Вопрос электрификации Узбекистана в годы Второй мировой войны (по данным узбекской национальной прессы)

CC BY f
443-455
8
3
Поделиться
Акбаров, Р. (2023). Вопрос электрификации Узбекистана в годы Второй мировой войны (по данным узбекской национальной прессы). Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 443–455. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16527
Р Акбаров, Наманганский государственный университет

стажер-исследователь

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Эта статья является важной задачей в укреплении оборонительной мощи страны и удовлетворении потребностей населения Узбекистана в годы Второй мировой войны, История строительства крупных, средних и малых типов гидроэлектростанций и других процессов, связанных с электрификацией, была проанализирована в хронологическом порядке на основе узбекской национальной прессы.

Похожие статьи


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

443

uchun o‘z talabalarini yubordi. Bir tomondan, Buxoro hududida ko‘p ming kishilik

sovet armiyasining mavjud bo‘lishi, mamlakatda qizil armiyaga qarshi kuchli

qurolli qarshilik harakatining uzoq vaqt mobaynida davom etishi, BXSR tashqi

aloqalariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ikkinchidan, Buxoro xorijiy Sharq mamlakatlari

bilan sovet hukumati vakillari ishtirokida aloqalar olib bordi.

Фойдаланилган манба ва адабиётлар:

1. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом

эттириб, янги босқичга кўтарамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2018.

2. “Озод Бухоро”, 1924 йил, 2 сентябрь.

3. Айний. С. Материалы по истории Бухары.

4. ЎзМА, 3-фонд , 1-рўйхат, 155-иш, 4, 8-варақлар

5. Айний.С. Материалы по истории Бухары..

6.Ўзбекистoннинг

янги

тариxи.

2-китоб.

Ўзбекистон

совет

мустамлакачилиги даврида. Илмий муҳаррир М. Жўраев –Тошкент: Шарқ,

2000.

7. ЎзМА, Р 56-фонд, 1-рўйхат, 38-иш, 89-варақ.

8. Бухоро ахбори, 1922 йил, 27 март, № 76.

9. ЎзМА, Р 47-фонд, 1-рўйхат, 109-иш, 1-варақнинг орқаси.

10. ЎзМА, Р 47-фонд, 1-рўйхат, 29-иш, 121-варақ.

11. Раҳмонов К. Бухоро Халқ Совет Республикаси тарихи матбуот

саҳифаларида. – Тошкент: Abu matbuot-konsalt, 2012.

IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA

ELEKTRLASHTIRISH MASALASI (O‘zbek milliy matbuoti ma’lumotlari

asosida)

Akbarov R.M.

Namangan davlat universiteti stajyor-tadqiqotchisi

akbarov.rahmatillo.1993@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda

mamlakatning mudofaa qudratini kuchaytirish va aholi ehtiyojlarini qondirish uchun yirik, o‘rta
va kichik turdagi gidroelektrostansiyalarning barpo etilishi hamda elektrlashtirish bilan bog‘liq
boshqa jarayonlar tarixi o‘zbek milliy matbuoti ma’lumotlari asosida xronologik tartibda tahlil
qilindi.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

444

Kalit so‘z va iboralar: Ikkinchi jahon urushi, o‘zbek milliy matbuoti, elektrlashtirish,

gidroelektrostansiyalar, energiyani tejash, Farhod GES, Kolxoz gidrostansiyalari.

Аннотация: Эта статья является важной задачей в укреплении оборонительной

мощи страны и удовлетворении потребностей населения Узбекистана в годы Второй
мировой войны, История строительства крупных, средних и малых типов
гидроэлектростанций и других процессов, связанных с электрификацией, была
проанализирована в хронологическом порядке на основе узбекской национальной прессы.

Ключевые слова и фразы: Вторая мировая война, узбекская национальная пресса,

электрификация, гидроэлектростанции, энергосбережение, Фарходская ГЭС, колхозные
гидростанции.

Annotation: This article is a major in strengthening the country's defense power and

meeting the needs of the population in Uzbekistan during the years of World War II, The history
of the construction of large, medium and small types of hydropower plants and other processes
related to electrification was analyzed in chronological order on the basis of the Uzbek national
press.

Key words and phrases: Second World War, Uzbek national press, electrification,

hydroelectric plants, energy saving, Farhod HPP, Kolkhoz hydro plants.

Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston frontni zaruriy narsalar bilan

ta’minlashda juda katta rol o‘ynadi. Sanoat va qishloq xo‘jalik tarmoqlarida

mahsulot hajmi va xilma-xilligi ko‘payib bordi. Ishlab chiqarish, ayniqsa,

sanoatning gurkirab rivojlanishi bevosita respublikada katta quvvatdagi elektr

energiyasi bazasini vujudga keltirish bilan bog‘liq bo‘ldi. O‘zbekistonning

mehnatkash xalqi va soha mutahassislari bu vazifani sharaf bilan bajardi.

Urushgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda elektr energetikasi tizimi

nisbatan kam rivojlangan, mavjud elektr stantsiyalarining umumiy quvvati 170

ming kVtni tashkil etgan. Bu davrda O‘zbekistonning elektr tizimi tarkibida

Chirchiq-Bo‘zsuv GES kaskadi, Toshkent IES, Quvasoy GRES va bir nechta

kichik shahar IESlari mavjud bo‘lib, shuningdek, ayrim korxonalarda dizel

generatorlari mavjud bo‘lgan

[1: 69].

Urushning

boshlanishi

va O‘zbekistonga frontbo‘yidagi ko‘plab

korxonalarning ko‘chirib keltirilishi hamda yangilarining qurilishi o‘z navbatida

katta elektr energiyasi bazasini vujudga keltirishni ham talab qilgan. Sovet

hukumati korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini oshirishda vujudga kelgan

elektr taqchilligini bartaraf etishni ikkita yo‘l orqali, birinchidan, mavjud elektr


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

445

energiyasini tejash va qayta taqsimlash, ikkinchidan, yangi elektr stansiyalarini

barpo etish yo‘li bilan hal etishga harakat qilingan

[1: 69]

.

Ikkinchi jahon urushi yillarida frontorti o‘zbek milliy matbuotida berilgan

ma’lumotlar buni tasdiqlaydi. Urush davri gazetalarining ayniqsa, 1941–1942-

yillardagi nashrlarida elektr energiyasini tejash, elektrni eng avvalo front ehtiyoji

uchun mahsulot ishlab chiqaradigan ob’yektlarga yo‘naltirish, korxona va

artellarda stanoklarni harakatga keltirishning muqobil variantlarini izlashga

chaqiriladi. “Qattiq tejash – urush vaqtining qonunidir”, “Elektr quvvati qattiq

tejalsin” kabi chaqiriqlar urush davri matbuotining harakterli hususiyatlaridan

hisoblanadi.

Elektr energiyasini tejash bo‘yicha o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, kattaligi 16 m

2

dan oshiq bo‘lgan uylarning chiroqlarini 40 vattli, undan kichik uylarning

chiroqlarini 25 vattli lampochkalar bilan almashtirilgan

[2: 3]

. Plitkalar, elektr

choynak, dazmol va shu kabi ko‘p energiya sarflaydigan elektr asboblaridan

foydalanish vaqtincha taqiqlangan. Iste’molchilarga ortiqcha lampochkalar

qo‘ymaslik, o‘zboshimchalik bilan uyiga elektr tushirib oluvchilarga qarshi kurash,

lampochkalarni bekor ishlatmaslik kabi talablar qo‘yiladi

[3: 1]

. Bundan tashqari

binolarning oynalarini doimiy suratda toza saqlash ham lozim bo‘lgan. Chunki

iflos oynalar yorug‘likni kam o‘tkazadi.

Elektr energiyasini tejash ishini aholi va sanoat korxonalaridagi ahvoli

yuzasidan ma’sul tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tekshirish jarayonlari

matbuotda e’lon qilib borilgan. Jumladan, 1941-yil dekabr oyida Toshkent

shahrida yashovchi aholi orasida elektr quvvatini ishlatish ishi tekshirilganda

ko‘pgina xonadonlarda elektr energiyasidan foydalanishda urush davri tartiblarini

buzuvchilar ham uchrab turganini ko‘rish mumkin. Masalan, Chigitchi

ko‘chasidagi 28-sonli xovlidagi oila tekshirilganda elektr plitasi ishlatilayotganligi

aniqlangach ushbu hovli 3 oygacha elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilgan

[4: 3]

.

“Lenin yo‘li” gazetasining 1942-yil 1-aprel sonida “Elektr quvvatini tejab

sarflaylik” nomli maqolada Samarqand shahridagi “26 Boku komissari”,


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

446

“Kolxozchi” zavodi, Samarqand vino zavodi, “Chkalov” bosmaxonasi va boshqa

korxonalar elektr energiyasini isrof qilayotgani aytiladi

[5: 2]

.

“Stalin haqiqati” gazetasining 1942-yil 9-dekabrda “Elektr quvvatini tejash

partiya tashkilotining muhim ishidir” sarlavhali maqolada Namangan shahar paxta

zavodlarida elektr quvvati behuda sarf qilinganligi tanqid qilinadi, elektr quvvati

va yoqilg‘ini tejash ishida asosiy vazifa komunist va komsomollarga yuklanadi.

Har bir komunist ishlab chiqarishdagi o‘z uchastkasida rejaning, kunlik

topshiriqlarning bajarishiga erishish bilan birga, elektr quvvatining va yoqilg‘ining

ko‘p miqdorda tejalishiga erishishi lozim deyiladi

[6: 1]

Shu kabi maqolalar bilan

aholi va muassasalarni energiyani tejash ishida qattiq tartibga amal qilishga

chaqirilgan.

Ikkinchi jahon urushi davri o‘zbek milliy matbuotidagi sohaga oid maqolalar

tahlili shuni ko‘rsatadiki, elektr energiyasi barqarorligiga erishishda sovet

hukumati tomonidan ilgari surilgan yana bir tadbir – ishlab chiqarish jarayonida

stanoklarni harakatga keltirishning muqobil variantlarini yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Bu

usulda suv kuchidan foydalanish muhim o‘rin tutdi.

Namangan shahridagi “Qizil bolg‘a” artelida mexanik Sal Salamonovich

Berinskiy tomonidan katta oqava suvni artelning katta charxpalagiga yo‘naltirib,

elektr tokisiz uni harakatga keltirishga erishgan. Ungacha arteldagi 4 ta o‘rtacha

stanoklarning ishlashi uchun 2 tonna neft, kerosin, aftol kabi mahsulotlar

sarflangan va yoqilg‘ilarni sarflash uchun 2 ta mexanik doimiy ishlar edi.

Berinskiyning tadbiri natijasida yoqilg‘i sarflanmay ish unumini yanada oshirish

imkonini ham bergan

[7: 2]

. Namangan oblastida 1942-yilning dekabr oyida

“Oktyabrning 20 yilligi” artelining jamoasi mexanik Abdulhaq Podmarev

boshchiligida vermishel va makaron ishlab chiqarish sexida 440 litr tezlashtirilgan

suvga charxparrak o‘rnatilib, sexda suv kuchi bilan kuniga 1 tonna miqdorda

vermishel ishlab chiqarilgan. Ushbu artelda suv kuchi bilan paxta titish sexi ham

tashkil qilingan

[8: 2]

.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

447

Ikkinchi jahon urushi davrida ishlab chiqarish sohasida elektr energiyaga

tobora oshib borayotgan ehtiyojni faqatgina tejash yo‘li bilan qondirib bo‘lmasdi.

Buni yaxshi anglagan sovet hukumati O‘zbekistonda bir qator yirik, o‘rta va kichik

turdagi gidroelektrostansiyalar qurish bo‘yicha qaror chiqargan.

Misol uchun, Sovet Ittifoqi uchun eng qiyin vaziyatda, ayni 1941-yilda,

Moskva mudofaasi kuchaygan paytda O‘zbekistonda 3 ta katta gidrostansiya

qurish haqida qaror chiqarilgan. 1942-yil 18-noyabrda, Qizil Armiya Stalingrad

atrofida hujumga o‘tishi arafasida yana 5 ta yangi gidrostansiya qurish to‘g‘risidagi

qarorning chiqarilishi O‘zbekistonda bu sohadagi ishlarni yanada jadallashishiga

sabab

bo‘lgan.

1943-yil

oxiriga

kelib

mamlakatda

jami

9

ta

gidroelektrostansiyasining qurilishi ketmoqda edi

[9: 1]

.

Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston energetika tizimida bir qator

gidrostansiyalar qurilishi amalga oshirilayotgan yoki loyihalanayotgan sanoat

markazlari mavjud bo‘lib, ular:

Toshkent shahri va oblasti.

“Tovoqsoy”, “Oqtepa”, “Qibray”,

“Oqqovoq-1”, “Salor”, “Quyibo‘zsuv-1”, “Quyibo‘zsuv-2”, “Oqqovoq-2”,

“Oqqovoq-3” va “Farhod” gidroelektrostansiyalari barpo qilindi;

Farg‘ona vodiysi

. Birinchi yo‘nalish – Uchqo‘rg‘on va Namangan orasida

Shimoliy Farg‘ona kanalidan foydalanish negizida quriladigan gidrostansiyalar.

Ikkinchi yo‘nalish – Andijon va Farg‘ona oblastlarida Shahrixon va Shohimardon

gidrostansiyalari;

Samarqand shahri

Darg‘om elektrostansiyalaridan quvvat olgan.

Oblastda Taligulan GES qurilishi amalga oshirilgan;

Xorazm oblastida

Toshsoqa kanalida Shovot GES qurilishi boshlangan;

Surxondaryo oblastida

Qumqo‘rg‘on GES qurilishiga tayyorgarlik ishlari

boshlangan;

– Qoraqalpog‘iston ASSRda

Qizketgan kanalida gidrostansiyasi qurilishi

loyihalangan.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

448

Ko‘rilayotgan davrda O‘zbekistonni elektrlashtirish jarayonlarida Aleksandr

Nikolayevich Askochenskiy, Aleksandr Solomonovich Abelev, Rahmatulla

Alimov, Stepan Titovich Altunin, Dmitriy Sergeyevich Batrakov, Sigizmund

Antonovich Boroves, Aleksandr Semyonovich Vavilov, Vladimir Mixaylovich

Degtyarev, Petr Mixaylovich Jukov singari ko‘plab muhandislar

[10]

gidrostansiyalarni loyihalash va qurish ishida salmoqli iz qoldirdilar.

Gidrostansiyalar qurilishida asosiy ishchi kuchini kolxozchilar tashkil etgan.

Xususan, Farhod GES qurilishining o‘zida hasharchilar soni 70 ming kishini

tashkil etgan.

Loyihachilar va quruvchilarning qahramonona mehnati natijasida Oqqavoq

GESi 15 oyda, Qibray GESi 18 oyda, Solor GESi 11 oyda va Quyi-Bo‘zsuv-1

GESi 24 oyda ishga tushirildi

[11]

.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasida Chirchiqstroy trestining boshqaruvchisi va

bosh direktori A.Askochenskiyning bergan ma’lumotlariga qaraganda, Oqqovoq –

1 gidroelektrostansiyasi 1943-yilning 15-martida tantanali ravishda ishga tushirildi.

Tovoqsoy va Oqtepa stansiyalari urushdan ilgari qurilishi boshlangan bo‘lsa,

Oqqovoq – 1 stansiyasi urushning 14 oyi davomida qurib bitirilgan

[12: 2]

.

Gidrostansiyalarning urush davrida tez surat bilan barpo etilishi qurilishda yangi

oson texnologiyalarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘ldi.

Urushning dastlabki davrida boshlangan elektrlashtirish ishidagi mislsiz

mehnatlar natijasi o‘laroq 1942-1943-yillarda elektr energiyasi ishlab chiqarish

hajmi 4 baravarga ko‘paydi

[13: 162]

.

1944-yilning

yoziga

kelib

avvalroq

ishga

tushirilgan

Tovoqsoy

gidrostansiyasida GESning quvvatini ancha oshiradigan katta tadbirlar ko‘rildi.

To‘g‘onni 20-30 metr baland ko‘tarish ishlari boshlanadi. Buning natijasida

suvning sathi ko‘tarilib, uning bosim quvvati oshadi. Bu tadbir bir sutkada

qo‘shimcha 10 ming kilovatt soat qo‘shimcha elektr quvvatini ishlab chiqarish

imkoniyatini beradi. To‘g‘onning yuqori qismiga Oqsoy ota arig‘idagi suvni burish


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

449

tadbiri esa elektr quvvati ishlab chiqarish yana 2,5 foizga ko‘payishiga olib kelardi

[14: 519]

.

1943-yilda O‘zbekistonda amalga oshirilgan qurilishning eng yiriklaridan

biri – bu Farhod gidroelektrostansiyasi bo‘ldi. Stantsiyani qurish to‘g‘risidagi qaror

SSSR Davlat mudofaa qo‘mitasining 1942-yil 18-noyabrdagi farmoni bilan qabul

qilingan. Loyiha topshirig‘ini ishlab chiqish 1942-yil dekabr oyida boshlanib,

“Farxadstroy” umumiy nazorati ostida qator tashkilotlar ishtirokida amalga

oshirildi.

O‘zbekistonning barcha hududlaridan GES qurilishi uchun ko‘plab

kolxozchilar jalb etildi. Masalan, Toshkent oblastidan – 10913, Farg‘onadan –

10000, Andijondan – 12000, Samarqanddan – 12000

[15: 38]

Namangandan –

9500

[16: 2]

kishi qatnashgan.

O‘zbekiston kolxozchilari qurilish uchun katta yordam ko‘rsatganlar. Bu

yordam – oziq-ovqat, asbob-uskuna, qurilish materiallari va boshqalar shaklida edi.

Farhod qurilishiga bunday yordamni tashkil etish tashabbusini Toshkent

viloyatining Yangiyo‘l tumani mehnatkashlari ilgari surganlar. Dastlabki davrda

qurilish uchun Toshkent viloyati kolxozchilari tomonidan yuzlab kub metr

yogʻoch, bir necha yuzta arava, minglab ketmon, belkurak, terak, lom va boshqa

shu kabi vositalarni keltirganlar. Keyinchalik, GES qurilishi uchun Samaqarqandan

190 vagon, Farg‘onadan 93 vagon, Namangandan 39 vagon, Andijondan 60 vagon

moddiy qimmatli vositalar keltirilgan

[15: 38]

. “Stalin haqiqati” gazetasining

1943-yil 31-yanvar sonida “Farhod qurilishida bizning ishtirokimiz” nomli

maqolada Namangan obkomi Q.Muqimboyevning taqdim qilgan ma’lumotlariga

ko‘ra, Namangan oblastida qurilish ishi boshlanmasdan avval 330 kubometr

yog‘och, 3684 bog‘ qamish, 5000 ta bordon (Bordon – pusti tozalanmagan

qamishdan boʻyraga oʻxshatib toʻqiladigan qurilish materiali; toʻshama), 25

tonnaga yaqin turli oziq-ovqatlar, shuningdek, ko‘p miqdorda asbob-uskunalar

tayyorlab qo‘yilgan.

Shuningdek, quruvchilarga madaniy xizmat ko‘rsatish uchun


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

450

madaniy-maishiy va san’at sohalaridan 25 kishidan iborat brigada ham tuzilgan

[17: 2]

.

Farhod GES va shu kabi yangi inshootlarni qurish uchun frontga ketgan o‘n

minglab kolxozchilarning o‘rnini qoplash va kolxozlarda qolgan mehnatga

layoqatli aholini uch barobar kuch bilan ishlashiga harakat qilindi, mehnat

mahsuldorligini oshirish uchun barcha mumkin bo‘lgan imkoniyatlardan

foydalanildi. Bu borada sovet hukumatining targ‘ibot vositasi sifatida milliy

matbuot ham juda katta rol o‘ynagan. O‘zbekiston SSR XKS va Komunistik

partiyasi MKning qarori bilan “Elektrnoma” kitobini ta’sis etish hamda unga xalq

qurilishlarida mehnat qahramonligi namunalarini ko‘rsatgan ilg‘or jamoalarni va

qurilish qatnashchilarining nomlarini bu faxriy kitobga kiritish belgilangan

[18: 1]

.

Bu omillar qurilishda ish unumdorligini oshishiga ma’naviy ko‘mak bergan

albatta.

Targ‘ibot-tashviqot ishining kuchaytirlishi va mehnatkashlar ommasining

vatanparparligi samarasi o‘laroq Farhod GES qurilishida yaxshi natijalarga

erishilgan. Misol uchun, “Stalin haqiqati” gazetasining 1943-yil 5-martdagi sonida

berilgan ma’lumotga qaraganda, qurilishda Namangan oblasti uchun yillik tuproq

qazish rejasi 316 ming kubometr qilib belgilangan bo‘lsa, oblast kolxozchilari

o‘zlariga belgilangan bir oylik rejani 12 kunda 100,3 foiz qilib bajargan. Bunga

rejada ko‘rsatilgan ishchi kuchlari miqdoridan 67 foizini ishtiroki bilan erishilgan.

Ishchilardan 3595 kishi normani 300 dan 1000 foizgacha, 145 kishi esa 1000 dan

3500 fozigacha bajargan. Oblast bo‘yicha ish unumi har bir kolxozchi normani

o‘rtacha 2,5 barobardan bajargan

[19: 2]

. Lenin yo‘li gazetasining 1943-yil 27-

iyun sonidagi berilgan ma’lumotga ko‘ra, Samarqand oblasti yillik tuproq qazish

rejasini 4 oy mobaynida oblastlar ichida birinchi bo‘lib bajarib, oblastdagi ilg‘or

quruvchilarning nomlari Farhod GES qurilishi boshqarmasining 1943-yil 22-

iyundagi buyrug‘i bilan “Elektrnoma” kitobiga kiritilishga tavsiya etilgan

[20: 1]

.

Urush yillarida O‘zbekistonda yirik elektrostansiyalardan tashqari kolxoz

elektrostansiyalari qurish ham ommaviy tus oldi. Stansiyalar kolxozchilarning o‘z


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

451

kuchlari bilan soy va kanallarning sharsharali joylariga quriladi. Masalan, Farg‘ona

oblasti Vodil rayoni “Hamzaobod” qishloq xo‘jaligi artelining kolxozchilari

Ko‘ksuv daryosiga, Toshkent oblastining Quyi Chirchiq rayonidagi Budyonniy

nomli qishloq xo‘jaligi kolxozchilari Cho‘chqabosh kanalining sharsharasiga 30

kilovatlik gidrostansiya qurilishini amalga oshirganlar

[21: 509]

. Respublika

qishloqlarini elektrlashtirish keng tus olib, 1944-yilning o‘zida 300 ta kichik elektr

stansiya qurish mo‘ljal qilingan. Kolxozchilarning bo‘linmas fondidan yangi elektr

stansiyalari qurilishiga 37 million so‘m ajratilgan. Mahalliy sanoat korxonalarining

ko‘plari kolxoz elektr stansiyalari qurilishiga zarur bo‘ladigan asbob-uskunalarni

ishlab chiqarishni o‘zlashtirib olganlar

[21: 509]

. Urush sharoitida bunday turdagi

gidrostansiyalar qurilishi ichki imkoniyatlardan foydalanib amalga oshirilgan.

“Stalin haqiqati” gazetasining 1943-yil 12-dekabr sonida raykom Yaqub

Kamolovning taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Namangan oblasti, Namangan

rayonidagi Kaganovich qishlog‘idagi “Lenin” nomli kolxozda 800 chirog‘lik,

Qumqo‘rg‘on qishlog‘idagi “Stalin” kolxozida 250 chirog‘lik, Toshbuloq

qishlog‘idagi “Ijtimoiyat” kolxozida 1300 chirog‘lik va bundan tashqari Chuqur

ko‘cha dahasidagi “Lenin” kolxozida va Derizlik dahasidagi “Stalin” kolxozida

ham shunday kichik gidrostansiyalar qurilgan

[22: 2].

1944-yil yanvarda Samarqand viloyati bo‘yicha Zarafshon oqimidagi ariq va

soylar, shuningdek, viloyatdagi boshqa ariqlardan foydalanib, kolxozlarda 29 ta

kichik gidrolektrostansiyalar qurilishi belgilab olingan. Ulardan 3 tasi

Samarqandda, 2 tasi Zomin tumanida, Jizzax tumanida 5 ta, G‘allaorol, Forish,

Qo‘shrabot va Qoraqishloq tuman kolxozlarida ham bunday gidrostansiyalar

qurilishi rejalashtirilgan. Bu kichik gidroelektrostansiyalarning quvvati 300-400

kilovatgacha bo‘lgan. Tuman va kolxozlarda quriladigan kichik gidrostansiyalar

uchun zarur bo‘lgan turbinalar “Krasniy dvigatel” va “Quyosh” artelida

tayyorlangan

[23: 2]

.

“Stalin haqiqati” gazetasining 1945-yil 28-aprel sonida “Kolxoz qishloqlari

chorog‘on bo‘ladi” sarlavhali maqola aytilishicha, O‘zbekiston SSR Xalq


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

452

Komissarlari soveti hamda O‘zMK(b) Markaziy Komitetining “O‘zbekiston SSR

qishloqlarini elektrlashtirishni kuchaytirish haqida” deb chiqargan qaroridan keyin

Namangan oblast obkomining qaroriga ko‘ra, kolxozlarda 1945-yil ichida 1365

kilovatlik 50 ta, Respublika xalq komissarliklarining qaramog‘idagi oblast

sistemalarida 6 ta kichik gidroelektrostanisiya qurilishi belgilangan. Rejaga ko‘ra,

oblastning Uychi rayonida – 11 ta, Uchqo‘rg‘on rayonida – 10 ta, Yangiqo‘rg‘on

rayonida – 6 ta, Kosonsoy rayonida – 5 ta, Chust rayonida – 2 ta, Pop rayonida –

10 ta, To‘raqo‘rg‘on rayonida – 3 ta, Norin va Namangan rayonlarida bittadan

kichik gidroelektrostansiyalar qurilishi boshlandi

[24: 2]

. Kichik turdagi

gidrostansiyalar hududdagi sanoat korxonalari, artellar va aholi ehtiyojlari uchun

xizmat qilgan.

Amalga oshirilgan tadqiqotning natijalaridan kelib chiqib, quyidagi

xulosalarga kelish mumkin:

– Ikkinchi jahon urushi yillarida sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan

ta’minlash ishi mavjud energiyani tejash va sanoatga yo‘naltirish, stanoklarni

yurgizishda boshqa vositalardan foydalanish hamda yangi elektr stansiyalarini

qurish yoki avvalgilarini quvvatini oshirish orqali amalga oshirilgan;

– elektr energiyasini tejash – ko‘p energiya sarflaydigan elektr anjomlarini

ishlatmaslik, lampochkalarni kam quvvatlisiga almashtirish, ortiqcha lampochkalar

ishlatmaslik va boshqa shakllarda amalga oshirilgan;

– O‘zbekistonni elektrlashtirishga respublikadagi mavjud daryolar, kanallar

hamda ariqlar ko‘pligini hisobga olib gidroelektrostansiyalar qurish bilan

erishilgan. Bu borada birinchi o‘rinda Toshkent shahri va oblasti turgan. Keyingi

o‘rinlarda Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo oblastlari va

Qorqalpog‘iston ASSRda suv resurslaridan foydalanib bir qancha gidrostansiyalar

qurildi yoki loyihalashtirilgan;

– o‘zining quvvati jihatidan butun Ittifoqdagi gidrostansiyalar orasida 3-

o‘rinni egallagan Farhod GES ommaviy hashar yo‘li bilan mislsiz mehnatlar

evaziga barpo etildi. O‘zbekiston kolxozlari va sovxozlari gidrostansiyalar


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

453

qurilishi uchun zarur asbob-uskuna, qurilish materiallari, oziq-ovqat va ishchi

kuchi bilan ta’minlagan;

– urush yillarida qishloq joylarda ishlab chiqarish va aholi ehtiyojlari uchun

kichik anxor va kanalardan foydalanib kichik turdagi gidrostansiyalar qurilishi

ham avj olgan.

Yakuniy xulosa sifatida shuni qayd qilish mumkinki, urush yillarida

O‘zbekiston xalqi oldida material va mehnat resurslari cheklangan murakkab

sharoitda yangi gidrostansiyalar qurilishini kam mablag‘ va kam mehnat sarf qilib

barpo etish masalasi turardi. Urush davrining murakkab sharoitiga qaramay o‘zbek

xalqi bu vazifalarni fidokorlik bilan bajardi.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1. Бабаджанов Х.Б. Иккинчи жаҳон уруши йилларида Ўзбекистон

иқтисодиётидаги трансформацион жараёнлар. / тарих фанлари бўйича

фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш тайёр. диссер. – Т., 2018. –

156 бет.

2. Положенцов В. Ҳарбир совет гражданининг шарафли иши. // Қизил

Ўзбекистон. –№.309 (5289). 1941, 28 декабрь. – Б. 3.

3. Электр қуввати қаттиқ тежалсин. // Сталин ҳақиқати. – №.264 (2403).

1942, 27 ноябрь. – Б. 1.

4. Кизяченко Н. Электр қувватини исроф қилинмасин. // Қизил

Ўзбекистон. –№.309 (5289). 1941, 28 декабрь. – Б. 3.

5. Электр қувватини тежаб сарфлайлик. // Ленин йўли. –№.77 (3301). 1942,

1 апрель. –Б. 2.

6. Электр қувватини тежаш партия ташкилотининг муҳим ишидир. //

Сталин ҳақиқати. –№.284 (2423). 1942, 9 декабрь. – Б. 1.

7. Ёқилғини ва ишчи кучини тежаш қуроли. // Сталин ҳақиқати. – №.268

(2407). 1942, 20 ноябрь. – Б. 2.

8. Юсупов И. Артелчиларнинг янги ихтиролари. // Сталин ҳақиқати. –

№.284 (2423). 1942, 9 декабрь. – Б. 2.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

454

9. Усмон Юсупов. Ўзбекистонни электрлаш учун халқ ҳаракати. // Сталин

ҳақиқати. –№.256 (2997). 1943, 28 декабрь. – Б. 1.

10. Kengroq ma’lumot olish uchun qarang: Мелуа А. И., Мигуренко В. Р.,

Станкевич В. Л. Гидроэнергетики России и СНГ. (Книга 1. А – К) – Санкт-

Петербург: Научное издательство “Гуманистика”. 2015. – 632 с.

11. “Гидропроект” институтининг ривожланиш тарихи. //

manba

:

https://www.gidroproekt.uz/history

12. Қизил Ўзбекистон. –№.61 (5661). 1943, 16 март. – Б. 2.

13. Saidolimov S. va boshqalar. O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan

qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi (kitob-albom). – T.: O‘zbekiston, 2020. –

320 bet.

14. Шамсутдинов Р. Иккинчи жахон уруши ва фронт газеталари. 2-китоб. –

Т.: Академнашр, 2017. – 736 бет.

15. Матниязов М. Борба коммунистической партии Узбекистана за

дальнейшую электрификатсию республики в годы великой отечественной

войны. // Общественные науки в Узбекистане. –№10, 1961. –Б.35-40.

16. Наманган области топшириқни бажарди. // Сталин ҳақиқати. –№.51

(2492). 1943, 5 март. – Б. 2.

17. Муқимбоев Қ. Фарҳод қурилишида бизнинг иштирокимиз. // Сталин

ҳақиқати. –№.24 (2465). 1943, 31 январь. – Б. 2.

18. ЎзССР ХКС ва ЎзКП(б) МКнинг “Фарход гидроэлектростанцияси

қурилишининг қатнашчиларидан Ўзбекистондаги барча меҳнаткашларга

ёзилган мурожаатнома тўғрисида”ги қарори. // Сталин ҳақиқати. –№.55

(2496). 1943, 10 март. – Б. 1.

19. Наманган области топшириқни бажарди. // Сталин ҳақиқати. –№.51

(2492). 1943, 5 март. – Б. 2.

20. Фарҳод ГEС қурилиши бошқармасининг буйруғи. 1943 йил 22 июнь. //

Ленин йўли. –№.134 (3462). 1943, 27 июнь. – Б. 1.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

455

21. Шамсутдинов Р. Иккинчи жахон уруши ва фронт газеталари. 1-китоб. –

Т.: Академнашр, 2017. – 544 бет.

22. Камолов Я. Илғорликни қўлдан бермаймиз! // Сталин ҳақиқати. –№.245

(2986). 1943, 12 декабрь. – Б. 2.

23. Колхоз гидроэлектростанциялари. // Ленин йўли. –№.7 (3596). 1944, 9

январь. – Б. 2.

24. Колхоз қишлоқлари чороғон бўлади. // Сталин ҳақиқати. –№.85 (3336).

1945, 28 апрель. – Б. 2.

SHO‘ROLAR TUZUMI DAVRIDA AMALGA OSHIRILGAN DINIY

ISLOHOTLAR

Boltaboyev M.A.

FarDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi

m_boltaboyev@mail.ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada diniy konfessiya tushunchasi va diniy qadriyatlar

masalasi yoritib berilgan. Shuningdek sovetlar davrida diniy tashkilotlarga bo‘lgan munosabat,
amalga oshirilgan o‘zgarishlar ilmiy jihatdan tadqiq etilgan.

Kalit so‘z va iboralar: din, tolerantlik, diniy konfessiya, vijdon erkinligi, diniy qadriyat,

millatlararo totuvlik, islom dini, e’tiqod.

Аннотация: В данной статье разъясняется понятие религиозной конфессии и

вопрос о религиозных ценностях. Также научно исследовано отношение к религиозным
организациям и изменения, произошедшие в советский период.

Ключевые словы: религия, толерантность, религиозная конфессия, свобода

совести, религиозная ценность, межнациональное согласие, исламская религия, вера.

Annotation: In this article, the concept of religious confession and the issue of religious

values are explained. Also, the attitude towards religious organizations and the changes made
during the Soviet period were scientifically researched.

Key words and phrases and expressions: religion, tolerance, religious belief, freedom of

conscience, religious values, interethnic harmony, islam, religion.

Dunyoda yuzlab dinlar mavjud bo‘lsa-da, bu e’tiqodlarning hech qaysi biri

insonni yomon yo‘lga yetaklamaydi. Barcha e’tiqodlar odamlarni to‘g‘ri

yashashga, halol mehnat qilishga undaydi. Din azaldan inson ma’naviyatining

tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va

adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoida

shakllarida mustahkamlanib kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir.

Библиографические ссылки

Бабаджанов Х.Б. Иккинчи жаҳон уруши йилларида Ўзбекистон иқтисодиётидаги трансформацион жараёнлар. / тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш тайёр. диссер. – Т., 2018. – 156 бет.

Положенцов В. Ҳарбир совет гражданининг шарафли иши. // Қизил Ўзбекистон. –№.309 (5289). 1941, 28 декабрь. – Б. 3.

Электр қуввати қаттиқ тежалсин. // Сталин ҳақиқати. – №.264 (2403). 1942, 27 ноябрь. – Б. 1.

Кизяченко Н. Электр қувватини исроф қилинмасин. // Қизил Ўзбекистон. –№.309 (5289). 1941, 28 декабрь. – Б. 3.

Электр қувватини тежаб сарфлайлик. // Ленин йўли. –№.77 (3301). 1942, 1 апрель. –Б. 2.

Электр қувватини тежаш партия ташкилотининг муҳим ишидир. // Сталин ҳақиқати. –№.284 (2423). 1942, 9 декабрь. – Б. 1.

Ёқилғини ва ишчи кучини тежаш қуроли. // Сталин ҳақиқати. – №.268 (2407). 1942, 20 ноябрь. – Б. 2.

Юсупов И. Артелчиларнинг янги ихтиролари. // Сталин ҳақиқати. – №.284 (2423). 1942, 9 декабрь. – Б. 2.

Усмон Юсупов. Ўзбекистонни электрлаш учун халқ ҳаракати. // Сталин ҳақиқати. –№.256 (2997). 1943, 28 декабрь. – Б. 1.

Kengroq ma’lumot olish uchun qarang: Мелуа А. И., Мигуренко В. Р., Станкевич В. Л. Гидроэнергетики России и СНГ. (Книга 1. А – К) – СанктПетербург: Научное издательство “Гуманистика”. 2015. – 632 с.

“Гидропроект” институтининг ривожланиш тарихи. // manba: https://www.gidroproekt.uz/history

Қизил Ўзбекистон. –№.61 (5661). 1943, 16 март. – Б. 2.

Saidolimov S. va boshqalar. O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi (kitob-albom). – T.: O‘zbekiston, 2020. – 320 bet.

Шамсутдинов Р. Иккинчи жахон уруши ва фронт газеталари. 2-китоб. – Т.: Академнашр, 2017. – 736 бет.

Матниязов М. Борба коммунистической партии Узбекистана за дальнейшую электрификатсию республики в годы великой отечественной войны. // Общественные науки в Узбекистане. –№10, 1961. –Б.35-40.

Наманган области топшириқни бажарди. // Сталин ҳақиқати. –№.51 (2492). 1943, 5 март. – Б. 2.

Муқимбоев Қ. Фарҳод қурилишида бизнинг иштирокимиз. // Сталин ҳақиқати. –№.24 (2465). 1943, 31 январь. – Б. 2.

ЎзССР ХКС ва ЎзКП(б) МКнинг “Фарход гидроэлектростанцияси қурилишининг қатнашчиларидан Ўзбекистондаги барча меҳнаткашларга ёзилган мурожаатнома тўғрисида”ги қарори. // Сталин ҳақиқати. –№.55 (2496). 1943, 10 март. – Б. 1.

Наманган области топшириқни бажарди. // Сталин ҳақиқати. –№.51 (2492). 1943, 5 март. – Б. 2.

Фарҳод ГEС қурилиши бошқармасининг буйруғи. 1943 йил 22 июнь. // Ленин йўли. –№.134 (3462). 1943, 27 июнь. – Б. 1.

Шамсутдинов Р. Иккинчи жахон уруши ва фронт газеталари. 1-китоб. – Т.: Академнашр, 2017. – 544 бет.

Камолов Я. Илғорликни қўлдан бермаймиз! // Сталин ҳақиқати. –№.245 (2986). 1943, 12 декабрь. – Б. 2.

Колхоз гидроэлектростанциялари. // Ленин йўли. –№.7 (3596). 1944, 9 январь. – Б. 2.

Колхоз қишлоқлари чороғон бўлади. // Сталин ҳақиқати. –№.85 (3336). 1945, 28 апрель. – Б. 2.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов