Социально-историческая динамика развития женского предпринимательства и гендерного равенства в Узбекистане

CC BY f
697-704
10
5
Поделиться
Ганиева, М. (2023). Социально-историческая динамика развития женского предпринимательства и гендерного равенства в Узбекистане. Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 697–704. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16561
М Ганиева, Ферганский государственный университет

учитель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье сделана попытка раскрыть социально-философский и социально-исторический аспект становления женского предпринимательства в нашей стране и его государственной поддержки. Также в сегодняшних условиях глобализации и интеграции в Узбекистане особое значение приобретает вопрос гендерного равенства в проводимых реформах социальной, экономической и политической сферах, научнотеоретически проанализировано его влияние на женское предпринимательство.

Похожие статьи


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

697

14.

Яхшиликов Ж. Миллий ғоя - тараққиёт стратегияси. – Тошкент: Фан,

2017.

O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI VA GENDER

TENGLIGI MASALASI RIVOJINING IJTIMOIT-TARIXIY DINAMIKASI

Ganiyeva M.S.

Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi,

malika1986_fsu@mail.ru

Annotatsiya: Maqolada mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligining tashkil topishi va

uning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risida ijtimoiy-falsafiy va tadrijiy-tarixiy
jihatdan

ochib

berishga

harakat

qilingan.

Shuningdek

bugungi

globallashu

va

integratsiyalashuv sharoitida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy hamda
siyosiy sohalardagi olib borilayotgan islohotlarda gender tengligi masalasi alohida ahamiyat
kasb etadi, uning xotin-qizlar tadbirkorligiga ta‘siri ham ilmiy-nazariy tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: biznes, gender tengligi, ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ayol tadbirkor,

integratsiya, globallashuv, modernizatsiya, islohotlar, tavakkalchilik, innovatsiya.

Аннотация: В статье сделана попытка раскрыть социально-философский и

социально-исторический аспект становления женского предпринимательства в нашей
стране и его государственной поддержки. Также в сегодняшних условиях глобализации и
интеграции в Узбекистане особое значение приобретает вопрос гендерного равенства в
проводимых реформах социальной, экономической и политической сферах, научно-
теоретически проанализировано его влияние на женское предпринимательство.

Ключевые

слова:

бизнес,

гендерное

равенство,

социальная

сфера,

предпринимательство,

женщина-предприниматель,

интеграция,

глобализация,

модернизация, реформы, риск, инновация.

Annotation: The article tried to reveal the socio-philosophical and evolutionary-

historical aspect of the formation of women's entrepreneurship in our country and its state
support. The issue of gender equality is also of particular importance in the reforms carried out
in Uzbekistan in the social, economic and political spheres in today's globalization and
integration conditions, its impact on women's entrepreneurship is also scientifically-theoretically
analyzed.

Key words: business, gender equality, social sphere, entrepreneurship, female

entrepreneur, integration, globalization, modernization, reform, risk, innovation.

Jamiyat hayotining qay darajada kechishi, rivojlanish sari qo‘yilayotgan

qadamlar, qolaversa, istalgan harakatdan kutiladigan natijalar albatta ko‘p jihatdan

ijtimoiy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq. Aynan shu munosabatlar

hayotimizning barcha jabhalari – mehnat faoliyati, oila, mahalla, o‘qish, muloqot

va boshqa turli jarayonlarni boshqarib keladi.So‘nggi yillarda Prezidentimiz

tomonidan xotin-qizlar masalalariga, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash,


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

698

maishiy hayotdagi muammolarini hal qilish, iqtidori va imkoniyatlarini ko‘rsatish

uchun qulay sharoit yaratilmoqda. Oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning

ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida

ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar amalga

oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi

“Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va

tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi

[6]

qarori ushbu yo‘nalishda tub burilish yasadi. Mazkur qarorda xotin-qizlar va

erkaklar uchun teng huquqlar hamda tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish

yuzasidan yangi qonunlar ishlab chiqilishi muhim vazifa sifatida belgilangan edi.

Belgilangan qonunlarning ishlab chiqilib, muhokama etilib, ma’qullangani qaror

ijrosining ta’minlanganini ko‘rsatadi.

Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida ma’qullangan hamda

Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq

hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning maqsadi xotin-qizlar va

erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash, sohasidagi

ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Bundan tashqari, u ko‘plab

masalalarga oydinlik kiritish, faoliyatda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni

ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda faol iste’molda bo‘lgan gender so‘zining tushunilishi va

qo‘llanish holatlaridagi noto‘g‘ri talqin va tasavvurlar mavjudligini aytish joiz.

Xususan, genderni ayollar mavzusi yoki ularning ustunligiga oid tushuncha deb

qarash kuzatiladi. Albatta, bu to‘g‘ri emas. Gender erkaklar va ayollarning

jamiyatdagi mavqeini belgilaydigan ijtimoiy-madaniy konstrukt, ijtimoiy

rollarning jinsga bog‘liq jihatlari to‘plami, jamiyat tomonidan erkak yoki ayoldan

kutilgan xulq-atvor modellaridir. Gender tushunchasi erkaklar va ayollarning

ijtimoiy hayotdagi rollari, munosabatlarning xususiyatlari, jamiyatda qabul

qilingan normalarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Gender madaniyatlar bo‘yicha farq

qiladi va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Gender jinsning sotsiomadaniy


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

699

konstruksiyasi hisoblanadi. Gender erkaklar va ayollarning ijtimoiylashuv

jarayonida orttirilgan, jamiyat tomonidan modellashtirilgan va ijtimoiy institutlar

tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan tafakkur, xulq-atvor xususiyatlari, turmush

tarzi meyorlari va qadriyatlar tizimidir. Gender, birinchi navbatda, ijtimoiy,

siyosiy, iqtisodiy va madaniy kontekst bilan belgilanadi hamda jinsga bog‘liq

holda ayol va erkak haqida tasavvurlarni o‘zida mujassam etadi. Yunon faylasufi,

matematik Pifagor o‘zining ilmiy qarashlarida ayol va erkakning teng qilib

yaratilgani haqida bahs yuritadi.

Bunday g‘oyalar Suqrot ta’limotida ham uchraydi. Suqrot shaxs erkinligi va

ozodligi, inson va fuqarolar huquqi haqidagi g‘oyalari bilan yoshlar ongini

zaharlashda ayblanib o‘limga mahkum etilgan. Falsafaning otasi Platon ham o‘z

buyuk safdoshlari g‘oyalariga sodiqligini namoyish etgan holda “Ideal davlat”

asarida bu qarashlarni yoqlab chiqqan. Platon erkak va ayol tabiati o‘rtasidagi farq

nisbiy va faqat reproduktiv sohaga taalluqli degan xulosaga keladi. Ayol o‘z

xohishiga ko‘ra kasblarni tanlashi mumkin: musiqa, falsafa yoki boshqa kasblar,

shu jumladan harbiy ishlarni ham. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davrida

O‘zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy

hayotdagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha tarixiy ahamiyatga molik o‘zgarishlar

amalga oshirildi.

Birinchidan

, ayollar ijtimoiy-iqtisodiy faolligini ta’minlashning huquqiy

normativ bazasi shakllantirildi;

Ikkinchidan,

ayollarning iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayotdagi

ishtirokini

ta’minlaydigan ijtimoiy tizim tashkil qilindi;

Uchinchidan

, jamiyatda ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol ishtirok

qilishi uchun demokratik qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy va ma’naviy

muhit shakllantirildi. Ushbu o‘zgarishlarning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib

berish, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini yanada oshirish yo‘llarini aniqlash

muhim masaladir.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

700

Ta’kidlash joizki, mamlakatda ayollar tadbirkorligini, ijtimoiy-iqtisodiy

faolligini yuksaltirishga oid bir qator tadbirlarni amalga oshirayotgan siyosiy

partiyalar bo‘lsada, ularning ko‘lami, salmog‘i va ayollarning siyosiy madaniyatini

yuksaltirishga ta’siri hali davr talablari darajasida emas. Bugungi kunda

respublikamizda tadbirkorlik faoliyatiga oid yetarli huquqiy baza yaratildi. Lekin

shunga qaramasdan, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar hamda yangi

ijtimoiy munosabatlarning qaror topishi ularga yangicha yondashuv va huquqiy

jihatdan tartibga solish mexanizmlarini kuchaytirishni talab etmoqda. Bu borada,

albatta, Prezidentimiz tomonidan keltirib o‘tilgan takliflarni chuqur o‘rganish

muhim ahamiyatga ega. Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik va xususiy biznesni

rivojlantirish, mustahkamlashga, shuningdek ularni huquqiy jihatdan har

tomonlama qo‘llab quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda

dunyoning 16 mamlakatida O‘zbekistonning biznes elchilari tayinlangan.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatiga doir milliy

qonunchilik o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab rivojlantirilib kelinmoqda.

Mustaqillik yillarida aynan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, dehqon va

fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, tadbirkorlik faoliyati

sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash kabi maqsadlar asosiy ustuvor vazifalar sifatida

belgilab kelindi.

Tarixiy taraqqiyotga nazar solsak, yurtimiz tarixida tadbirkorlik qadim

zamonlardan buyon alohida o‘rin egallab kegan. Jumladan, O‘rta Osiyo

ayollarining qadimgi tarixiy davrlardagi ijtimoiy mavqei va ularning hayot tarzi

haqidagi ba’zi bir ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix”,

Strabonning “Geografiya”, Abu Rayhon Beruniyning “O‘tmish xalqlardan qolgan

yodgorliklar”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otut turk” asarlarida

uchratish mumkin. Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida

mamlakatimizda tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston

Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida kichik biznes va


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

701

tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Prezident

qarori 13.08.2019 yilda

[4]

qabul qilindi.

Ta’kidlash joizki, ma’lum bir davlatda ayollar tadbirkorligi muhitini

aniqlovchi bir qator xalqaro standartlar mavjud bo‘lib, uning rivojlanish darajasi

“Ayollar tadbirkorligi Global indeksi” deb nomlanadigan davlatlar reytingini

belgilab beruvchi xalqaro hujjat bilan aniqlanadi. “Ayollar tadbirkorligi Global

indeksi” butun dunyoda ayollar tadbirkorligi rivoji istiqbollarini o‘lchab beradi.

Ayollar tadbirkorligi rivoji sifatini esa, 3 ta asosiy omil:

- tadbirkorlik muhiti;

- tadbirkorlik ekotizimi;

- ayollarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istaklari belgilab beradi.

Ushbu hujjatni tayyorlashda bir qator omillar hisobga olinadi. Ayollarning

biznes sohasida yaratilgan ta’lim tizimi va resurslaridan, davlat organlari va tijorat

banklari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar infratizimidan foydalanish

imkoniyatlari, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha statistik ma’lumotlarni

yig‘ish va taqdim etish masalalari kabi omillar shular jumlasidandir.

Tadbirkorlikni, hususan, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, bevosita shu

sohadagi qonunchilik asoslarini ham takomillashtirib borishni talab etadi.

O‘zbekistoning “Ayollar tadbirkorligi global Indeksi”ga a’zo davlatlar qatoriga

kirishi mamlakatda ayollar tadbirkorligi rivoji va istiqbollarini dunyo rivojlangan

mamlakatlari standartlarida o‘lchash imkoniyatini beradi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda Gender tenglik masalasi davlat siyosati

darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta qonun hujjati qabul qilindi. Hozirgi kunda

xotin-qizlarimizning jamiyatdagi rolini oshirishga, ularni qo‘llab-quvvatlashga

alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham,

qonunchilikda ham juda katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.

Jumladan, 02.09.2019 yilda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq

hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining

Qonuni

[5]

qabul qilindi. Qonun bilan ilk bor milliy qonunchiligimizda “gender”


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

702

tushunchasiga ta’rif berilib, davlat xizmati, saylov jarayonlari, ijtimoiy-iqtisodiy,

ta’lim, ilm-fan, madaniyat hamda sog‘liqni saqlash sohalarida xotin-qizlar va

erkaklar uchun davlat tomonidan teng huquq va imkoniyatlar yaratilishi

kafolatlandi. Gender tenglikni ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga

ko‘tarilib, parlament yuqori palatasida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari

qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari

bo‘yicha komissiyasi, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda

imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashlari tashkil etildi.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash joyizki, siyosiy partiyalardagi xotin-qizlar

ulushi 44 foizga, oliy ta’lim sohasida 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi.

Joriy yilning may oyida Oliy Majlis Senati tomonidan 2030 yilga qadar gender

tenglikka erishish strategiyasini qabul qildi. Mazkur strategiyada boshqa ustuvor

yo‘nalishlar singari ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng

huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalasi ham o‘rin egalladi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, “Hayotimizning fayzu

farishtasi bo‘lgan munis onalarimiz, mehribon opa-singillarimizga munosib

mehnat va turmush sharoitini yaratib berish, ularni rozi qilish – barcha darajadagi

rahbarlarning nafaqat xizmat vazifasi, balki, eng avvalo, insoniy burchidir”.

Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar:

1. Алексис де Токвиль. Демократия в Америке: Пер. с франц. // - М.: Весь

мир, 2000.

2. Бурдье П. Мужское господство // Бурдье П. Социальное пространство:

поля и практики / - М.: Институт экспериментальной социологии; - СПб.:

Алтея, 2005. – С. 286-365. 185-187 стр.

3. Гуревич Д., Рапсат-Шарлье М. -Т. Повседневная жизнь женщин в

Древнем Риме. – М.: 2006. 239-240 стр.

4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida kichik

biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

Prezident qarori (13.08.2019)


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

703

5. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari

to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (02.09.2019)

6. “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va

tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (07.03.2019)

6. Bahodirjon Sodikjonovich Ganiyev (2019). Innovative (entrepreneurial)

activity of women at a new stage of development of our society. // Scientific

Bulletin of Namangan State University

, 12

(1). - Р. 122-129.

7. Bahodirjon Sodikjonovich Ganiyev (2020). Social and philosophical aspects

of family entrepreneurship development. ACADEMICIA,

12

(03), - Р. 1228- 1234.

8. Ganieva Malika Sodykjanovna “Cocio-philosophical aspects of the study of

the issue of gender and entrepreneurial woman in a new society” //

Asian journal

of Multidimensional Reserch

: 2021. Vol. 12: Iss. 10, - P. 441-445.

9. Ganieva Malika Sodykjanovna “In the society of woman-girls innovation

cocio-philosophical essence of entrepreneurial” //

Scientific progress

: 2021.Vol. 8:

Iss. 2, - P. 947-951.

10. Zhabborova, O. I., & Kenjaeva, H. P. (2018). Bases of gender equality of

rights in Uzbekistan.

Международный журнал гуманитарных и естественных

наук

, (5-2).

11. Кенжаева, Х. П., Тожиев, Ф. И., & Жураев, Б. Н. (2014). РОЛЬ

ЖЕНЩИН В СОЗДАНИИ И РАЗВИТИИ ДЕМОКРАТИЧЕСКОГО

ОБЩЕСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ. In

Инновации в технологиях и образовании

(pp. 119-123).

12. Kenjayeva, X. P. (2021). FUQAROLIK MADANIYATI MEZONLARI

SHARQ FALSAFASI TALQINIDA.

Academic research in educational sciences

,

2

(3).

13.

Kenjayeva, X. P. (2021). Ayollar ijtimoiy faolligini oshirishda fuqarolik

institutlarining o‘rni.

Scientific progress

,

1

(6), 957-961.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

704

14. Kenjayeva, X. (2021). Milliy ma’naviy merosimizda ta’lim-tarbiya

masalalari.

Общество и инновации

,

2

(6/S), 18-24.

15.

Axmedova, D. (2021). JAMIYAT IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA

AYOLLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH OMILLARI .//

Oriental

Renaissance: Innovative, educational, natural, and social sciences

. Vol.-1, Iss.-7

,171-177.

ЎЗБЕКИСТОНДА МОКИ САВДОГАРЧИЛИКНИНГ ШАКЛЛАНИШИ

ВА АҲАМИЯТИ (1991-2020 ЙИЛЛАР)

Охунжонова Ш.Ю.

ФарДУ, Ўзбекистон тарихи кафедраси ўқитувчиси

oxunjonova1191@mail.ru

Тоиржонова Р.Ш

ФарДУ, Ўзбекистон тарихи кафедраси ўқитувчиси

Аннотация. Ушбу мақолада рус тилидаги “челнок” ва ўзбек тилидаги “моки”

тушунчалари, жамият ҳаётида савдогарлик фаолияти билан шуғулланувчиларнинг
тутган ўрнига аҳамият қаратилган. Тижорат фаолияти бозорни моллар билан
тўлдиришга,

ахоли

талабини

қондиришга

хизмат

килганлиги

кўрсатилган.

Савдогарларнинг ижтимоий ҳолати, турлари, фаолияти, савдогарларнинг жинси ва ёш
таркиби ҳақида маълумот берилган. Шунингдек тадқиқотда кейинги йиллардги моки
савдо фаолиятига киритилган ўзгариш ва янгиликлар ёритилган.

Калит сўз ва иборалар: моки савдо, челнок, тижорат, бизнес, савдо, халқаро

савдо, бозор, иқтисод, тадбиркорлик.

Аннотация. В данной статье раскрываются понятия «челнок» на русском языке

и «моки» на узбекском языке, роль занимающихся челночной торговлей лиц в обществе, а
также значение их коммерческой деятельности для насышения рынка необходимыми
товарами и удовлетворения потребностей населения. В статье даны сведения о
социальном статусе, полу, возрасту и категории челноков, а также о странах, в
которых они осуществляли свою торговую деятельность. Кроме того, в исследовании
отображены ряд нововведений и изменений, используемые в последние годы при
осуществлении челночным бизнесом.

Ключевые слова и фразы: челночная торговля, челнок, предпринимательство,

бизнес, рынок, экономика.

Annotation. This article describes the concepts of "Shuttle "in Russian and" Moki" in

Uzbek, the role of persons engaged in Shuttle trade in society, as well as the importance of their
commercial activities for raising the market with necessary goods and meeting the needs of the
population. The article provides information about the social status, gender, age and category of
shuttles, as well as about the countries in which they carried out their trade activities. In
addition, the study shows a number of innovations and changes used in recent years in the
implementation of the Shuttle business.

Библиографические ссылки

Алексис де Токвиль. Демократия в Америке: Пер. с франц. // - М.: Весь мир, 2000.

Бурдье П. Мужское господство // Бурдье П. Социальное пространство: поля и практики / - М.: Институт экспериментальной социологии; - СПб.: Алтея, 2005. – С. 286-365. 185-187 стр.

Гуревич Д., Рапсат-Шарлье М. -Т. Повседневная жизнь женщин в Древнем Риме. – М.: 2006. 239-240 стр.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Prezident qarori (13.08.2019)

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (02.09.2019)

“Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (07.03.2019)

Bahodirjon Sodikjonovich Ganiyev (2019). Innovative (entrepreneurial) activity of women at a new stage of development of our society. // Scientific Bulletin of Namangan State University, 12(1). - Р. 122-129.

Bahodirjon Sodikjonovich Ganiyev (2020). Social and philosophical aspects of family entrepreneurship development. ACADEMICIA, 12(03), - Р. 1228- 1234.

Ganieva Malika Sodykjanovna “Cocio-philosophical aspects of the study of the issue of gender and entrepreneurial woman in a new society” // Asian journal of Multidimensional Reserch: 2021. Vol. 12: Iss. 10, - P. 441-445.

Ganieva Malika Sodykjanovna “In the society of woman-girls innovation cocio-philosophical essence of entrepreneurial” // Scientific progress: 2021.Vol. 8: Iss. 2, - P. 947-951.

Zhabborova, O. I., & Kenjaeva, H. P. (2018). Bases of gender equality of rights in Uzbekistan. Международный журнал гуманитарных и естественных наук, (5-2).

Кенжаева, Х. П., Тожиев, Ф. И., & Жураев, Б. Н. (2014). РОЛЬ ЖЕНЩИН В СОЗДАНИИ И РАЗВИТИИ ДЕМОКРАТИЧЕСКОГО ОБЩЕСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ. In Инновации в технологиях и образовании (pp. 119-123).

Kenjayeva, X. P. (2021). FUQAROLIK MADANIYATI MEZONLARI SHARQ FALSAFASI TALQINIDA. Academic research in educational sciences, 2(3).

Kenjayeva, X. P. (2021). Ayollar ijtimoiy faolligini oshirishda fuqarolik institutlarining o‘rni. Scientific progress, 1(6), 957-961.

Kenjayeva, X. (2021). Milliy ma’naviy merosimizda ta’lim-tarbiya masalalari. Общество и инновации, 2(6/S), 18-24.

Axmedova, D. (2021). JAMIYAT IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA AYOLLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH OMILLARI .// Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural, and social sciences. Vol.-1, Iss.-7,171-177.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов