Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
344
10.
Маҳмуд ибн Вали. Баҳр ал-асрар фи манакиб ал-ахйар. Т. 6, ч. 3, л. 178
б; История Казахстана (с древнейших времен до наших дней). В пяти томах.
Редколлегия
тома:
К.М.Байпаков,
М.К.Козыбаев,
Б.Е.Кумеков,
К.А.Пишулина. Том 2. – Алматы: Атамура, 1997. – 620 с.
11.
Мирзо Муҳаммад Хайдар. Тарих-и Рашиди / Введение, перевод с
персидского А.Урунбаева, Р.П.Джалиловой, Л.М.Епифановой, примечания и
указатели Р.П.Джалиловой и Л.М.Епифановой – Т.: Фан, 1996. – 727 с.
12.
Муҳамммадёр
ибн
Араб
Қатаған.
Мусаххир
ал-билод
(Мамлакатларнинг эгалланиши) / Форс тилидан таржима, изоҳлар ва
кўрсаткичлар муаллифлари И.Бекжонов, Д.Сангирова. – Т.: Янги аср авлоди,
2009. – 430 б.
13.
Ҳофиз Таниш Ал-Бухороий. Абдулланома (“Шарафномайи шоҳий”).
Биринчи китоб / Форс тилидан С. Мирзаев таржимаси; Сўз боши ва изоҳлар
муаллифи: Б. Аҳмедов. – Т.: Шарқ, 1999. – 416 б.
ERDONABIY VA NORBО‘TABIY DAVRIDA QO‘QON VA XITOY
MUNOSABATLARI
Ro‘zimatov M.U.
Farg‘ona davlat universiteti talabasi
Annotatsiya. Maqolada Qo‘qon xonligining Erdona va Norbo‘tabiy davrlarida Sin
imperiyasi bilan olib borgan diplomatik munosabatlari tarixiy manba hamda ilmiy
adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar orqali tahlil etilgan.
Kalit so‘z va iboralar: Farg‘ona, Erdonabiy, Norbo‘tabiy, Syanlun, Daketana, Sinszayn,
Filipp Yefremov, Andijon.
Аннотация. В статье анализируются дипломатические отношения Коханского
ханства с Империей Син в периоды Эрдона и Норботаби на основе исторических
источников и сведений, представленных в научной литературе.
Ключевые слова и фразы: Фергана, Эрданаби, Норботаби, Сяньлун, Дакетана,
Синсайн, Филипп Ефремов, Андижан.
Annotation. The article analyzes the diplomatic relations of the Kokhan Khanate with the
Sin Empire during the Erdona and Norbotabi periods through historical sources and
information provided in scientific literature.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
345
Key words and phrases: Fergana, Erdanabi, Norbotabi, Sianlun, Daketana, Sinszain,
Philip Yefremov, Andijan
Ashtarxoniylar hukmronligining so‘ngi asrida markaziy hokimyatni
zaiflashuvi tufayli, Farg‘ona vodiysida hokimiyat mahalliy sulola vakilari qo‘liga
o‘tishiga olib keldi. Fargʻonada XVIII asrning boshlaridan asta-sekin ming
qabilasidan boʻlgan Qoʻqon hukmdorlari boshqaruvni amalga oshira boshlashdi.
Erdonabiy dаvridа Fargʻona vodiysi “quyidаgi vilоyatlаrdаn ibоrаt bo’lib:
Аndijоn, Nаmаngаn vа Qoʻqоn, ulardan Qoʻqоn shаhri mamlakatning pоytахti
boʻlgаn”
[2: 14]
.
Turkiston xonliklaridagi ogʻir siyosiy vaziyat, Sin imperiyasini
g‘arbiy o‘lkalarga nisbatan xarbiy harakatlarni amalga oshirib, O‘rta Osiyo bilan
tarixan chambarchas bo‘lgan hududlarni zabt etish uchun qulay imkoniyat yaratdi.
“Sin imperatori Syanlun (1736-1795)ning qarindoshi Chjao Xuey (1708-1764)
qo‘mondonligida manjurlar qo‘shini 1758-1759-yillar davomida Yorkend xonligini
(1514-1759) bosib olgan. 1758-yil yozida manjur qo‘shinining avangard qismiga
zobit Daketana boshchilik qilgan. Daketana Issiqko‘l atrofidagi qirg’izlar yerlariga
yuborilgan. Xitoy (Sin imperiyasi imperiyasi) manbalarida, 1758-yilda Yorkend
xonligining oxirgi hukmdorlari Burxonidinxo‘ja va Xo‘ja Jahonxo‘ja Andijon va
Qo‘qonga o‘z odamlarini yuborganligini yozgan. 1759-yil iyul oyida manjur
generallari Yorkendda aka-uka xo‘jalarni ushlash bo‘yicha harbiy kengash
o‘tkazganlar. Ushbu kengash xisobotlarida “aka-uka xo‘jalar Qo‘qon xoni Erdona
(1753-1763) bilan yaqin do‘st va ular birlashish ehtimoli mavjud”,- deb yozilgan.
Imperator Syanlun “tezlik bilan Qo‘qon xukmdori bilan aloqa o‘rnatish lozim va
xo‘jalar bilan o‘zoro ittifoq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak”,- deb yozgan
[10:
81-82].
Bu haqida mahaliy tarixchilarning asarlarida, jumladan “Anjum at-
Tavorix”
[3: 105]
va “Muntaxab at-Tavorix”
[4: 232]
asarilari ham bu voqeaga
to‘xtalib quyidagicha ma’lumot beriladi. Xitoy humkdori Koshg‘arga katta qo‘shin
yuborib yettita shaharni bosib olgach, bu viloyatda hukmronlik qilayotgan
Maxdumi A’zam avlodlaridan bo‘lgan Oyxo‘ja va Kunxo‘ja, xitoyliklar bilan
kurashib, mag‘lubiyatga uchragani va sayyidlar Ko‘xiston yo‘li orqali,
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
346
Badaxshonga qochganliklari yozilgan. Ammo badaxshonliklar, xitoylarning
moliga uchib, Oyxo‘ja va Kunxo‘jani xitoyliklarga tutib berishadi.
“1759-yil oktyabr oyi boshlarida Daketana Yorkend shahridan Mulla Mirza
ismli yo‘lboshlovchi va tarjimon, to‘rt nafar solor va 2 nafar oyratlarga mansub
yigitlar bilan jami 28 kishi Qo‘qonga yo‘l olgan”
[10: 84]
. Xitoy hukumati,
Sharqiy Turkistonda Qo‘qonning katta mavqeiga ega ekanligini hisobga olgan
holda, diplomatik munosabatlar o‘rnatishdan manfaatdor bo‘lgan. Ammo, Xitoy
hukmdori Syanlun Erdonabiyni o‘ziga teng hukmdor ko‘rishni istamagan.
“Keyingi yili Erdanbiy oʻzining elchisi Andijon hokimi To‘xtamuhammadbiyni,
Qoʻqonning birinchi elchilaridan qilib Pekinga yubordi”
[14: 41].
Shu tariqa
Qo‘qon va Xitoy o‘rtasida ilk diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. Erdonabiy
hukmdorligi davrida Xitoy bilan muzokaralar olib borib, “Erdonabiy Xitoy
homiyligini tan olishga majbur bo‘ldi
[7: 22-23].
Lekin, Erdonabiyning Sin
imperiyasiga vassal bo‘lganligi mahalliy muarixlarning asarlarida uchramaydi.
Muarrixlardan “Muhammad Hakimxonto‘ra, Erdonabiyni kuchli diplomat
bo‘lganligini va o‘z davlatini mustaqil boshqarganligini qayd etgan”
[8: 234]
.
Albatta Erdonabiy Sin imperiyasining O‘rta Osiyoni mustamlaka qilishiga qarshi
chiqqan. Erdonabiy Xitoy hukumatining O‘rta Osiyoga qilgan harbiy harakatlariga
qarshi musulmon bo‘lgan qo‘shni o‘lkalardan harbiy ittifoq tuzgan, “Ch.Ch.
Valixonovning taʼkidlashicha, “bu ittifoq davom etmadi, lekin, Xitoyning oʻz
chegaralarini Toshkent, Sayram, Suzoqqa va Turkistongacha kengaytirish rejalarini
toʻxtatib qoʻygani muhim”,
[13: 32]
hisoblanadi. Sin imperiyasi Sharqiy
Turkistonni zabt etib, “unga Sinszyan – “Yangi chegara’’ yoki “Yangi hudud”
nomini”
[5: 99]
bergan bo‘lib, bu hudud bilan savdo aloqalar Qo‘qon uchun
foydali bo‘lgan holda, bu o‘lkadagi tinchlik ham bir jihatdan Qo‘qonga bog‘liq
bo‘lgan. Sin hukumati “dastlab uzoqdan, xo‘jalar orqali Koshg‘arni boshqarishni
rejalashtirgan. Musulmonlarning qarshiligi Sinni ikki yildan so‘ng mintaqani
butunlay bosib olishga majbur qildi”
[12: 134].
Munosabatlarni yaxshilash va
savdoni rivojlantirish maqsadida, Qo‘qondan tez-tez Xitoyga elchi borib
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
347
turgan.“Erdona davrida Qo‘qondan To‘xtamuhammad, Boymuhammad va
boshqalar Xitoyga elchi bo‘lib borganlar. Erdona o‘zining xukmronligi davrida
Pekinga jami sakkiz martadan ortiq elchi yuborgan. Ikkinchi elchiligi 1760-yilning
sentyabrida Pekinda bo‘lib, ular Erdonaning imperatorga sovg‘asi sifatida chopqir
ot olib borganlar”
[8: 214].
Xitoyning Sharqiy Turkistonda yuritayotgan siyosatiga
nisbatan, Erdonabiyning munosabati mahaliy muarrixlar tomonidan aniq
ochiqlanmagan. “Erdonabiy davrida Sin hokimiyatining uyg‘ur zodagonlari va
ruhoniylari vakillaridan iborat muxoliflari Qo‘qonda boshpana topganlar”
[6: 214]
.
Bu holat shundan dalolat beradiki, Qo‘qon davlati Xitoyga rasman vassal
hisoblansada, lekin Sin imperiyasi amalda Qo‘qonning ichki ishlariga aralasha
olmagan. Qo‘qon va Xitoy munosabatlarida, Norbo‘tabiy (1762-1798) alohida iz
qoldirgan shaxs hisoblanadi. No‘rbotabiy davrida ketma-ket mo‘l-ko‘lchilik va
arzongarchilik sodir bo’lgan. “Natijada xonlikda texnik ekinlar ekilishi yo‘lga
qo‘yildi. Buning natijasida to‘qimachilik va u bilan bog‘liq kasb-hunarlar ham
taraqqiy etdi”
[2:
16].
Bu hol Qo‘qon davlati yuksalishiga olib keldi. Asta-sekin
kuchayib borayotgan Qo‘qon diplomatiyasning markaziga Sharqiy Turkiston
chiqib kela boshlaydi. “XVIII asrning 80-yillarida Norbo‘tabiy Farg‘ona vodiysi
qirg‘izlari ustidan siyosiy hokimiyatni o‘rnatgan. 1785-yili qirg‘izlarning Sait Batir
boshchiligidagi saru qabilasi Norbo‘tabiyning ruxsati bilan Sharqiy Turkistondan
Qo‘qon homiyligi (proteksiyasi)ga o‘rnatganlar”
[1: 56].
Aynan No‘rbotabiyning
davridan Qo‘qon-Xitoy munosabatlari yangi davrga qadam qo‘ygan. No‘rbotabiy
Sharqiy Turkistonda, Xitoyga qarshi chiqqan kuchlarni qo‘llab-quvatlagan ilk
Qo‘qon hukdorlardan edi.“Sin imperiyasiga, Badaxshon sultoni 1763-yilda ularga
qarshi chiqqan ikki aka-uka va Burhoniddin Xo‘janing to‘rt o‘g‘lidan uchtasini
yetkazib berishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo to‘rtinchi o‘g‘li Sarimsoq omon qolgan
edi. Qo‘riqchilar uni xavfsiz joyga olib ketishdi va u keyinchalik Qo‘qonda paydo
bo'ldi. 1788-yilda Sin uni mamlakatdan chiqarib yuborishni talab qiladi, lekin
o‘sha paytdagi Qo‘qon hukmdori Norbo‘tabiy buni rad etadi. Endi Sarimsoqni
mamlakatdan chiqarib yuborishdan bosh tortishi Norbo‘tabiy o‘zini hech qanday
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
348
ma’noda Sinning vassali deb hisoblamaganidan dalolat edi”
[11: 64].
Bu haqidagi
ma’lumot chet ellik sayohlarning kitoblarida ham o‘z aksini topgan. Ulardan biri
“rus sayyohi Filipp Yefremov, u 1774-yilda qirgʻizlar tomonidan asirga olingan,
buxoroliklarga qul qilinib sotib yuborilgan va faqat 1782-yilda Hindiston va
Angliya orqali Rossiyaga qaytgan. Yefremovning yozishicha, Norbo‘tabiy Buxoro
bilan dushmanlik munosabatlarida boʻlgan, ammo xitoylar tomonidan xon deb tan
olingan va u bilan ittifoq tuzgan”
[13: 30].
Shunindek, “Sin imperiyasi Qo‘qon
hukmdorlari bilan Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilgan xo‘jalarni avlodlarini
ushlab turishlik uchun bir necha bor diplomatik aloqalar olib borishgan. Buning
evaziga Qo‘qon xonligi Koshg‘arda savdo munosabatlarini nazorat qilishni qo‘lga
kiritgan edi”
[9: 97].
Qisqa muddat ichida, Qo‘qon davlati, Xitoyning O‘rta Osiyo
bilan savdo aloqalarida muhim vositachiga aylandi. Ayniqsa Norbo‘tabiy
davrining oxirlarida “1785-1792-yillarda, Rossiya bilan diplomatik mojaro Sinning
ruslar bilan aloqaga kirishini to‘xtatishni va Kiaxta savdosini to‘xtatishga olib
kelganida keskin kengaydi”
[14: 64.]
Xitoyning dunyodan o‘zini-o‘zi ajratish
siyosati va dengiz savdosini cheklanishi tufayli, xitoylik savdogarlar o‘zlari uchun
yangi va xavfsiz yo‘llarni topishga va yangi savdo hamkorlarni qidirishga
undagan. Qo‘qon davlati O‘rta Osiyoning Xitoy bilan savdosida muhim o‘rin
tutishi va Rossiyaga boradigan boshqa savdo yo‘llarining ustida joylashganligi
bilan alohida ajralib turgan. Qo‘qon bilan savdo qilish Xitoy uchun muhim va
foydali ekanligi, Qo‘qonning Sharqiy Turkistondagi savdoda ahamyati oshib bordi.
“Qo‘qonning andijonlik savdogarlari Sharqiy Turkistonda keng tarmoqlar
o‘rnatdilar va Rossiya bilan Sin imperiyasi o‘rtasidagi savdo-sotiqda vositachilik
mavqeini mustahkamladilar”
[11: 62].
Bu hol keyinchalik Sharqiy Turkistonda
o‘rta osiyolik savdogarlarni “andijonliklar” deb
[5: 103]
atalishiga ham olib
kelgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Erdonabiy va Norbo‘tabiy tarixan bir
davrda yashagan bo‘lsalarda, ularning Xitoy bilan bo‘lgan siyosiy munosabatlari
ikki xil yo‘nalishda ketgan. Sin imperiyasi Xitoy tarixida Tan (617-907) davridan
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
349
beri hech kim amalga oshira olmagan, bosqinni ro‘yobga chiqargan. Ammo,
Erdonabiyning olib borgan sayi-harkatlari natijasida, Xitoy Sharqiy Turkiston
bilan cheklanishgagina majbur bo‘lgan. Erdonabiy ham amalda hukmdor
hisoblanib, Xitoydan alohida mustaqil siyosat yuritgan edi. No‘rbotabiy davrida
esa Qo‘qon-Xitoy munosabatlariga alohida e’tibor berilib, o‘zoro manfaatli savdo
aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Shunday qilib, Qo‘qon Sin imperiyasining bosqinchilik
yo‘nalishidagi, O‘rta Osiyo xaqlari uchun jonli mudofa devori vazifasini bajargan.
Erdonabiy va No‘rbotabiy yurtimizga chet el bosqinchilarga, qarshi kurashgan,
Turon o‘lkasining o‘z egalari borligini ko‘rsatib bergan va moziyda o‘chmas iz
qoldirgan shaxslardan bo‘lib, tarixmizga muhrlandi.
Foydanilgan manba va adabiyotlar:
1. Ikromjon Kuzikulov, Qo‘qon xonligi tarixi – N.: 2014, – B. 56
2. R.X.Akbarov, Qo‘qon xonligi tarixi, Fаrg‘оnа, 2015. – B. 14-16
3. Худрёрхонзода, Анжум ат-таворих (Тарих юлдрлари), Тошкент «Fan va
tcxnologiya», 2014. – B. 105
4. Муҳаммадҳакимхон тўра, Мунтахаб ат-таворих: (Хўқанд ва Бухоро
тарихи, саёҳат ва хотиралар форс-тожик тилидан таржима, муқаддима,
изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифи Ш.Воҳидов.) – Тошкент, «Янги аср
авлоди», 2010. – B. 232
5. А.Р.Рускуловна, Ўрта Осиё хонликларининг қўшни давлатлар билан
дипломатик ва савдо иқтисодий муносабатлари, Тошкент, 2017. – Б. 99-103
6. К.Ш.Хофизова, Китайская дипломатия в Сентралъной Азии, Алмати,
«Гылым», 1995. – B. 214
7. Ҳ.Н.Бобобеков, Қўқон тарихи, Тошкент, «ФАН» 1996. – B. 22-23
8. «Ўзбекистонда елчилик хизмати тарихидан:талкин ва тахлил, «Адабиёт
учкунлари», Тошкент, 2016. – B. 214-234
9. Ўрта Осиё халқларининг етник тарихи ва минтақада юз берган
демаграфик жараёнларнинг манбаларда акс этиши, Тошкент, «Yangi nashr»,
2011. – B. 97
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
350
10. Шерали Қолдошев, Қўқон, хонлиги ва Хитой (Чинг империяси)
ўртасидаги дипломатик муносабатлар, Тошкент, 2019. – Б. 81-84.
11. Adeeb Khalid, Central Asia, Prinston, «Princeton University Press», 2021, –
P. 62-64
12. Peter B. Golden, Central Asia in World History, New York, «Oxford», – P.
134
13. S.Frederick Starr, Ferghana Valley, New York, 2011, p. 32
14. Scott C. Levi, The rise and fall of Khoqand 1709–1876, Pittsburgh,
University of Pittsburgh Press, 2017. – P.41
XIVA XONLIGIDA XIX-XX ASRNING BIRINCHI CHORAGIGA QADAR
ARXIV ISHI VA UNING O‘RGANILISHI
Xusanov S.X.
FarDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu risolada Xiva xonligining amalda bo‘lgan ish yuritish tizimi va arxiv
ishi holati boshqaruv hujjatchiligi jarayonlariga bevosita ta’sir etuvchi XIX – ХХ аsr boshlarida
Xiva xonlida ish yuritish va arxiv ishi tizimi tadqiq etiladi.
Kalit so‘z va iboralar: Xiva xonligi, arxiv, ish yuritish tizimi, hujjat, amal va mansablar.
Аннотация: В данной статье проводится анализ внедрения делопроизводства
управлении государственные службы и архивные дело Хивы в XIX – начале ХХ веках
Стратегии действий, реформирование процессов управления в ханстве.
Ключевые слова и фразы: Хивинская ханства, Стратегия действий,
делопроизводства, архив.
Annotation: This article examines the system of office management of the Khiva Khanate
in the XIX-early XXcenturies. The questions of historiography and the problems of archival
affairs are also explained.
Key words and phrases: Khiva Khanate, Archive, Archival Business, Record Keeping
System.
Xiva xonligi arxivi va uning o‘rganilishi.
Xiva xonligi o‘zbek davlatchiligi
tarixida muhim o‘rin egallagan davlatlardan biri hisoblanadi. Xiva xonligining
siyosiy hayoti, uning ma’muriy boshqaruv tartibi, amalda bo‘lgan ish yuritish
tizimi va arxivlarning vazifalari muhim ilmiy tadqiqot ob’ekti bo‘la oladi. Маzkur
muammolar turli davrlarda olim va tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan.
Jumladan, N.Muravyov, M.Ivanin, L.Sobolev, L.Kostenko, A.Kun, N.Vselovskiy,