Из истории строительства и реконструкции музыкальных школ Ферганской области

CC BY f
728-735
24
3
Поделиться
Алимова, Н., & Акбарова, Н. (2023). Из истории строительства и реконструкции музыкальных школ Ферганской области. Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 728–735. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16565
Н Алимова, Ферганский государственный университет

Доцент кафедры истории Узбекистана, кандидат исторических наук

Н Акбарова, Ферганский государственный университет

магистрант истории Узбекистана

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассмотрены вопросы создания и реконструкции музыкальных школ Ферганской области в рамках исполнения задач, определенных в Постановлениях Президента республики Узбекистан № ПП-910 “О государственной программе укрепления материально-технической базы и дальнейшего улучшения деятельности детских школ музыки и искусства на 2009-2014 годы” и № ПП-2435 “О государственной программе по дальнейшему совершенствованию деятельности детских школ музыки и искусства на 2016-2020 годы”

Похожие статьи


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

728

6.

Botirov B.M, Mahmudov S.A. Oʻzbekiston – IHT: Barqaror rivojlanish va

taraqqiyot

yoʻlidagi

hamkorlik

“Bagʻrikenglik

oʻzaro

ishonchni

rivojlantirishning vositasi sifatida” xalqaro ilmiy anjuman. – T.:2018. – B,315-317

7.

Siddiqova

R.B.

Talaba

yoshlarda

bagʻrikenglikni

shakllantirish

“Bagʻrikenglik – oʻzaro ishonchni rivojlantirishning vositasi sifatida” xalqaro

ilmiy anjuman. – T.:2018. – B, 277-279.

8.

Radjabova M.Z. Islom dinining bagʻrikenglik tamoyillari

“Bagʻrikenglik –

oʻzaro ishonchni rivojlantirishning vositasi sifatida” xalqaro ilmiy anjuman. –

T.:2018. – B,167-170.

Internet manbalari:

1.

www.Cisc.uz

2.

www.lex.uz

3.

www.gazeta.uz

4.

www.kun.uz

FARG‘ONA VILOYATIDA MUSIQA MAKTABLARI QURILISHI VA

REKONSTRUKSIYA QILINISHI TARIXIDAN

Alimova N.O.

FDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti, PhD

Akbarova N.A.

O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa

va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada
yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-910-
sonli Qaror va “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish
bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2435-sonli
Qarorlar ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyati musiqa maktablarida amalga oshirilgan
bunyodkorlik va rekonstruktsiya ishlari va uning yo‘lga qo‘yilishiga oid ma’lumotlar yoritilgan.

Kalit so‘z va iboralar: ta’lim tizimi, musiqiy ta’lim, ruhan sog‘lom, milliy urf-odat,

umumbashariy qadriyatlar, musiqiy tarbiya, san’at tarbiyasi, bolalar musiqa va san’at
maktablari, rekonstruksiya, davlat dasturi, jamg‘arma.

Аннотация: В данной статье рассмотрены вопросы создания и реконструкции

музыкальных школ Ферганской области в рамках исполнения задач, определенных в
Постановлениях Президента республики Узбекистан № ПП-910 “О государственной
программе укрепления материально-технической базы и дальнейшего улучшения
деятельности детских школ музыки и искусства на 2009-2014 годы” и № ПП-2435 “О


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

729

государственной программе по дальнейшему совершенствованию деятельности детских
школ музыки и искусства на 2016-2020 годы”.

Ключевые слова и фразы: система образования, музыкальное образование,

психически здоровый, национальная традиция, общечеловеческие ценности, музыкальное
воспитание, художественное воспитание, детские музыкальные и художественные
школы, реконструкция, государственная программа, фонд.

Annotation: This article deals with the creation and reconstruction of music schools in

the Fergana region whithin the tasks defined in the Decrees of the President of the Republic of
Uzbekistan No. PP-910 “On the state program for strengthening the material and technical base
and further improving the activities of children's music and art schools for 2009-2014” and No.
PP-2435 “On the state program to further improve the activities of children's music and art
schools for 2016-2020”.

Key words and phrases: educational system, musical education, mentally healthy,

national tradition, universal values, musical education, art education, children's music and art
schools, reconstruction, state program, fund.

Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodni aqlan barkamol, ruhan va

jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash insoniyatning barcha jamiyatlarida asosiy

vazifa hisoblanadi. Bu vazifani esa ta’lim tizimi orqali amalga oshirish eng maqbul

va samarali yo‘ldir. Bu borada inson ruhiyatiga bevosita ta’sir qilib, uning

ma’naviy va aqliy kamoloti uchun xizmat qiluvchi musiqa va san’at ta’limini

rivojlantirish, uning taraqqiyoti uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash muhim

omildir. Prezident Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Musiqa sanʼati madaniy

fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz

imkoniyatlarga egadir. Sanʼat bilan oshno boʻlgan yoshlarning hayotga

munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland

boʻladi

[1].

Mazkur maqolada beriladigan ma’lumotlar tarixiylik, xolislik, izchillik,

qiyosiy-mantiqiy asosidalik yoritildi. Mustaqil O’zbekistonda musiqa ta’limining

taraqqiyoti, musiqa maktablarining qurilishi va rekonstruksiya qilinishiga doir

ma’lumotlar ayrim viloyatlar misolida B.Irzayev

[5:

191-219]

va

S.Murtozovalarning

[6: 80-99]

tadqiqotlarida keltirib o’tilgan bo’lsa-da,

mustaqillik yillarida va aynan Farg’ona viloyati kesimida alohida tadqiq etilmagan.

Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimizning barcha jabhalari kabi

ta’lim tizimi, xususan, musiqiy ta’lim sohasida ham ahvol talab darajasida emas

edi. Shuning uchun davlatimiz va hukumatimiz tomonidan amalga oshirilgan


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

730

asosiy islohotlar malakali kadrlarni tayyorlab beruvchi ta’lim tizimini tubdan isloh

qilish, ta’lim sifatini yaxshilash, uning tarkibini sifat darajasini oshirish, ta’lim

muassasalarida o’quvchilar uchun zarur sharoitlarni yaratib berish kabi masalalarni

qamrab oldi. Ta’lim tizimining eng asosiy va ajralmas qismi hisoblangan musiqa

ta’limi, musiqa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan Qonun, qaror va

farmonlarnnig qabul qilinishi mazkur jarayonning huquqqiy asosini ta’minlab

berdi. Oʼzbekiston Respublikаsi birinchi prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi

“Bolаlаr musiqа vа sаn’аt mаktаblаrining moddiy-texnik bаzаsini mustаhkаmlаsh

vа ulаrning fаoliyatini yanаdа yaxshilаsh boʼyichа 2009-2014 yillаrgа

moʼljаllаngаn dаvlаt dаsturi toʼgʼrisidа” gi PQ-910-sonli Qarori

[2],

O‘zbekiston

Respublikasi birinchi Prezidentining 2015-yil 20-noyabrdagi “Bolalar musiqa va

san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016-2020-yillarga

mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida” gi PQ-2435-sonli Qarori

[3],

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasini

yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli

Farmoni

[4]

shular jumlasidandir. Dastlab “unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodning

isteʼdodini har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish,

yoshlarimizning milliy va jahon musiqasi, tasviriy sanʼatining yuksak

namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish,

boshlangʼich musiqiy taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish, bolalar musiqa va

sanʼat maktablarini rivojlantirish hamda zamonaviy moddiy-texnik bazasini

shakllantirish, ularni musiqiy madaniyat va sanʼat sohasidagi yuqori malakali

pedagog kadrlar va mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida” qabul qilingan PQ-

910-sonli Qarorga muvofiq respublikamizdagi mavjud musiqa maktablari

rekonstruksiya qilindi, bir nechta yangi maktablar qurildi. Ushbu dasturga ko‘ra,

viloyatda musiqa va san’at maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish quyidagi

ko‘rsatkichda

amalga

oshirilishi

belgilab

qo‘yildi

[2].

Dastur bo‘yicha Farg‘ona viloyatida 2009-2014-yillarda keng qamrovli ishlar

bajarildi. Qarorning 4-ilovasiga muvofiq, viloyatda musiqa maktablari qurish va


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

731

ta’mirlash ishlariga Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Farg‘ona viloyati

filiali boshchilik qildi.

Farg‘ona viloyatida 2008-

2014 yillarda

Jami

2009 2010 2011 2012 2013 2014

27

0

5

5

6

5

6

Shundan:

Yangi quriladiganlar

13

0

2

2

3

3

3

Kapital rekonstruksiya

qilinadiganlar

14

0

3

3

3

2

3

Loyihalar turlari bo‘yicha

jami

Shu jumladan turlar bo

yicha

I-

тип

II-тип

Jami Farg‘ona viloyatida

27

12

15

Shundan:

Yangi quriladiganlar

13

1

12

Kapital rekonstruksiya

qilinadiganlar

14

11

3

Jamg‘arma arxividagi hisobotlarga ko‘ra, 2010-2013-yillarda viloyatda PQ-

910-sonli Qaror ijrosi bo‘yicha qurilish, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlariga jami

36,2 mlrd. so‘m mablag‘ sarflangan

[8]

. Viloyat miqyosida 2010-yili 4 ta

(Quvasoy shahar 11-BMSM, Marg‘ilon shahar 9-BMSM, Qo‘qon shahar 6-

BMSM, Qo‘qon shahar 7-BMSM), 2011-yili 6 ta (Farg‘ona shahar 1-BMSM,

Farg‘ona shahar 3-BMSM, Farg‘ona shahar 4-BMSM, Rishton tumani 21-BMSM,

Toshloq tumani 22-BMSM, Uchko‘prik tumani 20-BMSM), 2012-yili (Qo‘shtepa

tumani 15-BMSM, Marg‘ilon shahar 10-BMSM, Bog‘dod tumani 16-BMSM,

Qo‘qon shahar 5-BMSM rekonstruksiya, O‘zbekiston tumani 23-BMSM

rekonstruksiya, Fargʼona tumani 26-BMSM rekonstruksiya), 2013-yili 5 ta (Furqat

tumani 29-BMSM, Yozyovon tumani 28-BMSM, Farg’ona tumani 25-BMSM,

Quva

tumani

13-BMSM

rekonstruksiya,

Dang’ara tumani 27-BMSM

rekonstruksiya) bolalar musiqa va san’at maktablari qurildi va qayta rekonstruksiya

qilindi

[8].

Joyi va qurilish turi

Jami

Shundan

2016-yil

2017-yil

2018-yil

2019-yil

2020-yil

Respublika bo‘yicha jami

98

18

20

20

20

20


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

732

Shundan

Yangi qurilish

40

7

8

8

9

8

Mukammal
rekonstruksiya

58

11

12

12

11

12

Farg‘ona viloyati

10

2

2

2

2

2

Shundan

Yangi qurilish

4

1

1

1

1

Mukammal
rekonstruksiya

6

1

1

1

1

2

Birgina 2013-yili viloyatda yangi bolalar musiqa va san’at maktablari qurish

uchun qariyb 6 mlrd 800 mln, qayta rekonstruksiya qilish uchun 3 mlrd 757 mln.

so‘m mablag‘ sarflangan.

Musiqa

maktabining

joylashadigan

manzili

Tuman

(shahar)

aholi soni

Maktab

joylashadig

an hudud

o‘quvchi-

lari soni

O‘quv-

chi o’rni

Shahar, tuman

hokimliklari

tomonidan

berilgan taklifga

asosan yangi

quriladigan va

rekonstruksiya

qilinadigan bino

turi

Dastur-

ga taklif

etilgan

yili

А

1

2

8

9

10

11

viloyat bo‘yicha

jami

1 912 526

61 342

1700

1

Beshariq tumani

Yakkatut QFY

208 177

8 250

150

Moslashtirilgan,

19-sonli maktab

binosi

rekonstruksiya

qilinadi

2020

2

Bag‘dod tumani

Chuvalangchi

MFY

194 000

9 039

200

Yangi qurilish

2016

3

Dang‘ara

tumani Oqjar

QFY

Taptiqsaroy

qishlog‘i

159 642

3 938

150

Moslashtirilgan, 9-

sonli maktab

binosi

rekonstruksiya

qilinadi

2016


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

733

4

Oltiariq tumani

Jo‘rak QFY

194 245

4 240

200

Yangi qurilish

2019

5

Qo‘shtepa

tumani

Qumtepa MFY

169 800

6 021

200

Yangi qurilish

2018

6

Rishton tumani
Tegirmonboshi

MFY

186 000

4 246

150

Mavjud bino xom

g‘ishtdan

2017

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarini qurish va hududiy jihatdan maqbul

joylashtirish bo‘yicha boshlangan ishlarni mantiqiy davom ettirish, o‘sib

kelayotgan yosh avlodning umumiy o‘rta taʼlimi va ularni har tomonlama

maʼnaviy-axloqiy

tarbiyalashning

bir-biriga

bog‘langan

yaxlit

tizimini

shakllantirish, bolalarning ijodiy salohiyatini yanada keng ochib berish, musiqa va

sanʼatning boshqa turlarini chuqurroq tushunishi hamda ularga nisbatan mehr-

muhabbat uyg‘otish, musiqa va tasviriy sanʼat sohalarida jahon buyuk merosini

o‘rganib bilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida PQ-2435-sonli Qarori

qabul qilinishi yuqorida boshlangan ishlarning bevosita davomi edi. Mazkur

dasturga muvofiq Farg’ona viloyatida quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilab

berildi:

[3]

Ushbu dastur bo‘yicha Farg‘ona viloyatida quyidagicha qurilish va

rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi:

[8]

Viloyatdagi musiqa va san’at maktablari soni 2009-yilda 15 tani taskil

qilgan bo’lsa, amalga oshirilgan ishlar natijasida 2014-yilda 26 taga, 2020-yili esa

30 taga yetdi. Mazkur musiqa va san’at maktablaridagi o‘quvchilar soni 2009-yilgi

3044 nafardan 2014-yili 5244 nafarga, 2020-yili 9021 nafarga; pedagog xodimlar

soni esa 2009-yilgi 419 nafardan 2014-yili 921 nafarga, 2020-yili esa 1584 nafarga

yetdi

[7].

Oxirgi

yillarda

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2017-yil

7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar

strategiyasi toʼgʼrisidagi” PF-4947-sonli Farmoni to’rtinchi yo‘nalish – ijtimoiy

sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘rtinchi bandi – ta’lim va fan


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

734

sohasini rivojlantirish bo’yicha bolalarni sport bilan ommaviy tarzda

shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida

yangi bolalar sporti ob’yektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish,

mavjudlarini rekonstruksiya qilish ishlari davom ettirilmoqda

[4].

Viloyatimizda davlat dasturlarini ijrosini to‘liq amalga oshirilishi natijasida

bugungi kunda musiqa va san’at maktablari zamonaviy ko‘rinishda, jahon

standartlari asosida qurilib, jihozlandi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi

o‘quvchilarni musiqa va san’at maktablariga qamrov darajasi keskin oshdi.

Bolalarning iqtidorlarini yuzaga chiqarib, ularning ijod qilishi uchun yaratilgan

sharoitlar iste’dodli yoshlarimiz tomonidan o‘zbek musiqasini jahon musiqiy

maydoniga olib chiqishlari uchun zamin bo‘lib xizmat qildi. Eng muhimi musiqa

va san’at maktablari soni hamda sifatining ortishi kelajak avlodni har tomonlama

yetuk qilib tarbiyalash uchun xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Sharq taronalari” oʻn ikkinchi xalqaro

musiqa festivalining ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi //

Xalq so’zi. 2019-yil 27-avgust.

2.

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini

mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014

yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida. PQ-910-son. Toshkent, 2008-yil

8-iyul

3.

Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish

bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida, PQ-2435-

son. Toshkent, 2015-yil 20-noyabr.

4.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar

strategiyasi to‘g‘risida, PF-4947-sonli Farmon. Toshkent, 2017-yil 17-fevral.

5.

Irzayev B. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda musiqa madaniyatining

rivojlanishi. – Тоshkent: Yangi asr avlodi, 2015.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

735

6.

Murtozova S. XIX asr oxiri- XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston musiqa

madaniyatidagi transformatsiya jarayonlari. Toshkent: «Voris-nashriyot», 2019.

7.

Davlat statistika qo‘mitasi Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi

ma’lumoti. 2008-2020-yillar.

8.

O‘zbekiston Respublikasi bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi

Farg‘ona viloyati filiali hisoboti. 2013, 2017-yil.

ГЛОБОЛЛАШУВ ШАРОИТИДА МИЛЛИЙ САЙТЛАРНИНГ

РИВОЖЛАНИШ ДАВРИ ВА МУАММОЛАРИ

Бурханов Х.М.

ЎзМУ мустақил изланувчиси с.ф.ф.д.

doktarantt@mail.ru

Аннотация: Ушбу мақолада

глобаллашув шароитида Ўзбекистонда жаҳон

интернет тармоғидан самарали фойдаланиш имкониятлари ўрганилган. Шунингдек, 2010
– 2020 йилларда янги ривожланиш босқичида глобал интернет тармоғида миллий
сайтлар инновацион тараққиёт талабларидан ортда қолганлиги таҳлил қилинган. Бундай
жараён интернет тармоғида ахборот хавфсизлигини таъминлашга салбий таъсир
кўрсатиши ва мамлакат миллий сайтларини сон ва сифат жиҳатдан бошқа
давлатлардан ортда қолишига олиб келиши хулоса қилинган.

Калит сўз ва иборалар: глоболлашув, интернет, сегмент, ахборот хавфсизлиги,

рақамли жамият, трансформация.

Аннотация: В статье рассматриваются возможности эффективного

использования всемирной паутины в Узбекистане в условиях глобализации. А также
проанализировано, что на новом этапе развития в 2010-2020 годах национальные сайты
в глобальной сети отстают от требований инновационного развития. Сделан вывод,
что такой прогресс отрицательно влияет на защиты информационной безопасности в
сети Интернет и ос- таюшейся национальные сайты страны от других стран по
количеству и по качеству.

Ключевые слова и фразы: глобализация, интернет, сегмент, информационная

безопасность, цифровое общество, трансформация.

Annotation: The article discusses the possibilities of effective use of the world wide web

in Uzbekistan in the context of globalization. It is also analyzes that at the new stage of
development in 2010-2020, national sites in the global Internet lag behind the requirements of
innovative development. It was concluded that such process would have a negative impact on the
information security on the Internet and would leave the country's national web sites behind in
terms of number and quality.

Key words and phrases: globalization, internet, segment, information security, digital

society, transformation.

Библиографические ссылки

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Sharq taronalari” oʻn ikkinchi xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi // Xalq so’zi. 2019-yil 27-avgust.

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida. PQ-910-son. Toshkent, 2008-yil 8-iyul

Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida, PQ-2435- son. Toshkent, 2015-yil 20-noyabr.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida, PF-4947-sonli Farmon. Toshkent, 2017-yil 17-fevral.

Irzayev B. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda musiqa madaniyatining rivojlanishi. – Тоshkent: Yangi asr avlodi, 2015.

Murtozova S. XIX asr oxiri- XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston musiqa madaniyatidagi transformatsiya jarayonlari. Toshkent: «Voris nashriyot», 2019.

Davlat statistika qo‘mitasi Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumoti. 2008-2020-yillar.

O‘zbekiston Respublikasi bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Farg‘ona viloyati filiali hisoboti. 2013, 2017-yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов