Из истории торговых отношений Ташкента и городов Ферганской долины

CC BY f
362-370
17
0
Поделиться
Мадрахимов, З. (2023). Из истории торговых отношений Ташкента и городов Ферганской долины. Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 362–370. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16792
З Мадрахимов, Наманганский государственный университет

доцент кафедры истории, кандидат исторических наук

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В 60-х годах ХVIII – ХIХ вв. город Ташкент играл важную роль во внутренних и внешнеторговых связях среднеазиатских ханств. Ташкент занимал высокое положение в крае своими большими, богатыми базарами и как транзитный центр. В свою очередь, Ташкент играл важную роль в экономической жизни городов Ферганской долины. Между Кокандом, Наманганом, Маргиланом, Андижаном, Ходжентом, Ошем и Ташкентом курсировали непрерывные торговые караваны


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

362

1. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий

жавобгарлик ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.

– Тошкент: Ўзбекистон, 2017.

2. Хорошхин А.П. Заметки о Кокане // Туркестанский сборник. Том 23. –

СПб., 1870.

3. Северцов Н. Месяц плену у коканцов. – СПб., 1860. // Туркестанский

сборник. Том 373. 1883.

4. Кун А.Л. Некоторые сведения о Ферганской долине // Туркестанский

сборник. Том 117. 1876.

5. Xudoyorxonzoda. Anjumat-tavorix. Toshkent. 2014.

6. Mirzo Olim Maxdum Hoji. Tarixi Turkiston. Toshkent. 2008.

7. Muhammad Yahyoxon Ho‘qandiy. Xudoyorxon o‘rdasi. Namangan. 2016.

8. Mamurov M.M. Qo‘qon xonligidagi suv inshootlari qurilishi tarixidan.

“Qo‘qon xonligi davlatchiligi tarixi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy

konferensiya materiallari. Qo‘qon.2022.

9. Sadullayev va b. O‘zbekiston tarixi. 1 qism, Toshkent; 1997.

10. Миддендорф А.Ф. Очерки Ферганской долины / перевод с немецкого

В.И. Ковалевского. – СПб, 1882.

11. Аристов Н. Наманганский округ коканского ханства // Туркестанский

сборник. Том 60. 1873.

12. Коканъ //Туркестанский сборник. Том 30. 1870.

TOSHKENT VA FARG‘ONA VODIYSI SHAHARLARI SAVDO

ALOQALARI TARIXIDAN

Madrahimov Z.

NamDU, Tarix kafedrasi dotsenti, t.f.n.

zmadrahimov1980@mail.ru

Annotatsiya: XVIII-XIX asrlarning 60-yillarida. Oʻrta Osiyo xonliklarining ichki va

tashqi savdo aloqalarida Toshkent shahri muhim oʻrin tutgan. Toshkent yirik, boy bozorlari va
tranzit markazi sifatida mintaqada yuqori mavqega ega edi. Oʻz navbatida Toshkent Fargʻona
vodiysi shaharlarining iqtisodiy hayotida muhim oʻrin tutgan. Qoʻqon, Namangan, Margʻilon,
Andijon, Xoʻjant, Oʻsh va Toshkent oʻrtasida uzluksiz savdo karvonlari yurardi.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

363

Калит сўз ва иборалар: Oʻrta Osiyo, Qoʻqon xonligi, hunarmandchilik, shoyi toʻqish,

pilla, “chilla”, ip ip, ipak va yarim ipak materiallar, Norboʻtabiy, Umarxon, Qoʻqon, Toshkent,
Namangan, Margʻilon, Oʻsh, savdogar.

Аннотация: В 60-х годах ХVIII – ХIХ вв. город Ташкент играл важную роль во

внутренних и внешнеторговых связях среднеазиатских ханств. Ташкент занимал высокое
положение в крае своими большими, богатыми базарами и как транзитный центр. В
свою очередь, Ташкент играл важную роль в экономической жизни городов Ферганской
долины. Между Кокандом, Наманганом, Маргиланом, Андижаном, Ходжентом, Ошем и
Ташкентом курсировали непрерывные торговые караваны.

Ключевые слова и фразы: Средняя Азия, Кокандское ханство, ремесленничество,

шелкопрядство, пилла, “чилла”, моток ниток, шелковые и полушелковые материалы,
Норбутабий, Умархон, Коканд, Ташкент, Наманган, Маргилон, Ош, торговец.

Annotation: In the XVIIIs and XIX 60s, the city of Tashkent played an important role in

the internal and organizational trade relations of the Central Asian khanates. Tashkent occupied
a high position in a country with large and rich markets and a centralized transit country. In
turn, Tashkent played an important role in the economic life of the cities of the Ferghana Valley.
Between Kokand, Namangan, Margilan, Andijan, Khujand, Osh and Tashkent there were
continuous trade caravans.

Key words and phrases: Central Asia, the Khanate of Kokand, handicrafts, silk, cocoon,

chilla, skein, silk and semi-silk fabrics, Norbotabi, Umarkhan, Kokand, Tashkent, Namangan,
Margilan, O’sh, merchant.

XVIII – XIX asrlarda Toshkent O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan Buxoro,

Xiva, Qo‘qon xonliklarining Rossiya va Qozoq dashtlari bilan iqtisodiy aloqalarida

Toshkent muhim ahamiyat kasb etgan. XIX asr boshlarida Toshkent Qo‘qon

xonligi tasarrufiga kiritilganidan so‘ng xonlik iqtisodiyotida ham katta o‘rin tuta

boshlagan.

Rossiya istilosi arafasida Toshkent aholisi 70 – 80 ming atrofida bo‘lib,

uning bozorlarida Rossiya, Hindiston, Afg‘oniston, Eron, Xitoy, Qashqar, Qozoq

dashtlari, O‘rta Osiyo xonliklari va boshqa hududlardan kelgan savdogarlarni

uchratish mumkin edi.

XVIII asr o‘rtalarida Toshkentda 4 daha mavjud bo‘lib, bular Sebzor,

Ko‘kcha, Beshyog‘och, Shayxontahur dahalari hisoblangan. Har bir dahaning o‘z

bozorlari mavjud bo‘lib, Toshkentdagi eng yirik bozor shahar markazida, to‘rt

daha ko‘chalari kesishgan yerda joylashgan va Jo‘ba bozori deb atalgan. Tarixchi

Muhammad Solih ta’rifiga ko‘ra, – “Bozorning do‘kon – rastalari Chorsudagi


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

364

qandolatpazlik do‘konigacha davom etadi. Ramazon oyida, bu yerda kechasi ham

bozor bo‘ladi, xalq savdo-sotiq har xil o‘yin kulgi qiladi

[1: 40].

XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligida bo‘lgan rus sharqshunosi V. V.

Vel’yaminov-Zernov (1830 – 1904) ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda Toshkentda

huddi Qo‘qondagi kabi haftada ikki marta – chorshanba va yakshanba kunlari

bozor bo‘lgan

[2: 125].

Toshkent bozori chorshanba kuni gavjumroq edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, XIX asrning 60-yillarida Toshkent asosiy

bozorida 16 ta karvonsaroy, 2400 ta do‘kon bo`lgan. Shahar bo‘yicha do‘konlar

soni 4.548 taga yetgan

[3: 39].

Toshkent markaziy bozori mahsulot turiga qarab rastalarga bo‘lingan: un

bozori, kigiz bozori, qo‘y bozori, go‘sht rastasi, nonvoychilik rastasi, sham bozori,

choyfurushlik rastasi, bazzozlik rastasi, pichoqchilik rastasi, egar bozori, paxta

bozori, tamaki bozori, zargarlik rastasi va h.k. XIX asrning 60-yillarida bozordagi

rastalarning soni 1500 taga yetgan va bunday rastalar karvonsaroylarda ham

bo‘lgan

[4: 48-49].

Har bir bozor rastasi o‘z oqsoqoliga ega edi. Oqsoqol o‘ziga

tegishli rastadagi savdo-sotiq jarayonini nazorat qilgan. Bozordagi har bir do‘kon

o‘z oqsoqoliga bir oyda 10 kop. (Rossiya puli hisobida) miqdorida boj to‘lab

turgan

[5: 39-40].

1852-yil bahorida Toshkentda bo‘lgan rus savdogari S.Y. Klyucharov,

shaharda 15 ta karvonsaroy borligini ko‘rsatgan

[6: 37]

bo‘lsa, A.N. Teterevnikov

XIX asrning 60-yillarida shaharda 16 ta karvonsaroy borligini yozgan va ularni

sanab o‘tgan

[7: 39].

Shuningdek, XIX asrning 70-yillarida Toshkentda bo‘lgan A.

P. Xoroshxin (1841 – 1875) ham, shahar bozorida 29 ta karvonsaroy borligini

nomma-nom ko‘rsatib o‘tgan

[8: 92].

Rossiyalik olim va sayyoh P.I. Pashino (1838 – 1891) ma’lumotlariga ko‘ra,

XIX asrning 60-yillarida Toshkent karvonsaroylari bir yilda bahosi quyidagicha

bo‘lgan yuk qabul qilgan: 1. Said Azimboy – 400.000 rub. (Rossiya puli hisobida).

2. Sharofiya – 400.000 rub. 3. G‘ishtik – 280.000 rub. 4. Isabek – 200.000 rub. 5.

Dasturxonchi – 160.000 rub. 6. Abdurasul – 160.000 rub. 7. Zakot – 150.000 rub.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

365

8. Mahramboshi – 80.000 rubllik

[9: 131]

va h. k. Odatda ularning har birida 12

tadan 35 tagacha do‘kon mavjud bo‘lib, buyerda asosan ulgurji savdo amalga

oshirilgan. Karvonsaroy boshqaruvchisiga har bir do‘kon ijarasi uchun yiliga 3 – 5

tillo soliq to‘lab turilgan

[10: 42].

Toshkentdagi Said Azimboy karvonsaroyida – rossiyalik va hind,

Nurmuhammad qushbegida – rossiyalik va g‘uljalik, Beklarbegi nomli 3 ta

karvonsaroyda marg‘ilonlik va hind, Isabekda – toshkentlik va samarqandlik,

Mahramboshida – qo‘qonlik, Shohbekda – toshkentlik va qo‘qonlik,

Dasturxonchida – toshkentlik va qo‘qonlik, Abdurasulda – toshkentlik va

buxorolik, Namanganda – namanganlik, Sharif xoja Raisda – hind, Mulla Abdul

Mutallifda esa qozoq savdogarlari to‘xtagan va savdo qilgan

[11: 44].

Toshkent markaziy bozoridan tashqari ko‘plab boshqa bozorlar ham mavjud

bo‘lib, ulardan Qashqar darvozasi oldidagi “Qaymoq bozori” va Jo‘ba bozoridan

bir oz kichikroq bo‘lgan O‘rda bozori ancha mashhur edi

[12: 28].

Toshkentning tashqi savdo aloqalarida Farg‘ona vodiysi shaharlarining

hissasi katta hisoblangan. Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Andijon, Xo‘jand, O‘sh

shaharlari va Toshkent orasida uzluksiz savdo karvonlari qatnagan.

Qo‘qondan Toshkentga har yili 10 – 15 ming tuyada paxta, qog‘oz, ipak va

ipak matolar, quritilgan mevalar, Namangandan esa har yili 500 tuyada quritilgan

mevalar, 1000 tuyada ipak va ipak matolar, ro‘yan bo‘yog‘i va boshqalar olib

borilgan

[13: 48-49].

Shuningdek, Farg‘ona vodiysining Andijon, O‘sh, Marg‘ilon, Xo‘jand va

boshqa shaharlaridan ham quritilgan mevalar, paxta, ipak va ipak matolar, ro‘yan

bo‘yog‘i va boshqalar Toshkent bozorlariga keltirilgan. Xususan, bu shaharlaridan

fevral oyidan aprelgacha paxta, oktyabr va noyabr oylarida quritilgan mevalar olib

kelingan

[14: 12 -13].

Vodiydan olib kelingan mollar Toshkent orqali Qozoq

dashtlari va Rossiya shaharlariga mahalliy yoki bu hududlardan kelgan savdogarlar

tomonidan olib ketilgan.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

366

Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga har yili 10 mingdan ortiq tuyada g‘alla, rus

mollari – temir, po‘lat, cho‘yan, mis va ulardan yasalgan buyumlar, shakar, charm,

mo‘yna va boshqa rus sanoat mollari olib ketilgan, shuningdek, Qozoq

dashtlaridan chorva mollari olib kelingan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Toshkentga har yili 300 ming atrofida qo‘y-qo‘zi

Qozoq dashtlaridan haydab kelingan bo‘lib, ularning 100 mingi Buxoro amirligi va

100 mingi Farg‘ona vodiysiga haydab ketilgan

[15: 39].

V. V. Velyaminov-Zernov

ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘y-qo‘zining eng qimmati 7 rublgacha (Rossiya puli

hisobida), eng arzoni 4 rub. 7 kop. dan sotilgan

[16: 123].

Shuningdek, har yili

iyul-avgust oylarida Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga aravalarda katta miqdorda

g‘alla olib borilgan.

XIX asrning 60-yillarida Verniy (Olma-Ota) dan Toshkent va u orqali

Qo‘qonga har yili 250 – 400 ming rubllik (Rossiya puli hisobida) kumush yombilar

keltirilgan

[17: 3].

Toshkent va xonlik markazi Qo‘qon orasida karvon asosan 2 yo‘l orqali

qatnagan:

1. Qo‘qon – Chilmahram – Mullashir – To‘ytepa – Toshkent. Bu yo‘l 216

verst (1 verst – 1,06 kmga teng ) masofadan iborat bo‘lgan.

2. Qo‘qon – Kandirdovon – To‘ytepa – Toshkent. Bu karvon yo‘li 150 verst

masofada joylashgan bo‘lib, Qurama tog‘ tizmasini kesib o‘tgan.

Birinchi karvon yo‘lidan ot va tuyalar bilan birga yog‘ingarchilik bo‘lmagan

kunlarda kunlarda aravalardan ham foydalanilgan. Bu yo‘lni karvon 10 – 12 kunda

bosib o‘tgan. Ikkinchi karvon yo‘li nisbatan og‘ir bo‘lganligi bois, yuk tashishda

faqat ot va tuyalardan foydalanilgan. Bu yo‘lni karvon 5 – 7 kunda bosib o‘tgan.

XIX asrning 60-yillarida, Qo‘qon – Toshkent karvon yo‘lida ikki o‘rkachli tuyalar

ijarasi uchun 12 tanga, otlar uchun 10 tanga haq to‘langan

[18: 198]

bo‘lsa,

aravalarga 6 – 7 rub.(Rossiya puli hisobida), kuz oylarida esa 10 – 12 rub.

miqdorida ijara xaqi berilgan

[19: 12-13.].

Toshkentdan Qo‘qonga kelgan savdo

karvonlari bu yerdan Farg‘ona vodiysining boshqa hududlariga yo‘l olgan.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

367

Namangan va Toshkent ikki karvon yo‘llari bilan bog‘lagan edi. Ulardan biri

Namangandan To‘raqo‘rg‘on, Chust, Pop, G‘urumsaroy, Pungon, Qamishqo‘rg‘on,

Mullashir, To‘ytepa orqali o‘tib Toshkentga kelgan. Bu karvon yo‘li 294 verst

bo‘lib, 10 – 12 kunda bosib o‘tilgan

[20: 141].

Ikkinchi yo‘lning yo‘nalishi savdogarlar va boshqa yo‘lovchilarni

Namangandan Tirs tog‘lari, Chotqol vodiysi, Qorabura darasi, Avliyoota,

Chimkent, Oqjar, Qoplonbek orqali Toshkentga olib kelgan. Namangandan

Avliyootagacha 287 verst bo‘lib, otlardan tashkil topgan karvon bu masofani 8

kunda bosib o‘tgan bo‘lsa, Avliyootadan Toshkentgacha 285 verst hisoblanib,

karvon bu masofada 8 – 9 kun yurgan

[21: 61].

Bu karvon yo‘lidan faqatgina yoz

oylarida yurilgan va yuk tashishda asosan otlardan foydalanilgan. Namangan –

Avliyoota – Toshkent karvon yo‘li orqali Farg’ona vodiysida yetishtirilgan

mahsulotlar bilan bir qatorda tranzit tovar – qozoqlardan sotib olingan chorva

mollari, xususan, qo‘ylar olib o`tilgan.

Qo‘qon xonligi davrida Farg‘ona vodiysi – Toshkent savdo aloqalarida

vodiylik savdogarlar katta o`rin tutgan. Ikki o‘rtadagi savdoning 30 foizi

toshkentlik savdogarlar hissasiga to‘g‘ri kelgan

[22: 143].

XIX asrning o‘rtalarida Toshkent va Qo‘qonning bir yillik savdo aylanmasi

7 mln. rublga (Rossiya puli hisobida) teng edi

[23: 48].

Shuningdek, Farg‘ona vodiysi orqali Qashqar va Xitoy bilan Toshkent

o‘rtasida savdo aloqalari olib borilgan. Bu aloqalar asosan Farg‘ona vodiysi

savdogarlari va qisman qashqarlik savdogarlar tomonidan amalga oshirilgan.

Qashqardan vodiy orqali Toshkentga ipak va ipak matolar, chit, Xitoy chinni va

attorlik mollari, choy va boshqalar olib borilgan.

XIX asrning o‘rtalaridan boshlab esa, Qashqar orqali hind va ingliz mollarini

Toshkent bozorlariga keltirilishi kuchayadi. Har yili vodiy orqali Qashqardan

Toshkentga o‘rtacha 30 ming tuyada turli xildagi choy keltirilgan. Ko‘k choyning

Oq quyruq navlisining 4 pudi (p

ud

ogʻirlik oʻlchov birligi

. 1 pud 16,38

kg

atrofida) 16 tangadan 32 tangagacha sotilgan. Shuningdek, Qashqardan yana 200


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

368

otda turli xil qimmatbaho tosh, 220 otda kigiz, 150 otda Xitoy ipagi, 50 otda

baqqollik mollari va boshqalar Toshkentga olib kelingan

[24: 50].

Toshkentdan Qashqarga rus mollari – temir, po‘lat, cho‘yan, mis va ulardan

yasalgan buyumlar, rus charmi, shuningdek, Rossiya sanoat mollari va turli xil

O‘rta Osiyo mollari ham keltirilgan. Qashqardan Toshkentga vodiy orqali 600

verst uzoqlikdagi karvon yo‘li mavjud edi

[25: 8].

Xulosa sifatida shuni qayd etish mumkinki, 2200 yillik tarixga ega bo‘lgan

Toshkent shahri qadim zamonlardan O‘rta Osiyoning yirik iqtisodiy, siyosiy va

madaniy markazlaridan biri bo‘lgan. Ayniqsa, XIX asrda boshlab Toshkentning

mavqei yanada ko`tarilgan. Bu davrda Toshkent O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan

Buxoro va Xiva xonliklarining Rossiya va Qozoq dashtlari bilan iqtisodiy

aloqalarida muhim ahamiyat kasb etgan. O‘z navbatida Farg‘ona vodiysining

Rossiya, Buxoro va Xiva xonliklari, Qozoq dashtlari bilan savdo aloqalarida

Toshkent muhim ahamiyat kasb etgan. Toshkentning tashqi savdo aloqalarida

Farg‘ona vodiysining o‘rni katta edi. Toshkentlik savdogarlar Farg‘ona vodiysi

orqali Sharqiy Turkiston va Xitoy shaharlari bilan ham savdo aloqalarini olib

borganlar.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1. Ўринбоев А., Бўриев О. Тошкент Муҳаммад Солиҳ тавфсифида. – Т.:

Фан, 1983. – Б. 40.

2. Велъяминов-Зернов В. В. Сведение о Кокандском ханстве. – СПб.:

ИРГО. Кн.5. 1856.– С. 125.

3. Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. –

СПб., Тип. Майкова, 1867. – С. 39.

4. Добросмыслов А. И. Ташкент в прошлом и настаящем. – Ташкент: Тип.

О.А.Порцова, 1912. – С.48-49.

5. Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. –

СПб., Тип. Майкова, 1867. –С. 39-40.

6. Велъяминов-Зернов В. В. Исторические известие о Коканском ханстве,

от Муҳаммад-Али до Худоярхана. – СПб., 1856. – С. 37.

7. Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. –

СПб., Тип. Майкова, 1867.–С. 39.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

369

8. Хорошхин А. П. Сборник касающихся Туркестанскаго края. – СПб.,

1876. – С. 92.

9. Пашино П. И. Туркестанский край в 1866 году.– СПб.,1868.– С. 131.

10. Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. –

СПб., Тип. Майкова, 1867. – С. 42.

11. Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. –

СПб., Тип. Майкова, 1867. – С. 44.

12. Рўзиева М. Тошкент ўтмиши қиёфаси. – Т.: Фан, 1984.– Б. 28.

13. Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. –

СПб., Тип. Майкова, 1867. – С. 48-49.

14. Ўз РМДА. Йиғма жилд . И – 1, рўйхат – 16, иш – 876. –Б.12 об-13.

15. Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. –

СПб., Тип. Майкова, 1867. – С. 39.

16. Велъяминов-Зернов В. В. Сведение о Кокандском ханстве. – СПб.,

ИРГО. Кн. 5. 1856. – С. 123.

17. Ўз РМДА. Йиғма жилд. И – 1, рўйхат – 16, иш – 876. – Б. 3 об.

18. Туркестанский сборник.Том 23. 1870. – С. 198.

19. Ўз РМДА. Йиғма жилд. И – 1, рўйхат – 16, иш – 876. – Б. 12об-13.

20. Кокан. Туркестанский сборник.Том 30. 1870.– С. 141.

21. Костенко Л. О.Туркестанский край. Том 2. – СПб., 1880.– С.61.

22. Маҳкамов А. Торговля Коканда со среднеазиатскими владениями и

сопределъными странами в первой половине XIX в. / Поздне феодалный

город Средней Азии. – Т.: Фан, 1990.– С. 143.

23. Маҳкамов А. Ролъ города Коканда в развитии экономических связей

Средней Азии с Россией и сопределными странами в XIX – начале XX ваков:

Дис. на соис. учен. степ. канд. ист. наук. – Т.: Фан, 1988. – С. 48.

24. Вельяминов- Зернов В. В. Торговое значение Каканского ханства для

русских. – СПб., ИРГО., 1854. – С. 50.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

370

25. Материалы по вопросу о торговых путях в Среднюю Азию. – СПб.,

1869. – С.8.

Библиографические ссылки

Ўринбоев А., Бўриев О. Тошкент Муҳаммад Солиҳ тавфсифида. – Т.: Фан, 1983. – Б. 40.

Велъяминов-Зернов В. В. Сведение о Кокандском ханстве. – СПб.: ИРГО. Кн.5. 1856.– С. 125.

Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. – СПб., Тип. Майкова, 1867. – С. 39.

Добросмыслов А. И. Ташкент в прошлом и настаящем. – Ташкент: Тип. О.А.Порцова, 1912. – С.48-49.

Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. – СПб., Тип. Майкова, 1867. –С. 39-40.

Велъяминов-Зернов В. В. Исторические известие о Коканском ханстве, от Муҳаммад-Али до Худоярхана. – СПб., 1856. – С. 37.

Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. – СПб., Тип. Майкова, 1867.–С. 39.

Хорошхин А. П. Сборник касающихся Туркестанскаго края. – СПб., 1876. – С. 92.

Пашино П. И. Туркестанский край в 1866 году.– СПб.,1868.– С. 131.

Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. – СПб., Тип. Майкова, 1867. – С. 42.

Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. – СПб., Тип. Майкова, 1867. – С. 44.

Рўзиева М. Тошкент ўтмиши қиёфаси. – Т.: Фан, 1984.– Б. 28.

Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. – СПб., Тип. Майкова, 1867. – С. 48-49.

Ўз РМДА. Йиғма жилд . И – 1, рўйхат – 16, иш – 876. –Б.12 об-13.

Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. – СПб., Тип. Майкова, 1867. – С. 39.

Велъяминов-Зернов В. В. Сведение о Кокандском ханстве. – СПб., ИРГО. Кн. 5. 1856. – С. 123.

Ўз РМДА. Йиғма жилд. И – 1, рўйхат – 16, иш – 876. – Б. 3 об.

Туркестанский сборник.Том 23. 1870. – С. 198.

Ўз РМДА. Йиғма жилд. И – 1, рўйхат – 16, иш – 876. – Б. 12об-13.

Кокан. Туркестанский сборник.Том 30. 1870.– С. 141.

Костенко Л. О.Туркестанский край. Том 2. – СПб., 1880.– С.61.

Маҳкамов А. Торговля Коканда со среднеазиатскими владениями и сопределъными странами в первой половине XIX в. / Поздне феодалный город Средней Азии. – Т.: Фан, 1990.– С. 143.

Маҳкамов А. Ролъ города Коканда в развитии экономических связей Средней Азии с Россией и сопределными странами в XIX – начале XX ваков: Дис. на соис. учен. степ. канд. ист. наук. – Т.: Фан, 1988. – С. 48.

Вельяминов- Зернов В. В. Торговое значение Каканского ханства для русских. – СПб., ИРГО., 1854. – С. 50.

Материалы по вопросу о торговых путях в Среднюю Азию. – СПб., 1869. – С.8.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов