Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
202
18.
Mashrabovna, B. L. (2022). Relations Between the Children of the Temuri
Queens After the Death of Amir Temur.
International Journal of Formal
Education
,
1
(10), 127-133.
19.
Usmonov B. A. On the dates of the military clashes between sultan Ahmad
Mirza and Umarshaikh Mirza //Asian Journal of Multidimensional Research
(AJMR). – 2020. – Т. 9. – №. 5. – С. 397-404.
20.
Bahriddin U. Ferghana in the period of Amir Timur's struggle for power
(1360-1370) //International Journal of Innovative Technology and Exploring
Engineering. – 2019. – Т. 9. – №. 1. – С. 3180-3187.
21.
Usmonov B. A. A Study of Political Processes in the Fergana Valley In
1371-1376 //Design Engineering. – 2021. – С. 6174-6187.
22.
Musaev A. THE FERGHANA VALLEY IN THE FIRST HALF OF THE
17TH CENTURY AS VIEWED BY RESEARCH HISTORIANS: https://doi.
org/10.47100/conferences. v1i1. 1234 //RESEARCH SUPPORT CENTER
CONFERENCES. – 2021. – №. 18.05.
23.
Abdurasulovich N. A. THE HISTORY OF THE SHEIBANID PERIOD OF
THE FERGANA VALLEY IN FOREIGN HISTORIOGRAPHY.
24.
Musayev A. B. Political processes in the Fergana valley at the turn of the
XVI-XVII centuries //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). –
2020. – Т. 9. – №. 11. – С. 16-21.
XALIL SULTONNING DAVLATCHILIK FAOLIYATIGA XOTINI
SHODMULK OG‘ONING TA’SIR O‘TKAZISHI
Begimqulova L.M.
FaDU, O‘zbekiston tarix kafedrasi dotsenti v.b.
Annotatsiya: Ushbu maqolada
Xalil Sultoning davlatchilik faoliyatidagi xatolari,
boshqaruv tizimiga Shodmulk og‘oning ta’sir doirasi borasida mulohazalar bildirilgan.
Shuningdek, uning siyosiy faoliyatida dinamik o‘sish yuz bermagani, mamlakatning iqtisodiy
ahvoliga ham yetarli darajada e’tibor qaratmagani tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan.
Kalit so‘z va iboralar:
Xalil Sulton, Shodmulk, Mirzo Shohrux, Shayx Nuriddin,
Xudoydod Xusayniy, Shoxmalik,
Sham’i Jahon,
Bobo Tarmish, Arg‘unshoh, Ollohdod, Laduniyo
tarxon,
Hisor, Jizzax,
Mazondaron, Xuroson, Movarounahrda, Bodg‘is, Samarqand, Sheroz.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
203
Аннотация: В данной статье комментируются ошибки Халила Султана в его
государственном управлении, влияние Шод Мулька на систему управления. Также было
проанализировано на основе исторических источников, что не было динамичного роста
его политической активности и что он не уделял должного внимания экономическому
положению страны.
Ключевые слова и фразы: Халил Султан, Шод Мульк, Мирза Шахрух, Шейх
Нуриддин, Худойдад Хоссейни, Шохмалик, Шами Джахан, Баба Тармиш, Аргуншах,
Аллахдад, Ладуния Тархан, Хисар, Джизак, Мазондаран, Хорасан, Мовароунахрда,
Боджис, Самарканд, Шираз
Annotation: This article feedbacks on Khalil Sultan's errors in his statecraft, Shodmulk's
influence on the management system. Also, analyzes based on historical sources that there was
no dynamic growth in his political activity and that he did not pay enough attention to the
country's economic situation.
Keywords and phrases: Khalil Sultan, Shodmulk, Mirza Shahrukh, Sheikh Nuriddin,
Khudoidad Hosseini, Shokhmalik, Sham'i Jahan, Baba Tarmish, Arghunshah, Allahdad,
Laduniya Tarkhan, Hisar, Jizzakh, Mazondaran, Khorasan, Movarounahrda, Bodgis,
Samarkand, Shiraz
Xalil Sultoning davlatchilik faoliyatida dinamik o‘sish ko‘zga tashlanmaydi.
Xalil Sulton mamlakatning iqtisodiy ahvoliga ham yetarli e’tibor qarata bilmadi.
Amir Shayx Nuriddin va amir Xudoydod Husayniyning Zarafshon vohasini bir
necha bor talon-taroj qilishi davlatning iqtisodiy ahvoliga ham o‘zining sezilarli
ta’sirini o‘tkazdi. Lekin, davlat tamonidan bunday vaziyatda xalqni qo‘llab-
quvvatlash uchun yetarli choralar ko‘rilmadi. Xorijdan ko‘chirib keltirilganlarning
qaytib ketishi esa soliq to‘lovchilarning bir muncha kamayishiga sabab bo‘ldi.
Amir Temur davrida saltanat tarkibidagi o‘lkalar to‘lagan soliqlar bilan to‘lib
toshgan xazinadan rejasiz ishlatilayotgan mablag‘lar o‘rnini Zarafshon va
Qashqadaryo vohasining daromadi bilan qoplash imkonsiz edi. Bunga urinish esa
xalqning ahvolini yomonlashuviga, norozilikning kuchayishiga olib keldi. Davlat
tomonidan xalqning iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmaganligi,
ayniqsa, 1406
–
1407 yillarda bo‘lib o‘tgan qahatchilik paytida yaqqol sezildi.
Xurosonda Mirzo Shohrux davlat omborlaridagi g‘alla hisobidan xalqqa bozor
narxidan uch barobar arzon bug‘doy sotishni yo‘lga qo‘yganligi vaziyatida, bu
ishlarning Movarounahrda amalga oshirilmaganligi Xalil Sultonning xalq orasida
obro‘sizlanishiga, Mirzo Shoruxning esa xalqsevar hukmdor sifatida Samarqandda
ham shuhrat topishiga olib keldi. V.V. Bartold ham Xalil Sultonga nisbatan Mirzo
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
204
Shohrux aynan shu vaziyatda davlat rahbari sifatida o‘zini ko‘rsatganligini
ta’kidlagan
[2: 86].
Xalil Sultonning davlatchilik faoliyatidagi eng katta xatolaridan biri
boshqaruv tizimiga xotini Shodmulk og‘oning ta’sir o‘tkazishiga yo‘l qo‘yishi edi.
Bu haqda o‘sha vaqtda Samarqandda yashagan ibn Arabshoh quyidagicha hikoya
qiladi: “Shodmulkning ra’yisiz Xalil Sultondan biron farmon sodir bo‘lmay,
podshohlik siyosati uning zakosi nurisiz yorug‘lik ko‘rmay qoldi. Uning
(Shodmulkning) ilgaridan bir xizmatkori bo‘lib, fuqaroning quyi tabaqasidan
bo‘lib, oldinlari bo‘z va kanop (kiyimlik) sotar edi. U Bobo Tarmish deb atalib,
uning ko‘zi shilpiq, yuzi sepkilli, surati qabohatli, xulqi atvori yoqimsiz edi”
[3
:52].
Shodmulkning talabi bilan Bobo Tarmish bosh vazirlik lavozimiga ko‘tarildi.
U boshqaruv tizimini to‘liq ixtiyoriga olib, uning ruxsatisiz biror bir ish amalga
oshishini taqiqlab qo‘ydi. Ibn Arabshoh Bobo Tarmish devonda bo‘lmagan vaqtlari
har bir masala uchun uni kutishga majbur bo‘linganligini ta’kidlaydi. Aynan Bobo
Tarmishning ta’sirida Xalil Sulton uchun katta xizmat qilgan davlat arboblari,
jumladan, amir Arg‘unshoh va amir Ollohdodlar nohaqliklarga duchor bo‘lgan
edilar. Bobo Tarmishning davlat boshqaruvidagi bu nufuzi 1407-yildan
boshlanganligini e’tiborga olsak
[4: 53],
Xalil Sulton davlatchiligining inqirozi
aynan shu vaqtdan yaqqol ko‘zga tashlanganligi bejiz emasligi ma’lum bo‘ladi.
Sharafuddin Ali Yazdiy ham Xalil Sulton hokimiyatining inqirozida
xotinining ta’siri juda katta bo’lganligini alohida ta’kidlagan edi: “Shodmulk otliq
amir Hoji Sayfuddinning tamg‘alaridin erdi, anga oshiq bo‘lub, hazrat
sohibqirondin yashura ani nikoh qilib olib erdi. Ammo qo‘rqunchdin aning
visolig‘a yeta olmas edi. Podshoh bo‘lg‘anda farog‘at bilan aning bila ayshu ishrat
qilur erdi. Va aning sehridin aslo chiqmas erdi. Va nekim, ul maslahat ko‘rsa erdi,
o‘shandoq qilur erdi va o‘z ixtiyorini anga berdi. Va isrof elikin ochib, andoq
xazinani oz fursatda talaf qildi. Va andoq kishilarni tarbiyat ettikim, viloyat alar
jihatidin xarob bo‘ldi. Va bir jamoat yotlarni o‘ziga muharram qilib, alarni bek etti.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
205
Va ul nokaslarning dimog‘lari haybat paydo qilib, base fasod qilur erdilar”
[5:
307-308].
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, davlat xazinasining kamayib borishi, iqtisodiy
vaziyatdagi muammolar, lashkarning bir qismini tashkil etgan Qaro totorlarining
o‘z vatanlariga qaytib ketishi, davlat hayotiga Shodmulk va uning gumashtalari
aralashuvi ta’sirining oshib borishi natijasida o‘z vaqtida Xalil Sulton
hokimiyatining
tayanchi
bo‘lgan
kuchlarning
e’tibordan
chetlatilishi
Movarounnahrda hokimiyat uchun kurashni yanada keskinlashtirdi.
Bu sharoitda Xalil Sultonga ochiq dushmanlik munosabatida bo‘lgan amirlar
Xudoydod Husayniy, Shayx Nuriddin hamda Xuroson hukmdori Mirzo Shohrux
Samarqand hukumatidagi norozi kuchlar bilan yaqinlasha boshladilar. Ibn
Arabshoh Xalil Sultondan norozi bo‘lgan amirlar bo‘lmish Allohdod va
Arg‘unshoh Xudoydod Husayniy bilan aloqaga chiqqanligini ta’kidlaganligi ham
bejiz emas.
Birinchi bo‘lib Mirzo Shohrux harakat boshladi. U 1409-yilning mart oyida
Movarounnahrning janubiy chegaralariga yaqin joylashgan Xurosonning
shimolidagi Bodg‘is yaylovida qo‘shin to‘play boshladi. Xalil Sulton ham tezda
o‘z lashkari bilan Kesh viloyatiga yetib keldi. Bu qulay vaziyatdan foydalangan
Xudoydod Husayniy Xalil Sultonga qarshi navbatdagi yurishni boshladi. Xalil
Sulton o‘zi Keshda qolgani holda amirlar Allohdod va Arg‘unshohni Xudoydod
Husayniyga qarshi yuboradi
[6: 146].
Jizzaxda raqib bilan yuzlashgan Xalil Sulton
amirlari uning o‘zini ham yordamga chorlaydilar. Keshdan yo‘lga chiqib
Samarqandga yetib kelgan Xalil Sulton Sheroz qo‘rg‘onida Xudoydod Husayniy
tomonidan asir olinadi. Jizzaxda turgan amirlarning xiyonati oqibatida Xalil
Sultonning Samarqand yaqinidagi Sheroz qo‘rg‘onida ekanligidan xabar topgan.
Xudoydod Husayniy Jizzaxdan yashirincha yo‘lga chiqqanligi uchun ham o‘z
niyatiga yetgan
[7: 135].
Manbalarda Xalil Sulton asir olingan joy haqida turlicha
ma’lumot berilgan. Abdurazzoq Samarqandiy ushbu voqea Samarqand yaqinidagi
Sheroz qo‘rg‘onida, Ibn Arabshoh esa Sultoniya qo‘rg‘onida yuz berganligini
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
206
ta’kidlagan
[8: 88].
V.V. Bartold Abdurazzoq Samarqandiyga tayangan holda Xalil
Sulton 1409-yil 30-mart kuni asir olinganligini qayd etgan.
.
Shu o‘rinda yuqoridagi voqealar bo’yicha ba’zi bir mulohazalarni bildirish
lozim topildi. Abdurazzoq Samarqandiy Mirzo Shohrux 1409-yil 22-mart kuni
Bodg‘is tomon yo‘lga chiqqanligini va lashkar to‘plashga farmon berganligini
ta’kidlagan
[10: 145-146].
Xalil Sultonning 1409-yil 30-mart kuni asir olinganidan
kelib chiqsak, Mirzo Shohruxning Bodg‘isda qo‘shin to‘plashi fevral oyining oxiri
yoki martning boshlaridan boshlangan bo‘lishi kerak. Chunki, Xuroson
qo‘shinlarining Bodg‘isda yig‘ilayotganligidan xabar topgan Xalil Sultonning
Keshga kelishi, so‘ngra Xudoydod Husayniyning hujumidan xabar topib o‘z
amirlarini Jizzax tomon jo‘natishi, Jizzaxga yetib borgan Samarqand lashkari
yordam so‘ragach, o‘zi ham Kesh tomon yo‘lga chiqishi hamda Sherozda asir
olinishi voqealarining bir hafta ichida (1409- yil 22-30-mart) bo‘lib o‘tishi mumkin
emas. Bu esa X.Fayziyev ta’kidlaganidek, Xudoydod Husayniyning yurishi Mirzo
Shohrux tomonidan rejalashtirilganligini ko‘rsatadi
[11: 27].
Amir Xudoydod Husayniy Xalil Sultonni asir olgach, uning nomidan farmon
berish orqali deyarli butun Movarounnahrni o‘ziga bo‘ysundirdi. Albatta, bu Mirzo
Shohruxning rejalariga mos emas edi. U tartib o‘rnatuvchi, o‘zaro nizolarga chek
qo’yuvchi sifatida Movarounnahrga kirib keldi. Xudoydod Husayniy Samarqandda
Mirzo Shohruxning noibi bo‘lishga tayyorligini bildirdi. Mirzo Shohruxning
Movarounnahrga kirib kelgan vaqtda Shayx Nuriddin ham Buxoro shahriga hujum
boshladi. Lekin u kutilmaganda Xudoydod Husayniy tomonidan mag‘lubiyatga
uchratildi
[12: 89].
Ushbu muvaffaqiyatdan ruhlangan Xudoydod Husayniy
Amirak Ahmad mirzo va Saydi Ahmad mirzolarni Hisorni zabt etishga yubordi.
Lekin ular Mirzo Shohrux lashkariga borib qo‘shildilar. Natijada, Mirzo
Shohruxga qarshilik qila olmasligini tushungan Xudoydod Husayniy o‘z mulki
bo‘lgan Farg‘onaga qaytib ketdi.
O‘zi bilan Xalil Sultonni Andijonga olib ketgan Xudoydod Husayniy
Mo‘g‘uliston xonlaridan yordam so‘raydi
[13: 58].
Mirzo Shohrux esa Laduniyo
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
207
tarxonni amir Hudoydod Husayniyga huzuriga jo‘natib, quyidagi so‘zlarni
yetkazadi: “Ilgariroq “siz uchun bir ish qilib qo‘ydim”,
–
deb arz qilgan eding, endi
biz o‘sha ishingdan minnatdormiz”, (deb bildirdi) va: agar u (Xudoydod Husayniy)
bizning sabot qadamimizni vafodorligu sofdillik yo‘lida deb tushungan bo‘lsa
hamda yiroqu yaqinga ko‘rsatayotgan tarbiyatimizu turku-tozikni qo‘llab-
quvvatlayotganimiz haqida eshitgan bo‘lsa, bizdan o‘zini tortishi uchun biror sabab
sodir bo‘lmay turib, nega bizga kelib qo‘shilmadi va bizdan yuz o‘girib yuribdi?”
[14: 131].
Mo‘g‘ullarning yordamga kelayotganidan dadillashgan amir Xudoydod
Husayniy Mirzo Shohruxdan Shayx Nuriddinni bandi etishni talab qilgan edi.
Chunki,
uning
Buxoro
yonidagi
mag‘lubiyat
uchun
qasos
olishidan
cho‘chayotgandi. Bunday talabni qabul qila olmagan Mirzo Shohrux
Movarounnahrning sharqiy chegaralari tomon yurishni davom ettiradi.
Xudoydod Husayniy Mirzo Shohrux qo‘shinining yurish yo‘nalishlari
bo‘ylab o‘z lashkarini joylashtiradi. Uning o‘zi Toshkentni, o‘g‘li Ollohdod
Shohruxiya qal’asini, yana bir o‘g‘li Abduholiq Xo‘jand yaqinidagi A’lo qal’asini
himoya qilishi kerak edi. Farg‘ona vodiysini zabt etish, amir Abduholiqqa qarshi
kurashish uchun Mirzo Amirak Ahmad boshchiligida qo‘shin jo‘natgan Mirzo
Shohrux O‘ratepaga kelib joylashadi. Mirzo Shohrux lashkari Shohruxiya va A’lo
qal’asini qamalga olgan vaqtda Toshkentga yetib kelgan
mo
‘
g
‘
ul shahzodasi
Sham’i Jahon Mirzo Shohrux bilan to
‘
qnashishni xohlamay Xudoydod Husayniyni
qatl etadi hamda o’z yurtiga qaytib ketadi. Natijada ko
‘
p o
‘
tmay Shohruxiya
qal’asi ham taslim bo
‘
lib,
Toshkent va Turkiston shaharlarida ham Mirzo Shohrux
hukmronligi o‘rnatiladi.
Bu vaqtda Andijon shahrida turgan Xalil Sulton dastlab A’lo qal’asiga yetib
keldi. A’lo qal’asini amir Shohmalik qamal qila boshlagach, amir Shayx Nuriddin
huzuriga ketgan Xalil Sulton oxir oqibat Mirzo Shohruxga taslim bo‘lishga majbur
bo‘ldi.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
208
Shu tariqa Movarounnahrda hokimiyat uzoq davom etgan o‘zaro
kurashlardan so‘ng Mirzo Shohrux qo‘liga o’tdi. Bu esa mamlakatda ma’lum
darajada tinchlik o‘rnatilishini ta’minladi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1.
Ibn Arabshoh. Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur: Temur tarixida taqdir
ajoyibotlari. /So‘z boshi, arab tilidan tarjima va izohlarni U. Uvatov tayyorlagan. 2
- kitob. –T.: Mehnat, 1992. – B. 21-22.
2.
Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma / So
‘
z boshi, tabdil, izohlar va
ko
‘
rsatkichlar mualliflari A. Ahmad va H. Bobobekov. –T. : Sharq, 1997. B. 262.
3.
Ibn Arabshoh. O‘sha asar. 2- kitob. – B. 22-25.
4.
Ibn Arabshoh. Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur: Temur tarixida taqdir
ajoyibotlari. /So’z boshi, arab tilidan tarjima va izohlarni U. Uvatov tayyorlagan. 1
- kitob. – T.: Mehnat, 1992. – B. 11.
5.
Abdurazzoq Samarqandiy.
Matla’ us-sa’dayn va majma’ ul-bahrayn / Fors –
tojik tilidan tarjima, kirish so’z va izohi lug’atlar tarix fanlar nomzodi A.
O’rinboevniki. – T. : Fan. 1969.
B. 124-125; Fasix Xavafi. Mudjmal-i Fasixi / Per.
predis., primech. i ukazateli D. Yu. Yusupovoy. – T. : Fan, 1980.
– С. 149
.
6.
Fayziev T. Temuriylar shajarasi – T.: Yozuvchi, Xazina, 1995. – 350 b.
7.
Xilьda Hukxem. Vlastitelь semi sozvezdey. / Per. s angl. G. Xidoyatova. –
T.:Adolat, 1995. – 320 c.
8.
Aka, İsmail. “Timur Sadece Bir Asker Mi İdi?”, Belleten, Sayı 240, Ankara,
2001, 64: 453-466.
9.
Ali Rıza Yağli. Timurlu Devleti Emirleri I- Barlas Boyu: Yadigar Barlas,
Tükel Barlas ve Hinduke Barlas // Türk Tarihi Araştırmaları Dergisi / Journal of
Turkish History Researches, Prof. Dr. Bahaeddin Ogel Sayısı Yıl/Vol. 4, Sayı/No.
1 Bahar/Spring 2019. s. 232-245.
10.
Subtelny Maria. Timurids in Transition. Turko-Persian Politics and
Acculturation in Medieval Iran. Brill Academic Pub. 2007. – 412 p.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
209
11.
Alan, Hayrunnisa. Sultan Ebu Said Devri Timurlu Tarihi (1451-1469),
Mimar Sinan Güzel Sanatlar Üniversitesi, Sosyal Bilimler Enstitüsü, Tarih Ana
Bilim Dalı, Ortaçağ Tarihi Bilim Dalı, Doktora Tezi, 1996. – 184 s.
12.
Hayrunnisa Alan. Bozkırdan Cennet Bahçesine Timurlular (1360-1506)
İstanbul, Ötüken Yayınları, 2016, - 340 s.
13.
Begimkulova, L. M. (2020). THE ROLE OF SHAIKH NURIDDIN AND
SHOKHMALIK IN THE POLITICAL PROCESSES THAT TOOK PLACE IN
THE FIRST DAYS AFTER THE DEATH OF AMIR TEMUR.
O’tmishga nazar
jurnali
,
11
(3).
14.
Begimqulova, L. (2020). STUDY OF THE POLITICAL PROCESSES IN
TRANSOXIANA IN 1405-1409 IN THE WORKS O
15.
Begimqulova, L. (2020). STUDY OF THE POLITICAL PROCESSES
THAT TOOK PLACE IN TRANSOXIANA IN 1405-1409 IN FRENCH
HISTORIOGRAPHY.
In
WORLD
SCIENCE:
PROBLEMS
AND
INNOVATIONS
(pp. 76-78). F ENGLISH HISTORIANS. In
INNOVATSIONNOE
RAZVITIE: POTENTSIAL NAUKI I SOVREMENNOGO OBRAZOVANIYa
(pp. 65-
67).
16.
Begimkulova, L. M. (2020). Amir Tumur vafotining dastlabki kunlaridagi
siyosiy jarayonlarda SHayx Nuriddin va SHohmaliklarning tutgan o’rni. Vzglyad v
Proshloe,
3
(11).
17.
Mashrabovna, B. L. (2022). Amir Temur vafotidan keyin Movarounnahrda
yuz bergan tarixiy voqiyalarga turkiyalik temurshunoslar qarashlari. Barqarorlik va
yetakchili tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali,
2
(10), 223-225.
18.
Mashrabovna, B. L. (2022). Relations Between the Children of the Temuri
Queens After the Death of Amir Temur.
International Journal of Formal
Education
,
1
(10), 127-133.
19.
Usmonov B. A. On the dates of the military clashes between sultan Ahmad
Mirza and Umarshaikh Mirza //Asian Journal of Multidimensional Research
(AJMR). – 2020. – Т. 9. – №. 5. – С. 397-404.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
210
20.
Bahriddin U. Ferghana in the period of Amir Timur's struggle for power
(1360-1370) //International Journal of Innovative Technology and Exploring
Engineering. – 2019. – Т. 9. – №. 1. – С. 3180-3187.
21.
Usmonov B. A. A Study of Political Processes in the Fergana Valley In
1371-1376 //Design Engineering. – 2021. – С. 6174-6187.
22.
Musaev A. THE FERGHANA VALLEY IN THE FIRST HALF OF THE
17TH CENTURY AS VIEWED BY RESEARCH HISTORIANS: https://doi.
org/10.47100/conferences. v1i1. 1234 //RESEARCH SUPPORT CENTER
CONFERENCES. – 2021. – №. 18.05.
23.
Abdurasulovich N. A. THE HISTORY OF THE SHEIBANID PERIOD OF
THE FERGANA VALLEY IN FOREIGN HISTORIOGRAPHY.
24.
Musayev A. B. Political processes in the Fergana valley at the turn of the
XVI-XVII centuries //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). –
2020. – Т. 9. – №. 11. – С. 16-21.
ЎЗБЕКИСТОНН ХУДУДИДА V-XV АСРЛАРДА МУСИҚА
САНЪАТИНИНГ ИЖТИМОИЙ-МАДАНИЙ ТАРАҚҚИЁТИДАГИ
НУРЛИ САҲИФАЛАРИ
Раҳмонов У.К.
ФарДУ Сиртқи бўлим ижтимоий-гуманитар фанлар
кафедраси ўқитувчиси, Ўрта махсус касб-ҳунар таълими аълочиси
Иброхимов Т.
ФарДУ Сиртқи бўлим, мусиқа таълими йўналиши
IV-босқич 19.67 гуруҳ талабаси
Аннотация. Ушбу мақола Ўзбекистон худудида V-XV асрларда яшаган
аждодларимизнинг мусиқа маданиятга қўшган хиссалари, уларнинг турмуш тарзларида
қўлланилган айтимлари, мусиқа чолғу асбобларини тутган ўрни, мусиқа санъатига хисса
қўшган созанда, бастакор ҳақида маълумотлар берилган.
Калит сўз ва иборалар: вокал,
савт,
ғинo,
амал,
муламмо, қ
авл
ва чолғу яъни,
равоқин,
пешрав.
Аннотация: В данной статье представлены сведения о вкладе наших предков,
живших на территории Узбекистана в V-XV вв., в музыкальную культуру, поговорках,
использовавшихся в их быту, роли музыкальных инструментов, музыкантов и
композиторов, внесших вклад в искусство музыка.
Ключевые слова и фразы: вокал, савт, гино, амаль, муламма, кавл и
инструментальный т.е., равокин, пешрав.