Об истории паралимпийского спорта и работах по развитию паралимпийского спорта в Узбекистане

CC BY f
599-504
15
34
Поделиться
Шамсиева, М., & Исакова, М. (2023). Об истории паралимпийского спорта и работах по развитию паралимпийского спорта в Узбекистане. Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 599–504. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16546
М Шамсиева, Ферганский государственный университет

Доцент кафедры истории Узбекистана, кандидат исторических наук

М Исакова, Ферганский государственный университет

аспирант II ступени

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье приводится информация об истории происхождения Паралимпийских спортивных соревнований и участие в них Республики Узбекистан как независимой страны, достигнутых в ни результатах, а также условиях, созданных государством для спортсменов-паралимпийцев

Похожие статьи


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

599

PARALIMPIYA SPORTI TARIXI VA O‘ZBEKISTONDA PARALIMPIYA

SPORT TURLARINI RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA

OSHIRILAYOTGAN ISHLAR XUSUSIDA

Shamsiyeva M.X.

FDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti v.b., PhD

M.I.Isaqova

FDU, II bosqich magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada paralimpiya sport musobaqalarining kelib chiqish tarixi

va unga O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida ishtiroki, erishilgan natijalari
hamda hukumat tomonidan paralimpiya sportchilari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar
haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.

Kalit so‘z va iboralar: paralimpiya, olimpiya, Lyudvig Guttman, nogiron, sport maktabi,

federatsiya, O‘zbekiston, qo‘mita.

Аннотация: В данной статье приводится информация об истории

происхождения Паралимпийских спортивных соревнований и участие в них Республики
Узбекистан как независимой страны, достигнутых в ни результатах, а также условиях,
созданных государством для спортсменов-паралимпийцев.

Ключевые слова и фразы: Паралимпийские игры, Олимпиада, Людвиг Гуттман,

инвалид, спортивная школа, федерация, Узбекистан, комитет.

Annotation: This article provides information about the history of the origin of the

Paralympic sports competitions and the participation of the Republic of Uzbekistan as an
independent country in them, the results achieved in them, as well as the conditions created by
the state for Paralympic athletes.

Key words and phrases: Paralympic Games, Olympics, Ludwig Guttmann, disabled

person, sports school, federation, Uzbekistan, committee.

Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish

aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan

shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda

mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini

ta’minlash borasida izchil chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunga javoban

sportchilar ham olimpiya va paralimpiya sport musobaqalarida munosib o‘rinlarni

qo‘lga kiritib O‘zbekiston bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarmoqda. Xususan

paralimpiya musobaqalarida erishilgan g‘alabalar e’tiborga sazovordir.

Paralimpiya o‘yinlari jismoniy nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun

yaratilgan yirik xalqaro sport musobaqalaridir.”Paralimpiya”– bu yunoncha

so‘zdan olingan bo‘lib “para” yonida, parallel;”olimpik” ya’ni olimpiya o‘yinlari


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

600

bilan yonma - yon degan ma’noni anglatadi. 1948-yili Angliyning Stok - Mendevil

reabilitatsiya gospitali vrachi Lyudvig Guttman ikkinchi jahon urushida orqa

miyasidan jarohat olib qaytgan ingliz jangchilarini sport musobaqalarida ishtirok

etish uchun to‘playdi. Shu yo‘l orqali nogiron bo‘lib qolgan jangchilarning

hayotini yaxshilash uchun sportdan foydalanadi. Lyudvig Guttman bu harakatlari

uchun “Imkoniyati cheklangan sportchilar otasi”deb ataladi

[1]

.

Ilk musobaqa 1948-yili Londonda o‘tkazilgan. Bu musobaqa dastlab “stok

Mendevil nogironlar aravachasi o‘yinlari” deb atalgan va uning o‘tkazilish vaqti

XIV yozgi Olimpiya o‘yinlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolgan. Bu

musobaqada jami 16 nafar erkak va ayol harbiylar ishtirok etgan. Guttman

endilikda imkoniyati cheklangan sportchilar uchun ham Olimpiada o‘yinlari tashkil

etish maqsadida harakat qila boshladi.

1952-yilda ushbu musobaqalarda Gollandiyadan ham sportchilar kelib

ishtirok etishdi va ushbu musobaqadan boshlab bu musobaqa xalqaro musobaqaga

aylandi. 1952-yilgi musobaqada jami 130 nafar sportchi ishtirok etdi. 1960-yilgi

Rimda o‘tkazilgan IX “Stok-Mendevil nogironlar aravachasi o‘yinlari”dan boshlab

esa urush faxriylaridan tashqari boshqa turdagi nogironligi bor sportchilarham

ishtirok eta boshladi. Aynan Italiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan musobaqa tarixdagi

ilk paralimpiya o‘yinlari sifatida qayd etildi. Bu paralimpiya o‘yinlarida 23 ta

davlatdan 400 ga yaqin sportchi ishtirok etgan. Aynan Rimdagi musobaqalardan

so‘ng butun dunyoda paralimpiya harakati rivojlana boshladi.

1976-yili Shvetsiyaning Ernshyoldsvik shahrida ilk qishgi paralimpiya

o‘yinlari o‘tkazildi. Bu musobaqalarda faqat aravachadagi sportchilar emas boshqa

toifadagi nogiron sportchilar ham kelib ishtirok etishdi. 1976-yilgi Torontodagi

yozgi paralimpiya o‘yinlarida esa record darajadagi sportchilar ishtirok etishdi.

Jami 40 ta mamlakatdan 1600 nafar sportchi ishtirok etdi . Bu musobaqalarda ko‘r

va ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan , paraplegiya, umurtqa pog‘onasida jiddiy

nogironligi bo‘lgan va boshqa jismoniy kasalliklarga uchragan sportchilar

qatnashdi

[2]

.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

601

1989-yili Xalqaro Paralimpiya Qo‘mitasi (IPC) tashkil etildi. 1988-yilda

Koreyaning Seul shahrida navbatdagi paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Aynan shu

yildan boshlab paralimpiya o‘yinlari ham olimpiada o‘yinlarida foydalaniladigan

sport inshootlarida o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi. 2001-yili Xalqaro Olimpiya

qo‘mitasi va Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi o‘rtasida shartnoma imzolandi.

Shartnomaga ko‘ra, 2008-yildan boshlab paralimpiya sport o‘yinlari ham

olimpiada o‘tkaziladigan yilda o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek,

Paralimpiya o‘yinlari ham Olimpiya o‘yinlari bilan bitta tashkiliy qo‘mita

tomonidan tashkillanadi va bir xil moliyalashtiriladi.

Paralimpiya qo‘mitasi 7 ta sport turini bevosita boshqarish va paralimpiya

o‘yinlari sport turlari bo‘yicha javobgarlikka ega bo‘lgan yetakchi tashkilot sifatida

tan olingan. Boshqa xalqaro tashkilotlar, xususan Xalqaro nogironlar aravacahasi

va amputant sport federatsiyasi (IWAS), Xalqaro ko‘rlar sport federatsiyasi

(IBSA), intellectual nogironlar uchun xalqaro sport federatsiyasi (INAS) ayrim

nogironlik guruhlariga xos bo‘lgan sport turlarini boshqaradi

[3: 16-19]

.

Yozgi paralimpiya o`yinlari turlariga – og‘ir atletika, yengil atletika,

kamondan otish, suzish, dzyudo, velosport, nogironlar aravachasi tennis,

qilichbozlik, futbol 7 ga 7, basketbol, otishma, valeybol, regbi, nogironlar

aravachasi raqsi, stol tennis kiradi. Qishgi paralimpiya o‘yinlari turlariga esa

chang‘i sporti, chana xokkeyi, konkida uchish, biatlon va chang‘i poygasi

kiritilgan.

O‘zbekiston 2004-yildan buyon xalqaro paralimpiya o‘yinlarida mustaqil

davlat sifatida ishtirok etib kelmoqda

[4: 55-58]

. O‘zbekistonlik sportchilar bu

o‘yinlarda munosib ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda. Bunda davlat

tomonida yaratilib berilayotgan sharoitlar va shu sohada amalga oshirilayotgan

islohotlarning o‘rni beqiyos.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

tomonidan 2021-yil 18-may kuni PQ-5114-sonli “Paralimpiya harakatini

rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

602

Ushbu normativ hujjat yurtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi

bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish,

ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash va davlat

tomonidan qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Qarorga asosan O‘zbekiston milliy

paralimpiya assottatsiyasi negizida O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi

tashkil etildi

[5]

.

O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasining asosiy vazifalariga –

paralimpiya sport turlarini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash

va saralash hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi

tizimini yo‘lga qo‘yish; yozgi va qishki paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga

ko‘maklashish, sport obyektlari va inshoatlarining konsepsiyalari, texnik

topshiriqlari, texnik iqtisodiy asoslari, parametrlari va boshqa loyiha hujjatlarini

ishlab chiqishda ishtirok etish; paralimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar va

chempionatlar, forumlar, konferensiyalar, seminarlar va yuklatilgan vazifalardan

kelib chiqib boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, ular orqali tinchlik, do‘stlik

va o‘zaro tushunish g‘oyalarini targ‘ib-tashviq qilish; paralimpiya sport turlari

bilan

shug‘ullanadigan

trenerlar,

uslubchi-yo‘riqchilar

hamda

boshqa

mutaxassislarni

qayta

tayyorlashda,

malakasini

oshirish

va

kasbiy

rivojlantirishning zamonaviy va samarali tizimini joriy etish; respublikada yoki

boshqa xalqaro sport federatsiyalarda (assotsiatsiyalari) va boshqa tashkilotlarda

o‘z a’zolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish,

o‘z a’zolarini axborot , ilmiy-uslubiy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;

paralimpiya

sport

turlarini

rivojlantirish bo‘yicha klublar faoliyatini

tashkillashtirish va samarali boshqarish, milliy va xalqaro sport tashkilotlari bilan

yaqindan hamkorlik qilish va tajriba almashish kiradi.

Qaror ijrosi yuzasidan 2021-yil yakuniga qadar Paralimpiya qo‘mitasi

huzurida paralimpiya sport turlari bo‘yicha klublar tashkil etish, 2021-yil

1-sentyabrdan boshlab “Sport hamma uchun” loyihasini amalga oshirish, uning

doirasida bir yilda bir marta sport xalqaro festivali o‘tkazish, har yili 3-dekabr –


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

603

Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab ko‘zi ojizlar, zaif eshituvchilar va

amputantlar o‘rtasida parasport turlari turkumiga kiritilgan parastol tennisi, 5x5

futbol, parayengil atletika, parapauerlifting, parabatminton, shaxmat va boshqa

sport turlari bo‘yicha Toshkent shahrida respublika parasport festivalini o‘tkazish;

XTV tasarrufidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim

muassasalari (maktablar, maktab-internatlar o‘quvchilari o‘rtasida paralimpiya

sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish, taniqli sportchilar tomonidan

master – klasslar, shuningdek seminar konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazish

rejalashtirilib, amalga oshirildi.

2022-yil 1-yanvardan boshlab Paralimpiya qo‘mitasi tavsiyasiga asosan

olimpiya zaxiralari kollejlarining paralimpiya sport turlari bo‘limlariga

yuborilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilar

uchun 5% gacha qo‘shimcha kvotalar ajratilishi, davlat sport ta’lim muassasalarida

paralimpiya sport turlari bo‘yicha trenerlarning lavozim maoshini hisoblashda

bazaviy ta’rif stavkalari 1,5 baravar miqdorda oshirilishi belgilandi

[5: 16-19]

.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, paralimpiya o‘yinlari xalqaro miqyosda

ko`plab sportchilarni o`ziga jalb qilib ularning qobiliyatlarini namoyon qilishga

yordam bermoqda. O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Pekin-2008, London-2012,

Rio-2016, Tokio-2020 yozgi paralimpiya sport musobaqalarida ishtirok etishib,

yuqori cho‘qqilarni zabt etishdi va 2024-yilda Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi

musobaqalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar. Tokio-2020 yozgi

paralimpiya sport musobaqalari bo‘yicha O‘zbekistonlik paralimpiyachilar MDH

davlatlari orasida Rossiya, Ukraina va Ozarbayjondan keyin to‘rtinchi va Markaziy

Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinda, medallar jamg‘arish bo‘yicha reytingda

16-o‘rinni egallab turibdi.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1. paralimpiya.org // Paralimpiya harakati tarixi. 9 mart 2018

2. Sports.uz // Паралимпия уйинлари тарихини биласизми? У аслида

харбийлар учун уйлаб топилган. 18 апрель 2020.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

604

3. Churganov O.A. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha sport mashg‘ulotlari

tizimi. Adaptiv jismoniy madaniyat. – T., 2013. – B.16-19.

4. Chepik D.V, Bobokov G.A, Sidorov A.S. Nogironlar sporti bo‘yicha

murabbiylar malakasini oshirish tizimida dasturlar yaratish masalasi. – T., 2011. –

B. 55-58

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-may PQ-5114-sonli

“Paralimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori

https://lex.uz/docs/-5426278

NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI FUQAROLIK

JAMIYATINING MUHIM INSTITUTI SIFATIDA

(FARG‘ONA VODIYSI NNT LARI MISOLIDA)

Shamsiyeva M.X.

FDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti v.b., PhD

maxfuzaxonshamsiyeva@gmail.com

Annotasiya: Maqolada fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri bo‘lgan

nodavlat notijorat tashkilotlari, xususan Farg‘ona vodiysida faoliyat olib borayotgan nodavlat
notijorat tashkilotlari hamda joriy yilda Oliy Majlis huzurida tashkil etilgan nodavlat notijorat
tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi
tomonidan g‘olib deb topilgan loyihalari haqida bayyon etilgan.

Kalit so‘z va iboralar: islohot, nodavlat notijorat tashkilotlari, qonun, qaror, fuqarolik

jamiyati, grant, loyiha

Аннотация:

В статье рассмотрены негосударственные некоммерческие

организации, являющиеся одним из важных институтов гражданского общества, в
частности, негосударственные некоммерческие организации, действующие в Фергонской
долине, а также проекты негосударственных некоммерческих описаны коммерческие
организации, созданные в присутствии Олий Мажлиса, и других институтов
гражданского общества, которые были признаны победителями Фондом Сообщества.

Kлючевые слова: реформа, негосударственные некоммерческие организации,

закон, решение, гражданское общество, грант, проект

Annotation: In the article, non-governmental non-profit organizations, which are one of

the important institutions of civil society, in particular, non-governmental non-profit
organizations operating in the Fargona Valley, as well as the projects of non-governmental non-
profit organizations established in the presence of the Oliy Majlis, and other institutions of civil
society, which were recognized as winners by the Community Fund, are described.

Key words and phrases: reform, non-governmental non-commercial organizations, law,

decision, civil society, grant, project.

Библиографические ссылки

paralimpiya.org // Paralimpiya harakati tarixi. 9 mart 2018

Sports.uz // Паралимпия уйинлари тарихини биласизми? У аслида харбийлар учун уйлаб топилган. 18 апрель 2020.

Churganov O.A. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha sport mashg‘ulotlari tizimi. Adaptiv jismoniy madaniyat. – T., 2013. – B.16-19.

Chepik D.V, Bobokov G.A, Sidorov A.S. Nogironlar sporti bo‘yicha murabbiylar malakasini oshirish tizimida dasturlar yaratish masalasi. – T., 2011. – B. 55-58

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-may PQ-5114-sonli “Paralimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori https://lex.uz/docs/-5426278

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов