По источниковедению и историографии Кокандского ханства

Направления: История
Тип источника: Конференция
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
277-286
0
0
Поделиться
Каюмова F., & Тешабоева G. (2023). По источниковедению и историографии Кокандского ханства. Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 277–286. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16503
Ф Каюмова, Ферганский государственный университет

преподаватель кафедры истории Узбекистана

Г Тешабоева, Ферганский государственный университет

студентка 3 курса исторического факультета

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Данная статья создана для обобщения источников и исследований, проливающих свет на историю, социально-экономическую жизнь и культуру Коханского ханства. Статья написана позже в качестве подспорья для желающих заняться научной работой по этой теме, опираясь на важные труды и источники, созданные в результате посланных в ханства посольств и экспедиций.

Похожие статьи


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

277

17. Набиев Н.Р. Вакфное хозяйство Кокандского ханства. – Ташкент, 2010.

18. Плоских В.П. Очерки патриархально-феодальных отношений в Южной

Киргизии (50-70-годы XIX в.). – Фрунзе: Илм, 1968.

19. Плоских В.П. Киргизы и Кокандское ханство. – Фрунзе: Илм, 1977.

20. Солиев П. Ўзбекистон тарихи (XVI - XIX асрлар). – Самарқанд-

Тошкент, 1929.

21. Троицкая А.Л. Каталог архива кокандских ханов XIX в. – Москва:

Наука, 1968.

22. Халфин Н.А. Присоединение Средней Азии к России. – Москва: Наука,

1955.

23. Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии. – Москва: Наука, 1974.

24. Хасанов А.А. Народные движения в Киргизии в период Кокандского

ханства. – Москва: Наука, 1977.

25. Хуршут Э. «Мунтахаб ат-таваррих» как источник по истории Средней

Азии и сопредельных стран XVIII – XIX вв. // Общ. науки в Узбекистана

(ОНУ). 1984. № 7. – С. 41-45.

26. Хуршут Э. «Мунтахаб ат-таварих» и его источники // ОНУ. 1986. № 12.

С. 39-44.

27. Хуршут Э. Критика суеверий и духовенства в «Мунтахаб ат-таваррих»

// Адабий мерос. № 1. С. 46-52.

28. Қаюмов А.П. Қўқон адабий муҳити (XVII - XIX асрлар). – Тошкент:

Фан, 1961.

QO‘QON XONLIGIGA MANBASHUNOSLIGI VA

TARIXSHUNOSLIGIGA DOIR

Qayumova F.I.

FarDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi

fqayumova1983@gmail.com

Teshaboyeva G.B.

FarDU, Tarix fakulteti 3-kurs talabasi

komiljonovaguli379@gmail.com


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

278

Annotatsiya: Mazkur maqolada Qo‘qon xonligi tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy

hayotiga doir manbalar tadqiq etilgan. Shuningdek, xonliklarga jo‘natilgan elchilar, ularning
safar xotiralari, ekspeditsiyalar natijasida yaratilgan manbalar, xorijiy va mahalliy tadqiqotlar
o‘rganilgan va tahlil qilingan.

Kalit so‘z va iboralar: Qo‘qon xonligi, manba, ekspeditsiya, arxiv, “Muntaxab at

tavorix”, “Tarixi Shohruxiy”, “Ibrat al havoqin”, “Tarixi jahonnamoyi”, O‘zRFA

Аннотация: Данная статья создана для обобщения источников и исследований,

проливающих свет на историю, социально-экономическую жизнь и культуру Коханского
ханства. Статья написана позже в качестве подспорья для желающих заняться научной
работой по этой теме, опираясь на важные труды и источники, созданные в результате
посланных в ханства посольств и экспедиций.

Ключевые слова и фразы: Кокандское ханство, источник, экспедиция, архив,

«Мунтахаб у Таворих», «Тарихи Шахрухий», «Ибрат ал Хавокин», «Тарихи
джахоннамойи», УзРФА.

Annotation: This article was created to emdiv the sources and researches that shed

light on the history, socio-economic life, and culture of the Kokhan Khanate. The article was
written later as an assistant to those who want to do scientific work on this topic, relying on
important works and sources created as a result of embassies and expeditions sent to the
khanates.

Key words and phrases: Kokand khanate, source, expedition, archive, "Muntakhab at

Tavorikh", "Tarihi Shahruhiy", "Ibrat al Havoqin", "Tarihi jahonnamoyi", UzRFA.

Bugungi kunda tarixni o‘rganishda eng samarali usullardan biri bu o‘sha

davrga tegishli manbalarni tadqiq etishdir. Yoshlar onggida tarixni holisona

jonlantirish barcha tarixchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Prezident

Sh. Mirziyoyev tabiri bilan aytganda: “Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin,

bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech

qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza

bilishimiz kerak

[1].

Xonliklar davri tarixi o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega

bo‘lgan davr hisoblanadi. Ammo, bu davrni tadqiq etishga mustaqilligimizdan

avvalgi davrlarda yetarlicha e’tibor berilmadi, aksincha, oddiy xalq orasida

shunday biryoqlama qarash shakllandi-ki, xalq sovetlar tomonidan ilgari surilgan

g‘oya ya’ni, xonliklar davridagi hukmdorlarning “nodonligi”, o‘zaro

kelishmovchiliklari, qozilarning “ahloqsizliklari” haqidagi fikrlarga qo‘shila

boshladi. O‘zbekiston tarixining ajralmas qismi bo‘lgan bu davr tarixini tadqiq


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

279

etishga yetarli e’tibor qaratilmaganligi, bugungi kunda mazkur masalaning

dolzarbligi oshiradi.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng bu sohada sezilarli darajada o‘sish

kuzatildi. Ko‘plab tarixchilar tomonidan bu davr katta qiziqish bilan o‘rganildi.

Xususan, Z.A.Ilhomov “Aliquli amirlashkar va uning Qo‘qon xonligi siyosiy

hayotida tutgan o‘rni”, B.Ya.Tursunov “Qo‘qon xonligida harbiy ish va qo‘shin:

holati, boshqaruvi, an’analari”, Sh.Yu.Mahmudovlarning “Qo‘qon xonligining

ma’muriy boshqaruv tizimi” nomli tadqiqotlarida ushbu masala tadqiq qilinib, bir

qator ilmiy yangiliklar berilgan

[2: 4].

Bu kabi izlanishlarni misol tariqasida juda ko‘plab keltirishimiz mumkin.

Ammo xonliklar tarixiga oid faktlarni yanada chuqurroq tadqiq qilish uchun o‘sha

davr manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Qo‘qon xonligi tarixini

o‘rganishda manbalarni ikki guruhga bo‘lish ancha qulaylik tug‘diradi. Mahalliy

tarixchilar tomonidan yozilgan manbalar va xorijiy, jumladan, rus savdogar va

elchilarining yozgan estaliklari. Masalani tadqiq etishda mahalliy manbalarga

to‘xtalib o‘tsak. Ularning aynan shu davrda yashaganligi manbani qimmatlilik

darajasini oshiradi.

Qo‘qon xonligi tarixini yoritgan mahalliy manbalardan biri bu

“Muntaxab at

tavorix”

asari bo‘lib, asar Xo‘ja Muhammad Hakimxon To‘ra Ho‘qandiy

tomonidan yozilgan. Ushbu asarda Qo‘qon xonligiga tegishli qimmatli

ma’lumotlar uchraydi bunga sabab esa asar muallifining xon oilasiga qarindoshligi

hamda Hakimxon To‘raning otasi Ma’sumxon To‘ra Qo‘qon xonlari Olimxon va

Umarxon davrida xonlikning shayxulislomi hisoblanib, xonning eng yaqin

maslahatchilaridan biri bo‘lganligidir. Chunki, muallif saroydagi barcha

voqealardan habardor bo‘lishi, yig‘inlar va tantanalarda ishtirok etishi uchun katta

imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Bu jihatdan uning xonlik haqida keltirgan

ma’lumotlari anchagina haqiqatga yaqinligi bilan ahamiyatga egadir.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

280

Ushbu asarda Qo‘qon xonligining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti,

xonlikning chet el mamlakatlari bilan bo‘lgan aloqalari haqida qimmatli

ma’lumotlar uchraydi. Asar o‘zbek tilida 1843-yilda yozib tugatilgan

[4: 6].

“Muntaxab at tavorix” asari dastlab o‘zbek tilida yozilib, keyinchalik tojik

tiliga tarjima qilingan asardir. Muallif bu asarda o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan voqealarni

yoki ko‘rganlari aniq bo‘lgan kishilarning so‘zlarini kiritgan. Shu jihatidan ushbu

manba juda muhim manba safidan joy olgan. Asarda Qo‘qon xonligidan tashqari

Shayboniylar va Mang‘itlar haqidagi ayrim ma’lumotlar ham berilgan.

Qo‘qon xonligi tarixiga bag‘ishlangan yirik tarixiy asarlardan yana biri

Niyoz Muhammad Xo‘qandiyning “Tarixi Shohruxiy” asaridir. Muallif 1803-yilda

mullo Ashurmuhammad oilasida dunyoga kelgan. Avvaliga Xudoyorxon

qo‘shinida xizmat qilgan Niyoz Muhammad keyinchalik attorlik bilan

shug‘ullangan. Uning hayotini yaqindan o‘rgangan olimlarning yozuvchining

vafoti haqidagi bir qancha qarashlari mavjud. Masalan, qozog‘istonlik olim

T.K.Beysembiyev o‘z tadqiqotida Niyoz Muhammadni 1877-yilda vafot etgan

degan fikrni ilgari surgan. Ammo, bunga qarshi o‘laroq Sh.Vohidov 2006-yilda

Namangan shahridan sotib olgan qo‘lyozmalar asosida Niyoz Muhammadni 1889-

yilda ham tirik bo‘lgan degan fikrni o‘rtaga qo‘yadi

[5: 32].

Aynan Namangandagi

qo‘lyozmalar sabab Sh.Vohidov T.K.Beysembiyevning fikrini inkor etadi. Chunki,

tarixga oid yangi manbalarning topilishi ungacha bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib

yuboradi. “Tarixiy Shohruhiy” asari XVIII asrdan boshlab to XIX asrning 70-

yillariga qadar bo‘lgan Qo‘qon tarixini o’z ichiga oladi. Asarda Qo‘qon

xonlarining yurishlari, xonlikning Buxoro, Sharqiy Turkiston bilan barcha

sohadagi aloqalari katta qismini egallaydi.

“Tarixi Shohruxiy”

ning kirish qismidan

so‘ng Oltin beshik voqeasi ham yoritib o‘tiladi. Keyingi boblarda Olimxonning

taxtga o‘tirishi, uning O‘ratepa, Jizzah, Toshkentga uyushtirgan harbiy yurishlari,

Devona So‘fining Olimxonga qilgan suiqasdi va Olimxonning o‘limi haqidagi

qimmatli ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin. Asarning biz uchun ahamiyatli

bo‘lgan jihati shundaki, unda ko‘plab Qo‘qon xonlarining taxtga o‘tirishi bayoni


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

281

mavjud. Masalan, Umarxon davri haqida asarda quyidagi ma’lumotlar uchraydi:

“Umarxon ibni Norbo‘taxon saltanati davrida yuz bergan voqealar bayonidakim, u

nur sochib adl oftobi bilan mamlakat tunini shariat chirog‘i bilan yoritib, bid’at

zulmatining zulmini yo‘q qilgan va fitnasoz dahr va shu’badaboz osmon Farg‘ona

mulki sultonlari boshiga turli qiliq ko‘rsatayotgan kunlarda paydo bo‘ldi ”

[6:

121].

Ushbu asarning qiymati shundaki, Qo‘qon xonligida yuz bergan voqealar,

hukmdorlar shaxsiyati o‘sha davr hodisalarining bevosita ishtirokchisi va shohidi

bo‘lgan shaxs tomonidan yozilgan. Hozirgi kungacha asarning 12 ta qo‘lyozma

nusxasi Sankt-Peterburg, Qozon, Tashkent, Parij, Dushanbe kutubxonalarida

saqlanadi. O‘zbek tiliga esa 2014-yilda Sh.Vohidov tomonidan “Ibrat al havoqin”

nomi ostida tarjima qilingan

[2: 262].

Mahalliy manbalarni o‘rganish jarayonida mafkura nuqtai nazaridan xalq va

saroyda hizmat qilgan ayrim mualliflarning fikrlarida farqlar kuzatiladi. Ya’ni

saroy tarixchilarining hukmdorlarni maqtab, ularning siyosatini bo‘rttirib

ko‘rsatgani ularning kamchiliklaridan biridir. Zero, tarixni o‘rganishda tarixiylik

va ilmiylik bilan birgalikda holislik prinspiga ham amal qilmog‘imiz kerak.

Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganishda ahamiyati jihatidan muhim bo‘lgan

manbalardan yana biri bu – “Tarixi jahonnamoyi” asaridir. Uning sohibi kasbi

attorlik bo‘lgan Avaz Muhammad Attor Xo‘qandiydir. Ammo muallif saroy

tarixchisi bo‘lmagan hamda o‘z asarini 15 yil davomida yozib tugallagan. Ushbu

asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida Olamning yaralishidan tortib,

payg‘ambarlar, xalifalar va podshohlar tarixi bayon qilingan bo‘lsa, ikkinchi qismi

Bobur hukmronligidan boshlanib, so‘nggi boblari Qo‘qon xonligi tarixiga

bag‘ishlangan. Muallif 11 ta hukmdorni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini yozadi va

ulardan eng ko‘p tariflagani bu Olimxon davridir. U o‘z asarida nafaqat xonlar

haqida balki, Qo‘qon xonligining ichki va tashqi siyosati haqidagi ma’lumotlarni

ham keltirib o‘tadi. R.A.Arslonzodaning fikriga ko‘ra, muallif Farg‘onada ro‘y

bergan ko‘plab hodisalarning shohidi bo‘lgani sabab bu voqea tafsilotlarini saroy


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

282

muarrixlaridan ko‘ra ob’yektivroq tarzda bayon etadi

[3: 19-20].

Albatta, bir davr

tarixini yoritishga uni yozib qoldirishga harakat qilgan mualliflarning o‘sha davr

bilan hamohang va yaqin bo‘lishligi asarning ishonchliligini oshiradi.

Is’hoqxon Junaydullo o‘g‘li Ibrat tomonidan yozilgan “Tarixi Farg‘ona”

kitobi ham Qo‘qon xonligi tarixiga bag‘ishlangan asar hisoblanadi “Tarixi

Farg‘ona”da minglarning hokimiyatga kelishidan tortib, to xonlikni rus imperiyasi

tomonidan istilo qilinishigacha bo‘lgan katta davr voqealari o‘rin olgan. Har bir

Qo‘qon xonlari davrlari, harbiy yurishlar, ijtimoiy-siyosiy vaziyat, qo‘zg‘olonlar,

rus bosqini, uning oqibatlari va xonlikning eng katta shaharlari haqidagi

ma'lumotlar berilgan. “Tarixi Farg‘ona” biz uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan

tarixiy asardir. Asar 1991-yili Toshkentda “Meros” turkumida ham nashr etilgan

[4: 7].

Yuqoridagi kabi Qo‘qon tarixini yoritishga bag‘ishlangan asarlarning

aksariyat qismi o‘ziga xos uslubda yaratilgan. Sharq olamida, umuman musulmon

dunyosida har bir asar boshlanishi Olamning yaratilishi, payg‘ambarlar, xalifalar,

hukmdorlar va asar so‘nggida o‘zi yashagan davr tarixini bayon qilganlar.

Asarning kirish qismida Qur’oni Karim va hadislardan albatta foydalanilgan. Bu

o‘ziga xos uslub sanalib, unga Qo‘qon xonligi tarixiga doir manbalarda shunday

an’anaga amal qilinganligini ko‘rish mumkin. Xonlik tarixiga oid yana bir manba

Mulla Olim Maxdum Hojining “Tarixi Turkiston” asaridir. Ushbu asar sodda va

tushunarli tilda yozilgan. Unda xonlik tarixiga oid ma’lumotlar bilan birga

minglarning kelib chiqishiga oid habarlar ham yozilgan. Ya’ni unga ko‘ra

Oltinbeshik afsonasi haqida so‘z ketganda, Oltinbeshikdan Sulton Elik, undan

Xudoyor, Xudoyordan Muhammad Amin, undan Abulqosim, Abulqosimdan

Shohmastbiy, undan esa Shohruhbiy tug‘ilganligi, minglar sulolasining

Boburiylarga avlod ekanligi ko‘rsatilgan

[2: 7].

Asar 1992-yilda “Qarshi” nashriyotida lug‘at va izohlar bilan qayta nashrdan

chiqdi. Bu asar nafaqat Qo‘qon tarixiga oid balki Buxoro tarixiga ham tegishlidir.

Ya’ni asar 2 qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi Qo‘qonga ikkinchi qismi


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

283

Buxoroga bag‘ishlangan. Qo‘qon xonligiga oid qismida minglarning hokimiyatga

kelishidan to ruslarning xonlikni bosib olgunlariga qadar bo‘lgan voqealar o‘rin

olgan. Huddi shu davrlar oralig‘ini yoritgan yana bir asar mavjud bo‘lib, uning

muallifi Mirzaolim Mushrif haqida ma’lumotlar juda oz. Tug‘ilgan va vafot etgan

yillari noma’lum, ammo, Mallaxon va Xudoyorxon davrida yashaganligi haqida

farazlar mavjud (O‘zi yozgan ma’lumotlarni o‘rganilishi natijasida kelib chiqqan).

Mirzaolim Mushrifning Qo‘qon xonligi tarixiga atab yozgan “Ansob us salotin va

tavorix ul-xavoqin” ( “Sultonlar nasabi va xoqonlar tarixi” yoxud “Qo‘qon xonligi

tarixi”) asari ayni shu manbadir. Asarda Oltinbeshik voqeasi va Shohruhbiyning

hokimiyatga kelishidan boshlab, rus hukumatining bosqiniga qadar voqealar bayon

etilgan. Uning 3ta asl nusxasi bugungi kunda O‘zRFA Sharqshunoslik institutida

saqlanadi

[4: 8].

Qo‘qon xonligi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi tarixiy manbalarning ikkinchi

guruhi – bu rus elchilari va sayyohlarining safarnoma va estaliklaridir. Ular

tarixiylik jihatidan muhim manba sanaladi. Chunki, ular bevosita xonlikda bo‘lib,

o‘zlari ko‘rgan va guvoh bo‘lgan voqealarni bayon etadilar. Bu manbalarning

orginal tomoni yana shundan iboratki, sayyoh va elchilar xonlikning boshqaruv

tizimini, xo‘jalik hayotini va xalqning turmushi haqidagi ma’lumotlarni batafsil

yoritib berishga harakat qilganlar. Ayniqsa, aholi turmush tarzi, urf-odatlari,

kiyim-kechaklari, turar-joylari xususidagi to‘laqonli ma’lumotlar mahalliy

muarrixlarning asarlarida ham uchramaydigan ma’lumotlarning keltirilishi,

ularning qimmatlilik darajasini oshiradi.

Ammo rus mualliflari orasida V.V.Velyaminov-Zernovning ma’lumotlari

boshqalardan ajralib turadi. V.V.Velyaminov-Zernov 1830-1904 yillarda yashab

o‘tgan, rus tarixchisi va sharqshonos olimidir. U boshqa mualliflardan farqli

ravishda xonlikda shaxsan bo‘lmagan. U o‘zining Orenburgdagi xizmati davrida

Qo‘qondan borgan barcha elchi, savdogar, sayyohlardan xonlikka oid ko‘plab

ishonchli ma’lumotlarni o‘rgangan va uni bir aniq tizimga solgan shaxsdir.

Shuning uchun uning asari Qo‘qon xonligining turli qirralarini yoritib beruvchi


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

284

manba sifatida ahamiyatga molikdir

[3: 9].

Muallif Qo‘qon xonligi haqidagi

ma’lumotlarga 1860-yildan boshlab qiziqa boshlagan va umrining so‘nggiga qadar

Qo‘qon xonligi to‘g‘risida 322 ga yaqin ilmiy izlanishlarini nashr ettirgan.

Asarlarida eng ko‘p Muhammad Alidan boshlab Xudoyorxon zamoniga qadar

hukmronlik qilganlar haqida ma’lumotlar uchraydi

[7].

Qo‘qon xonligi tarixiga bag‘ishlangan yana bir rus manbasi bu Nikolay

Potaninning “Qo‘qon xonligi to‘g‘risida qaydlar” nomli to’plamidir. Asar muallifi

1829-1830 yillarda Qo‘qon xonligi hududida safarda bo‘lib, unga Peterburgdan

qaytib kelayotgan qo‘qonlik vakillarga hamrohlik qilish, ayni vaqtda safari

davomida ko‘rgan joylarini tasvirlsh va o‘zi tashrif buyurgan joylar haqida batafsil

ma’lumot to‘plash vazifasi ham yuklatilgan. Asar muallifi Semipalatinsk shahridan

boshlab, Chimkent, Toshkent, Xo‘jand, Qo‘qon shaharlariga tashrif buyurgan. O‘z

safari davomida to‘plagan axborotini “Qo‘qon xonligi to‘g‘risida qaydlar”

(“Записки о Кокандском ханстве”) nomi bilan yozib qoldirgan va u ilk bor

Rossiya “Harbiy jurnal”ida chop etilgan. N.Potaninning asarini qiymati shundan

iboratki, asaridagi O‘rta Osiyo hududlari ayniqsa, Qo‘qon xonligi bilan bog‘liq

etnografik va geografik ma’lumotlar boshqalarga nisbatan batafsil yoritilganligidir

[2: 330].

N.Potanin Qo‘qon xonligiga tegishli barcha sohalarda: sud tizimi, davlat

boshqaruvi, tangalari, qo‘shini va hokazolar haqida boy ma’lumotlar qoldirgan.

Asarda keltirilishicha: “… Harbiy xizmatga odam yig‘ilmaydi, ixtiyoriy tarzda

kiradilar. Tinchlik davrida ularning armiyasi shahar va qishloqlarda uyda yashaydi

va xizmat qilmaydigan fuqarolar kabi turli xil ishlar va hunarmandchilik bilan

shug‘ullanadi. Ularning armiyasi otliqlardan iborat, hech qanday tuzilmani

bilmaydi, lekin olamon ichida boradi va kiyimda ham, qurolda ham bir xillikka ega

emas… ”

[8].

Yuqorida keltirilgan fikrlarning tahlili asosida Qo‘qon xonligi harbiy

tizimi zamonaviy texnologiyalardan ortda qolganligini ko‘rishimiz mumkin.

Tan olish kerakki Qo‘qon xonligiga oid manbalarning sezilarli qismini rus

sayyohlari, elchilari va tarixchilarining yozgan asarlari tashkil qiladi. Elchilik


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

285

missiyalari natijasida yaratilgan ko‘plab hujjatlar bugungi kunda davlat arxivlarida

saqlanadi. Masalan: Filipp Nazarovning “Записки о некоторых народах и землях

средней части Азии Филиппа Назарова”, Maksimovning “Показание

Сибирского казака Максимова о Кокандском владении”, I.D. Gorchakovning

“Обозрение Кокандского ханстве в нынешним его состоянии” (1846-yil), A.G.

Serebrinnikovning “К истории Кокандского ханства” (1876-yil), N.

Pantusovning “О по датах и повинностях существовавщих в бывшем

Кокандском ханстве в последнее время правление Худояр-Хана” (1876-yili)

kabi asarlari ham Qo‘qon xonligi tarixiga oid manbalar hisoblanadi

[4: 8-9].

Bu

asarlarning qiymatlilik jihati shundaki, ular to‘plagan ma’lumotlar chuqur

o‘rganilgan va ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuning uchun ularning keltirgan

ma’lumotlari o‘sha davrda “Вестник русского общества”, “Известия русского

географического

общества”,

“Военный

сборник”,

“Туркестанские

ведомости”, “Туркестанский сборник” kabi vaqtli nashrlarda muntazam

ravishda berib borilgan.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ma’lum bir davrning tarixini o‘rganishning

eng samarali usuli bu – o‘sha davrga oid manbalarni tahlil qilishdir. Ammo,

yuqorida sanab o‘tilganidek, manbalarning ham turi va mafkurasi har xil bo‘lishi

mumkin. Bunda o‘rganuvchidan eng avvalo holislikni saqlab qolish talab qilinadi.

Zero, holislik tarixni o‘rganishdagi eng muhim omildir. Yuqorida keltirilgan

manbalar Qo‘qon xonligining ayrim qirralarini ochishga xizmat qiladi. O‘z davrida

Qo‘qon xonligi O‘rta Osiyo hududida o‘zining kuch-qudratiga, sarhadlariga va

mavqeyiga ega bo‘lgan yirik davlat edi. Bu davlat haqida juda ko‘plab ma’lumotlar

qayd qilingan bo‘lishiga qaramay, ular orasida ham haligacha yechimini topmagan

bir qancha masalalar mavjud. Bu esa tadqiq etilgan masalani izchil tahlil qilish va

tadiqi etishni taqazo etadi.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. Islom sivilizatsiyalar markazida so‘zlagan nutqi. – T.,

2018-yil 21-dekabr.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

286

2. Alimova D. Manbashunoslik. – Toshkent: Turon – Iqbol, 2019. – 429 bet.

3. Arslonzoda R.A “Qo‘qon xonligi manbashunosligi va tarixshunosligi:

Muammoli ma’ruza matnlari”. – Farg‘ona, 2010. – 55 bet.

4. Kuzikulov I. Qo‘qon xonligi tarixi (o‘quv uslubiy qo‘llanma). – Namangan:

Namangan nashr. 2014. – 86 bet.

5. Vohidov Sh. Qo‘qon xonligida tarixnavislik. – Toshkent: Akademnashr.

2007.

6. Xo‘qandiy N.M. “Ibrat ul havoqin” (Tarixi Shohruhiy). Tarjimon, izohlar

muallifi Sh.Vohidov. – Toshkent: Turonziyo. 2014.

7.

https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%92%D0%B5%D0%BB%D1%8C%D1%8

F%D0%BC%D0%B8%D0%BD%D0%BE%D0%B2-

%D0%97%D0%B5%D1%80%D0%BD%D0%BE%D0%B2,_%D0%92%D0%BB

%D0%B0%D0%B4%D0%B8%D0%BC%D0%B8%D1%80_%D0%92%D0%BB

%D0%B0%D0%B4%D0%B8%D0%BC%D0%B8%D1%80%D0%BE%D0%B2%

D0%B8%D1%87

(Velyaminov Zernov Vladimir Vladimirovich.) Ilmiy faoliyat.

[20.11.2022]

8.

https://www.vostlit.info/Texts/Dokumently/M.Asien/XIX/1820-

1840/Potanin_N_I/text1.htm

(Nikolay Potanin) Qo‘qon xonligi to‘g‘risida qaydlar.

ҚЎҚОН ХОНЛИГИНИНГ УСМОНИЙЛАР ДАВЛАТИ БИЛАН

ДИПЛОМАТИК МУНОСАБАТЛАРИ

Акбаров Қ.Ё.

Қўқон давлат педагогика институти

катта ўқитувчиси, т.ф.н

Annotatsiya: Ushbu maqolada qardosh Turkiya va Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi

diplomatik munosabatlar, Qo‘qon xonligi va Usmoniylar imperiyasi o‘rtasidagi elchilik
aloqalari yoritilgan.

Kalit so‘z va iboralar: Qo‘qon xonligi, Usmoniylar imperiyasi, Arab xalifaligi, Yevropa,

Mahmud II, Sulton Mahmud.

Аннотация: В данной статье освещаются отношения между братскими

народами Турции и Средней Азии, осуществляемые дипломатические отношения,
посольские отношения между Кокандским ханством и османами.

Ключевые слова и фразы: Кокандское ханство, османы, Арабский халифат,

Европа, Махмуд II, султан Махмуд.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Islom sivilizatsiyalar markazida so‘zlagan nutqi. – T., 2018-yil 21-dekabr

Alimova D. Manbashunoslik. – Toshkent: Turon – Iqbol, 2019. – 429 bet.

Arslonzoda R.A “Qo‘qon xonligi manbashunosligi va tarixshunosligi: Muammoli ma’ruza matnlari”. – Farg‘ona, 2010. – 55 bet.

Kuzikulov I. Qo‘qon xonligi tarixi (o‘quv uslubiy qo‘llanma). – Namangan: Namangan nashr. 2014. – 86 bet.

Vohidov Sh. Qo‘qon xonligida tarixnavislik. – Toshkent: Akademnashr. 2007.

Xo‘qandiy N.M. “Ibrat ul havoqin” (Tarixi Shohruhiy). Tarjimon, izohlar muallifi Sh.Vohidov. – Toshkent: Turonziyo. 2014.

https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%92%D0%B5%D0%BB%D1%8C%D1%8 F%D0%BC%D0%B8%D0%BD%D0%BE%D0%B2- %D0%97%D0%B5%D1%80%D0%BD%D0%BE%D0%B2,_%D0%92%D0%BB %D0%B0%D0%B4%D0%B8%D0%BC%D0%B8%D1%80_%D0%92%D0%BB %D0%B0%D0%B4%D0%B8%D0%BC%D0%B8%D1%80%D0%BE%D0%B2% D0%B8%D1%87 (Velyaminov Zernov Vladimir Vladimirovich.) Ilmiy faoliyat. [20.11.2022]

https://www.vostlit.info/Texts/Dokumently/M.Asien/XIX/1820- 1840/Potanin_N_I/text1.htm (Nikolay Potanin) Qo‘qon xonligi to‘g‘risida qaydlar.

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана