Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
350
10. Шерали Қолдошев, Қўқон, хонлиги ва Хитой (Чинг империяси)
ўртасидаги дипломатик муносабатлар, Тошкент, 2019. – Б. 81-84.
11. Adeeb Khalid, Central Asia, Prinston, «Princeton University Press», 2021, –
P. 62-64
12. Peter B. Golden, Central Asia in World History, New York, «Oxford», – P.
134
13. S.Frederick Starr, Ferghana Valley, New York, 2011, p. 32
14. Scott C. Levi, The rise and fall of Khoqand 1709–1876, Pittsburgh,
University of Pittsburgh Press, 2017. – P.41
XIVA XONLIGIDA XIX-XX ASRNING BIRINCHI CHORAGIGA QADAR
ARXIV ISHI VA UNING O‘RGANILISHI
Xusanov S.X.
FarDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu risolada Xiva xonligining amalda bo‘lgan ish yuritish tizimi va arxiv
ishi holati boshqaruv hujjatchiligi jarayonlariga bevosita ta’sir etuvchi XIX – ХХ аsr boshlarida
Xiva xonlida ish yuritish va arxiv ishi tizimi tadqiq etiladi.
Kalit so‘z va iboralar: Xiva xonligi, arxiv, ish yuritish tizimi, hujjat, amal va mansablar.
Аннотация: В данной статье проводится анализ внедрения делопроизводства
управлении государственные службы и архивные дело Хивы в XIX – начале ХХ веках
Стратегии действий, реформирование процессов управления в ханстве.
Ключевые слова и фразы: Хивинская ханства, Стратегия действий,
делопроизводства, архив.
Annotation: This article examines the system of office management of the Khiva Khanate
in the XIX-early XXcenturies. The questions of historiography and the problems of archival
affairs are also explained.
Key words and phrases: Khiva Khanate, Archive, Archival Business, Record Keeping
System.
Xiva xonligi arxivi va uning o‘rganilishi.
Xiva xonligi o‘zbek davlatchiligi
tarixida muhim o‘rin egallagan davlatlardan biri hisoblanadi. Xiva xonligining
siyosiy hayoti, uning ma’muriy boshqaruv tartibi, amalda bo‘lgan ish yuritish
tizimi va arxivlarning vazifalari muhim ilmiy tadqiqot ob’ekti bo‘la oladi. Маzkur
muammolar turli davrlarda olim va tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan.
Jumladan, N.Muravyov, M.Ivanin, L.Sobolev, L.Kostenko, A.Kun, N.Vselovskiy,
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
351
G.Danilevskiy, D.Gladishev, X.Vamberi, V.Velyamonov-Zernov
[1: 2].
Biroq
yo‘nalishda jumboqlar va muammolar ko‘p
[1: 3
]
.
O‘rta Osiyo mintaqasida mavjud bo‘lgan Qo‘qon va Xiva xonliklari va
Buxoro amirligida o‘ziga xos tarzda ish yuritish, hujjatchilik shu bilan birgalikda
arxiv tizimi xususida XX asrning birinchi choragiga qadar aniq ma’lumotlar yo‘q
edi. XX asrning 30-yillarida O‘rta Osiyo xonliklarida arxivlar bo‘lganligi o‘z
tasdig‘ini topdi. Bular Qo‘qon va Xiva xonlari, Buxoro amirligi Qo‘shbegi
arxivlari bo‘lib, ularda XVIII-XIX asrga oid hujjatlarning ma’lum qismi saqlanib
qolgan.
Ma’lumki, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishning uchinchi
bosqichi Xiva xonligiga yo‘naltirilgan edi. Dungan qo‘zg‘oloni Xinjanggacha
cho‘zilgan bir paytda Rossiya 1871 yili o‘z e’tiborini Kuljaga qaratishdan
to‘xtatib, balki Markaziy Osiyoning boshqa bir tomonida buysunmas geografik joy
hisoblangan Xiva xonligiga qaratdi. Yozma kelishuv rasman tan olingan bo‘lishiga
qaramasdan Britaniya Afg‘onistonga o‘z ta’sirini o‘tkazish (Badaxshon) va
Xuroson (Xorazm) ga tasir o‘tkazmaslikka kelishildi. Rossiya 1873 yili General
fon Kaufman boshchiligida Xiva xonligiga qarshi hujumini boshladi.
1873-yil 29-mayda ruslar Xiva xonligining poytaxti Xiva shahrini bosib
olgandan so‘ng, xon saroyini talan-taroj qildilar. Moddiy boyliklar bilan bir
qatorda qo‘lyozma asarlar va arxiv hujjatlari Turkiston general – gubernatori K.P.
Kaufmanning topshirig‘iga asosan sharqshunos olim Aleksandr Kun tomonidan
Toshkentga olib kelindi. Arxiv va qo‘lyozmalarning tarkibi va mazmunini o‘rganib
chiqqan Xiva ekspeditsiyasida bevosita qatnashgan A.L. Kun general-gubernatorga
hisobot taqdim etadi. Unda olim mazkur hujjatlarni ikki guruhga bo‘lgan edi
[2:
41].
Birinchi guruhga xonlikning daromadlari va xarajatlariga doir daftarlari
hamda bir qancha vaqf mulki hujjatlarini, ikkinchisiga xatlar, arizalar, shuningdek,
diplomatic yozishmalarni kiritgan. Umuman olganda, Xiva xoni saroyidan Sharq
qo‘lyozmalaridan iborat 300 ga yaqin kitob, 129 nomda 140 jild tarixiy asarlar, 20
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
352
nafar shoirlarning 30 jildli asarlari, 50 jildli 40 ta huquqiy-diniy asar, bundan
tashqari 18 ta Qur’on va 50 ta darslik kitoblari to‘planganini ma’lum qiladi. A.Kun
Xiva xonligi hujjatlari asosidagi dalolatnomasida quyidagicha fikr bildirgan. “Xon
saroyi musodara qilinganida, qo’lyozmalar bilan birgalikda hujjatlar ham to’plandi
[2: 63].
Bu hujjatlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: birinchi guruhga xonlikning
daromadlari va xarajatlariga doir daftarlar hamda bir qancha vaqf va mulk
hujjatlarini, ikkinchi guruhga xatlar va diplomatik yozishmalarni kiritish mumkin.
Daftarlar orasida pul soliqlariga doir yozuvlar (solg’ut), zakot daftarlari va
Matmurod devonbegining xon xarajatlari to
‘
g
‘
risidagi hisobotlari bor. So’ngra shu
hujjatlar orasida Buxoroda, G
‘
azalida, Istanbulda va boshqa joylarda savdo-sotiq
ishlari bilan yashab turgan Xivaliklarning Xonga yuborgan iltimosnomalari,
nizolarini hal qilib berish to
‘
g
‘
risida yozilgan imkoniyatnomalar, biror mansab
berish to
‘
g
‘
risidagi iltimosnomalar va shu kabilar bor. Diplomatik hujjatlar orasida
Ost- Indiya general gubernatorlari Narsbrukning xati, Turkiya sultonining xatlari
va farmonlari, rus elchisi podpolkovnik Danilevskiy bilan Xiva xoni o’rtasida
tuzilgan ahdnoma hamda Turkiston general gubernatori tomonidan xonga
yuborilgan bir nechta maktub mavjud”.
Ushbu noyob hujjatlarning bir qismi fon Kaufman tomonidan 1874-yil 28-
martda Peterburg Fanlar Akademiyasi Osiyo muzeyi (hozirgi Sankt-Peterburgdagi
Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti kutubxonasi)ga, qolgani esa
Peterburgdagi Imperator xalq kutubxonasi (Sankt-Peterburgdagi Rossiya Milliy
kutubxonasi)ga yuborilgan. Uzoq muddat hujjatlar ilmiy muomalaga kiritilmasdan,
tadqiqotchilar uchun noma’lum bo‘lib qolgan. Xiva xonlari arxivini birinchi bo‘lib,
1936-yili sharqshunos olim P.P.Ivanov tomonidan tasodifan topib olinishi va
o‘rganib chiqilishi tarix fani sohasida katta yutuq bo‘ldi. Mudomki, ushbu davrga
qadar o‘zbek xonliklari tarixi mahalliy tarixnavislar asarlari yoki yevropalik
sayyohlar esdaliklari asosida yoritilar edi. Xiva xonligi arxivi hujjatlari
mazmunining sharqshunos P.Ivanov tomonidan tadqiq etilishi Xiva xonligi tarixini
ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qildi. P.Ivanov Saltikov-Shchedrin nomli xalq
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
353
kutubxonasidan hujjatlar topib, Xiva tarixiga oid tadqiqotlarini doirasini
kengaytishga muvaffaq bo‘ladi. Xiva xonlari arxivi hujjatlarini tizimli o‘rganish
natijasida P.P. Ivanov “XIX asrdagi Xiva xonlari arxivi” asarini nashr etgan.
Biroq, olim arxivning Sharqshunoslik institutida saqlanib qolgan ikkinchi qismidan
bexabar edi. Keyinchalik, mazkur hujjatlar 1951-1956 yillar Sharqshunoslik
institutida katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan, 1953 yil “Xiva xonligida feodal
yer egaligi va davlat tuzilishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan
M. Yo‘ldoshev tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. M. Yo‘ldoshev mazkur
arxiv hujjatlari asosida Xiva xonligidagi yer egaligining qanday tarkib topganligi
va yerdan kimlar foydalanganligini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan hamda butun
mamlakatdagi yerlarning 9/10 katta yer egalari qo‘lida bo‘lganligini isbotlagan.
Olim haqiqiy hujjatlarga tayanib, tarix fanida birinchi marta XIX asrda Xivadagi
yer-suv munosabatlarni, keng xalq ommasining hayotini, Xiva qishloqlaridagi
murakkab ijtimoiy vaziyat va dehqonlar tabaqasi haqida to‘liq malumot beradi. M.
Yo‘ldoshev O‘rta Osiyo xonliklari xo‘jaligida chorikorlik, yerni ijaraga olib
ishlash shaklining keng tarqalmaganligi to‘g‘risidagi masalani yoritgan. Xiva
xonligida soliq va majburiy ishlar haqida, soliq mahkamalarining tuzilishi, soliq
to‘lovchilar toifalari va ularning miqdori hamda yig‘ilgan soliqlarning hajmi
to‘g‘risida aniq malumotlar keltirib o‘tilgan. Tadqiqotchi tomonidan o‘rganilgan
hujjatlar Xiva xonlari ma‘muriy tuzilishiga doir boy materiallarni ham o‘z ichiga
oladi. Shuningdek, saroy ayonlari, ma’mury, harbiy, sud va diniy mansablar
to
‘
g
‘
risida mukammal ro
‘
yxat keltiriladi hamda ularning mansab darajalari va
vazifalari aniq ko’rsatiladi.
Xiva xonligiga oid arxiv daftarlarining o
‘
qib chiqishning qiyinchiligi va bu
sohada tadqiqotchining qilgan katta ishini alohida ta’kidlab o
‘
tish kerak. Arxiv ilk
marta topilgan davlat hujjatlari to
‘
plami shaklida emas, balki tarqoq holda yotgan
tasodifiy
qog
‘
ozlar
yig‘ma jildidan
iborat
edi.
1962-yil O‘zbekiston
arxivshunoslari tashabbusi bilan Respublika hukumatining talabi asosida hozirgi
Sankt-Peterburgdagi Rossiya Milliy kutubxonasi (Leningraddagi) Saltikov-
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
354
Shchedrin nomidagi Davlat xalq kutubxonasidan 10 158 varaqda Xiva xonlari
hujjatlari yurtimizga keltirildi. Hozirda ushbu noyob arxiv hujjatlari O‘zbekiston
Respublikasi Milliy davlat arxivida saqlanmoqda.
Xiva xonlari arxivlarini chuqur o‘rgangan olim M.Yo‘ldoshev arxiv
daftarlari orasida saroy harajatlarini ko‘rsatuvchi juda ko‘p hujjatlar borligini
aniqladi. Hujjatlar xon xazinasi qanday sarflanganligini aniq qilib ko‘rsatadi. Bu
hol hujjatlarning ilmiy qimmatini oshirish bilan birga, ularni muhim tarixiy
manbaga aylantiradi. Mazkur arxiv hujjatlarining o‘rganilayotgan davrda tartib
bilan yozib borilishi, to‘planishi va saqlanishi ham O‘rta Osiyo xonliklaridagi
yuksak madaniyat va taraqqiyotdan dalolat beruvchi muhim omillardan biri
hisoblanadi. Daftarlardan Xiva xonligida taqdirlanish, mukofot tariqasida (orden,
yorliq va medallar yo‘qligi) pul, yer-suv, chorva yoki qimmatbaho buyumlar
berilganligini bilib olishimiz mumkin
[4
: 59]
.
Taqdirlash, turli jun mato va choponlar bilan mukofotlash usuli ham keng
tarqalganligini ko‘rishimiz mumkin. Ayrim hollarda mukofot tariqasida pichoqlar
ham berilgan. Xivada harbiy yurishlar vaqtida askarlarda davlat tomonidan tibbiy
yordam ko‘rsatilmas edi. Yaralangan askarlar o‘z hisobidan davolanishi kerak
bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Davlat Arxivi 125-raqam tarix fondi “Xiva
xonlari devonxonasi” va “Xiva xonlari arxivi” deb atalgan birinchi va ikkinchi
tavsiflari “Iqtisod” va “Qozi vasiqlari” bo‘limida, hamda 323-fond birinchi
tavsifida saqlanayotgan vaqfnomalarda Xiva madrasalari va ularning iqtisodiy
manbalari to‘g‘risida noyob hujjatlar mavjud.
“Xiva xonlari arxivi” fondida “Yasovulboshining vaqf masalalari bo‘yicha
xon saroyiga chaqirilishi” deb nomlangan hujjatlar jamg‘armasi saqlanadi. Mazkur
hujjatlarni tadqiq etilishi ikki jihati bilan muhim bo‘lib, birinchidan, sud-huquq,
fiqh tizimida yasovulboshi institutining tutgan o‘rni, uning funksiyalari haqida,
ikkinchidan, vaqf ma’muriyati faoliyatiga oid qimmatli ma’lumotlarni beradi.
Yasovulboshining davlat boshqaruvi va sud-huquq, mirshablik tizimida tutgan
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
355
o‘rni masalasi atroflicha o‘rganilgan bo‘lib, mazkur tadqiqotda asosiy e’tibor Xiva
xonligida vaqf ma’muriyatining amaliy faoliyatiga qaratiladi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1.
Historiography of the problem of record keeping and archival affairs of the
Khiva khanate in the XIX-early XX centuries. S.Xusanov.
2.
. Муравьёв Н.Н. Путешествие В Туркмению И Хиву В 1818-1820 Гг.
Гвардейского генерального штаба капитана Н. Муравьева посланного в сию
страну для переговоров. .1-2-. – Москва, 1822; Иванин М.И. Описание
зимнего похода в Хиву В 1839-1840 Гг. – Спб. 1874; Соболев Л. Обзор
доступов в Хивинское ханство и короткие сведения о нем. // Вс., 1873;
Костенко Л.Ф. Хива В 1873 Г. – Спб. 1874; Кун А.Л. Доходы Хивинского
ханства // Тв. 1873; Веселовский Н.И. Очерк историкогеографических
сведений о Хивинском ханств от древнейшего времени до настоящего. – Спб.
1875; Данилевский Г. Описание Хивинского ханства // Зрго, 1851; Гладышев
Д. Муравьин. Поездка из Орска в Хиву и обратно совершенная в 1740- 1741
Гг. Поручиком Оренбург. Драгуном. Полна Д. Гладышевым И Геодезистом
Муравьиным. – Спб,1851; Вамбери Х. Путешествие по Средней Азии. –
Москва. А. И. Мамонтов, 1867; Вельяминов. Зернов В.В. архивные монеты
Бухарские и Хивинские // Творао, 1889; Каульбарс А.В. Материалы для
разрешение вопроса о повороте Аму Дарьи В Каспийское море. – Тифлис,
1887; Шим А. Хива и хивинцы и покорение Хивы. Очерк. – Москва, 1914;
Желябужский Е. Очерки Завоевание Хивы. – Москва, 1875; Самойлович А.Н.
К изучению Хивы и Хивинского ханства, сост. Капитаном Ген Штаба
Гримфельдом, перераб. Генерал Майором Галкиным. Ч. 1-2-.-Ташкент, 1902-
1908;
3.
Йулдашев М.Й. XIX аср Хива давлат ҳужжатлари, ЎзССР ФА Т.1960.
Болтаев А. Хоразм тарихига оид ҳужжатлар // Қўлёзма. ЎЗРФАШИ. - №9320;
Хива ҳақида эсдаликлар // Қўлёзма ЎЗРФАШИ. - №11645;
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
356
4.
Вохидов Ш. Холиқова Р. Марказий Осиё давлатлари бошқарув
тарихидан. – Тошкент. Янги аср авлоди, 2006; яна қаранг. Вохидов Ш.
Сабурова Чс. Хива хонлигида унвон, мансаблар ва улар эгаларининг
вазифалари.
QO‘QON XONLIGINING YER-SUV MUNOSABATLARI TARIXIDAN
Mamurov M.M.
QDPI, Tarix kafedrasi katta o
‘
qituvchisi
m.mamurov-74@yandex.ru
Annotatsiya. Ushbu maqolada Qo‘qon xonligida amalga oshirilgan suv inshootlari qurilishining
ba’zi bir jihatlari tahlil etilib, XVIII- XIX asrlarda xonlik xududida barpo etilgan suv inshootlari, ulardan
foydalanish, dehqonchilik madaniyati, suvni taqsimlash va boshqarish huquqlari haqida so‘z boradi.
Qo‘qon xonlari Erdonabiy, Norbo‘tabiy, Olimxon, Umarxon, Muhammad Alixonlarning agrar
masalalarga oid chora-tadbirlari haqida so`z ketadi.
Kalit so‘z va iboralar:Qo‘qon xonligi, suv inshootlari, dehqonchilik madaniyati, suvni
taqsimlash, boshqarish huquqlari, kanal, ariq, Yangi ariq,Ulug‘nor.
Аннотация. В данной статье анализируются некоторые аспекты строительства
водных сооружений в Коканском ханстве, водные сооружения, построенные на территории
ханства в XVIII-XIX веках, их использование, культура земледелия, водораспределение и права
управления. И рассматривались вопросы правителей Кокандских ханов Ердонабий, Норбутабий,
Олимхан, Умархан, Мухаммад Алихану по аграрным вопросам.
Ключевые слова и фразы: Коканское ханство, водное хозяйство, культура земледелия,
водораспределение, право управления, канал,арик, Янги арик, Улугнор.
Annotation. ‘This article analyzes some aspects of the construction of water facilities in the
Kokan Khanate, water facilities built in the territory of the Khanate in the 18th and 19th centuries, their
use, farming culture, water distribution and management rights. The measures of Erdonabi, Norbotabi,
Olimkhan, Umarkhan, Muhammad Alikhan’s regarding agrarian issues are discussed.
Keywords and phrases: Kokand khanate, water facilities, farming culture, water distribution,
management rights, canal, ditch,Yangi ditch, Ulug‘nor.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi –
xalqimizga har tamonlama qulay sharoitlar yaratishdan iborat. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy
dasturning
eng
muhim
ustivor
yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan
Vazirlar