Установившаяся истина - восстановленное достоинство (судьба репрессированных в 80-е годы XX века женщин Кашкадарьи)

CC BY f
369-383
13
3
Поделиться
Суяров, Н. (2023). Установившаяся истина - восстановленное достоинство (судьба репрессированных в 80-е годы XX века женщин Кашкадарьи). Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 369–383. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16517
Н Суяров, Каршинский государственный университет

базовый докторант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье описывается судьба женщин, находившихся под следствием, судом и заключенных в Кашкадарьинской области в рамках «Хлопкового дела» репрессий советской власти в 80-х годах ХХ века. Память о жертвах репрессий, судьбы женщин, пострадавших в результате репрессий «Хлопкового дела», впервые предполагается освещать через архивные источники.

Похожие статьи


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

369

4. Сообщение действительного члена Н.Н.Белявского: об исследованиях

Аму-Дарьи от Петро-Александровска до Чарджуя (Чаржоу) // Известия

Императорского Русского географического общества. 1886 // Туркестанский

сборник. Том 405. – 1886. – С. 209-214.

5. Цинзерлинг В.В. Орошение на Амударье. – Москва: Издание

Управления водного хозяйства Средней Азии, 1927. – 222 с.

6. ЎзМА, И-1-фонд, 34-рўйхат, 625-иш, 32-варақ.

7. ЎзМА, И-3-фонд, 1-рўйхат, 87-иш, 131, 144-варақлар.

8. Khakimova S.B. History of hydrographical researches on the Amu Darya in

the XIXth century // Theoretical and Applied Science. – Philadelfia, 2020. – Issue

05 (85). – P. 927-934.

9. Khakimova S.B. The Amudarya expedition of 1874: goals, course and results

// Virtual International Conference “International Conference on Research

Innovations in Multidisciplinary Sciences. Scientise – 2021”. – New York, 2021. –

P. 348-350.

QAROR TOPGAN HAQIQAT – TIKLANGAN QADR (XX asrning 80-

yillarida qatag‘on qilingan qashqadaryolik ayollar taqdiri)

Suyarov N.R.

QarDU tayanch doktoranti

N7suyarov@mail.ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asrning 80-yillarida mustabid Sovet hokimiyatining

“Paxta ishi” qatag‘onligi doirasida Qashqadaryo viloyatida tergovga tortilgan, sudlangan
hamda qamoqqa tashlangan ayollari taqdiri yoritib beriladi. Qatag‘on qurbonlari xotirasi,
“Paxta ishi” qatag‘onchiligi tufayli jabr ko‘rgan ayollar taqdiri birinchi marta arxiv manbalari
orqali yoritish maqsad qilingan.

Kalit so‘z va iboralar: Sovet hokimiyati, qatag‘onlik, “Paxta ishi”, tergov izolyatori,

Kommunistik partiya, “qayta qurish”, turg‘unlik, paxta yakkohokimligi

Аннотация:

В данной статье описывается судьба женщин, находившихся под

следствием, судом и заключенных в Кашкадарьинской области в рамках «Хлопкового
дела» репрессий советской власти в 80-х годах ХХ века. Память о жертвах репрессий,
судьбы женщин, пострадавших в результате репрессий «Хлопкового дела», впервые
предполагается освещать через архивные источники.

Ключевые слова и фразы: Советская власть, репрессии, «Хлопковое дело», СИЗО,

Коммунистическая партия, «реконструкция», спад, хлопковая диктатура

Annotation: This article describes the fate of women who were under investigation, trial

and prisoners in the Kashkadarya region as part of the "Cotton Case" of the repressions of the


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

370

Soviet authorities in the 80s of the twentieth century. The memory of the victims of repressions,
the fate of women who suffered as a result of the repressions of the "Cotton business", is for the
first time supposed to be covered through archival sources.

Key words and phrases: Soviet power, repression, "Cotton case", detention center,

Communist Party, "reconstruction", recession, cotton dictatorship.

Mustabid sovet hokimiyati hukmronlik qilgan XX asr 80-yillarining ikkinchi

yarmi O‘zbekiston tarixida o‘zining o‘ta murakabbligi va ziddiyatliligi bilan ajralib

turadi. Maʼmuriy – buyruqbozlikka asoslangan Sovet davlati o‘z hukmronligi

davrida ichki siyosiy mavqeini mustahkamlash maqsadida zo‘ravonlik siyosatini

amalga oshirib keldi. Mustamlakalarda har 10 yilliklarda amalga oshirilgan

qatag‘onlarning oxirgi davri O‘zbekistonda XX asr 80 – yillarining ikkinchi

yarmida “paxta ishi”, keyinroq “oʼzbeklar ishi” degan nom ostida tarixga kirdi.

Butun mustabid Sovet davlatida eng quyi bog’indan tortib, to markazgacha

bo’lgan tizimda siyosiy, madaniy hamda ijtimoiy, ayniqsa, iqtisodiy hayotda

nosog‘lom vaziyat vujudga kelgan edi. Ana shunday paytda markaz, uning eng

yuqori organlari o‘zlarini nafaqat O‘zbekiston balki butun (mustamlakalarda)

sho‘rolar davlatida vujudga kelgan iqtisodiy buxronni ya’ni qo‘shib yozish,

ko‘zbo‘yamachilik, davlat mulkini talon-taroj qilish kabi jinoyatlar urchigan

vaziyat aybdorlarini jazolayotgan ko‘rsatish, ommaning asosiy diqqat markazini

yuzaga

kelgan

muammolardan

chalg‘itish,

sovet

mustamlakachiligini

mustahkamlash masalasi turar edi. 1983-yilning dekabridan boshlab dastlab 12

kishidan iborat tergov guruhiga SSSR Bosh prokuraturasi alohida muhim ishlar

bo’yicha prokurori telman Gdlyan

boshliq, Murmansk viloyati prokuraturasining

oddiy xodimi nikolay ivanov o’rinbosar bo’lib O’zbekistonga kelishadi.

U «Paxta ishi»iga rahbarlikni SSSR Bosh Prokurori o‘rinbosari, tergov

bo‘limining boshlig‘i, hamyurti German Karakozov orqali qo‘lga kiritgan edi

.

Hibsga ko‘plab nohaq aybdor qilingan, hibsga olingan kishilar orasida turli

toifa vakillari – xalq xo’jaligida faoliyatini boshlagan yosh kadrlardan tortib,

tajribali, salohiyatli, mehnatkash va halol insonlar ham aksariyatni tashkil etar edi.

Sharqda, xususan O’zbekistonda ayollarga nisbatan hurmat-ehtirom

bo’lakcha: ular muqaddasligi doim ta’kidlanib kelinadigan haqiqatdir.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

371

Aholining aksariyat qismi islom diniga e’tiqod qiladigan hamda «Jannat

onalar oyog‘i ostida

[1: 228].

deb ayollar ulug‘lanadigan O‘zbekistonda gdlyanchi

tergovchilar o‘zlarining manfur maqsadlari yo‘lida turli qarshiliklarga qaramay

mutloqo aybsiz bo‘lsa-da, hattoki ayollarni ham hibsga olishib, tergovga

tortishashar, qamoqda saqlab jazoga tortadilar. Qashqadaryo viloyati ham yuzlab,

minglab insonlar qatorida ayol kishilar ham hibsga olinib, turli ayblovlar qo‘yiladi:

Ana shunday jabr ko‘rgan ayollardan biri – Karomat Qudratovadir. U juda

yoshligidan mehnatsevarligi va boshqaruvchanlik xususiyati evaziga 28 yoshidan

boshlab, ya’ni 1983-yilning 31-oktyabridan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz

tumani Kommunizm kolxozi raisi lavozimiga tayinlanadi. Ungacha ushbu jamoa

xo‘jaligida raislik lavozimida faoliyat yuritgan Eshmatov Rahmon boshqa

xo‘jalikka rahbar bo‘lib ishga o‘tadi.

U raislik qilgan xo‘jalikda 1983-1985-yillar davomida samarali faoliyat

yuritib, hurmatga sazovor bo‘ladi – oddiy mehnatkashlar, dehqonlar va

xo‘jalikning barcha a’zolari orasida o‘zining har tomonloma yetakchilik

qobiliyatini ko‘rsatadi.

Karomat Qudratova

1985-yilning kuzidan gdlyanchi tergovchilar tomonidan

xo‘jalikning sobiq raisi Eshmatov Rahmon ishi doirasida tergovga tortiladi.

Dastlab, tergovchilar undan o‘zidan yuqori lavozimdagi va xo‘jalikda undan oldin

faoliyat yuritgan rahbarlar ustidan ariza yozib berishini so‘rashadi. Natija

bo‘lmagach, unga nisbatan ham tuhmatlarni uyushtirlib tergov harakatlari

boshlanib ketadi.

Karomat Qudratova 1986-yil 16-iyul kuni sud qilinadi – dalillar orqali to‘liq

aybni isbotlamasa-da, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. Lekin

hukmning bayonat qismida keltirilgan ya’ni qo‘shib yozish, talon-tarojlik,

qonubuzilishlaridan

shaxsiy,

moddiy-manaviy

manfaatdor bo‘lmaganligi,

qo‘yilgan ayblovlarni o‘z ixtiyori bilan emas, boshqalarning noqonuniy

topshiriqlarini bajarganligi hamda tazyiqi ostida yo‘l qo‘yganligi uchun hamda

farzandi 3 yoshga to’lmaganligi uchun jazo muddati 3 yilga tushiriladi.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

372

Shuningdek, ushbu jazo muddatini farzandi 3 yoshga to‘lgach o‘tash belgilab

qo‘yiladi. Shu bilan bir qatorda unga 3 yil-u 3 oy muddatda mansabdorlik

lavozimlarida ishlash ta’qiqlanadi. Mol-mulki musodora qilinib, xo‘jalik ixtiyoriga

o‘tkaziladi.

1990-yildan boshlab, “paxta ishi” doirasidagi oqlashlar qatorida

K.Qudratova ishiga ham O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari

A.A.Polvonzoda tomonidan protest kiritiladi. 1991-yilning 22-aprelida adolat

tiklanib, O‘zbekiston Oliy Sudi jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay’atining 1991-

yil 24-apreldagi qaroriga asosan Karomat Qudratova harakatida jinoyat alomatlari

bo’lmaganligi uchun tugatilgan

[3: 45].

Gdlyanchilardan yana bir jabr ko‘rgan o‘zbek ayoli – Tamara Qurbonavadir.

U 1939-yil Qarshi tumani Beshkent shaharchasida tug‘ilgan. Millati –

o‘zbek. 8 nafar bolaning onasi bo‘lgan. T.Qurbonova “2-3 darajalik onalik

shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Nishon tumani 4-sonli “Turkmaniston”

savxozida yashagan. 1985-yilda 3 oy davomida Nishon tumani “Sovet Rossiyasi”

savxozida parrandachilik fermasida mudirlik qiladi.

T.Qurbonova Nishon tumani “Sovet Rossiyasi” savxozida parrandachilik

fermasida tovuqboqar sifatida faoliyat yuritgan. Unga ferma mudiri, 1953-yilda

Nishon tumanida tug‘ilgan Tilovmurod Jabborov bilan til biriktirib, savxoz

direktori Xoshim Soliyevning topshirig‘iga asosan davlat mulkini talon-taroj etish,

ko‘zbo‘yamachilik qilish (ya’ni xo‘roz va o‘rdaklarni sotib, o‘rniga tovuq sotib

olib kelib qo‘yish) da ayblanadi

[4: 42].

1984-yilning 22-noyabridan Qashqadaryo viloyati Sudida sud qaroriga

binoan tilxat asosida ochiqda saqlanadi.

U 1981-yilning 5-yanvaridan 1982-yil 15-martiga qadar parrandachilik

fermasida tovuqboqar bo‘lib ishlab yurgan kezlarda davlat mulkini o‘zlashtirish

aybi bilan qamoqqa olinadi. Gdlyanchilar tomonidan tergovning bizga ma’lum

bo‘lgan usullaridan foydalangan holda so‘roq qilingan. Qashqadaryo viloyat

Sudining 1985-yil 31-maydagi hukmi bilan 2 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

373

maxrum etiladi. Oradan bir yil o‘tib, 1986-yilning 26-aprelida amnistiya farmoniga

binoan jazodan ozod etilgan. 1991-yilning 18-martida O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha Sudlov Kollegiyasining ajrimi bilan jinoyat ishi

harakatdan yotqizilgan

[2: 128].

Xalilulin Faniya Ziyayevna 1957-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan.

Millati tatar. Bahoriston (hozirgi Mirishkor) tumanining 22-savxozida traktorchi

bo‘lib ishlagan. Shu savxoz

markazida 4 nafar farzandi bilan birgalikda istiqomat

qilgan.

Sud hujjatlarida keltirilishicha

[5: 232],

1982-yilda F.Xalilulin 22-

savxozning 1-bo’limida boshliq lavozimida faoliyat yuritgan davrida savxoz

direktori Rafael Ilyosovning topshiriqlariga asosan o‘zi rahbarlik qilgan

savxozning hisobiga 100 tonna paxtani “Bahoriston” paxta qabul qilish punkti 2-3-

zona klassifakotori Samad Ravshanov orqali qo‘shib yozganligi bo‘yicha tergov

olib boriladi. Ushbu ish munosabati bilan 34 ming 23 so‘m pullarni Samad

Ravshanovga savxoz bosh buxgalteri R.Toshpo‘latov, savxoz kassiri G‘ulom

Qodirov, 1-bo‘lim buxgalteri Jabborovlar orqali olib borib berilganligi aniqlanadi.

F.Xalilulin va shu ish bo’yicha sudlanganlarning aksariyati ushbu qonunbuzilishlar

ortidan kelgan pullardan manfaatdor bo’lmagan edi. 1986-yilning 15-oktyabrdagi

Qashqadaryo viloyati Sudi hukmiga ko‘ra, F.Xalilulin Bahoriston tumanining 22-

savxozidagi qonunbuzlishlarda bevosita ishtirokchisi bo‘lsada, unga nisbatan jazo

uning yoshligi, tajribasizligi, tuman partiya qo‘mitasining sobiq rahbarlari va sobiq

savxoz direktorlarining noqonuniy topshiriqlarini bajarganligi, ushbu harakatlar

natijasida hech qanday moddiy yoki ma’naviy manfaat ko’rmaganligi hisobga

olinib nisbatan yengilroq jazo - 2 yil jamoat ishlariga majburiy mehnatga jalb

etiladi. Aslida F.Xalilulin ham vaziyat qurboni bo‘lganligi, boshqalarning

topshirig‘ini bosim ostida bajarganligi anqilanadi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Jinoyat ishlari bo’yicha sudlov

hay’atining 1991-yil 4-yanvardagi qaroriga muvofiq Faniya Xalilunning

harakatlarida jinoyat tarkibi bo’lmaganligi uchun tugatilgan

[2: 241].


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

374

“Paxta ishi” doirasida ayollarni hibsga olish, jazoga tortish ishlari toboro

tubanlashib bordi. Gdlyanchi tergovchilarning turli sohalarda samarali faoliyat

yuritayotgan kasb egalarini ham o‘z domiga torta boshladilar.

Jumladan, Kitob tumani kuzgi-bahorgi kiyimlar uchun mo‘ljallangan

tikuvchilik fabrikasida usta-tikuvchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan

Umriyayeva Go‘zal Ismoilovna ham 1980-yillardagi katta miqyosdagi tergov

jarayonlariga tortildi – qatog‘onchilik jabriga duchor bo‘ldi.

Umriyayeva Go‘zal Ismoilovna 1935-yilda Mordova ASSR Rezayevka

tumanida tug‘ilgan. “Paxta ishi” doirasida Kommunistik partiya safidan

chiqariladi. Tergovga tortilgunga qadar 1979-1985 yillarda Kitob tumani kuzgi-

bahorgi kiyimlar uchun mo’ljallangan tikuvchilik fabrikasida katta usta ya’ni

boshliq vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

Umriyayeva Go‘zal nomi bilan ochilgan jinoyat ishi hujjatlar to‘plamida

ma’lum bo‘ladiki, tikuvchilik kombinatiga qarashli Kitob tumani K.Marks nomli

jamoa xo‘jaligi hududida joylashgan Paxta titish sexida brigada boshlig‘i

Z.Aliqulova,

xodimlar

R.Xolova,

K.Eshquvvatova,

A.Sharipova

va

N.Rahmonovalar tergovga tortilgan hamda aybi isbotlanmaganligi, ushbu

tashkillashtirilgan qonunbuzlishlardan bevosita manfaatdor bo‘lmaganliklari uchun

javobgarlikka tortilmaganlar.

G.Umriyayeva Nishon Paxta tozalash zavodi sobiq direktori Parda

Xudoyberdiyev, shu zavod 2-zona klassifikatori O.Najimov bilan o‘zaro kelishib,

Nishon tumanining bir nechta savxoz direktorlaridan paxta o‘rnida pul olishda

ayblanadi.

Sud ajrim hujjatlariga ko‘ra, G.Umriyayeva Nishon Paxta tozalash zavodi

rahbari Parda Xudoyberdiyev va boshqalar til biriktirib qilgan qonunbuzilishlar

harakatlarini viloyat partiya qo‘mitasidan berilgan noqonuniy topshiriqlar tufayli

bajarganligini ta’kidlaydi.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

375

Shuningdek, u sexga rahbarlik qilgan 1982-yilda tikish planini 103 % ga

bajargan edi. U mehnatsevarligi va talabchan rahbar bo’lganligi uchun 1981-yilda

“Mehnat belgisi”, 1984-yilda “Mehnat faxriysi” medali bilan taqdirlangan edi.

Qashqadaro viloyat Sudida 1986-yil 10-iyun kuni bo’lib o‘tgan Sudning

qaroriga muvofiq 5 yilga ozodlikdan maxrum qilish jazosiga hukm qilinib va 3 yil

davomida rahbar lavozimida faoliyat yuritish taqiqlab qo‘yiladi.

Suddan so‘ng G.Umriyayeva o‘sha paytda Kompartiyaning Qashqadaryo

viloyati qo‘mitasi birinchi kotibi N.Turopovga xat yo‘llaydi. O‘z xatida

G.Umriyayeva Nishon Paxta tozalash zavodi rahbari Parda Xudoyberdiyev

tomonidan ko‘rsatma berilgan hamda o‘zini ayblashlariga sabab sifatida keltirilgan

omillarini ya’ni tuman va viloyat partiya rahbarlarining faoliyati bo‘yicha sudga

tushuntirish berishni so‘raydi. N.Turopov esa ushbu murojaatni viloyat sudiga

yo‘naltiradi.

Qiynoqlar va tazyiqlar uning ishi doirasida hibsga olinganlarning tinka-

madorini quritadi. Jumladan, Kitob tumani aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish

boshqarmasi bosh injeneri Tura Turopov hamda injener Mannon Rahmonovlarning

irodasi bukilib, gdlyanchilar tomonidan tayyorlangan arizaga imzo qo‘yib berishga

majbur bo‘ladi.

Lekin, G.Umriyayeva qa’tiy kurashadi – o‘zining davlat mulkini

o‘zlashtirilmaganligini, vaziyat qurboni bo‘lganligini ya’ni Paxta tozalash zavodi

rahbari Parda Xudoyberdiyev va tuman, viloyat partiya qo‘mitasining topshirig‘i

bilan bajarganligini isbotlashga juda ko‘p harakat qiladi. Unga advokatlik qilgan

X.Maxmasobirov O‘zbekiston Oliy Sudiga Qashqadaro viloyat Sudida 1986-yil

10-iyun kun chiqarilgan qaror ustidan 16955-raqamli order bilan Kassatsiya

shikoyati bilan murojaat qiladi.

Shu munosabat bilan G.Umriyayeva ishi 1987-yilning 8-yanvar kuni

O‘zbekiston Oliy Sudi Jinoyat ishlar bo‘yicha Sudlov kollegiyasida kassatsiya

tartibida ko‘rib chiqiladi. Ushbu sud qarori bilan G.Umriyayeva amnistiya aktiga

tushib sud zalidan ozod qilinadi. Hukumat qarori bilan 1990-yilda “Paxta ishi”


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

376

doirasida qamalganlarning ishini qaytatdan ko‘rib sud jarayonida O‘zbekiston Oliy

Sudi raisi o‘rinbosarori A.A.Polvonzodaning protestiga ko‘ra, G.Umriyayevaning

ishi ham ko’rib chiqiladi. 1991-yilning 5-iyul kuni O‘zbekiston Oliy sudi

Prezdiumi qarori bilan G.Umriyayevaning harakatlaridan jinoyat alomatlari

bo’lmaganligi uchun jinoyat ishi yotqiziladi

[2: 195].

Gdlyanchilar vakillari O‘zbekistonning har bir viloyatida avval rejalashtirib,

keyin xohlagan kishini – xohlagan paytlarida hibsga olib, bo‘yinga oldirishga

erishar edilar.

Ana shunday kishilar – ayollardan biri Yakkabog‘ tumani Paxta tozalash

zavodida bosh buxgalter lavozimida faoliyat yuritgan Peripelesina Zoya Trentovna

edi. 1928-yilda Altay burchagi viloyati, Karasuk tumani Kalachda qishlog‘ida

tug‘ilgan. Millati ukrain. Yakkabog‘ shahri Oxunboboyev ko‘chasi 8-uyda 3 nafar

farzandi bilan birgalikda istiqomat qilgan.

Butun sobiq sho‘rolar davlatida yuz berayotgan iqtisodiy buxronga

g‘ayrioddiy choralar – aldash, qo‘shib yozish, byurokratik hisobotbozlik kabi

illatlar Qashqadaryo viloyatini, undagi har bir tuman qatori Yakkabog‘ tumanini

ham, albatta, chetlab o‘tmaydi. Bunga sabab yarim asrdan oshiq vaqt davomida

Moskvada joylashgan markaz tomonidan SSSR tarkibidagi mustamlaka bo‘lgan

hududlarga nisbatan o‘tkazgan notog‘ri iqtisodiy, ijtimoiy siyosat edi. 1980-yillar

yuqoridagi omillar – aniq-tiniq o’zining “mahsuli”ni berib, “yolg‘onlar mamlakati”

a’zolari uchun yangi bir yolg‘onni O‘zbekiston xalqiga qilingan tuhmatlar,

gdlyanchi tergovchilarning muttahamliklari orqali ko‘rsatilayotgan edi.

Ana shu yolg‘onning qurbonlaridan biri – dastlab, Yakkabog‘ paxta

zavodida oddiy ishchi, bo‘lim boshlig‘i, keyinchalik bosh buxgalter lavozimlarida

faoliyat yuritgan Z.Peripelesina edi. U o‘z ishiga bo‘lgan muhabbati va samarali

mehnatlari evaziga “Mehnat shuhrati” va “Mehnat faxriysi” unvon – medallari

bilan taqdirlangan edi.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

377

Z.Peripelesina ustidan Yakkabog‘ paxta tozalash zavodi sobiq direktori

M.Avlayev, Yakkabog‘ tuman partiya qo’mitasining sobiq birinchi kotibi Sami

Boqiyevlar ishi doirasida tekshirish va tergov jarayonlari boshlanib ketadi.

Gdlyanchi tergovchilar tomonidan 1985-yilning 7-10-sentyabr kunlari

Z.Peripelesinaga qarshi tuzilgan ayblash fikriga ko‘ra, Yakkabog‘ paxta tozalash

zavodi qoshidagi paxta qabul qilish punktining hamda Yakkabog‘ tumanidagi ba’zi

jamoa xo‘jaliklari, xususan, sobiq “Kalilin”, “Engels”, ”Pravda”, “Massiv” kabi

jamoa xo‘jaliklarining paxta tayyorlash punktlarining sobiq mansabdor va moddiy

javobgar xodimlaridan: Yakkabog‘ PTZ bosh iqtisodchisi Sayyora Karimova, 2

zona klassifikatorlari Zamon Aliqulov, Razzoq Berdiyev kabi 20 kishidan iborat

guruh tergov jarayonlariga jalb qilinadi.

Xususan, Yakkabog‘ tumani sobiq “Engels” jamoa xo‘jaligi paxta qabul

qilish punkti bilan 804 tonna paxta mahsulotsiz kvitansiylar rasmiylashtirib,

xo‘jalikka yetkazilgan 154140 rubl miqdoridagi zarar yetkazilishda bevosita

Z.Peripelesina ham ishtirok etgan, deb ayblashadi. Shu va shunga o‘xshash bir

nechta ayblovlar bilan 1986 yilning 10 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyat Sudi

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasining hukmi bilan Z.Peripelesina jami 11

yil ozodlikdan mahrum qilinadi, ushbu jazoni yengilini og‘irrog‘i bilan qoplash

yo‘li bilan uzil-kesil 5 yil ozodlikdan mahrum qilinadi. Jazoni o‘tab bo‘lgandan

so‘ng 2 yil davomida bosh buxgalterlik lavozimida faoliyat yuritish ta’qiqlanadi.

Mol mulki musadoro qilinib, belgilangan 5 yillik jazo – umumiy mehnat-axloq

tuzatish koloniyasida o‘tash belgilab qo‘yiladi.

Ushbu ish 1987-yilning 10-fevral kuni O‘zbekiston Oliy sudi Jinoyat ishlari

bo‘yicha sudlov kollegiyasining sudlov majlisida kassatsiya tartibida ko‘rib

chiqiladi. Lekin, hukm o‘zgarishsiz qoladi.

1989-yilning 11-avgust kuni Qashqadaryo viloyati Sudi hukmiga ko‘ra,

amnistiya farmoniga binoan jazodan ozod etiladi. Keyinchalik, O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 1991-yilning 7-


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

378

iyundagi qaroriga binoan Z.Peripelesinaning harakatlarida jinoyat alomatlari

bo’lmaganli uchun jinoyat ishi yotqiziladi.

Z.Peripelesinadan tashqari Yakkabog‘ paxta tozalash zavodi sobiq direktori

M.Avlayev ishi doirasida yana bir ayol kishi – Sayyora Karimova ham tergovga

olinadi. U 1982-84-yillarda Yakkabog’ paxta tozalash zavodida bosh iqtisodchi

sifatida “mansab mavqeini suistemol qilish, M.Avlayev va boshqalar bilan til

biriktirib, hujjatlarni soxtalashtirgan holda davlat pulini talon-taroj qilgan”likda

ayblangan edi.

Z.Peripelesina 1989-yilning 11-avgust kuni Qashqadaryo viloyat sudining

hukmiga bilan, uning harakatlari jinoyat alomatlari bo’lmaganligi sababli jinoyat

ishi to’xtatiladi. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi jinoyat ishlari bo‘yicha

sudlov hay’atining 1991-yilning 7- iyundagi qaroriga binoan to‘liq oqlanadi

[3:

196].

Saida Jumayeva 1952-yilda Qarshi tumanida tug‘ilgan. U bir necha yillar

davomida Nishon tumani eski Ibn Sino nomidagi 8-savxozda ishchi, Tallimarjon

tumani sobiq “Kommunist” nomli 2-savxozda brigadir lavozimlarida faoliyat

yuritgan. Shuningdek, u savxozning Imomnazar Qurbonov boshliq bo‘limda

buxgalter bo‘lib ham ishlagan edi. Talimarjon tumani “Kommunist” nomli 2-

savxoz sobiq direktori M.Sharopov ishi doirasida gdlyanchi tergovchilar

tomonidan tazyiq o‘tkazilgan va shu ish doirasida sud qilinadi. Unga savxoz

direktori Mars Sharopov va bosh buxgalter B.Xidirovlar bilan o‘zaro til biriktirib,

noma’lum shaxslar nomiga soxta ish hujjatlari, pul to‘lov varaqasini tuzish va

imzolarni qalbakilashtirib katta miqdorda davlat mulkini o‘zlashtirish aybi bilan

gumondor sifatida sudlashadi. Lekin, Saida Jumayeva va yuqorida nomi zikr

etilganlar ushbu qonunbuzilishlarni o’zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida

o‘zlashtirgan emasdilar. Bu tergov jarayonida o‘z isbotini topadi va 1984-yil 23-

iyul kuni Qashqadaryo viloyat sudida bo‘lib o‘tgan majlisda ham aytib o‘tiladi.


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

379

Saida Jumayeva ham o‘z navbatida quyilgan ayblovlarda qo‘yilgan

qilmishlarni o‘z ixtiyori bilan emas, o‘zidan yuqori bo’lgan rahbarlarning bosimi

ostida bajarganligi haqida ko’rsatmalar beradi.

Shunga qaramay, 1984 yil 23 iyul kuni Qashqadaryo viloyat sudining

hukmiga ko’ra, Jumayeva Saida aybdor deb topilib, uzil-kesil 3 yil ozodlikdan

maxrum etish chorasi, shu muddatda umumiy mehnat-axloq tuzatish koloniyasida

o’tash belgilanadi hamda hukmning bayon qismida keltirilgan tarkibni ya’ni Saida

Jumayeva ushbu jinoyatlarni o’z ixtiyori bilan emas, o’zidan yuqori bo’lgan

rahbarlarning bosimi ostida bajarganligi, ushbu harakatlardan moddiy-ma‘naviy

manfaat ko’rmaganligi sababli yuqoridagi 3 yil sinov muddati etib tayinlanib,

ushbu Qarshi tumani eski “Lelinizm” savxozida o’tash belgilab qo’yiladi.

1991-yilning 24-mayida Mars Sharopov va boshqalar ishi bo’yicha

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o’rinbosari A.A.Polvonzodaning

protestiga muvofiq 1991-yilning 16-dekabrida Oliy Sud jinoyat ishlari bo’yicha

sudlov kollegiyasining majlisi bo’lib o’tadi. Va Saida Jumayevaga nisbatan avval

qabul qilingan qarorlar bekor qilinib, uning harakatalarida jinoyat alomatlari

bo’lmaganli sababli harakatdan to‘xtatiladi.

Gdlyanchilarning asosiy tergov sistemasi A.Vishinivskiy

[10: 1-2]

nazariyasiga asoslangan bo‘lib, Qashqadaryoda hibsga olingan, tergovga tortilgan,

qamoqqa olingan minglab kishilar qatori, hatto ayollarni tergov qilishda ham

ushbu usuldan keng foydalanishadi.

O‘zbek xalqida azal-azaldan milliy, diniy va umuminsoniy qadriyatlar

mujassam bo’lib, kishilar qalbida ezgulik barq urgan xalq sifatida hamma

zamonlarda e’tirof etib kelingan. Ayniqsa, oila muqaddasli – uning takrorlanmas

qadriyat sifatida e’zozlab kelingan edi. Ana shu oila muqaddasligi asosida – ayol

turadi. Gdlyanchilar tomonidan o‘zbek xalqiga qilingan bu xunrezliklar fonida bu

takrorlanmas qadriyatlar ham toptaldi. Ular ayol-ona sifatida avvolo, o‘z oilasi,

jamoasi oldida katta miqyosdagi qatog‘on siyosati tufayli bevosita aybdor

bo’lmasa-da, birinchidan sha’ni, qadr-qimmati toptaldi. Ikkinchidan esa, manfur


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

380

gdlyanchilar tomonidan o‘zbek ayollari o‘rtasida ham qo‘shib yozishlar va

jinoyatchilar borligi butun sho’rolar davlatida ko’rsatishib millatning g‘ururi, qadri

bilan o‘ynashgan edilar.

Gdlyanchilarning bu kabi mexanizmi zo‘rovonlik, xalqning asl qadriyatlarini

nazar-pisandiga ilmaslik – insoniyatning nafratiga loyiq tizimi orqali butun sobiq

sovet davlatidagi ularga hamtovoq hisoblangan gazetalar orqali salbiy targ’ibotni

kuchaytirish orqali olib borar edilar.

Gdlyanchilar vaqt o‘tishi bilan o‘zbek xalqining oila muqaddasligi,

oilaparvarligini ongli ravishda bilgani holda ayblanuvchilarning tergov jarayonida

nafaqat o‘zlarining taqdiri va balki, qarindosh-urug’larining taqdiri haqida

qayg‘urishga majbur qilishadi. Bularni ayniqsa, ayollarni tergov qilishda ko‘rinadi.

Bu o‘zbek xalqiga mansub fojianing bir bo‘lagi edi, xolos. Ba’zan bolalarni

otalari yotgan kameraning yonidagi kameraga olib kelishar, ba’zan esa aksincha

qilishib bir-birlarining iztiroblariga sherik qilishardi. Ayblanuvchilar o‘z

“qilmishlari”ni bo‘yniga olaverishmasa, ularning yaqinlari (ularning orasida xotin-

qizlar ham ancha-muncha topilar edi)ning qamoqqa olinganligi tog‘risida rasmlar

yoki videotasvirlarni ko‘rsatishar, turma yo‘lagida tasodifan yuzlashtirishlar,

tezroq ayblarini tan olishmasa, yanada ko‘proq qarindoshlari hatto xotin-qizlari

orqali bosim qilishardi – ayblanuvchilarning turmush o‘rtoq(ayoli)lari va qizlarini

zo‘rlash, nomusini toptash bilan tahdid qilishardi. G‘urur nomusi himoyasi

o‘limdanda afzal bo‘lgan o‘zbek xalqi har qanday qiynoqqa, ta’ziyqlarga chidashi

mumkin, lekin ayoli va qizining xo‘rlanishiga emas. Ana shunday paytda haqiqat

va adolat, dunyo qonuniyatlari chekinishga majbur bo’lar, ayblanuvchi

hisoblanmish kishilar gdlyanchilarning har qanday shartiga rozi bo‘lar edi.

Yuqoridagi omillar gdlyanchilarning naqadar tuban yo‘llar bilan o‘z

maqsadlari erishganini bildiradi. Bu maqsadlar boylik orttirish, markazda turgan

qarama-qarshiliklarning manfaatiga xizmat qiladigan dalillarni to‘plash hamda

tarixiy tarkib topgan alamzadalik ruhi yo‘lidagi xizmatlar edi. Bu harakatlar

bag‘rikeng, oilaparvar o‘zbek xalqiga qilingan tuxmat va buxtonlar bilan


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

381

birgalikda kechdi. Nafaqat butun sobiq mustabid sho‘rolar davlatida balki butun

dunyoda o‘zbek xalqiga nisbatan noto‘g‘ri fikrlar paydo bo‘la boshlashiga sabab

bo‘lgan edi. Xolbuki, Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbek xalqi Rossiya,

Ukraina, Belarus, Moldaviya va boshqa joylardan koʻchirib keltirilgan oʻn minglab

kishilarga boshpana berib, mehribonlik va gʻamxoʻrlik namunalarini koʻrsatdi.

Jang boʻlayotgan hududlardan koʻchirilgan bir million shaxs boshpana, kiyim-bosh

va oziq-ovqat bilan taʼminlandi. Minglab yetim bolalarni oʻzbek oilalari oʻz

qaramogʻiga oldilar, farzandlaridan kam koʻrmay tarbiyaladilar. Oʻzbek xalqi

jangga ketgan turli millat vakillarining oilalaridan ham moddiy yordamini

ayamagan edi

[5: 1-2].

Gdlyanchilarning

O‘zbekistonda

amalga

oshirgan

qatag‘onning,

xo‘rliklarning yana bir asl sababi bu, albatta, o‘zbek xalqining bir yarim asrga

yaqin davr ichida mustamlakchilik domiga tortilgani, va bu asnosida, asl haq-

huquqlari paymon etilganligida edi. Mustamlakachilik esa – bu og‘ir hukm. O‘sha

yillarning o‘z yo‘rig‘i – inkor etib bo‘lmaydigan qonuniyatlari mavjud edi. O‘sha

qonuniyatlar adolatsizlikka qarshi bosh ko‘tarish, dadil gapirish, insoniy haq-

huquq, qarshilik ko’rsatish kabi faoliyatlarni to‘liq inkor etardi. Shu ma’noda yaqin

tariximizning eng og‘ir murakkab davri bo’lgan, sobiq imperiyaning jon

talvasasiga chiqqan kezlarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Qashqadaryo viloyatida olib borgan serqirra

faoliyati ayniqsa diqqatga sazovordir

[6: 10].

1986-yilning 27-dekabridan boshlab

Islom Karimov Kompartiyaning Qashqadaryo viloyati qo‘mitasi birinchi kotibi

lavozimida faoliyat yurita boshlagan edi.

I.Karimovning dastlab, Qashqadaryoda keyinchalik butun O‘zbekiston

Respublikasidagi dadil va samarali faoliyati mamlakatimizning mustaqillikka,

erkinlikka yuz tutishining debochasi edi. Zero, deyarli bir yarim asr davomida

erksiz O‘zbekiston xalqiga to‘ilgan yolg‘onlar tabiiy ravishda zavol topayotgan,

boshga solingan ko‘rgiliklarning bosh sababi mustamlakachilik ekanligi anglab

yetilayotgan edi. 1990-yilning aprel oyida Islom Karimov tashabbusi bilan “Paxta


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

382

ishi”dan jabr ko‘rgan minglab kishilarning “ishlari” ularning nomini oqlash, ularga

noqonuniy qo‘yilgan ayblovlarni olib tashlash maqsadida O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Sudi Prezidiumida ko’rib chiqiladi. Bu ishlar qayta ko‘rilishi

natijasida Moskvadan O‘zbekistonga yuborilgan Gdlyan va Ivanov rahbarligidagi

tergovchilar guruhlari aybdor deb topgan 3500 dan ortiq inson nomini oqlashga

erishiladi.

Yuqorida Qashqadaryoda ushbu ish doirasida nohaq qamalgan, jabr

chekkan ayollarning tiklangan qadri haqida misollar keltirdik. Ozmi-ko’pmi,

haqiqat qaror topdi. O‘zbek xalqi – o‘z manaviy hayotida ayollarga nisbatan asrlar

oshib kelayotgan an‘analari, qadriyatlari qaytdi. Navbatdagi vazifa esa, “paxta

ishi” doirasida O‘zbekiston SSRda qatag‘onlar o‘tkazgan telman gdlyan va

n.ivanovni qilmishlari uchun javobgarlikka tortishni talab qilib chiqqan bir guruh

ziyolilar qatori bo‘lish

[7: 1-3],

gdlyan va ivanovning tuxmatlari natijasida yuzaga

kelgan adolatsiz tushunchalar

[8: 1-2]

ni to’liq inkor etadigan ilmiy, publisistik va

badiiy manbalarni xalqimizga va butun dunyoga yoyish lozimdir.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1.

Quroni Karim.

Baqara surasi, 228-oyat.

2.

O‘zbekiston davlat Milliy arxivi., O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi

hujjatlar to‘plami., 1714-fond, 10-opis, 5334-ish., 42-bet.

3.

Qashqadaryo viloyati Sudi, Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati arxivi –

Xoshim Soliyev va boshqalar jinoyat ishi bo‘yicha hujjatlar to‘plami - 183 fond, 3

ro‘yhat, 1-52 tom, 1-128 betlar.

4.

https://www.prlib.ru/item/372903

5.

https://www.trt.net.tr/uzbek/madaniyat-va-san-at/2020/05/11/1234567890-

1414831

6.

“Qashqadaryo: istiqlol arafasida. 1986-1989 yillar” – Payon Ravshanov. –T.:

“Ma’naviyat”, 2003. -10 bet.

7.

https://daryo.uz/2018/05/04/ozbekistonlik-ziyolilar-telman-gdlyanni-

javobgarlikka-tortishni-talab-qildi


background image

Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана

383

8.

https://www.xabar.uz/uz/siyosat/shuhrat-barlos-gdlyan-jazolansa-tarixiy-

adolat-tiklanadi

9.

Qashqadaryo: istiqlol arafasida. 1986-1989 yillar”. – Poyon Ravshanov. –

T.: “Ma’naviyat”, 2003. – B 172.

10.

Viktor Ilyuxin., “Qabohat yohud..(“O‘zbeklar ishi” degan uydirma

xususida)” kitobi. – Toshkent.: O‘zbekiston, 1993 yil. – 118 b.

11.

“O‘zbekiston tarixidan materiallar” – R.Shamsutdinov, Sh.Karimov.,

bitiruvchi kurs va tarix ixtisosligi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma., Andijon

nashriyot-matbaa., 2004 y. – 582 b.

12.

“Sovet hokimiyatining O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida qatog‘on

siyosati va uning oqibatlari”. Dilobar Avliyoqulova. – T.: 2016-yil. – B. 138.

ТУРКИСТОНДА ЧОРВА МОЛЛАРИ КАСАЛЛИКЛАРИГА ҚАРШИ

КУРАШ МАСАЛАЛАРИ. (XIX аср охири – XX бошлари)

Ўрмонов У.А.

Фарғона давлат университети

Ўзбекистон тарихи кафедраси ўқитувчиси

ulugbekurmonov7@gmail.com

Аннотация: Мақолада XIX аср охири – XX аср бошларида Туркистонда чорва

хайвонлари орасида энг кўп тарқалган вабо, куйдирги, сап, яшур, ўпка қурти каби юқумли
касалликларининг оқибати ва мазкур касалликларнинг тез тарқалиши натижасида чорва
молларининг нобуд бўлиши шунингдек Туркистонда ветеринария врачлик пунктларининг
фаолияти, муассасаларда керакли тиббиёт қисмлари етишмаслиги, ветеринария ишлар
юқори савияда олиб борилмаганлиги тўғрисида маълумотлар таҳлил қилинган.

Калит сўз ва иборалар: Чорвачилик, чорва бозорлари, савдо, экспорт, импорт,

темир йўл, вабо, куйдирги, сап, яшур, ўпка қурти, чорвадор, ветеринария, пичоқ.

Аннотация: В статье рассмотрены последствия таких инфекционных болезней,

как холера, сибирская язва, желтая лихорадка, легочный червь, которые были наиболее
распространены среди скота в Туркестане в конце 19-начале 20 века, и истребление
скота как в результате быстрого распространения этих заболеваний, а также
деятельности ветеринарных клиник в Туркестане, необходимой медицинской части в
учреждениях, данных о ее отсутствии, анализе того, что ветеринарная работа не
проводилась на высоком уровне.

Ключевые слова и фразы: Животноводство, скотоводческие рынки, торговля,

экспорт, импорт, железная дорога, холера, сибирская язва, сок, яшур, легочный червь,
пастух, ветеринария, нож.

Annotation: The article discusses the consequences of such infectious diseases as

cholera, anthrax, yellow fever, lung worm, which were most common among livestock in
Turkestan in the late 19th - early 20th centuries, and the extermination of livestock as a result of

Библиографические ссылки

Quroni Karim. Baqara surasi, 228-oyat.

O‘zbekiston davlat Milliy arxivi., O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hujjatlar to‘plami., 1714-fond, 10-opis, 5334-ish., 42-bet.

Qashqadaryo viloyati Sudi, Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati arxivi – Xoshim Soliyev va boshqalar jinoyat ishi bo‘yicha hujjatlar to‘plami - 183 fond, 3 ro‘yhat, 1-52 tom, 1-128 betlar.

https://www.prlib.ru/item/372903

https://www.trt.net.tr/uzbek/madaniyat-va-san-at/2020/05/11/1234567890- 1414831

“Qashqadaryo: istiqlol arafasida. 1986-1989 yillar” – Payon Ravshanov. –T.: “Ma’naviyat”, 2003. -10 bet.

https://daryo.uz/2018/05/04/ozbekistonlik-ziyolilar-telman-gdlyannijavobgarlikka-tortishni-talab-qildi

https://www.xabar.uz/uz/siyosat/shuhrat-barlos-gdlyan-jazolansa-tarixiyadolat-tiklanadi

“Qashqadaryo: istiqlol arafasida. 1986-1989 yillar”. – Poyon Ravshanov. – T.: “Ma’naviyat”, 2003. – B 172.

Viktor Ilyuxin., “Qabohat yohud..(“O‘zbeklar ishi” degan uydirma xususida)” kitobi. – Toshkent.: O‘zbekiston, 1993 yil. – 118 b.

“O‘zbekiston tarixidan materiallar” – R.Shamsutdinov, Sh.Karimov., bitiruvchi kurs va tarix ixtisosligi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma., Andijon nashriyot-matbaa., 2004 y. – 582 b.

“Sovet hokimiyatining O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida qatog‘on siyosati va uning oqibatlari”. Dilobar Avliyoqulova. – T.: 2016 yil. – B. 138.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов