Создание правовой основы для укрепления международной гармонии и межрелигиозной толерантности в новом Узбекистане

CC BY f
585-593
9
3
Поделиться
Бекмирзаев, Р. (2023). Создание правовой основы для укрепления международной гармонии и межрелигиозной толерантности в новом Узбекистане. Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 585–593. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16544
Р Бекмирзаев, Ферганский государственный университет

Старший преподаватель кафедры истории Узбекистана

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье исследуются процессы, связанные с созданием правовой базы реформ по укреплению межнационального согласия и межконфессиональной толерантности в Узбекистане

Похожие статьи


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

585

3. http //ru.unesso.org. 2019 // Dunyo tillari.

4. Saifnazarov I., Obidov A. Dinlararo hamjihatlik–ijtimoiy barqarorlik omili. –

Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyot–matbaa uyi, 2019. – 244 b.

5. Otamurodov S. Globallashuv va milliy-ma’naviy xavfsizlik. –Toshkent:

O‘zbekiston, 2018. –B. 4-6.

6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. –

B. 12.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi

№723 sonli «Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash

bo‘yicha jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori //

Xalq so‘zi. №289 (4586) 2020-yil, 18-noyabr. – B.2-3.

YANGI O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIK VA

DINLARARO BAG‘RIKENGLIKNI MUSTAHKAMLASHNING

HUQUQIY ASOSLARINI YARATILISHI

Bekmirzayev R.B.

FarDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi

freedomsayts@mail.ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va dinlararo

bag‘rikenglikning mustahkamlash borasidagi islohotlarning huquqiy asoslarini yaratilishi bilan
bog‘liq bo‘lgan jarayonlar o‘rganib chiqilgan.

Kalit so‘z va iboralar: Millatlararo munosabatlar, millatlararo totuvlik, miliy-madaniy

markazlar, diniy bag‘rikenglik.

Аннотация: В данной статье исследуются процессы, связанные с созданием

правовой

базы

реформ

по

укреплению

межнационального

согласия

и

межконфессиональной толерантности в Узбекистане.

Ключевые слова и фразы: Межэтнические отношения, межнациональное согласие,

национально-культурные центры, межрелигиозная толерантность.

Annotation: This article examines the processes associated with the creation of a legal

framework for reforms to strengthen interethnic harmony and interfaith tolerance in Uzbekistan.

Key words and phrases: Interethnic relations, interethnic harmony, national cultural

centers, interreligious tolerance.

Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, ko‘p millatli davlatlar har doim o‘z

hududida istiqomat qilayotgan turli xalq va millatlarning hamjihatligidan bevosita


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

586

manfaatdor bo‘ladilar. Zero, bu ko‘p millatli davlatning barqaror rivojlanishining

ta’minlovchi muhim omillardan biri hisoblanadi.

Turli xalqlar va millatlarning umumiy, mushtarak maqsadlar hamda

g’oyalargina birlashtira olishi mumkin. Shuning uchun, bugun millatlararo

totuvlikni jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omil sifatida ilmiy asosda

o‘rganishga ehtiyoj juda kattadir. Bu esa millatidan qat’i nazar har bir O‘zbekiston

fuqarosining maqsad va manfaatlarini ifoda etadigan, hamjihatlikka hamda shu

Vatan kelajagi uchun xizmat qilishga undaydigan g’oya bo‘lib namoyon bo‘luvchi

masalalarni chuqur o‘rganishni talab etmoqda. Bugun har bir o‘zbekistonlik o‘zaro

hamjihatlik katta kuchga egaligini yaxshi biladi. Demak, bugun ana shu

millatlararo hamjixatlikni, totuvlikni ta’minlovchi muhim omillarni ilmiy asosda

o‘rganish, xulosa va amaliy takliflar ishlab chiqish so‘zsiz dolzarb ahamiyatga

egadir.

Mustaqillik yillarida barcha millat va elatlarning farovon hayotini

ta’minlash,

o‘zaro

hurmat-ehtirom,

tinchlik-totuvlik,

millatlararo

va

konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy

e’tiqodidan qat’iy nazar teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni

vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat,

istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistondagi davlat siyosatining

asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

Bugungi kunda mamlakatimizda faol “xalq diplomatiyasi” asosida xorijdagi

vatandoshlarimiz bilan muntazam va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish, xorijiy

davlatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash uchun

Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniyat markazlari,

O‘zbekiston bilan xorijiy davlatlar Doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar

jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 doʻstlik jamiyatlari muvaffaqiyatli faoliyat

yuritmoqda.

Milliy madaniy markazlar faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat

va notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonuniga asoslagan bo’lib, “nodavlat


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

587

notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy

manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va

ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni

qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali

maqsadlarda tuziladi.”

[1]

.

Milliy-madaniy markazlarning asosiy vazifalari uch yoʻnalishdan iborat:

1) Har bir millatning tili, madaniyati, urf-odat va anʼanalarini tiklash, tarixiy

vatani bilan aloqa va munosabatlarni tiklash, milliy tuygʻularning namoyon

boʻlishiga keng yoʻl ochish;

2) Mustaqil O‘zbekistonni o‘zining haqiqiy Vatani deb tan olish, unga

shukronalik va fidoyilik bilan xizmat qilish;

3) Vatan bilan birga yashash, uning madaniyati, tarixi va tilini o‘rganish,

mustaqil davlat nomi bilan atalgan millat bilan do‘stlik, hamkorlik va

hamjihatlikda yashash.

Bu uch yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tadbirlar zamonaviylashgan

ijtimoiy hayot va millatlararo munosabatlarni rivojlantirish talablariga javob

beradi. Milliy-madaniy markazlarga tajribali, taniqli olimlar, ziyolilar, san’atkorlar

kela boshladi, ular qoshida kasbiy va havaskor badiiy uyushmalar tuzila boshlandi.

Xususan, rus, koreys, qrim-tatar, turk, qozoq, nemis, tojik, uyg‘ur guruhlari

faoliyati samarali bo‘lmoqda. Bunday markazlarda har bir millatning tili va

adabiyoti kurslari ochila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

va qonunlarida O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari, millati, tili va

dinidan qat’i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekani, ularga o‘z milliy

madaniyati, an’analari va an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish uchun

barcha imkoniyatlar yaratilgani belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekistonda yashovchi barcha millatlarning madaniy markazlarini tashkil

etish g‘oyasi shaxsan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan. Bu ish 1989-yilda boshlanib, 1992-yilda

millatlararo madaniyat markaziga aylantirildi.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

588

Bugungi kunda milliy-madaniy markazlar o’z faoliyatlarida O‘zbekistonda

istiqomat qilayotgan milliy guruhlarning madaniy ehtiyojlarini o‘rganib, davlat

organlari va jamoat tashkilotlariga milliy ehtiyojlarni qondirishga va madaniyat

markazlarga uslubiy yordam ko‘rsatish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va

nazorat qilish, respublikada yashovchi xalqlar va milliy guruhlarning milliy

an’analari, urf-odatlari va urf-odatlari, madaniyati va ma’naviy qadriyatlarini

tiklash va rivojlantirishga, yaqin va uzoq xorijda milliy va xalqaro madaniy

tadbirlarni o‘tkazishga ko‘maklashish, markazlar bilan aloqa va hamkorlikni yo‘lga

qo‘yish va rivojlantirish, millat va elatlarni baynalmilal ruhda birlashtirish,

millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishga ko‘maklashmoqda

[2: 180]

.

Bugun O’zbekistonda millatlararo munosabatlar sohasida yaxlit, chuqur

o‘ylangan siyosat va uni amalga oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar

hayotga tatbiq etilib, millatlararo va dinlararo totuvlikni qo‘llab-quvvatlashga

e’tibor qaratilmoqda. Bu mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni va dinlararo

totuvlikni

rivojlantirishning

yangicha

bosqichi

boshlaganiga

ishoradir.

Mamlakatimizda so’ngi besh yil ichida millatlararo munosabatlar va din sohasida

50 dan ortiq qonun hujjatlari va 40 ga yaqin qarorlar qabul qilindi. Bu islohot va

o‘zgarishlarning negizida konstitutsion huquq va kafolatlar yotganini alohida qayd

etish lozim. Shundan kelib chiqib, bu borada quyidagi dalillarni keltirib o‘tish

zarur.

Jumladan, mazkur sohada O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining

asosiy tamoyillari sirasiga fuqarolarning teng huquqliligi, ijtimoiy adolat, qonun

ustuvorligi, millat va elatlarning madaniy, til va diniy qadriyatlari, an’ana va urf-

odatlarini o‘zaro hurmat qilish kiradi. O‘zbekiston Respublikasining millatlararo

va konfessiyalararo totuvlikni o‘rnatish siyosati Inson huquqlari umumjahon

deklaratsiyasi va boshqa xalqaro huquqiy-me’yoriy hujjatlarga to‘la mos keladi.

Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash O‘zbekistonning

zamonaviy davlat sifatida rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi.

Mamlakatimizda

2017–2021-yillarda

O‘zbekiston

Respublikasini


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

589

rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga

[3]

muvofiq, mazkur sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2017–2021-

yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha

Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va unda ko‘zlangan vazifalarning

izchillik bilan amalga oshirilishi, biz yashayotgan bugungi yangi davrning o‘zi

davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat atrofida

xavfsizlik, barqarorlik, yaqin qo‘shnichilik muhitini yaratishni taqozo etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil

19-maydagi «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik

aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni

[4]

jamiyatda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlash, fuqarolar ongida ko‘p

millatli yagona oilaga mansublik tuyg‘usini mustahkamlash, milliy madaniy

markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va

yanada rivojlantirishga qaratilgan o’zgarishlarning muhim huquqiy asoslaridan

biridir. Respublika Baynalmilal madaniyat markazi hamda O‘zbekiston xorijiy

mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi

negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo

munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining tashkil

etilishi bu boradagi ustuvor vazifalarni bugungi talablar darajasida amalga

oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

2019-yil

15-noyabrdagi

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

“Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati

konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi

PF-5876-sonli

farmonning imzolanishi bu

yo’ldagi katta qadamlardan biridir. Farmonga ko‘ra, quyidagilar millatlararo

munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy

yo‘nalishlari etib belgilandi:

- millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini

yanada rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini

amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

590

etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan,

ommaviy

axborot

vositalari

bilan

o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini

takomillashtirish;

- millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini

yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat

vakillarining tili, madaniyati, an'analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish

sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish

uchun qo‘shimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;

- jamiyatda ko‘p millatli katta oila his-tuyg‘usini, respublikamizda

yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni yanada

mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash,

fuqarolarning teng huquqliligini ta'minlash, ularning konstitutsiyaviy huquq va

erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

- millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan

tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya

qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan do‘stona

aloqalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va xorijdagi o‘zbek

diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, O‘zbekistonning jahon maydonidagi

obro‘-e’tibori va imijini oshirish;

- O‘zbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi

ustuvor maqsadlarni, ilg‘or xorijiy tajribani e'tiborga olgan holda millatlararo

munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

[5]

.

Shuningdek ushbu farmonda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo

munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tuzilmasida

ilmiy-amaliy tadqiqotlar, metodika va ekspertiza bo‘limi o‘rniga yuridik shaxs

tuzmasdan, shtatdagi xodimlar soni 4 nafardan iborat Millatlararo munosabatlar

bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifga

rozilik berildi. Quyidagilar tashkil etilayotgan Markazning asosiy vazifalari etib

belgilandi:


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

591

- millatlararo munosabatlar sohasida tizimli asosda ilmiy, shu jumladan,

ijtimoiy tadqiqotlar, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi jarayonlar rivojining

monitoringini olib borish;

- millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy maqolalar, kitoblar, ilmiy-

tadqiqot materiallari, axborot-tahliliy sharhlar tayyorlash va e’lon qilish;

- yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida

millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar,

anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlari, ma'ruzalar va boshqa tadbirlarni tashkil

etish va o‘tkazish;

- millatlararo munosabatlar sohasidagi muammolarni o‘rganish va ularni hal

etishda xorijiy tajribani tahlil qilish hamda O‘zbekiston sharoitida ana shu

tajribadan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

- millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda millatchilik oqibatida

yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroli vaziyatlar va ixtiloflarning barvaqt oldini

olish va ularni profilaktika qilish, shuningdek, mazkur sohadagi xavfsizlikka

tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar

tayyorlash

[5]

.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va

diniy bag‘rikenglik sohasida ijobiy va o‘zaro hurmatga asoslangan muhitni

mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida millatlararo va

dinlararo munosabatlarning yangi modeli yaratildi. Ushbu model turli millat va din

vakillari o‘rtasidagi millatlararo va dinlararo muloqot, konstruktiv yondashuv va

barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslanadi. Shu ma’noda, so‘nggi

yillarda O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va din sohasida amalga

oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatda ushbu sohalarda yangicha

yondashuv va strategik maqsadni birlashtirgan tizim shakllanishiga xizmat

qilmoqda.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

592

1. “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining

qonuni. 1999-yil 14-aprel,763-I-son//

https://lex.uz/acts/11360

2. Musayev O. O’zbekistonda millatlararo munosabatlarning rivojlanishi. –

Toshkent: Istiqlol nuri, 2016 - B.232

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi

farmoni //

www.gov.uz

4.

Ўзбекистон

Республикаси

Президентининг

“Миллатлараро

муносабатлар ва хорижий мамлакатлар билан дўстлик алоқаларини янада

такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”, 19.05.2017 йилдаги ПФ-

5046-сонли Фармони https://lex.uz/docs/3210345

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar sohasida

O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi

15.11.2019 yil PF-5876-sonli Farmoni //

https://lex.uz/docs/-4597662

6. Bekmirzayev, R. B. (2022). Socio-Economic Causes Of Ethnic Conflicts In

The Ferghana Valley. American Journal Of Social Sciences And Humanity

Research, 2(06), 135-138.

7. Bekmirzaev, R. B. (2022). Historical And Political Problems Of The

Ferghana Valley. Asian Journal Of Multidimensional Research, 11(6), 104-106.

8. Bekmirzaev, R. B. (2021). Factors affecting nation-building relationships in

Fergana Valley.

Asian Journal of Multidimensional Research

,

10

(11), 122-125.

9. Bekmirzaev, R. B. (2021). Traces Of Archaic Religions In The Modern Way

Of Life Of The Peoples Of The Ferghana Valley.

The American Journal of Social

Science and Education Innovations

,

3

(11), 41-46.

10. Bekmirzaev, R. B. (2022). Interpretation of inter-ethnic relations in the

Ferghana Valley from political aspects.

The Peerian Journal

,

12

, 31-34.

11. Begalievich, B. R. (2022). Inter-ethnic conflicts in the south of the Kyrgyz

Republic.

Eurasian Research Bulletin

,

14

, 51-56.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

593

12. Bekmirzayev, R. B. (2022). Inter-ethnic relations and social problems in

Ferghana Valley. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 11, 34-40.

13. Usmonov B. Inclusion Of The Fergana Valley Into The State Of Amir

Timur. History Research Journal.

Vol-5-Issue-5-September-October-2019 – P.

1154-1158.

14.

Musayev A. B. Political processes in the Fergana valley at the turn of the

XVI-XVII centuries //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). –

2020. – Т. 9. – №. 11. – С. 16-21.

15. Musaev A. THE FERGHANA VALLEY IN THE FIRST HALF OF THE

17TH CENTURY AS VIEWED BY RESEARCH HISTORIANS: https://doi.

org/10.47100/conferences. v1i1. 1234 //RESEARCH SUPPORT CENTER

CONFERENCES. – 2021. – №. 18.05.

FARG‘ONA VILOYATI SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDAGI

ISLOHOTLAR (1996–2015-yillar)

Ruziyeva O.S.

FarDU, tarix fakulteti II bosqich magistranti.

odinaxon614@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida

amalga oshirilib kelingan islohotlar. Shuningdek Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash tizimida
1996-2015 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar, ularning aholi salomatligini tiklashdagi
samarali natijalari haqidagi ma’lumotlar taxlil etilgan.

Kalit so‘z va iboralar: Sog‘liqni saqlash, tez tibbiy yordam, qishloq vrachlik punktlari,

reanimatsiya, jarrohlik, kol’poskopiya, gastroenterolog, endokrinolog, nevropatolog,
stomatolog.

Аннотация: В данной статье проведены реформы в системе здравоохранения

Республики Узбекистан. Также проанализирована информация о работах, проведенных в
системе здравоохранения Ферганской области за 1996-2015 годы и их эффективные
результаты по восстановлению здоровья населения.

Ключевые слова и фразы: Здравоохранение, скорая медицинская помощь, сельские

врачебные пункты, реанимация, хирургия, кольпоскопия, гастроэнтеролог, эндокринолог,
невропатолог, стоматолог.

Annotation: In this article, the reforms implemented in the health care system of the

Republic of Uzbekistan. Also, the information about the work carried out in the health care
system of Fergana region during 1996-2015 and their effective results in restoring the health of
the population was analyzed.

Библиографические ссылки

“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni. 1999-yil 14-aprel,763-I-son// https://lex.uz/acts/11360

Musayev O. O’zbekistonda millatlararo munosabatlarning rivojlanishi. – Toshkent: Istiqlol nuri, 2016 - B.232

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni // www.gov.uz

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Миллатлараро муносабатлар ва хорижий мамлакатлар билан дўстлик алоқаларини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”, 19.05.2017 йилдаги ПФ5046-сонли Фармони https://lex.uz/docs/3210345

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 15.11.2019 yil PF-5876-sonli Farmoni // https://lex.uz/docs/-4597662

Bekmirzayev, R. B. (2022). Socio-Economic Causes Of Ethnic Conflicts In The Ferghana Valley. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 2(06), 135-138.

Bekmirzaev, R. B. (2022). Historical And Political Problems Of The Ferghana Valley. Asian Journal Of Multidimensional Research, 11(6), 104-106.

Bekmirzaev, R. B. (2021). Factors affecting nation-building relationships in Fergana Valley. Asian Journal of Multidimensional Research , 10 (11), 122-125.

Bekmirzaev, R. B. (2021). Traces Of Archaic Religions In The Modern Way Of Life Of The Peoples Of The Ferghana Valley. The American Journal of Social Science and Education Innovations , 3 (11), 41-46.

Bekmirzaev, R. B. (2022). Interpretation of inter-ethnic relations in the Ferghana Valley from political aspects. The Peerian Journal, 12, 31-34.

Begalievich, B. R. (2022). Inter-ethnic conflicts in the south of the Kyrgyz Republic. Eurasian Research Bulletin, 14, 51-56.

Bekmirzayev, R. B. (2022). Inter-ethnic relations and social problems in Ferghana Valley. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 11, 34-40.

Usmonov B. Inclusion Of The Fergana Valley Into The State Of Amir Timur. History Research Journal. Vol-5-Issue-5-September October-2019 – P. 1154-1158.

Musayev A. B. Political processes in the Fergana valley at the turn of the XVI-XVII centuries //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). – 2020. – Т. 9. – №. 11. – С. 16-21.

Musaev A. THE FERGHANA VALLEY IN THE FIRST HALF OF THE 17TH CENTURY AS VIEWED BY RESEARCH HISTORIANS: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1234 //RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES. – 2021. – №. 18.05.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов