Политические отношения Бухарской Народной Советской Республики с Турцией

CC BY f
556-564
7
2
Поделиться
Нуридинов, Т. (2023). Политические отношения Бухарской Народной Советской Республики с Турцией. Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 556–564. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16793
Т Нуридинов, Коканский государственный педагогический институт

старший преподаватель (PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье описываются политические отношения между Бухарской Народной Республикой и Турецкой Республикой в ХХ веке. Ф. Ходжаев, вождь молодого бухарского народа, был одним из важных лидеров в отношениях с Турцией. Турция первой признала СССР и прислала посла. Из-за советского давления политические отношения между двумя странами недостаточно отражены в архивных документах.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

556

57. ЎзМА, И-1 фонд – Канцелярия Туркестанского генерал – губернатора.

58. ЎзМА, И-22 фонд – Управление начальника Каттакурганского уезда

Самаркандской области.

59. ЎзМА,, И-36 фонд - По выборам Государственную Думу.

60. ЎзМА, И-274 фонд – Сырдаринской областной по делам о выборах в

Государственную Думу комиссии.

61. Эл байроғи. 1917. 8 ноябрь,.9 декабрь, 19 декабрь.

62. Ҳуррият. 1917. 13 июнь, 14 декабрь, 19 декабрь.

63. Zeki Velidi Toğan. Hatiralar. Türkistan ve diğer müslüman doğu Türklerin

milli varlik ve kültür mücadeleleri. – Istanbul, 1969. – 674 s.

BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASINING TURKIYA BILAN

SIYOSIY ALOQALARI

Nuridinov T.Q.

QDPI katta o’qituvchisi (PhD)

tnuridinov1967.@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Turkiya Jumhuriyati bilan

XX asr 20-yillarida olib borgan siyosiy aloqalari tarixi yoritilgan. F.Xo‘jaev boshchiligidagi “Yosh
buxoroliklar” hukumati mazkur davlat bilan o‘rnatiladigan siyosiy aloqalarga xalqaro maydonga
chiqishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qaragan. Turkiya davlati BXSR mustaqilligini birinchi
bo‘lib tan oldi va elchilarini Buxoroga yubordi. Ikki o‘rtadagi siyosiy aloqalar sovetlar tazyiqi ostida
yetarlicha samara bermagani arxiv hujjatlari asosida ochib berilgan.

Kalit so‘z va iboralar

: Globallashuv, xalqaro aloqalar, yosh buxoroliklar, BXSR, Turkiya,

F.Xo‘jaev, M.Kamol, G‘olib Posho, Otaulla Xo‘jaev, M.Aminov, Q.Y.Po‘latov, Anvar Posho, Mahmud
Nazar va Mahmud Rajab, Pashar, elchilikning tugatilishi.

Аннотация:

В данной статье описываются политические отношения между Бухарской

Народной Республикой и Турецкой Республикой в ХХ веке. Ф. Ходжаев, вождь молодого
бухарского народа, был одним из важных лидеров в отношениях с Турцией. Турция первой
признала СССР и прислала посла. Из-за советского давления политические отношения между
двумя странами недостаточно отражены в архивных документах.

Ключевые слова и фразы: Глобализация, международные отношения, младобухарцы,

СССР, Турция, Ф. Ходжаев, М. Камал, Голиб-паша, Отаулла Ходжаев, М. Аминов, К.Ю. Полатов,
Анвар-паша, Махмуд Назар и Махмуд Раджаб, Пашар, прекращение посольство

Annotation: The article highlights the history of political relations between the Bukhara People's

Soviet Republic and the Republic of Turkey in the 20s of the twentieth century. The government of the
Young Bukharians headed by F. Khodjaev considered political relations with Turkey one of the important
directions. The Turkish state was the first to recognize the independence of the BNSR and sent
ambassadors to Bukhara. On the basis of archival documents, it is revealed that political relations
between the two countries were not effective enough under the pressure of the Soviets.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

557

Key words and phrases

: Globalization, international relations, young Bukharans, USSR,

Turkey, F. Khojaev, M. Kamal, Ghalib Pasha, Otaulla Khojaev, M. Aminov, Q. Y. Polatov, Anvar Pasha,
Mahmud Nazar and Mahmud Rajab, Pashar, termination of the embassy.

Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlarining davlatlar o‘rtasidagi

siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayib borishiga, turli millat

va madaniyatlarga mansub xalqlar o‘zaro hamkorligining rivojlantirishga hal

qiluvchi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biriga aylangan bugungi kunda xalqaro

tinchlikni saqlash, xalqlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash insoniyat oldidagi

dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Dunyo davlatlari, mintaqalar

o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni rivojlantirib borish zaruriyati zamonaviy

taraqqiyotning ajralmas xususiyatiga aylandi. Shu nuqtai nazardan davlatlar

o‘rtasidagi tashqi aloqalar, hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va

mustahkamlab borish, ularning tarixiy ildizlariga murojaat qilish ehtiyojini

vujudga keltirmoqda.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yangi

jamiyat qurishda xalqimizning boy tarixi, madaniyati, an’analarini o‘rganish,

ulardan foydalanish muhim vazifa sifatida belgilanmoqda. Zero, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Buyuk tarixda hech narsa

izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy

ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni

asrab avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz

siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir»

[1: 29]

.

Markaziy Osiyo xalqlarining Turkiya davlati bilan o‘zaro hamkorlik

munosabatlari tarixi bir necha yuz yillarni o‘z ichiga oladi. XIX asr oxiri XX asr

boshlarida Rossiya imperiyasi Buxoro amirligi hayotining barcha sohalari ustidan

to‘liq o‘z hukmronligini o‘rnatish tadbirlarini amalga oshirdi. Olib borilgan

siyosatning asosiy mohiyati Buxoroni tashqi dunyodan ajratib, uni yakkalab

qo‘yishga qaratilgan edi. Rossiyada 1917-yil fevral va oktabr voqealaridan keyin

hokimiyatga kelgan muvaqqat hukumat va bolsheviklar hukumati davrida ham

Buxoroga nisbatan mustamlakachilik siyosatining mohiyati o‘zgarmay qolaverdi.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

558

1920-yil 2-sentabrda Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darib tashlangach, bolsheviklar

sovet andozalari asosida yangi jamiyat qurish, BXSR ustidan mustamlaka

hukmronligini o‘rnatish siyosatini olib borishga kirishdilar. F.Xo‘jaev boshliq

hukumatning xorijiy mamlakatlar bilan olib borgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy,

ilmiy-texnikaviy hamkorlikdan maqsadi “xalqqa erkin maishat, iqtisodiy ozodlik,

asrlardan buyon amirlikning asoratida yotgan xalqni madaniy taraqqiysiga

chiqarmoq edi”

[2]

. BXSR hukumati respublikani xalqaro maydonga olib chiqish

maqsadida Sharq mamlakatlari va iqtisodiy taraqqiy etgan G‘arbiy Yevropa

davlatlari hamda AQSh bilan keng hamkorlikni amalga oshirish uchun, mavjud

murakkabliklarga qaramasdan, bir muncha ishlarni amalga oshirdi. Bu masalada

Kavkaz hududi BXSR uchun g‘arbiy yo’nalishda amalga oshiriladigan tashqi

siyosat uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur hudud Buxoro Respublikasining

Turkiya hamda G‘arbiy Yevropa va AQSh bozorlariga chiqish ko‘prigi bo‘lib

xizmat qildi.

BXSR hukumatining tashqi aloqalarida Turkiya respublikasi bilan

munosabatlar muhim ahamiyat kasb etgan. Buxoro Respublikasi hukumati dunyo

bozoriga chiqish, xalq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlash masalalarida Turkiyaning

ahamiyatini to‘g‘ri baholagan edi. BXSR hukumati a’zolarining ko‘pchiligi XX asr

boshlarida Turkiyada tahsil olganligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, har ikki

mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda o‘zaro bir-birini tushunish

ijobiy bo‘lganligini ko‘rish mumkin. I jahon urushidan keyingi davrda xalqaro

miqyosdagi o‘zgarishlar BXSR tashqi aloqalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.

Bu davrda g‘olib davlatlarning Germaniya va uning ittifoqchilariga nisbatan

yuritgan siyosatini mazkur davlatlar manfaatlariga zid bo‘lib, Antanta davlatlari

Rossiyada hokimiyatga kelgan bolsheviklar hukumatini tan olmaslik siyosatini

yuritdi. Bu davrda Turkiya tashqi siyosatida RSFSR bilan ittifoqchilik qilish,

o‘zaro siyosiy va elchilik aloqalari o‘rnatilishi muayyan darajada ahamiyatga ega

bo‘ldi. Turkiya hukumati 1921-yil 16-martda RSFSR bilan diplomatik va

hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bu o‘z navbatida BXSR va Turkiya


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

559

munosabatlari yo‘lga qo‘yilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Turk xalqining G’arb

davlatlariga qarshi olib borayotgan milliy kurashi Buxoroda sinchkovlik bilan

kuzatib borildi hamda qo‘ldan kelgan ma’naviy yordam ko‘rsatildi

[3: 8]

.

Turkiya Respublikasi BXSRni siyosiy va diplomatik tomondan birinchi

bo‘lib tan olgan mamlakat bo‘lganligini alohida ta’kidlash lozim. Turkiya va

BXSR o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilishi tashabbuskori Turkiya

respublikasining asoschisi Mustafo Kamol edi. Uning rahbarligidagi hukumat

1920-yil qishidayoq, har ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalarni o‘rnatish

maqsadida G‘olib Posho boshchiligidagi o‘z elchilarini Buxoroga yubordi

[3: 10]

.

O‘z navbatida BXSR hukumati Mahmud Nazar va Mahmud Rajab boshchiligidagi

elchilarni har ikki mamlakat o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish maqsadida

Turkiyaga yubordi

[4]

. Buxoro elchilari shaxsan Mustafo Kamol tomonidan qabul

qilinib, har ikki tomon o‘rtasida qadimdan davom etib kelayotgan o‘zaro do‘stlik

va hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishida muhim ahamiyat kasb etdi. BXSR hukumati

rasmiy nashri bo‘lgan «Buxoro axbori» gazetasida turklarning G‘arb davlatlari

bosqiniga qarshi olib borayotgan kurashi, Turkiya rahbari Mustafo Kamol shaxsiga

oid bir qator xabarlar nashr qilingani Buxoroda Turkiyadagi o‘zgarishlarga qiziqish

katta bo‘lganligidan dalolatdir. Ta’kidlash lozimki, Mustafo Kamol Posho shaxsi

bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlarni har tomonlama ilmiy va xolisona o‘rganish

O‘zbekistonda mustaqillik yillaridagina amalga oshdi. O‘zbekiston istiqloli

yillarida mazkur masala bir qator tadqiqotchilar tomonidan o‘rganildi

[5]

.

BXSR hukumati va xalqi Turkiya va Yunoniston urushi davomida qardosh

turk xalqini qo‘llab-quvvatlab, turli miting va namoyishlar tashkil qilgan, katta

miqdorda mablag‘ to‘planib, yordam tariqasida Turkiyaga jo‘natilgan. Turkiyaning

mustaqillik uchun olib borgan kurashi Buxoroda diqqat bilan kuzatib borildi.

Buxoroda turklarning g‘alabasi sharafiga 1922-yil 12-oktabrda o‘tkazilgan

mitingda BXSR rahbarlaridan Otaulla Xo‘jaev, M.Aminov, Q.Y.Po‘latov,

RSFSRning Buxorodagi vakili Fonshteyn nutq so‘zladilar va miting qatnashchilari

nomidan Turkiya hukumatiga tabrik telegrammasi jo’natildi

[7: 42]

.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

560

BXSR va Turkiya munosabatlariga mazkur davrda yuz bergan bir qator

ijtimoiy-siyosiy jarayonlar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Tarixiy ma’lumotlarni o‘rganish

shuni ko‘rsatmoqdaki, har ikki tomon munosabatlari sovet hukumati ruxsat bergan

doirada amalga oshirildi. BXSR hukumatiga Turkiya bilan munosabatlarni

o‘rnatish va olib borish oson kechmagan. Chunki 1921-yil oktabridan 1922-yil

avgustigacha bo‘lgan davrda turk sarkardasi Anvar Posho Buxoroga kelib, bu

yerdagi siyosiy- harbiy jarayonlarda faol qatnashdi

[8: 42]

. Bundan avval, Anvar

Posho 1920-yil yozidan 1921-yil sentabrigacha sovet Rossiyasi bilan hamkorlik

qilgan edi

[8: 45]

.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga BXSR va Turkiyaning RSFSR bilan

tuzgan shartnomalari hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi. 1921-yil 16-martda Moskvada

sovet Rossiyasi bilan Turkiya o‘rtasida do‘stlik va birodarlik haqida, 13 oktabrda

Turkiya bilan boshqa sovet respublikalari o‘rtasida shartnomalar tuzildi

[8: 46]

.

Mazkur shartnomalarga asoslanib, Mustafo Kamol hukumati Rossiyadan Anvar

Poshoni Turkiyaga qaytarishni yoki uni chegaradosh Kavkaz hududidan chiqarib

yuborishni qat’iy talab qildi. O‘z navbatida RSFSR tashqi ishlar xalq komissari

o‘rinbosari L.Karaxan 1922-yil 11-mayda RSFSRning Turkiyadagi muxtor vakili

S.Aralovga yozgan xabarnomasida sovet hukumati turk hukumati talabini bajarib,

Anvarni Anatoliyaga kiritmaganligini, hozirda esa Anvarning Buxoroda bo‘lishi

musulmon omma tomonidan uni Anqara hukumati va Mustafo Kamol

qo‘llayotganligi sifatida qaralayotganligini hisobga olib, bu masalada parlament va

matbuotda Anqara hukumatining Anvarga munosabatini aniqlab beruvchi chiqish

qilish talab qilindi

[9: 79]

.

Buxoro xalqi milliy istiqlol uchun kurash olib borayotgan turk xalqini har

tomonlama ma’naviy qo‘llab-quvvatlab turgan. 1922-yil 12-oktabrda BXSR MIQ

qarori bilan Masjidi Kalonda Buxoro maorif noziri Qori Yo‘ldosh Po‘latov

boshchiligida islom ruhoniylari, maktab o‘quvchilari ishtirokida miting o‘tkazildi.

Unda BXSR Nozirlar Sho‘rosi muvaqqat raisi Otaulla Xo‘jaev, MIQ raisi birinchi

muovini M.Aminov, RSFSR muxtor vakili M.Fonshteyn ishtirok etdilar. Miting


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

561

ishtirokchilari nomidan Turkiya Milliy majlisi raisi Mustafo Kamol nomiga tabrik

telegrammasi yuborildi

[9]

.

Buxoroga elchi qilib tayinlangan Turkiya vakillari 1921-yil yanvarda

Buxoroga keldi va BXSR rahbarlari F.Xo‘jayev, A.Muhiddinov, RSFSRning

Buxorodagi vakili K.Hakimovlar tomonidan qabul qilinib, ular sharafiga qabul

marosimi uyushtirildi

[10]

. BXSR dunyo miqyosiga chiqish uchun Turkiya bilan

o‘rnatiladigan diplomatik aloqalarga muhim masalalardan biri sifatida qaragan edi.

Shu nuqtai nazardan ikki o‘rtadagi elchilik aloqalariga ahamiyat berilganligi bejiz

emas. O‘z navbatida 1922-yil bahorida BXSR hukumati Turkiya bilan siyosiy

munosabatlarni o‘rnatish maqsadida Mahmud Nazar va Mahmud Rajablardan

iborat o‘z elchilarini Anqaraga yubordi. Buxoroning Turkiyaga yuborilgan birinchi

siyosiy xay’ati a’zolari Mustafo Kamol tomonidan qabul qilindi. Har ikki tomon

vakillari o‘z nutqlarida o‘zaro do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish, bir-

birlariga ko‘maklashuv lozimligini ta’kidladilar

[3: 52]

. Tomonlar davrning

murakkabliklariga qaramasdan, o‘zaro hamkorlikni barcha sohalarda amalga

oshirishdan manfaatdor edilar. Turkiya Respublikasi hukumati mavjud xalqaro

vaziyatdan kelib chiqib, sovet hukumati bilan munosabatlar o‘rnatishga majbur

bo‘ldi. Bu holat uning Buxoro bilan aloqalariga bevosita ta’sir ko‘rsatdi.

1920–1924-yillarda BXSR va Turkiya respublikasi o‘rtasida iqtisodiy

aloqalarni keng yo‘lga qo‘yishga erishilmadi. Mazkur jarayonga har ikki davlat

hayotida yuz bergan siyosiy-harbiy jarayonlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo yo‘lining

yo‘qligi, BXSR tashqi iqtisodiy aloqalari sovet organlari nazoratida amalga

oshirilishi sabab bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, Buxoroning Kavkazortida faoliyat

yuritgan savdo vakolatxonalari G‘arbiy Yevropa davlatlari bilan olib borgan

iqtisodiy munosabatlarda Istanbul porti va Turkiya banklaridan muayyan darajada

foydalangan edi.

1922-yil oxirida SSSR tashkil topgandan keyin barcha sohalarda bo‘lgani

kabi BXSRning Turkiya bilan hamkorlik doirasi qisqarib bordi. 1923-yildan

Buxoroni sovetlashtirish siyosatining kuchayishi bilan BXSRning chet


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

562

mamlakatlardagi

davlat

tashkilotlarini

tugatish

jarayoni

avj

oldirildi,

respublikaning xorijiy davlatlar bilan madaniy aloqalarini tugatish jarayoni

kuchaytirildi. Sovet hukumati xorijga tahsil olish uchun yuborilgan talabalarni

ortga qaytarish siyosatiga Buxoroni sovetlashtirishning tarkibiy qismlaridan biri

sifatida qaragan edi. SSSR tashkil topgach, rasman uning tarkibiga kirmagan

BXSR ichki va tashqi siyosatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. 1923-yil bahoridan

Buxoro hayotining barcha sohalarini sovetlashtirish siyosati jadallik bilan amalga

oshirila boshlandi. Avvalo, hukumat tarkibidan ilg‘or fikrli yosh buxoroliklar

namoyondalari chiqarilib, ular o‘rniga ma’lumoti yetarli darajada bo‘lmagan oddiy

xalq vakillari hukumat mas’ul lavozimlariga tayinlandi. BXSR konstitutsiyasi va

qonunlariga, shuningdek, respublikaning sovet davlati bilan tuzgan noteng

shartnomalariga ham jiddiy o‘zgartirishlar kiritilib, amalda Buxoro RSFSR

tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklardan biriga aylantirildi. Kommunistik

mafkura namoyondalari «jahon inqilobi» g‘oyasi amalga oshmagandan keyin uni

alohida olingan jo‘g‘rofik makonda amalga oshirishga kirishdilar. Totalitar

tuzumning kuchayib borishi bilan BXSR kabi qog‘ozda mustaqil bo‘lgan

respublikalarni tugatib, ularni SSSR tarkibiga kiritish jarayoni boshlandi. Buxoro

hayoti barcha sohalari ustidan sovet davlat muassasalari nazorati o‘rnatilishi bilan

kommunistik partiya dohiylarining BXSRni tarix sahnasidan butunlay yulib

tashlashdan iborat bo’lgan siyosatining asl ko‘rinishi oshkor bo‘lib qoldi. Buxoro

hududida harbiy harakatlarning uzoq davom etishi natijasida respublika hukumati

mavjud vaziyat ustidan nazorat o‘rnatish imkoniyatiga ega emasdi. BXSRning

xorijiy davlatlar bilan olib borilayotgan hamkorligiga 1923-yil martida

Chorjo‘yning Pashar qishlog‘i yonida Turkiya, Afg‘oniston, RSFSR konsulliklari

va diplomatik vakillarining halok bo‘lganliklari muayyan darajada salbiy ta’sir

ko‘rsatgan, albatta

[11: 38]

. Mazkur voqea kim tomonidan amalga oshirilishidan

qat’iy nazar, BXSR hukumatining xalqaro miqyosdagi obro‘siga jiddiy salbiy ta’sir

ko‘rsatgan edi.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

563

Bu davrda ikki o‘rtadagi aloqalar hukumatlar doirasida o‘zaro maktub

yozishmalari ko‘rinishida mavjud bo‘lgan. Turkiyaning jumhuriyat deb e’lon

qilinishi munosabati bilan BXSR hukumati qardosh xalq hukumati va uning

rahbari Mustafo Kamol nomiga tabrik telegrammasi yo‘llaydi. 1923-yil noyabrda

Turkiya rahbari javob telegrammasi yo‘llab, o‘z xalqi va hukumati nomidan

qardosh Buxoro xalqi va hukumatiga o‘z samimiy minnatdorchiligini bildiradi

[3:

51-52]

. Biroq, bu davrda Buxoro hayotini jadal sovetlashtirilishi natijasida

BXSRning tashqi aloqalari doirasi qisqarib bordi. Turkiya Respublikasi bilan

hamkorlik munosabatlari yetarlicha rivojlanmasdan barham topdi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, BXSR tarixan qisqa

muddat davomida mavjud bo‘lishiga qaramasdan, sovet respublikalari, xorijiy

mamlakatlar bilan keng hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishga harakat qildi

va bu masalada muayyan natijalarga erishdi. BXSRning Turkiya davlati bilan

hamkorligi, ayniqsa, maorif va madaniy sohalarda bir muncha samarali bo‘ldi.

Turkiya uchun og‘ir bo‘lgan chet el bosqini davri bo‘lishiga qaramay, Mustafo

Kamol hukumati qardosh Buxoro xalqi bilan hamkorlik munosabatlarini samarali

olib borishga harakat qildi. O‘z navbatida boshidan murakkab davrni

kechirayotgan BXSR hukumati xorijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun o‘z

talabalarini yubordi. Bir tomondan, Buxoro hududida ko‘p ming kishilik sovet

armiyasining mavjud bo‘lishi, mamlakatda qizil armiyaga qarshi kuchli qurolli

qarshilik harakatining uzoq vaqt mobaynida davom etishi, BXSR tashqi

aloqalariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ikkinchidan, Buxoro xorijiy Sharq mamlakatlari

bilan sovet hukumati vakillari ishtirokida aloqalar olib bordi. Ayniqsa, SSSR

hukumatining 1923-yildan sovet respublikalari va xorijiy davlatlarda faoliyat olib

borgan BXSR vakolatxonalarini tugatish tomon yo‘l tutishi BXSRning xalqaro

hamkorligi barham topishiga olib keldi. SSSRda sovet hokimiyatining

mustahkamlanib borishi Buxoro va Turkiya munosabatlarida salbiy holatlar paydo

bo‘lishiga olib keldi. Shuningdek, sovet davlat organlarining Turkiya diplomatik

vakillariga

va

hukumatiga

tazyiq

ko‘rsatishi

tomonlar

o‘rtasidagi


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

564

munosabatlarning yomonlashuviga olib keldi. Bu holat BXSR va Turkiya

respublikasi munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, sovetlarning Buxoro

mustaqilligini tugatish siyosatiga mos kelardi. Xorijda jumladan, Turkiyada tahsil

olgan Buxoro talabalarining ayrimlari sovet totalitar siyosati bilan kelisha olmay,

o‘zga yurtlarda qolgan bo‘lsalar, o‘z yurtiga qaytganlari XX asr 30-yillarida

stalincha qatag‘on siyosati qurboni bo‘ldilar.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом

эттириб, янги босқичга кўтарамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2018.

2. “Бухоро ахбори” 1922 йил, 8 июл, № 89 сон.

3. Ҳайитов Ш., Раҳмонов К. Бухоро Халқ Совет Республикаси ва Шарқ

мамлакатлари. (1920-1924 йиллар). –Бухоро. 2004.

4. Бухоро ахбори, 1922 йил, 4 апрель, №77.

5. Эргашев Ф. Янги Туркиянинг отаси. Жаҳон адабиёти. 1998 йил, № 8,

А.Зоҳидий Мустафо Камол Отатурк. Фан ва турмуш, 2001 йил, № 1.

6. Бухоро ахбори, 1922 йил, 19 октябрь, № 103.

7. Ражабов. Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш. –

Тошкент: 2002.

8.

Материалы по истории Бухарской Народной Советской Республики.

Сборник документов. – Ташкент: 1976.

9.

Бухоро ахбори, 1922 йил, 19 октябрь, № 103.

10.

Бухоро ахбори, 1921 йил, 27 январь, № 21.

11. ЎзМА, Р 47-фонд, 1-рўйхат, 321-иш.

Библиографические ссылки

Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2018.

“Бухоро ахбори” 1922 йил, 8 июл, № 89 сон.

Ҳайитов Ш., Раҳмонов К. Бухоро Халқ Совет Республикаси ва Шарқ мамлакатлари. (1920-1924 йиллар). –Бухоро. 2004.

Бухоро ахбори, 1922 йил, 4 апрель, №77.

Эргашев Ф. Янги Туркиянинг отаси. Жаҳон адабиёти. 1998 йил, № 8, А.Зоҳидий Мустафо Камол Отатурк. Фан ва турмуш, 2001 йил, № 1.

Бухоро ахбори, 1922 йил, 19 октябрь, № 103.

Ражабов. Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш. – Тошкент: 2002.

Материалы по истории Бухарской Народной Советской Республики. Сборник документов. – Ташкент: 1976.

Бухоро ахбори, 1922 йил, 19 октябрь, № 103.

Бухоро ахбори, 1921 йил, 27 январь, № 21.

ЎзМА, Р 47-фонд, 1-рўйхат, 321-иш.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов