlar natijasida

mintaqa janubida mil. avv. II ming yillikning boshlariga kelib ishlab chiqaruvchi

xo‘jaliklar, hunarmandchilik va qadimgi Sharqning qo‘shni viloyatlari bilan

iqtisodiy-madaniy aloqalar asosida shaharlar vujudga kelganligi aniqlandi.

Mustaqillik yillariga kelib, ilk shaharlar tarixi va qadimiy shaharsozlik

madaniyatini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar olib borildi.

A.A.Asqarov, A.S.Sagdullayev, V.I.Sarianidi, T.Sh.Shirinov, R.H.Sulaymonov,

M.H.Isomiddinov,

Sh.B.Shaydullayev,

B.X.Matboboyev,

A.Anorboyev,

M.M.Membetullayev, B.J.Eshov, I.Yuldashevlar tadqiqotlarida sovet davridagi

ilmiy qarashlarning mazmun-mohiyatiga tanqidiy baho berish bilan birga, mavjud

nazariyalar va yondashuvlardagi ijobiy jihatlarni ajratib ko‘rsatish zarurati

ta’kidlandi

[13: 24-25]

.

O‘rta Osiyoda yuz bergan tarixiy jarayonlar tahlili istehkomli manzilgohlari,

shahar markazlari va qal’alari bo‘lgan alohida tarixiy-madaniy mintaqalar bo‘yicha

o‘xshash jarayonlarning tahlilidan tarkib topadi. Butun O‘rta Osiyoda va uning

atrofidagi hududlardagi tarixiy hamda madaniy hodisalarda muhim o‘rin tutgan

qadimgi Farg‘ona shunday mintaqalardan biri bo‘lgandi.

Farg‘ona vodiysida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ilk paleolit davridan

tortib to o‘rta asrlargacha bo‘lgan davrlarga oid bir necha yuzlab arxeologik

yodgorliklar topib o‘rganilgan.

Bronza davri va uning so‘nggi bosqichlariga kelib, Farg‘ona vodiysi

qadimgi aholisi o‘ziga xos madaniyatlar yaratib, tarixiy-madaniy jarayonlarni

yanada faollashtiradi.

Ma’lumki, dehqonchilik jamoalari guruhlari vujudga kelganidan so‘ng

dehqonchilik iqtisodi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga harakat qilganlar.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

27

Dastlabki dehqonchilik jamoalariga yirik daryolar va ularning irmoqlari vohalari,

tog‘ oldi hududlaridagi shart-sharoitlar ma’qul kelgan. Bunday shart-sharoitlarda

kuchli demografik o‘sish mavjud iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotni sifat

jihatidan yangi pog‘onaga ko‘taradi. Ijtimoiy madaniyat boshlang‘ich ijtimoiy

organizmlarga – katta oilali va jamoaviy guruhlarga mos etnik madaniyatdan

murakkabroq ijtimoiy tizim rivojlanishi imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ya’ni hozirgi

zamon fanida ilk shaharlar va dastlabki davlatlar, deb e’tirof etiluvchi murakkab

ijtimoiy tuzilmalar vujuga keldi

[14: 15]

.

Farg‘ona vodiysida sug‘orma dehqonchilikning jadallik bilan rivojlanishi

urbanizatsiya jarayonlarining tezlashuviga olib kelgan. Arxeologik tadqiqotlar

natijasida vodiyning qadimgi davri inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarga

ko‘pgina aniqliklar kiritildi. Farg‘onalik qadimgi bobodehqonlar sug‘oriladigan

yyerlarni o‘zlashtira borib qator sifatlari bilan, avvalo, tuproq ekologik sharoitlari

bilan farqlanib turadigan sun’iy antropogen-landshaftlar barpo etadilar. Ular tabiiy

landshaftlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishlari natijasida o‘zlariga zarur bo‘lgan

qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirganlar

[2]

.

Farg‘ona zaminida bir tomondan dehqonchilik, chorvachilik va

hunarmandchilikning rivojlangani, ikkinchi tomondan foydali qazilmalarga boyligi

miloddan avvvalgi II–I ming yillik boshlarida vodiyda shaharsozlik madaniyatini

paydo bo‘lishiga olib keldi.

Shaharlar paydo bo‘lishi va rivojlanishining o‘z qonuniyatlari va bosqichlari

mavjud. Shahar maqomini olish uchun ma’lum shart-sharoitlar, ya’ni siyosiy,

ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar bilan birga fizik-jug‘rofiy omillar: foydali

qazilma boyliklar, shaharning joylashgan o‘rni, suv bilan ta’minlanganligi, tashqi

dunyo bilan bog‘langanligi (savdo yo‘llari bilan aloqasi) ham katta ahamiyatga ega

[6: 7

7].

Tarix fanida urbanizatsiya jarayoni turli davrlardagi xususiyatlari hisobga

olinib: eng qadimgi, qadimgi va o‘rta asrlar shaharlariga bo‘linadi

[9: 15]

.

Chunonchi, Farg‘ona vodiysidagi shaharsozlik madaniyati qadimgi shaharlar


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

28

sirasiga kiritilib, shaharlarning arxeologik jihatdan qayd etilgani (katta maydon,

mukammal mudofaa tizimi, ark, ibodatxona v.h.), ilk irrigatsiya inshootlarining

mavjudligi va hunarmandchilikning rivoj topgani qadimgi jamiyatdagi

o‘zgarishlardan darak beruvchi belgilardir. Bu jarayonlar ilk davlatchilik

shakllarining (belgilarining) paydo bo‘la boshlanganidan dalolat beradi

[5; 16; 17;

18; 19]

.

Farg‘onada ilk ziroatchi aholi maskanlari qishloq ko‘rinishda vujudga kelib,

dastlab mudofaa devorlari bilan o‘ralmagan. O‘zlashtirilgan hududlarning

kengayib borishi va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning o‘zgarishi natijasida yirik

aholi maskanlari hunarmandchilik va mahsulot ayirboshlash markazlariga

aylangan. Ularda aholi uchun zarur mehnat qurollari, yarog‘-aslahalar, uy-ro‘zg‘or

buyumlari va kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Farg‘onada qadimgi shaharlar me’moriy-rejaviy tuzilishining asosiy

mohiyati qal’a-qarorgoh, ishlab chiqarish hamda turli turar joylar mavjudligida o‘z

aksini topgan. Shaharning katta maydonni egallashi, mukammal mudofaa

tizimining mavjudligi, mahsulot ayirboshlash va hunarmandchilik markazi

ekanligi, hunarmandchilikning turli sohalari mavjud bo‘lib, ular alohida-alohida

joylashganligi, aholining turli qatlamlari istiqomat qilganligi uning muhim

belgilaridan hisoblanadi.

Vodiyda me’morchilikning shakllanishi jarayoni uch bosqichni o‘z ichiga

olgan, jumladan, dastlab qishloq ko‘rinishidagi aholi maskani – shaharmonand

yirik aholi punkti – mudofaa inshootlari va arkiga ega ilk shahar.

Demak, Farg‘ona vodiysida urbanizatsiya jarayonlari o‘ziga xos taraqqiyot

yo‘lini bosib o‘tgan. Urbanistik jarayonlar rivojlanishining asosiy subyekti maxsus

makonga oid tuzilish – shahar va uning atrofidagi u bilan bog‘liq bo‘lgan hamda

shaharlarga aylanib boruvchi manzilgohlar hisobalanadi

[14: 13]

.

Farg‘onadagi qadimgi dehqonchilik va shaharsozlik madaniyati tarixini uch

davriy bosqichga ajratib ko‘rsatish mumkin:


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

29

1. Dehqonchilik madaniyatning vujudga kelishi va o‘troq aholi

maskanlarining paydo bo‘lishi (mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi). Ya’ni,

shaharmonand aholi maskanlari va ilk shaharlarning shakllanishi (mil. avv. VIII–

VII asrlar). Ushbu davrda Chust madaniyati sohiblari ishlab chiqarish kuchlari

rivojlanishida yangi sifat ko‘rsatkichlariga erishadilar. Bu o‘zgarish, birinchi

navbatda, farg‘onaliklar hayotida temirning kashf etilishi yoki uni shu hududga

kirib kelishi bilan bog‘liq edi

[10: 9]

. Arxeologlar tomonidan maydoni 25 gektar

bo‘lgan Dalvarzin yodgorligidan temir pichoq va temir rudasining topilishi buning

isbotidir

[4: 199-200]

.

Hozirda ma’lum arxeologik komplekslarga asoslanib va ularni Xorazm,

Baqtriya va So‘g‘dga solishtirib, vodiyda ilk davlatchilik bo‘lgani haqida dadil

fikrlar aytilmoqda. Aynan miloddan avvalgi VIII–VII–VI asrlarda O‘rta Osiyoda

mayda voha davlatchalari asosida ularga nisbatan yirikroq davlat birlashmalari

paydo bo‘la boshlagan edi. Bu tarixiy jarayonni Farg‘ona vodiysida ham kuzatish

mumkin. Shuning uchun professor B.Matboboyev miloddan avvalgi VIII–VI

asrlarda Farg‘onada voha davlatchiligi bo‘lgan, degan fikrni 2002-yili olg‘a surgan

edi va bu arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘z isbotini topmoqda

[7: 9-10]

.

2. Ilk shaharsozlik an’analarining yangi asoslarda rivojlanishi (mil. avv. VI–

IV–III asrlar). Ushbu davrda G‘ovasoyning irmog‘i Olmossoyning delta qismida

Qirqxujra (qadimgi Pop), Maylisuvning delta qismida Eylaton, Kosonsoy

havzasining quyi qismida Axsikent (Eski Axsi), Marg‘ilonsoyning adir orti

qismida Simtepa, Isfayramsoy havzasida Quva va Sufon

[3: 27]

, O‘zgan atrofidagi

Sho‘rabashot, Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Mingtepa, Andijonning Eski

shahar qismidagi Sarvontepa, Nurtepa, O‘grayor, Chordona, Yakkatepa, Kultepa

[10: 39]

kabi yodgorliklar o‘rnida shahar va shahar tipidagi qarorgohlar paydo

bo‘lgan. Xitoy yozma manbalarida keltirilgan: “Day-yuan [Buyuk Farg‘ona]

hududida 70 dan ortiq katta-kichik shahar va qishloqlar joylashgan”

[12: 34]

,

degan ma’lumotlari buning yorqin misolidir.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

30

3. Ilk o‘rta asr shaharlari. Milodiy bir mingyillikning ilk yarmida ham

Farg‘ona o‘nlab shaharlar va ularning boshini biriktirgan bir qator siyosiy-

ma’muriy markazlardan iborat edi.

Ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona vodiysining muhim strategik o‘rni Buyuk Ipak

yo‘lidagi faoliyat tufayli yanada oshdi. Qolaversa, ayni shu davrda vujudga kelgan

Turk xoqonligi (552-603) va uning vorislari Sharqiy (603-744) va G‘arbiy Turk

xoqonliklari (603-742) hamda Turkash xoqonligi (710-742) bilan Sug‘d, Farg‘ona,

Choch, Xorazm, Toxariston kabi davlat uyushmalari o‘rtasida siyosiy, ijtimoiy–

iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi

[15]

.

Xitoy, arab-fors tilidagi yozma manbalar va arxeologik qazishmalarda

qo‘lga kiritilgan ma’lumotlardan ayon bo‘lishicha, ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona

vodiysida Axsikent, Koson, Quva, Uzgand kabi shaharlar mavjud bo‘lib, ular

vodiydagi bir qator shahar va yirik aholi maskanlarini o‘z ichiga oluvchi alohida-

alohida siyosiy-ma’muriy markaz, ya’ni boshqaruv vazifasini bajarishgan

[11]

.

Xitoy manbalari VII asrda vodiyda «6 ta katta va100 ga yaqin shaharlar

bo‘lgan» deb xabar beradi. Istaxriy va al-Muqaddasiy vodiyda 40ta shahar (ba’zida

jome’ masjidi mavjud yirik qishloqlar) bo‘lganini qayd etadilar. Bu qiyosiy

solishtirmalardan professor B.Matboboyev shunday xulosaga keladiki, Farg‘onada

shaharlar soni ilk o‘rta asrlarda nisbatan kam bo‘lsa-da, ammo Istaxriylar

zamonasiga (IX–X asrlar) kelib ko‘paygan. Yirik shaharlarni ilk o‘rta asrlar

davrida kamayib, mayda shaharlarni ko‘payishi kuzatiladi

[8: 46]

.

Xulosa qilib aytganda, Farg‘ona vodiysi urbanizatsiya jarayonlarining

tarixiy tahlili, bu yyerda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o‘ziga xos yo‘l bilan

rivojlanganligini ko‘rsatadi. Farg‘onaning bronza va ilk temir davri tarixiga

tegishli yozma manbalar mavjud emasligi, uning arxeologik yodgorliklarini

o‘rganishning ahamiyatini yanada oshiradi. Tarixiy yodgorliklarning shakllanishi

va rivojlanishi masalasi arxeologik ma’lumotlarga asoslanib o‘rganiladi. Bundan,

o‘z navbatida, o‘sha davr siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari yuzasidan

aniq va ma’lum holatlarda tarixiy-madaniy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

31

Qadimgi Farg‘onaning shaharsozligi O‘rta Osiyodagi urbanizatsiya jarayoni

rivojlanishining so‘nggi nuqtasi bo‘lgan emas. Keyinchalik ilk o‘rta asrlar va o‘rta

asrlar feodal shaharlari yuzaga keldi. Shu bilan birga, ilk o‘rta asrlar hamda o‘rta

asrlar shaharlari yanada qadimgiroq davrlarning ko‘p elementlarini o‘zida saqlab

kelmoqda.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent:

“O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. – 464 b.

2.

Анарбаев А.А., Исманов А.Дж., Максудов Ф.А. Древнеземледельческая

культура Южной Ферганы и образование антропогенного ландшафта

//Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва ёзма манбаларда. – Т., 2005. – С. 98-

113.

3.

Anorboyev A. Farg‘onaning qadimgi shaharlari va ularning Markaziy Osiyo

tarixida tutgan o‘rni. – T.: Fan, 2022. – 140 b.

4.

Заднепровский Ю.А. Чустская культура в Ферганской долине //

Средняя Азия в эпоху камня и бронзы. Москва-Ленинград, 1966. – С. 199-

200. – 290 с.

5.

Isomiddinov M., Aloxunov A. Farg‘ona vodiysi bronza va temir davrida.

Farg‘ona: Classic, 2021. – B. 184 b.

6.

Matboboyev B.X. Qadimgi Farg‘ona qadimiy shaharlarini joylashgan o‘rni

muammolari// O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. – T.: “Fan”, 1996. – №9. – B. 77-82

b.

7.

Matboboyev B.X. Qadimgi Farg‘onada ilk davlatchilik ildizlari. O‘zbekiston

tarixi №1. – Toshkent, 2002a. – S. 9-10.

8.

Matboboyev B.X. Qadimgi Farg‘onaning ilk o‘rta asrlar davri madaniyati

(V–VIII asrlar arxeologik manbalarining tarixiy tahlili asosida). Tarix fanlari

doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Samarqand, 2009. –

407 b. + ill.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

32

9.

Matboboyev B.X., Shamsutdinov R.T., Mamajonov M. Buyuk Ipak

yo‘lidagi Farg‘ona shaharlari. Andijon: “Meros”, 1994. – B. 15.

10.

Mashrabov Z., Matboboyev B. Farg‘ona vodiysi tarixiga chizgilar. “Andijon

nashriyot-matbaa” MCHJ, 2022. – 224 b. + ill.)

11.

Xalmuminov U. VI-VIII asrlarda Farg‘ona vodiysidagi yetakchi shahar

markazlari. “Science and Education” Scientific Journal September 2021 / Volume

2 Issue 9. – B. 79-92.

12.

Xo‘jayev A. Farg‘ona tarixiga oid ma’lumotlar (Qadimiy va ilk o‘rta asr

xitoy manbalaridan tarjimalar va ularga sharhlar). “Farg‘ona” nashriyoti, 2013. –

288 b.

13.

Hakimov A.A. O‘rta Osiyoda bronza – ilk temir davri urbanizatsiya

jarayonlari tarixshunosligi (XIX asr oxiri – XXI asr boshlari). Falsafa doktori

(PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2020. –59 b.

14.

Eshov B. O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi. – T.: Fan va

texnologiya, 2008. – 236 b.

15.

Yuldashe S. V–X asrlarda Farg‘ona vodiysidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisrodiy

va madaniy jarayonlar. Farg‘ona: Classic, 2021. – 224 b.

16.

Alokhunov A. From the History of studying the archeological ruins of the

city of Kuva (Qubo). Central Asian journal of social sciences and history. Vol.: 03

ISSUE:

08

|

AUG

2022.

P.

63-67.

Journal

homepage:

https://cajssh.centralasianstudies.org

17.

Aloxunov A. Urban monuments of fergana valleyand the early government

process characteristics. International Journal of Early Childhood Special Education

(INT-JECS). Vol.: 14, Issue 07 2022. – P. 1373-1378.

18.

Aloxunov A. Fergana valley population of ancient faith and private religious

considerations. Journal of Pharmaceutical Negative Results. Vol.:13. Special Issue

9. 2022. – P. 5085-5091.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

33

19.

Yuldashev S., Alokhunov A. Studying the history of the Fergana valley in

foreign historiography. International Journal of Economy and Innovation. Vol. 27.

Gospodarka i Innowacje. https://gospodarkainnowacje.pl. – P. 21-27.

20.

https://ru.wikipedia.org/wiki/Урбанизация

ТАДҚИҚОТЧИЛАРНИНГ СИМОБ КЎЗАЧАЛАР ТЎҒРИСИДА

МУЛОҲАЗАЛАРИ

Артиков У.Л.

ЎзР ФА Миллий археология маркази таянч докторанти

mirimonartikov@gmail.com

Аннотация: Ушбу мақолада муаллиф мусулмон ўлкаларда оммавий тарқалган

сфероконусларнинг географик ҳусусиятлари, безаклари, шаклига алоҳида тўҳталади.
Унинг функцияси тўғрисида тадқиқотчиларнинг кескин ажралиб турувчи илмий
мулоҳазаларини ёритаркан идишларни аниқ вазифаси нимадан иборат бўлганлигини
мутаҳассисларнинг аниқ далиллари асосида келтиришга уриниб кўради.

Калит сўз ва иборалар: сфероконус, бумиллер корпус, томчи безак, ноксимон, оҳак

лой, каринат, эолипил, шоқул, аламбик, киновар,

Р.М.Джанполадян, Ж.Мончамп.

Annotation: In this article, the author focuses on the geographical features, decoration

and shape of spherocones, which are widespread in Muslim countries. Explaining the widely
divergent scientific opinions of researchers about its function, he tries to present the exact
function of the vessels on the basis of clear expert data.

Key words and phrases: spherocone, bumiller corpus, teardrop decor, pear-shaped,

calcareous clay, carinated shape,

aeolipil

, plumb bob, alambic, cinnabar, R. M. Dzhanpoladyan,

J. Montchamp.

Аннотация: В данной статье автор акцентирует внимание на географических

особенностях, украшении и форме сфероконусов, широко распространенных в
мусульманских странах. Объясняя резко расходящиеся научные мнения исследователей о
его функции, он пытается представить точную функцию сосудов на основе четких
экспертных данных.

Ключевые слова и фразы: сфероконус, корпус бумиллера, каплевидный декор,

грушевидная, известковая глина, окаймленная форма, эолипил, отвес, аламбик, киноварь,
Р. М. Джанполадян, Ж. Мончамп.

Сфероконуслар – калта бўйин ва тор оғизли кичик кўзачалардир. Улар

инсонларнинг қайси эҳтиёжи туфайли пайдо бўлганлиги масаласи узоқ

муддат очиқ турди. Тадқиқотчилар бу номни идишнинг ўзларига маълум

бўлган биринчи намуналари шаклидан олганлар, яъни шарсимон танани

конуснинг пастки қисми билан бирлаштириб шундай атаб бошладилар.

Бироқ бу ном уларнинг барча турига ҳам тўғри келавермайди. Шундай экан,

Замаҳшарда топилган 22 та сфероконусдан фақат тўрттасида шунақа шакл

мавжуд. Буларни ичида кенг тарқалгани туҳумсимон ва шарсимон

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. – 464 b.

Анарбаев А.А., Исманов А.Дж., Максудов Ф.А. Древнеземледельческая культура Южной Ферганы и образование антропогенного ландшафта //Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва ёзма манбаларда. – Т., 2005. – С. 98- 113.

Anorboyev A. Farg‘onaning qadimgi shaharlari va ularning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o‘rni. – T.: Fan, 2022. – 140 b.

Заднепровский Ю.А. Чустская культура в Ферганской долине // Средняя Азия в эпоху камня и бронзы. Москва-Ленинград, 1966. – С. 199- 200. – 290 с.

Isomiddinov M., Aloxunov A. Farg‘ona vodiysi bronza va temir davrida. Farg‘ona: Classic, 2021. – B. 184 b.

Matboboyev B.X. Qadimgi Farg‘ona qadimiy shaharlarini joylashgan o‘rni muammolari// O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. – T.: “Fan”, 1996. – №9. – B. 77-82 b.

Matboboyev B.X. Qadimgi Farg‘onada ilk davlatchilik ildizlari. O‘zbekiston tarixi №1. – Toshkent, 2002a. – S. 9-10.

Matboboyev B.X. Qadimgi Farg‘onaning ilk o‘rta asrlar davri madaniyati (V–VIII asrlar arxeologik manbalarining tarixiy tahlili asosida). Tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Samarqand, 2009. – 407 b. + ill.

Matboboyev B.X., Shamsutdinov R.T., Mamajonov M. Buyuk Ipak yo‘lidagi Farg‘ona shaharlari. Andijon: “Meros”, 1994. – B. 15.

Mashrabov Z., Matboboyev B. Farg‘ona vodiysi tarixiga chizgilar. “Andijon nashriyot-matbaa” MCHJ, 2022. – 224 b. + ill.)

Xalmuminov U. VI-VIII asrlarda Farg‘ona vodiysidagi yetakchi shahar markazlari. “Science and Education” Scientific Journal September 2021 / Volume 2 Issue 9. – B. 79-92.

Xo‘jayev A. Farg‘ona tarixiga oid ma’lumotlar (Qadimiy va ilk o‘rta asr xitoy manbalaridan tarjimalar va ularga sharhlar). “Farg‘ona” nashriyoti, 2013. – 288 b.

Hakimov A.A. O‘rta Osiyoda bronza – ilk temir davri urbanizatsiya jarayonlari tarixshunosligi (XIX asr oxiri – XXI asr boshlari). Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2020. –59 b.

Eshov B. O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi. – T.: Fan va texnologiya, 2008. – 236 b.

Yuldashe S. V–X asrlarda Farg‘ona vodiysidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisrodiy va madaniy jarayonlar. Farg‘ona: Classic, 2021. – 224 b.

Alokhunov A. From the History of studying the archeological ruins of the city of Kuva (Qubo). Central Asian journal of social sciences and history. Vol.: 03 ISSUE: 08 | AUG 2022. – P. 63-67. Journal homepage: https://cajssh.centralasianstudies.org

Aloxunov A. Urban monuments of fergana valleyand the early government process characteristics. International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECS). Vol.: 14, Issue 07 2022. – P. 1373-1378.

Aloxunov A. Fergana valley population of ancient faith and private religious considerations. Journal of Pharmaceutical Negative Results. Vol.:13. Special Issue 9. 2022. – P. 5085-5091.

Yuldashev S., Alokhunov A. Studying the history of the Fergana valley in foreign historiography. International Journal of Economy and Innovation. Vol. 27. Gospodarka i Innowacje. https://gospodarkainnowacje.pl. – P. 21-27.

https://ru.wikipedia.org/wiki/Урбанизация

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана