Реформы в системе здравоохранения Ферганской области (1996-2015 ГГ.)

CC BY f
593-598
6
0
Поделиться
Рузиева, О. (2023). Реформы в системе здравоохранения Ферганской области (1996-2015 ГГ.). Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 593–598. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16545
О Рузиева, Ферганский государственный университет

аспирант 2 ступени исторического факультета

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье проведены реформы в системе здравоохранения Республики Узбекистан. Также проанализирована информация о работах, проведенных в системе здравоохранения Ферганской области за 1996-2015 годы и их эффективные результаты по восстановлению здоровья населения.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

593

12. Bekmirzayev, R. B. (2022). Inter-ethnic relations and social problems in

Ferghana Valley. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 11, 34-40.

13. Usmonov B. Inclusion Of The Fergana Valley Into The State Of Amir

Timur. History Research Journal.

Vol-5-Issue-5-September-October-2019 – P.

1154-1158.

14.

Musayev A. B. Political processes in the Fergana valley at the turn of the

XVI-XVII centuries //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). –

2020. – Т. 9. – №. 11. – С. 16-21.

15. Musaev A. THE FERGHANA VALLEY IN THE FIRST HALF OF THE

17TH CENTURY AS VIEWED BY RESEARCH HISTORIANS: https://doi.

org/10.47100/conferences. v1i1. 1234 //RESEARCH SUPPORT CENTER

CONFERENCES. – 2021. – №. 18.05.

FARG‘ONA VILOYATI SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDAGI

ISLOHOTLAR (1996–2015-yillar)

Ruziyeva O.S.

FarDU, tarix fakulteti II bosqich magistranti.

odinaxon614@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida

amalga oshirilib kelingan islohotlar. Shuningdek Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash tizimida
1996-2015 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar, ularning aholi salomatligini tiklashdagi
samarali natijalari haqidagi ma’lumotlar taxlil etilgan.

Kalit so‘z va iboralar: Sog‘liqni saqlash, tez tibbiy yordam, qishloq vrachlik punktlari,

reanimatsiya, jarrohlik, kol’poskopiya, gastroenterolog, endokrinolog, nevropatolog,
stomatolog.

Аннотация: В данной статье проведены реформы в системе здравоохранения

Республики Узбекистан. Также проанализирована информация о работах, проведенных в
системе здравоохранения Ферганской области за 1996-2015 годы и их эффективные
результаты по восстановлению здоровья населения.

Ключевые слова и фразы: Здравоохранение, скорая медицинская помощь, сельские

врачебные пункты, реанимация, хирургия, кольпоскопия, гастроэнтеролог, эндокринолог,
невропатолог, стоматолог.

Annotation: In this article, the reforms implemented in the health care system of the

Republic of Uzbekistan. Also, the information about the work carried out in the health care
system of Fergana region during 1996-2015 and their effective results in restoring the health of
the population was analyzed.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

594

Key words and phrases: Health care, emergency medical care, rural medical centers,

resuscitation, surgery, colposcopy, gastroenterologist, endocrinologist, neuropathologist,
dentist.

Tibbiyot tizimidagi islohotlar Yangi O‘zbekiston siyosatining ustuvor

yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki bugungi kunda har qaysi xalq, davlat va

jamiyatning rivojlanish omili inson, uning sog‘lig‘i va turmush darajasiga

berayotgan e’tibori, shu yo‘ldagi say-harakati bilan o‘lchanishi barchamizga ayon.

Bugungi kunda aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlar

nechog‘liq muhum va dolzarb ekanligini amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi

o‘laroq ko‘rishimiz mumkin. Zero “....Dunyoda sog‘liqni saqlash tizimida yuksak

samaradorlikka erishgan, aholini o‘rtacha umr ko‘rish darajasi yuqori bo‘lgan eng

ilg‘or mamlakatlar qatorida joy olish strategik vazifamizdir”.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng respublikamizda siyosiy, iqtisodiy va

madaniy hayotning hamma sohalarida tiklanish davri boshlandi. Tibbiyot sohasida

ham yangi davrga qadam qo‘yildi. Xususan, sog‘liqni saqlash ishini tubdan

yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlar amalga oshirila boshlandi. 1996-yil

26-avgustda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi

Qonuning qabul qilinish sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilashga qaratilgan

dastlabki qadam bo‘ldi. Ushbu hujjatda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan quyidagi

uchta muhim masala qonunlashtirilgan edi:

1) fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashga doir huquqlarning davlat tamonidan

kafolatlanishini ta’min etish;

2) fuqarolar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;

3) mamlakatdagi barcha davlat va jamoat tashkilotlarining fuqarolar

sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan belgilab qo‘yish.

Shuningdek ushbu qonunda fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy

qoidalari belgilandi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:

1) sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi;

2) aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo‘la olishi;

3) profilaktika chora tadbirlarining ustuvorligi;


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

595

4) sog‘lig‘ini yo‘qotgan fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi;

5) tibbiy fanlarning amaliyot bilan birligi «Qonunda» O‘zbekiston

Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tuzilib vakolatlari ham belgilandi.

Bundan

tashqari,

“Qonun” aholini sanitariya-epidemiologiya jihatidan

xavotirsizligini ta’min etishni ham aniqlab qo‘ydi. “Qonun”da har bir bemor

kishining sog‘liqni saqlash sohasidagi huquq va imtiyozlari ham ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston mustaqillikga erishganidan so‘ng tibbiyot sohasida amalga

oshirilgan ikkinchi muhim tadbir sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish bo‘ldi. Bu

haqda mamlakat prezidentining maxsus farmon loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu

farmonga muvofiq sog‘liqni saqlash tizimida xizmat qiluvchi mutaxassislar,

olimlar, huquqshunoslar va bu ishga mutasaddi tashkilotlar O‘zbekiston

Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish dasturini ishlab chiqdilar. Bu

dastur Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining kollegiyasida va O‘zbekiston

Vazirlar Mahkamasida muhokama qilinib, sog‘liqni saqlash tizimini isloh

qilishning asosiy dasturi sifatida tavsiya etilganidan so‘ng 1998-yil 10-noyabrda

prezidentning farmoni bilan tasdiqlandi. Dasturda 1998-2005 yillarda sog‘liqni

saqlash tizimini isloh qilishning quyidagi konsepsiyasi belgilandi: bepul tibbiy

yordam ko‘rsatadigan va budjetdan moliyalanishi lozim bo‘lgan davolash-

profilaktika muassasalarining ro‘yxatini tuzish, qishloq vrachlik punktlarining

tarmog‘ini rivojlantirish, yuksak tajribali, shifokor kadrlar va o‘rta tibbiy hodimlar

tayyorlash, shu maqsadda tibbiy bilim yurtlarini kasb-hunar kollejlariga

aylantirish.

1998-2005 yillar davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi

va uning joylardagi filiallari yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini

ta’minlash maqsadida 1999-2000-o‘quv yilidan boshlab, tibbiyot oliy o‘quv

yurtlarining davolash fakultetlari huzurida o‘rta tibbiy ma’lumot negizida o‘qitish

muddati 3 yil bo‘lgan oliy malakali tibbiyot hamshiralari

(reanimatologlar,

anestezistlar, jarrohlik hamshiralari, tug‘uruqxona akusherkalari va boshqalar)

ni

tayyorlash bo‘limlari tashkil etildi. Shuningdek belgilangan dastur asosida


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

596

sog’liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish maqsadida xalqaro tashkilotlar,

xorijiy sarmoyadorlar, jamg‘armalar jamoat tashkilotlarining mablag‘larini

sog‘liqni saqlash tizimiga jalb etish uchun shart-sharoit yaratildi.

Mamlakat prezidentining 2009-yil 21-mayda qabul qilgan “Tez tibbiy

yordam ko‘rsatish tizimi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida

Farg‘ona viloyatida bir qator ishlar amalga oshirildi. Eng muhimi, shoshilinch

tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnik bazasi, tizimning transport

parki mustahkamlandi. Tez tibbiy yordam mutaxassislarini malakasini oshirishga

doir chora tadbirlar amalga oshirildi, bu esa koplab insonlar hayotini saqlab qolish

imkonini berdi.

Markaz eng so‘nggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanganini,

davolash-tashxis bo’limlari misolida ham ko’rish mumkin. Hozirgi kungacha

filialda reanimatsiya, jarrohlik, terapiya, pediatriya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha

bemorlar zamonaviy uslublarda davolanamoqdalar.

Undan tashqari Quvasoy shahrining Arsif mahalla fuqarolar yig‘iniga

qarashli hududda 2010-yilda barpo etilgan qishloq vrachlik punkti Salomatlik-1,

Salomatlik-2 loyihalari asosida zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan to‘liq

jihozlandi va bu yerda tashxis qo‘yish, davolash uchun sharoitlar yaratildi. Muolaja

xonasi, tahlilxona, kunduzgi shifoxona, UZI tekshiruvlari, fizioterapiya, dorixona,

fitobar xizmatlari yo‘lga qo’yildi. Qishloq vrachlik punkti Arsif, Qalacha va

Yangiobod qishloqlaridagi 8 ming 166 nafar aholiga malakali tibbiy xizmat

ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Muassasada ikkita umumiy amaliyot shifokori, 21

tibbiyot hamshirasi xizmat qilmoqda. Asosiy e’tibor kasalliklarni erta aniqlash va

oldini olishga qaratildi.

Shuningdek 2011-yil 28-noyabrdagi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni

yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident Qarorida

belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, tibbiyotning zamonaviy

yutuqlari va davolashning ilg‘or usullari amaliyotda joriy etildi.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

597

2013-yilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona

viloyati filiali rekonstruksiya qilinib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Filial

155 turdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan taminlandi. 355 o‘ringa

mo‘ljallangan muassasada bemorlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish, tashxis

qo‘yish, davolash va jarrohlik amaliyotlari yuqori malakali shifokarlar tomonida

amalga oshirilmoqda.

Farg‘onada tibbiyot sohasini modernizatsiyalashga qaratilgan doimiy e’tibor

tufayli davolash va diagnostika ishlari jahon andozalari darajasiga ko‘tarilishiga

imkoniyatlar yaratdi. Bu davrlarda dunyoning ko‘plab mamlakarlaridagi yetakchi

tibbiyot kompaniya va firmalar bilan shartnomalar tuzildi. Masalan, 2015-yilda

Farg‘ona shahrida tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbekiston – Janubiy Koreyaning

“Husn chiroyi” va Xitoy bilan hamkorlikda “Farg‘ona premium medical” xorijiy

kompaniyalari tashkil etildi.

“Farg‘ona premium medical” xorijiy korxonasi rahbari Ravshanbek

Yuldashevning ta’kidlashicha qo‘shma tibbiy klinikamizga xorijning yetuk

korxonalaridan ilg‘or va zamonaviy tibbiy texnologiyalar keltirilib, o‘rnatildi. Bu

yerda ultratovush diagnostika, kolposkopiya, EKG, EXOKG, EEG kabi tibbiy

jihozlar yordamida kardiolog, ginekolog, gastroenterolog, endokrinolog,

nevropatolog, terapevt, urolog, stomatolog kabi mutaxasislar aholi salomatligi

yo‘lida mehnat qilmoqdalar.

Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning

natijasini, Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida yangidan qurilib, foydalanishga

topshirilgan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika 90 mingdan ziyod aholiga sifatli

xizmat faoliyati misolida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu poliklinika salomatlik

loyihalari doirasida FEK, EKG, avtoklav, srntrifuga va boshqa asbob-uskunalar

bilan jihozlangan. Zamonaviy tibbiy jihoz hamda uskunalar birinchi yordam,

tashxis, davolash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda hozirgi kunda

ham muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

598

Xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan yillardan

boshlab, mamlakat aholisini sog‘lig‘ini saqlash maqsadida soha tizimi tubdan isloh

etila boshlandi. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va rivojlantirish yo‘lida

ko’plab qaror hamda farmonlar qabul qilindi. Qabul qilingan ushbu qaror va

farmonlar mamlakat aholisini salomatligini ta’minlash jarayonida katta ahamiyat

kasb etdi. Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash tizimida 1996-2015 yillar davomida

amalga oshirilgan samarali ishlar mustaqillik yillarida ushbu sohada qabul qilingan

qaror va farmonlar natijasidir. Viloyatda bugungi kunda tibbiyot tizimi hamda

aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari jadal sur’atlar bilan rivojlandi.

1996-2015 yillar davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar Farg‘ona

viloyatida o‘z samarasi va natijasini berdi. Viloyatning chekka hududlarida tashkil

etilgan qishloq vrachlik punktlari va ularni zamonaviy tibbiyot jihozlari bilan

taminlanishi hamda aholiga samarali xizmat ko‘rsata boshladi. Farg‘ona viloyatida

Xitoy, Koreya davlatlari bilan ham tibbiyot sohasida hamkorlik qilish keng yo‘lga

qo‘yildi. Ushbu jarayon viloyat sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishga

keng yo‘l va imkoniyatlar yaratilishiga olib keldi.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston Strategiyasi. Тoshkent. 2021. – B. 217

2.

Karimov I. Sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat tizimida amalga

oshirilayotgan islohotlarning pirovard maqsadidir // Xalq so‘zi, 08.11.2013 № 219.

3.

O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash” to‘g‘risidagi

Qonuni. 265-I-son. 29.08.1996

4.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash tizimini tubdan isloh qilish

Davlat Dasturi” to‘g‘risidagi Farmon. PF-2107-son. 10.11.1998

5.

Malakali va tezkor xizmat. // Farg‘ona shifokori. 30.07.2014. № 14.

6.

Tibbiy xizmat sifati ortmoqda. // Farg‘ona shifokori. 28.11.2015№ 22.

7.

Qishloqda zamonaviy tibbiy xizmat. // Farg‘ona shifokori. 30.10.2015. №

20.

8.

Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash bashqarmasining arxiv ma’lumoti.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston Strategiyasi. Тoshkent. 2021. – B. 217

Karimov I. Sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard maqsadidir // Xalq so‘zi, 08.11.2013 № 219.

O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash” to‘g‘risidagi Qonuni. 265-I-son. 29.08.1996

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash tizimini tubdan isloh qilish Davlat Dasturi” to‘g‘risidagi Farmon. PF-2107-son. 10.11.1998

Malakali va tezkor xizmat. // Farg‘ona shifokori. 30.07.2014. № 14.

Tibbiy xizmat sifati ortmoqda. // Farg‘ona shifokori. 28.11.2015№ 22.

Qishloqda zamonaviy tibbiy xizmat. // Farg‘ona shifokori. 30.10.2015. № 20.

Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash bashqarmasining arxiv ma’lumoti.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов